KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING JAHON TAJRIBASI (Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari, Korrupsiyaning shakllari va sabablari, Korrupsiyaga qarshi kurashning jahon tajribalari)

Yuklangan vaqt

2024-05-24

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

29,1 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING JAHON TAJRIBASI 
 
Reja: 
 1.Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari.  
 2.Korrupsiyaning shakllari va sabablari.  
 3.Korrupsiyaning ijtimoiy hayotdagi ko‘rinishlari. 
 4.Birlashgan millatlar tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvensiyasining (Nyu-
York, 2003 yil 31 dekabr) mazmuni va mohiyati. 
 5.Korrupsiyaga qarshi kurashning jahon tajribalari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING JAHON TAJRIBASI Reja: 1.Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari. 2.Korrupsiyaning shakllari va sabablari. 3.Korrupsiyaning ijtimoiy hayotdagi ko‘rinishlari. 4.Birlashgan millatlar tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvensiyasining (Nyu- York, 2003 yil 31 dekabr) mazmuni va mohiyati. 5.Korrupsiyaga qarshi kurashning jahon tajribalari.
Ilmiybaza.uz 
 
Tayanch tushunchalar: korrupsiya, global korrupsiya, korrupsiya shakllari, 
korrupsiya sabablari korrupsiyaga qarshi kurash. 
 
“Korrupsiya” so‘zining lug‘aviy ma’nosi (lotin tilidan olingan) Sindirmoq, 
zarar yetkazmoq, buzmoq, bekor qilmoq. Rim huquqiga ko‘ra, yagona predmet 
bo‘yicha majburiyat munosabatlari tomonlaridan biridagi bir necha ishtirokchilar 
tushuniladi. Hozirgi kunda “korrupsiya” lotincha “corruptio”, ya’ni “buzish, sotib 
olish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadi. Korrupsiya albatta bugun 
paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda. Qadimgi 
yunon faylasufi Aristotel shunday degan: “Har qanday davlat tizimida – qonunlar va 
boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor 
shaxs-larni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.” G‘arb 
mutafakkirlaridan biri Sharl Mon-teskye korrupsiyani quyidagicha talqin etgan. 
“Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qan-day hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, 
uni suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’-lum bir maqsadga erishmaguncha 
shu yo‘nalishda yuradi.” Korrupsion qilmishlarga oid munosabat Vatanimiz tarixida 
ham ancha qadimdan mavjud. Xususan, buyuk bobomiz Amir Temurning “Temur 
tuzuklarida” ham amaldorlar xalqdan o‘lpon(soliq) yig‘ishda ham, “Ipak yo‘li” dan 
o‘tayotgan savdogarlar karvonlaridan olinadigan yig‘imlarni olishda adoltli va insof 
bilan yondoshishlari bel-gilab qo‘yilgan. O‘z davrining mutafakkirlari bo‘lmish 
A.Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad Donishlarning asarlarida ham amaldorlar 
tomonidan oddiy xalqni ishonchini suistemol qilish holatlari qattiq tanqid ostiga 
olingan. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov mazkur turdagi jinoyatni 
shunday: “Jinoyatning yopiq va eng qabih turi bor. Bu korrupsiya va poraxo‘rlik. Bu 
illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, balki o‘tish davrida belgilangan 
maqsadlarga 
erishishga 
bevosita 
tahdid 
tug‘diradi” 
deb 
ta’riflab, 
bu 
jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha bir qator tavsiyalar bergan edi. Davlatimiz 
rahbari Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlis palatalrining qo‘shma majlisidagi “Erkin va 
farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga 
quramiz ”mavzusidagi ma’ruzasida: “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni 
Ilmiybaza.uz Tayanch tushunchalar: korrupsiya, global korrupsiya, korrupsiya shakllari, korrupsiya sabablari korrupsiyaga qarshi kurash. “Korrupsiya” so‘zining lug‘aviy ma’nosi (lotin tilidan olingan) Sindirmoq, zarar yetkazmoq, buzmoq, bekor qilmoq. Rim huquqiga ko‘ra, yagona predmet bo‘yicha majburiyat munosabatlari tomonlaridan biridagi bir necha ishtirokchilar tushuniladi. Hozirgi kunda “korrupsiya” lotincha “corruptio”, ya’ni “buzish, sotib olish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadi. Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan: “Har qanday davlat tizimida – qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor shaxs-larni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.” G‘arb mutafakkirlaridan biri Sharl Mon-teskye korrupsiyani quyidagicha talqin etgan. “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qan-day hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’-lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi.” Korrupsion qilmishlarga oid munosabat Vatanimiz tarixida ham ancha qadimdan mavjud. Xususan, buyuk bobomiz Amir Temurning “Temur tuzuklarida” ham amaldorlar xalqdan o‘lpon(soliq) yig‘ishda ham, “Ipak yo‘li” dan o‘tayotgan savdogarlar karvonlaridan olinadigan yig‘imlarni olishda adoltli va insof bilan yondoshishlari bel-gilab qo‘yilgan. O‘z davrining mutafakkirlari bo‘lmish A.Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad Donishlarning asarlarida ham amaldorlar tomonidan oddiy xalqni ishonchini suistemol qilish holatlari qattiq tanqid ostiga olingan. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov mazkur turdagi jinoyatni shunday: “Jinoyatning yopiq va eng qabih turi bor. Bu korrupsiya va poraxo‘rlik. Bu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga bevosita tahdid tug‘diradi” deb ta’riflab, bu jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha bir qator tavsiyalar bergan edi. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlis palatalrining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz ”mavzusidagi ma’ruzasida: “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni
Ilmiybaza.uz 
 
sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l 
qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini 
amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur” deb ta’kidladi.  
Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli 
illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, 
inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot 
sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan 
jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib 
beradi. 
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va 
kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli 
illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar 
amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. 
Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish 
xususida fikr yuritmoqchimiz. 
Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar 
tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy 
manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini 
anglatadi. 
Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata 
ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan 
huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi. 
Makroiqtisodiy va siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar, korrupsiya — davlatlarning 
iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga ulkan to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. I.A.Karimov 
o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida korrupsiyaning O‘zbekistonning o‘z 
taraqqiyoti yo‘lida rivojlanishiga ulkan to‘siq bo‘lishi mumkinligini bayon qilgan 
edi. 
Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol 
qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish 
Ilmiybaza.uz sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur” deb ta’kidladi. Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz. Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi. Makroiqtisodiy va siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar, korrupsiya — davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga ulkan to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida korrupsiyaning O‘zbekistonning o‘z taraqqiyoti yo‘lida rivojlanishiga ulkan to‘siq bo‘lishi mumkinligini bayon qilgan edi. Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish
Ilmiybaza.uz 
 
odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida 
qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi 
korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga 
qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi SHumer davlati tan olinadi. 
Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi 
qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki 
bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur etkazardi. Dunyoning etakchi 
dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 
poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki 
sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni 
Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli 
bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib 
uzatmangizlar” deyilgan. 
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining 
ish sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan 
bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan 
AQSH Konstitutsiyasida pora olish AQSH prezidentini impechmentga tortish 
mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy 
partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib 
borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa 
mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi. 
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni 
korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi. 
Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi 
mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. 
SHuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” 
sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr 
yuritishgan. YA’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga 
qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi. 
Ilmiybaza.uz odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi SHumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur etkazardi. Dunyoning etakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasida pora olish AQSH prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi. Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi. Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. SHuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. YA’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi.
Ilmiybaza.uz 
 
Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni 
bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida 
qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi. 
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik 
birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning 
asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai 
nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit 
yaratadi. 
Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta 
faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi: 
aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki; 
davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy 
sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi; 
iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi; 
inflyasiyaning yuqori darajasi; 
mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi; 
mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari. 
Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari 
mavjud. 
Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni 
kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari 
tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning 
ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning 
yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani 
bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan. 
Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning 
mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga 
qarshi samarali kurash olib boriladi. YA’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada 
mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k. 
Ilmiybaza.uz Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi. Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi: aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki; davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi; iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi; inflyasiyaning yuqori darajasi; mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi; mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari. Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud. Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan. Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. YA’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.
Ilmiybaza.uz 
 
Saylov tizimi orqali kurashish —demokratik davlatlarda saylangan 
vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda 
unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng 
samarali usul hisoblanadi. 
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan SHvetsiya, 
Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni 
ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga 
qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi. 
Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining 
ahamiyati ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni 
konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining 
huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu 
davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan. Biz 
quyida Singapur davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llanilgan usullar haqida 
batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Singapur davlati 1965 yil mustaqillikka erishgach korrupsiya darajasi eng 
yuqori bo‘lgan davlatlar qatorida turar edi. Lekin bu illatga qarshi o‘tkazilgan bir 
qator tadbirlar bu davlatda korrupsiyaning minimal darajaga tushishiga olib keldi. 
Birinchi navbatda bu erda byurokratik jarayonlar engillashtirilib sud tizimining 
mustaqilligi oshirildi (sudyalarning daromadlari va imtiyozlarini oshirish evaziga). 
Shu bilan birga korrupsiya jinoyatlari uchun sanksiyalar og‘irlashtirilib, fuqarolarga 
korrupsiyaga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishda bosh tortganligi 
uchun juda katta moliyaviy sanksiyalar belgilandi. Bir qator davlat idoralarida 
ommaviy “tozalashlar” o‘tkazilib bu jarayonlar telekanallar orqali butun 
mamlakatga namoyish qilindi. YUqorida sanab o‘tilgan omillarning hammasi 
Singapurni qisqa muddatlarda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar ro‘yxatida 
ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqdi. SHuningdek, davlat xizmatchisining ahloq 
standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham Singapur davlatida 
korrupsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri bo‘lib xizmat qiladi. 
Ilmiybaza.uz Saylov tizimi orqali kurashish —demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan SHvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi. Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan. Biz quyida Singapur davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llanilgan usullar haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Singapur davlati 1965 yil mustaqillikka erishgach korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatorida turar edi. Lekin bu illatga qarshi o‘tkazilgan bir qator tadbirlar bu davlatda korrupsiyaning minimal darajaga tushishiga olib keldi. Birinchi navbatda bu erda byurokratik jarayonlar engillashtirilib sud tizimining mustaqilligi oshirildi (sudyalarning daromadlari va imtiyozlarini oshirish evaziga). Shu bilan birga korrupsiya jinoyatlari uchun sanksiyalar og‘irlashtirilib, fuqarolarga korrupsiyaga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishda bosh tortganligi uchun juda katta moliyaviy sanksiyalar belgilandi. Bir qator davlat idoralarida ommaviy “tozalashlar” o‘tkazilib bu jarayonlar telekanallar orqali butun mamlakatga namoyish qilindi. YUqorida sanab o‘tilgan omillarning hammasi Singapurni qisqa muddatlarda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar ro‘yxatida ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqdi. SHuningdek, davlat xizmatchisining ahloq standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham Singapur davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiybaza.uz 
 
Jinoyatchilik, korrupsiya bizning o‘z xavfsizligimizga ham, xalqaro 
xavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi 
kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. SHuning uchun ham biz jinoyatchilik 
haqida butun jahon hamjamiyati qayg‘urmog‘i lozim. Suveren O‘zbekiston xalqi va 
rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga tayyor va buni dunyoni poklash, 
uning xavfsizligini ta’minlash ishiga qo‘shilgan hissa, deb biladi. 
Jinoyatchi unsurlarning xo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish 
jarayonida faol va xufyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini 
tug‘dirishi, bu esa o‘z navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun 
ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib kelishini 
keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda Meksikaning 
Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni 
yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan konferensiya tashkil etildi. Bu 
konferensiya davomida 100 dan ortiq davlat tomonidan Korrupsiyaga qarshi haqaro 
konvensiya imzolandi. Konferensiyaning birinchi ish kuni (9 dekabr) BMT 
tomonidan butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan. 
Ushbu konvensiyaning qabul qilinishi va kuchga kirish (2003 yil 31 oktyabr) dunyo 
mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi hamkorligini yangi pog‘onaga 
ko‘tardi. 
Konvensiyada korrupsiyaning rivojlanishi uyushgan jinoyatchilik, terrorizm 
va boshqa jamiyat uchun xavfli bo‘lgan salbiy omillarga qarshi kurashga ulkan 
to‘siq bo‘lishi mumkinligiga alohida urg‘u berilgan. 
Ushbu Konvensiyaning maqsadi quyidagilardan iborat: 
— korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul 
qilish va ularni mustahkamlash; 
— korrupsiyaga qarshi kurashda halqaro hamkorlikni kengaytirish, 
engillashtirish va qo‘llab quvvatlash. 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 9 dekabr – 
“Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan va har yili ushbu sana keng 
nishonlanadi. 2003 yilning ushbu sanasida BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash 
Ilmiybaza.uz Jinoyatchilik, korrupsiya bizning o‘z xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. SHuning uchun ham biz jinoyatchilik haqida butun jahon hamjamiyati qayg‘urmog‘i lozim. Suveren O‘zbekiston xalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga tayyor va buni dunyoni poklash, uning xavfsizligini ta’minlash ishiga qo‘shilgan hissa, deb biladi. Jinoyatchi unsurlarning xo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va xufyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini tug‘dirishi, bu esa o‘z navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib kelishini keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda Meksikaning Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan konferensiya tashkil etildi. Bu konferensiya davomida 100 dan ortiq davlat tomonidan Korrupsiyaga qarshi haqaro konvensiya imzolandi. Konferensiyaning birinchi ish kuni (9 dekabr) BMT tomonidan butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan. Ushbu konvensiyaning qabul qilinishi va kuchga kirish (2003 yil 31 oktyabr) dunyo mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi hamkorligini yangi pog‘onaga ko‘tardi. Konvensiyada korrupsiyaning rivojlanishi uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa jamiyat uchun xavfli bo‘lgan salbiy omillarga qarshi kurashga ulkan to‘siq bo‘lishi mumkinligiga alohida urg‘u berilgan. Ushbu Konvensiyaning maqsadi quyidagilardan iborat: — korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul qilish va ularni mustahkamlash; — korrupsiyaga qarshi kurashda halqaro hamkorlikni kengaytirish, engillashtirish va qo‘llab quvvatlash. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 9 dekabr – “Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan va har yili ushbu sana keng nishonlanadi. 2003 yilning ushbu sanasida BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash
Ilmiybaza.uz 
 
konvensiyasi imzolangan. Mazkur hujjat uni imzolagan davlatlardan pora olish, 
byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish va korrupsiya ortidan boylik orttirish 
kabilarni jinoyat deb belgilashni talab etadi. 
Ushbu Konvensiyada korrupsiyaga shunday ta’rif beriladi: “Korrupsiya — bu 
jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U demokratiya va 
huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, 
bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar 
xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar 
ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, 
badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. 
Korrupsiya past iqtisodiy ko‘rsatkichlarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, 
kambag‘allik darajasini kamaytirish va rivojlanishni ta’minlash uchun eng katta 
to‘siq hisoblanadi”. 
BMTning ma’lumotnoma-hujjatida (1995): Korrupsiya – shaxsiy 
manfaatlar yo‘lida foyda olish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish.  
Korrupsiya - barcha davlatlar uchun xarakterli hodisa. Korrusiyaga qarshi 
kurash bo‘yicha xalqaro huquq manbalari:  
 
Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida Amerika davlatlari konvensiyasi 
(1996) 
 
Jinoyatchilikka qarshi kurashda MDHga a’zo davlatlarning hamkorligi 
to‘g‘risida bitim (1998 
 
Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida konvensiya (Yevropa 
Kengashi, 1999) 
 
Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida konvensiya (Afrika 
Ittifoqi, 2003) 
 
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha BMT konvensiyasi (2003) 
 
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha BMT konvensiyasi(BMT Bosh 
Assambleyasi, 58/4-sonli qaror, 2003 yil 31 oktabr) 
 
Preambula 8 ta bob, 71 ta moddadan iborat. Preambula (fr. preambue – so‘z 
boshi, muqaddima) – huquqiy hujjatlar, deklaratsiya, konvensiya va boshqa xalqaro 
Ilmiybaza.uz konvensiyasi imzolangan. Mazkur hujjat uni imzolagan davlatlardan pora olish, byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish va korrupsiya ortidan boylik orttirish kabilarni jinoyat deb belgilashni talab etadi. Ushbu Konvensiyada korrupsiyaga shunday ta’rif beriladi: “Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Korrupsiya past iqtisodiy ko‘rsatkichlarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, kambag‘allik darajasini kamaytirish va rivojlanishni ta’minlash uchun eng katta to‘siq hisoblanadi”. BMTning ma’lumotnoma-hujjatida (1995): Korrupsiya – shaxsiy manfaatlar yo‘lida foyda olish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish. Korrupsiya - barcha davlatlar uchun xarakterli hodisa. Korrusiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro huquq manbalari:  Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida Amerika davlatlari konvensiyasi (1996)  Jinoyatchilikka qarshi kurashda MDHga a’zo davlatlarning hamkorligi to‘g‘risida bitim (1998  Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida konvensiya (Yevropa Kengashi, 1999)  Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida konvensiya (Afrika Ittifoqi, 2003)  Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha BMT konvensiyasi (2003) Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha BMT konvensiyasi(BMT Bosh Assambleyasi, 58/4-sonli qaror, 2003 yil 31 oktabr) Preambula 8 ta bob, 71 ta moddadan iborat. Preambula (fr. preambue – so‘z boshi, muqaddima) – huquqiy hujjatlar, deklaratsiya, konvensiya va boshqa xalqaro
Ilmiybaza.uz 
 
shartnomalarni tayyorlashda so‘zboshi sifatida asosiy maqsadni belgilash qismi. 
Konvensiya 2005 yilning 14 dekabrida kuchga kirgan. Uni 158 ta davlat ratifikatsiya 
qilgan.  
 
BMT Bosh kotiblari korrupsiya haqida: Kofi Annan “Korrupsiya – bu 
jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.” Antoni guterrrish 
“Korrupsiya – bu ijtimoiy taraqqiyotni izdan chiqaruvchi, tengsizlik va 
adolatsizlikni yuzaga keltiruvchi, barcha mamlakatni buzuvchi kasallikdir”. 
Xalqaro tajribadan ma’lumki, davlat xizmatchilari uchun standart 
taqiqlashlar, cheklashlar va nizomlar barcha rivojlangan mamlakatlar 
qonunlarida mavjud. Biz quyida bir necha davlatlarning korrupsiyaga qarshi 
kurashish borasidagi chora va uslublari haqida to‘xtalamiz. 
Avstraliyada korrupsiyaga qarshi maxsus kurslar tashkil qilinadi va 
o‘qituvchi sifatida adliya va ichki ishlar vazirlari taklif etiladi 
Avstraliyada federal tuzilma yoki korrupsiyaga qarshi kurash organlarining 
tizimi yo‘q. Hukumat tuzilmalari faoliyatini nazorat qilish Avstraliya milliy jamoat 
tashkilotlari, parlament va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi. Har 
qanday fuqaro bunday komissiyaga shikoyat qilish yoki davlat mansabdor shaxsi 
tomonidan sodir etilgan korrupsiya harakati haqida xabar berish huquqiga ega. 
markazlashtirilgan Avstraliyada federal tuzilma yoki korrupsiyaga qarshi kurash 
organlari, bu erda korrupsiyaga qarshi asosiy ta’lim dasturi Avstraliya Milliy 
universiteti (Kanberra) davlat siyosati fakultetida bo‘lib o‘tadigan “korrupsiya va 
unga qarshi kurash usullari” mavzuidagi maxsus kursdir. Trening davomida 
tinglovchilar korrupsiya hodisasiga turli yondashuvlar va uning namoyon bo‘lishiga 
qarshi kurash usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Bundan tashqari, 
oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va maktablarning yuqori sinf o‘qituvchilari uchun 
maxsus kurslar ham mavjud. Ushbu ta’lim dasturi global ta’lim markazi tomonidan 
taklif etilgan.Avstriyada ham korrupsiyaga qarshi kurash sohasida uch haftalik 
malaka oshirish kursi mavjud. O‘qituvchilar sifatida, qoida tariqasida, Ichki ishlar 
vazirligi, Adliya vazirligi, olimlar, psixologlar, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi 
kurashish sohasidagi mutaxassislar taklif etiladiAvstriya federal korrupsiyaga qarshi 
Ilmiybaza.uz shartnomalarni tayyorlashda so‘zboshi sifatida asosiy maqsadni belgilash qismi. Konvensiya 2005 yilning 14 dekabrida kuchga kirgan. Uni 158 ta davlat ratifikatsiya qilgan. BMT Bosh kotiblari korrupsiya haqida: Kofi Annan “Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.” Antoni guterrrish “Korrupsiya – bu ijtimoiy taraqqiyotni izdan chiqaruvchi, tengsizlik va adolatsizlikni yuzaga keltiruvchi, barcha mamlakatni buzuvchi kasallikdir”. Xalqaro tajribadan ma’lumki, davlat xizmatchilari uchun standart taqiqlashlar, cheklashlar va nizomlar barcha rivojlangan mamlakatlar qonunlarida mavjud. Biz quyida bir necha davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi chora va uslublari haqida to‘xtalamiz. Avstraliyada korrupsiyaga qarshi maxsus kurslar tashkil qilinadi va o‘qituvchi sifatida adliya va ichki ishlar vazirlari taklif etiladi Avstraliyada federal tuzilma yoki korrupsiyaga qarshi kurash organlarining tizimi yo‘q. Hukumat tuzilmalari faoliyatini nazorat qilish Avstraliya milliy jamoat tashkilotlari, parlament va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi. Har qanday fuqaro bunday komissiyaga shikoyat qilish yoki davlat mansabdor shaxsi tomonidan sodir etilgan korrupsiya harakati haqida xabar berish huquqiga ega. markazlashtirilgan Avstraliyada federal tuzilma yoki korrupsiyaga qarshi kurash organlari, bu erda korrupsiyaga qarshi asosiy ta’lim dasturi Avstraliya Milliy universiteti (Kanberra) davlat siyosati fakultetida bo‘lib o‘tadigan “korrupsiya va unga qarshi kurash usullari” mavzuidagi maxsus kursdir. Trening davomida tinglovchilar korrupsiya hodisasiga turli yondashuvlar va uning namoyon bo‘lishiga qarshi kurash usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Bundan tashqari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va maktablarning yuqori sinf o‘qituvchilari uchun maxsus kurslar ham mavjud. Ushbu ta’lim dasturi global ta’lim markazi tomonidan taklif etilgan.Avstriyada ham korrupsiyaga qarshi kurash sohasida uch haftalik malaka oshirish kursi mavjud. O‘qituvchilar sifatida, qoida tariqasida, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, olimlar, psixologlar, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi mutaxassislar taklif etiladiAvstriya federal korrupsiyaga qarshi