KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING FALSAFIY JIHATLARI
Ma’lumki “Korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan
bo‘lib, “buzish, sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi
“korroziya” so‘zi ya’ni “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni ham beradi. Shundan
kelib chiqib bu so‘zni ijtimoiy ko‘rinishi hokimiyatni buzish, chiritish orqali sotib olish”
degan ma’noni anglatadi.
Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib
kelmoqda. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan: “Har qanday davlat tizimida
- qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda
mansabdor shaxslarni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim” deb
hisoblaydi. Fransuz mutafakkiri Sharl Monteske esa bu borada “Asrlar tajribasidan
ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiiste’mol qilishga
moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi” degan
fikrlarni bildirgan.
G‘arbiy Yevropa davlatlarining keyingi tarixida ham korrupsiyaning turli ko‘rinishlari
va korrupsion munosabatlarning avj olishi nafaqat tarixiy manbalarda balki, o‘sha davrning
ilg‘or yozuvchi, faylasuflarining asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan,
Shekspirning “Venetsiyalik savdogar”, “Qonga qon, jonga jon”, Dantening “Do‘zax”,
“Tozalovchi” kabi asarlarida ham yoritilgan. Dante korrupsionerlarni do‘zaxni eng qorong‘i
va eng chuqur joyiga tashlash kerak degan fikrni bildirib o‘tgan.
Korrupsiyaning kelib chiqishi tarixi va rivojlanishi masalalarini Nikkolo Makiavelli
o‘rganib, uni yo‘talga qiyoslab shunday degan edi, “Korrupsiyani ham yo‘talga o‘xshab
oldin aniqlash qiyin, ammo davolash oson, lekin bu kasalni o‘tkazib yuborsangiz uni
aniqlash oson, ammo davolash qiyin”.
Korrupsiyaga
qarshi
kurash
ishlarini
tashkillashtirish
maqsadida
Vazirlar
Mahkamasining 1992 yil 3 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi poraxo‘rlik, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste’molchiliklarga
qarshi kurash boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi;
1994 yil 11 maydagi “Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan
jinoyatchilikning boshqa ko‘rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi;
1997 yil 28 maydagi “Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashni takomillashtirish
ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi va ularning ijrosini
ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. BMT Rivojlanish Dasturining (“UN
Development Program”) nazariy tahliliga ko‘ra korrupsiyani vujudga kelishida, vakolat
yoki hokimiyatga, shaxsiy manfaat va o‘zboshimchalik, hisobdorsizlik va oshkorasizlik
omillari katta rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil 3-yanvar kuni
“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida” gi qonunni imzoladi (O‘RQ-419). Ushbu qonunda
korrupsiya tushunchasiga quyidagi ta’rif berilgan: “Korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki
xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab
moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi
shuningdek bunday nafni qonunga xilof rafishda taqdim etish”.
Milliy qonunchiligimizda mazkur atamaning aniq huquqiy ta’rifi mavjud emas, biroq
xalqaro huquqning ayrim manbalarida xususan, Korrupsiya muammolari bo‘yicha Yevropa
Kengashi Guruhlarining 1- sessiyasi (1995 yil 22-24 fevral, Strasburg)da “Korrupsiya”ga
shunday ta’rif berilgan “Korrupsiya - pora olish (o‘ziga og‘dirish), davlat yoki xususiy
sohada muayyan vakolatga ega bo‘lgan shaxs, mansabdor shaxsning yoki xususiy sohada
faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning o‘z mansab vazifasidan yoki shunga
o‘xshash munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan shuningdek, o‘zi
yoxud o‘zga shaxslar manfaati uchun har qanday shakldagi afzalliklarga ega bo‘lish
maqsadida ifodalangan xatti-harakat”.
Korrupsiya – bu shaxsiy manfaat uchun davlat hokimiyati mansab vazifasini suiste’mol
qilish (Butunjahon banki hisoboti, 1997 y.) Bundan tashqari prezidentimiz tomonidan ham
mazkur turdagi jinoyat uchun shunday ta’rif berilgan: “Jinoyatning yopiq va eng qabih turi
bor. Bu – korrupsiya va poraxo‘rlik. Jinoyatning bu turi boshqaruv apparatini izdan
chiqaribgina qolmay, bozor asoslarini ham barbod etishi mumkin”. Korrupsiya, eng avvalo,
uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish uchun
davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanishdir.
Narkotik moddalar ishlab chiqarish va ular bilan savdo qilish, yashirincha qurol sotish.
Bu “biznes” ham mintaqaviy mojarolar va mahalliy urushlarning to‘s-to‘polonidan
foydalanib qoluvchilarga katta daromad keltirmoqda.
Yashirincha qurol sotish xalqaro terrorizm deb atalmish jinoiy xodisa bilan birga yuradi,
ba’zan esa uni keltirib chiqaradi. Shunday qilib, jinoyatchilik, korrupsiya bizning o‘z
xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham taxdid soluvchi real manbadir. Binobarin,
mazkur hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. Shuning uchun ham
biz jinoyatchilik haqida butun jaxon hamjamiyati qayg‘urmog‘i lozim, deb hisoblaymiz.
TAHDID – inson, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliyatiga nisbatan muayyan davr
mobaynida
aniq
maqsadga
yo‘naltirilgan
mahalliy,
hududiy,
mintaqaviy
va
umumsayyoraviy salbiy omillarning tajovuzi tufayli aniq makon va zamonda vujudga
keladigan xavf-xatar shakli, muayyan beqaror siyosiy-ijtimoiy va tarixiy vaziyatni
ifodalovchi tshuncha. Ushbu tushunchaning mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish shakllari
va xususiyatlari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston XXI asr
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida
ko‘rsatib berilgan. Tahdidlar turli-tuman: ichki, tashqi, makon n.nazaridan esa uzoq va
yaqin bo‘lishi mumkin. So‘nggi yillardagi voqealar shundan guvohlik beradiki, ularni
iqtisodiy, ijtimoiy , siyosiy, ekologik, demografik, ma’naviy, mafkuraviy, harbiy, tabiiy-
iqlimiy tahdidlarga ajratib, tahlil etish mumkin. Yer yuzining turli mintaqalarida sodir
bo‘layotgan, butun insoniyatga xavf solib turgan turli noxush hodisalarni tahlil qilgan sari,
ularning barchasida inson omili bosh sababchi ekani oydinlashadi.
Tahdidli ijtimoiy -siyosiy vaziyatni vujudga keltiradigan turli xavf-xatarlar hamda ularni
bartaraf etish muammosi buyuk ajdodlarimizning siyosat ilmiga doir fikr va xulosalarida
o‘z aksini topgan. Tahdidni yuzaga keltiradigan manbalarni ildiz otmasdan bartaraf qilish,
unga nisbatan doimo ogoh, hushyor bo‘lish, g‘ofillikka yo‘l qo‘ymaslik haqidagi fikrlar
alloma ajdodlarimizning siyosiy tafakkuridan keng o‘rin olgan muhim jihatlardir. Bu borada
mutafakkir Abu Nasr Forobiyning "Davlatni aql-idrok bilan boshqarish — xalq boshiga
tushgan xavf-xatarni kamaytirish va bartaraf etishdan iboratdir" , degan hikmatli fikrlarini
alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Buyuk ajdodlarimiz nazdida, yurtga bo‘ladigan ichki va tashqi
xavf-xatarlarga nisbatan ogoh bo‘lish muhim tamoyil darajasiga ko‘tarilgan hamda ularning
oldini olishning asosiy shartlaridan biri bo‘lgan.
“Korrupsiya” lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “buzish, yemirilish, sotib
olish” ma’nolarini anglatadi. Yuridik ensiklopediyada “korrupsiya — mansabdor shaxslar
o‘zlariga berilgan huquqlar va hokimiyat vakolatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun
foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”
sifatida ifoda etilgan.
Respublikamizda BMT homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning iqtisodiy va
ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi (1995 yil), Davlat
mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 yil), Xalqaro tijorat tashkilotlarida
korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya (1997 yil), Millatlararo
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi (2000 yil) va boshqa xalqaro
hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini
o‘tamoqda.
Xalqaro hujjatlar ichida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Korrupsiyaga
qarshi konvensiya (2003 yil 31 oktabr) asosiy xalqaro-huquqiy hujjat bo‘lib, u ushbu
jinoyatning mohiyatini to‘liq ochib, unga qarshi kurash choralarini belgilab beradi.
Mamlakatimiz 2008 yil 7 iyulda BMTning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Konvensiyasiga
qo‘shildi.
Davlatimiz 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida
qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentabr)
qo‘shilgan. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi
bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilingan.
Bundan tashqari, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan Konvensiya talablaridan
kelib chiqqan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining aksilkorrupsiyaviy
ekspertizasini o‘tkazish metodikasi ishlab chiqilgan va 2011 yil 20 oktabrda tasdiqlangan.
“O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirishni yanada takomillashtirish
Milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, hozirda takomiliga
yetkazilmoqda.
Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan
institutsional mexanizmlarni isloh qilishda Yurtboshimiz tomonidan 2010 yil 12 noyabrda
e’lon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu illatga qarshi kurashni jahon talablari asosida shakllantirish maqsadida 2008 yil 7
iyulda mamlakatimiz BMTning "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasini ratifikatsiya qildi va
shu yili "Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasiga
O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi.
2008 yili mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003 yil 13 oktabrdagi
Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini ratifikatsiya qildi. Shuningdek, “Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi
to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 2010 yil mart oyida davlatimiz Iqtisodiy hamkorlik va
rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasi
(2003 yil 10 sentabr) ga qo‘shildi.
Shuningdek, davlatimiz 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish
tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003
yil 10 sentabr) qo‘shilgan. Oliy Majlis tomonidan esa Jinoiy daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi
bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilindi.
Demak, korrupsiya jinoyatlarining oldini olish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish
lozim:
Birinchidan, korrupsiyaning barcha turlariga barham berish uchun o‘z jinoyat
qonunchiligining muvofiqligini, shu jumladan, jinoyat-huquqiy va protsessual normalarni
tegishli ravishda qayta ko‘rib chiqish;
Ikkinchidan, korrupsiya hamda hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilishning oldini olish
ma’muriy mexanizmlari va tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Uchinchidan, korrupsiya domiga ilingan mansabdor shaxslarni aniqlash, tergov qilish va
hukm etishning maxsus tamoyillarini belgilash;
To‘rtinchidan, korrupsiya natijasida qo‘lga kiritilgan mablag‘lar va mol-mulkni musodara
qilish uchun huquqiy qoidalarni ishlab chiqish;
Beshinchidan, korrupsiyaga daxl¬dor korxonalarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash;
Oltinchidan, "Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi Qonunni qabul qilish;
Yettinchidan,
korrupsiyaga
qarshi
kurash
olib
boruvchi
organlar
faoliyatini
takomillashtirish;
Sakkizinchidan, korrupsiyani vujudga keltirayotgan aniq sabab va shart-sharoitlarni
aniqlash.
Yaponiyada, agar hukumat amaldori korrupsiyada ayblansa, unda hukumatning hamma
a’zolari iste’foga chiqadi. Bir qator Yevropa mamlakatlarida, pora bilan qo‘lga tushgan
amaldor nafaqat o‘z lavozimidan, balki pensiyasidan ham mahrum etiladi. Korrupsiya bilan
kurashning eng ta’sirchan hollarini Skandinaviya mamlakatlari, bir qator Yevropa
(Luksemburg, Niderlandiya, Shveysariya, Avstriya va boshqa) hamda Osiyo (Singapur,
Gonkong) davlatlari misolida ko‘rishimiz mumkin.