Kursning maqsadi va vazifalari. Yerning shakli va o’lchamlari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

110,6 KB


Kursning maqsadi va vazifalari. Yerning shakli va o’lchamlari
Reja
1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari.
2. Geodeziya fani to’g’risida ma’lumot.
3. Geodeziya ishlarini olib borish to’g’risida tarixiy ma’lumot
4. Geoid tushunchasining tarkib topishi
5. Yerning matematik modeli
6. Yer ellipsoidi va uning o’lchamlari.
Tayanch so’zlar: topografiya, kartografiya, geodeziya, Beruniy, joy plani,
kartometriya, GIS, Ptolomey, Merkator, Geoid, Ellipsoid, Shar, Listing, mutloq
balandlik,  nisbiy  balandlik,  Krassovskiy,  qutbiy  siqiqlik,  ekvator,  meridian,
parallel, masshtab
Topografiya va kartografiya asoslari fani geografik fanlar ichida muhim
fanlardan  biri  bo’lib,  unda  kishilik  jamiyatida  va  inson  faoliyatida  muhim
hisoblanadi. Kishilik  jamiyatida kartaning o’rni  alohida bo’lib, turli  geografik
tadqiqotlar va er yuzasidagi voqea-hodisalarning hududiy tarqalishi kartada yaqqol
namoyon bo’ladi. Geografik kartalar  asosini  topografik kartalar  tashkil  qiladi.
Birorta hududning geografik kartasini tuzish uchun, o’sha hududning topo plani va
kartasi tuziladi. Joyning topo kartasini tuzish uchun kartaning negizi hisoblangan
geodezik  asos  bo’lishi  zarur.  Bu  orqali  yerning  shakli,  kattaligi  va  boshqa
o’lchamlari aniqlanadi. 
Geodeziya – (grekcha-geo-yer, dio – o’lchash , ya’ni yerni o’lchash degan
ma’noni bildiradi) yerning shakli va kattaligini o’lchash, yer yuzasida har xil
injenerlik, loyihalash ishlari va topografik karta hamda plan olish uchun zarur
Logotip
Kursning maqsadi va vazifalari. Yerning shakli va o’lchamlari Reja 1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. 2. Geodeziya fani to’g’risida ma’lumot. 3. Geodeziya ishlarini olib borish to’g’risida tarixiy ma’lumot 4. Geoid tushunchasining tarkib topishi 5. Yerning matematik modeli 6. Yer ellipsoidi va uning o’lchamlari. Tayanch so’zlar: topografiya, kartografiya, geodeziya, Beruniy, joy plani, kartometriya, GIS, Ptolomey, Merkator, Geoid, Ellipsoid, Shar, Listing, mutloq balandlik, nisbiy balandlik, Krassovskiy, qutbiy siqiqlik, ekvator, meridian, parallel, masshtab Topografiya va kartografiya asoslari fani geografik fanlar ichida muhim fanlardan biri bo’lib, unda kishilik jamiyatida va inson faoliyatida muhim hisoblanadi. Kishilik jamiyatida kartaning o’rni alohida bo’lib, turli geografik tadqiqotlar va er yuzasidagi voqea-hodisalarning hududiy tarqalishi kartada yaqqol namoyon bo’ladi. Geografik kartalar asosini topografik kartalar tashkil qiladi. Birorta hududning geografik kartasini tuzish uchun, o’sha hududning topo plani va kartasi tuziladi. Joyning topo kartasini tuzish uchun kartaning negizi hisoblangan geodezik asos bo’lishi zarur. Bu orqali yerning shakli, kattaligi va boshqa o’lchamlari aniqlanadi. Geodeziya – (grekcha-geo-yer, dio – o’lchash , ya’ni yerni o’lchash degan ma’noni bildiradi) yerning shakli va kattaligini o’lchash, yer yuzasida har xil injenerlik, loyihalash ishlari va topografik karta hamda plan olish uchun zarur
bo’lgan  geodezik  tayanch  punktlarini  tashkil  qilish  usullarini,  geodezik
asboblarning tuzilishini va u bilan ishlash yo’llarini o’rgatadi.
Geodeziya oliy, quyi va injinerlik geodeziyaga bo’linadi: Oliy geodeziya –
yerning shaklini, uning o’lchamlarini aniqlash, kartalar tuzish uchun geodezik
nuqtalarni barpo etish maqsadida katta hududlarda olib boriladigan o’lchash ishlari
va ularni tashkil qilish bilan shug’illanadi. Quyi geodeziya – er yuzasining ayrim
bo’laklarini plan, karta va profillarda chizib tasvirlashdagi o’lchash usullarini va
geodezik  asboblar  bilan  ishlash  usullarini  o’rganadi.  Injinerlik  geodeziya -
injinerlik inshoatlarining o’rnini qidirib topish, uni planda, kartada va profilda
loyihalashda bajariladigan ishlar bilan shug’illanadi.
Topografiya – (grekcha topos-joy, grafo-tasvirlash) yer yuzasining ma’lum
bir kichik qismini plan yoki kartada tasvirlash usullarini o’rgatadi. Hozirgi vaqtda
topografik plan olishda aero va kosmosur’atlardan foydalanilmoqda.
Kartografiya – tabiat va jamiyatda vaqt o’tishi bilan o’zgaradigan voqea va
hodisalarning tarqalishini, ularning o’zaro bog’liqligini, kartografik ma’lumotlarni
belgi-modellar vositasida ko’rgazmali ravishda tasvirlash yo’llarini o’rgatuvchi fan
hisoblanadi. Kartografiya – qadimiy fanlardan biri bo’lib, dastlab milodning 2-
asrida yashagan Klavdiy Ptolomey tomonidan fanga kiritilgan.
Geodezik ishlarni olib borish to’g’risida tarixiy ma’lumot.
Logotip
bo’lgan geodezik tayanch punktlarini tashkil qilish usullarini, geodezik asboblarning tuzilishini va u bilan ishlash yo’llarini o’rgatadi. Geodeziya oliy, quyi va injinerlik geodeziyaga bo’linadi: Oliy geodeziya – yerning shaklini, uning o’lchamlarini aniqlash, kartalar tuzish uchun geodezik nuqtalarni barpo etish maqsadida katta hududlarda olib boriladigan o’lchash ishlari va ularni tashkil qilish bilan shug’illanadi. Quyi geodeziya – er yuzasining ayrim bo’laklarini plan, karta va profillarda chizib tasvirlashdagi o’lchash usullarini va geodezik asboblar bilan ishlash usullarini o’rganadi. Injinerlik geodeziya - injinerlik inshoatlarining o’rnini qidirib topish, uni planda, kartada va profilda loyihalashda bajariladigan ishlar bilan shug’illanadi. Topografiya – (grekcha topos-joy, grafo-tasvirlash) yer yuzasining ma’lum bir kichik qismini plan yoki kartada tasvirlash usullarini o’rgatadi. Hozirgi vaqtda topografik plan olishda aero va kosmosur’atlardan foydalanilmoqda. Kartografiya – tabiat va jamiyatda vaqt o’tishi bilan o’zgaradigan voqea va hodisalarning tarqalishini, ularning o’zaro bog’liqligini, kartografik ma’lumotlarni belgi-modellar vositasida ko’rgazmali ravishda tasvirlash yo’llarini o’rgatuvchi fan hisoblanadi. Kartografiya – qadimiy fanlardan biri bo’lib, dastlab milodning 2- asrida yashagan Klavdiy Ptolomey tomonidan fanga kiritilgan. Geodezik ishlarni olib borish to’g’risida tarixiy ma’lumot.
Topografiya va kartografiya asoslari fani tarixi ham boshqa fanlar qatori
tarixiy manbalar asosida o’rganiladi. Dastlabki kartografik tasvirlar ibtidoiy jamoa
davrida  paydo  bo’lgan.  Masalan,  miloddan  avvalgi  ikki  minginchi  yillarda
Shimoliy Italiyadagi tog’larda toshlaraga yo’llar, daryolar va sug’oriladigan erlar
tasvirlanganligi ma’lum va ular har xil chiziqli shakllardan tashkil topgan. Bunday
tasvirlar  qadimgi  Vaviloniya  shahrining  arxeologik  tasvirlarida  ham  uchraydi.
O’rta Osiyo haqidagi dastlabki geografik va kartografik ma’lumotlar miloddan
avvalgi 5-asrlarda yashagan yunon allomasi Geradot tomonidan yozilgan asarlarda
uchraydi. K.Ptolomey tomonidan yaratilgan “Geografiya” kitobida 27 ta kartadan
iborat “Dunyo atlasi”ni yaratadi, bu atlasda daraja to’rlari ham tasvirlanadi. Yunon
olimi Erotosfen tomonidan yer yuzasidagi joylarning o’rinlari, kenglik va uzoqlik
orqali  aniqlash  va  gradus  o’lchash  yo’li  bilan  aniq  o’lchash  usullari  ishlab
chiqilgan. Strabon tomonidan yaratilagn kitoblarda yerning sharsimonligi va uni
o’lchash  usullari  to’g’risida,  o’sha  davrlarda  ma’lum  bo’lgan  hududlarning
kartalari va ularning geografik tasvirlari bayon etilgan. 
 Bundan tashqari o’rta asrlarda Evropada kartografiya fani buyuk geografik
kashfiyotlar  davrida  rivojlandi  va  maxsus  kartalar  tuzilgan.  16-asr  o’rtalarida
g’arbda  kompas yordamida oddiy o’lchash usuli bilan olingan topografik planlar
vujudga kelgan. 1570 yilda yaratilgan Avraam Ortemeyning “Er shari manzarasi”,
1569 yilda yaratilgan Gerard Merkatorning “Dunyo kartasi” va “Dunyo atlasi”,
Vegenerning “Dengiz atlasi” sermazmunligi bilan ajralib turadi.
Insoniyat tarixiy rivojlanish davomida ehtiyoji uchun turli o’lchash ishlarini
olib borgan bo’lib, o’lchash ishlari vaqtida nuqtalarning bir-biriga nisbatan baland-
pastligi aniqlanadi. Topografiyada nuqtalarning baland-pastligini aniqlash Yerning
umumiy shakliga nisbatan belgilanadi. Yerning tabiiy yuzasi turli past-balandliklar,
tekisliklar, pastekisliklar, tog’lar, daryolar ko’llar va boshqalardan iborat. Yerning
tabiiy yuzasi topografik yuza deb yuritiladi, bu yuza geometrik-matematik model
jihatidan murakkab bo’lib, undagi barcha nuqtalarning balandligi yerning umumiy
shakliga bog’lanadi. Yerning umumiy shakli okean suvlarining tinch holatdagi
sathini fikran davom ettirishdan hosil bo’lgan yumaloq shakl GEOID (yunoncha
“yerning ko’rinishi” ma’nosini bildiradi) deb qabul qilingan. Geoid  – deb atashni
1873 yili nemis fizigi I.B.Listing (1808-1882) taklif etgan. Geoid shakl hamma
Logotip
Topografiya va kartografiya asoslari fani tarixi ham boshqa fanlar qatori tarixiy manbalar asosida o’rganiladi. Dastlabki kartografik tasvirlar ibtidoiy jamoa davrida paydo bo’lgan. Masalan, miloddan avvalgi ikki minginchi yillarda Shimoliy Italiyadagi tog’larda toshlaraga yo’llar, daryolar va sug’oriladigan erlar tasvirlanganligi ma’lum va ular har xil chiziqli shakllardan tashkil topgan. Bunday tasvirlar qadimgi Vaviloniya shahrining arxeologik tasvirlarida ham uchraydi. O’rta Osiyo haqidagi dastlabki geografik va kartografik ma’lumotlar miloddan avvalgi 5-asrlarda yashagan yunon allomasi Geradot tomonidan yozilgan asarlarda uchraydi. K.Ptolomey tomonidan yaratilgan “Geografiya” kitobida 27 ta kartadan iborat “Dunyo atlasi”ni yaratadi, bu atlasda daraja to’rlari ham tasvirlanadi. Yunon olimi Erotosfen tomonidan yer yuzasidagi joylarning o’rinlari, kenglik va uzoqlik orqali aniqlash va gradus o’lchash yo’li bilan aniq o’lchash usullari ishlab chiqilgan. Strabon tomonidan yaratilagn kitoblarda yerning sharsimonligi va uni o’lchash usullari to’g’risida, o’sha davrlarda ma’lum bo’lgan hududlarning kartalari va ularning geografik tasvirlari bayon etilgan. Bundan tashqari o’rta asrlarda Evropada kartografiya fani buyuk geografik kashfiyotlar davrida rivojlandi va maxsus kartalar tuzilgan. 16-asr o’rtalarida g’arbda kompas yordamida oddiy o’lchash usuli bilan olingan topografik planlar vujudga kelgan. 1570 yilda yaratilgan Avraam Ortemeyning “Er shari manzarasi”, 1569 yilda yaratilgan Gerard Merkatorning “Dunyo kartasi” va “Dunyo atlasi”, Vegenerning “Dengiz atlasi” sermazmunligi bilan ajralib turadi. Insoniyat tarixiy rivojlanish davomida ehtiyoji uchun turli o’lchash ishlarini olib borgan bo’lib, o’lchash ishlari vaqtida nuqtalarning bir-biriga nisbatan baland- pastligi aniqlanadi. Topografiyada nuqtalarning baland-pastligini aniqlash Yerning umumiy shakliga nisbatan belgilanadi. Yerning tabiiy yuzasi turli past-balandliklar, tekisliklar, pastekisliklar, tog’lar, daryolar ko’llar va boshqalardan iborat. Yerning tabiiy yuzasi topografik yuza deb yuritiladi, bu yuza geometrik-matematik model jihatidan murakkab bo’lib, undagi barcha nuqtalarning balandligi yerning umumiy shakliga bog’lanadi. Yerning umumiy shakli okean suvlarining tinch holatdagi sathini fikran davom ettirishdan hosil bo’lgan yumaloq shakl GEOID (yunoncha “yerning ko’rinishi” ma’nosini bildiradi) deb qabul qilingan. Geoid – deb atashni 1873 yili nemis fizigi I.B.Listing (1808-1882) taklif etgan. Geoid shakl hamma
joyda  bir  xil  bo’lmasdan,  yerdagi  jinslarning  joylashishi  va  zichligiga  qarab
o’zgaradi, shuning uchun u ellipsoid shaklga o’xshab ketadi.
Topografik  yuzadagi  nuqtalarning  balandligi  sathiy  yuzadan,  mamlakatimizda
balandliklar Boltiq dengizidagi Kronshtadt futshtogidan hisoblanadi. Aynan shu
nuqtaga nisbatan hisoblangan balandlik mutloq balandlik deyiladi. YEr yuzasidagi
ikki nuqta balandliklari orasidagi farq  nisbiy balandlik deyiladi. Odatda mutloq
balandlik N harfi bilan, nisbiy balandlik N1 bilan belgilanadi. V nuqtaning A
nuqtaga nisbatan balandligi, ya’ni nisbiy balandligi musbat bo’lsa (+), manfiy
bo’lsa (-) ishora bilan yoziladi. Agar er yuzasidagi biror nuqtaning balandligi 0
metrdan baland bo’lsa, kartalarda ishora qo’yilmaydi, 0 metrdan past bo’lsa manfiy
ishora qo’yiladi.
Yer ellipsoidi, uning o’lchamlari
Bir necha asrlardan buyon o’lchash ishlarining natijalari shunga olib kelganki,
geoid shakl ellipsning kichik o’qlari atrofida aylanishida hosil bo’lgan Er -sferoid
shaklga o’xshaydi. SHuning uchun uning o’lchamlari turli davrlarda bir necha
olimlar tomonidan hisoblab chiqilgan.
№
Olimlar nomi
a
v
& (alfa)
yili
Metr hisobida
1
Delamber
6375653
6356564
1:334
1800 (Fransiya)
2
Besselь
6377397
6356079
1:299,2
1841 (Germaniya)
3
Klark
6378249
6356515
1:293,5
1880 (Angliya)
4
Xeyford
6378388
6356909
1:297
1909 (AQSH)
5
Krassovskiy
6378245
6356863
1:298,3
1940 (Rossiya)
Bu erda a-ellipsoidning katta yarim o’qi
              v- ellipsoidning kichik yarim o’qi
                            a-v
&(alfa) =   ------------    -  qutblarning siqiqligi
a
Hozirgi  vaqtda   er  ellipsoidining  elementlari  F.N.Krassovskiy  va
A.A.Izotovlar hisoblab chiqqan va barcha geodezik ishlarda Krassovskiy ellipsoidi
asos qilib olingan. 
Logotip
joyda bir xil bo’lmasdan, yerdagi jinslarning joylashishi va zichligiga qarab o’zgaradi, shuning uchun u ellipsoid shaklga o’xshab ketadi. Topografik yuzadagi nuqtalarning balandligi sathiy yuzadan, mamlakatimizda balandliklar Boltiq dengizidagi Kronshtadt futshtogidan hisoblanadi. Aynan shu nuqtaga nisbatan hisoblangan balandlik mutloq balandlik deyiladi. YEr yuzasidagi ikki nuqta balandliklari orasidagi farq nisbiy balandlik deyiladi. Odatda mutloq balandlik N harfi bilan, nisbiy balandlik N1 bilan belgilanadi. V nuqtaning A nuqtaga nisbatan balandligi, ya’ni nisbiy balandligi musbat bo’lsa (+), manfiy bo’lsa (-) ishora bilan yoziladi. Agar er yuzasidagi biror nuqtaning balandligi 0 metrdan baland bo’lsa, kartalarda ishora qo’yilmaydi, 0 metrdan past bo’lsa manfiy ishora qo’yiladi. Yer ellipsoidi, uning o’lchamlari Bir necha asrlardan buyon o’lchash ishlarining natijalari shunga olib kelganki, geoid shakl ellipsning kichik o’qlari atrofida aylanishida hosil bo’lgan Er -sferoid shaklga o’xshaydi. SHuning uchun uning o’lchamlari turli davrlarda bir necha olimlar tomonidan hisoblab chiqilgan. № Olimlar nomi a v & (alfa) yili Metr hisobida 1 Delamber 6375653 6356564 1:334 1800 (Fransiya) 2 Besselь 6377397 6356079 1:299,2 1841 (Germaniya) 3 Klark 6378249 6356515 1:293,5 1880 (Angliya) 4 Xeyford 6378388 6356909 1:297 1909 (AQSH) 5 Krassovskiy 6378245 6356863 1:298,3 1940 (Rossiya) Bu erda a-ellipsoidning katta yarim o’qi v- ellipsoidning kichik yarim o’qi a-v &(alfa) = ------------ - qutblarning siqiqligi a Hozirgi vaqtda er ellipsoidining elementlari F.N.Krassovskiy va A.A.Izotovlar hisoblab chiqqan va barcha geodezik ishlarda Krassovskiy ellipsoidi asos qilib olingan.