KORXONALAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINING TAHLILI
Reja:
1.
XYUSlar moliyaviy barqarorligining mohiyati va ahamiyati.
2.
Absolyut moliyaviy barqarorlik, sog‘lom (normal) moliyaviy
barqarorlik, nobarqaror moliyaviy ahvol va krizisli moliyaviy holat.
3.
Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari va ularni oshirish yo‘llari.
Korxonalar moliyaviy barqarorligi ko‘p jihatdan korxona ixtiyorida qanday va
qancha mablag‘ mavjudligi hamda ular korxonaning qaysi yo‘nalishiga
kiritilganligiga bog‘liq. Foydalanilayotgan sarmoya yo‘nalish mavqeiga qarab o‘z
va qarz mablag‘lariga ajratiladi.
Korxonaning o‘z mablag‘lari o‘zini-o‘zi moliyalash talablari zarurati bilan
izohlanadi hamda u korxona mustaqilligining asosi hisoblanadi. Biroq inobatga
olish kerakki, korxona faoliyatini moliyalash o‘z mablag‘lari hisobiga amalga
oshirish har doim ham foydali hisoblanmaydi va bu asosan mavsumiy harakterga
ega ishlab chiqarishda o‘z aksini topadi. Bunda ayrim vaqtda bank hisob
raqamlarida katta hajmda mablag‘lar yig‘ilib qoladi va aksincha boshqa vaqtda
mablag‘larni topib bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, e’tibor qaratish kerakki, agar moliyaviy resurslar narxi
yuqori bo‘lmasa, korxona kredit resurslari uchun to‘lashga nisbatan kiritilgan
mablag‘dan yuqori natija erishishni ta’minlashi va qarz mablag‘larini jalb etish esa
o‘z mablag‘lar rentabelligi oshishiga olib kelishi mumkin. Ayni damda, korxona
mablag‘lari asosan qisqa muddatli majburiyatlar hisobiga shakllangan bo‘lsa, unda
korxona moliyaviy holati beqaror bo‘ladi. Ya’ni qisqa muddatli sarmoyalardan
foydalanishda uzoq muddatli aylanmaga jalb etmaslik va uni o‘z vaqtida
qaytarishni nazorat qilishga yo‘naltirilgan doimiy tezkor ishlashni talab etadi.
Demak, korxonaning moliyaviy holati o‘z va qarz mablag‘larning optimal
muvozanatiga bevosita bog‘liq.
Moliyaviy strategiyani to‘g‘ri shakllantirish korxonalar faoliyati
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shunday qilib, moliyaviy barqarorlik
korxona faoliyatini moliyalashtirish manbalariga bevosita bog‘liq. Shu munosabat
bilan alohida ta’kidlash lozimki, iqtisodiy tizimning eng muhim tarkibiy qismi
hisoblangan korxonalarning moliyaviy barqarorligi mamlakat iqtisodiyotining
barqaror o‘sishiga erishishda muhim ahamiyatga ega. Chunki, moliyaviy
barqarorlik va unga erishish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat yuritish
qobiliyatini ta’minlashning garovi hamda uning mustahkam mavqe’ga ega
bo‘lishining asosi sifatida xizmat qiladi.
Shu nuqtai nazardan, moliyaviy barqarorlik, korxonaning o‘rta va uzoq
muddatli istiqboldagi moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash muhim iqtisodiy
muammolar jumlasiga kiradi. Korxona faoliyatida moliyaviy barqarorlikni
baholash usullarining chegaralari va ularning butun tizimidan eng samarali
foydalanish imkoniyatlari, ko‘rsatkichlar algoritmi va ularni talqin etish,
mulkchilik va tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning mezonlarini
tadqiq etish dolzarb hisoblanadi.
Korxonalarning moliyaviy barqarorligiga nisbatan mavjud fikrlar va uni
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar nuqtai nazaridan tahlil qilgan holda ikkita yondashuvni
ajratish mumkin. Birinchi yondashuv sobiq Ittifoq davlatlari iqtisodiyotida yuzaga
kelgan bo‘lib, unda korxonaning to‘lov qobiliyati va uning o‘z aylanma
mablag‘lari bilan ta’minlanganligi, moliyaviy barqarorlikning asosiy mezoni
sifatida o‘rganiladi. Biroq ushbu ko‘rsatkichlar korxonaning moliyaviy holatini
to‘liq tavsiflay olmaydi, chunki ma’lum sanaga – davr boshi va yakuniga ko‘ra
balans bo‘yicha hisoblab chiqiladi va shuning uchun ushbu vaqt mobaynida katta
o‘zgarishlarga duch kelishi mumkin.
Moliyaviy barqarorlikka nisbatan MDH davlatlari iqtisodchilarining bunday
fikri, bizningcha, to‘g‘ri hisoblanadi. Chunki uzoq vaqt mobaynida sobiq Ittifoq
davrida qurilgan korxonalar davlat tomonidan rasman tashkil etilgan barqaror
sharoitda faoliyat yuritgan va uzoq muddatli rejada ularga bankrotlik tahdid
solinmagan.
Ikkinchi yondashuv G‘arb iqtisodiy amaliyotida rivojlangan bo‘lib, bunda
korxonaning qarz va o‘z mablag‘larining nisbati bilan bog‘liq (kreditorlardan)
moliyaviy mustaqilligi, uning moliyaviy barqarorligining asosiy mezoni
hisoblandi. Ushbu fikr ham bir tomonlama xususiyatga ega, chunki korxonaning
moliyaviy holati va uni rivojlantirish istiqbollarini to‘liq hisobga olmaydi.
O‘zbekistondagi sanoat korxonalarining hozirgi xo‘jalik yuritish amaliyoti
ko‘rsatmoqdaki, hatto aktivlar tarkibida qarz mablag‘lariga ega bo‘lmagan holda,
ya’ni moliyaviy barqarorlikning ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan holda ham
og‘ir moliyaviy holatga tushib qolish mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy barqarorligi quyidagilar bilan
harakterlanadi:
tashqi qarziy manbalardan moliyaviy mustaqillik;
moliyaviy resurslardan erkin va samarali foydalanish borasida XYUSning
qobiliyati;
xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan o‘z mablag‘lari
summalarining XYUSda barqaror mavjudligi.
Moliyaviy barqarorlik mazmunining asosida XYUS moliyaviy resurslarini
samarali shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish yotadi. Moliyaviy
barqarorlikning tahlili tahlil davri mobaynida XYUS o‘zining moliyaviy
resurslarini quyidagi vazifalarni yechish uchun qanchalik to‘g‘ri boshqarganligini
aniqlashga imkon beradi:
talab mahsulotiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini
ta’minlash;
mahsulot realizatsiya qilinishining uzluksizligini yo‘lga qo‘yish;
innovatsion asosda ishlab chiqarish bazasini kengaytirish va yangilash.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun XYUSning faoliyati to‘g‘risida
to‘liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lmoq lozim. Bunda moliyaviy resurslar
holatining bozor talablariga muvofiq kelishi va XYUS taraqqiyotining
ehtiyojlariga javob berishi muhim hisoblanadi.
XYUSlarning moliyaviy barqarorligiga xilma-xil bo‘lgan juda ko‘plab
omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ular, odatda, quyidagi belgilariga ko‘ra
klassifikatsiya qilinadi:
vujudga kelish joyiga qarab;
natijasining muhimligiga ko‘ra;
tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha;
harakat etish davriga muvofiq.
Vujudga kelish joyiga qarab XYUSlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhga bo‘linadi:
ichki;
tashqi.
Natijasining muhimligiga ko‘ra moliyaviy barqarorlikka o‘z ta’sirini
ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdan tashkil topadi:
asosiy omillar;
ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan omillar.
Tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha XYUSlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdagi omillardan tarkib topadi:
oddiy;
murakkab.
Harakat etish davriga muvofiq moliyaviy barqarorlikka o‘z ta’sirini
ko‘rsatuvchi omillarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
doimiy;
vaqtinchalik.
Yuqoridagilarning orasida eng muhimi omillarning tashqi va ichki guruhi
hisoblanib, u omillarning namoyon bo‘lishiga, miqdoriy va sifat mazmuniga u
yoki bu darajada XYUSning bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini aniq aniqlab
beradi.
XYUSlarning moliyaviy barqarorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi asosiy ichki
omillarga quyidagilar kiradi:
moliyaviy resurslarning tarkibi va tarkibiy tuzilmasi, ularni boshqarishning
taktikasi va strategiyasi;
XYUS mol-mulkining tarkibi va tarkibiy tuzilmasi;
ishlab chiqarish chiqimlarining tarkibi va tarkibiy tuzilmasi, ularni
qisqartirish imkoniyatlari;
ishlab chiqariladigan mahsulotning to‘lovga layoqatli bozor talabiga
muvofiqligi;
XYUSning qaysi tarmoqqa mansubligi va boshqalar.
Bu omillarning ta’sirini baholash menejerlarning kasbiy mahoratiga, ularning
kompetentligiga, ularning ichki va tashqi muhitdagi o‘zgarishlar va o‘zaro
bog‘liqlikni hisobga olish qobiliyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi tashqi omillarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
xo‘jalik yuritishning iqtisodiy sharoitlari ta’siri;
davlatning soliq va kredit siyosati;
iste’molchilarning to‘lovga layoqatli talabi va daromadlarining darajasi;
jamiyatda texnika taraqqiyoti, texnika va texnologiyalarning umumiy
darajasi;
tashqi iqtisodiy aloqalarning darajasi;
XYUS faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha qonunchilik aktlari;
va boshqalar.
XYUSning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga bog‘liq
ravishda u quyidagilarga bo‘linishi mumkin:
ichki barqarorlik;
tashqi barqarorlik;
umumiy barqarorlik.
Ichki barqarorlik XYUSning shunday moliyaviy holatidirki, unda faoliyat
ko‘rsatishning barqaror yuqori natijasi, eng birinchi navbatda, ichki omillarning
faollashtirilishi hisobidan ta’minlanadi.
O‘z navbatida, tashqi barqarorlik
XYUSning shunday moliyaviy
holatidirki, u doirasida XYUS faoliyat ko‘rsatadigan iqtisodiy muhitning
barqarorligi bilan belgilanadi. Bunday barqarorlik butun mamlakat masshtabida
rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida erishiladi.
Va nihoyat, umumiy barqarorlik XYUSning shunday moliyaviy holatidirki,
unda ichki va tashqi omillarning o‘zaro ta’sirchanligini faollashtirish hisobidan
mablag‘lar tushumining ularning harajat qilinishidan ortiqchaligi ta’minlanadi.
2-savol bayoni. O‘z aylanma mablag‘lari, zaxiralar va harajatlarni
shakllantirishning boshqa manbalari ko‘rsatkichlarining nisbatiga va zaxiralarning
o‘lchamiga bog‘liq ravishda XYUSlar moliyaviy barqarorligining quyidagi
tiplarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
- absolyut moliyaviy barqarorlik;
- sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorlik;
- nobarqaror moliyaviy ahvol;
- krizisli moliyaviy holat.
Absolyut moliyaviy barqarorlikning asosiy sharti noto‘lovlar va ular kelib
chiqish sabablarining mavjud emasligidir.
Sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorlik ichki va tashqi moliyaviy
intizomning buzilmasligini taqozo etadi.
Nobarqaror moliyaviy ahvol moliyaviy intizomning buzilishi (mehnat haqini
to‘lashdagi kechikishlar, vaqtincha bo‘sh turgan o‘z mablag‘lari, rezerv fondlari va
boshqa fondlardan foydalanish), hisob-kitob schyotiga pul mablag‘larining
uzilishlar bilan tushishi, rentabellikning nobarqarorligi, moliyaviy rejaning,
jumladan, foyda bo‘yicha rejaning bajarilmasligi va h.k.lar bilan harakterlanadi.
Krizisli moliyaviy holat quyidagi bir necha darajalarga ega:
birinchi daraja (I): muddati o‘tkazib yuborilgan bank ssudalarining
mavjudligi;
ikkinchi daraja (II): I + tovarlar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilarga muddati
o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikning mavjudligi;
uchinchi daraja (III): III + byudjetga nisbatan boqimandalarning mavjudligi.
Krizisli moliyaviy holatda zaxiralar va harajatlar ularni shakllantirish
manbalari bilan ta’minlanmaydi va bu narsa XYUS va bankrotlik ostonasidagi
chuqur krizis to‘g‘risida xulosa chiqarishga asos bo‘ladi. Bunday vaziyatda pul
mablag‘lari, qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar va debitorlik qarzlari uning
kreditorlik qarzlarini va muddati o‘tkazilgan ssudalarni qoplamaydi. XYUS ning
moliyaviy holati kompleks tushuncha bo‘lib, uning xo‘jalik va tijoriy faoliyati
jarayonida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar barcha elementlarining
o‘zaro ta’sirchanligini aks ettiradi.
3-savol bayoni. Moliyaviy barqarorlikning tahlili absolyut va nisbiy
ko‘rsatkichlar – moliyaviy koeffitsiyentlar – yordamida amalga oshirilishi
mumkin.
ХЮСнинг молиявий
барқарорлигининг асосий
элементлари
Молиявий ресурслар билан
етарлича таъминланиш
Турли шароитларда МБни узоқ
вақт сақлаб қолиниши
Кредитга лаёқатлилик, тўловга
лаёқатлилик
актив ва пассивлар, даромад ва
хъаражатлар, пул оқимларининг
баланслаштирилганлиги
Moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblash uchun informatsion baza sifatida
buxgalteriya hisoboti xizmat qiladi. Bu koeffitsiyentlar balans tuzilgan sanada
hisoblanadi va dinamik ko‘rinishda qarab chiqilishi mumkin.
Eng umumiy ko‘rinishda XYUSning moliyaviy barqarorligini quyidagi
ko‘rsatkichlar harakterlaydi:
avtonomlik koeffitsiyenti;
qarziy kapitalning konsentratsiyalashuvi koeffitsiyenti;
qarziy va o‘z mablag‘larining nisbati koeffitsiyenti.
Avtonomlik koeffitsiyenti
XYUSning barcha mulkiga qo‘yilgan
(joylashtirilgan) o‘z mablag‘larining barcha mablag‘larning umumiy summasidagi
hissasi (salmog‘i)ni ko‘rsatadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash
mumkin:
K a = O‘ k : B b
Bu yerda:
K a - avtonomlik koeffitsiyenti;
O‘ k - o‘z kapitali (“Kapital va rezervlar” deb nomlanuvchi balans Sh
bo‘limining jami;
B b - balans jami (o‘z va qarziy kapital yig‘indisi, ya’ni moliyalashtirishning
umumiy summasi).
XYUSning moliyaviy ahvoli avtonomlik koeffitsiyentining darajasi 0,5dan
kichik bo‘lmagan holda barqaror deb hisoblanadi. Bu XYUSning yarim mulki
uning o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanganligini anglatadi. Avtonomlik
koeffitsiyentining o‘sishi moliyaviy barqarorlikning oshganligidan dalolat beradi.
Qarziy kapitalning konsentratsiyalashuvi koeffitsiyenti qarzning kapital
umumiy summasidagi salmog‘ini aniqlab beradi va uni formula yordamida
quyidagicha ifodalash mumkin: