KORXONALAR MOLIYASINI BOSHQARISH (Yakka egalik, shirkat yoki
sheriklik (hamkorlik), korporatsiya. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari)
Reja:
1.
Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qaror qabul
qilishga ta’siri.
2.
Yakka egalik, shirkat yoki sheriklik (hamkorlik), korporatsiya.
Ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.
Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar.
Odatda o‘z faoliyatini endi boshlagan tadbirkor oldida bo‘lajak faoliyatining
tashkiliy-huquqiy shaklini tanlash masalasi turadi.
Huquqiy shaxs yoki yakka
tadbirkor bo‘lish kerakmi, agar huquqiy shaxs bo‘ladigan bo‘lsa qanday bo‘ladi,
degan savollar ko‘ndalang turadi. Ko‘p hollarda, bunday muhim qaror, jiddiy
tanlovsiz va uning oqibatlarini tushunmagan holda, qabul qilinadi. Haqiqatdan
ham, bunday tanlov bo‘yicha universal maslahatlar berishning iloji yo‘q. O‘zining
holati uchun eng yaxshi tanlovni bo‘lajak tadbirkorning o‘zi amalga oshiradi.
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlash uchun barcha mavjud shakllar
haqida tasavvurga ega bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. So‘ngra ularning
ichidan eng yaxshi-optimal variantni tanlash kerak. Bo‘lajak korxonaning
tashkiliy-huquqiy shaklini tanlashda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga
olish kerak. Bundan maqsad keyinchalik biron-bir ho‘jalik operatsiyasini yoki
biror masalani yechish uchun kompaniyani qaydadan ro‘yxatdan o‘tkazish
kerakligi ma’lum bo‘lib qolmasin.
Har bir tadbirkor biznesning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlashda qator
savollarga javob topishga urinib ko‘radi. Xususan:
1. Olingan daromad qanday taqsimlanadi va unga qanday soliq solinadi?
2. Ma’lum bir shaklda biznesni tashkil etish qanchalik qimmat va murakkab?
3. Ish yurishmasa va korxona bankrot bo‘lsa, uning mol-mulki qarzlarni
yopishga yetmasa, nima qilinadi?
4. Biznes samara bermay qo‘ysa, undan qulaylik bilan chiqish mumkinmi?
Quyida ushbu savollarga O‘zbekiston qonunchiligida qanday bo‘lsa
shunday javoblar bilan tanishib olishingiz mumkin.
Ustunligi: xususiy korxona – yuridik shaxs bo‘lib, yakka tadbirkordan farqli
ravishda, qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullana oladi.
Kamchiligi: bankrot bo‘lib qolganda korxona egasi majburiyatlari bo‘yicha
cheklanmagan ko‘rinishda javobgar bo‘ladi. Ya’ni, kasodga uchraganda barcha
qarzlarni va boshqa to‘lovlarni o‘zi to‘laydi. Biroq, bu tavakkalchilik XKning
yuridik shaxs sifatidagi soliqni to‘laganidan keyin sof daromad uchun soliqning
mavjud emasligi bilan muvozanatga keladi.
XK egasi uning faoliyatini shaxsan boshqarishi shart. U boshqaruv
vakolatlarini yollangan menejerga taqdim eta olmaydi.
O‘zbekistonda yuridik shaxslarga soliq solish ularning tashkiliy-huquqiy
shakliga bog‘liq emas. Agar korxona kichik tadbirkorlik sub’ekti bo‘lsa, O‘zRning
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunining 5-moddasiga
muvofiq, u umumiy o‘rnatilgan soliq va soddalashtirilgan soliq tizimi (Yagona
daromad solig‘i)dan birini tanlashi mumkin.
Ba’zan, u yoki bu sabablarga ko‘ra, biznes mulkdorni qanoatlantirmay qoldi.
Bu holatda korxonani yo bo‘lmasa undagi ulushni nima qilish mumkin? Xususiy
korxona egasi korxonani to‘lig‘icha mulk kompleksi sifatida sotishi yoki hadya
etishi, yoxud uni tugatib, mol-mulkini alohida sotish mumkin.
Oilaviy korxona – kichik tadbirkorlik sub’ekti hisoblanadi. Xususiy
turarjoyda yoki hovlida faoliyatini yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bunda turarjoy
binosini noturarjoy toifasiga o‘tkazish talab etilmaydi. Biroq, faoliyat yuritish
turlariga cheklovlar bor.
Asosiy kamchiliklari: ishtirokchilar soni oila a’zolari bilan cheklangan hamda
korxona egalari uning majburiyatlari bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega.
O‘zRning «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonunining 14-moddasiga
muvofiq, oilaviy korxonaning har bir ishtirokchisi uni boshqarish, moliya-xo‘jalik
faoliyatini nazorat qilish, qarorlar qabul qilishda ishtirok etish huquqiga ega.
Albatta, bu qanday amalga oshirilishi qonunda batafsil yoritilmagan. Ammo,
barcha asosiy jihatlari nizom shartnomasida yoritilgan bo‘lishi kerak. Aks holda,
OK a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqanida korxona faoliyati
chigallashadi.
OK ishtirokchisi uning tarkibidan chiqish huquqiga ega. Agar nizom
shartnomasida boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, OK tarkibidan
chiqayotgan a’zoning nizom jamg‘armasiga qo‘shgan hissasiga proporsional
bo‘lgan mulk unga moddiy yoki mulkiy ko‘rinishda qaytarilishi kerak.
OK boshlig‘i o‘zgarganida, oilaviy korxonaga tarkibiga ko‘ngilli ravishda
kirish (chiqish), er-xotin o‘rtasida nikohning bekor qilinishi yoki OK egalaridan
birining vafoti bilan nizom shartnomasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Bunda OKni qaytadan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinmaydi.
MCHJ – biznesning eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakli.
Ustunligi: ishtirokchi tavakkalchiligi uning ulushi miqdori bilan cheklangan,
daromad solig‘i jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliqlarga nisbatan
birmuncha past stavka bo‘yicha solinadi.
Kamchiligi: o‘z hissasini sota olmaslik yoki taqdim eta olmaslik. MCHJ
tarkibidan ulushning bir qismini yo‘qotmasdan chiqish amri mahol.
QO‘SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYAT
QMJning MCHJdan yagona farqi ishtirokchilar javobgarliklarining
taqsimlanishidir. Bunda barcha a’zolar bir xil miqdorda hissa qo‘shishlari talab
etiladi. Javobgarlik chegarasi nizom bilan chegaralanishi mumkin.
Biznesni tashkil etishning bu shakli unchalik ham mashhur emasligiga,
jamiyat a’zolarining korxona majburiyatlari bo‘yicha mol-mulki bilan javobgar
bo‘lishidadir.
MCHJ va QMJ egalarining boshqaruvda ishtirok etishdagi asosiy mexanizmi
umumiy yig‘ilish hisoblanadi. Uning mutlaq vakolatlariga, xususan: Nizom
jamg‘armasi hajmini o‘zgartirish, tashkiliy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish, yangi a’zolarni qabul qilish yoki tarkibdan chiqarish, jamiyatning ijro
organlari, reviziya komissiyasi va boshqa organlarini saylash yoki muddatidan
avval vakolatlarini tugatish, foydani taqsimlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish.
Bu masalalarni hal etish direktorga, boshqaruv yoxud boshqa organga taqdim
etilmaydi. Direktor yoki 20 foizdan ko‘proq ovozga ega bo‘lgan a’zoning
manfaatlari bo‘lgan bitimlar, shuningdek, jamiyat mulki bilan amalga oshiriladigan
yirik kelishuvlar umumiy majlis a’zolari tomonidan ma’qullanishi talab etiladi.
Jamiyatning umumiy a’zolarining kamida 10 foiz ovoziga ega a’zosi talabi
bilan ijro rahbariyati navbatdan tashqari yig‘ilish chaqirishga majbur.
MCHJ va QMJ egalarining boshqaruvdagi ishtirokida «Mas’uliyati
cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonunning 8-
moddasi amaliy instrument hisoblanadi. Unga muvofiq, jamiyat nizom
jamg‘armasida kamida 10 foizo‘ ulushga ega a’zosi sudga murojaat qilib,
jamiyatdan o‘z majburiyatlarini buzayotgan, yoki o‘zining harakatlari bilan jamiyat
faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan yoxud qiyinlashtirayotgan a’zolarni chiqarib
yuborishni talab qilishi mumkin.
Jamiyatning joriy faoliyatini boshqarish uchun uning egalari direktorni
saylashadi yoki tayinlashadi. U o‘zi bilan imzolangan mehnat shartnomasi asosida
jamiyat ishini boshqaradi. Bundan tashqari, nizomda ko‘rsatilgan bo‘lsa, jamiyat
a’zolari ijro organi kollegiyasi - boshqaruvni shakllantirishlari mumkin. Unga
nafaqat jamiyat egalari kirishi mumkin. Shu bilan, MCHJ va QMJ ishtirokchilari
hissador hamda jamiyat faoliyatining muhim jihatlarini aniqlab beruvchi, ammo
bevosita biznesni yuritmaydigan shaxslarga taqsimlanishi mumkin.
MCHJ va QMJ a’zosi o‘z ulushini sotishi yoki nizom jamg‘armasidagi
hissasini boshqa biror usulda jamiyatning bir yoki bir necha a’zosiga taqdim etishi
mumkin. Bunda, mazkur bitimga aloqasi yo‘q ishtirokchilarning roziligi talab
qilinmaydi. Shu bilan birga, o‘z ulushini jamiyat nizomida taqiqlanmagan bo‘lsa,
uchinchi shaxsga berish mumkin. Bu holatda jamiyat ishtirokchilari va jamiyatning
o‘zi sotilayotgan ulushni uchinchi shaxsga taklif etilgan narxda harid qilish
borasida imtiyozli huquqqa ega. Shu boisdan ham hissasini sotuvchi ishtirokchi
boshqa ishtirokchilarni va jamiyatning o‘zini hissasini sotishga qilgan qarori va
narxidan yozma ravishda ogoh etadi. Jamiyatning boshqa a’zolari yoki jamiyatning
o‘zi birinchi bo‘lib harid qilish huquqidan foydalanishdan bosh tortsa, hissa
uchinchi shaxsga sotilishi mumkin.
Nizomda, shuningdek, (odatda, bu qayd etiladi) ulushni biror bir boshqa usul
bilan taqdim etish, masalan, hadya qilish holati nazarda tutilgan bo‘ladi. Agar
nizomda hissani sotish taqiqlangan bo‘lsa, yoxud jamiyatning boshqa egalari
rozilik berishmasa, ulushini sotmoqchi bo‘layotgan a’zo ulardan ulushi qiymatini
berish bilan hissasini sotib olishlarini talab qilishi mumkin. O‘z hissasini sotishni
xohlamasa-da, jamiyat tarkibidan chiqmoqchi bo‘lgan ishtirokchi ham shunday
talabni ilgari sura oladi.
AJ – yirik biznesni tashkil etishga mos keladi.
Ustunligi: cheklangan mas’uliyat, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilishning
oddiyligi.
Kamchiligi: aksiyadorlar soni ko‘p bo‘lganida mulkdorlar tomonidan
boshqarish qiyin bo‘ladi. O‘zbekistondagi o‘ziga xosliklar – qimmatli
qog‘ozlarning past likvidligi, kuchli huquqiy muvofiqlashtirilganlik, ko‘plab ichki
tuzilmalarni shakllantirish zarurligi, kuzatuv kengashi, reviziya komissiyasi, ichki
audit va b.
AJ — biznesning yagona shakli bo‘lib, uning joriy faoliyatini boshqarish
shartnoma asosida boshqa tijorat tashkiloti – ishonilgan boshqaruvchiga
topshirilishi mumkin. Agar aksiyadorlar bunga tayyor bo‘lishmasa, bunda
an’anaviy usul qo‘llaniladi, boshqaruv kengashi tashkil etiladi, direktor
tayinlanadi. U biznesni yuritadi.
Aksiyadorning boshqaruvda ishtirok etish imkoniyati u ega bo‘lgan aksiyalar
turiga bog‘liq. Oddiy aksiyalar ovozga ega hisoblanadi, o‘z egasiga dividendlar
olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar esa, o‘z egalariga birinchi navbatda dividendlarni olishga
hamda AJ tugatiladigan taqdirda aksiyaga tikkan mablag‘larini olishda ustunlik
beradi. Shu bilan birga, imtiyozli aksiyalar jamiyat daromadi bor-yo‘qligidan
qat’inazar ma’lum bir dividendlar olish huquqini ham taqdim etadi.
Aksiyadorlarning jamiyat ishlarida ishtirok etishlariga imkon beradigan
instrumentlardan biri shundan iboratki, 5 foiz yoki undan ko‘p miqdorda ovoz
beruvchi aksiyalarga ega shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy
yig‘ilishini chaqira oladi.
Aksiyadorlar o‘zlariga tegishli aksiyalarni AJ va boshqa aksiyadorlarning
roziligisiz sotishi yoki boshqa usulda begonaga berishi mumkin. Shu boisdan ham
aksiya – korxona sarmoyasiga hissa qo‘shishning eng likvidli bo‘lgan shaklidir.
Bunda, aksiyadorlar soni 50 nafardan oshmaydigan hamda bunday AJ nizomida
boshqa aksiyadorlar yoki jamiyatning sotilayotgan aksiyalarni harid qilishdagi
imtiyozi qayd etilgan holatlar mustasno. Bunday holatlarda MCHJ va QMJlardagi
qoida ishga tushadi.
Aksiyalarni sotishda jismoniy yoki yuridik shaxs uchun solinadigan daromad
solig‘i to‘lanadi. Daromad solig‘i aksiyani harid qilish va sotish orasidagi farqdan
hisoblanadi.
Aksiyador, shuningdek, jamiyatdan uning aksiyalarini harid qilishni so‘rash
bilan biznesni tark etishi mumkin. Bu kabi masalalar esa, O‘zRning «Aksiyadorlik
jamiyatari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan
tartibga solinadi.
2-savol bayoni. Biznes olib borishning uchta asosiy tashkiliy shakli
mavjud: yakka egalik, shirkat (yoki sheriklik) va korporatsiya (3.1-rasm).
3.1-rasm. Biznes olib borishning asosiy tashkiliy shakllari
Yakka egalik (sole proprietorship), bitta odam yoki oilaga tegishli firma
bo‘lib, unda barcha aktivlar va majburiyatlar bir vaqtning o‘zida firma egasining
mulki hisoblanadi. Yakka mulkdor firmaning qarzlari va boshqa majburiyatlari
bo‘yicha cheklanmagan majburiyatlarga yoki cheklanmagan mas’uliyatga
(unlimited liability) ega. Bu degani, agar firma kompaniya kreditorlarining
talablarini qondirish uchun o‘z qarz majburiyatlarini bajara olmasa, u holda
kompaniya egasining istalgan mulki xatga olinishi mumkin.
Ko‘pchilik firmalar o‘z faoliyatini mulkka yakka egalik sifatida boshlaydi.
Keyinchalik kengayib, oyoqqa turgan sari o‘z tashkiliy shaklini o‘zgartiradi.
Бизнес олиб боришнинг
асосий ташкилий шакллари
Якка эгалик
Ширкат (ёки шериклик)
Корпорация
Битта одам ёки
оилага тегишли
фирма
Икки ва ундан кўп
киши (оила) мулки
бўлган фирма
Мустақил
юридик
шахс
Ammo, shunaqasi ham bo‘ladiki, biznes – restoran, ko‘chmas mulk agentligi yoki
kichkina ustaxona – butun faoliyat davomida yakka mulkligicha qolishi ham
mumkin.
Shirkat (partnership) – bu ikki va undan ko‘p kishi (oila) mulki bo‘lgan
firma. Ular sherik deb ataladi va kompaniya kapitaliga birgalikda egalik qiladilar.
Sheriklik kelishuvida, odatda, qarorlar qanday qabul qilinishi va firmaning
daromad va zarari qanday taqsimlanishi belgilab qo‘yiladi. Kelishuvda boshqa
shart belgilangan bo‘lmasa, sheriklar, xuddi yakka mulk-chilikdagi kabi,
majburiyatlar bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladilar.
Ammo, sheriklarning majburiyatlarini ma’lum darajada cheklash ham
mumkin. U holda bunday sheriklar mas’uliyati cheklangan sheriklar, yoki
kommanditlar deb ataladilar (limited partners). Biroq bunda, sheriklarning hech
bo‘lmasa bittasi firmaning qarzlari bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega
bo‘ladi va u asosiy (bosh) sherik deb ataladi. Odatda, kommandit-sheriklar shirkat
faoliyatiga taalluqli kundalik qarorlarni qabul qilishda ishtirok etmaydilar. Bu
asosiy (bosh) sherikning vakolatiga kiradi.
Xususiy korxona yoki shirkatdan farqli o‘laroq, korporatsiya (korporation) –
bu mustaqil yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z egalaridan alohida faoliyat yuritadi.
Korporatsiya mulkka egalik qilish, qarz olish va shartnomalar tuzish huquqiga ega.
Ular sudga berishlari va ularni ham sudga berish mumkin. Bundan tashqari,
korporatsiyalarni va biznes yuritishning ikkita boshqa shaklini soliqqa tortishda
ham farq bor.
Korporatsiya ustav hujjatlari asosida boshqariladi. Aksiyadorlar korporatsiya
daromadidan amalga oshiriladigan har qanday to‘lovlarda o‘z aksiyalari soniga
proporsional ravishda ulushga ega bo‘lish (masalan, dividendlar ko‘rinishida)
huquqiga egadirlar. Aksiyadorlar direktorlar kengashini saylaydi va ular, o‘z
navbatida, korporatsiya ishlarini boshqarish uchun menejerlarni tayinlaydilar.
Odatda, aksiyadorlar yig‘ilishida bitta aksiya bitta ovozga ega. Ammo turli
toifadagi aksiyalar ham bor bo‘lib, ular turli ovoz huquqini berishi mumkin.
Korporativ tashkilot (biznesni korporativ tashkil qilish)ning afzal tomoni
shundaki, firmaning sog‘lom faoliyatiga zarar yetkazmasdan aksiyalar boshqa
egalarga berilishi mumkin. Boshqa afzal tomoni aksiyadorlarning mas’uliyati
cheklanganligida bo‘lib, bu degani agar korporatsiya qarzlarini to‘lashga qodir
bo‘lmasa, kreditor1lar aksiyadorlarning shaxsiy mulkini emas, balki korporatsiya
aktivlarini xatlaydilar. Bu ma’noda korporatsiya xuddi shirkatda asosiy (bosh)
sherik bajargan vazifani bajaradi, aksiyadorlar esa mas’uliyati cheklangan sheriklar
kabi ishlaydi (faoliyat ko‘rsatadi)lar.
Butun dunyoda yirik firmalarning deyarli barchasi, garchi ularga bitta shaxs
yoki oila egalik qilsa-da, korporatsiya shaklida faoliyat yuritadi. AQShda
aksiyalari tarqoq korporatsiyalar ochiq (publik korporations), mulkka egalik
huquqi jamlangan (to‘plangan) korporatsiyalar esa yopiq yoki xususiy korporatsiya
(private korporations) deb ataladi.
Turli mamlakatlarda korporatsiyalar faoliyati turlicha qonunlar bilan
muvofiqlashtiriladi. Hatto bitta mamlakat ichida bunday firmalar faoliyati turli
yurisdiksiyaga tushishi ham mumkin. Masalan, AQShda bunday qonunlar davlat
darajasida joriy etiladi (va ularning bajarilishi qat’iy nazorat qilinadi).
Kundalik hayotda nomiga qarab firmaning korporatsiya ekanligini
quyidagicha aniqlash mumkin: masalan, AQShda firma-korporatsiya nomiga
inglizcha inkorporated so‘zidan olingan qisqartma ink; Fransiyada – SA harflari
(Sokiete Anonime); Italiyada – SpA (Societa per Azione); Niderlandiyada – NV
(Naamloze Vennootdchap); Shvesiyada – AB (Aktiebolag)lar qo‘shiladi.
Germaniyada ochiq korporatsiyalar Aktiengesellschaften deb ataladi va
bunday korporatsiyani firma nomining oxiridagi AG harflaridan bilsa bo‘ladi;
xususiy korporatsiyalar Gesellschaften mit beschrankter Haftung deb ataladi va
ularning nomiga GmbH harflari qo‘shiladi. Buyuk Britaniyada PLS harflari
mas’uliyati cheklangan ochiq kompaniyalar uchun va LTD xususiy kompaniyalar
uchun xuddi shunday ma’noga ega. Tarixda nomi qolgan birinchi korporatsiyalar
Amsterdam va Londonda XVII asrda tashkil etilgan va o‘zbekchada “aksiyadorlik
kompaniyasi” (joint stock companies) degan ma’noni anglatgan. Bizning kunlarda
1 “Kreditor” lotincha “kreditor” – qarz beruvchi. Mol yoki pulni nasiyaga, qarzga bergan muassasa yoki shaxs.
Qarang: o‘sha manba. J.II.–B. 415.
bunday atamadan deyarli foydalanilmaydi.
Mamlakatimizda biznesni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi
bosqichlardan o‘tish talab etiladi:
3-savol bayoni. Mas’uliyati cheklangan jamiyat – mas’uliyati cheklangan
jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav
kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab quyilgan miqdorlardagi ulushlarga bulingan
jamiyat tan olinadi.
Jamiyat o‘z faoliyati uchun ustav fondi miqdorida javobgar hisoblanadi. Har
qanday zarar, xavf-xatar va tadbirkorlik risklari jamiyat a’zolari o‘rtasida ularning
ulushiga mutanosib tarzda taqsimlanishi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi
korxona ta’sischilarining individual zararlari darajasini yoki bankrot bo‘lish
ehtimolini pasaytiradi.
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalar nomiga «limited» so‘zi qo‘shiladi, bu
inglizcha so‘z bo‘lib, «cheklangan» ma’nosini bildiradi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning bir qator turlari mavjud. Ularning eng
keng tarqalgan shakli korporatsiyalardir. Mas’uliyati cheklangan jamiyat
shaklidagi kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan bozor sharoitiga tez
moslashish xususiyatiga hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda
muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki kichik
korxonalar o‘z faoliyatlarini har bir ishlab chiqarish dasturlariga, ilg‘or
texnologiyaga, kam turkumli ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda
moslaydilar hamda bozor asoslarini tez o‘zlashtirib boradilar.
Jamiyat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka
ega bo‘ladi, o‘z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo‘lishi, sudda
da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga
oshirishi mumkin.
Ro‘yxati qonunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat
litsenziya asosida shug‘ullanishi mumkin.
Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan
javobgar bo‘ladi.
Jamiyat o‘z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaxsning aybi tufayli vujudga
kelgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs
zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi
mumkin.
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar
bo‘lmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari
yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo‘ladilar.
Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi
taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha
qoida belgilangan bo‘lmasa, jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishga haqli emaslar.
Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilishi mumkin bo‘lib, u jamiyatning
yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi bo‘lgan
jamiyatga aylanishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim.