KORXONA BIZNES REJASI VA UNING ASOSIY BO‘LIMLARI.
Reja:
1. Rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Korxona faoliyatini. rejalashtirishning
asosiy vazifalari.
2. Rejalashtirish texnologiyasi. Korxonada reja ijrosi.
3. «Biznes-reja» ning mohiyati, vazifalari.
4. Korxonaning biznes rejasi va uning bo‘limlari.
1
Tayanch so‘z va iboralar: biznes-rejani fuknsiyasi, biznes-reja o‘z oldiga
qanday savollarga javob berishni maqsad qilib qo‘yyadi. Biznes-rejani bo‘limlari,
asosiy xujjat, investor, yutuq, kalit, biznes, boshqarish, rahbar, bank, bankir.
1. Rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Korxona faoliyatini
rejalashtirishning asosiy vazifalari
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan korxonalarda ishlab
chiqiluvchi oldingi texnika-sanoat rejalari, qurilish rejalari, transport-moliya
rejalari qaysi tarmoqqa qarashli ekaniga qarab o‘z o‘rnini biznes-rejalarga
bo‘shatib berdi. Biznes-rejada biznes falsafasi, korxonaning joriy va istiqboldagi
strategiyasi aks ettiriladi.
Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funksiyalarni bajarishga bog‘liq
degan fikr ham mavjud:
biznes yuritish konsepsiyasini ishlab chiqish;
korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;
pul mablag‘larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.
2. Rejalashtirish texnologiyasi. Korxonada reja ijrosi
Xo‘jalik amaliyotining dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va xususan
biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda biznes-
rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda o‘tgan yilda erishilgan natijalar tahlili
va kelgusi yillar uchun o‘z imkoniyatlarini baholash hisobiga dastlabki hisob-
kitoblar amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha hisob-kitoblarda belgilangan
texnologik jarayonlarga, ichki zahiralardan to‘liq foydalanishga asoslanishi hamda
zarur hollarda tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim.
Ushbu bosqichda chiqariladigan mahsulotga jamiyat ehtiyojlari va bozor
talabini aniqlash katta ahamiyatga ega. Gap shundaki, jamiyatning aniqlangan
ehtiyojlaridan tashqari iste’molchilar mahsulotni harid qilish uchun sarflovchi va
korxona ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishga sarflovchi
2
resurslarning cheklanganligi ham mavjud. Shuning uchun «ehtiyoj - resurslar»
bog‘liqligi biznes-rejaning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Ehtiyojlarni aniqlash
korxonani iste’molchilik talabiga ega bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqarish uchun
harajatlar sarflashining oldiini oladi, talab qilinuvchi resurslar hisob-kitobi esa xato
va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaydi.
Ikkinchi bosqich bu biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni korxonaning
rasmiy hujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda biznes-reja huquqiy kuchga
ega bo‘lib, turli idora va muassasalarga, xususan, banklardan moliyaviy resurslar
olish uchun taqdim etilishi mumkin. Agar uni ishlab chiqish o‘z navbatida
korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy (moliyaviy) strategiyasini ishlab
chiqishga imkon beruvchi marketing tadqiqotlari va bozor tahliliga asoslansa
to‘g‘ri bo‘lur edi.
3.«Biznes-reja» ning mohiyati, vazifalari.
Biznes reja – korxonaning rivojlanish rejasi bo‘lib, unda firmaning yangi
faoliyat doiralarini o‘zlashtirish, yangi biznesni tashkil etish mo‘ljallangan.
Biznes-reja yangi tashkil etilayogan korxonalarni hamda faoliyat
ko‘rsatayotgan korxonalarni bo‘lajak muddatga rivojlanishi belgilash uchun
tuziladi - ishlab chiqiladi.
Biznes-rejaning asosiy maqsadlari quyidagicha:
Biznes rejalashtirish bo‘yicha jahonga mashhur mutaxassisi G. Reyenning
ta’rifi bo‘yicha biznes reja ishbilarmon uchun quyidagicha: «O‘zlikni tushunish va
o‘zini sotish» demakdir. Boshqa so‘z bilan ifolaganda Biznes reja quydagi muhim
muammolarni hal etadi:
- korxonani faoliyat ko‘rsata bilish darajasini va kelajakda muhimligini,
hamda ishbilarmonlik faoliyatidagi xavfni kamaytiradi;
- biznesni kelajakda rivojlanishi son va sifat ko‘rsatgichlari bo‘yicha
rivjlanishni aniq belgilab beradi;
3
- potensial investorlarni firmaga bo‘lgan e’tibori va qiziqishini oshiradi,
hamda ularni mablag‘larini jalb etishga undaydi va xaflarni ishonchga aylanishini
ta’minlaydi;
- rejalashtirish borasida qimmatli tajriba olishga yordamlashadi, tashkilotga va
uning ishchi kuchi omillariga qiziqishni ortiradi;
Shunday qilib Biznes reja tashkilotni ichki maqsadiga erishishini
ta’minlabkina qolmay balki shaxslarni tashqi maqsadini ham ko‘zlab yangi ish
boshlash uchun manfaatli bo‘ladi.
Biznes reja investorladan tashqari, firmaning potensial ista’molchilari va
ta’minotchilarini bo‘lajak biznesga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.
Faoliyat boshlovchi ishbilarmonlar uchun biznes-reja investorlanrni
qiziqishini va jalb etuvchi yagona hujjat hisoblanadi. Biznes-rejani aniqligi va
asoslanganligi ishbilarmon faoliyati ko‘rsatgichlarining ishonchli va kafolatli
ekanligini bildiradi.
Odatda biznes reja ishbilarmon va bo‘lajak investor o‘rtasida kelishuv va
shartnoma tuzishni boshlanish nuqtasi (ishbilarmon va bank) hisoblanadi.
Biznes-reja chet el investorlari bilan kelishuv va shartnoma boshlash uchun
yanada muhim ahamiyatiga ega bo‘ladi.
Biznes-reja firmaning tashqi muhitiga yo‘naltirilgan reja bo‘lib, o‘z navbatida
uni mahsulotga aylantiradi, uni sotib imkoni boricha ko‘proq yutuqqa erish
imkonini yaratadi.
Hozirgi davrda O‘zbekiston respublikasida Biznes-reja yana bir muhim
ahamiyatga egaki uning yordamida korxonalarni davlat e’tirofidan chiqarishga
asosiy hujjat hisoblanib, tashkilotni kelajakdagi maqsadlari faoliyatini rivojlantirsh
iqtisodiy baquvvat etish yo‘nalishlarini belgilab beradi. Biznes-reja qimmatbaho
qog‘ozlar emissiyasiga kirib tashkilotni aksiyalarini qimmati haqida ma’lumotlar
ham beradi.
Biznes-rejada firmaning ishlab chiqarish va bozor, texnologik va moliyaviy,
ichki va tashqi faoliyatini ifodalaydi. Natijada uni texnika-iqtisodiy ko‘rsatkilirini
asoslashga ehtiyoj qoldirmaydi.
4
Biznes-rejani tuzishdan oldin quyidagi kompleks ma’lumotlarga ega
bo‘lishimiz kerak.
I qadam:
- biznes-rejalashtirish bo‘yicha qo‘llanma va o‘quv qurollari;
- davlat tashkilotlari (jumladan kichik biznes bilan shug‘ullanivchi);
- boshqarish to‘g‘risida maslahat beruvchi firmalar;
- tarmoq bo‘yicha chop etilgan ma’lumotlar;
- auditorlik firmalari;
- tanish-bilishlar, o‘rtoqlar, hamkasblar.
II qadam:
- biznes reja ustida ishlash uning maqsadini aniqlash va ishlab chiqish;
Biznes-reja maqsadi belgilangan ichki va tashqi muhitga binoan har xil
bo‘lishi mumkin va unga kerakli sharoit yaratilishi, hamda sifatli, aniq tadbirlar
hisobiga erishiladi.
III qadam:
- tashkilot (xohishiga qarab) ichki ishtirokchilarni tashqi shaxslarni investor
bo‘laoladimi (ular aksionermi, tijorat banklarmi, venchur kompaniyalarimi) yoki
yo‘qmi shu muammoni hal etishi kerak.
Biznes- rejani tuzuvchi muallif o‘z o‘quvchilari doirasini belgilangandan
so‘ng IV qadamga ya’ni tuzulajak hujjat tarkibini belgilashga o‘tiladi.
Odatda Biznes reja quydagilardan tashkil topadi:
- mansab varaqasi;
- rezyume – Biznes-reja qisqa mazmuni;
- biznes tarixi;
- mahsulot tavsiyasi;
- tarmoqdagi holat tavsifi, mahsulot bozorlari;
- raqobatchilar: raqobat strategiyasini tanlash va baholash;
- ishlab chiqarish rejasi;
- mahsulotni sotish-marketing reja;
- tashkiliy reja;
- moliyaviy reja va xavfni baholash;
5
- ilmiy izlanish rejasi;
- xavfni sug‘urtalash kafolatlash va baholash;
- ilova (appendiks)
Biznes-rejani har bir bo‘limi tavsifini keynroq ko‘rib chiqamiz.
V qadam:
-biznes-reja har bir bo‘limini tuzish uchun ma’lumotlar yig‘ishga qaratiladi.
Bunda biznes-reja tuzishda ma’lum bilim va tajribaga ega bo‘lgan shaxslar taklif
etiladi ular tashkilot xodimlari yoki tashqaridan taklif etilgan mutaxasislar bo‘lishi
mumkin, ya’ni tashkilot imkoniyatini puxta biluvchilar, moliyaviy bashorat eta
oluvchilar, buxgalterlar, marketologlar, iqtisodchilar bo‘lishi mumkin.
VI qadam:
- biznes rejani tuzish (yozish) bo‘lib, juda murakkab va ko‘p mehnat talab
etuvchi jarayon hisoblanadi. Eng muhimi ishbilarmon biznes rejani mustaqil
ravishda yozishi, tuzishi kerak, qancha vaqt va mablag‘ ketishigi qaramasdan.
Agarda ishbilarmon biznes-rejani tuzishni boshqa shaxsga ishonsa u holda: o‘z
tashkilotini kuchli va kuchsiz tomonlarini bilmasligi, kalajakda tashkilotga salbiy
ta’sir etuvchi omillardan bexabar kolishi mumkin, investorlarga o‘z biznesini
afzalligi isbotlay olmasligi mumkin, natijada investorlar qiziqishini kamaytirib
mavjud imkoniyatlardan foydalana olmaydi.
4. Korxonaning biznes rejasi va uning bo‘limlari.
Biznes-rejani tayyorlash natijasida «Ishni nimadan boshlash kerak?»;
«Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim?» «Birinchi foyda yoki
daromad qachon olinadi?», «Investorlar va kreditorlar bilan qachon hisob-kitob
qilish mumkin?», «Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarni qanday
kamaytirish mumkin?», «Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan
foydalanish mumkin?» kabi savollarga javob olinadi.
Biznes-rejani tuzishda quyidagi shartlarga alohida e’tibor qaratish zarur:
*biznes-reja professional va shu bilan bir paytda sodda, bajarish uchun
tushunarli va oson bo‘lishi lozim;
6
*biznes-reja investor yoki boshqa manfaatdor shaxs o‘ziga kerakli
ma’lumotlarni qidirib topishi uchun bo‘limlarga (boblarga) bo‘linishi lozim;
*biznes-rejani tayyorlashda korxonaning bosh rahbari albatta qatnashishi
shart, chunki investor, bank yoki boshqa moliya idorasi korxona rahbari
qatnashmaganligi yoki boshqa shaxsga topshirilganligi haqida xabar topsa, biznes-
rejaning ishonchliligiga shubha uyg‘onishi mumkin;
*biznes-rejaning ob’ektiv baholanishiga erishish kerak, ya’ni unda xatolar va
noto‘g‘ri hisob-kitoblar bo‘lmasligi lozim;
*biznes-rejaning tarqatib yuborilmasligini nazorat qilish zarur, chunki unda
biznes to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotlar joy olgan bo‘ladi.
Rejalarning har bir turi kabi, biznes-reja ham, bo‘lim va ko‘rsatkichlardan
iborat bo‘ladi. O‘ntagacha bo‘limni o‘z ichiga oluvchi biznes-reja mazmuni va
tuzilishiga ko‘ra, eng maqbul hisoblanadi. Mavjud adabiyotlarda quyidagi
bo‘limlarni o‘z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi:
1. Tanlangan biznes konsepsiyasi.
2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar).
3. Tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsulot hamda xizmatlari
tavsifnomasi.
4. Boshqaruv (menedjment).
5. Bozor tadqiqoti va tahlili.
6. Marketing harakatlari rejasi.
7. Ishlab chiqarish rejasi.
8. Tavakkalchilikni baholash.
9. Moliyaviy reja.
10. Biznes-loyihaning samaradorligi.
Biznes-reja tarkibi va uni tuzish
Quyidagi bo‘lim biznes-rejani tarkibi va uni tuzish haqida bo‘ladi.
Mansab varaqasi va mundarija.
Mansab varaqasi quyidagi mazmunda bo‘lishi kerak:
7
- reja sarlovhasi;
- tayyorlash vaqti;
- rejani kim tayyorlaydi, to‘liq ismi sharifi va otasini ismi, ishbilarmonni ismi
sharifi va telefon raqamlari;
- kim uchun reja tuzilgan;
Ba’zi hollarda hujjatdagi ma’lumotlar sirligi va undan boshqa shaxslarni
xabardor bo‘lmasligi haqida ilova kiritilishi mumkin, bu holda ishbilarmon fikri va
maqsadi himoyalanadi;
Mundarija – mansab varaqasi va rezyumedan so‘ng ko‘p o‘qiladi va u biznes-
reja tarkibi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi kerak.
Rezyume – biznes-reja tuzib bo‘lingandan so‘ng yoziladi. Unda biznes-reja
elementlari va asosiy bo‘limlarini qisqacha mazmuni beriladi.
Rezyume tarkibi uch qismdan iborat bo‘lishi kerak:
- kirish – rejaning maqsadi, qisqa ko‘rinishdagi loyihani ma’nosi;
- asosiy mazmuni – biznes rejaning qisqacha mazmuni keltiriladi. Ya’ni
faoliyat turi, kelajakdagi talab darajasi, loyiha qiymati, moliyaviy mablag‘larning
manbalari.
- xulosa, ishbilarmonning kelajakdagi yutuqlari natijasi va uning asosiy
faoliyat turlari.
Rezyume qisqa va tushunarli bo‘lib 3-4 betdan oshmasligi kerak. Chunki uni
o‘qiydigan kishilar juda band bo‘lishadi va kun davomida shu hujjatga o‘xshash
ko‘p ish qog‘ozlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Rezyume shunday tuzilishi
kerakki uni o‘qiyotgan investorda qiziqish uyg‘otishi kerak, unda ishbilarmon
faoliyatini har tomonlama to‘liq ifodalab, investordan nima xohlashini bildirish
kerak.
Biznes tarixi.
Bu bo‘lim korxona uzoq mudatda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib ma’lum
yutuqlarga erishgan hollarida tuziladi – yoziladi.
Biznes tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tashqaridagi o‘quvchilar uchun
mo‘ljallangan bo‘lib tashkilot tarixini muhokama etilayotgan vaqtda erishilgan
8
yutuqlarga e’tiborni qaratishi kerak. Erishilgan yutuqlarni ko‘rsatiladigan faoliyat,
hamda kelajakdagi maqsad bilan bog‘lab son ko‘rsatgichlarda keltirilsa maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Mahsulot (xizmat) turlarini yoritish.
Bozorga qanday mahsulot yoki xizmat taklif etilishini ishbilarmon ham
investor ham bilishi ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulot turini har tomonlama
ta’riflanishi kerak.
O‘zbekistondagi ishbilarmonlar bank xodimlarini-investorlarni xohishidan
doim xayratda qolmoqdalar, chunki ular mahsulot xususiyati to‘g‘risida uni qanday
o‘ralganligi, dizayni, himoyalanganligi darajasi, sotish bahosini asoslanganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq bilishni istashidan. Bank mutaxassislari uchun
mahsulotni sifati, raqobatlasha olishi, iste’mol etilishi, tovar ko‘rinishi darajasi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi, chunki mahsulotni bozorga kirishi va
undan foyda olish imkoni shu ma’lumotlarga bog‘liq bo‘ladi.
Mahsulotni (xizmatni) tavsifini ifodalovchi savollar ruyxati quydagilar:
1.Mahsulotni raqobatlasha olishi va undan foydalanish usullari. Mahsulot
xususiyatlari iste’molchilar talabini qondiradigan holda bo‘lishi kerak.
2.Tanlangan mahsulotni hayotiy siklini firma qanday tasavvur etadi?
3. Raqobatchilar tomonidan taklif etilayotgan o‘xshash mahsulotni
imkoniyatlari qanday? Taklif etilayotgan mahsulot raqobatchilarnikiga qaraganda
afzallikka egami, bozorda talab bormi, mahsulotni alohida xususiyatlari qanday?
4. Mahsulotni himoyalanganlik darajasi qanday? Mahsulotga patent olganmi,
avtorlik huquqiga egami, tovar markasi ruyxatdan o‘tkazilganmi? Mahsulotni
kimiyoviy, fizik va mexanik xususiyatlarini ham keltirish kerak.
Tarmoq foaliyatining holati tahlili.
Bu bo‘limda bozor sig‘imini absalyut ko‘rsatgichlarda keltirib, bozorning
asosiy sigmentlari o‘sishga moyilmi yoki turg‘un holda ekanligini aniqlash
9
muhimdir. Tashqi va ichki omillarga borozni sezgirligi o‘zgarishlar mavsumi yoki
siklik ya’ni ma’lum muddatda kaytariladimi, hamda raqobatchilarni bozordagi
o‘rni, ularni kelajakdagi maqsadi, boshqa tarmoqlar taqdiri to‘g‘risidagi
ma’limotlarni ham keltirish kerak bo‘lad. Bozorni kelajagi haqida umumiy xulosa
ham yozish kerak bo‘ladi. Agar ular korxona uchun yaxshi bo‘lsa o‘z ulushini
kelajakda oshirish mumkin bu ko‘rsatgichlar natural va qiymat ko‘rsatgichlar
keltirilishi kerak.
Raqobatchilar faoliyatini baholash.
O‘zbekiston ishbilarmonlari ko‘p hollarda raqobatchilarni hisobga olmaydilar,
chunki ular o‘zlarini tarmoq bo‘yicha yagona mahsulot ishlab chiqaruvchi va
sotuvchi hisoblab, yangi raqobatchilarni bozorga kirib kelishi, shu mahsulotni
o‘rnini bosuvchi yangi mahsulot ishlab chiqaruvchi, ta’minotchi va iste’molchi
qiluvchilar tomonidan vujadga keladigan xafv xatarni hisobga olmaydilar. Natijada
o‘z faoliyatlarida ko‘p qiyinchiliklarga duch keladilar.
Raqobatchilar orasida chet el firmalarining salohiyati kuchli, chunki ular
mahsuloti sifatli bo‘lmasa ham bahosi arzonligi, tovar ko‘rinishi, dizayni bilan
iste’molchilar e’tiborini qozonadi. Bunday firmalar O‘zbekiston ishbilarmonlarini
tajribasizligiga imtiyoz bermaydi, ular o‘z maqsadlarigi erishish uchun ayavsiz
faoliyat olib boradilar, shuning uchun ishbilarmonlar xalqaro tajribaga suyangan
holda professor Porter taklif etganidek mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarida eng
kam ya’ni yetakchi, takomillashtirish, yangilash siyosatiga binoan ish yuritishlari
kerak. Biznes rejada tanlangan strategiya va uni aniq joriy etish usullari yozilishi
kerak.
Raqobatlashish siyosati tanlanganidan so‘ng ishbilarmon
quydagi
muammolarni hal etish kerak:
- qanday qilib siyosatni eng yaxshi usul bilan joriy etish?
- tashkilot tarkibini qayta tuzish kerakmi?
- siyosatni amalga oshirish uchun moliyaviy tarkib qanday bo‘lishi kerak?
- mavjud faoliyat darajasini o‘zgartirmasdan foydani oshirish mumkinmi?
10
Agarda ishblarmon o‘z faoliyat darajasini, siyosatini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa
yoki raqobat bozoriga endi kirmoqchi bo‘lsa, raqobatchilar tomonidan bo‘ladigan
xarakatlarni hisobga olishi kerak:
- qarshi xarakat (xujum)ni ehtimol darajasi;
- firmaga ta’sir etish darajasi;
- qachon bunday xarakatlar boshlanishi bo‘lishi mumkin;
- eng xavfli xarakatdan qutilish imkon kancha?
Ishlab chiqarish rejasi.
Biznes rejani bu bo‘limini yoritishda uni o‘qiydigan kishi soha bo‘yicha
ixtisoslashgan muxandislik bilimiga ega emasligini hisobga olgan holda sodda va
tushunarli qilib bayon etish kerak. Moliya xodimlarini uchun mahsulot ishlab
chiqarish muammolari va ularni asoslash – ishlab chiqarish tizimi elementlarini
biznes-rejada keltirish kerak. Ishlab chiqarish rejasida mahsulot ishlab chiqarish
xarajatlari ham kirish kerak. Yukorida keltirilgan ma’lumotlardan tashqari quydagi
savollarga ham javoblar bo‘lishini taqazo etiladi:
1. Asosiy ishlab chiqarish usullari va texnologiya qanday?
2. Ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot ishlab chiqarish operatsiyalari
qanday? Bu texnologik oparesiyalarini takomillashtirish, yengillashtirish
mumkinmi? Ishlab chiqarish jarayoni tarkibini sxema ko‘rinishda ifodalansa yaxshi
bo‘ladi.
3. Qanaqa xomashyo va materiallar kerak? Firma ta’minotchilari kimlar?
Ularni manzili va ismi sharifi.
4. Kritik omillar aniqlaganmi (kamchiliklari) ta’minotchilarni xomashyo va
materiallarni yetkazib berish vaqti va h.k.
5. Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun korxona qanday quvvatga ega
bo‘lishi kerak? Ishlayotgan quvvatlar korxona mavjudmi? Korxona quvvatini
oshirish uchun qancha mablag‘ talab etiladi?
6. Korxona mavjud
quvvati bilan faoliyat ko‘rsatganda qanday
samarmdorlikka erishadi?
11
7. Ishlab chiqarish operatsiyalarida qaytarilish hollari qancha?
8. Mahsulot sifatini nazorat etish tartibi qanday?
9. Mavjud mashina va jihozlarni, kelajakda kerakli bo‘ladiganlarini tavsifi, va
ularni tanlash qanday tartibda o‘tkazilishi?
10. Korxona qaerda joylashadi? Korxona manziligi va geografik sharoitiga
bo‘lgan talab qanday?
11. Ishchi kuchi korxana faoliyatini yuritish uchun hozirgi sharoitida va
kelajakda qancha kerak? Mashina va jihozlarni yuritish uchun ishlovchilar
malakasi mos kelishi?
Marketing reja.
Firma muvaffaqiyat qozonishi uchun o‘z mahsulotiga samara beradigan bozor
tanlashi kerak va bu yutuqqa erishish usullarini biznes rejaning marketing reja
bo‘limida yoritiladi.
Yaxshi mahsulot ishlab chiqarish, texnoligik yangiliklarni joriy etishni
davom etirish kifoya qilmaydi, balki mahsulotni sotib oluvchilar e’tiborini
qozonish, mahsulot sotib olgandan so‘ng to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilarni
jalb etish kerak bo‘ladi.
Biznes-rejaning marketing rejasi quydagilar uchun kerak:
- firmaning marketing faoliyati ishbilarmonni asosiy maqsadlari va
vazifalarini belgilab olish uchun;
- marketing xizmati ishchilari bezorni o‘zlashtirish, o‘z mahsulotlari bilan
bozorga kirish uchun asosiy qo‘llanma sifatida foydalinishiga;
- investorlarni bozorni sig‘imi yetarli darajada va kelajakda uni o‘sishi
to‘g‘risida ishonch hosil qilishlari uchun.
Marketing reja firmaning marketing faoliyatining hamma elementlarini
hisobga olishi va quydagi savollarga javob berish kerak:
1. Mavjud tarmoq bozorida iste’molchilarning asosiy tavsifi qanday? Mavjud
bazorni asosiy segmenti ya’ni iste’molchilarni daromad darajasi, demografik holati,
xulq atvor prinsiplari va h.k. qanday? Firma qaysi segmentlarga asoslanishi e’tibor
berishi kerak?
12