KORXONANING AYLANMA MABLAG‘LARI
1. Korxonaning aylanma mablag‘lari tushunchasi, tasnifi, tarkibi
2. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari
3. Aylanma mablag‘larini me’yorlashtirish. Aylanma mablag‘larini
aylanishini tezlashtirish.
1. Korxonaning aylanma mablag‘lari tushunchasi, tasnifi, tarkibi
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari va ish
kuchidan tashqari, aylanma mablag῾larga ham ega bo‘lishlari zarur. Aylanma
mablag῾lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil
qilishga mo‘ljallangan pul mablag῾laridan iborat. Aylanma mablag῾lar korxonaning
hisob raqamida naqd pul ko‘rinishida jamg῾ariladi. Aylanma mablag῾lar ishlab
chiqarish va uning uzluksizligini ta῾minlashning moddiy asosi hisoblanadi.
Korxonaning aylanma mablag῾lari aylanma fondlar va muomala
fondlariga taqsimlanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona ishlab chiqarish omillarining bir
qismi bo‘lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini
o‘zgartirib, o‘z qiymatini to‘lig῾ligicha tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga
o‘tkazadi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining majburiy
elementi ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi hisoblanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari uch guruhga bo‘linadi:
ishlab chiqarish zaxiralari;
tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar;
kelgusi davr xarajatlari.
Ishlab chiqarish zaxiralari - ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishi uchun
zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar,
yoqilg῾i, xarid qilinuvchi yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar, qadoqlash va
o‘rov materiallari, ehtiyot qismlar, yoqilg῾i-moylash materiallaridan iborat mehnat
predmetlari.
Xom ashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma῾lum darajada
mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir qadar o‘zgargan mehnat buyumiga
aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat
hosil qiladi
Xom ashyo resurslarini xom ashyodan farq qilmoq kerak. Xom ashyo
resurslariga mamlakatdagi foydali qazilma konlari, o‘rmon maydonlari, uy
hayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chiqarilgan yoki ishlab
chiqarish uchun mehnat sarflangandagina (Mehnat vositasi yordamida ovlangan
hayvonlar, qazib olingan ma῾danlar, kesilgan daraxtlar va boshqalar) xom ashyoga
aylanishi mumkin.
Tugallanmagan ishlab chiqarish - ishlab chiqarish jarayoniga kirgan turli
bosqichlarni o‘tayotgan hali to‘liq mahsulot holiga kelmagan materiallar.
Yarim tayyor mahsulotlar - texnologiya jarayonlarining ayrim bosqichlarini
o‘tgan, lekin tayyor mahsulotga aylanishi uchun keyingi bitta yoki bir nechta ishlov
berish va yig῾ish bosqichlarini talab qiluvchi mehnat buyumlari.
Kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi
mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash xarajatlari
(asbob-uskunalarni
qayta
rejalashtirish,
mahsulotlarning
yangi
turlarini
tayyorlashga sarflanuvchi xarajatlaryangi turdagi mahsulotlarni loyihalash,
tayyorlash va o‘zlashtirish, mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash xonalarini
ijaraga olish).
Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot zaxirasini yaratish uchun
mo‘ljallangan pul mablag῾lari, chek va veksellar, aksiyadorlarning qarzlari, turli xil
debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi mablag῾lardan iborat
bo‘ladi. Muomala fondlari va aylanma fondlari birgalikda korxonaning aylanma
mablag῾larini tashkil qiladi.
Aylanma mablag῾lardan quyidagi hollarda foydalaniladi:
xom ashyo, material, ehtiyot qismlar hamda ishlab chiqarishni tashkil
qilishda, zarur bo‘lgan mehnat predmetlari sotib olishda;
ishlab chiqarish jarayonida iste῾mol qilinuvchi elektr energiyasi, yoqilg῾i kabi
resurslar uchun haq to‘lashda;
korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish davrida oylik ish haqi to‘lanishi;
soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashda.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari aylanma mablag῾larning eng faol qismi
bo‘lsa, muomala fondlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi
hamda yangi iste῾mol qiymatini yaratmaydi. Aylanma mablag῾lar doimo aylanishda
bo‘lishi zarur, ularning samaradorligi va korxona iqtisodiga ta῾siri shunda ko‘zga
tashlanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari tarkibiy qismlari yoki elementlari
o‘rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi o‘zaro munosabatlar aylanma ishlab chiqarish
fondlarining tuzilmasini tashkil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va
muomala fondlari o‘rtasidagi foizlardagi munosabatlar korxona aylanma
mablag῾larining tuzilmasi deb ataladi.
Aylanma mablag῾larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu
jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi.
aylanma mablag῾lar pul shaklidan tovar zaxiralariga aylanadi (P - T);
ishlab chiqarish, ya῾ni mahsulotni tayyorlash jarayoni ( T );
tovar sotiladi va yana pul shaklini oladi ( T - P) .
Aylanma mablag῾lar shakllanish manbaiga ko‘ra xususiy va qarz
mablag῾larga bo‘linadi.
Xususiy aylanma mablag῾lar doimo korxona ixtiyorida bo‘lib, xususiy
resurslar, foyda hisobiga shakllanadi (ish haqi bo‘yicha qarzlar, ta῾minotchilar yoki
hamkorlar qarzlari, buyurtmachilar to‘lagan pullar). Bu mablag῾lar xususiy
mablag῾larga tenglashtirilgan mablag῾lar yoki korxonaning barqaror passivlari deb
ataladi.
Qarzga olingan aylanma mablag῾lar doimo harakatda bo‘lmaydi hamda
korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan
ta῾minlash, mahsulot ishlab chiqarishni oshirish, vaqtinchalik ehtiyojlarni qoplash
uchun foydalaniladi (bank kreditlari, kreditorlik qarzlari).
3.2.Aylanma mablag῾lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari:
aylanish koeffitsiyenti;
yuklanish koeffitsiyenti;
bir marta aylanish davomiyligi.
Aylanish koeffitsiyenti aylanma mablag῾larning ma῾lum bir vaqt davomida
amalga oshiruvchi aylanishini ifodalaydi yoki aylanma mablag῾larning har bir
so‘miga to‘g῾ri keluvchi sotilgan mahsulotlarni ko‘rsatadi.
a
m
a
Q
K S
bu yerda:
Ka – aylanish koeffisiyenti
Sm - sotilgan mahsulot hajmi, so‘m;
Qa- aylanma mablag῾larning o‘rtacha qoldiq hajmi, so‘m.
Korxonaning bir yil mobaynida sotilgan mahsulotlari hajmi 1000000 so‘mni
tashkil qiladi. Aylanma mablag῾lar me῾yori 250000 so‘m, aylanish koeffitsiyenti
Ka = 4.
Aylanma mablag῾larning yuklanish koeffitsiyenti sotilgan har 1 so‘m
mahsulotga sarflangan aylanma mabalg῾ni ifodalaydi.
m
q
yu
S
Q
K
Bir marta aylanish davomiyligi kunlarda o‘lchanadi hamda shu davrdagi
kunlar sonini aylanish koeffitsiyentiga nisbati orqali hisoblanadi.
Ka
T K
bu yerda:
K - kunlar soni (360, 90).
3. Aylanma mablag‘larini me’yorlashtirish. Aylanma mablag‘larini
aylanishini tezlashtirish.
Aylanma mablag῾lar me῾yorlashtiriluvchi va me῾yorlashtirilmaydigan
turlarga bo‘linadi.
Me῾yorlashtiriluvchi aylanma mablag῾lar- korxona omborlaridagi ishlab
chiqarish zaxiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg῾i), tugallanmagan ishlab
chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va tayyor mahsulotlar.
Me῾yorlashtirilmaydigan aylanma mablag῾lar - xaridorga berib yuborilgan
tayyor mahsulotlar, hisob raqamidagi pul mablag῾lari.
Aylanma mablag῾larni me῾yorlashtirish korxonaning uzluksiz ishlashini
ta῾minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli
zaxiralarini shakillantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag῾larini aniqlashda
ifodalanadi. Aylanma mablag῾larning me῾yoriyi quyidаgi fоrmulа bilаn hisоblаnаdi:
k d x
t m
t ich
ich z
ay m
N
N
N
N
N
. .
.
.
.
.
.
bu yerda:
Nich.z - ishlab chiqarish zaxiralari;
Nt.ich - tugallanmagan ishlab chiqarish;
Nt.m - tayyor mahsulot;
Nk.d.x. – kelgusi davr xarajatlari.
Aylanma mablag῾larni me῾yorlashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni sarflash
me῾yorlarini belgilashda quyidagi tamoillarga amal qilish lozim:
me῾yorlarning progressivligi va dinamikligi;
me῾yorning iqtisodiy va ishlab chiqarish-texnikaviy jihatdan asoslanganligi;
xom ashyo, material, yoqilg῾i, elektr energiyasi va boshqa resurslar
o‘lchamini to‘g῾ri tanlash;
chiqit va yo‘qotishlarning oldini olish;
eskirgan me῾yorlarni qayta ko‘rib chiqish hamda ularni fan-texnika
taraqqiyoti yutuqlariga mos holga keltirish.
Resurslarni me῾yorlashtirishda bir nechta usullar qo‘llaniladi:
o‘tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to‘g῾risidagi hisobot
ma῾lumotlarini o‘rganish hamda bir necha yillar davomida ro‘y bergan pasayishlarni
hisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli;
laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan hamda instrumentlar va
yordamchi materiallar sarflanishi me῾yorini aniqlashda qo‘llanuvchi labaratoriya-
texnikaviy usul;
yuzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashqari boshqa korxonalarning
ilg῾or tajribalari va yutuqlarini ham hisobga olish imkonini beruvchi, moddiy