Korxonaning investitsion faoliyati
Reja:
1 Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni. Korxona
investitsiyalarining manbalari.
2 Investitsion loyihalarining samaradorligini baholashning uslubiy asoslari.
Samaradorlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar.
3.Iqtisodiy samaradorlik. Investitsiyalarning qoplanish muddati.
4. Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari.
5. Korxonalarda innovatsiya faoliyati va innovatsiya. Korxonada innovatsion
faoliyatni tashkil qilish usullari
6. Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari.
Innovatsion loyihalarni baholash
1 Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni. Korxona
investitsiyalarining manbalari.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib
«qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma’nosini beradi. Keng
ma’noda investitsiya mablag‘ni ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni
safarbar etishni bildiradi. Ko‘pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va
boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda
ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy
va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga
yo‘naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur.
Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga
erishishdir. Investitsiya tushunchasiga yangi kapitalni barpo etish uchun sarflangan
xarajat sifatida xam ta’rif berish o‘rinli.
Investitsiyalar - bu yangi korxonalar kurilishiga, mashina va asbob-
uskunalar sotib olishga, ya’ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan xarajatlardir.
Investitsiya tushunchasini to‘la yoritish uchun unga berilgan tariflarni
keltirish joiz. Investitsiyalar - bu xali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish
vositalariga ko‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish
maksadida xo‘jalik faoliyatiga ko‘yilgan aktivlar xisoblansa, iktisodiy xususiyatiga
ko‘ra, u yangi korxonalar kurishga, uzok muddatli xizmat ko‘rsatuvchi mashina va
asbob uskunalarga xamda shu bilan bog‘lik bo‘lgan aylanma kapitalning
o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yukori darajada
daromad olish, samaraga erishish maksadida mutlok boshka davlat iktisodiyotining,
tadbirkorlik va boshka faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy,
intellektual boyliklardir.
Moliyaviy investitsiyalar kimmatbaxo kog‘ozlar, aksiya va obligatsiyalar
sotib olish, pul mablaglarini banklarga foiz olish maksadida depozit xisob
rakamlariga kuyish bilan ifodalanadi.
Real investitsiyalar pul mablag‘larini kapital kurilish, ishlab chiqarishni
rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona,
tarmoq va butun milliy iqtisodiyotining kuch-quvvatini belgilab beradi.
Investitsiyalar avvaldan o`ylab kurilgan maqsad va birinchi urinda
investitsion loyiha asosida korxona ishlab chiqarish potensialini mustaxkamlash va
rivojlantirish vazifasini bajaradi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:
-
avaylangan (birlamchi jamg‘arilgan) kapitalni ko‘paytirish maksadida
kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish;
-
investitsion loyixalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati
ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iktisodiy munosabatlardir.
Investitsiya kiritishda, avvalo:
-
investitsiya faoliyati sub’ektlarning mustakilligi va tashabbuskorligi;
-
kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya maqomini berish (fuqaro
o‘zining ehtiyojlarini qondirish uchun olgan buyumlari investitsiya bo‘la olmaydi);
-
qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish
imkoniyati yaratilishi zarur bo‘lib hisoblanadi.
Deyarli barcha faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar davlatga tegishli bolgan
sobik ma’muriy-buyrukbozlik tizimi sharoitlarida investitsiyalarning asosiy manbai
davlat (byudjet) mablag‘laridan tashkil topar edi. Garchi o‘sha sharoitlarda xam
jamgarma fondlar - asosiy investitsion manbalar korxonalar foydasi (daromadi)
xisobiga amalga oshirilgan bo‘lsada, korxonalarning mablag‘larni kaerdan olish va
kaerga joylashtirish to‘grisida "boshi" og‘rimas edi. Ko‘shimcha manba sifatida
korxonalarning amortizatsiya fondi xizmat kilardi.
Mazkur tushunchalar (jamg‘arma fondi, amortizatsiya fondi, foyda) hozirgi
kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, investitsiyalarning asosiy manbai
hisoblanadi. Masalan, davlat korxonalari uchun asosiy investitsiya manbai
quyidagilar: foyda, amortizatsiya fondi va byudjet mablag‘lari, qo‘shma korxonalar
uchun - foyda, amortizatsiya fondi va kredit resurslari.
Rejalashtirish va boshqaruv tizimida shuningdek, investitsiya manbalarini
aniqlashning ichki va tashqi turlaridan ham foydalaniladi.
Investitsiyalarning ichki manabalari quyidagilar:
-
ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari
natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy vositalari;
-
foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi;
-
sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va
boshqa hodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar;
-
korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi
mablag‘lar;
-
yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik
asosida ajratiluvchi mablag‘lar;
-
hayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar.
Investitsiyalarning tashqi manbalari quyidagilar:
-
markaziy va maxalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi
turli xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar;
-
korxonalar Nizom jamgarmasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va
nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida
shaxslarning
to‘gridan-to‘gri
ko‘yilmalari
shaklida
kiritiluvchi
xorijiy
investitsiyalar;
-
davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan
beriluvchi kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar.
Korxonalarning mustaqil xo‘jalik faoliyati sharoitlarida ichki mablag‘lar
tarkibida amortizatsiya ajratmalari asosiy o‘rinni egallaydi. Uning korxona
investitsion resurslaridagi ulushi 50% va undan kuprokni tashkil etadi.
Investitsion maqsadlarga yo‘naltiriluvchi mablag‘lar tankisligi sharoitida
lizing investitsion faoliyatni faollashtiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Lizing - moliyaviy-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib,
korxonalarning qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki
maxsus tashkil qilingan lizing kompaniyalaridan uzoq muddatga ijaraga olishini
anglatadi. Lizing bitimida ko‘rsatilgan tomonlardan tashkari investitsion loyihalarni
moliyalashtirish xamda ularni buning uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan
ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan tijorat yoki investitsion banklar xam ishtirok
etishi mumkin.
Investitsiyalardan
(kapital
ko‘yilmalardan)
foydalanishning
asosiy
yo‘nalishlari quyidagilar xisoblanadi:
- yangi kurilish;
- korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
- ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta
qurollantirish;
- harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
YAngi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar
asosida kuriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo‘shimcha ishlab chiqarish
majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy,
qo‘shimcha, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi
sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan
korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.
Qayta tiklash bu, faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy
eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish va
avtomatlashtirish,
texnologik
bo‘g‘inlar
va
yordamchi
xizmatdagi
nomutanosibliklarni yo‘qotish yo‘li bilan almashtirish yordamida to‘liq yoki qisman
o‘zgartirishni anglatadi. Qayta tiklashda eski sexlar o‘rniga yangi sexlarni kurishga
ruxsat beriladi.
Texnik qayta qurollantirish alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy
talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish
jarayonlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan kurilma va
uskunalarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini
yaxshilash yo‘li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo‘yicha chora-
tadbirlar majmuasidir. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab
chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chikarilayotgan maxsulotlar sifatini
yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Moliyaviy resurslar va er tankisligi sharoitlarida, ikkinchi tomondan esa,
mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan unumlirok foydalanish uchun yangi kurilishni
nisbatan cheklangan xolatda, asosan juda zarur xollardagina amalga oshiriladi. SHu
sababli bugungi kunda investitsiyalarning eng ko‘p tarkalgan yo‘nalishlari sifatida,
umuman olganda yangi turdagi maxsulot ishlab chiqarishni xam ko‘zda tutuvchi
mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jixatdan qayta
qurollantirishni ko‘rsatish mumkin.
YAngi kurilish xamda mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta
tiklashga yo‘naltiriluvchi kapital ko‘yilmalar asosan kuyidagi elementlardan iborat
bo‘ladi:
"
kurilish-montaj ishlari xarajatlari;
"
mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar;
"
loyiha kidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar.
Kapital ko‘yilmalarning yuqoridagi turlari investitsiyalarning texnologik
tuzilmasini tavsiflaydi. Hozirgi paytda iqtisodiyot rivojlanishiga kiritiluvchi kapital
qo‘yilmalarning umumiy hajmida quyidagi tuzilma vujudga keldi: qurilish-montaj
ishlari xarajatlari - 55-60%, mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi
xarajatlar - 35-30%, loyiha qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi
xarajatlar - 10%.
Kapital
qo‘yilmalarning
mulk
shakliga
ko‘ra
tuzilmasi
bu,
investitsiyalarning davlat, aksiyadorlik, qo‘shma, ijara va boshqa turdagi jamoa
korxonalari o‘rtasida taqsimlanishidir. Kapital qo‘yilmalarning samarali tuzilmasi
ularni tejash, eng kam xarajatlar bilan eng ko‘p foyda olishga tengdir.
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi yangi kurilish hamda
mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jixatdan qayta
qurollantirishga sarflanuvchi harajatlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni ifodalaydi.
2 Investitsion loyihalarining samaradorligini baholashning uslubiy
asoslari. Samaradorlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar.
Investitsiya loyixasi kapitalni korxonani uning ishlab chiqarish kuvvati va
boshka sifat kursatkichlarini kuchaytirish maksadida rivojlantirish va kengaytirishga
kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish buyicha chora-tadbirlar majmuasidir.
Investitsiya loyixasini tayyorlash va amalga oshirish kuyidagilarni uz ichiga oladi:
-
investitsiyaviy g‘oya (fikr)ni shakllantirish;
-
g‘oyaning dastlabki asoslanishi;
-
loyihada ko`zda tutilgan texnik qarorning tahlili;
-
sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish;
-
investitsiya loyihasi bo`yicha davlat boshqaruv idoralari bilan kelishuv
yuzaga keltirish;
-
axborot memorandumini tayyorlash.
YUqorida ko‘rsatilganlarni amalga oshirgandan so`ng loyihani ishlab
chiqish va texnik-iqtisodiy asoslab berish (tushuntirish xatidan to investitsion
muljallarning maqsad va vazifalari hamda kutilayotgan natijalar aks ettiriluvchi
loyiha-smeta hujjatlarigacha) zarurati tug`iladi.
Investitsiyalar avvaldan o‘ylab ko‘rilgan maqsad va birinchi o‘rinda
investitsion loyiha asosida korxona ishlab chiqarish potensialini mustahkamlash va
rivojlantirish vazifasini bajaradi.
Korxonalar uchun investitsiya jarayonining so‘nggi bosqichi muhim
ahamiyat kasb etadi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan yangiliklar ekspluatatsion
sinovlardan o‘tkazilib, amaldagi va loyiha ko‘rsatkichlari baxolanadi xamda
investitsiya jarayonining xuddi shu jarayonida xal kilinishi lozim bo‘lgan chetga
og‘ish va kamchiliklar aniqlanadi.
Samaradorlik muayyan natijalarga erishishni anglatadi. U saraflangan
xarajatlar va olingan natijalar nisbati asosida aniqlanadi. Xarajatlar kanchalik kam
va natijalar kanchalik ko‘p bo‘lsa, samaradorlik xam shunchalik yuqori bo‘ladi.
Investitsiyalarning
iqtisodiy
samaradorligi
butun
ishlab
chiqarish
samaradorligining tarkibiy qismidir.
Turli darajadagi xo‘jalik faoliyatida investitsiyalarning iloji boricha ko‘prok
foyda, kaytim keltirishi asosiy vazifa kilib belgilanadi. Bu qoidadan chetga chiqish
resurslarni yo‘kotish, jamiyatning ilgarigi va xozirgi mehnatini yo‘kka chiqarishga
olib kelishi mumkin.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baxolash zarurati, ko‘shimcha
kapital ko‘yilmalar kiritilishini talab kiluvchi yangi kurilish, mavjud ishlab
chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jixatdan qayta qurollantirish, ishlab
chiqarishni zamonaviylashtirish va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish
kabi barcha xollarda yuzaga keladi. Ba’zan maxsulotlarning yangi turini ishlab
chiqarish xam investitsiya va boshqa mablag‘lar kiritilishini, demak, xarajat va
natijalar nisbatini avvaldan baxolashni talab qiladi.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baxolashda korxonalar ikkita
vazifani xal qilishlari lozim:
"
kapital ko‘yilmalarning koplanish muddati va daromadliligi nuktai
nazaridan, eng makbul variant tanlash imkoniyatini yaratuvchi investitsion loyiha
samaradorligini baxolash;
"
mavjud ishlab chiqarishga ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yaxshilash
maqsadida kiritiluvchi investitsiyalar samaradorligini baxolash (ko‘shimcha
maxsulot ishlab chiqarish, tannarxni kamaytirish, foydani oshirish va xokazo).
Birinchi vazifaning echimi mos keluvchi marketing tadqiqotlarini amalga
oshirishni ko‘zda tutib, bu tadqiqot davomida talab va undan kelib chikuvchi taklif,
bozor segmentasiyasi, baxoni shakllantirish strategiyasi, moliyalashtirish manbalari
va boshqalar aniqlanishi lozim.
Investitsion loyihalarning samaradorligini baxolashda kuyidagilar asosiy
ko‘rsatkich xisoblanadi:
1) Sof diskontlangan daromad (SDD) - butun xisobot davri uchun joriy
samaralar yigindisining boshlangich kadamga keltirilgan miqdori yoki integral
natijalarning integral xarajatlardan oshib ketishi. U kuyidagi formula asosida
xisoblanadi:
bu erda:
Nt – xisob-kitoblarning t- kadamida erishiluvchi natijalar;
Xt – xuddi shu kadamda amalga oshiriluvchi xarajatlar;
T – xisob-kitoblarning vaqt muddati;
E - diskont normasi.
SHu bilan birga koplanish muddati loyihaning daromadliligi kursatkichi
xisoblanmaydi. SHu sababli amaliyotda investitsiyalar birlamchi kapital
T
t
t
t
t
E
Х
Н
СДД
0
1
1
(kuyilma)ga nisbatan daromadlilik kursatkichi orqali kurib chiqiladi xamda kuyidagi
formula asosida xisoblanadi:
Bu erda:
Du – investitsiyalar daromadi, % da;
Mn – soliklar tulangandan sung kolgan foyda, so‘m;
K - investitsiyalar (boshlang‘ich).
U yoki bu investitsion loyihani tanlash tugrisida qaror qabul qilishda
korxonalar quyidagi savollarga javob berishi lozim:
*
ishlab chiqarishdagi bugungi xolat kancha davom etishi mumkin va
bozorda maxsulotga (ish, xizmatga) bulgan talab qanday;
*
kapital kiritish uchun imkoniyatlar qanday;
*
raqobatchilik faoliyati qanday;
*
qanday muvaffakiyat omillari mavjud;
*
yangi bozorga kirish uchun qanday imkoniyatlar mavjud.
3.Iqtisodiy samaradorlik. Investitsiyalarning qoplanish muddati.
Samaradorlik – muhim o‘lchov birlikdir.
Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy
vazifasi hisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini,
shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat harajatlari hamda olingan natijalar
o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Samarali ishlash degani, mo‘ljallangan foydani olish, ishlab chiqarish
quvvatlari va ish kuchidan yaxshiroq foydalanish, noishlab chiqarish harajatlarini
kamaytirish, mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashdir.
Samara - ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatning
foyda va daromad hajmini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish kabi ijobiy
natijalardir. Natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida iqtisodiy
samarani ifodalanadi.
100
К
M
Д
н
u
Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija
olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish
va ma’lum miqdorda harajat qilish kerak. Samaradorlikni aniqlash uchun natijani
shu natijaga erishishga sarflangan harajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak.
Samaradorlik, ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun
sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir. Korxona
o‘zining
xo‘jalik,
ilmiy-texnik
va
investitsion
siyosatini
belgilashda
samaradorlikdan kelib chiqadi.
Samaradorlikning iqtisodiy va ijtimoiy turlari mavjud.
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko‘rsatadi.
Masalan, mahsulot ishlab chiqarish - boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani
joriy etish, mehnat sifatini oshirish va xokazolarning natijasi.
Iqtisodiy samara - material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli
erishilgan miqdor.
Ijtimoiy samaradorlik - ishlab chiqarish samaradorligining mehnat
sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat
o‘rtasidagi farqni yo‘kotishni ifodalaydi.
Iqtisodiy samaradorlik ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi
xisoblanadi, chunki iqtisodiy yutuklar korxonaning ijtimoiy muammolarini xal
qilishga yordamlashadi. Samaradorlik tufayli korxona kuyidagilarga ega bo‘ladi:
- o‘zining
iqtisodiy
barqarorligini
va
raqobatbardoshliligini
ta’minlaydi;
- ‘z
imidjini
yaxshilaydi
va
xamkorlar
bilan
alokalarini
mustahkamlaydi;
- xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilaydi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish quyidagi omillar bilan bog‘liq
bo‘ladi:
-
bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli maxsulot ishlab
chiqarishda eng kam harajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini
ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash;
-
iste’molchilar talabini qondiradigan mahsulot ishlab chiqarib sotish va
foyda olish;
-
aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab
chiqarish zahiralarini yaratish.
Xo‘jalik samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari
bo‘yicha amalga oshirilishi va miqdor jixatidan o‘lchanishi mumkin. Masalan: ish
kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va maxsulotning mehnat
sig‘imi ko‘rsatkichlari yordamida baxolash mumkin. Mehnat unumdorligi – inson
mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - ko‘pmi maxsulot ishlab chiqarish
qobiliyatidir.
bu erda:
Mu – mehnat unumorligi;
Q - maxsulot xajmi qiymat ko‘rinishida;
Is - ishchilar soni.
Mahsulotning mehnat sig‘imi - mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo‘lib,
sarflangan mehnat miqdorining ishlab chikarilgan maxsulot xajmiga nisbati bilan
aniqlanadi. Mehnat unumdorligi - insonning muayyan vaqt ichida ozmi-ko‘pmi
maxsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi maxsulotning fond sig‘imi
va fond kaytimi ko‘rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Fond kaytimi korxona asosiy
fondlarining bir birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chikarilgan maxsulotni anglatadi. U
maxsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumni asosiy ishlab chiqarish fondlarining
o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
s
u
I
Q
M
Q
I
T
s
F
fq Q
bu erda:
Q- maxsulot xajmi, qiymat pul ko‘rinishida;
F - asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati
Fond sig‘imi bir birlik yangi asosiy fondlarni tashkil qilish uchun zarur
bo‘lgan kapital ko‘yilmalarni anglatadi.
Fond qaytimi kanchalik yuqori va fond sig‘imi qanchalik past bo‘lsa, mehnat
qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha. Fond
qaytimini
ko‘paytirishning
muhim
zahirasi,
asbob-uskunalardan
unumli
foydalanish, texnologiyalarni takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirishdir.
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi, mahsulotlarning material
sig‘imi yordamida sarflangan xomashyo, material, yoqilg‘i, energiya va mehnat
predmetlarining umumiy qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati
orqali aniqlanadi.
bu erda:
m- maxsulotlarning material sig‘imi;
MX- moddiy xarajatlar miqdori, so‘m;
Q- maxsulot xajmi, so‘m
Samaradorlikni oshirish omillari kuyidagilar: maxsulotning mehnat sig‘imi,
material sig‘imi, fond sig‘imini kamaytirish va fond qaytimini oshirish, tabiiy
resurslardan ratsional foydalanish va vaqtni tejash. Bularni amalga oshirish uchun
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarini ishlab chiqarishni
rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlash kerak.
Bu yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi:
-
ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
-
fan-texnika
taraqqiyotini
jadallashtirish,
ishlab
chiqarish
va
maxsulotning texnik-iqtisodiy darajasini ko‘tarish;
Q
F
fs
Q
m MX
-
ishlab
chiqarishni
ixtisoslashtirish,
kooperatsiyalash,
kombinatlashtirish va xududiy joylashtirish darajasini oshirish;
-
inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini
va tashabbusini oshirishni yo‘lga ko‘yish ;
-
xomashyo va materiallarning zamonaviy turlarini yaratish va ulardan
foydalanish;
-
ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etish.
Sanoat va uning barcha bo‘g‘inlari ishini tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlaridan
biri foyda va rentabellikdir. Foydaning asosiy vazifasi ishlab chiqarish faoliyatining
natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so‘nggi moliyaviy
natijani ifodalaydi.
Keyingi
jadvalda
modernizatsiyaning
samaradorlik
ko‘rsatkichlari
dinamikasi ko‘rsatilgan.
Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma, ishlab chiqarish, xo‘jalik
faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. Balansdagi foyda yoki
foydaning umumiy summasi - tovar maxsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan
tashkari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan, korxona
yordamchi xo‘jaliklarining maxsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan tashkil
topadi.
Maxsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF) - bu, sotishdan olingan sof
tushum bilan sotilgan maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq sifatida
aniqlanadi.
bu erda:
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan tushgan sof tushum;
MT – maxsulotning tannarxi.
MT
SST
YaF
Sof foyda (SF) – bu solik to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt
ixtiyorida koladi,soliklar to‘langunga kadar olingan foydadan minus daromad
soliklari va boshqa solik va to‘lovlar ayirmasi sifatida aniqlanadi.
bu erda:
SF – sof foyda;
DS – daromaddan to‘lanadigan soliq;
BS - boshqa soliq va to‘lovlar.
Sof foyda – korxona ixtiyorida qoladigan foyda. U soliq to‘langungacha
foydadan soliqlarni ayirish orqali aniqlanadi
Korxonada sof foydadan korxona texnik rivojlanishi, rezerv fondi va
dividendlar uchun foydalaniladi.
Foyda olishning asosiy manbalari:
-
korxonani maxsulotning u yoki bu turini ishlab chiqishdagi monopoliya
xolati yoki maxsulotning nodirligi hisobiga shakllanadi;
-
ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq, bozor
konyunkturasini bilish xamda ishlab chiqarishning rivojlanishini, doimiy ravishda
o‘zgarib turuvchi bozor konyunkturasiga moslashtirish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Foyda miqdori korxonaning maxsulot ishlab chiqarish bo‘yicha yo‘nalishini to‘g‘ri
tanlash, maxsulotlarni sotish va xizmat ko‘rsatish uchun raqobatbardosh sharoitlarni
yaratish, ishlab chiqarish xajmi, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bilan
bog‘liq.
-
korxonaning innovatsion faoliyatidan kelib chikib, texnologiyalarni
takomillatirish,
ishlab
chikarilayotgan
maxsulotlarni
yangilash,
raqobatbardoshliligini ta`minlash, sotish xajmi va foyda miqdorini oshirishni
anglatadi.
Foydani taqsimlash deganda uning bir qismini byudjetga jo‘natish
tushuniladi.
BS
DS
STF
SF
Foydani taqsimlash tamoyillari quyidagilardan iborat:
-
korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati natijasida olingan
foydasi davlat va korxona o‘rtasida xo‘jalik subyekti sifatida taksimlanadi;
-
foydaning davlatga to‘lanuvchi bir qismi solik va yig‘imlar ko‘rinishida
byudyetga kelib tushadi. Soliklar tarkibi va foizi, ularni xisoblash tartibi va
byudjetga to‘lanuvchi boshqa to‘lovlar qonunchilik tomonidan belgilanadi;
-
soliklar to‘langandan so‘ng korxona tasarrufida koluvchi foyda
miqdori, uning ishlab chiqarish xajmini oshirish xamda ishlab chiqarish va
moliyaviy faoliyat natijalarini yaxshilashdan manfaatdorligini kamaytirmasligi
lozim.
Foydani oshirishning asosiy yo‘llari:
-
ishlab chiqarilayotgan maxsulot miqdorini, sifatini oshirish;
-
ortiqcha asbob-uskunalar va boshqa mulkni sotib yuborish yoki ijaraga
berish;
-
moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ish kuchi
va ish vaqtidan unumlirok foydalanish xisobiga maxsulot tannarxini pasaytirish;
-
ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish;
-
mahsulot bozorini kengaytirish va x.k.
4. Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni muvaffaqiyatli jalb etish ma’lum
darajada uch guruh omillarga bog`liq buladi.
Birinchidan, investitsiya quvvatining mavjudligiga. Uni tabiiy, mehnat
zaxiralari, shuningdek ishlab chiqarish, itse’mol, moliyaviy, innovatsiya,
insitutsional va infratuzilmaviy quvvatlar tashkil kiladi.
Ikkinchidan, mamlakatdagi mavjud investitsiya sharoitlari muhim
ahamiyatga egadir.
Bularga:
umumiqtisodiy,
bozor,
me’yoriy-huquqiy,
axborot
bilan
ta’minlanish, ekologik, ijtimoiy- madaniy sharoitlar kiradi.