KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

30

File size

Fayl hajmi

223,0 KB


KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI
Reja:
1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi
2.  Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining
o‘zgarish tamoyillari
3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati
natijalaridan ko‘proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan
foyda nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab
chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish narxlari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi
sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish
va  tayyor  tovarlarni  sotish  jarayonlarini  tashkil  qilish  samaradorligi  darajasiga
bog‘liq.  Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun maolum sarf
xarajatlar talab etiladi.
Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etishda ikki xil yondashuv – klassik
va  neoklassik  yoki  zamonaviy  konsepsiyalardan  foydalaniladi.  Klassik  nazariya
yondashuviga ko‘ra, ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun
amalga oshirilgan barcha jonli mehnat, pul va moddiy sarflardir. 
Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim:
1) ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati;
2) korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari.
219
Logotip
KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI Reja: 1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi 2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarish tamoyillari 3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati natijalaridan ko‘proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. Tovarlarni sotish narxlari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun maolum sarf xarajatlar talab etiladi. Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etishda ikki xil yondashuv – klassik va neoklassik yoki zamonaviy konsepsiyalardan foydalaniladi. Klassik nazariya yondashuviga ko‘ra, ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan barcha jonli mehnat, pul va moddiy sarflardir. Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim: 1) ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati; 2) korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari. 219
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun
ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular
mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko‘rsatadi.
Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon bo‘ladi va
tovar qiymatiga muvofiq tushadi, yaoni:
w = c + v + m,
bu yerda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s –
isteomol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish
haqi); m – qo‘shimcha qiymat.
 Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab
chiqarish  va  iste’molchilarga  yetkazib  berishga  qilinadigan  barcha  sarflar
tushuniladi:
k  =  s + v.
Korxona ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xomashyo, asosiy va yordamchi
materiallar, yonilg‘i va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va
ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, foiz to‘lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Korxona
tomonidan ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi
mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: bevosita
ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (11.1-chizma). 
11.1-chizma 
Xarajatlarning namoyon bo‘lish sohasiga ko‘ra turkumlanishi
220
УМУМИЙ 
ХАРАЖАТЛАР 
Ишлаб чиқариш харажатлари
Муомала харажатлари
Иш ҳақи
Хомашё 
харажатлари
Ёнилғи ва мойлаш 
материаллари 
харажатлари
Амортизация ва ҳ.к.
Қўшимча муомала 
харажатлари
Соф муомала 
харажатлари
Logotip
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko‘rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon bo‘ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, yaoni: w = c + v + m, bu yerda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – isteomol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m – qo‘shimcha qiymat. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi: k = s + v. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, foiz to‘lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Korxona tomonidan ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (11.1-chizma). 11.1-chizma Xarajatlarning namoyon bo‘lish sohasiga ko‘ra turkumlanishi 220 УМУМИЙ ХАРАЖАТЛАР Ишлаб чиқариш харажатлари Муомала харажатлари Иш ҳақи Хомашё харажатлари Ёнилғи ва мойлаш материаллари харажатлари Амортизация ва ҳ.к. Қўшимча муомала харажатлари Соф муомала харажатлари
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari faqat tovarni ishlab chiqarish bilan
bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga olib, tovar birligi qiymatining faqat bir qismini
tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam
bo‘ladi. 
Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq
bo‘lib,  shu  tovarlarni  ishlab  chiqaruvchidan  isteomolchiga  yetkazilguncha
ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala
xarajatlari va sof muomala xarajatlari.  Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash,
transportga  ortish,  tashish  va  saqlash  xarajatlari  qo‘shimcha  muomala
xarajatlari  hisoblanadi.  Muomala  xarajatlarining  bu  turlari  ishlab  chiqarish
xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi.
Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
Sof muomala xarajatlari tovarni sotish bilan bog‘liq bo‘lib, sotuvchilarning
maoshi,  marketing  (isteomolchilar  talabini  o‘rganish),  reklama  va  shu  kabi
xarajatlardan iborat bo‘ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan
qoplanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining ikkinchi yo‘nalishdagi konsepsiyalari marjinalistlar
va  neoklassiklar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  ular  bu  boradagi  klassik
nazariyalarni ham maolum darajada hisobga oladilar. Biroq, bu konsepsiyalarning o‘ziga
xos tomoni shundaki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirishda resurslarning
cheklanganligi va ulardan muqobil foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqadilar.
Marjinalistik  sarf-xarajatlar  nazariyasi  bo‘yicha  korxona  ishlab  chiqarish
jarayonida  foydalaniladigan  resurslar  o‘z  resurslari  yoki  jalb  qilingan  resurslar
221
Logotip
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari faqat tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga olib, tovar birligi qiymatining faqat bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam bo‘ladi. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan isteomolchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo‘shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi. Sof muomala xarajatlari tovarni sotish bilan bog‘liq bo‘lib, sotuvchilarning maoshi, marketing (isteomolchilar talabini o‘rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo‘ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarining ikkinchi yo‘nalishdagi konsepsiyalari marjinalistlar va neoklassiklar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bu boradagi klassik nazariyalarni ham maolum darajada hisobga oladilar. Biroq, bu konsepsiyalarning o‘ziga xos tomoni shundaki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirishda resurslarning cheklanganligi va ulardan muqobil foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqadilar. Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo‘yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o‘z resurslari yoki jalb qilingan resurslar 221
bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo‘linadi
(11.2-chizma). 
11.2-chizma 
Xarajatlarning jalb etilish manbaiga ko‘ra turkumlanishi
Tashqi  xarajatlar  korxona  tomonidan  zarur  resurs  va  xizmatlarni
tashqaridan to‘lov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlardir. Bunday
xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xomashyo va materiallar uchun to‘lovlar,
kredit uchun foiz to‘lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va
boshqa har xil xizmatlar uchun to‘lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to‘lov hujjatlari
bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi.
222
УМУМИЙ
ХАРАЖАТЛАР
Ташқи харажатлар
Ички харажатлар
Ишчи кучига сарфлар
Хомашё харажатлари
Ёнилғи-энергия харажатлари
Транспорт-алоқа хизмати
харажатлари
Асосий капитал амортизацияси
Ижара ҳақи
Қарз пул маблағлари ва фоизлари
Банк хизмати харажатлари
Меъёрдаги фойда
Logotip
bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo‘linadi (11.2-chizma). 11.2-chizma Xarajatlarning jalb etilish manbaiga ko‘ra turkumlanishi Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to‘lov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xomashyo va materiallar uchun to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to‘lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to‘lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi. 222 УМУМИЙ ХАРАЖАТЛАР Ташқи харажатлар Ички харажатлар Ишчи кучига сарфлар Хомашё харажатлари Ёнилғи-энергия харажатлари Транспорт-алоқа хизмати харажатлари Асосий капитал амортизацияси Ижара ҳақи Қарз пул маблағлари ва фоизлари Банк хизмати харажатлари Меъёрдаги фойда
Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanishi bilan bog‘liq
xarajatlar  ichki  xarajatlar  deyiladi. Bunday  xarajatlar  pul  to‘lovlari  shaklida
chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari qiymatini
shunga  o‘xshash  resurslarning  bozordagi  narxlariga  taqqoslash  orqali  amalga
oshiriladi. 
Tashqi  va ichki  xarajatlarning mohiyatini  ochib berish,  ularning bir-biridan
farqini tushuntirishda bugungi kunda xo‘jalik amaliyotimizda faoliyat yuritayotgan
ko‘plab yakka tartibdagi tadbirkorlarni yaqqol misol tariqasida keltirish mumkin.
Aytaylik, biron-bir tadbirkor o‘ziga qarashli bo‘lgan xonadonda kichik ishlab
chiqarish sexi tashkil qildi. Bu yerda uning tashqi xarajatlari aniq: ishlab chiqarish
uchun  zarur  bo‘lgan  xomashyo  uchun  to‘lov,  elektr  energiyasi,  suv  va  boshqa
kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar, transport xizmatlari uchun to‘lov va boshqalar.
Bu o‘rinda ichki xarajatlar nimadan iborat bo‘ladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Misolimizdan  ko‘rinadiki,  tadbirkor  sex  binosi  sifatida  o‘z  xonadonidan
foydalanyapti.  Shubhasiz,  u  o‘z  xonadonidan  foydalanganligi  uchun  o‘ziga  haq
to‘lamaydi, biroq agar u ushbu xonadonni biron-bir kishiga ijaraga berganida maolum
miqdorda (aytaylik, bir oyga 200 ming so‘m) pul daromadi olgan bo‘lar edi. Uning
xonadonidan sex sifatida foydalanish muqobil holatda kelishi mumkin bo‘lgan ijara
to‘lovidan, yaoni 200 ming so‘mdan mahrum etmoqda. Demak, bu o‘rinda tadbirkor
«ko‘zga  ko‘rinmagan»  holda  200  ming  so‘m  sarflamoqda,  yaoni  ichki  xarajat
qilmoqda. Bu turdagi ichki xarajatlarga yana tadbirkorning o‘zining ish haqini, agar
oila aozolari mehnatidan foydalansa, ularning ish haqini va shunga o‘xshash boshqa
xarajatlarni kiritish mumkin.
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo‘lgan to‘lov
– meoyordagi foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi
hisoblanadi. Meoyordagi foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Meoyordagi foyda –
bu  iqtisodiy  resurs  sifatidagi  tadbirkorlik qobiliyatini  rag‘batlantirib turish
uchun to‘lanadigan haq hisoblanadi. Agar biron-bir faoliyat turi meoyordagi foyda
keltirmasa, tadbirkor bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishdan to‘xtaydi va o‘zining
kuch-quvvatini boshqa faoliyatga sarflaydi.
223
Logotip
Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanishi bilan bog‘liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to‘lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari qiymatini shunga o‘xshash resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Tashqi va ichki xarajatlarning mohiyatini ochib berish, ularning bir-biridan farqini tushuntirishda bugungi kunda xo‘jalik amaliyotimizda faoliyat yuritayotgan ko‘plab yakka tartibdagi tadbirkorlarni yaqqol misol tariqasida keltirish mumkin. Aytaylik, biron-bir tadbirkor o‘ziga qarashli bo‘lgan xonadonda kichik ishlab chiqarish sexi tashkil qildi. Bu yerda uning tashqi xarajatlari aniq: ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo uchun to‘lov, elektr energiyasi, suv va boshqa kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar, transport xizmatlari uchun to‘lov va boshqalar. Bu o‘rinda ichki xarajatlar nimadan iborat bo‘ladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Misolimizdan ko‘rinadiki, tadbirkor sex binosi sifatida o‘z xonadonidan foydalanyapti. Shubhasiz, u o‘z xonadonidan foydalanganligi uchun o‘ziga haq to‘lamaydi, biroq agar u ushbu xonadonni biron-bir kishiga ijaraga berganida maolum miqdorda (aytaylik, bir oyga 200 ming so‘m) pul daromadi olgan bo‘lar edi. Uning xonadonidan sex sifatida foydalanish muqobil holatda kelishi mumkin bo‘lgan ijara to‘lovidan, yaoni 200 ming so‘mdan mahrum etmoqda. Demak, bu o‘rinda tadbirkor «ko‘zga ko‘rinmagan» holda 200 ming so‘m sarflamoqda, yaoni ichki xarajat qilmoqda. Bu turdagi ichki xarajatlarga yana tadbirkorning o‘zining ish haqini, agar oila aozolari mehnatidan foydalansa, ularning ish haqini va shunga o‘xshash boshqa xarajatlarni kiritish mumkin. Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo‘lgan to‘lov – meoyordagi foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Meoyordagi foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Meoyordagi foyda – bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag‘batlantirib turish uchun to‘lanadigan haq hisoblanadi. Agar biron-bir faoliyat turi meoyordagi foyda keltirmasa, tadbirkor bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishdan to‘xtaydi va o‘zining kuch-quvvatini boshqa faoliyatga sarflaydi. 223
Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish korxona iqtisodiy faoliyati
samaradorligini oshirish yo‘llarini qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.
Ishlab  chiqarish  hajmining  o‘zgarishiga  ta’sir  qilish  yoki  qilmasligiga  qarab
xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarga bo‘linadi (11.3-chizma).
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) taosir
qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.
Doimiy  xarajatlar  (DX) ishlab  chiqarish  hajmining  o‘sishiga  bevosita  taosir
etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud
bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov majburiyatlari (qarzlar bo‘yicha foiz va boshqalar),
soliqlarning  ishlab  chiqarish  hajmiga  bog‘liq  bo‘lmagan  turlari,  amortizatsiya
ajratmalari,  ijara  haqi,  qo‘riqlash  xizmatiga  to‘lov,  uskunalarga  xizmat  ko‘rsatish
sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi.
11.3-chizma 
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’siriga ko‘ra xarajatlarning
turkumlanishi
224
УМУМИЙ ХАРАЖАТЛАР
Доимий харажатлар
Ўзгарувчи харажатлар
Корхона тўлов мажбуриятлари
Хомашё
Солиқлар
Материаллар
Амортизация ажратмалари
Ёнилғи
Ижара ҳақи
Транспорт хизмати
Қўриқлаш хизмати харажатлари
Ишчилар иш ҳақи ва шу кабилар учун 
харажатлар
Бошқарув ходимлари маоши ва ҳ.к.
Logotip
Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llarini qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qilish yoki qilmasligiga qarab xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarga bo‘linadi (11.3-chizma). Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) taosir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar (DX) ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga bevosita taosir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov majburiyatlari (qarzlar bo‘yicha foiz va boshqalar), soliqlarning ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan turlari, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash xizmatiga to‘lov, uskunalarga xizmat ko‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi. 11.3-chizma Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’siriga ko‘ra xarajatlarning turkumlanishi 224 УМУМИЙ ХАРАЖАТЛАР Доимий харажатлар Ўзгарувчи харажатлар Корхона тўлов мажбуриятлари Хомашё Солиқлар Материаллар Амортизация ажратмалари Ёнилғи Ижара ҳақи Транспорт хизмати Қўриқлаш хизмати харажатлари Ишчилар иш ҳақи ва шу кабилар учун харажатлар Бошқарув ходимлари маоши ва ҳ.к.
O‘zgaruvchi xarajatlar (O‘X) deb ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga
ta]sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yonilg‘i, transport
xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar
yig‘indisi umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi.
Doimiy (DX), o‘zgaruvchi (O‘X) va umumiy (UX) xarajatlarning grafikdagi
ifodasini 11.4-chizma orqali ko‘rishimiz mumkin.
Mahsulot  birligini  ishlab  chiqarishga  qilinadigan  sarf-xarajatlarni  hisoblash
uchun  o‘rtacha  umumiy,  o‘rtacha  doimiy  va  o‘rtacha  o‘zgaruvchi  xarajatlar
tushunchalaridan  foydalaniladi.  O‘rtacha  umumiy  xarajatlar  yalpi  (umumiy)
xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga teng:
;
bu yerda: O‘UX – o‘rtacha umumiy xarajatlar;
225
Logotip
O‘zgaruvchi xarajatlar (O‘X) deb ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta]sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yonilg‘i, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar yig‘indisi umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi. Doimiy (DX), o‘zgaruvchi (O‘X) va umumiy (UX) xarajatlarning grafikdagi ifodasini 11.4-chizma orqali ko‘rishimiz mumkin. Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o‘rtacha umumiy, o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O‘rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga teng: ; bu yerda: O‘UX – o‘rtacha umumiy xarajatlar; 225
            UX – umumiy xarajatlar;
             M – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
226
Logotip
UX – umumiy xarajatlar; M – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori. 226
11.4-chizma 
Doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi tasviri
     
              S                        
                                                                 UX
                                                                O‘X
                                                                 DX
               0                                                 Q
O‘rtacha  doimiy  xarajatlar  doimiy  xarajatlarning  ishlab  chiqarilgan
mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
;
bu yerda: O‘DX – o‘rtacha doimiy xarajatlar;
           DXS – doimiy xarajatlar summasi.
 
O‘rtacha  o‘zgaruvchi  xarajatlar  o‘zgaruvchi  xarajatlarni  ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
;
bu yerda: O‘O‘X – o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar;
           O‘XS – o‘zgaruvchi xarajatlar summasi.
Shartli  raqamlar  yordamida  korxonaning  doimiy,  o‘zgaruvchi,  umumiy  va
o‘rtacha xarajatlari to‘g‘risidagi misolni ko‘rib chiqamiz (11.1-jadval).
Jadvaldan  ko‘rinadiki,  o‘rtacha  doimiy  xarajatlar  mahsulot  ishlab  chiqarish
hajmining o‘sishi bilan kamayib bormoqda. Bu ishlab chiqarish hajmining kengayishi
227
Logotip
11.4-chizma Doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi tasviri S UX O‘X DX 0 Q O‘rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi: ; bu yerda: O‘DX – o‘rtacha doimiy xarajatlar; DXS – doimiy xarajatlar summasi. O‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar o‘zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi: ; bu yerda: O‘O‘X – o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar; O‘XS – o‘zgaruvchi xarajatlar summasi. Shartli raqamlar yordamida korxonaning doimiy, o‘zgaruvchi, umumiy va o‘rtacha xarajatlari to‘g‘risidagi misolni ko‘rib chiqamiz (11.1-jadval). Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rtacha doimiy xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bilan kamayib bormoqda. Bu ishlab chiqarish hajmining kengayishi 227
bilan  korxonaning  doimiy  xarajatlari  mahsulotlarning  tobora  ko‘payib  boruvchi
miqdoriga  taqsimlanib  borishi  natijasida  ro‘y  beradi.  O‘rtacha  o‘zgaruvchi  va
o‘rtacha umumiy xarajatlar esa ishlab chiqarish hajmining o‘sishi  bilan turlicha
o‘zgaraishi mumkin. Bizning misolimizda o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar 100 dan
300 donagacha bir xilda bo‘lib, ishlab chiqarishning yanada kengayishi bilan ortib
bormoqda. O‘rtacha umumiy xarajatlar esa 400 donagacha miqdorda pasayib borib,
undan yuqori miqdorlarda o‘smoqda.  
 
228
Logotip
bilan korxonaning doimiy xarajatlari mahsulotlarning tobora ko‘payib boruvchi miqdoriga taqsimlanib borishi natijasida ro‘y beradi. O‘rtacha o‘zgaruvchi va o‘rtacha umumiy xarajatlar esa ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bilan turlicha o‘zgaraishi mumkin. Bizning misolimizda o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar 100 dan 300 donagacha bir xilda bo‘lib, ishlab chiqarishning yanada kengayishi bilan ortib bormoqda. O‘rtacha umumiy xarajatlar esa 400 donagacha miqdorda pasayib borib, undan yuqori miqdorlarda o‘smoqda. 228
11.1-jadval
Korxonaning doimiy, o‘zgaruvchi, umumiy va o‘rtacha xarajatlari
Ishlab
chiqarilga
n
mahsulot
miqdori,
dona
Korxona xarajatlari, ming so‘m
O‘rtacha xarajatlar, so‘m
Doimiy
xarajatla
r
O‘zgaruvch
i xarajatlar
Umumiy
xarajatla
r
Doimiy
xarajatla
r
O‘zgaruvch
i xarajatlar
Umumiy
xarajatla
r
0
100
0
100
100000
0
100000
100
100
120
220
1000
1200
2200
200
100
240
340
500
1200
1700
300
100
360
460
333
1200
1533
400
100
490
590
250
1225
1475
500
100
640
740
200
1280
1480
600
100
810
910
167
1350
1517
Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rtacha umumiy xarajatlarni o‘rtacha doimiy va o‘rtacha
o‘zgaruvchi xarajatlarning yig‘indisi sifatida ham ifodalash mumkin:
O‘UX = O‘DX + O‘UX.
Bu  o‘rtacha  umumiy,  doimiy  va  o‘zgaruvchi  xarajatlarning  egri  chiziqlari
quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (11.5-chizma):
11.5-chizma 
O‘rtacha xarajatlarning egri chiziqlari
             S
                                                                         O‘UX      
                                                                                   O‘UX
                                                        M
229
Logotip
11.1-jadval Korxonaning doimiy, o‘zgaruvchi, umumiy va o‘rtacha xarajatlari Ishlab chiqarilga n mahsulot miqdori, dona Korxona xarajatlari, ming so‘m O‘rtacha xarajatlar, so‘m Doimiy xarajatla r O‘zgaruvch i xarajatlar Umumiy xarajatla r Doimiy xarajatla r O‘zgaruvch i xarajatlar Umumiy xarajatla r 0 100 0 100 100000 0 100000 100 100 120 220 1000 1200 2200 200 100 240 340 500 1200 1700 300 100 360 460 333 1200 1533 400 100 490 590 250 1225 1475 500 100 640 740 200 1280 1480 600 100 810 910 167 1350 1517 Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rtacha umumiy xarajatlarni o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlarning yig‘indisi sifatida ham ifodalash mumkin: O‘UX = O‘DX + O‘UX. Bu o‘rtacha umumiy, doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarning egri chiziqlari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (11.5-chizma): 11.5-chizma O‘rtacha xarajatlarning egri chiziqlari S O‘UX O‘UX M 229
                                                                                        O‘DX
               0                                                                       Q
Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning
zarur  miqdorini  aniqlash  zarur.  Bunda  iqtisodiy  tahlil  vositasi  bo‘lib  so‘nggi
qo‘shilgan  xarajat  tushunchasi  xizmat  qiladi.  So‘nggi  qo‘shilgan  xarajat  deb
mahsulotning navbatdagi birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq qo‘shimcha
xarajatlarga aytiladi:
;
bu yerda: SQX – so‘nggi qo‘shilgan xarajat;
           ∆UX – umumiy xarajatlarning o‘zgarishi;
           ∆M – mahsulot miqdorining o‘zgarishi.
 Qo‘shilgan xarajatlarni har bir navbatdagi qo‘shilgan mahsulot birligi uchun
aniqlash mumkin.  Tovar yoki xizmatlarning keyingi qo‘shilgan birligini ishlab
chiqarishga to‘g‘ri keladigan xarajatlar o‘rtacha qo‘shilgan xarajatlar deyiladi.
2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining
o‘zgarish tamoyillari
Ishlab  chiqarish  xarajatlarini  hisobga  olishda  vaqt  omili,  yaoni  xarajat
qilingandan pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli taosir ko‘rsatadi. Shu
sababli  vaqt  omilidan  kelib  chiqib,  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  qisqa  va  uzoq
muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.
Qisqa  muddatli  davr  –  bu  korxonaning  faqat o‘zgaruvchi  xarajatlari
miqdorini o‘zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir. 
Misol uchun, korxona mahsulotiga talab keskin oshdi, deb faraz qilaylik. Taklifning
muayyan hajmida talabning oshishi narxning ham ko‘tarilishiga va, binobarin, korxona
230
Logotip
O‘DX 0 Q Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur miqdorini aniqlash zarur. Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo‘lib so‘nggi qo‘shilgan xarajat tushunchasi xizmat qiladi. So‘nggi qo‘shilgan xarajat deb mahsulotning navbatdagi birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarga aytiladi: ; bu yerda: SQX – so‘nggi qo‘shilgan xarajat; ∆UX – umumiy xarajatlarning o‘zgarishi; ∆M – mahsulot miqdorining o‘zgarishi. Qo‘shilgan xarajatlarni har bir navbatdagi qo‘shilgan mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin. Tovar yoki xizmatlarning keyingi qo‘shilgan birligini ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladigan xarajatlar o‘rtacha qo‘shilgan xarajatlar deyiladi. 2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarish tamoyillari Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, yaoni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli taosir ko‘rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir. Misol uchun, korxona mahsulotiga talab keskin oshdi, deb faraz qilaylik. Taklifning muayyan hajmida talabning oshishi narxning ham ko‘tarilishiga va, binobarin, korxona 230
foydasining ko‘payishiga olib keladi. O‘z o‘rnida, ishlab chiqarish hajmini oshirish
orqali korxona foyda massasini yanada oshirish imkoniga ega. Buning uchun u eng
avvalo qisqa muddatli davrdagi ishlab chiqarish xarajatlarini amalga oshiradi. Bunday
xarajatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) jonli mehnat xarajatlarini oshirish, yaoni qo‘shimcha ishchi kuchini yollash va
ulardan foydalanish;
2)  xomashyo,  material,  elektr  energiyasi  va  boshqa  xarajatlar  miqdorini
ko‘paytirish;
3) nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin bo‘lgan
mehnat vositalari miqdorini ko‘paytirish va h.k.
Bundan ko‘rinadiki, korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa davrda
faqat o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin bo‘lib, ular qisqa
muddatli xarajatlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish bino
va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo‘lib qoladi, hamda
bu  davr  faqat  ulardan  foydalanish  darajasini  o‘zgartirish  uchun  yetarli  bo‘lishi
mumkin.
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va
barcha band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan
davrdir. 
Bu yerda shuni taokidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini
taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib
farqlanishi mumkin. Misol uchun, tikuvchilik korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini
nisbatan qisqa muddatda, masalan bir necha kunda o‘zgartirish mumkin. Buning uchun
bir necha ish stoli va tikuvchilik mashinalari sotib olish va o‘rnatish kifoya qiladi.
Mashinasozlik  yoki  neftni  qayta  ishlash  zavodidagi  qo‘shimcha  quvvatlarni  ishga
tushirish esa bir necha yilni taqozo etishi mumkin.
Uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar, shu jumladan, doimiy xarajatlar ham
o‘zgaruvchi hisoblanadi. 
Qisqa  muddatli  vaqt  davomida  korxona  o‘zining  doimiy  (qayd  qilingan)
quvvatlariga  o‘zgaruvchi  resurslar  miqdorini  qo‘shib  borish  yo‘li  bilan  ishlab
231
Logotip
foydasining ko‘payishiga olib keladi. O‘z o‘rnida, ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali korxona foyda massasini yanada oshirish imkoniga ega. Buning uchun u eng avvalo qisqa muddatli davrdagi ishlab chiqarish xarajatlarini amalga oshiradi. Bunday xarajatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) jonli mehnat xarajatlarini oshirish, yaoni qo‘shimcha ishchi kuchini yollash va ulardan foydalanish; 2) xomashyo, material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini ko‘paytirish; 3) nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin bo‘lgan mehnat vositalari miqdorini ko‘paytirish va h.k. Bundan ko‘rinadiki, korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa davrda faqat o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin bo‘lib, ular qisqa muddatli xarajatlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish bino va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo‘lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir. Bu yerda shuni taokidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Misol uchun, tikuvchilik korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini nisbatan qisqa muddatda, masalan bir necha kunda o‘zgartirish mumkin. Buning uchun bir necha ish stoli va tikuvchilik mashinalari sotib olish va o‘rnatish kifoya qiladi. Mashinasozlik yoki neftni qayta ishlash zavodidagi qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish esa bir necha yilni taqozo etishi mumkin. Uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar, shu jumladan, doimiy xarajatlar ham o‘zgaruvchi hisoblanadi. Qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy (qayd qilingan) quvvatlariga o‘zgaruvchi resurslar miqdorini qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab 231
chiqarish hajmini o‘zgartirishi mumkin. Biroq, ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy
resurslarga)  qo‘shilgan  o‘zgaruvchi  resurslar  maolum  vaqtdan  so‘ng  kamayib
boruvchi natija (mahsulot) beradi.
Bu holat marjinalistlar tomonidan ishlab chiqilgan  unumdorlikning pasayib
borishi  qonuni  orqali  izohlab  beriladi.  Unga  ko‘ra,  maolum  davrdan  boshlab
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) o‘zgaruvchi
resurslar birligi (masalan, jonli mehnat)ni ketma-ket qo‘shib borish, har bir keyingi
o‘zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shilgan mahsulot beradi.
Boshqacha  aytganda,  agar  asosiy  kapitalga  xizmat  ko‘rsatuvchi  ishchilar  soni
ko‘payib borsa, ishlab chiqarishga ko‘proq ishchini jalb qilib borish bilan ishlab
chiqarish hajmining o‘sishi tobora sekinlik bilan ro‘y beradi. Bu qonunni tasvirlash
uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan yerning
doimiy miqdoriga (masalan 20 ga) ega bo‘lib, unda don yetishtiradi. Agar fermer
ekinga qayta ishlov bermasa, har bir gektar yerdan 40 sentnerdan hosil oladi deb
hisoblaymiz. Agar ekinga qo‘shimcha bir marta ishlov berilsa, hosildorlik 50 s/ga ga
qadar ko‘tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosildorlikni 57 s/ga, uchinchisi -
61 s/ga, to‘rtinchisi, aytaylik 63 s/ga ga qadar ko‘tarishi mumkin. Ekinga keyingi
ishlov berishlar juda kam yoki nolga teng bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi.
Bu yerda shuni taokidlab o‘tish lozimki, unumdorlikning pasayib borish qonuni,
o‘zgaruvchi resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jihatidan bir
xil degan farazga asoslanadi. Yaoni, har bir qo‘shimcha ravishda jalb qilingan ishchi
bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb
hisoblanadi.
Demak, qo‘shilgan mahsulot keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega
bo‘lgani uchun emas, balki kapital (fondlar)ning mavjud miqdoriga nisbatan ko‘p
miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi. Bu yerda ishlab chiqarish
omillari o‘rtasidagi nisbat, mutanosiblik buzilishi sodir bo‘ladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, unumdorlikning pasayib borishi degan qonun tabiiy
ravishda  o‘zidan  o‘zi  emas,  balki  omillarning  boshqasi  o‘zgarmagani  holda
232
Logotip
chiqarish hajmini o‘zgartirishi mumkin. Biroq, ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy resurslarga) qo‘shilgan o‘zgaruvchi resurslar maolum vaqtdan so‘ng kamayib boruvchi natija (mahsulot) beradi. Bu holat marjinalistlar tomonidan ishlab chiqilgan unumdorlikning pasayib borishi qonuni orqali izohlab beriladi. Unga ko‘ra, maolum davrdan boshlab korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) o‘zgaruvchi resurslar birligi (masalan, jonli mehnat)ni ketma-ket qo‘shib borish, har bir keyingi o‘zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shilgan mahsulot beradi. Boshqacha aytganda, agar asosiy kapitalga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar soni ko‘payib borsa, ishlab chiqarishga ko‘proq ishchini jalb qilib borish bilan ishlab chiqarish hajmining o‘sishi tobora sekinlik bilan ro‘y beradi. Bu qonunni tasvirlash uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan yerning doimiy miqdoriga (masalan 20 ga) ega bo‘lib, unda don yetishtiradi. Agar fermer ekinga qayta ishlov bermasa, har bir gektar yerdan 40 sentnerdan hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar ekinga qo‘shimcha bir marta ishlov berilsa, hosildorlik 50 s/ga ga qadar ko‘tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosildorlikni 57 s/ga, uchinchisi - 61 s/ga, to‘rtinchisi, aytaylik 63 s/ga ga qadar ko‘tarishi mumkin. Ekinga keyingi ishlov berishlar juda kam yoki nolga teng bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi. Bu yerda shuni taokidlab o‘tish lozimki, unumdorlikning pasayib borish qonuni, o‘zgaruvchi resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jihatidan bir xil degan farazga asoslanadi. Yaoni, har bir qo‘shimcha ravishda jalb qilingan ishchi bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi. Demak, qo‘shilgan mahsulot keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega bo‘lgani uchun emas, balki kapital (fondlar)ning mavjud miqdoriga nisbatan ko‘p miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi. Bu yerda ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi nisbat, mutanosiblik buzilishi sodir bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, unumdorlikning pasayib borishi degan qonun tabiiy ravishda o‘zidan o‘zi emas, balki omillarning boshqasi o‘zgarmagani holda 232
ayrimlarini ko‘r-ko‘rona ko‘paytirib, ular o‘rtasidagi mutanosiblik buzilganda sodir
bo‘ladi.
Qulay  iqtisodiy  muhit  tufayli,  ishlab  chiqarish  quvvatlarining  to‘xtovsiz
kengayib borishi natijasida korxona o‘rtacha umumiy (yalpi) xarajatlarida qanday
o‘zgarish  ro‘y  beradi?  Dastlab  qandaydir  vaqt  oralig‘ida  ishlab  chiqarish
quvvatlarining  kengayishi  o‘rtacha  umumiy  xarajatlarning  pasayishi  bilan  birga
boradi. Ammo oxir oqibatda ko‘proq va yanada ko‘proq quvvatlarni ishga tushirish
o‘rtacha umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Bunday hollarni samaraning
kamayib  borish  qonuni  tushuntirib  berolmaydi,  chunki  uning  amal  qilish  shart-
sharoiti  ishlab  chiqarishda  foydalanadigan  resurslardan  bittasi  miqdorining
o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi.
Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar narxini doimiy deb faraz qilamiz. Shu
sababli uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab
chiqarish  miqyosi  o‘sishining  ijobiy  va  salbiy  samarasi  yordamida  tushuntirish
mumkin.
Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki,
korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab
chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga taosir ko‘rsata boshlaydi. Bu
omillar  quyidagilar:  1)  mehnatning  ixtisoslashuvi;  2)  boshqaruv  xodimlarining
ixtisoslashuvi;  3)  kapitaldan  samarali  foydalanish;  4)  qo‘shimcha  turdagi
mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Quyida bu omillarning har biriga batafsil to‘xtab
o‘tamiz.
1.  Mehnatning  ixtisoslashuvi.  Korxona  ko‘lamining  o‘sib  borishi  bilan
foydalanilayotgan  mehnatning  ixtisoslashuv  darajasini  oshirish  imkoni  kengayib
boradi. Qo‘shimcha ravishda ishchilarning yollanishi  topshiriqning ular o‘rtasida
borgan sari aniqroq taqsimlanib borishini anglatadi. Ishlab chiqarish jarayonida 5-6
tadan  turli  operatsiyalarni  bajarish  o‘rniga  endilikda  har  bir  ishchi  bitta-yagona
topshiriqni bajarishi mumkin bo‘ladi. Butun ish kuni davomida u o‘zining malakasiga
ko‘proq mos keladigan vazifani bajarish bilan band bo‘ladi. Kichik korxonalarda
malakali ishchilar ko‘pincha o‘z ish vaqtlarining deyarli yarmini hech qanday malaka
233
Logotip
ayrimlarini ko‘r-ko‘rona ko‘paytirib, ular o‘rtasidagi mutanosiblik buzilganda sodir bo‘ladi. Qulay iqtisodiy muhit tufayli, ishlab chiqarish quvvatlarining to‘xtovsiz kengayib borishi natijasida korxona o‘rtacha umumiy (yalpi) xarajatlarida qanday o‘zgarish ro‘y beradi? Dastlab qandaydir vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi o‘rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga boradi. Ammo oxir oqibatda ko‘proq va yanada ko‘proq quvvatlarni ishga tushirish o‘rtacha umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Bunday hollarni samaraning kamayib borish qonuni tushuntirib berolmaydi, chunki uning amal qilish shart- sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi miqdorining o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar narxini doimiy deb faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin. Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga taosir ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Quyida bu omillarning har biriga batafsil to‘xtab o‘tamiz. 1. Mehnatning ixtisoslashuvi. Korxona ko‘lamining o‘sib borishi bilan foydalanilayotgan mehnatning ixtisoslashuv darajasini oshirish imkoni kengayib boradi. Qo‘shimcha ravishda ishchilarning yollanishi topshiriqning ular o‘rtasida borgan sari aniqroq taqsimlanib borishini anglatadi. Ishlab chiqarish jarayonida 5-6 tadan turli operatsiyalarni bajarish o‘rniga endilikda har bir ishchi bitta-yagona topshiriqni bajarishi mumkin bo‘ladi. Butun ish kuni davomida u o‘zining malakasiga ko‘proq mos keladigan vazifani bajarish bilan band bo‘ladi. Kichik korxonalarda malakali ishchilar ko‘pincha o‘z ish vaqtlarining deyarli yarmini hech qanday malaka 233
talab  etmaydigan  ishlarni  bajarishga  sarflaydilar.  Bu  esa  ishlab  chiqarish
xarajatlarining oshib ketishiga olib keladi. Shuningdek, ishlab chiqarish miqyosining
o‘sishi  bilan  taominlanuvchi  mehnat  operatsiyalarining  taqsimlanishi  imkoniyati
ishchilar uchun o‘z vazifalarini bajarishlarida katta tajriba orttirishga zamin yaratadi.
5-6 ta topshiriq bilan band qilingan eng mahoratli ishchi ham bu vazifalarning har
birini bajarishda u qadar malakali bo‘la olmaydi. Yagona vazifani bajarish imkoniga
ega bo‘lgach, xuddi shu ishchi yanada unumliroq ishlay oladi. Va nihoyat, mehnat
ixtisoslashuvining  yuqori  darajasi  ishchi  tomonidan  bir  topshiriqni  bajarishdan
boshqa biriga o‘tishdagi vaqt yo‘qotilishi holatining oldini oladi.
2.  Boshqaruv  xodimlarining  ixtisoslashuvi.  Ishlab  chiqarishning  yirik
miqyoslari  shuningdek  boshqaruv  bo‘yicha  mutaxassislar  mehnatidan  yaxshiroq
foydalanish  imkonini  beradi.  Birdaniga 20 nafar  ishchini  nazorat  qilishga  qodir
bo‘lgan rahbarning mehnati bir necha ishchiga ega bo‘lgan kichik korxonada yetarli
darajada foydalanilmaydi. Bu holatda maomuriy apparatni taominlash xarajatlarini
oshirmagan  holda  korxona  ishlab  chiqarish  xodimlarining  sonini  ikki  baravar
ko‘paytirish  mumkin  bo‘ladi.  Shu  bilan  birga,  kichik  firmalar  boshqaruvchi
mutaxassis mehnatidan bevosita maqsadga muvofiq foydalana olmaydilar. Kichik
korxonada sotish muammolari bo‘yicha mutaxassis o‘z vaqtini boshqaruvning turli
sohalari  –  masalan,  marketing,  ishchi  kuchi  resurslarini  boshqarish,  moliyaviy
boshqarish  bo‘yicha  taqsimlashga  majbur  bo‘lishi  mumkin.  Operatsiyalar
miqyosining  kengayishi  marketing  bo‘yicha  mutaxassis  o‘zini  mahsulotlarni
taqsimlash va sotish ustidan nazorat o‘rnatishga to‘liq bag‘ishlashi mumkinligidan
darak  berib,  boshqaruvning  boshqa  funksiyalarini  bajarish  uchun  qo‘shimcha
ravishda tegishli mutaxassislar jalb etiladi. Pirovardida bu holat samaradorlikning
oshishi hamda mahsulot birligiga bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga
olib keladi.
3.  Kapitaldan  samarali  foydalanish.  Ko‘p  hollarda  kichik  firmalar  ishlab
chiqarish jihozlaridan texnologik nuqtai nazardan nisbatan samarali foydalanishga
qodir  bo‘lmaydilar.  Mahsulotlarning  ko‘plab  turlarini  ishlab  chiqarish  uchun
mashinalarni faqat juda yirik va qimmat turuvchi komplektlarda sotib olish mumkin.
234
Logotip
talab etmaydigan ishlarni bajarishga sarflaydilar. Bu esa ishlab chiqarish xarajatlarining oshib ketishiga olib keladi. Shuningdek, ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi bilan taominlanuvchi mehnat operatsiyalarining taqsimlanishi imkoniyati ishchilar uchun o‘z vazifalarini bajarishlarida katta tajriba orttirishga zamin yaratadi. 5-6 ta topshiriq bilan band qilingan eng mahoratli ishchi ham bu vazifalarning har birini bajarishda u qadar malakali bo‘la olmaydi. Yagona vazifani bajarish imkoniga ega bo‘lgach, xuddi shu ishchi yanada unumliroq ishlay oladi. Va nihoyat, mehnat ixtisoslashuvining yuqori darajasi ishchi tomonidan bir topshiriqni bajarishdan boshqa biriga o‘tishdagi vaqt yo‘qotilishi holatining oldini oladi. 2. Boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi. Ishlab chiqarishning yirik miqyoslari shuningdek boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan yaxshiroq foydalanish imkonini beradi. Birdaniga 20 nafar ishchini nazorat qilishga qodir bo‘lgan rahbarning mehnati bir necha ishchiga ega bo‘lgan kichik korxonada yetarli darajada foydalanilmaydi. Bu holatda maomuriy apparatni taominlash xarajatlarini oshirmagan holda korxona ishlab chiqarish xodimlarining sonini ikki baravar ko‘paytirish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, kichik firmalar boshqaruvchi mutaxassis mehnatidan bevosita maqsadga muvofiq foydalana olmaydilar. Kichik korxonada sotish muammolari bo‘yicha mutaxassis o‘z vaqtini boshqaruvning turli sohalari – masalan, marketing, ishchi kuchi resurslarini boshqarish, moliyaviy boshqarish bo‘yicha taqsimlashga majbur bo‘lishi mumkin. Operatsiyalar miqyosining kengayishi marketing bo‘yicha mutaxassis o‘zini mahsulotlarni taqsimlash va sotish ustidan nazorat o‘rnatishga to‘liq bag‘ishlashi mumkinligidan darak berib, boshqaruvning boshqa funksiyalarini bajarish uchun qo‘shimcha ravishda tegishli mutaxassislar jalb etiladi. Pirovardida bu holat samaradorlikning oshishi hamda mahsulot birligiga bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga olib keladi. 3. Kapitaldan samarali foydalanish. Ko‘p hollarda kichik firmalar ishlab chiqarish jihozlaridan texnologik nuqtai nazardan nisbatan samarali foydalanishga qodir bo‘lmaydilar. Mahsulotlarning ko‘plab turlarini ishlab chiqarish uchun mashinalarni faqat juda yirik va qimmat turuvchi komplektlarda sotib olish mumkin. 234
Buning  ustiga,  mazkur  mashina  jihozlaridan  samarali  foydalanish  ishlab
chiqarishning katta hajmlarini taqozo etadi. Demak, yaxshi jihozlarni sotib olish va
samarali foydalanishga faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina erishishlari mumkin.      
Misol uchun, avtomobilsozlikda ishlab chiqarishning nisbatan samarali usullari
yig‘ish liniyasi uchun robot texnikasi hamda murakkab jihozlarning qo‘llanishini
taqozo  etadi.  Mazkur  jihozlarning  samarali  ishlatilishi  uchun,  baozi  bir  hisob-
kitoblarga ko‘ra, yiliga 200 mingdan to 400 mingga qadar avtomobil ishlab chiqarish
hajmiga  erishish  lozim  bo‘ladi.  Faqat  yirik  ishlab  chiqaruvchilargina  bunday
jihozlarni sotib olishlari va samarali foydalanishlari mumkin. Bu holat mayda ishlab
chiqaruvchilar  uchun  muammolarni  keltirib  chiqaradi.  Avtomobillarni  boshqa
jihozlar yordamida ishlab chiqarish samarasiz va mahsulot birligiga nisbatan ko‘proq
xarajatlar qilinishiga olib keladi. Biroq, nisbatan samarali jihozni sotib olib, undan
ishlab chiqarishning kichik hajmi tufayli to‘liq foydalanmaslik ham samarasiz va
qimmatga tushuvchi yo‘l hisoblanadi.   
4. Qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Yirik miqyosdagi
ishlab chiqarishning tashkilotchisi qo‘shimcha mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun
kichik firmaga qaraganda kengroq imkoniyatga ega bo‘ladi. Go‘shtni  qadoqlash
bo‘yicha  yirik  fabrika  ishlab  chiqarish  chiqindisidan  yelim,  o‘g‘itlar,  dorivor
mahsulotlar va boshqa shu kabi qo‘shimcha mahsulotlarni tayyorlaydiki, kichik firma
bu chiqindilarni zarur bo‘lmaganligi uchun shunchaki tashlab yuborishi mumkin edi.
Ishchi  va  boshqaruvchilar  mehnatini  ixtisoslashtirish  darajasini  oshirish,
nisbatan  samarali  asbob-uskunalardan  foydalanish  imkoniyati,  chiqindilardan
samarali foydalanish kabi barcha texnologik omillar o‘z ishlab chiqarish miqyosini
kengaytirishga  layoqatli  bo‘lgan  tadbirkor  tomonidan  mahsulot  birligini  ishlab
chiqarish  xarajatlarining  pasaytirilishiga  taosir  ko‘rsatadi.  Boshqacha  aytganda,
ishlab chiqarishga jalb etilgan barcha resurslar miqdorining 10%ga oshirilishi ishlab
chiqarish hajmining nisbatan ko‘proq, masalan 20%ga oshishiga olib keladi, natijada
o‘rtacha umumiy xarajatlar pasayadi. Vaqt o‘tishi bilan firmaning kengaytirilishi
salbiy iqtisodiy oqibatlarga, va shundan kelib chiqqan holda, mahsulot birligi ishlab
chiqarish xarajatlarining o‘sishiga olib kelishi mumkin. 
235
Logotip
Buning ustiga, mazkur mashina jihozlaridan samarali foydalanish ishlab chiqarishning katta hajmlarini taqozo etadi. Demak, yaxshi jihozlarni sotib olish va samarali foydalanishga faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina erishishlari mumkin. Misol uchun, avtomobilsozlikda ishlab chiqarishning nisbatan samarali usullari yig‘ish liniyasi uchun robot texnikasi hamda murakkab jihozlarning qo‘llanishini taqozo etadi. Mazkur jihozlarning samarali ishlatilishi uchun, baozi bir hisob- kitoblarga ko‘ra, yiliga 200 mingdan to 400 mingga qadar avtomobil ishlab chiqarish hajmiga erishish lozim bo‘ladi. Faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina bunday jihozlarni sotib olishlari va samarali foydalanishlari mumkin. Bu holat mayda ishlab chiqaruvchilar uchun muammolarni keltirib chiqaradi. Avtomobillarni boshqa jihozlar yordamida ishlab chiqarish samarasiz va mahsulot birligiga nisbatan ko‘proq xarajatlar qilinishiga olib keladi. Biroq, nisbatan samarali jihozni sotib olib, undan ishlab chiqarishning kichik hajmi tufayli to‘liq foydalanmaslik ham samarasiz va qimmatga tushuvchi yo‘l hisoblanadi. 4. Qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Yirik miqyosdagi ishlab chiqarishning tashkilotchisi qo‘shimcha mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun kichik firmaga qaraganda kengroq imkoniyatga ega bo‘ladi. Go‘shtni qadoqlash bo‘yicha yirik fabrika ishlab chiqarish chiqindisidan yelim, o‘g‘itlar, dorivor mahsulotlar va boshqa shu kabi qo‘shimcha mahsulotlarni tayyorlaydiki, kichik firma bu chiqindilarni zarur bo‘lmaganligi uchun shunchaki tashlab yuborishi mumkin edi. Ishchi va boshqaruvchilar mehnatini ixtisoslashtirish darajasini oshirish, nisbatan samarali asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyati, chiqindilardan samarali foydalanish kabi barcha texnologik omillar o‘z ishlab chiqarish miqyosini kengaytirishga layoqatli bo‘lgan tadbirkor tomonidan mahsulot birligini ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirilishiga taosir ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarishga jalb etilgan barcha resurslar miqdorining 10%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmining nisbatan ko‘proq, masalan 20%ga oshishiga olib keladi, natijada o‘rtacha umumiy xarajatlar pasayadi. Vaqt o‘tishi bilan firmaning kengaytirilishi salbiy iqtisodiy oqibatlarga, va shundan kelib chiqqan holda, mahsulot birligi ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishiga olib kelishi mumkin. 235
Salbiy miqyos samarasi ro‘y berishining asosiy sababi yirik miqyosdagi ishlab
chiqaruvchiga  aylangan  firmaning  faoliyatini  samarali  nazorat  qilish  va
muvofiqlashtirishga harakat qilish chog‘ida vujudga keluvchi maolum boshqaruv
qiyinchiliklari  bilan  bog‘liq.  Uncha  katta  bo‘lmagan  korxonada  bitta-yagona
boshqaruvchi uning faoliyatiga doir barcha muhim qarorlarni shaxsan o‘zi qabul
qilishi  mumkin.  Firma  hajmining  uncha  katta  bo‘lmaganligi  tufayli  mazkur
boshqaruvchi barcha ishlab chiqarish jarayonini yaxshi tasavvur qila oladi hamda
firma faoliyatining barcha yo‘nalishlarini tezlik bilan o‘zlashtira olishi, o‘z qo‘l
ostidagilaridan olayotgan axborotlarni osonlik bilan tahlil qilishi, ular asosida aniq va
samarali  qaror  chiqara  olishi  mumkin  bo‘ladi.Biroq  bunday  qulay  holat  firma
miqyosining kengayishi bilan o‘zgaradi. Maomuriy xodimlar va ishlab chiqarish
jarayonini  alohidalashtiruvchi  boshqaruv  qatlamlari  ko‘payib  boradi;  yuqori
rahbariyat korxonadagi haqiqiy ishlab chiqarish jarayonidan alohidalashib qoladi.
Yirik korxona miqyosida oqilona qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha
maolumotlarni yig‘ish, tushunish va qayta ishlash bir kishi uchun imkon darajasidan
tashqarida bo‘ladi. Boshqaruv apparatining chuqurlashuvi va kengayishi esa axborot
almashinuvi,  qarorlarni  muvofiqlashtirishdagi  muammolarni  hamda  byurokratik
holatni keltirib chiqaradi, boshqaruvning turli bo‘g‘inlari tomonidan qabul qilingan
qarorlar bir-biriga zid kelish ehtimoli kuchayadi. Natijada samaradorlikka putur yetib,
ishlab chiqarishning o‘rtacha xarajatlari oshadi. Boshqacha aytganda, barcha resurslar
miqdorining 10%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining nomuvofiq ravishda, aytaylik
5%ga o‘sishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara.
Baozi hollarda ijobiy miqyos samarasi taosiri barham topuvchi ishlab chiqarish hajmi
bilan salbiy miqyos samarasi kuchga kiruvchi ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi
tafovut juda ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Bu ikkala chegara orasidagi maydonda
barcha  resurslarning  10%ga  o‘sishi  ishlab  chiqarish  hajmining  ham  mutanosib
ravishda 10%ga ko‘payishiga olib keladi.
Ishlab  chiqarish  miqyosining  kengayib  borishi  chuqur  ixtisoslashuv  tufayli
boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini
236
Logotip
Salbiy miqyos samarasi ro‘y berishining asosiy sababi yirik miqyosdagi ishlab chiqaruvchiga aylangan firmaning faoliyatini samarali nazorat qilish va muvofiqlashtirishga harakat qilish chog‘ida vujudga keluvchi maolum boshqaruv qiyinchiliklari bilan bog‘liq. Uncha katta bo‘lmagan korxonada bitta-yagona boshqaruvchi uning faoliyatiga doir barcha muhim qarorlarni shaxsan o‘zi qabul qilishi mumkin. Firma hajmining uncha katta bo‘lmaganligi tufayli mazkur boshqaruvchi barcha ishlab chiqarish jarayonini yaxshi tasavvur qila oladi hamda firma faoliyatining barcha yo‘nalishlarini tezlik bilan o‘zlashtira olishi, o‘z qo‘l ostidagilaridan olayotgan axborotlarni osonlik bilan tahlil qilishi, ular asosida aniq va samarali qaror chiqara olishi mumkin bo‘ladi.Biroq bunday qulay holat firma miqyosining kengayishi bilan o‘zgaradi. Maomuriy xodimlar va ishlab chiqarish jarayonini alohidalashtiruvchi boshqaruv qatlamlari ko‘payib boradi; yuqori rahbariyat korxonadagi haqiqiy ishlab chiqarish jarayonidan alohidalashib qoladi. Yirik korxona miqyosida oqilona qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha maolumotlarni yig‘ish, tushunish va qayta ishlash bir kishi uchun imkon darajasidan tashqarida bo‘ladi. Boshqaruv apparatining chuqurlashuvi va kengayishi esa axborot almashinuvi, qarorlarni muvofiqlashtirishdagi muammolarni hamda byurokratik holatni keltirib chiqaradi, boshqaruvning turli bo‘g‘inlari tomonidan qabul qilingan qarorlar bir-biriga zid kelish ehtimoli kuchayadi. Natijada samaradorlikka putur yetib, ishlab chiqarishning o‘rtacha xarajatlari oshadi. Boshqacha aytganda, barcha resurslar miqdorining 10%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining nomuvofiq ravishda, aytaylik 5%ga o‘sishiga olib keladi. Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara. Baozi hollarda ijobiy miqyos samarasi taosiri barham topuvchi ishlab chiqarish hajmi bilan salbiy miqyos samarasi kuchga kiruvchi ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi tafovut juda ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Bu ikkala chegara orasidagi maydonda barcha resurslarning 10%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining ham mutanosib ravishda 10%ga ko‘payishiga olib keladi. Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini 236
beradi.  Bu  oxir  oqibatda  samaradorlikning  oshishi  va  mahsulot  birligiga  ishlab
chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.
3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga
qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. 
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning
pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. 
Aytaylik, korxonada bir oy davomida 100 ming dona «A» mahsuloti ishlab
chiqarildi. Har bir mahsulotning narxi 1000 so‘m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan
taqdirda, korxonaning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m (100000 × 1000) ga teng
bo‘ladi.
Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera
olmaydi.  Chunki,  bu  pul  tushumlari  qanday  xarajatlar  evaziga  olinganligi  aks
ettirmaydi. Shunga ko‘ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi –
foyda muhim o‘rin tutadi.
Korxona  pul  daromadlaridan  barcha  xarajatlar chiqarib  tashlangandan
keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb
ham yuritiladi.
Bizning misolimizdagi korxonada «A» mahsulotni ishlab chiqarishning bir oylik
xarajatlari 60 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsin. U holda, korxonaning bir oylik foydasi
40 mln. so‘m (100 mln. – 60 mln.) ga teng bo‘ladi. 
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o‘tadi:
birinchi  bosqichda foyda  ishlab  chiqarish  jarayonida  yangi  qiymatning
yaratilish  chog‘ida  vujudga  keladi.  Yangidan  yaratilgan  qiymat  tarkibidagi
qo‘shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda
shaklida namoyon bo‘lmaydi;
237
Logotip
beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi. 3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Aytaylik, korxonada bir oy davomida 100 ming dona «A» mahsuloti ishlab chiqarildi. Har bir mahsulotning narxi 1000 so‘m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan taqdirda, korxonaning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m (100000 × 1000) ga teng bo‘ladi. Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi – foyda muhim o‘rin tutadi. Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. Bizning misolimizdagi korxonada «A» mahsulotni ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsin. U holda, korxonaning bir oylik foydasi 40 mln. so‘m (100 mln. – 60 mln.) ga teng bo‘ladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o‘tadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog‘ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo‘shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo‘lmaydi; 237
ikkinchi  bosqichda ishlab  chiqarish  jarayonida  yaratilgan  foyda  tovarlarni
sotilgandan so‘ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko‘rinishida to‘liq
namoyon bo‘ladi. 
Demak,  tovar  va  xizmatlar  sotilganda  ularning  umumiy  qiymati  pul
daromadlariga, undagi qo‘shimcha  mahsulot esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib
turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir. 
Odatda ishlab chiqarish sohasidagi  yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda
ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko‘ra,
ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo‘lgan taqdirda foyda oladilar.
Demak, ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji
narxi (Nu) o‘rtasidagi farqdan iborat:
.
Bundan ko‘rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga
bog‘liq bo‘ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji narxlar darajasi.
Tannarx –  bu  mahsulotning  har  bir  birligini ishlab  chiqarish  uchun
sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir. 
Mahsulot  tannarxini  xarajatlarning  asosiy  turkumlari  bo‘yicha  hisoblash
mumkin. Misolimizdagi  «A»  mahsulot  ishlab  chiqarish  xarajatlari  va tannarxini
hisoblab chiqamiz (11.2-jadval). 
11.2-jadval
«A» mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini hisoblash
238
Logotip
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so‘ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko‘rinishida to‘liq namoyon bo‘ladi. Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha mahsulot esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko‘ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo‘lgan taqdirda foyda oladilar. Demak, ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji narxi (Nu) o‘rtasidagi farqdan iborat: . Bundan ko‘rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga bog‘liq bo‘ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji narxlar darajasi. Tannarx – bu mahsulotning har bir birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir. Mahsulot tannarxini xarajatlarning asosiy turkumlari bo‘yicha hisoblash mumkin. Misolimizdagi «A» mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini hisoblab chiqamiz (11.2-jadval). 11.2-jadval «A» mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini hisoblash 238
Xarajatlar
Jami ishlab chiqarish
xarajatlari, mln. so‘m
1 birlik mahsulot ishlab
chiqarish xarajatlari,
so‘m
Xomashyo va materiallar
24,0
240
Yoqilg‘i va energiya
9,0
90
Ish  haqi  va  ijtimoiy
sug‘urtaga ajratmalar
15,0
150
Transport xarajatlari
6,0
60
Boshqaruv xarajatlari
6,0
60
Jami
60,0
600
Jadvaldan ko‘rinadiki, korxonada «A» mahsulotning bir oylik ishlab chiqarish
xarajatlari  60  mln.  so‘mdan  iborat  bo‘lib,  jami  1000  dona  mahsulot  ishlab
chiqarilgan. Demak, 1 dona mahsulotning tannarxi 600 so‘mga teng.
Hozirgi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida mamlakatimiz eksport
salohiyatini yuksaltirish va milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish ko‘p
jihatdan tejakorlikka erishish hamda mahsulot va xizmatlar tannarxini pasaytirishga
bog‘liq. 
11.6-chizma
Mahsulot qiymati tarkibi 
239
Logotip
Xarajatlar Jami ishlab chiqarish xarajatlari, mln. so‘m 1 birlik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari, so‘m Xomashyo va materiallar 24,0 240 Yoqilg‘i va energiya 9,0 90 Ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar 15,0 150 Transport xarajatlari 6,0 60 Boshqaruv xarajatlari 6,0 60 Jami 60,0 600 Jadvaldan ko‘rinadiki, korxonada «A» mahsulotning bir oylik ishlab chiqarish xarajatlari 60 mln. so‘mdan iborat bo‘lib, jami 1000 dona mahsulot ishlab chiqarilgan. Demak, 1 dona mahsulotning tannarxi 600 so‘mga teng. Hozirgi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirish va milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish ko‘p jihatdan tejakorlikka erishish hamda mahsulot va xizmatlar tannarxini pasaytirishga bog‘liq. 11.6-chizma Mahsulot qiymati tarkibi 239