Korxonaning innovasion faoliyati
Reja:
1. Korxonalarda innovatsiya faoliyati va innovatsiya. Korxonada innovatsion
faoliyatni tashkil qilish usullari
2. Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari.
Innovatsion loyihalarni baholash
1. Korxonalarda innovatsiya faoliyati va innovatsiya. Korxonada innovatsion
faoliyatni tashkil qilish usullari
Korxonalarga innovatsion jarayonlar asosida kiritilayotgan yangiliklar
ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, farovonlik o‘sishiga,
hayot sifati va ta’lim darajasi yaxshilanishiga ko‘maklashib, ijobiy innovatsion
muhitni shakllantiradi. SHu tariqa mamlakatning innovatsion salohiyatini
yuksaltiradi. Diyorimizda sanoat korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish yuqori
innovatsion tarkibiy qismlarga ega ishlab chiqarishlar va mahsulotlar salmog‘ini
ko‘paytirish maqsadini ko‘zlaydi. Rivojlanishning bu yo‘nalishi jadal o‘sish hamda
sanoat
mahsulotlari
va
xizmatlari
raqobatbardoshligini
ta’minlashning
mustahkam negizini tashkil qiladi.
Innovatsiya so‘zining ma’nosi ingliz tilidagi “INNOVATION” so‘zidan
olingan bo‘lib yangilik va yangilik kiritish deganini bildiradi. Bu yangilik zamirida
yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim. YAngilikni
bozorga kiritish jarayonini tijoratlashish jarayoni deb atash lozim. YAngilikning
paydo bo‘lishi va uni xayotga tatbiq etilishi oralig‘idagi vaqt innovatsion loyihasi
deb ataladi. Kunlik amaliyotda odtada, yangiliklar, yangilik kiritish, innovatsiya
tushunchalarini o‘xshatish ko‘p uchraydi. Qachonki xar qanday kashfiyotlar, yangi
voqealar xizmatlar va metodlar xillari tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish)
o‘shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi.
Yangiliklar bozori (novatsiyalar). Bozorni asosiy maxsuloti bo‘lib,
intellektual faoliyatning ilmiy va ilmiy texnikaviy, natijaviy produtki xisoblanadi.
Unga avtorlik va shunga o‘xshash xuquqlar (bu xuquqlar xalqaro, respublika,
korperativ va boshqa qonuniy, me’yoriy aktlar ta’sir doirasida bo‘ladi) taalluqlidir.
Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim avstriyalik
iqtisodchi Y.A.SHumpeter hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha ko‘ra aynan ushbu
olim birinchi bor innovatsiya tushunchasini ilmiy asoslab bergan. Y.A.SHumpeter
ilgari surgan g‘oyaga ko‘ra, joriy etilgan har qanday yangi texnik qaror, texnologiya,
ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi bozorlarning tarkib topishi, xomashyolar
manbai innovatsiya hisoblanadi.
Y.A.Shumpeter birinchilardan bo‘lib, iqtisodiy fanga ishlab chiqarish
omillari sifatida “yangi kombinatsiya” tushunchasini kiritdi va uning tavsifnomasini
berdi. Unga quyidagilar kiradi:
-
iste’molchilarga ma’lum bo‘lmagan moddiy ne’matni yaratish yoki
yangi u yoki bu ne’matni ishlab chiqish;
-
tegishli tarmoqga yangi hali ma’lum bo‘lmagan ishlab chiqarish usulini
joriy etish (uning asosini ilmiy yangi kashfiyot usulidan foydalanib yaratilgan tovar
tashkil etadi);
-
bozorning avval mavjudligi va mavjud emasligidan qat’iy nazar tegishli
tarmoqda mutlaqo yangi sotish bozorini o‘zlashtirish;
-
yangi xomashyo yoki yarim fabrikat manbalarini topish (ushbu manba
oldin ma’lum bo‘lishi yoki uni yaratish imkoni bo‘lishidan qat’iy nazar);
-
boshqa korxonalarning monopol holatiga qarshi kurashish uchun
korxonani tarkibiy qayta tuzish.
Iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi ilmiy-texnik taraqqiyot
(ITT), ya’ni minimal xarajatlar qilib, ijtimoiy ehtiyojni qondirishning yangi
manbalarini topishga yo‘naltirilgan innovatsion to‘xtovsiz jarayon hisoblanadi.
Korxonaning barqaror rivojlanishi va strategik faoliyati innovatsiyaga
qaratilmog‘i lozim. Aks holda korxona nafaqat tashqi bozorda balki ichki bozorda
ham o‘zining raqobatbardoshlik qobiliyatini saqlab qola olmaydi.
Korxonalarning innovatsion yo‘nalishlari quyidagilar bo‘lishi lozim:
-
innovatsion
jarayonlarni
boshqarishning
yangi
usullari
va
yondoshuvlari asosida innovatsiyani joriy etish mexanizmlarini takomillashtirib
borish;
-
iqtisodiyotning muhim tarmoqlari va korxonalarini rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlariga qaratilgan loyihalar uchun katta hajmdagi investitsiyalarni
jalb qilish va yangi mahsulotlarni yaratish;
-
innovatsiya davrining barcha bosqichlari bo‘yicha ishlab chiqarish –
tadbirkorlik faoliyatini jadallashtirish;
-
korxonalarning
barcha
ishlab
chiqarish
tadbirkorlik
faoliyati
yo‘nalishlarida axborot texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanish.
Innovation so‘zi inglizcha bo‘lib, yangilikning kiritilishi degan ma’noni
anglatadi.
Iqtisodiy
adabiyotlarda
I.A.SHumpeter
tomonidan
berilgan
konsepsiyasiga asoslanadi:
- innovatsiya – uning tadbirkorlik faoliyatida ilk bor qo‘llanilish;
- diffuziya – innovatsiyaning keng tarqalishi.
Xalqaro amaliyotda innovatsiya:
-
birinchidan ilmiy-texnik natijasi;
-
ikkinchidan yangi usullar, tashkiliy-boshqaruv shakllari, texnologiya,
texnikani yaratish va uni joriy etish;
uchinchidan, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini tashkil etish
tushuniladi.
Yangiliklar bozori
1-rasm. Innovatsiya faoliyati sohalari
Texnik-texnologik innovatsiya – iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash
uchun xizmat qiladi:
-
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish (ishlab chiqarish xarajatlarini
kamaytirish va mahsulot sifatini oshirish hisobiga);
-
tijorat nuqtai nazaridan an’anaviy texnologiya asosida olish mumkin
bo‘lmagan yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish imkoniyati tufayli;
-
tijorat nuqtai nazaridan istiqbolda an’anaviy texnologiyalar asosida
o‘zlashtirish imkoni bo‘lmagan uglevodorod zahiralarini aniqlash imkoniyatini
mavjudligi.
Innovatsiya uchta asosiy fuksiyasini bajaradi: qayta ishlab chiqarish,
investitsiya, rag‘batlantirish.
Bu uch komponent innovatsiya faoliyatining asosini tashkil etadi.
Innovatsiya deganda keng ma’noda yangiliklarning rentabellik (foydalilik)
darajasini oshirish uchun yangi texnologiyani qo‘llash, yangi mahsulot ishlab
chiqish yoki xizmat ko‘rsatish, tashkiliy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni
ishlab chiqish, tijorat, boshqarish va boshqa sohalarda qo‘llanishini tushunamiz.
YAngilik to‘g‘risidagi g‘oyaning paydo bo‘lishi va yaratilishi hayotga
tadbiq etilib keng tarqalishi, innovatsiya hayot davri deb ataladi. Olib boriladigan
ishlarning izchilligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi innovatsiya jarayoni
deb ataladi.
Sof raqobat bozori
Innovatsiyia
infraktruktarasi
Mahsulot sifatining kompleks tizimini boshqarish metodologiyasi, mahsulot
hayot davrining bosqichini tavsiya etadi:
Tadqiqot va ishlab chiqarish;
Tayyorlash;
Muomalaga chiqarish va sotish;
Ekspluatatsiya qilish va istemol.
Xalqaro amaliyot (ISO 0 004) talablariga mos ravishda mahsulotlar hayot
davri kichik bosqichlarga bo‘linadi:
1. Marketing, izlanish va bozorni o‘rganish;
2. Loyihalash va texnologik talablar;
3. Mahsulotni ishlab chiqish;
4. Moddiy texnika ta’minoti;
5. Ishlab chiqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tayyorlash;
6. Ishlab chiqarish;
7. Nazorat va sinovdan o‘tkazish;
8. Montaj qilish va ekspluatatsiya;
9. Texnik yordam va xizmat ko‘rsatish;
10.
Foydalangandan keyin mahsulotni chiqindiga chiqarish.
Korxonaning innovatsiya salohiyati – moliyaviy, kadrlar, axborotlar,
moddiy-texnik resurslar, tegishli xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar
majmuini tashkil etadi. Innovatsiya salohiyati korxonadagi resurslarning
mavjudligi va qo‘yilgan vazifa hamda innovatsiyani joriy etish uchun uning
tayyorgarligi va qobiliyatini aniqlab beradi. Innovatsiya salohiyati korxonaning
ishlab chiqarish, iqtisodiy va marketing imkoniyatlarini o‘zida namoyon etadi.
Innovatsiya salohiyati korxonaning strategik maqsadlari bilan uzviy bog‘liq
bo‘lib, ishlab chiqarish, texnologik va tashkiliy boshqaruv o‘zgarishlarga oid dastur
va loyihalarni amalga oshirishga qay darajada tayyorgarligini ham ko‘rsatadi.
Bu o‘z navbatida yangiliklarni ishlab chiqarishda keng tarqalishiga,
an’anaviy texnologiyalar o‘rnini yangilari egallash darajasiga, yangi mahsulotlar
yaratish turlariga bog‘liq. Innovatsiya salohiyati korxonaning loyihalarda ishtirok
etishi va uning strategik imkoniyatlari darajasini ham o‘zida ifoda etadi.
Innovatsiya salohiyatini oqilona tarkibi korxonaning tijorat strategiyasini
ishlab chiqish bosqichida aniqlanadi. YUqori rahbariyat tomonidan tegishli
tayyorgarlik va kelishilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda quyidagilar hisobga
olinadi:
-
korxona
faoliyatining
yo‘nalishlari
bo‘yicha
innovatsion
jarayonlarning muhim indikatorlari;
-
texnologik va bozor talablarini hisobga olgan holda innovatsiyani
kompleks baholash tizimi, ya’ni mahsulot va korxona raqobatbardoshligini, ishlab
chiqarish samaradorligini ta’minlash.
Tajribalar shundan dalolat beradiki korxonalarning yirik xalqaro loyihalarda
ishtiroki, ularning innovatsion salohiyatini belgilab beradi.
Davlatning ilmiy va innovatsiya faoliyatiga faol aralashuvi ko‘yidagi
yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
davlatning innovatsiya soxasi infrastrukturasini yaratish va ilmiy-
texnik aloka takliflarini kiritish;
innovatsiya soxasida barcha tashkilotchilarning innovatsiya faolligini
oshirishga yordam beruvchi sharoit yaratish;
xo‘jalik
amaliyotida
keng
tarkalgan
yangilikka
talabni
shakllantirishning boshlang‘ich bosqichi uchun davlat resurslari ajratilishi.
Ilmiy-tadqiqot natijalarini realizatsiya qilish natijasida olgan foydadan
imtiyozli solik olish;
Ilmiy tadqiqotlar ixtiyorida bo‘lgan yordamchi va boshqa mulkdan
solik olishni bekor qilish;
Ilmiy ish olib borish uchun xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan
buyumlar uchun to‘lovlardan ozod qilish;
Individual ixtirochilar va kichik joriy etish korxonalari uchun foizsiz
kreditlar berish;
Imtiyozli soliklar imkoniyati bo‘lgan venchur innovatsiya foydani
yaratish;
Individual ixtirochilar uchun davlat patent to‘lovini kamaytirish;
Resurslarni iktisod kiluvchi ixtirochilar uchun to‘lov muddatini
kechiktirish;
Uskunalarni amortizatsiyasini tezlashtirish xuquqini berish;
Texnopark va texnopolis tarmoqlarini yaratish.
Ilmiy va innovatsiya soxasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga
ko‘yidagilar kiradi:
ilmiy va ilmiy-texnik ijodkorlik;
intellektual mulkni xuquqiy ximoya qilish;
ilmiy, ilmiy-texnik va ta’limning integratsiyasi;
ilmiy va texnika soxasidagi raqobatni ko‘llab-quvvatlash;
ilmiy
rivojning
ustivor
yo‘nalishlari
bo‘yicha
resurslarni
konsentratsiyalash;
ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsiya faoliyatining tadbirlar faolligini
moddiy rag‘batlantirish;
xalqaro ilmiy xamkorlikni rivojlantirish.
Davlat organlarining funksiyalari. Davlat organlarining innovatsion
soxadagi asosiy funksiyalari kuyidagilar xisoblanadi:
tadqiqot va ishlab chiqarishga mablag‘larni yo‘naltirish;
innovatsion faoliyatni muvofiklashtirish;
innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish va mazkur soxada raqobatni
kuchaytirish;
innovatsion xavf-xatarni sug‘urta qilish;
zaxiralarni o‘zlashtirish va maxsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha
majburiyatlarni bajarilmaganligi uchun davlat sanksiyalarini joriy etish;
innovatsion jarayonlarni boshqarishning xuquqiy asosini yaratish,
xususan mualliflik xuquqi va intellektual mulkni ximoya qilish;
innovatsion faoliyatni kadrlar bilan ta’minlash;
innovatsion jarayonning institutsional ta’minoti;
innovatsiyaning ijtimoiy va ekologik yo‘nalishi;
innovatsion faoliyatning ijtimoiy statusini oshirish;
innovatsion jarayonlarni mintakaviy tartibga solish;
innovatsion jarayonlarning xalqaro yo‘nalishlarini tartibga solish.
Davlatning ta’sir etish usullari. Davlatning korxonalar innovatsion
faoliyatiga ta’siri ikkita, ya’ni ma’muriy va iqtisodiy (bevosita va bilvosita) usullari
orqali amalga oshiriladi. Ma’muriy usul - ma’lum faoliyat turini cheklash yoki uni
rivojlantirishga karatilgan qonuniy asosga tayangan bo‘ladi. Bu standartlash va
patent siyosatini xuquqiy me’yorlashdir. Bular xammasi xo‘jalik sub’ektlari
faoliyatida yangiliklarga monopoliyani saqlab kolish va tovar ishlab chiqaruvchilar
maxsulotlari sifatini yaxshilash va turlarini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘ladi.
Innovatsion faoliyatni tartibga solishning eng ta’sirchan usullaridan biri
iqtisodiy usul xisoblanadi. Ushbu usul tovar maxsulotlarini ishlab chiqishda
motivatsiya omiliga tayanadi.
Bevosita iqtisodiy usullar. Ularga kuyidagilar kiradi: moliyalashtirishga
yo‘naltirilgan investitsiya (maqsadli, predmetli mo‘ljalga, muammo echimini
topishga yo‘naltirilgan); lizing; fond operatsiyalari; rejalashtirish va dasturlash;
davlat tadbirkorligi.
Bilvosita iqtisodiy usullar. Davlatning innovatsion siyosatidagi iqtisodiy
usullari asosan bilvosita iqtisodiy tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bunga
innovatsion resurslarni olish imkoniyatiga ega bo‘lish va ularning tarkibi va baxosi,
innovatsion xavf-xatarni yumshatish okibatlari kiradi. Eng ko‘prok ko‘llaniladigan
usullar kredit va solik siyosati xisoblanadi. Kredit siyosati yangiliklarni
moliyalashtirishga yo‘naltirilayotgan moliyaviy resurslar xajmini tartibga soladi.
2. Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari.
Innovatsion loyihalarni baholash
Iqtisodiyotga loyihalarni boshqarishning nisbatan yangi konsepsiyasi
(Project Management) jadal ravishda kirib kelmoqda. Bu konsepsiyaning asosini
loyihasiga har qanday tizimning vaqt va mablag‘lar sarflanishi bilan bog‘liq
dastlabki holatini o‘lchashga qarash tashkil qiladi. Oldindan ishlab chiqilgan
dasturlar bo‘yicha byudjet va vaqtli chegaralashlar doirasida amalga oshirilgan bu
o‘zgarishlar jarayoni esa – loyihalarni boshqarishdir. Hozirgi vaqtga kelib
loyihalarni boshqarish barcha sanoati rivojlangan va yangi sanoatli mamlakatlarda
investitsion faoliyat metodologiyasi tomonidan tan olingan. Mamlakatimiz
amaliyotida bu konsepsiya dasturiy – maqsadiy dasturlar (DMD)ni qo‘llanilishida
o‘z aksini topgan.
“Innovatsion loyiha” tushunchasi quyidagicha ko‘rib chiqilishi
mumkin:
innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarish shakli;
innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni;
hujjatlar majmuasi.
Innovatsion loyiha innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarishni shakli
sifatida fan va texnikani ustuvor yo‘naltirilgan rivojlantirishning aniq maqsadlari
(vazifalari)ga erishishga qaratilgan tadbirlarning resurslar, muddatlar va ijrochilar
bo‘yicha o‘zaro asoslangan va o‘zaro bog‘langan murakkab tizimidan iboratdir.
Innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni sifatida – bu innovatsiyalarga olib
keluvchi ilmiy, texnologik, ishlab chiqarish, tashkiliy, moliyaviy va tijorat
tadbirlarini belgilangan izchillikda bajariladigan majmuasidir.
SHuning bilan bir vaqtda innovatsion loyiha – bu loyiha maqsadlarini
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnik, tashkiliy, rejaviy va hisoblash –
moliyaviy hujjatlarning yig‘indisidir.
Bu uchta nuqta nazarlarni hisobga olish bilan, quyidagi ta’rifni berish
mumkin: innovatsion loyiha – bu masofa va vaqtda muammolarni hal qilish,
innovatsion jarayonlarni tashkil qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan maqsadlar va
tadbirlarni belgilab beruvchi hujjatlarining yig‘indisidir. Maqsadlar va tadbirlarni
ilmiy asoslanishiga menejmentga ilmiy yondashishlarga rioya qilish, zamonaviy
usullarni qo‘llash yo‘li bilan erishiladi.
Innovatsion loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik loyiha
rahbari (loyiha menejeri) va ilmiy texnik kengashi (ITK) tomonidan amalga
oshiriladi. ITK tarkibiga ilmiy – texnik echimlarni tanlash, ular amalga oshirish
darajasi, loyihaviy maqsadlarga erishish uchun zarur talbirlarning to‘liqligi va
butligi uchun javobgarlikka ega, ijrochilarni tanlov asosida tanlash va olingan
natijalarning ekspertizasini tashkil qiluvchi loyihaning tematik yo‘nalishlari
bo‘yicha etakchi mutaxassislar kiradilar.
Loyiha rahbari – yuridik shaxslar, unga buyurmachi loyiha: rejalashtirish,
loyiha ishtirokchilari ishlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarga
rahbarlik qilish vakolatlarini topshiradi. Loyiha rahbari vakolatlarining aniq tarkibi
buyurtmachi bilan shartnoma tomonidan belgilanadi. Loyiha jamoasi – loyiha
rahbari tomonidan boshqariladigan va loyihani amalga oshirish davrida rejaviy
ko‘rsatkichlarga o‘z vaqtida erishish maqsadida tashkil qilinadigan o‘ziga xos
tashkiliy tuzilmadir.
Loyiha jamoasining tarkibi va vazifalari loyihaning ko‘lamlari murakkabligi
va boshqa ta’riflariga bog‘liqdir. O‘z vazifalarining bir qismini bajarish uchun ishlab
chiquvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilishi mumkin. Loyihani qo‘llab
quvvatlovchilarga innovatsion markazlar, dasturlar va loyihalarni qo‘llab
quvvatlovchi fondlar, konsalting firmalari, mustaqil ekspertiza tashkilotlari, patent-
litsenziya firmalari, auditorlik firmalari, ko‘rgazma markazlari va h.k kiradilar.
Innovatsiya loyihasi ikki ma’noda ishlatiladi.
Ma’lum maqsadga erishish yo‘lida tadbirni, faoliyatni, ishni va harakatlar
majmuini amalga oshirish.
Qandaydir harakatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hisob moliya
hujjatlar va tashkiliy-huquqiy tizim.
Loyihani yaratish va realizatsiya qilish qo‘yidagi bosqichlardan iborat
(12.1.chizma):
Innovatsiya g‘oyasining paydo bo‘lishi.
Innovatsiya imkoniyatlarini tadqiqot qilish.
Loyihani tashkiliy ishlar Assotsiatsiyasi.
Bitim hujjatlarini tayyorlash.
Qurilish-montaj ishlarini olib borish.
Ob’ektni ekspluatatsiya qilish va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning monitoringi
1-Bosqich – investitsiya g‘oyasining shakllanishi deganda, biz o‘ylagan
rejaning harakatga kelishini tushunamiz. Bu bosqichda investitsiya sub’ekti va
ob’ektini aniqlash, uning shakli va manbalarini (g‘oyani ishlab chiqaruvchining ish
mo‘ljalidan qat’iy nazar) aniqlash zarur bo‘ladi.
Investsiya
g`oyalarining
shakllanishi
Investitsiya
imkoniyatlarini
tadqiqot qilish
Loyihaninng
texnik iqtisodiy
asosnomasi
Konkret
hujjatlarni
tayyorlash
QMI (qurilish
Loyiha
hujjatlarini
tayyorlash
G`oyani shaklga
keltirish
Loyiha
samaradorligini
taxminiy bahosi
Tashkiliy huquqiy
hisob-moliya hujjatlari.
Samaradorlikni
aniqlangan bahosi
Moliyalashtirish
shartlarini ishlab chiqish
va bajariladigan ishlarni
konkret aniqlash
QMIni va ish
jarayonini
Arxitektura va
injener ishlarining
qarorini tanlash
Potentsial investor
uchun taklif
tayyorlash
Investorni
jalb etish
Buyurtmachini
tanlash
Arxitektura va
injener qarorini
ishlab chiqish.
Qurilish ob`ektini
rekonstruktsiyalash
qarorini tasdiqlash
Qurilish ob`ektini
rekonstruktsiyalash.
Uskunalarni montaj
Investitsiya sub`ekti
va obe`ektlari
innovatsiya manbalari
shakllari
1-chizma. Innovatsiya loyihasini yaratilish bosqichi va uni realizatsiya
qilish.
Investitsiya sub’ekti – investitsiyadan foydalaniladigan bo‘lib, tijorat
tashkilotlari va boshqa xo‘jalik sub’ektlari hisoblanadi.
Investitsiya ob’ektiga qo‘yidagilar kiradi:
Qurilayotgan, rekonstruksiya qilinadigan, kengayadigan korxona, bino,
inshootlar (asosiy fondlar) bo‘lib, ular yangi mahsulot va xizmat ko‘rsatishga
mo‘ljallangan bo‘lishi kerak;
Dasturning biror vazifasini amalga oshirishni mo‘ljallab kompleks
kurilayotgan yoki qayta tiklanayotgan (rekonstruksiya) ob’ektlar. Bunday sharoitda
investitsiya ob’ekti sifatida, dastur mavjud ishlab chiqarish maydoni amaldagi ishlab
chiqarish va tashkilot doirasida yangi buyumni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘ladi.
Er, bino, inshoot, mashina va uskunalar, o‘lchagich va sinovdan o‘tkazuvchi
vositalar, instrumentlar va boshqa ishlab chiqarishda foydalaniladigan mulklar.
Mulkiy huquq odatda pul ekvivalentida baholanadi (12.1-chizma).
Investitsiyaning asosiy manbalari:
- Xususiy moliya mablag‘lari va boshqa turdagi aktivlar (asosiy fondlar, er
uchastkalari, sanoat mulkchiligi) va jalb qilingan vositalar;
- Umumdavlat va mahaliy byudjetlardan ajratilgan mablag‘lar;
- Xorijiy investitsiya (qo‘shma korxonalar tashkil etishda, ustav kapitalining
shakillanishida ishtirok etgan moliya va boshqa shakldagi);
- Har xil shakldagi zayom vositalari, chet el investorlari krediti, davlatning
qaytarib olish sharti bilan bergan kreditlari.
Investitsiya loyihasida quyidagi investitsiya shakllaridan foydalaniladi.
Pul mablag‘lari va uning ekvivalenti (maqsadli jamg‘armalar, oborot
mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, masalan, aksiya yoki obligatsiya, kredit zayom,
garov va boshqalar).
II-Bosqich-investitsiya imkoniyatlarini tadqiqot qilish ko‘zda tutilgan.
- eksport va importni hisobga olgan holda;
- mahsulotga yoki xizmatga bo‘lgan talabni o‘rganish;
- mahsulotga (xizmat) tayanch, joriy va istiqboldagi baholarni o‘rganish;
- loyihani realizatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy shakli va ishtirokchilar
tarkibi holida taklif tayyorlash;
- yiriklashtirilgan normativ bo‘yicha taxminiy investitsiya hajmini baholash
va tijorat samaradoriligini taxminiy baholash.
- chiqish ruxsat hujjatlarini tayyorlash, TIA bo‘limlari bo‘yicha tahminiy
baho tayyorlash, jumladan loyiha samaradorligini baholash;
- asoslangan investitsiya imkoniyatlari natijalarini tasdiqlash;
-
loyiha-izlanish ishlari, kontrakt hujjatlarini tayyorlash. Investitsiya
imkoniyatlari tadqiqot maqsadi – potensial investor uchun investitsiya takliflarini
tayyorlash. Agar investorga ehtiyoj bo‘lmasa va barcha ishlar o‘z mablag‘i hisobiga
olib borilsa, unda loyihaning TIAni tayorlash bo‘yicha moliyalashtirish haqidagi
qaror qabul qilinadi.
III-Bosqich – loyiha TI asosnoma to‘la hajmda quyidagilar ko‘zda tutiladi:
- to‘la hajmdagi marketing tadqiqotlarini olib borish;
- mahsulotni (xizmatni) realizatsiya qilish uchun dastur tayyorlash;
- chiqish-ruxsat hujjatlarini tayyorlash;
- texnik qarorlarni ishlab chiqish, jumladan general rejani;
- gidroqurilish, arxitektor-rejalashtirish va qurilish qarorlari;
- injener ta’minoti;
- fuqarolar xavfsizligi, tabiat muxofazasi tadbirlari;
- qurilishni tashkil etish tavsifnomasi;
- fuqarolar uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar;
- korxonani boshqarish tizimi, ishchi xizmatchilar ishini tashkil etish
bo‘yicha tavsifnoma.
Smeta moliya hujjatlarining shakllanishi; ishlab chiqarish xarajatlarini
baholash; kapital xarajatlarni hisoblash; korxona faoliyatidan keladigan yillik
tushumni hisoblash; oborot kapitaliga ehtiyojni hisoblash; loyiha va tavsiya etilgan
loyihadagi moliya manbalarni hisoblash; chet el valyutasiga taxminiy ehtiyoj;
investitsiya shartlari, konkret investorni tanlash va kelishuvni rasmiylashtirish;
- Loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatarni baholash;
- Loyihani amalga oshirishni rejalashtirish;
- Loyihaning (byudjet investitsiyadan foydalangan holda) tijorat
samaradorligini baholash;
-Loyihani realizatsiya qilishni ta’minlash shartlarini ishlab chiqish.
Innovatsion loyihalarni tasniflash innovatsiyalarni tasniflashlar asosida
amalga oshiriladi. Masalan, tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish darajasi
bo‘yicha innovatsion loyihalar, davlatlararo, davlat, mintaqaviy, sohaviy, alohida
korxonanikiga bo‘linishlari mumkin.
Takrorlaymizki, innovatsion loyihani turkumlashtirishning chuqurligi,
loyihalashtirishda hisobga olinadigan ilmiy yondashishlar va tamoyillar,
qo‘llaniladigan menejment usullari miqdori loyihaning bosh menejeri (loyiha
menejeri) va ITK a’zolari tomonidan muammoning murakkabligi, loyihaning
qiymati va innovatsion tashkilot tashqi va ichki omillari holatiga muvofiq
belgilanadi.
Innovatsion loyihani ishlab chiqish loyiha hujjatlarini tayyorlash bilan
yakunlanadi. “Loyiha hujjatlari” ning yagona tarkibi hali belgilanmagan va har bir
aniq holda uning tarkibi dastlabki (texnik iqtisodiy) vazifada belgilanadi.
Har qanday darajadagi innovatsion loyiha quyidagi bo‘linmalarni o‘z ichiga
olishi kerak:
muammo (g‘oya)ning mazmuni va dolzarbligi;
loyiha rahbarining rezyumesi;
marketing tadqiqotlari va muammoni turkumlashtirish asosida
qurilgan loyiha maqsadlari daraxti;
loyiha maqsadlari daraxtini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar
tizimi;
loyihani majmuaviy asoslanishi;
loyihani amalga oshirilishini majmuaviy ta’minlanishi;
ITK ning ta’rifi;
loyihaning ekspert xulosasi;
loyihani amalga oshirish mexanizmi va undovchi sabablar tizimi.
Kalit so‘zlar
Investitsiya, risk, foyda, kapital qo‘yilma, xorijiy investitsiyalar, lizing,
qayta tiklash. Novatsiya, innovatsiya, infratuzilma, investitsiya, kapital investitsiya,
sof raqobat bozori, innovatsiya lagi, fundamental, nazariy, innovatsion loyiha.
Nazorat savollari
1.
Innovatsiya so‘zining ma’nosi.
2.
Korxonalarning innovatsion yo‘nalishlarini sanang.
3.
Korxonaning innovatsiya salohiyati nimalardan tashkil etadi?
4. Innovatsiyalarni rag‘batlantirishda davlatning roli.
5. Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari izohlab bering.
6. “Innovatsion loyiha” tushunchasini ifodalab bering.
7. Innovatsion loyiha qanday bo‘limlardan tashkil topadi?
8. Innovatsiya loyihasini yaratilish bosqichlarini aytib o‘ting.