KREDIT MODUL TIZIMIDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH TARTIBI
Yuklangan vaqt
2024-07-24
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
20,4 KB
KREDIT MODUL TIZIMIDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH
TARTIBI
Reja:
1. Kredit-modul tizimida fanlardan talabalar bilimini baholash mezonini
shakllantirish
2. Oraliq nazorat
3. Yakuniy nazorat
4.
Mustaqil ta’lim
Baholashni shartli ravishda 2 qismga bo‘lamiz: dastlabki baholash va asosiy
baholash.
1. Dastlabki baholash.
1.1. Ma’ruza mashg’uloti nazorati.
1.2. Amaliy, tajriba mashg‘ulotlari nazorati.
1.3. Mustaqil ta’lim nazorati.
1.4. KI, KL, HGI nazorati.
1. Talaba nazorat uchun qo‘yilgan talablarning kamida 60 % ni bajarsa ijobiy
baholanadi. Masalan ma’ruza mashg’uloti nazorati savollariga kamida 60 % to‘g‘ri
javob bergan bo‘lsa, lekin KI, KL, HGI larini 100 % bajarishi shart.
2. KI, KL, HGI larini bajarmagan talaba Yakuniy nazorat topshirishga kiritilmaydi
va qarzdor hisoblanadi.
3. Dastlabki baholashda fandan talabaning olgan baholarini rasmiylashtirish uchun
fakultet dekanatlarida dastlabki baholash qaydnomasi tashkil etiladi. Unda barcha
nazoratlar bo‘yicha baholar qo‘yiladi va o‘rtachasi aniqlanadi, o‘rtacha baho ijobiy
bo‘lsa Yakuniy nazoratga ruxsat beriladi. Birta nazoratdan qoniqarsiz baho
olganda ham o’rtacha baho hisoblanmaydi va talaba Yakuniy nazoratga
kiritilmaydi.
2. Asosiy baholash. Talaba fandan yakuniy nazorat topshiradi, bunda ham kamida
60 % to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa ijobiy baholanadi.
Masalan 30 ta test savoliga javob berganda:
18 tadan 21 tagacha to‘g‘ri javob (60 dan 72 % gacha) – 3 baho;
22 tadan 25 tagacha to‘g‘ri javob (73 dan 85 % gacha) – 4 baho;
26 tadan 30 tagacha to‘g‘ri javob (86 dan 100 % gacha) –5 baho.
Rivojlanayotgan O‘zbekiston dunyo nigohida kelajagi porloq mamlakat sifatida
ko‘zga tashlanmoqda. Hozirgi davrda mamlakatda turli sohalarda, jumladan oliy
ta’lim tizimida ham, mamlakatning kelajagi uchun mustahkam poydevor qurish va
rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishish uchun ko‘plab islohotlar va ishlar
amalga oshirilmoqda. Kelajak avlodning bilimli va barkamol bo‘lib yetishishi,
ularga berilayotgan imkoniyatlarning dunyo bo‘ylab keng qamrovli bo‘lishini
ta’minlash maqsadida mamlakat ta’lim tizimiga yangi ta’lim texnologiyalari, xorij
tajribalari joriy etilmoqda va mos tarzda o‘zgarishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, 1999 yil iyun oyida Italiyaning Bolonya shahrida dunyoning 29 ta
mamlakati o‘rtasida imzolangan, ayni paytda dunyoning 48 ta mamlakati
ishtirokchisiga aylangan Bolonya deklarasiyasiga O‘zbekistonning qo‘shilishi va
ta’lim tizimiga kredit-modul tizimini joriy etish borasida ishlarning boshlab
yuborilishi mamlakat oliy ta’lim tizimida zamonaviy o‘zgarishlar davrini boshlab
berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-4947-sonli Farmoniga ko‘ra 2017-2021 yillarda oliy va oliy ta’limdan keyingi
ta’lim tizimida O‘zbekistonning Bolonya deklarasiyasiga qo‘shilishiga shart-
sharoitlar yaratiladi va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul
tizimi joriy etiladi. Kredit-modul tizimi bizning ta’lim tizimimiz uchun o‘qitishning
yangi tizimi bo‘lib, bu borada yetarlicha tajriba ega emasmiz. Shu sababli
mamlakatimizning
yetakchi
olimlari
va
mutaxassislari
tomonidan
xorij
mamlakatlarining, ko‘proq e’tibor Yevropa mamlakatlariga qaratilgan, tajribalari
o‘rganilib, bizning milliy mentalitetimizga xos bo‘lgan, shu bilan birga dunyo
mamlakatlari ham tan oladigan yangi o‘qitish tizimini yaratish borasida ishlar olib
borilmoqda. Ayni damda mamlakatning oliy ta’lim tizimidagi yetakchi 33 ta oliy
o‘quv
yurtlarida,
jumladan
Toshkent
irrigasiya
va
qishloq
xo‘jaligini
mexanizasiyalash muhandislari institute (TIQXMMI) va uning joylardagi
filiallarida ham, o‘qitishning kredit-modul tizimiga o‘tish borasida ishlar olib
borilmoqda. TIQXMMI Qarshi filialida 1-kurs talabalarini o‘qitish jarayoni kredit-
modul tizimida tashkil etilgan bo‘lib, dars mashg‘ulotlari haftasiga 26 soatdan
oshmagan miqdorda olib borilmoqda. Shuningdek bir o‘quv yili 3 semestrdan, ya’ni
tristrdan iborat bo‘lib, har bir semestr 10 haftani tashkil etadi. Bir semestrda 4-5 ta
fandan dars mashg‘ulotlari o‘tilishi rejalashtirilgan. Haftada 5 kun dars mashg‘uloti
o‘tkaziladi, shanba kuni esa talabalarning mustaqil ish bilan shug‘ullanishi uchun
ajratilgan va shu kuni darslar o‘tilmaydi. Kredit-modul tizimi uchun zarur
bo‘ladigan barcha me’yoriy hujjatlar, jumladan fanlarning o‘quv dasturi va fanlar
bo‘yicha sillabuslari ishlab chiqilib, har bir fan uchun kreditsoatlar miqdori belgilab
berilgan. Talabalarning mustaqil ishlarni bajarishlari uchun barcha zaruriy shart-
sharoitlar yaratib berilmoqda. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Biz uchun yangilik
bo‘lgan kredit-modul tizimi, uning mazmun-mohiyati, tizimda qo‘llaniladigan
atamalar va tushunchalar hamda ularning mazmuni, tizimda o‘quv jarayonini tashkil
etish, talabalar bilimini baholash masalalarini o‘rganish va ularning mohiyatini
yoritib berish borasida olimlarimiz va yetakchi mutaxassislar tomonidan
qo‘llanmalar, maqolalar chop etilmoqda. Jumladan, 2020 yilda B.Sh.Usmonov,
R.A.Xabibullayevlar tomonidan “Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit-
modul tizimida tashkil qilish” nomli o‘quv qo‘llanma chop etilgan bo‘lib, unda
kreditmodul tizimi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. O‘quv qo‘llanmada kredit-
modul tizimida talabalar bilimini baholash tartibi va uning o‘ziga xosligi bayon
etilgan1 . O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31
dekabrdagi 824- son qaroriga asosan qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida
o‘quv jarayoniga kreditmodul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida Nizom”da
quyidagicha ko‘rsatib o‘tilgan: “Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura
mutaxassisliklarida talaba odatda bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit
to‘plashi belgilanadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim
bo‘lgan kreditlar hajmi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarni o‘z
ichiga oladi”1 . Mamlakatimizning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lgan
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida
qabul
qilingan
“Muhammad
al-Xorazmiy
nomidagi
Toshkent
axborot
texnologiyalari universiteti va uning filiallarida ta’limning kredit tizimi to‘g‘risida
Nizom”2 da fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda tegishli
ilovada keltirilgan ijobiy baholar doirasida baholangan ta’lim oluvchilarga sinov
birliklari berilishi, talaba belgilangan ta’lim olish natijalariga erisha olmagan
taqdirda, sinov birliklari berilmasligi ta’kidlab o‘tilgan. Nizomda “Baholash usullari
fan yoki modul doirasidagi talabaning yutuqlarini aks ettiruvchi va tasdiqlovchi
yozma, og‘zaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va nazoratlar kabi turlarni o‘z ichiga
qamrab oladi. Baholash mezoni ta’lim olish natijasiga erishilganligini aks ettirishi
shart” deb ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020 yil 31 dekabrdagi 824- son qaroriga asosan qabul qilingan “Oliy ta’lim
muassasalarida o‘quv jarayoniga kreditmodul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida
Nizom”da shunday deyilgan: “Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30
akademik soatlik o‘quv yuklamasiga teng. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli
kreditlarni to‘plashi uchun ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi
zarur. O‘quv yuklamasi bakalavriatda - 40-50% auditoriya soati, 50-60% mustaqil
ish soatiga, magistraturada – 30-40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga
(malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) bo‘linadi.
Kreditning soatlardagi miqdori va o‘quv yuklamasi miqdori oliy ta’lim muassasasi
kengashi tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi veb-sahifasida shaffof
tarzda joylashtiriladi” Yuqorida aytib o‘tilgan o‘quv qo‘llanmada ham, Nizomlarda
ham talaba fan bo‘yicha bir kreditni qanday qilib to‘plash tartibi, aniq yo‘l-yurig‘i
ko‘rsatilmagan. Maqolaning maqsadi. Ushbu maqolada kreditmodel tizimida
talabalar bilimini baholash, uning ahamiyati, baholash jarayonida e’tibor qaratilishi
lozim bo‘lgan jihatlar, baholash jarayonining adolatli va shaffofligini ta’minlash
masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek talabalarning fanlardan kreditlarni to‘plash
tartibi haqida muallifning takliflari keltirilgan. Maqolaning ilmiy yangiligi.
O‘zbekistonda kredit ta’lim tizimiga asoslangan milliy modelni ishlab chiqishda,
Yevropa ECTS krediti va Amerika kredit soatlari tizimlarining yutuqlarini inobatga
olgan holda yuqori ta’lim sifatini va dunyo ta’lim jarayonlariga integrasiyalashish
uchun ishonchli asosni tanlash maqsadga muvofiqdir. Kredit-modul tizimini amalga
oshirish sermashaqqatli va murakkab tizimdir. Kredit-modul tizimida ahamiyat
beriladigan asosiy masalalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: ●
talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash va imkoniyatlar yaratib berish; ●
talabalar bilimini kredit-modul tizimiga mos reyting asosida baholash. ●
o‘qitishning modulli texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish; ●
talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlashini ta’minlash uchun fanning metodik
ta’minotini yanada takomillashtirish. Kredit-modul tizimining ahamiyatga molik
tomonlaridan biri talabalar bilimini baholashda kredit-soatlardan foydalanilishidir.
Asosiy natijalar. Credit, Credit-hour (kredit, kredit-soat) – o‘quv ishlari hajmini
o‘lchashning yagonalashtirilgan birligi. Bir kredit bir semestr davomida har haftada
o‘tiladigan bir akademik soatni va uni o‘zlashtirish uchun belgilangan mustaqil
ta’lim soatlarini o‘z ichiga oladi . Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, mamlakatimizning
oliy o‘quv yurtlarida joriy etilayotgan ECTS tizimida 1 kredit-soat = 30 soat deb
olinadi. Demak talaba ushbu 1 kredit-soatni to‘plashi uchun umumiy hajmi 30
akademik soatlik o‘quv yuklamasini bajarishi talab etiladi. Bunda shu narsaga
alohida e’tibor qaratish lozimki, bu yuklamaning kamida 50% - 60% miqdorini
mustaqil ish soati tashkil etadi. Masalan, 30 soat = 14 soat auditoriya mashg‘uloti +
16 soat mustaqil ish deb olsak, u holda talaba 14 soat auditoriya mashg‘uloti (misol
uchun, 6 soat ma’ruza, 4 soat amaliy mashg‘ulot, 4 soat laboratoriya mashg‘uloti) ni
o‘zlashtirishi va qo‘shimcha tarzda hajmi 16 soatlik bo‘lgan mustaqil ish
topshiriqlarini bajarishi lozim bo‘ladi. Talabaning qo‘lida har bir fandan kreditlarni
to‘plash tartibi va qancha kredit to‘plaganligini doimiy tarzda ko‘rsatib turuvchi,
uning fanlardan to‘plagan kreditlari miqdori aks etuvchi hujjat bo‘lishi kerak. Bu
hujjatni kundalik- yo‘l xaritasi deb atashni taklif etaman. Ana shunday kundalik-yo‘l
xaritasining taklif etilayotgan namunasi 1-rasmda keltirilgan. Kundalik-yo‘l xaritasi
talabaning imzosi, fan o‘qituvchisi va fakultet dekanati vakili imzosi va muhr bilan
tasdiqlanadi. 1-rasmda keltirilgan kundalik-yo‘l-xaritasi oliy o‘quv yurtlarining
5311001 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va
boshqarish (suv xo‘jaligida)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qitiladigan
“Metrologiya va standartlashtirish” fani uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, kredit-modul
tizimida fanga ajratilgan o‘quv soatlari miqdori quyidagicha belgilangan: auditoriya
soatlari miqdori 60 soat (ma’ruza - 40 soat, amaliy mashg‘ulot – 20 soat)ni tashkil
etadi va talabaning mustaqil ishi uchun 60 soat ajratilgan. Kredit-soat birligi – 4
kredit. Demak, talaba kursni o‘zlashtirish uchun 4 kredit to‘plashi lozim. Agar
talabaning qo‘lida ushbu fandan tavsiya etilayotgan kundalik-yo‘l xaritasi bo‘lsa, u
fandan qaysi mavzuni yoki topshiriqni bajarsa qancha kredit to‘play olishini
ochiqoydin ko‘rib turadi va shunga qarab o‘z faoliyatini rejalashtiradi. Kundalik-
yo‘l xaritaning mohiyati shundan iboratki, talaba o‘zining bajargan ishi haqida
ochiq-oydin ma’lumotga ega bo‘ladi va o‘z faoliyatini shunga qarab rejalashtirib
boradi. O‘qituvchi tomonidan esa kundalik-yo‘l xaritasining tegishli katakchasiga
talabaning mavzuni o‘zlashtirish darajasiga qarab tegishli baholar (5 balli tizimda)
qo‘yiladi. Bu baholar esa o‘z navbatida guruh jurnaliga ham qayd etib borilishi
mumkin. Talaba barcha mavzularni o‘zlashtirib, topshiriqlarni bajarib, ONlarni
muvaffaqiyatli topshirgach YANga kiritiladi. Bunda talaba barcha topshiriqlarning
kamida 90%ini bajarishga erishishi talab etiladi. YAN bahosini qo‘yishda o‘qituvchi
yoki komissiya a’zolari talabaning qilgan mehnatini e’tiborga olgan holda
baholashni amalga oshirishi tavsiya etiladi. Bunda kundalik – yo‘l xaritaga
asoslanishlari mumkin. Talabalarning bilimini 5 balli tizimda baholashning afzalligi
shundan iboratki, talabaning fanlardan olgan bahosini 100 ballik tizimga yoki
boshqa mamlakatlarning baholash tizimlariga konvertasiya qilishda qulaylik
yaratiladi. Masalan, talaba bir fanni o‘zlashtirish jarayonida dars mashg‘ulotlari
(ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, oraliq va yakuniy nazoratlar)da 19
ta “3” baho, 12 ta “4” baho va 10 ta “5” baho olgan bo‘lsin. Bu baholarning o‘rtacha
arifmetik qiymati (O‘AQ)ni hisoblaymiz: O‘AQ = (19·3+12·4+10·5)/41 = 155/41 =
3,78. Bu qiymatni 100% lik shkalaga konvertasiya qiladigan bo‘lsak, u 3,76 - 3,80
intervalda yotadi va 76 ballga to‘g‘ri keladi (1-jadvalga qarang). Yevropa
mamlakatlari kreditlarini ko‘chirib o‘tish va to‘plash tizimida 3,78 ball “S” darajaga,
AQSH baholash tizimi (A-F) da “B” darajaga teng kuchlidir. Shu narsani alohida
ta’kidlab o‘tish lozimki, ko‘pgina o‘qituvchilar talabaning mustaqil ishi deganda
referat, konspekt yoki boshqa bir hujjat ko‘rinishidagi narsalarga ko‘proq e’tibor
qaratishadi. Talabaning mustaqil ishini baholash va hisobga olishda uning ma’ruza
mavzusiga va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishini, laboratoriya
mashg‘ulotlarini bajarish uchun tayyorgarlik ishlarini ham inobatga olish va
shundan kelib chiqqan holda talabaga mustaqil tarzda yozib keladigan referat
mavzularini berishi lozim, bunda albatta ish hajmining haddan tashqari oshib
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Chunki talabaga faqat yozib-chizib keladigan
mustaqil ishlar ko‘plab beriladigan bo‘lsa, unda jismoniy va aqliy zo‘riqishlarni
keltirib chiqarishi mumkin. Oddiy hisob-kitob ishlarini o‘tkazaylik. Talaba bir
semestrda 5 ta fan o‘qiydi. Har bir fandan mustaqil ish uchun ajratilgan soat
miqdorini o‘rtacha 90 soat deb olsak, talaba 5´90=450 soat hajmdagi topshiriqlarni
bajarishi kerak. Agar fan o‘qituvchisi har bir referatni 6 soat miqdorda belgilab,
talabalarga referat yozib kelish topshirig‘ini bersa, ular 15 ta referat yozishi kerak
bo‘ladi. Har bir referatni o‘rtacha 15 betdan iborat desak, 225 betlik ma’lumot
yozishi kerak. 225 betni fanlar soni 5 ga ko‘paytirsak, 1225 bet ma’lumot yozishi
kerak bo‘ladi! Bu bir semestrda! Faqat yozish-chizish bilan shug‘ullanish
talabalarning erkin ijodiy fikrlashiga, o‘z g‘oyalarini ifodalashiga to‘sqinliklarni
keltirib chiqaradi, hamda ularning vaqt potensialidan samarali foydalanishini
cheklab qo‘yadi. Shuning uchun fanlardan talabalarning bajaradigan yozma
shakldagi mustaqil ishlari soni va hajmi kafedra yig‘ilishida va fakultet o‘quv-
uslubiy kengashlarida ko‘rib chiqilishi lozim deb hisoblayman. An’anaviy ta’limga
nisbatan kredit-modul tizimida talabaning mustaqil ishlariga alohida e’tibor
qaratiladi va uning bajarilishi shakli keng qamrovlidir. Talabaning bajaradigan
mustaqil ishlari quyidagi guruhlarga ajratilishi mumkin: – talabaning bevosita o‘zi
mobil qurilmasi orqali amalga oshiriladigan mustaqil ish turlari (darsga
tayyorlanish, axborot izlash, FAQ (ko‘p so‘raladigan savollar), forum, test yechish,
nazorat ishiga tayyorlanish); – an’anaviy shakldagi o‘qituvchi rahbarligidagi
talabaning mustaqil ishi (masala yechish, referat tayyorlash, kollokvium, esse,
taqdimot, keys-stadi, kurs ishi, kurs loyihasi, hisob-grafik ishlari va boshqalar); –
elektron shakldagi o‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi. Talabalarga
mustaqil ishlarni bajartirishda motivasiya muhim o‘rin tutadi. Bunda o‘qituvchi
talabani rag‘batlantirgan va qiziqtirgan holda topshiriqlarni bajarishga yo‘naltirishi,
ularda innovasion g‘oyalarni shakllantira olishi kerak. Demak, kredit-modul
tizimida ham o‘qituvchining talabani to‘g‘ri yo‘naltira olishi va rag‘batlantirishi
muhim ahamiyatga ega. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, kredit-modul tizimi
joriy etilayotgan OTMlarda talabalarning fanlardan belgilangan kreditlarni yig‘ish
bosqichlarini o‘zida aks ettiradigan va talabalarning mustaqil ta’lim olishlarida
ularning faolligini ta’minlaydigan mukammal harakat mexanizmi to‘liq
shakllantirilmagan. Shuningdek ko‘pchilik talabalar fanlar bo‘yicha belgilangan
kreditlarni qanday tartibda to‘plash, bunda nimalarga e’tibor berish lozimligi va
o‘zlarining
majburiyatlari,
zimmasidagi
mas’uliyat
haqida
yetarlicha
tushunchalarga to‘liq ega emaslar. Ushbu xulosalardan kelib chiqqan holda quyidagi
takliflarni berishni lozim topdim:
1. Har bir fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarning belgilangan
kreditlarni to‘plash tartibi aniq ishlab chiqilishi lozim;
2. Har bir talaba o‘zining o‘qish jarayonidagi holati va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini
doimiy tarzda bilib turishini, ya’ni ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash. Buning
uchun yuqorida tavsiya etilgan kundalik-yo‘l xaritadan foydalanishni tavsiya
etaman;
3. Kredit-modul tizimida fanga ajratilgan o‘quv soatlarining kamida 50-60% qismi
talabaning mustaqil ta’lim olishiga ajratilganligini e’tiborga olib, talabalarning
mustaqil ta’lim olishga intilishini va mustaqil harakatini kuchaytiruvchi mexanizmni
yaratish va amalga joriy etish lozim;
4. Dars mashg‘ulotlarida talaba bilimiga qo‘yilgan baholarni konvertasiya qilishda
muammolar kelib chiqmasligini e’tiborga olgan baholash tizimini optimalllashtirish
lozim.
5. Har bir fanning sillabusida talabalarning 1 kredit-soatni to‘plashi uchun
bajaradigan topshiriqlar turi va hajmi aniq ko‘rsatilishi lozim.