Korxona faoliyatini boshqarish asoslari
Reja:
1. Korxona boshqaruvining mohiyati va prinsiplari
2. Boshqaruvning axborot ta’minoti
3.Boshqaruv qarorlar, ularning usullari va ularni qabul qilish jarayoni
1. Korxona boshqaruvining mohiyati va prinsiplari
Boshqaruv – bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta’sir
ko‘rsatish usullari bo‘lib, bu usullar qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida
mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi.
Boshqaruv tizimini turli miqyoslarga bo`lish mumkin:
Milliy iqtisodiyotni boshqarish
Har bir tarmoq va tumanlar tasarrufidagi korxonalarni boshqarish
Korxona ichidagi bo`limlarni boshqarish
Boshqaruv tuzilmasini belgilovchi omillar
a) Tuzilmani aniqlovchi omillar
Boshqaruv maqsadi
Boshqaruv funksiyalari va vazifalari
Ish vaqtining tartibi, oralig`i va boshqalar
b) tuzilmaga ta’sir qiluvchi omillar
Tashqi muhit
Texnologiya
Korxonaning katta kichikligi
Xodimlar soni
Biznes strategiyasi
Qabul qilingan qarorlar tizimi
Tanlangan tuzilma va boshqalar
v) Tuzilmani muvofiqlashtiruvchi omillar
YUqori malakali xodimlarga ega bo`lgan, uncha katta bo`lmagan
bo`limlar va bo`g`inlar
Ko`p bo`lmagan boshqaruv bo`g`inlari
O`zgarishlarga nisbatan sezgirlik va hozirjavoblik
YUqori darajadagi unimdorlik
Past darajadagi harajatlar
Ish jadvalining bevosita iste’molchilarga mosligi va boshqalar.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi boshqaruv oldida turgan vazifalarni
muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan qilib tuzilishi kerak. U quyidagi
talablarga javob berishi kerak
1. Boshqaruv tizimida bo`gin va bosqichlar soni maqbul bo`lishi kerak.
Bo`g`in va bosqichlar sonining asossiz ko`payib ketishi:
Boshqaruv apparatini saqlash harajatlarining ortib ketishi
Axborotlarning o`tish yo`li cho`zilib ketishi
Boshqaruvda paralellizm va takrorlanishning yuzaga kelishi
Boshqaruvda ma’suliyatsizlikka yo`l quyilishiga va boshqaruv
samarasini pasayishiga olib keladi.
2. Boshqaruv tuzilmasi boshqaruv apparatining tezkor ishlashini ta’minlashi
lozim. Bu faoliyat vazifalarni o`z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon
bo`ladi.
Bunga
ishlab
chiqarishning
miqyosi,
murakkabligi,
boshqaruv
ob’ektlarining joylashuvi ham ta’sir ko`rsatadi.
Boshqarish
prinsiplari.
Umumiy
maqsadlar
yo`nalishida
o‘zaro
munosabatlar o‘rnatib birgalikda hatti-harakatlar qiluvchi tashkilotning turli tarkibiy
qismlari (elementlari) agar, munosabatlar umumiy maxraj asosida o`rnatilgan
bo`lsa.muvaffaqiyatli yoki samarali faoliyat ko`rsatadilar, Umumiy maxrajga
kelishning zaruriyligi nuqtai-nazarlarning turlichaligidan kelib chiqadi. Turli nuqtai-
nazarlarning sohiblari insonlar-tashkilot tarkibiga kiruvchi rahbarlar, mutaxassislar,
oddiy ishchi-xodimlar. Ularning tashkilot tarkibiga kiruvchi mashinalar, stanoklar,
ishlab chiqarish binolari, mehnat qurollari va x.klardan farqi odamlarning keyingi
qo`yadigan qadamlarini (hatti-harakatlarini, munosabatlarini) ilgaritdan ayta olish
(belgilash, rejalashtirish) ehtimollik xarakteriga ega, ya’ni aniq belgilash imkoniyati
yo`q. SHuning uchun, umumiy maqsadlarga erishish uchun echiladigan masalalarni
rejalashtitirsh, tashkil etish, nazorat qilish bo`yicha barcha uchun umumiy
hisoblangan hatti-harakatlarning qoidalari (umumiy maxrajlar) ishlab chiqilishi
zarur bo`ladi. Ba’zida bu kabi qoidalar tashkilotning qonunlari yoki boshqarish
prinsiplari deb ham nomlanadi.
Hozirgi zamon menejmentining prinsiplari haqida so`z borganda
A.Fayolning “Obщee i promыshlennoe upravleniya” kitobida eritilgan boshqarish
prinsiplari tushuniladi. Ularga quyidagilar kiradi:
mehnat taqsimoti
hokimiyat
intizom
farmoyish berishning birligi
raxbarlikning birligi
xususiy intilishlarning umumiy intilishlarga buysundirish
ragbatlantirish
markazlashtirish
boshkarish pogonalari
tartib
haqqoniylik
xodimlarning turg`unligi
initsiativa
xodimlarning birligi
Adabiyotda, menejmentning asosiy prinsiplari sifatida asosan quyidagilar
ta`kidlanadi:
boshqarishda markazlashtirish va nomarkazlashtirishning optimal
birligi prinsipi.
huquqlar, majburiyatlar va mas’uliyatlarning birligi prinsipi
boshqarishni demokratlashtirish: xodimlarni boshqarish jarayonida
qatnashishlari.
Usul – bu tadqiqot qilish yoki ta`sir ko‘rsatish usulidir. Boshqaruv ob`ektini
o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan usullar:
tizimli yondashuv;
kompleks yondashuv;
tarkibiy yondashuv;
integratsion yondashuv;
modellashtirish;
iqtisodiy-matematik yondashuv;
kuzatish;
eksperement;
sotsiologik kuzatuv.
Boshqaruv usullari:
tashkiliy-ma`muriy;
iqtisodiy;
Sotsial-ruhiy.
Tashkiliy-ma`muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o‘rin
tutadi.Bu usullarga:
boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish;
har bir boshqaruv bo‘g‘inining funksiyalarini belgilash;
kadrlarni to‘g‘ri tanlash;
buyruqlar,
farmoyishlar
va
qo‘llanmalar
chiqarish,
ularning
bajarilishini nazorat qilish;
topshiriqlar va deriktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va
shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo‘llash kiradi.
Tashkiliy-ma`muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi
organlarning bo‘ysunishiga asoslanadi. Tashkiliy usullar boshqarish tizimida ichki
ongli aloqalarning tarkib topishiga yordam beradi. Boshqarish funksiyalari
bajarilishining:
tashkiliy barqarorligini;
intizomliligini;
muvofiqliligini;
uzluksizligini ta`minlaydi.
Ma`muriy usullardan:
iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
xavfli
texnologiyalardan
foydalanish,zararli
ishlab
chiqarish
chiqitlarini chiqarib tashlashni taqiqlash;
odamlar sog‘lig‘iga zararli mahsulotlarni reklama qilishni taqiqlash
kabi sohalarda faol foydalaniladi.
Boshqarishning tashkiliy-ma`muriy usullari ikki shaklda:
tashkiliy ta`sir ko‘rsatish usullari;
farmoyish berish usullari shaklida namoyon bo‘ladi.
Tashkiliy ta`sir ko‘rsatish turli tashkiliy choralarni, ya`ni:
ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash;
ichki tartib-qoidalarni o‘rnatish;
boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o‘rtasida optimallik va oqilona
nisbatni o‘rnatish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Farmoyish berish yo‘li bilan ta`sir ko‘rsatish barcha boshqarish bo‘limlari va
organlarining ishlashini joriy ta`minlab turishdan iborat bo‘lib, bunga e`lon
qilinadigan yozma yoki og‘zaki ko‘rsatmalar berish, yozma shakilda nashr etilgan
yoki og‘zaki buyruqlar vositasi bilan erishiladi.
Boshqarishning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga
asoslanadi.Har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo
manfaatlarda namoyon bo‘ladi. Manfaatlar uch xil bo‘ladi:
umumjamiyat manfaatlari;
jamoa manfaatlari;
shaxsiy manfaatlar.
Umumjamiyat manfaatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida quyidagi
iqtisodiy boshqaruv usullariga e`tibor beriladi:
korxonalar va xo‘jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va
mustaqillik berish;
xo‘jaliklarni pirovard natijalarga binoan moddiy rag‘batlantirish, soliq
imtiyozlarini berish;
moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;
baxo,foyda, soliq, rentabellik, raqobat va h.k.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan
mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik
mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga
keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Boshqariluvchi ob`ektga iqtisodiy usullar orqali ko‘rsatiladigan ta`sir
korxonalarni:
jiddiy rejalar qabul qilishga;
mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga;
yangi texnologiyalarni joriy qilishga;
mehnat unumdorligini oshirishga;
raqobatbardosh mahsulotldarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiruvchi va
da`vat etuvchi bo‘lishi kerak.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari jumlasiga:
kredit va foiz stavkalari;
soliq va soliq yuki;
boj to‘lovlari;
subsidiya va sanatsiya;
litsenziya;
transfert to‘lovlari;
narx-navo va h.kh kiradi.
Subsidiya –bu davlat tomonidan aniq maqsad yo‘lida ishlatish uchun
qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘i.
Subsidiyalar:
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash;
eksport-importnii muvozanatlashtirib turish;
innovatsiya;
ayrim xududlarga yordam berish;
konversiya (harbiy ishlab chiqarishdan halqqa kerakli tovar ishlab
chiqarishga o‘tish) maqsadida ajratiladi.
Subsidiya:
jahon bozorida milliy manfaatni ximoya qilish;
dunyo bozorida narx pasaygan sharoitda tovar eksportini to‘xtatib
turgan firmalarga madad berish;
zarur ish bilan shug‘illanuvchi, lekin yangi, hali moliyaviy zaif
firmalarni qo‘llab-quvvatlash;
davlat dasturlari va tavsiyalariga binoan ish yuritayotgan firmalarni
siylash uchun beriladi.
Sanatsiya – iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalarni tang holatidan
chiqarib, ularning normal ishlab turishini ta`minlash hamda korxonalarni ommaviy
bankrot bo‘lishiga yo‘l bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini kerakli me`yorda
saqlab turish maqsadida malga oshiriladi.
Sanatsiyalash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o‘zgalar hisobidan to‘lash;
qarzni to‘lash muddatini kechiqtirish;
qarz uchun berilgan foizni kamaytirish yoki umuman foiz olmaslik;
korxonaga soliqdan engillik berish;
soliqni kreditga aylantirish;
korxonaga buyurtma berib, uning haqini oldindan to‘lash;
subsidiya ajratish;
korxonaga eksport yuzasidan imtiyozlar berish.
Davlatning Sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi.
korxonaning milliy va xududiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta
bo‘lishi kerak;
korxonaning tang ahvolga tushib qolishiga uning o‘ziga bog‘liq
bo‘lmagan boshqa ob`ektiv sabablar bo‘lishi lozim.
Transfert to‘lovlar –bu o‘tkazma to‘lovlar, davlat byudjeti vositalarini
qayta taqsimlash shakillaridan biri.
Bu to‘lovlar:
xususiy tadbirkorlarga subsidiyalar berish;
davlat qarzlari bo‘yicha foiz to‘lovlari;
ijtimoiy ehtiyojlarga davlat tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘lari
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan transfert to‘lovlar kam ta`minlangan aholi
guruhlariga, nogironlarga, qariyalar va birovning boquvidagit kishilarga hamda
ishsizlarga nafaqa to‘lash ko‘rinishida bo‘ladi.
Sotsial-ruhiy usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-
ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma`naviy vaziyatga ta`sir etish yo‘li bilan
kishilarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy talablarini
qondirish orqali boshqarishni bildiradi. Sotsial-ruhiy usullar bu ishlab chiqarish
jamoalarini, ulardagi “psixologik vaziyatni”, har bir xodimning shaxsiy
xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan usullardir. Boshqarish usullarining bu guruhi
jamoaning shakillanish va yuksalish jarayoniga, kishilarning ongiga, ma`naviy
manfaatlariga jamiyat manfaatlarini hisobga olgan xolda ta`sir qiluvchi vositalar
majmuidir.
Sotsial-ruhiy
metodlardan
samarali
foydalanish
uchun
boshqarish
ob`ektining holati to‘g‘risida keng axborotga ega bo‘lish kerak.
Sotsial tadqiqotlar xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi:
jamoa a`zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati;
boshqarish usullarining bir-biri bilan o‘zaro munosabati;
jamoaning ehtiyojlari va qiziqishlari;
xodimlar shaxsiyati;
xodimlar qo‘nimsizligi sabablari;
xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi;
jamoa a`zolarining ma`naviy va jismoniy ravnaqi;
ehtiyojlarning qondirilish darajasi vah.k.
2. Boshqaruvning axborot ta’minoti
Axborot tizimi – axborotni to‘plash, izlash, saqlash, unga ish-lov berish
hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashki-liy jihatdan tartibga solingan
jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir.
Axborot jarayonlarining avtomatlashtirish darajasiga qarab axborot
tizimlari (AT) qo‘lda sozlanadigan, avtomatik va avtomat-lashtirilgan kabi turlarga
bo‘linadi.
Qo‘lda sozlanadigan axborot tizimlari axborotlarni qayta ishlaydigan
zamonaviy texnik vositalarning yo‘qligi va barcha amallarni inson tomonidan
bajarilishi bilan tavsiflanadi. Avtomatik ATlarida axborotlarni qayta ishlash
bo‘yicha
barcha amallar
inson
ishtirokisiz
bajariladi. Avtomatlashtirilgan
ATlarida ma’lumotlarga ishlov berish jarayonida ham insonning, ham
texnik
vositaning ishtiroki nazarda tutiladi. Bunda kompyuterga asosiy o‘rin beriladi.
Rivojlangan
mamlakatlar
hukumatlarida
Internetdan
va
webtexnologiyalardan foydalanishga o‘tish davlat boshqaruvida AKT tizimining
uchta alohida, biroq bir-biriga aloqador elementlarini birlashtiradi.
Bu qanday elementlar? 1-element – tashkiliy samaradorlikni oshirish nuqtai
nazaridan Internetning biznes echimi: ya’ni hukumat muassasalariga xususiy
sektorda mayda va yirik kompaniyalar foydalanayotgan tashkiliy ustunliklarni
berish uchun Internet va web-echimlardan foydalanish – xarajatlarni kamaytirish,
mahsuldorlikni oshirish, sifatni yaxshilash. 2-element – axborotni ommaviy
berishdan (publish) va iste’molchilar/fuqarolar bilan o‘zaro hamkorlikning oddiy
shakllaridan
(interact)
tortib
murakkabroq
tranzaksiyalargacha
(transact)
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun xizmatlarning iste’molchilariga va
fuqarolarga ko‘proq e’tiborni qaratish. 3-element – elektron demokratiya (e-
Democracy) – onlayn maslahatlar (consultation), davlat qarorlari qabul qilinishida
onlayn ishtirok etishning boshqa shakllari (participation) va elektron ovoz berish
(voting) vositasida fuqarolarning demokratik jarayonlarda va davlatni boshqarishda
ishtirokini kengaytirish uchun davlat boshqaruvida AKTning tarmoqli va boshqa
korporativ resurslaridan foydalanish.
Bunda quyidagi omillar barcha uch elementning muvaffaqiyatli amalga
oshirilishining asosiy sharti hisoblandi:
- rivojlanish istiqbollarining davlat tomonidan umumiy tarzda qaralishi;
- strategiyadan uni bajarishga o‘tish uchun davlatda amaliy ishlar rejasi
mavjudligi;
- boshqaruvning resurslari va imkoniyatlarini to‘g‘ri taqsimlash;
- ko‘lamli qayta o‘zgartirishlarga emas, balki tizimli qayta o‘zgartirishlarga
qodirlik;
- faoliyatni kuzatib borish va natijalarni baholash mumkinligi.
12.3.Boshqaruv qarorlar, ularning usullari va ularni qabul qilish
jarayoni
Qaror- bu umumiy maqsadlar yo‘nalishida imkoniyatlardan birini
tanlashdir.
Boshqaruv qarori - bu boshqaruv faoliyatini oxirgi natijasidir. Agar
boshqaruvda mexnat predmeti axborot bo‘lsa, uning mexnat (natijasi) maxsuloti-
boshqaruv qaroridir.
Boshqaruv qarori- muammoli vaziyatni hal etish uchun yozma yoki
og‘zaki shaklda ifoda etilgan va amalga oshiriladigan,qayd etilgan boshqaruv
faoliyatidir.YOki, boshqaruv qarori boshqaruv tizimi (menejment)ning aniq
maqsadga erishishda bashorat etish, optimallashtirish, iqtisodiy asoslash va tahlil
etish natijasi va ko‘pgina muqobil variantlardan birini tanlashdir. Boshqaruv qarori
- korxona oldida turgan maqsadlar va missiyasini amalga oshirish demakdir. Aynan
shu jarayonda yuzlab, minglab insonlar o‘z extiyojlarini qondiradi, mavqeiga ega
bo‘ladi, xar tomonlama o‘sadi va umuman jamiyat o‘sadi.
Qaror ishlab chiqish va qabul qilish - bu shunday boshqaruv faoliyatining
asosiy shakliki, u raxbar mexnatining mazmuni, uning jamoaga maqsad sari
yo‘naltirilgan xarakat jarayonidir.
Boshqaruv qarori ikki xolatda ishlatiladi:
birinchi xolatda -kimningdir yoki nimaningdir tomonidan o‘rnatilgan
boshqaruv xujjati, qabo‘l qilingan xarakat rejasi, qaror qilish va boshqalar .
boshka xolatlarda - bu bir necha variantlardan bitta ma`qul variantli
tanlash. Qaror pishib etilgan muammo mavjud bo‘lganda qabo‘l qilinadi.
Boshqaruv qarorlari elementlari
Vazifa
Vosita
Javobgarlik
Muddat
Boshqaruv qarorlarini asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar hisoblanadi:
Maqsadlar
Masalalar
Masalalarni echish usullari (texnologiya)
Resurslarga nisbatan talablar
Qarorning ta`sir doirasi
Qarorning bajarilish muddatlari
Qarorni amalga oshirilish mexanizmlari (masalalar strukturasi)
Boshqaruv qarorlari ma`lum xususiyatlarga ega bo‘lishi zarur
Qarorning ilmiy asoslanganligi
Qarorlarning birligi
Qarorlarning adolatliligi - xaqqoniyligi
Qarorlarning to‘gri yo‘naltirilganligi
Qarorlarning qisqaligi
Qarorlarning vaqt bo‘yicha aniqligi
Qarorlarning operativligi
Qaror asosan rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan turlarga bo‘linadi.
Rejalashtirilgan qarorlar takrorlanuvchi, ilgaritdan aniq vaziyatlarga
tegishli bo‘lib, ularni qabo‘l qilishga muloxazali yondoshish imkoniyati mavjud.
Rejalashtirilmagan qarorlar asosan tashqi muhit ta`siri natijasida
tashkilotda shakllanuvchi favqulotdagi vaziyatlarni (muammolarni) hal qilish bilan
bog‘liq.
Boshqaruv qarori turkumlanishi
Boshqaruv faoliyatining samaradorligi nuqtai nazaridan qarorlar quyidagi
turlarga bo‘linadi: strategik va operativ.
Strategik qaror - bu korxonaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan maqsad va
missiyalarning shakllanishi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bu qarorlar korxonaning faoliyatidagi
yangicha yondashuvlar, keskin burilishlarni sillik utishini ta`minlaydi. Strategik
qarorlar korxona, xudud, soxa darajasida qarorlar jamiyatdagi yangi manbaalar
xisobiga butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni echishga yordam beradi.