1
KURS ISHI
KUSHON PODSHOLIGI
REJA:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1. Kushon podsholigining tashkil topishi, rivojlanishi va inqirozga yuz tutishi
2. Kushon podsholigining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti omillari
3. Kushon podsholigining tadqiqotchilar tomonidan o’rganilishi
4.Kushon davlatida boshqaruv tizimi
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
2
KIRISH.
Tariximizni noyob yodgorliklari, ilk sivilizatsiya o’choqlaridan biri
o’lkamizdir. Jahon sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo’shgan Kushon davlati o`lkan
sarhadlarga ega bo’lib, davlatning shahar va qishloqlarida savdo-sotiq,
hunarmandchilik, qishloq xo’jalik sohalari rivojlangan. So’nggi yillarda olib
borilganko’plab arxeologik tadqiqotlar Kushon davri O’rta Osiyo xalq larining
moddiy madaniyatini o`rganish bo`yicha boy materiallar berib, keng imkoniyatlar
yaratdi. Ushbu tadqiqotlar natijalariga ko`ra, mil.avv. I ming yillikning oxiri -
milodning dastlabki asrlari O`rta Osiyoda xo`jalik va madaniy hayot darajasining
ko`tarilgan davri bo`ldi. Janubiy Turkmaniston va Xorazm, Buxoro va Samarqand,
Surxon vohasi, Vaxsh, Qashqadaryo va Farg`ona vodiysidan topilgan shu davrga oid
arxeologik topilmalar sug`orma dehqonchilikning anchagina rivojlanganligidan
dalolat beradi. Dehqonchilikning rivoji tufayli keng hududlar o`troq aholi tomonidan
jadallik bilan rivojlanadi. Kushonlar saltanatini dunyo xalqlari taraqqiyotiga
qo’shgan hissasinio o’rganish, ularning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy tarixini
yangi manbalar bilan boyitish olimlarimiz oldida turgan dolzarb masala bo’lib
qolmoqda. Siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksak darajada rivojlangan
Kushon davlati tarixini yosh avlodni ongi-shuurigiga yetkazish, singdirish, yoshlarni
milliy o’zlikni anglash ruhida tarbiyalashda bu tarixiy davlatning o’rni beqiyosdir.
So`nggi yillarda Markaziy Osiyo va qo`shni hududlarda olib borilgan tarixiy-
arxeologik tadqiqotlar bu mintaqa Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining shakllanishi va
rivojlanishida o’ziga xos o`rin tutganligini ko’rsatuvchi ko’plab ashyoviy dalillarni
yuzaga chiqardi. Ularga asoslanib, biz "Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi", "O’rta
Osiyo sivilizatsiyasi", "Turon" yoki "Turkiston sivilizatsiyasi" kabi tarixiy
tushunchalardan
ilmiy
tadqiqotlarda
keng
foydalana
boshladik.Birinchi
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, hozirgi O’zbekiston hududining
ulkan Yevroosiyo mintaqasi markazida, muhim tranzit yo’llari kesishgan chorrahada
joylashganligi tarixan belgilangan bo`lib bu vatanimizni kishilik tarixining ilk
bosqichlaridayoq Sharq va G’arb dunyosi o’zaro muloqotga kirishadigan joy
3
sifatidagi ahamiyatini belgilab berdi.Shu tufayli ham tarix fanining hozirgi
taraqqiyot bosqichida Vatanimiz tarixini jahon sivilizatsiyasining muhim tarkibiy
qismi sifatida o’rganish dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo`yilmoqda O’rta
Osiyo sivilizatsiyasining shakllanishi va bosqichma -bosqich rivojlanib borishda
Kushon davlatining mintaqaviy va trans-mintaqaviy iqtisodiy-madaniy aloqalar
tizimini rivojlantirishdagi o’rni beqiyos bo’lgan. Bu saltanatni rivojlanish
tendensiyalarini ilmiy o`rganish va tahlil qilib, yosh avlodga yetkazish asosiy
maqsad sifatida gavdalanadi. Zero, jahon hamjamiyati tomonidan Kushon davlati
misolida O’rta Osiyo tarixining ko’pgina muhim hodisalariga baho berishda, turli
tarixiy
davrlardagi
ijtimoiy-iqtisodiy
va
madaniy
hayotdagi
an’analarni
aniqlashtirishda katta o`rin tutadi.Umuman olganda Kushon podsholigi vatanimiz
hududida milodiy boshlarida vujudga kelib, yirik bir imperiyaga aylana oldi va bu
imperiya o’zbek davlatchiligi tarxi juda kata ahamiyatga ega bo’lib hisoblanadi.
Qadimiy manbalarning deyarlik barchasida kushonlarning birinchi hukm- dori
Kioszyukyu (uning xitoycha atalishi) Kujula Kadfizdir (ayrim manbalarda Kudjula
va Kudzula). U Baqtriyani egallagach, qo‘shni viloyatlar sari otlanib, Sug‘diyona,
Marg‘iyona, Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismini ham egallaydi. Sakson yil umr
ko‘rib vafot etgach, o ‘rniga o‘g‘li Yangaochjen (Kadfiz II) o‘tirib, Hindistonning
Gang daryosi vodiysigacha bo‘lgan yerlarni ham bo‘ysundiradi. Kadfiz II
(Yangaochjen) tarixda Vima Kadfiz nomi bilan ham mashhur. Bu nom o‘sha davrda
zarb etilgan tangalarda aks etgan. Kushonlar davlati podsho Kanishka davrida eng
qudratli saltanatga aylangan. Uning davrida Hindistonning janubiy qismlariga tahdid
solingan.Farg‘ona, Sharqiy Turkiston bo‘ysundirilgan, Turkistonning asosiy
qismlari bir siyosiy hokimiyat ostida birlashib, qudratli saltanat vujudga
kelgan.Kushonlar davrida harbiylar uzoqdan turib jang qilishda asqotadigan qo‘sh
kamon quroli yaratilgan. Suyak yoki shox bilan qoplangan murakkab bu qurol
keyinchalik, Uraloldi yerlari orqali Shotlandiyagacha, sharqda Eron, Hindis- ton va
Xitoygacha
tarqab
ketgan.Kushonlar
davrida
dehqonchilik,
chorvachilik,
hunarmandchilik ravnaq topgan. Ayniqsa, oynasozlik rivoji bu yurt dovrug‘ini
olamga taratgan. Baqtri- ya, Sug‘diyona, Farg‘ona bu sohada ulkan yutuqlarga
4
erishgan. Baqtriyaliklar Xitoyga borib oynasozlikni ko‘z-ko‘z qilganlarida (tog‘dan
ashyo olib kelib odamlar oldida mahorat bilan yasaganlarida), uning tovlanishini
ko‘rgan Xi- toy hukmdori lol qolib, bu yasalgan narsani xazinaga topshirishni
buyurgan.Bu davrda saltanatning kengligi turli xalqlar o‘rtasidagi madaniy
aloqalarning rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Milodning boshlarida o ‘lkaga Hindiston-
dan chaturanga nomi bilan shaxmat o ‘yini kirib kelgan. Ajdodlar e’tiqodiga
to‘xtaladigan bo‘lsak, mintaqaning aksar qismida zardushtiylik o ‘z mavqeyini
saqlab qolgan. Shu bilan birgalikda mintaqaga Hindistondan buddaparastlik ta'limoti
ham kirib kelgan. Bu ta’limot bizning o ik a orqali Xitoyga, so‘ngra Tibet va
Yaponiyaga yoyilgan. Manbalarga qaraganda, parfiyalik An Shi Gao degan kishi
148-yili Loyan shahriga borib, o ‘z izdoshlari bilan birgalikda bu diniy talimotni
targ‘ib eta boshlagan ekan.Yuqoridagi m’alumotlardan biz bilib olishimiz
mumkinki, Kusholarr podsholigi o’z hukdori Kanishka davrida eng qudratli
davlatlardan biriga aylangan va o’sha davrda har bir soha rivojlangan.
KUSHON PODSHOLIGINING TASHKIL TOPISHI, RIVOJLANISHI VA
INQIROZGA YUZ TUTISHI
Makedoniyalik Aleksandr O’rta Osiyoning katta qismini bosib olganidan
so’ng, bu hududdda yashagan ba’zi qabilalar shimoli-sharq tomonga qarab siljiy
boshlashdi. Ana shunday qabilalardan biri yuechjilar (xitoy manbalarida shunday
dеb atalgan) miloddan avvalgi IV asr oxirlarida Sharqiy Turkistondan to
Mo`g`iliston chegaralarigacha bo`lgan hududlarga borib o’rnashganlar. Xitoyning
shimolida esa xunn qabilalari yashagan va Yuechjilar xunnlarga janub tomondan
qo`shni bo`lib qolishgan. Keyinchalik Yuechjilar Sharqiy Turkistonda joylashib
olib, xunnlarni o`z tasirlariga olishga harakat qilishadi. Ularning bu harakati, ayniqsa
miloddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmidan boshlab asta-sekin namoyon bo`la
5
boshlaydi. Sababi xuddi shu davrda O’rta Osiyoning janubi-sharqiy viloyatlarda
Yunon-Baqtriya davlati tarkib topib, yuechjilarni bеzovta qilmoqda e`di. Yunon-
Baqtriyaga qarshi O’rta Osiyo qabilalarining birlashgan mustaqil qo`shinini tuzish
zaruriyati kelib chiqqan edi. Yunon-Baqtriya podshosi Еvtidеm massagеt
qabilalarining bu harakatlarini barbod etish maqsadida xunnlardan mohiron a
foydalanadi. Еvtidеm miloddan avvalgi 206 yilda salavkiylar hukmdori Antiox III
bilan shimol ko`chmanchilariga qarshi harbiy ittifoq tuzadi. Bundan xabardor
bo`lgan xunn shahzodasi Mode yuechjilar qo`lidan garovlikdan qochadi, o`z otasini
hokimiyatdan ag`darib tashlab, yuechjilar ustiga lashkar tortib boradi.Miloddan
avvalgi 176 yilda xunnlar yuechjilar ustiga ikkinchi marta hujum uyushtiradilar.
Oqibatda xunnlar 165 yilda yuechjilarni g`arbga uloqtirib tashlaydilar. Rivoyatlarga
qaraganda xunn hukmdorlari mag`lub bo`lgan yuechjilar podshosining bosh
suyagidan kosa yasab, g`alaba sharafiga unda sharob ichib yurgan еkanlar. Yuechji
qabilalari qadimgi Farg`ona yerlariga chеkinadilar va o`sha yerda istiqomat qila
boshlaydilar. Xitoy manbalarida yozilishicha qadimgi Farg`onaning shimoliy
tumanlarida yuechjilar qishloq va shaharlar barpo qiladilar. Bu davrda yagona bir
podsho bo`lmagan, balki qabila va urug` yabg`ulari qabila oqsoqollari qo`l ostida
birlashganlar. Kushon podsholigi - o’zbek davlatchiligi tizimidagi qadimgi davlat
(mil. 1—3-a.lar). Mil. I asrning 1-yarmida
yuyechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga
kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida —yuyechji) mil.av. 140 yili Sirdaryo
ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi o’rnida
bir asr davomida 5 qabilaga bo’linib yashagan. Bulardan Kushon (Xitoy
yilnomalarida guyshuan) qabilasi jabg’usi Kujula Kadfiz (Kadfiz I) milodiy I asrda
qolgan 4 qabilani bo’ysundirib, o’zini hukmdor deb e’lon qilgan. «Kushon» atamasi
yo sulola yoki qabilaga tegishli bo’lib, u ilk bor mil. av. 1 asr oxiri — mil. 1 asr
boshida hukmronlik qilgan podshoh «Geray»- Sanab zarb qildirgan tangalarda
qo’llangan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shimoliy Baqtriya
(Tojikiston hamda O’zbekistonning janubi, Turkmanistonning janubi-sharqidagi
yerlar) kirgan. Dastlab jabg’u, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan
6
Kadfiz I Kushon podsholigiga asos solgan bo’lib, uning davrida kushonlar hozirgi
Afg’oniston bilanPokistonning ko’pchilik qismini bosib olgan. Jumladan, hozirgi
Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumana hududida Kushon qishlog` va
Kosonsoyda Koson shahrini yuechjilar barpo qilgan edilar. Ma'lumki, miloddan
avvalgi II asr o’rtalarida Yunon-Baqtriya davlati inqiroz sari yuzlanadi. Ana shu
qulay vaziyatdan foydalangan yuechjilar miloddan avvalgi 140-130 yillarda So`g`d
yerlari orqali Baqtriyaga bostirib kеladilar va Shimoliy Baqtriya hududlarini
e`gallab oladilar. Yuechjilar Baqtriyada 100 yil mobaynida 5 ta qabilaga bo`linib
yashaganlar. Ular mil. av. 140-130 yillarda Yunon - Baqtriyani ham o‘zlariga tobe
qiladilar va “Katta Yue-chje” davlat uyushmasiga asos soladilar. Bu davlat
uyushmasiga beshta hokimlik: Guyshuan, Xyumi, Shaunmi, Xise va Dumilar
bo‘ysunar edi. Guyshuan (Kushon) qabilasi (yabg`usi Kudzula Kadfiz edi) to`rtta
qabila yabg`ularini o`ziga tob е etib barcha qabilalar ustidan hukmronlik qilardi. U
o`z davlatini Kushon davlati sifatida e'lon qildi va hozirgi Surxondariyo viloyatining
Sho`rchi tumanida joylashgan Dalvarzintеpani bu mamlakatning poytaxtiga
aylantirdi. Kudzula Kadfiz o`z davlat chеgaralarini kеngaytirish va uning
qudratinimustahkamlash maqsadida Amudaryoning chap sohili tumanlarini
egallashga bеlbog`ladi. U tеz orada Parfiya, Afg`onistan va Kashmirni
e`galladi.Kudzula Kadfiz 80 yoshida vafot etadi . Uning davrida Kushon davlatining
o`z pullari bo`lmagan. Kudzula Kadfiz tangalarni Rim saltanati va Parfiya
podsholari zarb e`tgan tangalarga taqlid qilib chiqargan. Shu boisdan ham bu
davrdagi tangalarda «Kudzula Kadfiz Yabg`u» d еgan yozuvlarni uchratamiz.
Kеyinroq esa «Hukmdor Kadfiz» dеgan yozuvda tangalar zarb etilgan. Kushon
podsholigi tetradrahmasining o’ng tomonida sochlari hafsala bilan taralgan,
peshonasiga tasma bog’lagan, yuzlarida g’ayrat -shijoat barq urib turgan erkak
kishining beligacha tushgan surati berilgan. Tanganing reversi kishi diqqatini o’ziga
tortadi: o’rtada ot mingan shoh, uning orqasida gulchambar tutgan Nika (zafar)
ma’budasi parvoz qilyapti. Shu yerning o’zida “Kushon hukmdori Geray Sanabniki”
degan to’rt so’zdan iborat yunon yozuvi bor. Bu sirli tangalarning o’rgana
boshlanganiga ham yuz yildan oshdi. Keyingi yillarda tangashunoslik ilmi qo’lga
7
kiritgan yangi ma’lumotlar hamda Xolchayondan topilgan haykallar Kushon hokimi
hukmronlik qilgan davrga oid kashfiyotlar qilishga imkoniyatlar berdi. Kushon mis
chaqalari hayratomuz va sirlidir. Ularda hukmdorning ismi yo’q, faqat mansabi va
laqabini anglatuvchi “shohlar shohi buyuk haloskor” degan yunon yozuvi
mavjud.Ilmda “noma’lum shoh” yoki “Soter Megas”ning tangalari deb nom olgan
bu chaqalar O’zbekiston va Tojikiston janubida olib borilgan arxeologik
qazishmalarda ko’p uchraydi. Bu tangalar qaysi Kushon shohi tomonidan zarb
etilgani haqida bahs munozaralar haligacha davom etmoqda. M.E.Masson fikricha,
ular Kudzula Kadfiz tomonidan zarb etilganKudzula Kadfiz vafotidan so`ng uning
o`gli Yangaochjen, tangalardagi yozuvlarga ko’ra Vima Kadfiz taxtga o`tiradi. U
ko’proq Kadfiz II nomi bilan mashhur. Kushoniylar hokimiyatini kengayib borishda
Vima Kadfiz bo’sh kelmagan. Bu davrda Kushonlar davlati Pokiston va
Hindistonning markaziy viloyatlarini bosib oladi. Vima Kadfiz o`z nomidan tangalar
zarb etadi. Unga atab tosh haykali o`rnatadilar. Bu haykal Hindistonning Matxura
shahrida qad ko`taradi. Vima Kadfiz 30 yil podsholik qiladi. Mamlakatda pul
islohotini o`tkazadi. Kadfiz II zamonida pul islohoti o’tkazilib, yangi tanga tizimi
asosiy stateri 8,03 gr keladigan turli sifatdagi tillalar zarb etishga asoslangan bo’lib,
ikki xil tanga joriy etilgan: biri 16,07 gr, ikkinchisi esa 2,01 gr. SHuning bilan bir
qatorda diametri 23-25 mm, vazni 16-17 gr. keladigan mis tangalar ham muomalaga
chiqarilgan. Tangalar aversidagi suratda yuzi yon tomonidan aks ettirilgan shoh
mehrob oldida tik turganicha diniy ibodatni ado etmoqda. Vima Kadfizdan so`ng
mamlakatni idora etish Kanishka zimmasiga tushgan. U podsholik qilgan davrda
Hindistonning janubiy tumanlari, O’rta Osiyoning So`g`diyona, Xorazm va Choch
viloyatlarini zabt etadi. Kanishka davrida «shohlarning shohi-ulug` xaloskor»
yozuvi bilan tanga pullar zarb etiladi. Kanishka tangalari Ashgabatdan
Xorazmgacha, bo`lgan Toshkеnt vohasigacha bo`lgan katta hududlarda ko`plab
topilgan. Kushon davlati bu davrda eng gullagan va hududlari juda ham kеngaygan
davrini o`z boshidan kеchiradi.Kanishka budda dinini rasmiy ravishda davlat dini
dеb e'lon qiladi, buddizmni qabul qilib, uning saltanat miqyosidaga tashviqotchisi
va himoyachisiga aylanadi. Kanishka davlat poytaxtini Dalvarzindan Pеshovarga
8
ko`chiradi. Milodning I asr 70—80-yillarida Sharqiy Turkiston yerlari masalasida
Xitoy-Kushon mojarolari boshlanadi. Shunga qadar Kushonlar xitoyliklarning
Sharqiy Turkiston yerlarini egallash uchun qilgan harbiy harakatlariga xayrihoh
bo`lganlar. Hatto ular 84- yilda xitoylargaqarshi kurashish uchun Qashg’arga
yuborilgan Qang’uy qo’shinini tezda chaqirib oladi. Qashg’ar hokimligi esa
xitoyliklarga taslim bo’ladi. Shundan so’ng kushonlar Xitoyga Turfonni bosib
olishga yordam ko’rsatadi. Oradan 2-3 yil o’tgach, ikki o`rtadagi munosabat
buziladi. Buning sababi Kushon elchisi Katga sovg’alar bilan Xitoy hukmdorining
qizini kushonlar podshosiga unashtirish maqsadida Xitoyga borgan edi. Xitoy
hukmdori uni qamoqqa oladi. Natijada ikki o`rtaga sovuqchilik tushadi. O`zini
haqoratlangan dеb hisoblagan Kushon hukmdori 70 ming kishilik qo’shin bilan
Xitoyga qarshi yurish qiladi. O’zaro kurashda u yеngilib, Sharqiy Turkistondan
qochishga majbur bo`ladi.`` Milodiy 102 yilda Xitoyning nomdor va yеngilmas
lashkarboshisi Ban Chao vafotetadi. Bundan foydalangan Sharqiy Turkiston
viloyatlari xalqlari birin-kеtin Xitoyga qarshi qo`zg’olonlar ko`taradilar. Bu qulay
vaziyat tufayli kushon lar 107-yilda Sharqiy Turkistonga yana lashkar tortadilar.
Kushonlar Sharqiy Turkistonda o`z hukmronliklarini o’rnata olmagan bo`lsalarda,
Hindiston yilnomalarida Kanishkaning Tarim havzasini bosib olganligi haqida
ma'lumotlar berilgan. Xullas, Kanishka podsholik qilgan 23 yillik davrda Kushonlar
davlati hududlari juda ham kеngaygan.Natijada Kushon davlati katta saltanatga
aylanib, Xitoydagi Xan sulolasi hamda Rim imperiyasi bilan raqobatlashish
darajasiga ko‘tarildi. Kushonda davlatida viloyatlar va shaharlar davlat tepasida
turuvchi oliy hukmdor noiblari tomonidan boshqarilgan. Ular oliy hukmdorga
so‘zsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat xazinasiga o‘lponlar to‘lab turganlar. Soson
podshosi Shopur I (241—242 yillar) qurdirgan «Zoroastr Ka’abasi»da kushonlar
saltanatining hududi haqida: “Kushonlar mamlakati Pеshovar, Qashg’ar, Sug’d va
Chochgacha cho’zilgan»,— dеyiladi. O’rta Osiyoda kushonlar asos solgan 3 ta
shahar bo`lgan: 1. Koson – Farg’ona vodiysida; 2. Kattaqo’rg’on - Zarafshon
vohasida va 3. Kеsh -Qashqadaryo viloyatidadir. Kanishka vafotidan kеyin
kushonlar taxtiga uning o’g’li Vasishka o’tirdi. U 4 yilgina podsholik qildi, xolos.
9
Vasishkadan so`ng hokimiyat Xuvishka qo’liga o`tadi. U 32 yil hukmronlik qiladi.
Undan so`ng Vasudеva podsholik qildi. Vasudеva 34 yil mamlakatni idora qildi. Bu
davrga kеlib Kushon podsholigi ikki qismga bo`linadi. Mamlakatning bir qismiga
Vasudеva, ikkinchi qismiga Kanishka III hukmronlik qiladi. Buni ularning har
ikkalasi nomidan zarb etilgan tanga, pullar isbotlaydi. Kushon davlatining xalqaro
elchilik va savdo aloqalari kеng rivoj topgan. 99 yilda Kushon davlatining elchisi
Rimga borgan. Kushon va Rim saltanatlari o`rtasida yaqin elchilik aloqalari bo`lgan.
Ehtimol shu boisdan bo`lsa kerak, Rim podsholari II asr boshlarida Troyan
kolonnalariga Rimga kеlgan elchilar, savdogarlar, hunarmandlarning tasvirlarini
tushirganlar. Ana shu haykal tasvirlarda O’rta Osiyo vakillarining tasvirlari ham
uchraydi. Baqtriya hududida rim tangalari va san'at asarlarining namunalari ko`plab
topilgan. Kushonlar saltanati Kanishkaning vorisi Xuvishkadan kеyin asta-sеkinlik
bilan inqiroz sari yo`z tuta boshladi. Bu jarayon Erondagi Sosoniylar davlatining
tarix sahnasiga chiquviga asosiy omil bo‘ldi. Xususan, sosoniy hukmdorlardan
Shopur I ning (milodiy 242-243 yillar) va Shopur II ning (mil. 309-379 yillar)
Kushonlarga bergan zarbalari hal qiluvchi o‘rin tutdi. 226 yilga kеlib kushonlar
saltanatidan g’arbda Parfiya davlatining o’rnida sosoniylar davlati siyosat
maydoniga chiqdi. Bu davlat Parfiyaga tegishli hududlarda tashkil topdi. Biroq
podsho Ardashir 1 davrida mustaqil davlat sifatida faoliyat ko`rsatishga intildi va
Kushon davlatiga xavf sola boshladi. Bunday vaziyat kuhonlarni bеfarq qoldirmadi.
Kushon podshosi Vasudеva sosoniylar tomonidan bo`ladigan xavfga qarshi ittifoq
qidirib, 230 yilda Xitoyga o`z elchisini yubordi. Kushonlar bilan sosoniylar o`rtasida
jang bo`lishi tabiiy edi. 242-243 yillarda bo’lib o’tgan ikki-o`rtadagi jangda sosoniy
Shopur I ning qo’shini kushonlarni mag’lubiyatga uchratdi. Shundan so’ng
sosoniylar hukmdorlari Sharqiy Xuroson hududlarida «Kushonshoh» unvoniga ega
bo`ldilar. 252 yilda esa ular yana «Kushon shoxlarining ulu’g shoxi» dеgan unvonga
e’ga bo`ldilar, Bu yillarga kеlib kushonlar Hindistondagi yerlarining ham katta
qismidan judo bo`ldilar. Buni bir budda matnida (III asr o`rtalariga oid) «dunyo uch
qismga (Xitoy, Rim va Kushon) bo`lingan, ammo «osmon o’g’lonlari» (saltanatlari)
to’rtta: Xitoy, Rim, Kushon va Hind» dеb bergan xabaridan ham bilish mumkin.
10
Hind manbalarida ko`rsatilishicha, III asr o`rtalariga k еlib Hindiston kushonlardan
mustaqil davlat bo’lib ajralib chiqqan. Xuddi shu yillarda Xorazm ham kushonlardan
ajralib chiqadi. Ana shu tariqa III asr o`rtalaridan e’tiboran kushonlar saltanati
chuqur iqtisodiy va siyosiy inqiroz sari yuzlanadi. Ammo shundan kеyin ham
Kushon davlati O’rta Sharqning yirik davlatlaridan biri sifatida yana 100 yildan ortiq
vaqt tarix sahnasida turdi. Soson podsholarining kuchayishi kushonlarning Rim
saltanati bilan aloqasini mustahkamlanishiga sabab bo`ldi. Kushon elchilari 274 -
yilda Rim saltanati hukmdori Avrеlinning Palmir ustidan g’alabasiga bag’ishlangan
tantanalarda qatnashganligi manbalarda ko`rsatiladi. Natijada sosoniylar Rim—
Kushon do’stligidan xavfsirab, kushonlar bilan aloqani yaxshilash yo`lidan
boradilar. Bu maqsanding ijobiy natijalanishiga e’rishish yo`lida sosoniylar shohi
Xormuzd II (301—309) kushonlar malikasiga uylanadi. Biroq IV asrning o`rtalariga
kеlib kushonlar bilan sosoniylar o`rtasidagi munosabatlar yana k еskinlashdi. Bu
davrda Shopur II (309—379) kushonlarga zarba berib, Shimoliy Baqtriya yerlarini
bosib oladi. Kushonlar bu zarbaga ham bardosh berdilar.Kushonlar sulolasining
so`nggi vakillari kidariylardir. Ularni taxtga o’tkazish tantanalari IV asrning oxirida
Balxda bo’ldi. Kidariylar tarix sahnasida uzoq yashamadilar. Maydonga yangi
kuchlar chiqdi. Bu kuchlar o`z vaqtida Kushonlar saltanatining tarix sahnasidan
o`chishiga olib keldi. Kush on podsholigi va kushonlar davri O’zbekiston,
Tojikiston, Afg’aniston Pokiston, va Hindiston tarixida muhim o’rin tutadi.Shunday
qilib Kushonlar saltanati tarix maydonida o’z o’rnini boshqa, o’zidan kuchliroq
siyosiy yushmalarga bo’shatib berdi. Kushonlar o’zlarining tahminan 400 yillik
hukmronlik davrida insoniyat jamiyati taraqqiyotida o`chmas iz qoldirdilar. Bu
davrda yaratilgan noyob san’at asarlari, madaniyat yodgorliklari uninng
o`tmishidagi qudratidan dalolatdir.
KUSHON PODSHOLIGINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY
TARAQQIYOTI
Kushon podsholigi - o’zbek davlatchiligi tizimidagi qadimgi davlat bo’lib,
milodiy 1-asrning 1-yarmida yuyechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi
natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida —yuyechji) miloddan
11
avvalgi 140 yili Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-
Baqtriya podsholigi o’rnida bir asr davomida 5 qabilaga bo’linib yashagan.
"Kushon" atamasi yo sulola yoki qabilaga tegishli bo’lib, u ilk bor miloddan avvalgi
I-asr oxiri milodiy I-asr boshida hukmronlik qilgan podshoh “Geray” zarb qildirgan
tangalarda qo’llangan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shimoliy
Baqtriya (Tojikiston hamda O’zbekistonning janubi, Turkmanistonning janubi-
sharqidagi yerlar) kirgan. Dastlab jabg’u, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni
idora qilgan Kadfiz I Kushon podsholigiga asos solgan bo’lib, uning davrida
kushonlar hozirgi Afg’oniston bilan Pokistonning ko’pchilik qismini bosib olgan.
Kadfiz I ning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Hindistonning aksariyat
qismi Kushon podsholigiga qo’shib olingan. Kushon podsholigi ning eng ravvaq
topgan davri Kanishka hukmronlik qilgan
vaqtga to’g’ri keladi.O’rta Osiyoda kushon mulklarining shimoliy chegarasi
Hisor tizmasi bo’ylab, u yerdardagi tog’ daralarida g’oyatda mustahkam chegara
devorlari qurilgan. Kushonpodsholigi davrida urushlarning tez-tez bo’lib turishi
natijasida mamlakatda harbiy asirqullar miqdori oshib borgan. Xitoy va Parfiya bilan
kurash olib borayotgan Kushon podsholigi Yaqin Sharqda hukmron bo’lish uchun
Parfiya bilan urushayotgan Rimning ittifoqchisi edi. Biroq savdo manfaatlari bu
davlatlarni o’zaro yaqinlashtirgan. "Buyuk ipak yo’li" bo’ylab xalqaro savdoning
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilg an. Sharqda- Sharqiy Turkistonning qo’shib
olingan shaharlar-vohalari orqali Xitoy bilan, janubda- kushonlarga tobe Shimoliy
Hindiston bilan, g’arbda-dengiz yo’li bilan, Misr orqali yoki quruqlikdagi yo’l bilan
Eron orqali O’rta dengiz havzasidagi Rim imperiyasi shaharlari bilan, shimolda
Xorazm va Uralbo’yi orqali Sharqiy Yevropa bilan savdo qilingan. Janubiy
O’zbekistondan kushonlar davriga oid yuzdan oshiq shahar va qishloq xarobalari
aniqlangan. Bu davrda shahar va qishloq o’zaro mustahkam aloqada bo’lgan va har
bir shahar atrofida ko’plab mayda qishloqlar joylashgan. Kushon podsholigi siyosiy
hokimiyat ruhoniylar qo’lida bo’lgan davlat bo’lib, unda podsho dunyoviy rahbar
bo’lish bilan birga bosh kohin ham edi. Davlat satrapliklarga bo’lingan bo’lib,
ularning satrapparn ayrim erkinliklarga ega bo’lgan. Kushon podsholigi quldorlik
12
davlati bo’lsada, unda qishloq jamoasi muhim o’rin tutgan. Kushon podsholari
mamlakatda keng ko’lamda dinlararo murosasozlik siyosatini yurgizgan: aholi,
asosan, buddizmnmng mahayana mazhabiga e’tiqod qilgan, shuningdek,
mamlakatda zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi ko’plab boshqa dinlar ham
bo’lgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul tizimida
ko’proq oltin va mis tangalar qo’llanilgan. Dehqonchilik, xususan, sug’orma
dehqonchilik rivojlangan, qishloq xo’jaligi ekinlarining ko’pchilik turi ekilgan.
Kushoniylar davri iqtisodiy munosabatlari haqida so’z ketganda, eng avvalo shuni
ta’kidlash joizki, mintaqa aksar qismining siyosiy bir butunligi yagona
iqtisodiymakonni yuzaga keltirdi. Kadfiz II davrida amalgam oshirilgan pul islohoti
esa iqtisodiymunosabatlarni yanada jadallashtirish uchun uchun katta omil bo’lib
xizmat qildi. Kushon podsholigi Rim, Parfiya va Xitoy bilan har jihatdan bellasha
olgan qadimgi Sharqdagi eng qudratli saltanatlardan biri bo’lib, ikki asr mobaynida
osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta ta’sir
o’tkazgan. Yuqori saviyada taraqqiy etib boorish hunarmandchilikka ham xos
bo’lgan. So’g’diyona, Xorazm, Farg’ona, Baqtriya, Shimoliy Hindiston shahar va
qishloqlarida kulolchilik, metalsozllik, to’qimachilik, shishasozlik, duradgorlik
bilan shug’ullanadigan ustalarni ko’plab topish mumkin bo’lgan. Kulolchilik
sohasida erishilgan tajriba, ustalarning mahorati yuksak darajada bo’lgan. Masalan,
ushbu sohaga aloqador va bizning davrimizda arxeologlar tomonidan topilgan, ya’ni
2 ming yillik tarixga ega qadah idishlar shunchalar nafiski, jaranglashda billur
qadahlardan hech ham qolishmaydi.Bir saltanat tarkibida bir necha mamlakatlar,
xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni o’zaro yaqinlashtirdi, davr
madaniyatlari (mahalliy Qadimgi Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlarini
mujassamlashtirdi. Arxeologik topilma va ko’hna yozma manbalar asosida
kushonlar madaniyatiga doir quyidagi muhim ilmiy ma’lumotlar aniqlandi: burjli
mustahkam mudofaa devoriga ega bo’lgan shahar qurilishi taraqqiy etgan, bir necha
o’nlab shunday shaharlar, ko’plab yirik sug’orish inshootlari qurilgan. Shaharlar
ichida arklar mavjud bo’lib, ularning atrofini turli binolar majmuasi qurshab turgan.
Kushon podsholigining shimoliy-g’arbiy hududlaridagi binolar qurilishida ko’proq
13
xom g’isht va paxsadan, janubi-sharqida esa toshdan foydalanilgan. Shaharlar,
odatda, daryo bo’ylarida, strategik jihatdan qulay joylarda bunyod etilgan. Ular
podsho saroyi, boy-zodagonlar va hunarmandlar mahallasi, ko’cha va maydonlar,
hovo’zlar, turli dinlarga mansub inshootlar, ekinzor va bog’lardan iborat bo’lgan.
Uylar ko’p xonali, hashamatli bo’lib, ba’zilari ikki qanotli qilib qurilgan. Hovli
sahni, xonalar poli, zinalar va boshqalarda turli hajmdagi pishiq g’ishtlar
qo’llanilgan. Ayvon yog’och ustunlari ostiga ohaktoshdan yo’nilgan chiroyli
tagkursilar o’rnatilgan. Tomdan to’shadigan suvlar uchun maxsus sopol tarnovlar
ishlatilgan.Bino va xonalar haykaltaroshlik, tasviriy sanʼat asarlari bilan bezatilgan.
Haykal va rasmlarda, asosan, podsholar, podsho xonadoni a’zolari, boy-zodagonlar,
sozanda va masharabozlar tasvirlangan (Xolchayon). Budda diniga mansub
inshootlarda esa Budda va uning safdoshlari, izdoshlari, kohinlar va xizmatkorlar
ifodalangan (Ayritom, Dalvarzintepa, Qoratepa, Fayoztepa). Haykallar, asosan,
ohaktosh, loy va ganchdan tayyorlangan, ular orasida sirtiga tilla suvi yuritilganlari
ham bor. Devoriy suratlarda esa diniy va bazm marosimlari, tabiat manzaralari,
suvoriylar tasvirlangan. Kulolchilik taraqqiy etgan, topilgan sopol idishlar xilma-
xilligi va o’zining nozik, jarangdorligi bilan alohida ajralib turadi. Amaliy san’at
keng rivojlangan, uning eng yaxshi namunalari Sankt-Peterburgdagi Davlat
Ermitajida saqlanmoqda. Zeb-ziynat buyumlari, mehnat va jang qurollari yasash,
mato to’qish taraqqiy etgan. Kushonlar davrida markazlashgan davlatning qaror
topishi xo'jalikning ravnaqiga sabab bo'lgan. Bu davrda ham ziroatchilikning
g'allachilik, paxtachilik, bog'dorchilik va polizchilik sohalari jadal rivojlanadi. Tog'
va tog' oldi hududlarida lalmikor dehqonchilik xo'jaligi ravnaq topadi. Yerni qayta
ishlash, xususan, almashib ekish borasida boy tajriba to'lanadi, yangi-yangi sug'orish
tizimlari bunyod qilinadi. Chorvachilik xo'jaligini rivojlantirish borasida ham ulkan
ishlar amalga oshirilgan. Aynan ana shu davrda hunarmandchilik xo'jaligi yuksak
darajada rivoj topib, ushbu sohaning kulolchilik, metallsozlik, qurolsozlik,
to'qimachilik, shishasozlik kabi turlari ancha yuksalgan. Hatto Baqtriya
shishasozlari 420 yidda Xitoy poytaxtida turfa rangdagi shishalar tayyorlab
xitoyliklarni lol qoldirgan. Kushonlar davrida xo'jalikning ravnaqi savdo-sotiqning
14
rivojiga ham turtki bo'ladi. Xususan, shu davrda Baqtriya savdogarlari Parfiya, Rim,
Xitoy va Hindiston mamlakatlariga borib savdo qilganlar. Rimning Pompey shahri
xarobalaridan Kushon tangalarining yoki Qoratepa kulol idishlari, Termizdan
topilgan may hamda ayshu ishrat xudolari Vakxoniya, tag'in Vakx-Bolus sharafiga
uyushtirilgan bayram sahnasi tasviri solingan loy idishlar, shuningdek,
Hayitobodtepadan imperator Neron tangalarining topilishi yuqoridagi fikrning
isbotidir. Bu davrda Surxon vohasi savdo yo'llari o'zaro tutashgan hudud bo'lib,
albatta, bu holat o'lkaning iqt isodiy va madaniy taraqqiyotiga katta ijobiy ta'sir
o'tkazgan. Termiz shahri hunarmandlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar
qo'shni davlatlarga, jumladan, Parfiya, So'g'diyona, Chin-Mochin, Ozar va
musulmon
dunyosi
mamlakatlariga
chiqarilgan
hamda
yuqori
baholangan.Kushonlar davrida madaniy hayot ham yuksaklikka bo'y cho'zgan.
Podsho Kanishka zamonidan boshlab boxtar tili davlat tili deb e'lon qilinadi.
Kushonlar davrida me'morchilik ancha yuksalib, turar joy binolari, ibodatxonalar va
saroylar qurish ancha avj oladi. Imoratlarni bezash, naqsh solish borasida ham o'ziga
xos tajriba to'planadi. Bu davrda mahalliy madaniyat bilan hind madaniyatining
o'zaro aralashish jarayoni sodir bo'ladi. Ayniqsa, Kanishka zamonida Budda
dinining davlat dini deb e'lon qilinishi natijasida buddaviylik e'tiqodi bilan bog'liq
ravishda haykaltaroshlik san'ati ancha yuksaladi. uddaviylikning dini milodgacha
birinchi ming yillikning o'rtalarida Hindistonda shakllangan. Buddaviylar 1956
yilda o'z dinlari shakllanganligining 2500 yilligini nishonladilar. Bu dinning
asoschisi Shak'ya Muni ya'ni, hind shahzodasi Siddxartma Gautama-Budda deb
hisoblaydilar. Buddavylik dastlab quldorlar mafkurasi sifatida shakllangan.
Buddaviylikda yomonlikka qarshi bosh ko'tarmaslik g'oyasi katta o'rin egallaydi.
Buddaviylikda «to'rt oliy haqiqat» g'oyasi muhim o'rin egallaydi. Ular qo'yidagilar:
1.Azob-uqubat haqidagi ta'limot; 2. Azob-uqubatning sabablari haqidagi ta'limot; 3.
Azob-uqubatdan halos bo'lish yo'llari haqidagi ta'limot. Bu ta'limot xalos bo'lish,
najotning «sakkizlik» yo'lida o'z aksini topgan. Bular taqvodorlik e'tiqodi,
taqvodorlik qat'iyati, taqvodorlik so'zi, taqvodorlik ishi, taqvodorlik turmush tarzi,
taqvodorlikki intilish, taqvodorlikni orzu qilish, taqvodorlik fikri-hayoli bilan
15
yashash. Buddaviylikning bu yo'llari azob-uqubatlardan xalos bo'lib, sansaradn
(sanskritchaolamgo'zaronlik) nirvanaga (sanskritcha-so'nish) aylanish o'tishdan
iborat. Buddaviylikda olam uch bosqichdan iborat bo'lib, uning birinchi bosqichi,
eng yuqorisi nirvanadir. Unda mutloq osoyishtalik hukm suradigan olamdir. Inson
bu yerda barcha turmush tashvishlaridan xalos bo'ladi. Uning hayotiy istaklari ham,
ehtiroslari ham bo'lmaydi. Hamda nirvana bu qayta tug'ilish, boshqa qiyofaga kirish,
mutlaq osoyishtalikdan iborat. Ikkinchi olam- bu bodisatva, ya'ni ruhiy mavjudotlar
bilan to'la jannatdir. Bu olamda ruh gunohidan xalos bo'lgan lekin oliy olamga
ko'tarilmagan avliyolar yashaydi. Uchinchi olam esa eng quyi olab bo'lib, unda
odamlar va hayvonlar yashashadi. Ular najot yo'lida olamga intiladilar.
Buddaviylikda beshta axloqiy talab (panchashina)ga rioya qilish ilgari surilgan.
Ular: bironta ham tirik mavjudotni o'ldirmaslik, birovning mulkini olmaslik,
birovning xotiniga ko'z olaytirmaslik, yolg'on gapirmaslik, spirtli ichimlik
ichmaslikdan iborat. Kushonlar davrida buddaviylik davlat dini darajasiga ko'tarildi.
Uning xinayama, maxayama, keyinchalik lamaizm yo'nalishlari vujudga keldi.
Kushonlar davrida Termiz shahri buddaviylikning tayanchiga aylanganidan shu
dalolat beradiki, bu davrda Termiz shahrining ibodatxonalari, ularning yonida esa
monastirlar ham mavjud bo'lgan. Kushon podshosi Kanishkaning muhim
xizmatlaridan yana biri shu bo'ldiki, u mamlakatning birlashtirish uchun kurash olib
borib, mamlakat aholisini maqsad, mafkura bayrog'i ostida birlashtirish yo'lida
muvaffaqiyatli harakat qildi.Kanishka Kadfiz 78 yilda Panjob viloyatida
buddaviylarning umumjahonyig'ilishini chaqirtiradi va Buddaviylikning Maxayama
yo'nalishini targ'ib qiladi, unga binoan Maxayama «hamma uchun birdek ulug' yo'l»
deb biladi. Kushonshohlar e'tiqod erkinligini joriy etgan bo'lsalar-da, buddaviylikni
kengroq yoyish va uni rivojlantirish uchun turli shaharlarda takyagoh, xonakoh,
ibodatxonalar
qurib,
buddaviylikning
muqaddas
kitoblari
(«Tripitaka»)ni
ko'paytirish, ularni o'rganish, tarjima qilish va izohlash, yangi tafsirlar yozish kabi
diniy-falsafiy tafakkur rivoji uchun sharoit yaratish imkoniyatlarini qurdilar va
moddiy mablag' bilan ta'minlab, davlat siyosati himoyasiniyaratib berishdi. Bunday
siyosat natijasida Tarmita o'z davrining yirik iqtisodiy, madaniy va buddaviylik dini
16
markaziga aylandi. Kushonlar davrida budda dinining ravnaqiga baqtriyalik rohiblar
ham juda katta hissa qo'shadilar. Xitoy, Tibet manbalarida buddaviylik dini
targ'ibotchilari qatorida tarmitalik Dxarmamitara va toxaristonlik Gxoshakalarning
nomlari ham qayd qilingan. Buddaviylik dinining yirik mazhablari sanalgan
Xinoyana va Maxayana yo'nalishlari ham aynan shu zaminda ravnaq topadi. Viloyat
hududida joylashgan kushonlar davriga oid arxeologik yodgorliklar keng miqyosda
o'rganilgan va ushbu tadqiqotlar jarayonida Kushonlar saltanatiga doir boy tarixiy
ma'lumotlar aniqlandi. Bu ma'lumotlarga asoslanib vohada Kushon saltanati davrida
xo'jalik va madaniyat yuksak taraqqiy etganligini kuzatish mumkin.Kanishka I
davrida kushon-baqtriya tili davlat tili sifatida qabul qilingan. Aholi, asosan,
buddizm dinining mahayana mazhabiga e’tiqod qilgan, ko’plab budda
ibodatxonalari qurilgan, shuningdek, otashparast lik, hinduizm ham keng tarqalgan.
Kanishka buddizm tarixida birinchi bo’lib vaqt-vaqti bilan diniy yig’in chaqirib
turishni joriy etgan. Dastlabki yig’inda buddizmning mazkur yangi mazhabi
mahayana rasmiylashtirilgan. Bu esa buddizmning Osiyo mamlakatlarida keng
tarqalishiga, uning jahon dinlaridan biriga aylanishiga sabab bo’lgan. Topilgan
tangalarning orqa tomonida turli ma’budlar-Mitra (Quyosh ma’budi), Otash (olov
ma’budi), Farr (omad va ma’murchilik ma’budi) va boshqa tasvirlanganligi buni
isbotlaydi. Saltanatda savdoning rivojlanishi yozuvning keng ko’lamda tarqalishiga
imkon yaratgan. Oromiy yozuvi asosida sug’d va xorazmiy yozuvlari vujudga kelib,
taraqqiy etdi. Hind alifbosiga asoslangan kharoshthi yozuvi namunasi ilk bor
Termizdan, teri va taxtaga bitilgan xorazmiy yozuvi namunasi esa Tuproqqal’adan
topildi. Kushon podsholigi yerlaridan o’tgan Buyuk ipak yo’li tashqi savdoning
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatganligi aniqlandi. Kushon podsholari zarb qilgan
oltin, kumush va mis tangalar Efiopiya, Skandinaviya, Italiya va boshqa ko’pgina
mamlakatlarda topildi. Bu esa Kushon podsholigi chet mamlakatlar bilan keng
miqyosda savdo va madaniy aloqalar olib borganligidan dalolat beradi. Sharqdan
olib kelingan ipakka G’arb bozorlaridagi mollar almashtirilgan. Umuman savdoda
ko’p tovarlar qatori dorivorlar, Rim tilla tanga va taqinchokdari, fil suyaklari va
undan tayyorlangan turli buyumlar hamda "tirik tovar"-sozanda, raqqosa va
17
hunarmand qullar ham bo’lgan. Kushon podsholigining dastlabki poytaxti
O’zbekistonning janubidagi Dalvarzintepada bo’lgan, podsho Kanishka davrida esa
Peshovar shahriga ko’chirilgan. Ayni shu davrda badiiy, san’at maktablari
(Gandhara, Matxura, Baqtriya) shakllandi. Kanishka adabiyot va san’at homiysi
bo’lib, Kashmir viloyatida Kanishkapur shahriga asos soldi. Uning saroyida
mashhur buddaviy olimlar Pareva va Vasumitra, buyuk shoir va faylasuflar
Ashvagxosha, Matricheta, Vagarjuva hamda Charaka yashab ijod qilgan. Yuqorida
Vima Kadfiz davrida pul islohoti o’tkazilganligi qayd etilgan edi. Bu Kushon davlati
pulining joriy etilishini ta'minladi. Bu pullar oltin, kumush va misdan ishlangan edi.
Oltin tangalar odatda tashqi savdo uchun zarb etilgan. Har bir oltin tanganing
og’irligi 8 gramm bo`lgan. Bu borada akademik A.Asqarov quyidagilarni keltirib
o’tadi: “Xitoy manbalari va arxeologik materiallar (birinchi navbatda numizmatika
materiallari) tahliliga ko’ra, Kudzula Kadfiz 80 yil yashab, eramizning birinchi
yarmida podsholik qilgan. Rabatak sulolaviy ro’yxatiga ko’ra, uning o’g’li Vima
Takto “noma’lum shoh” Soter Megas nomi ostida podsholik qiladi. U uzoq vaqt
hukmronlik qilmagan ko’rinadi. Chunki 51 yilda hokimiyatga Kudzula Kadfizning
boshqa o’g’li Vima Kadfiz (51-78 yy) kelib, Hindistonning Banorasga qadar
yerlarini bosib oladi”. “Soter Megas” tangalarining o’ng tomonida qo’lida kalta va
yengil nayza drotik ushlagan ideal shoh siymosi aks ettirilgan. Ba’zi tadqiqotchilar
bu shoh siymosi emas, balki ma’bud Mitra deb taxmin qilishadi. Tanganing
reversida uzatilgan qo’lida jang bolta si – tabar-zagnul tutgan otliq shoh
tasvirlangan. Kadfiz II zamonida pul islohoti o’tkazilib, yangi tanga tizimi asosiy
stateri 8,03 gr keladigan turli sifatdagi tillalar zarb etishga asoslangan bo’lib, ikki xil
tanga joriy etilgan: biri 16,07 gr, ikkinchisi esa 2,01 gr. Shuning bilan bir qatorda
diametri 23 -25 mm, vazni 16-17 gr. keladigan mis tangalar ham muomalaga
chiqarilgan. Tangalar aversidagi suratda yuzi yon tomonidan aks ettirilgan shoh
mehrob oldida tik turganicha diniy ibodatni ado etmoqda. Bu tipdagi kohin-shoh
tasviri boshqa barcha Kushon podsholigining shohlari Kanishka, Vasudeva,
Kanishka III tangalari reversida homiy ma’budalar tasviri bor. Kadfiz II va
Vasudeva tangalarida homiy ma’buda sifatida buqa Nanda yonida turgan hind
18
ma’budasi Shiva namoyon bo’ladi. Kanishka va Xuvishka tangalarida ma’budalar
ahli jam bo’lib (Panteon- Ma’bad) Avesto diniga mansub otash, Vad, Mehr, Moh,
Orlagno, Farr, sanamlar Nana va Ardoxsh, yunonlar Geliosi, hindlarning Buddasi,
misrliklarning Soranisi aks etgan.Kushon tangalarida tasvirlangan ma’budalarni
o’rganish podsholikdagi turli xalqlarning turli dinlari tarixi haqida g’oyat muhim
ma’lumotlarni beradi. Masalan, Kushon shahanshohi Vima Kadfiz tangasida
hindlarning bosh ma’budasi SHiva muqaddas Navvos Nandi oldida tasvirlangan.
Ma’lumki, Shiva raqs, bo’ron va serpushtlik ma’budasi hisoblangan. Ushbu tangada
tasvirlangan rasm zaminida qanday mazmun yotadi? Hindistonni Kushon
shohlaridan birinchi bo’lib Vima Kadfiz zabt etgan edi. U o’z g’alabasini hindlar
orasida mustahkamlash va uni yanada yoyish uchun hindlar ma’budi Shivani o’ziga
homiy qilib olgan. Shu bilan birga uning g’alabalariga Shiva rahnamolik qilganligini
qayd qilmoqchi bo’lgan.Kanishka tangalarining birida Vado, ikkinchisida Mixro,
uchinchisida Maxfaro yoki Orlagno kabi zardushtiylar dini bilan bog’liq mahalliy
ma’budalarning tasviri uchraydi. Kanishka va Xuvishka tangalarida tasvirlangan
ma’budalar o’zlarida qanday mazmunni ifodalaydilar. Masalan, Mitro-Quyosh
ma’budasi hisoblangan. U tangalarda tizzagacha tushgan qalin chakmonda chapga
qarab turgan holda tasvirlangan. Ma’budaning o’ng qo’li oldinga ko’tarilgan, chap
qo’li bilan belini ushlab turibdi. Belida uzun qilich, boshi atrofida esa yog’du
tasvirlangan. Ma’budning surati oldida uning nomi bitilgan. Oy ma’budi Max bo’lsa,
belida qilich, o’ng qo’lida toj ushlab turgan holda aks etgan. Ma’budning boshi
orqasida yarim oy tasvirlangan. Orqada “Max” degan yozuv bitilgan. Olov, boylik
va istiqbol ma’budi Farro esa tangalarda chap tomonga turgan holda aks etgan.
Uning egnida tizzagacha tushgan qalin chaqmoq, oyog’ida etik, chap qo’li belida,
o’ng qo’lidagi likopchada muqaddas olov yonib turibdi. Suratning orqasida “Farro”
so’zi bitilgan orlagno urush ma’budasi tasvirlangan. Tangalarda u uzun kiyimda
tasvirlangan. Uning boshi va yelkasi atrofida lentalar xilpirab turibdi. Ma’budaning
chap qo’li belida, belida qilich, tepaga ko’tarilgan o’ng qo’lida esa nayzani ushlab
turibdi. Tasvirning orqasida “orlagno” deb yozilgan. Shunday qilib, kushonlar
tangasida tasvirlangan xudolar ichida Buddani, zardushtiylarning Ahuramazdasini
19
ham, hindlar xudosi Shivani, yunon xudosi Selena (oy ma’budasi), Gelios (Quyosh
ma’budi) va boshqalarni ham ko’rishimiz mumkin. Kanishka davrida etnik
xalqlarning ortib borishi jadallashgan. Bundan xulosa qilib shuni aytish mumkinki,
mamlakat tasarrufiga katta hudud kiritilgan va zarb qilingan tangalar shu katta
hududda muomalada bo’lgan. Podsholikka kiritilgan turli xalq va elatlarni
podsholikka siyosiy va mafkuraviy bo’ysundirishda, ushbu xalqlarning an’analari
hurmat qilingan. Tangalardagi turli xalq va elatlar ma’budlarining tasvirini kuzatgan
holda podsholikda diniy erkinlik bo’lgan degan xulosani ham beradi. Podsholikda
Budda dini davlatning rasmiy dini bo’lishi bilan birga boshqa dinlarga cheklashlar
qo’yilmaganidan dalolatdir.Kanishka davrida davlat tili Kushon-Baqtriya tili
hisoblangan. Bunga qadar davlat tili yunon-(Kudzula davrida)cha, so`ngra yunon va
hind (Vima Kadfiz davrida)cha bo`lgan. Kanishka davriga kеlib tangalar baqtriya
yozuvi bilan chiqqan. 100 yilda Kanishka budda dini ulamolarining qurultoyini
chaqiradi va ularning fikr-mulohazalarini o`rganib, din sohasida dam islohot
o’tkazadi. Ilgari zarb etilgan tangalar faqat xind xudosi (Shiva tasviri bilan
chiqarilgan bo`lsa, endi tangalardagi tasvirlarda xudolarning soni ko`payadi. Bu hol
Kanishkaning Budda dinini davlat dini dеb e'lon qilgan bo`lsada, ayni paytda
odamlarga har xil dinlarga e'tiqodga ruxsat berilganligini ko`rsatadi.Kushon davlati
haqida tarix kitoblari keng ma’lumot beradi. Markaziy Osiyoda imperiyalarning eng
qadimgisi, davriy jihatdan eng yashovchani (milodiy I-IV asrlar) Kushon davlati
bo’lgan desak yanglishmaymiz. O’z davriga nisbatan mislsiz ulkan mintaqalarni
egallagan Kushon davlati chegaralari- sharqda Xitoy, g’arbda Kaspiy dengizi,
janubda Hindiston va shimolda Orol bo’ylarigacha etib borgan. Qadimgi dunyo
madaniyatining uch yirik manbayi- hind, fors va turk xalqlari tutashgan markaziy
zaminda tashkil topgan ulug’ davlat. Yuechjeylarning eramizdan avvalgi II asr
o`rtalarida GrekBaqtriya davlatiga bostirib kirishi ushbu davlatni tamomila
tugatilishiga olib keldi. Yuechjeylarning dastlabki mulklari shimoliy Baqtriya
hududlarida bo`ldi. Markaziy Osiyoda Kushon davlatining chegaralari hozirgi
O`zbekiston janubidagi Hisor tog` tizmalari cho`qqilaridan o`tgan. O`sha yerdagi
baland tog` daralarida (Darband) mustahkam chegara inshootlari qad ko`tardi. O`sha
20
davrlarda davlat sarhadlarida yangidan-yangi shaharlar qad ko`tardi, Hindiston,
Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo munosabatlari o`rnatildi. Pompeyda olib
borilgan qazish ishlari mobaynida kushon tangalari hamda kusxon ustasi tomonidan
suyakdan yasalgan figuralar topildi. Kushon davrida me'morchilik yuksak
rivojlandi. Ayniqsa saroylar va ibodatxonalar qurilishiga katta e'tibor qaratildi.
Kusxon hukmdorlarining Xolchayondagi saroyida va eski Termiz va Dalvarzindagi
budda ibodatxonalarida yuqori badiiy did bilan ishlangan devor chizgilari va
haykaltaroshlik namunalari yaxshi saqlanib qolgan. Xolchayon, Dalvarzin va
Ayritomda olib borilgan qazish ishlari davomida kushon ustalarining yuksak
mahoratidan dalolat beruvchi bronza idishlar, muhtasham shag`amsupalar,
ko`zgular hamda zargarlik mahsulotlari topilgan. Dehqonchilik imperiya
iqtisodiyotining tayanchi bo`lgan. Yer hosildorligini oshirish maqsadida turli
o`g`itlardan keng foydalinilgan. Tog` oldi hududlari va cho`llar chorvachilik
maqsadlarida foydalanilgan. Termizda olib borilgan qazuv ishlari davomida oramiy
tili asosida yozilgan xatlar topilgan. Kusxon kursiv xati o`zining o`tkir burchakli,
kvadrat va aylana shaklidagi harflari bilan ajralib turar hamda o`sha davrlarda juda
keng tarqalgan edi. Kanishka davrida Kushon davlatiga buddizm kirib keladi va tez
orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu bilan birga zardushtiylik va mahalliy O`rta
Osiyo, Hindiston, Eron, Yunoniston va Misr xalqlari dinlari ham o`z kuchini
yo`qotmaydi. Kushon davlati eramizning III asri birinchi yarmining oxirida barham
topdi.
KUSHON
PODSHOLIGINING
TADQIQOTCHILAR
TOMONIDAN
O’RGANILISHI
Kushonlar
davrida
saroylar
qurish,
arxitektura
qurilishi
rivojlanib,
haykaltaroshlik, rassomlik, naqqoshlik san'ati eng yuqori natijalarga erishdi.
Kushonlar imperiyasiga xos moddiy- ma'naviyat asoslari keng rivojlanishi tufayli
rasmiy, diniy, ishlab chiqarish, turar joy, sun'iy sug'orish mudofaa, maxsus, tijoratga
taalluqli qurilish binolari bilan uyg'unlashgan holda qurilgan.
Kushon podsholigiga doir yozma manba va arxeologik topilmalar kushonlar
madaniyatini o’rganish, ularning O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston xalqlari
21
madaniyati taraqqiyotida tutgan o’rnini ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega.
Kushon podsholigi siyosiy tarixi va madaniyati o’tmishining hali to’la, haqqoniy
yoritilmagan jihatlari ko’p bo’lib, O’zbekiston, Hindiston, Fransiya, AQSH, Italiya,
Vengriya, Tojikiston, Afg’oniston, Rossiya, Yaponiya olimlari ularni aniqlash
borasida chuqur, izchil ilmiy tadqiqotlarni davom ettirmoqda. Ammo, Kushon
podsholigi madaniyati tarixining ayrim jihatlari hanuzgacha noaniq bo’lib, tarixchi,
sharqshunos va arxeolog olimlar ularga oydinlik kiritish uchun izchil va chuqur
ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqdalar. Chunonchi, bu borada 1913 va 1960 yillarda
London, 1968 yil Dushanbe, 1970-yil Kobulda xalqaro simpoziumlar o’tkazildi,
YUNESKO qoshidagi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini o’rganish komissiyasi
esa kushonlar tarixi va madaniyatini o’rganishni o’z oldiga asosiy vazifalardan biri
qilib qo’ydi. Arxeologlar Kushon madaniyatiga oid Bagram, Balx, Began,
Surxkxo’tal (Afg’oniston), Kosambi (Hindiston), Sirsukx, Taksila (Pokiston),
Ayritom, Bozorqala, Dalvarzintepa, Zartepa, Ko’hna Voye, Termiz, Xayrobodtepa,
Xolchayon (O’zbekiston), Kayqubodshoh, Ko’hnaqa’la, Shaxrinav, Munchoqtepa
(Tojikiston)da qazish ishlari olib bordi. Kushonlar davri moddiy va ma'naviy
madaniyatini o'rganishda qadimshunos va san'atshunos olimlardan V. M. Masson,
B. YA. Staviskiy, L. I.Albaum, G. A. Pugachenkova, E. V. Rtveladze, B. A.
Turg'unov, T. V. Belyayev hamda Sh. R. Pidayevlarning ilmiy xizmatlari beqiyos
darajada kattadir. Ushbu olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida
kushonlar davrida voha shahar va qishloqlari hamda aholisining mashg'uloti,
yashash tarzi, madaniyati, diniy e'tiqodi va qo'shni davlatlar bilan olib borilgan
savdo-sotiq, madaniy hamda diplomatik aloqalari haqido qimmatli ma'lumotlar
aniqlandi. Kushon davlati Markaziy Osiyoning janubi-sharqiy va Hindistonning
shimoli-g'arbiy hududlarini o'z ichiga olgan antik davlat edi. Uning shimoliy
chegarasi Darbandning Kushon davridagi devori bilan chegaralanadi. XX asrning
80-yillarida bu devorni akademik E.Rtveladze kashf etgan. Biroq Gabaza
viloyatining joylashgan o'rni masalasi hozirga qadar uzilkesil hal qilinmagan. XIX-
XX asr boshlaridagi topografik xaritalarda Oqrabotdan g'arbdagi joylar «Gabzan»
deb belgilangan. Armaniston manbalrida Arang (Amudaryo) daryosiga yaqin yerda
22
joylashgan Gozbon haqida ma'lumotlar bor. Arman tarixchisi Sebeosning xabar
berishicha, fors yo'lboshchisi Mehrivandak «Baxl (Balx) va Ulug' daryo
nariyog'idagi Kazbion degan joygacha butun Kushonlar mamlakatini qo'lga
kiritgan». Yuqoridagi ma'lumotlardan Kazbion, Gozbun, Gozbon va Kursiy Rufning
Gabaza-Gazaba tushunchalari turli asrlarga oid bir umumiy viloyatning nomi
ekanligi anglashiladi. Ushbu viloyatning joylashgan o'rni xususida olimlar turlicha
qarashlarni ilgari surdilar. I.Markvartning fikriga ko'ra, Kazbion Buxoro vohasida
joylashgan, ko'pchilik olimlarning taxminiga ko'ra, Kazbion Qarshidan g'arbdagi
Kaspi (o'rta asrlardagi Kesh) shahri xarobalari o'rnida bo'lgan. Umuman, olimlar
uzoq yillar mobaynida turli manbalarga asoslanib, GabazaGazabani turli hududlarda
joylashtirishga harakat qildilar. Bog'lon viloyatidagi Xulm hududi, Taliqon (Taxor
viloyatining markazi) hududi, Qunduz daryosining Bog'lon va Ishkimish orasidan
oqib o'tuvchi bir irmog'i bo'yidagi yerlar, hozirgi Afg'onistonning shimoliy-g'arbida
joylashgan Kerki shahri orasidagi yerlar shular jumlasidandir.Arman manbalarini
tahlil qilgan E.V.Rtveladze yuqoridagi hududlarning birortasi ham Gabaza viloyati
hududiga to'g'ri kelmasligini ishonarli tarzda asoslab berdi. Uning fikriga ko'ra,
Gazaba-Gabaza-Kazbion-bu tog'li joyning nomi bo'lib, u bir tomondan Darband
hamda Temir Darvoza, ikkinchi tomondan Yortepa va G’uzor oralig’ida joylashgan.
Eng so'nggi arxeologik hamda topografik tadqiqotlar natijalari, yozma manbalar va
tangashunoslik ma'lumotlarini o'zaro qiyoslash natijasida Gabaza viloyatining
joylashgan o'rnini yanada oydinlashtirish imkoni paydo bo'ldi. Ularga tayangan
holda aytish mumkinki, Gozbon viloyati Janubiy So'g'ddan Amudaryoga qadar
cho'zilgan keng hududda joylashgan tog'li viloyat bo'lib, u qator tog' tizmalaridan
iborat bo'lgan janubi-g'arbiy Hisor tog' tizmini to'la qamrab olgan. Uning asosini
Amudaryodan Temir Darvozaga qadar bo'lgan hududda yastanib yotgan Ko'hitang
tizmasi tashkil etgan va uning shimoldagi chekka shahri arman tarixchisi Sebeos
tomonidan shakli buzib yozilgan Kazbion shahri bo'lgan.Keyingi paytlarda
Kushonlar davlatining shimoliy chegaralari masalasi ham ma'lum darajada ko'rib
chiqildi. Ushbu masala ilk bor 1938 yili S.P.Tolstov tomonidan ko'tarilgan edi.
Uning fikricha, So'g'diyona Kudzula Kadfiz hukmronligi davrida Kushonlar
23
saltanati tarkibiga qo'shib olingan. Keyin chalik u Xorazmda topilgan tangalarga
asoslanib, Xorazmni ham Kushonlar davlati tarkibiga kiritadi. Kushonlar
davlatining shimoliy hududlari to'g'risidagi S.P.Tolstov xulosalari keyingi
tadqiqotchilar uchun uzoq vaqt ilmiy asos bo'lib xizmat qildi, natijada qator boshqa
o'lkalar ham ushbu saltanat tarkibiga kiritila boshlandi. Jumladan, 1950 yilga kelib
K.V.Trever Choch viloyatini ham Kushonlar davlati tarkibiga kiritadi. Tyanshan va
Pomir-Oltoyda olib borilgan arxeologik qazishmalarning yakunlariga asoslangan
A.N.Bernshtam Farg'onani ham Kushonlar davlati tarkibiga kiritadi. Keyinchalik
Ustrushona ham Kushonlar imperiyasi tarkibida bo'lgan degan fikr paydo
bo'ladi.1962 yilgi Tuproqqal'ada olib borilgan qazish ishlarining natijalariga
asoslanib, S.P.Tolstov milodning II-III asrlarida Xorazm Kushonlar tarkibida
bo'lgan, degan fikrni ilgari suradi. Bunda u Xorazmdan topilgan Kushon tangalariga,
haykallar va rasmlarga asoslanadi. Lekin Xorazmdan hozirga qadar 70 dan sal
ziyodroq kushon tangalari topilgan, xolos. Surxondaryoning kushon davriga oid
kichik bir Oqqo'rg'on qishlog'i xarobasidan esa 160 dan ortiq tanga topilgan. Ushbu
muammo xususidagi an'anaviy fikrlarga birinchilardan bo'lib Ye.V.Zeymal qarshi
chiqdi. U Tojikistondan topilgan tangalarni har tomonlama tahlil qilib, Xorazm va
So'g'diyona Kushonlar saltanati tarkibiga kirmagan degan xulosaga keldi.
Xorazmda topilgan tangalarni tahlil qilgan V.M.Masson ham Xorazm va
Marg'iyona Kushonlar davlati tarkibiga kirmagan degan xulosaga keladi, lekin u
So'g'diyona masalasida biroz ikkilanadi. M.Ye.Masson Xorazm, Choch, Farg'ona va
So'g'diyonani Kushonlar davlati tarkibiga kiritishni asossiz deb hisoblaydi. Bunda u
Kushon shohlari tangalarining Markaziy Osiyo hududlarida qanday tarqalganligiga
asoslanadi. Darhaqiqat, Kushon shohlarining tangalari asosan Markaziy Osiyoning
janubiy hududlarida ko'p tarqalgan. Kushon tangalari ko'proq Shimoliy Baqtriya
hududlarida tarqalgan, hatto chegara viloyat bo'lgan Janubiy So'g'diyona
(Qashqadaryo vohasi)dan topilgan kushon tangalari sanoqlidir. Bu muammoni
oydinlashtirishda 1986 yili E.V.Rveladzening Darbandda joylashgan mudofaa
devorini o'rganish yakunlariga bag'ishlangan ilmiy izlanishlari katta ahmiyatga ega
bo'ldi. Bu yerda tog' tepasida qurilgan 6,5 m qalinlikdagi chegara devori aniqlangan,
24
bu devor So'g'diyona va Baqtriyani bog'lovchi asosiy yo'l ustida qurilgan va muhim
strategik ahamiyatga ega bo'lgan. Darband devori milodning I-II asrlariga oidligi
aniqlandi, mazkur devor kushonlar tomonidan qurilgan bo'lib, u kushonlar
davlatining shimoliy chegarasini belgilaydi. O'sha paytda bunday devorlar faqat
markazlangan davlat tomonidan qurilishi mumkin edi, demak Shimoliy Baqtriya
Kushonlar saltanati tarkibida strategik ahamiyatga molik chegara viloyati bo'lgan.
Darband devorining kashf etilishi So'g'diyona, Dovon, Choch va Xorazmning
Kushonlar saltanati tarkibiga kirganligini ko'rsatadi. Bu borada so'nggi arxeologik
tadqiqotlarning natijalari ham guvohlik beradi. Kushonlar davri Baqtriyasining
aytarli
hamma
yodgorliklaridauchraydigan
kushon
tangalari,
buddaviylik
yodgorliklari va umuman moddiymadaniyat So'g'diyona, Farg'ona, Choch va
Xorazmning moddiy madaniyatidanjiddiy farq qiladi. Agar ular bir davlat tarkibida
bo'lganlarida edi, ularning moddiy madaniyati ham o'zaro yaqin bo'lgan bo'lardi.
Shunday qilib, yangi tadqiqotlarga tayangan holda Kushon davlatining shimoliy
chegaralari Hisor Boysun tog'lari orqali o'tgan deb hisoblash mumkin. Yozma
manbalardagi ma'lumotlar ham bu fikrga zid emas, chunki ularda Kushon
shohlariningshimolga, So'g'diyona yoki Xorazmga yurish uyushtirganlari to'g'risida
so'z yuritilmagan.Kushonlar podsholigi davrida Shimoliy Baqtriyaning qadimgi
shahar madaniyati ancha ravnaq topdi. Kushonlar davrida iqtisodiy, madaniy
jihatdan rivojlanganligini hunarmandchilik buyumlari, uy qurish sohasidagi
me'morchilik san'ati, suyurish inshootlari, ishlab chiqargan mahsulotlari orqali ham
bilib olish mumkin. Bu davrda xususan, Termiz shahrining maydoni 350 gektar
bo'lib, Dunyotepa va Chingiztepa xarobalari o'rnida joylashgan. Chingiztepa va
Qoratepa orlig'ida Amudaryoga qurilgan chig'iriqlar yordamida shahar markaziga
ichimlik suvi chiqarilgan. Suv chiqarilgach, Qoratepa ibodatxonasida maxsus
hovuzlar yordamida suv tindirilib, keyin shahar tashqi devorining shimoliy tomoni
bo'ylab qurilgan ariqcha orqali shaharga taqsimlangan. Milodiy II asrda podsho
Kanishka Qoratepa yodgorligi o'rnida Budda ibodatxonasini qurdiradi. Mamlakatda
qishloq jamoalari ancha kengayadi. Bu davrda vohada ikkita yirik markaz mavjud
bo'lib, bulardan biri: Amudaryo bo'yidagi Tarmita (Termiz) bo'lsa, ikkinchisi esa
25
Chag'onrud (Surxondaryo) bo'yidagi Dalvarzintepa shaharlari edi. Bu shaharlar
Kushonlar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va harbiy hayotida aloxida o'ringa
ega bo'ladi. Bundan tashqari Kampirtepa, Zartepa, Hayitobodtepa kabi shaharlar
ham mavjud bo'lib, ushbu shaharlar mudofaa devorlari bilan o'rab olingan.Birgina
Surxondaryo viloyati hududida kushonlar davriga oid 130 ta yodgorlik mavjud
bo'lib, shundan 80 tasi qishloqlar ko'rinishidagi manzilgohlar hisoblanadi. Mavjud
yodgorliklar bu to'g'rida juda ko'p tarixiy ma'lumotlar beradi. 1932 yidda
Amudaryoda «Октябрянок» katerida ketayotgan chegarachilar Ayritomga yaqin
joyda oqtosh ko'rganlar, bu nog'orachi tasviri uyib solingan tosh friz ekanligi
aniqlandi. 1933 yilda bu topilmaga professor M. Ye.Masson boshchiligida
arxeologik ekspedisiya yuborildi. Termiz s hahridan 18 km sharqda balandligi 2-2,5
metr, qalinligi 1,5 metrli istehkom devorlari bilan o'ralgan I-II asrlarga oid budda
ibodatxonasi topildi. U ohaktoshdan ishlangan ajoyib friz bilan bezatilgan edi.
Ayiqtovon barglari orasida beshta sozanda surati uyib ishlangan. Nog'orachi bilan
rang-barang kiyimlardagi sozanda ayollar surati ayniqsa diqqatga sazovordir. Bu
sozandalardan biri ud, yana bittasi arfa chalayapti, frizda qo'llarida gulchambaraklar
hamda chiroyli idishlar ko'tarib ketayotgan qizlar tasvirlangan.Ibodatxonada
buddaning haykali va boshqa ibodatxona qismlari qatorida toshdan yasalgan odam
haykallari topilgan. Ular musiqa chaluvchilar, hadyalar tashuvchi erkak va
ayollarning haykallari bo'lib, ibodatxonaning tashqi tomoni karnizi shu haykallar
bilan bezatilgan. Haykallarning qiyofasi va kiyimlarida Hindistonga xos belgilar
yorqin bo'lib, bu ajoyib san'at yodgorligi ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar
samarasidir. 1936 yilga kelib M.Ye.Masson boshchiligida tashkil etilgan tadqiqot
kushon davri tarixi va madaniyati masalalarini izchil tadqiq etishni o'z oldiga
maqsad qilib qo'ydi. Xususan, Termiz shahrining rivojlanish pallasi kushonlar
davriga to'g'ri kelishi va tarixiy topografiyasi aniqlandi. Tadqiqot ishlari Ayritom,
Chingiztepa va Qoratepada olib borildi hamda tadqiqotlarda M.I.Vyazmitina,
G.A.Pugachenkova, B.B.Piotrovskiy singari olimlar ishtirok qildilar. Ayritom
peshtoqlarining topilishi Shimoliy Baqtriyaning antik davr musiqa san'ati haqida
ham so'z yuritish hamda ularni Afg'oniston, Hindiston va Sharqiy Turkiston
26
haykaltaroshligida uchraydigan shularga aynan o'xshash musiqa asbolari bilan
qiyoslash imkonini berdi. Tadqiqotlar natijasida Termiz yaqinida daryo kechuvlari
mavjud bo'lib, daryoning o'zi Yuqori Panj va Xorazmvohalarini bog'lovchi qulay
suv yo'li bo'lganligi aniqlandi. Ko'hna shahar hududlaridan kushon podsholari
Kadfiz II, Kanishka, Xuvishka va Vasudevalarning ko'plab tangalari topildi.
Tadqiqotning tashkil etilishi Ayritom va Eski Termiz yodgorliklarining dastavval va
har tomonlama o'rganilishda muhim ahamiyat kasb etdi. O'sha yillari bu
yodgorliklarning joylashgan o'rni,
ularga asos solingan vaqt, ularning boshqa hududlar bilan munosabatlari hamda
moddiy madaniyati masalalariga aniqliklar kiritildi.Shimoliy Baqtriyaning tarixi va
madaniyatini
o'rganishda
Hamza
nomidagi
O'zbekiston
san'atshunoslik
ekspedisiyasi (O'zSE) tadqiqotlarining o'rni va ahamiyati masalalari ham ko'rib
chiqildi. 1959 yilda G.A.Pugachenkova tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu
ekspedisiya
izlanishlarida
turli
davrlarda
E.V.Rtveladze,
B.A.Turg'unov,
A.S.Sagdullayev, Z.A.Hakimov, YE.Nekrasova, V.A.Luneva, S.V.Levushkina,
T.V.Belyayeva, S.A.Savchuk. D.Ilyosov singari olimlar ishtirok qildilar. Shimoliy
Baqtriya hududidagi Dalvarzin, Xolchayon, Ko'hna Termiz, Kampirtepa. Zartepa,
Ayritom kabi yodgorliklarda arxeologik tadqiqot ishlari olib borildi. O'zbekiston
san'atshunoslik
ekspedisiyasi
xodimlari
tomonidan
baqtriya
yozuvi
yodgorliklarining topilishi, ayniqsa muhimdir. Bu borada 1977 yilda Ayritomdan
topilgan haykal qoldiqlari va uning ostidagi olti qatorli baqtriya yozuvi fan olamida
muhim voqea bo'ldi. Bu Surxkutal (Qiziltog') yozuvlaridan keyingi ikkinchi o'rinda
turuvchi, aniq tarixiy mazmundagi Kushon-Baqtriya yozuvi bo'lib, unga ko'ra,
inshoot majmuini o'rab turuvchi to'siq Shodiya (shaxsi noma'lum tomonidan qayta
tiklangan va bu voqea Kushon podshosi Xuvishka hukmronligining to'rtinchi yilida
sodir bo'lgan. Yozuv va haykalni Mirzod ismli usta ijro etgan. II asrda Kushon
davlati budda dinini Hindistondan Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonga tarqatib,
uni davlat dini darajasiga ko'targan. III asrda Eronda moniylik dini vujudga keladi,
lekin u Eronda uzoq tura olmaydi, uning tarafdorlari Markaziy Osiyo va Sharqiy
Turkistonga qochib o'tadi, ko'proq savdo yo'li ustidagi shaharlarda bu dinni
27
tarqatadilar. Ba'zi arxeolog olimlar Markaziy Osiyoda topilgan ko'plab suratkashlik,
rassomlik hamda haykaltaroshlik yodgorliklaridagi syujetlarning murakkabligiga
qarab, ularni moniy dini bilan bog'lashga harakat qiladilar. Aslida bu hol Kushon
imperiyasi davri (I-III asrlar) quldorlik tuzumining Markaziy Osiyo sharoitida eng
rivojlangan davri bo'lganligi bilan bog'liqdir. Bu davrda, bir tomondan, ko'chmanchi
qabilalarning sug'oriladigan yerlarda joylashishi kuchaygan bo'lsa, ikkinchidan,
quldor zodagon jamoalar yerini tortib olib, o'zlashtira boshlaydi. Shu tariqa jamoalar
o'z ichidan buzilib, butun-butun qishloqlar quldor zodagon dehqonlarga tobe bo'lib
qoladi. Keyingi ilmiy izlanishlar natijasida Dalvarzintepa ko'hna shahriga mil. avv.
III asrda asos solinganligi aniqlandi. Yunon-Baqtriya davrida bu yerda ko'handiz
paydo bo'ladi. Kushonlar davriga kelib Dalvarzin me'morchiligi Baqtriya va Yunon
qurilishi tajribalarining sintezini o'zida aks ettiradi.O'zbekiston san'atshunoslik
ekspedisiyasining so'nggi yillardagi faoliyati natijasida antik davrga oid boy sopol
majmualari o'rganildi va ilgarigi sopol idishlar kompleksi sanalariga aniqlik kiritish
imkoniyati paydo bo'ldi. 1972 yili kushonlar davri madaniyatining mashhur
yodgorligi Dalvarzinda 200 metr devor qoldiqlari topilib, uning eni 4,6 m, balandligi
2,5 m keladi. Dalvarzintepa atrofida devor bilan o'ralgan ark xarobasi bo'lib, ark
devorining uzunligi 130 m ga, balandligi esa 2,5 m ga tengdir. Dalvarzintepaning
sharqiy qismida hatto 80 m masofada eni 4 metrlik tosh yo'l kovlab ochildi. Bulardan
tashqari, bu yerda bir necha to'rt burchakli paxsa devorli uylar topildi.
Dalvarzintepada topilgan 900 ga yaqin tosh o'roq, jez o'roq, yorgichoq, don uchun
kovlangan o' ra hamda kuyib ko'mirga aylangan arpa, bug'doy, tariq, so'li donlari va
boshqa
ashyolar
qadimgi
dalvarzinliklar
asosan
dehqonchilik
bilan
shug'ullanganligini ko'rsatadi.Arxeologik topilmalar: suyakdan yasalgan buyumlar,
jez igna va bigizlarga qarab hukm qilganda, aholining turmushida to'quvchilik va
tikuvchilik keng taraqqiy etgan -ligini ko'ramiz. Dalvarzinliklarda mahalliy
degrezlik va miskarlik ancha taraqqiy qilgan, chunki bu yodgorliklardan juda ko'p
temir buyumlar: jez, o'roq, pona, pichoq, kamon o'qlarining paykonlari, nayza
uchlari, zeb-ziynatlar, jez oynalar, bilakuzuklar, isirg'alar, cho'michlar, munchoqlar
hamda turli xil jez buyumlar quyiladigan tosh qoliplar, Shuningdek, degrezlik
28
qo'rasining
beshta
qoldiqlari
topilganligi
bularning
yaqqol
dal
ilidir.
Dalvarzintepadan topilgan manbalar ichida eng noyobi sopol ko'za bo'lib, unda 115
xil tilla quyma yombilar, zargarlik buyumlari, bilakuzuklar, isirg'a, erkak va
ayollarning taqinchoq buyumlari bo'lgan. Bundan tashqari nafis ishlangan
marjonlar, Yunon-Baqtriya zargarlik san'atining namunasi bo'lmish bo'yinga
taqiladigan shoda ushlab turgan Geraklning bo'rtma tasviri tushirilgan buyumlar
topildi. Dalvarzintepaning chekkaroq joyidan I asrda tiklangan Budda ibodatxonasi,
shahristonidan Buddaning boshi, Bodxisatvaning mahorat bilan . ishlangan
mahobatli haykali, fil suyagidan tayyorlangan shaxmatning ikki donasi topildi.
Buddaning boshi loy va gipsdan yasalgan bo'lib, balandligi 39 sm, eni 25 sm keladi.
Bodxisatvaning (o'sha davrga oid) haykali ham loy vagipsdan yasalib, rang bilan
bo'yalgan. Uning balandligi 2 metr 18 sm, eni 89 sm. U bir paytlar Budda
butxonasida turgan haykallar guruhidan biridir. Bu ko'hna topilmalar boshqa
yodgorliklar bilan birgalikda 1988 yili Yaponiyaning Nara shahridagi «Ipak yo'li
Naraga boradi» deb nomlangan xalqaro ko'rgazmada namoyish etilgan edi. 1995 yili
esa ular Parijdagi muhtasham «Grand-Pales» («Katga saroy»)ning nodir
galereyasida muvaffaqiyat bilan namoyish etildi.Vayron bo'lgan antik davr devori
ustida tiklangan binoning qachon qurilganligini juda aniqlik bilan belgilash mumkin.
Ravoq ochilganda, g'ishtlar orasidan VI-VII asrga oid turk-sug'd tangalari chiqdi.
Devor qurilishi uchun ishlatilgan to'rtburchak g'ishtlar ham shu davrga to'g'ri keladi.
Dalvarzintepadagi antik davr istehkomining tashlandiq holatga kelib yemirilish
jarayoni, aftidan, IV-V asrlarga to'g'ri keladi. Mamlakat VI-VII asrlarda inqirozdan
chiqqach, istehkom qulay, baland manzil sifatida qayta qurilib tiklanadi, shaharning
o'zi esa xaroba bo'lib qoladi. Dalvarzintepa aholi maskani sifatida arablar istilosi
chog'ida uzil-kesil tugadi, chunki arkda ham, shahristonda ham arablar kelganidan
keyingi davrning izi yo'q. Chag'aniyonni 705 yili Qutayba bosib oladi va 737 yilda
uning hokimi Chag'onxudot arablarga o'lpon to'laydigan bo'ladi. Xalq orasida
hozirgi Dalvarzintepa juda qadimiy mamlakat poytaxtining qoldiqlaridir, hukmdori
afsonaviy qahramon Dol (Zol) bo'lgan. Arablar bu shaharni xalifa xazrat Alining
bevosita rahnomoligida egallaganlar, so'ngra bu shaharda hayot butunlay so'ngan,
29
degan naql yuradi. Dalvarzintepaning juda katta joyni egallaganligi, qurilishlar
zichligi, arxeologik qatlamlar qalinligi mazkur qadimiy shaharning miloddan oldingi
birinchi asrda va milodning dastlabki yillarida barq urib yashnab turgan viloyat
markazi bo'lganligidan dalolat beradi. Chag'oniyon qayd etilgan antik davr
ma'lumotlari bizgacha yetib kelmagan. Bu viloyat dastlab arablar istilosidan, oldingi
vaqtga oid tarixiy manbalarda eslatiladi. VII asr (Xitoy) solnomasida shunday
deyiladi. «Chingan-yen-na - bu mamlakat mashriqdan mag'ribga 400 li va shimoldan
janubga 500 li ga yaqin maydonda yastangan. Poytaxti-aylanasi taxminan 10 li.
Sharq tomonda Xvo-lo-mo degan joyga borib tutashadi», 10 li taxminan 5 km ga
teng. Bu yerda gap Chag'oniyonning an'anaviy markazi Dalvarzintepa to'g'risida
borayotgan bo'lsak kerak. Chag'oniyon janubda Termiz viloyatiga tutashgan edi.
Shimolda esa VII asr manbalarida Xvo-lo-mo - Xvaramo viloyati joylashgan, arab
mualliflari asarlaridan Xorun yoki Oxarun deb qayd etilgan. Ibn Xurdodbeh va
Qudama (IX asr) Chag'oniyondan 6 (yoki 3) farsax uzoqlikda Navandak, undan 7
farsax masofada Xamovaron nomli joylar bo'lganligini yozadilar. Dalvarzintepa
antik davrda davlat ma'muriyati, yirik ibodatxonalar, iqtisodiy aloqa tarmoqlari,
harbiy salohiyat mujassamlashgan katta tarixiymadaniy viloyat markazi, yirik
markaziy shaharlar sirasiga kirgan. O'zidan kichik bo'lgan ko'plab aholi qarorgohlari
unga bo'ysungan. Shunday bo'ysunuvchi shaharlar sirasiga Xolchayon ham kiradi.
Ilmiy izlanishlar jarayonida buddaviylik dini va Budda haykaltaroshligi kushon
davri Qandahar-Baqtriya an'analariga o'xshab ketsa-da, ba'zan endigina paydo
bo'layotgan mahalliy yangi uslub jihatlarini ham o'zida aks ettirishi aniqlandi.
Qadimgi Baqtriya haykaltaroshligi masalalarini tadqiq qilishda Kampirtepadan
ko'plab topilgan terrokota haykalchalar katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ularni boshqa
hududlardan topilgan san'at namunalari bilan qiyoslab o'rganish bu haykalchalar
ellinizm tarixiy-madaniy doirasida bo'lganligini ko'rsatdi. Keyingi yillarda O'zSE
kashfiyotlari natijasida Shimoliy Baqtriya Yunon-Baqtriya, Kushon, Kushon-
sosoniylar davrlarida zarb etilgan ko'plab tangalar topilgan, hatto uncha katta
bo'lmagan xazinalar ham aniqlangan. Ushbu topilmalar ichida Yunon-Baqtriya
tangalari ko'p bo'lib, ular yaqin kunlargacha «Shimoliy Baqtriya hududlariga
30
Yunon-Baqtriya davriga oid ayrim tangalar esa tasodifan kelib qolgan», degan
fikrlarni rad etishga asos bo'ldi.Kampirtepaning o'rganilishi natijasida yozma
manbalarda qayd qilingan Oks bo'yidagi Pardagvi Kampirtepa o'rnida bo'lganligi
taxmin qilindi. Bu borada Kampirtepadan Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan
iskandar tangasining topilishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Xullas, uzoq yillar
fanga noma'lum bo'lgan antik davr, xususan kushon davri tarixi va madaniyati
O'zSEning tadqiqotlari tufayli dunyoga mashhur bo'ldi hamda tarix faniga ulkan
hissa bo'lib qo'shildi. O'sha davrga oid yana bir yodgorlik Xolchayon bo'lib, bu
yodgorlik Surxondaryo viloyatining Denov tumanida topildi.1959 yilning bahorida
Xolchayon jamoa xo'jaligining remont-texnikata'mirlash joyi kengaytirilayotganda
buldozer kichik bir tepalikning chetiniqirqqanida uchta tosh ustun bo'laklarini
sudrab chiqargan, topilgan narsalarto'g'risida arxeologlarga xabar berilgan. 1960
yilda san'atshunoslik institutining professori G.A.Pugachenkova rahbarligidagi
San'atshunoslik instituti ekspedisiyasi Xolchayon tepaligini tekshira boshlaydi. Bu
yerdan topilgan yodgorliklar olimlarning har qanday tasavvuridan oshib tushdi,
fanga yana bir tarixiy boylik - Baqtriya badiiy madaniyatining ajoyib yodgorligi
qo'shildi. Xolchayon topilmalarini ilmiy tekshirish jarayonida Xonaqohtepa,
Qorabog'gepa, Maslahattepa kabi tepaliklar ochib o'rganildi. Xonaqohtepadagi
saroy poydevori toshdan, devori esa qalin (1,04-2,30 m) xom g'ishtdan ishlanganligi
aniqlandi.Xolchayondagi
tekshirishlar
Baqtriya-Kushon
zamonining
binokorliktexnikasi to'g'risidagi ma'lum tasavvurni yanada kengaytirdi. Xolchayon
saroyi arxitektura jihatidan g'oyat muhimdir. Asosiy zalining uch devori 3 m
balandlikda oq ganch bilan suvalgan, undan yuqori qismlarda mahobatli haykallar
joylashtirilgan. To'rtinchi devorning to'q qizil fonida oq ganchdan barg, gul, bir bosh
uzum tasvirlanib, naqsh solingan. Saroyning asosiy zalidan chiqiladigan ayvondagi
naqshlarda erkaklar surati ham bor: erkaklardan biri baqtriyalikka, yana biri
mo'g'ulga o'xshaydi. Uch metr balandliqsagi panel tepasidagi haykal qizil va qora
rang mineral bo'yoq bilan bo'yalgan. Hayk alni to'la tiklash mumkin bo'lmadi,
chunki uning mayda -mayda bo'laklarigina saqlangan. Haykallarning kattaligi odam
bo'yining uchdan ikki qismiga to'g'ri keladi. Arxeologlar bu boshni yerdan ehtiyotlik
31
bilan kovlab olganda ularga kipriklari osilib turgan, salgina g'ilay qora ko'zlar qarab
turganday ko'ringan. Topilgan ayol haykali ham diqqatga sazovordir: yuzi keng, oq
dubulg'a toshda hurpaygan sochlari aniq ko'rinib turadi. Haykal tanasidan topilgan
parchada haykal ustidagi xalat yoki yoping'ich saqlangan, xalat tagida to'q qizil rang
ko'ylak ustidan beldan yuqori oq tasma bog'langan. Bu haykal tanasi, vaziyati,
qo'llarining turishi, dubulg'a va xalatiga qaraganda ma'buda Afina haykali bo'lsa
kerak. Markaziy Osiyoga yunonlar ma'budasining qiyofasini makedoniyalik
Iskandar olib kelgan, albatta. Xolchayon haykallari orasida Mitra, Nika va boshqa
ma'budalarning qiyofalariga yaqin qiyofali haykallar ham bor.Haykal parchalari
orasida Xolchayon sozandalari haykallarining parchalarini ham uchratish mumkin.
Baqtriya-Kushon yodgorliklarining yuksak san'atida ellin haykaltaroshligi bilan
Parfiya san'ati an'analari ko'rinadi. Xolchayon haykali hozirgacha noma'lum desa
bo'ladigan qadimgi Baqtriya san'atining allaqachonlar unutilib ketgan so'qmoq
yo'lidagi yorqin izlaridandir. Xolchayonda tadqiqot olib borilgan bir nechta joyda
Grek-Baqtriya podshohligi davri (miloddan avvalgi III-I asrlar) arxeologiyasi aks
etgan. Demitriy tangasining topilishi hamda Qorabog'tepada mil. av II -I asrlarga oid
imoratlar qayd etilgani bunga misol bo'la oladi. Xolchayonda ossuariy sifatida og'ir
qopqoqli a'lo darajada tayyorlangan xum tanlangan. Uning ichida bir to'p ko'krak
suyagi va shikastlangan bosh suyagi yotardi. Aftidan «ko'mishga tayyorlash»
marosimida «Avesto»dagi mazdakchilik qonun-qoidalariga amal qilingan ko'rinadi.
Murda dastlab yoritqich qushlar yoki maxsus boqilgan murdaxo'r itlar yeb ketishi
uchun
qo'yilgan.So'ngra
tozalangan
suyak
qoldiqlari
suyakdonga
joylashtirilgan.Baqtriyaliklarning
dafn
marosimlari
to'g'risida
qadimiy
mualliflarning ma'lumotlari deyarli yo'q. Strabon Onesikritning baqtriyaliklar tirik
keksalarni maxsus boqilgan odamxo'r «go'rkov» itlar yemishiga tashlashlari
haqidagi xabarini keltiradi. Bu odatni Aleksandr Makedonskiy ta'qiqlaydi, ammo
ko'mish marosimi to'la tasvirlanmagan. Ayni paytda parfiyaliklar haqida yozganda,
ularning «odatdagi ko'mish marosimi itlar yoki qushlar yeb ketishi»dan iborat, g'ajib
tashlangan suyaklarni esa ular yerda saqlaydilar, deyilgan. Strabon yozgan
ma'lumotga ko'ra Baqtriyadagi shahar devori orti toza bo'lgan, biroq ichki katta
32
qismi «odam suyagi bilan to'lib-toshib ketgan ekan». Shunday qilib, gap
marhumning suyagini qandaydir tashqi qabristoda emas, balki aynan aholi maskani
ichida saqlash to'g'risida borayotir. Buni Xolchayondagi xum -ossuariyning qadimiy
qo'rg'onning aholi zich yashaydigan qismida saqlanib qolganligi ham tasdiqlaydi.
Antik davrda xumga solib ko'mish an'anasi Janubiy Tojikiston hududida (miloddan
oldingi I-II asrlar) ham uchraydi. Biroq, u yerlarda yarim qoqlangan murda xumga
solib ko'milgan, Xolchayonda esa faqat suyakning o'zi ko'milgan. Bu topilma
arxeologik adabiyotlarda xumga solib ko'mish-ossuariy dafnalarga xos, faqat
keyingi davrga taalluqli urf-odat emas, balki bu ko'mish marosimining boshqa turi
deb qayd etilgan mulohazani to'la tasdiqlaydi. Umuman qadimiy Baqtriya aholisi
orasida ko'mish marosimining turli shakllari mavjud bo'lgan.Agar Yunon-Baqtriya
zodagonlari asosan o'z e'tiqodlari va udumlari amal qilgan va Xolchayondagi
ossuariy (idish)ga solib ko'mish marosimi bunga yorqin dalildir. Bu masalada
Xolchayondan topilgan miloddan oldingi III-II asrlarga oid sanamlar haykalchalari,
shuningdek, suyakdan ishlangan yalang'och ma'buda shakli aks etgan taqinchoq
qadimda Sharqda mavjud bo'lgan Ona Xudoga sig'inish udumi bilan bog'liqdir. Ayni
paytda, Ellin -Yunon badiiy tasvir uslublarining Xolchayonning Baqtriya davri
me'morchiligiga ta'sirini aks ettiruvchi topilmalar ham bor. Xolchayon
taraqqiyotining yirik qurilish tadbirlari bilan bog'liq navbatdagi bosqichi miloddan
oldingi II-I asrlarga taalluqlidir. Bu davr tarixiy jihatdan ulkan siyosiy voqealar bilan
bog'langan, miloddan oldingi 140 yillarda Geliokning o'limi bilan Yunon-Baqtriya
podshohligining inqirozi yuz beradi. Yunon-Baqtriya podshohligining inqirozga
uchrashi, aftidan, baqtriyaga saklarning dastlabki bostirib kelishi va o'zlari egallagan
hududlarda o'troq bo'lib qolishi, so'ngra, yuyejiylar bostirib kelib, saklarni
Amudaryoning narigi sohiliga uloqtirib yuborishi davriga to'g'ri keladi. Bu zarba
Xolchayonning ham taqdiriga o'z ta'sirini ko’rsatgan va mazkur joydan topilgan
arxeologik topilmalarda, qatlamlarda o'z aksini topgan. Vaqt o'tishi bilan hayot o'z
iziga tusha boshladi, yangi qurilishlar hamda ta'mirlashlar bundan dalolat beradi.
Sak-yuyechjiy (yoki «tohar», qadimiy yozma arab manbalarida taxor bitiladi) davri
Xolchayon tarixida arxeologik jihatdan aniq aks etganMiloddan avvalgi II-I asrlar
33
uchun xos bo'lgan «badaviy Geliokl» det ataluvchi bronza tangalarning topilishi
aynan shu davrdagi gavjum shahar hayotidan darak beradi. Ularning shahristonning
turli joylaridan topilganligi bu yerda har xil pullar muomalada bo'lganini va
bozorning ehtiyoji keng ko'lamligini anglatadi. O'zining arxeologik-topografik
qoldiqlarida miloddan oldingi II-I asrlarda Xolchayon yirik aholi maskani sifatida
namoyon bo'ladi. I -II asrlarda, ya'ni Kushonlar davrida Xolchayon rivojlanishda
davom etadi. Kadfiz II tangalarining topilishi, Kanishka, Xuvishka, Vasudeva
(aksariyati katta va o'rtacha halqali) tangalarining ko'pligi va ularning ko'plari
siyqalanib ketgaligi ko'p ko'lamda bozor muomalasida bo'lganligini ko'rsatadi.
Milodiy II asr oxiri -III asr boshlarida Kushon imperiyasi inqirozga yuz tutadi. Bu
jarayon Xolchayonda ayniqsa, yorqin iz qoldirgan. Qorabog'tepa istehkomi
darvozasi katta yong'inda qolgan va uning izlari Kushonlar davri qurilishlarida
yong'in qatlami tarzida saqlangan. Xonqotepadagi o'rganib chiqilgan uchala imorat
ham xarob etilgan yoki qulatilgan. Bu hol ayniqsa, saroyda yaqqol ko'zga tashlanadi.
Bu yerda qimmatbaho ashyolar va ibodat buyumlari talon -taroj qilib ketilganligi
bilan birga, taxtxonada tosh tagliklardan biri ag'darib tashlangan, ayvonda esa ustun
tagliklari qo'porilgan, ba'zilari uloqtirib yuborilgan. Demak, Xolchayon taqdirida
arxeologik muhrlanib qolgan o'limga mahkumlik III asr boshida Kushon shohligini
qamrab olgan umumiy voqea bo'lgan. Xolchayondan VI asr oxiri-VII asrga oid turk-
sug'd turkumiga taalluqli ikkita tanga topildi. Ular Sug'd va Shoshdan topilgan
tangalar bilan old tomon tuzilishi ikonografik jihatdan o'xshasa ham, ulardan ma'lum
darajada farq qiladi. Bu tangalar Amudaryoning shimoliy qismidagi ayrim feodal
viloyatlar turk xoqonligiga mansubligini anglatadi, tamg'alar va boshqa belgilardagi
farq esa Chag'onxudotlar zarb qilgan ashyolarning o'ziga xos xususiyatlarini aks
ettiradi. Darvoqe, arablar 719 yili Amudaryo bo'yi viloyatlariga yetib kelgan vaqtda,
turkcha «Yabg'u» unvonli Tish ismli Chag'oniyon hukmdori Tohariston
qo'shinlariga bosh bo'lib turgan.Arablar bosib olgan davrdan boshlab Xolchayon
uzoq vaqt e'tiborsiz qoladi. XIII asr oxiri XIV asr boshida antik tepaliklardan
ba'zilari qabriston sifatida foydalaniladi. XVI asrda Qorabog'tepaning shimoli-
sharqiy qismi do'ngligida qandaydir mulk paydo bo'ladi. Shundan so'ng shahriston
34
atrof hududi yanada botqoqlikka aylanib, bizning davrimizgacha o'zlashtirilmay
qoladi. Xolchayonni tadqiq etish Baqtriya madaniy hayotiga, ayniqsa, uning badiiy
madaniyatiga yangi ma'lumotlar kiritadi. Bu kuzatishlar Markaziy Osiyoning
mazkur yirik viloyatida antik davr shahar qurilishining ba'zi jihatlarini qayta ochib
beradi. Bu borada tarixiy ma'lumotlar nihoyatda kam.Eski Termizning qadimgi
madaniyati zamirida ham kushon davriga xos ko'pgina yodgorliklar bor. Ular shu
davrning yaqqol namunalaridan, sopol buyumlardan va moddiy madaniyatga doir
boshqa narsalardan iborat. Toxariston vohasi Kushon imperiyasining g'oyat katga
markaziy viloyatlaridan biri bo'lgan. Toxariston tuprog'idan toxaristonliklarning
yuksak madaniyatidan dalolat beruvchi yodgorliklar topildi. Hozirgi Termizdan 10
km keladigan joydagi Qoratepa g'oridan topilgan ajoyib yodgorlik ana shunday
dalillardan biridir. Qazish ishlari Kushon davlati madaniyati to'g'risida g'oyat
qimmatli ashyoviy dalillar va buyumli materiallar berdi. Yozma manbalardan
ma'lumki, buddizm Markaziy Osiyoga azaldan kirib kelgan, arxeologlar o'tkazgan
qazishlarda topilgan narsalar ham bundan dalolat beradi. Buddizmning Markaziy
Osiyodagi ko'plab o'lkalarning madaniyat va san'at tarixida alohida o'rin tutganligi
tarixdan aniq. Lekin bu haqda tasodifan topilgan ba'zi narsalarga qarab taxminiy
fikrlar bor edi, xolos. Ko'pgina tekshiruvchilar, garchi buddizm Markaziy Osiyoda
tarqalgan bo'lsa-da, jamiyat mafkuraviy hayotida muhim ahamiyat o'ynagan emas,
degan fikrda edilar. Ammo Qoratepa yodgorliklari o'rganilgandan keyin bu fikrlar
rad etildi: arxeologlar uzil-kesil Qoratepa g'orlari budda dini bilan bog'liq inshootdan
boshqa narsa emas degan fikrga keldilar. Bu qanaqa inshoot o'zi? Amudaryo burilib
oqadigan joyda Qoratepa tepaligini qazish natijasida mazkur inshootda budda
me'morchiligi qonunlariga rioya qilinganligi ma'lum bo'ldi. G'or ichidagi ibodatxona
tepasida ochiq yerga diniy marosimlar o'tkaziladigan bino qurilgan. Bu butun boshli
inshoot Kushon Termizining katga g'or ichidagi ibodatxonasi bo'lgan, undagi
yerto'la, hovli va ikkita g'or ichidagi inshoot yaxshiroq saklangan. Hovlini to'rt
burchak deyish mumkin (20x18 m), hovlining g'arb tomoni qumtosh tepalikning
uyilgan «tabiiy» devori bilan to'silgan. Xullas, g'arb tomondagi devori tamomila
qumtoshdan iborat, hovlining sharq tomonidagi devori xom g'ishtdan iborat,
35
hovlining sharq tomonidagi devori xom g'ishtdan tiklangan. Hovli devorlari bo'ylab
usti yopiq, ustunli ayvon kurilgan, devor qoldiqlariga qarab hukm qilganda ayvon
qizil buyoqqa bo'yalgan. Inshootning asosiy binosiga kiraverishda janub tomonidagi
ayvon devorlari bo'ylab har ikki tomonda turli rangda, o'z kattaligida va tik turgan
kishilarning qomatlari tizilib turibdi. Yer tagidagi bino ga hovlining janub
tomonidan kiriladigan bo'lgan, binoning devorlari xom g'ishtdan terilgan. Bino
uncha katta emas, u katga xonadan iborat, unga uch tomondan kiriladigan yo'laklar
bo'lgan va yon tomoni bitga kichikroq mergel ohak-toshdan terilgan. Ostonaning har
qaysi tomiga qora chiziqlar bilan nilufar surati solingan. U g'or ibodatxonasiga
kiradigan darvoza tepaligining qumtosh qatlamida uyib ishlangan, darvoza qubbali
bo'lgan bo'lsa kerak.Qoratepa buddaviylik yodgorligi Eski Termiz majmuasi
tarkibiga kirib, maydoni 7,5 ga ni tashkil qiladi. Tadqiqotlar natijasida Qoratepaga
milodiy I asr oxirlarida asos solinganligi, yodgorlik janubiy, g'arbiy va shimoliy
tepaliklardan tashkil topganligi aniqlandi. Qoratepaning o'rganilishi 1928 yilda
A.S.Strelkov tomonidan boshlangan bo'lib, turli tanaffuslar bilan hozirga qadar
davom etmoqda, hozirgacha to'qqizta ibodatxona ochib o'rganildi. Qoratepada
ganchdan yasalgan haykallarning parchalari topildi, ular ichida g'alati bir vaziyatda
buklanib turgan to'rtta barmoq saqlangan qo'l parchasi diqqatni o'ziga tortadi. Bu
qo'l parchasi kattaligiga qaraganda kishi bo'yidan ancha baland haykalniki
bo'lsa kerak. Budda va unga doir manbalarning haykallari hovli o'rtasida
joylashtirilgan bo'lishi mumkin. Oq marmarga o'xshagan mer gel ohaktoshdan
yasalgan arxitektura bezaklari (odam boshining barelyefi, akanfa bargi va boshqalar)
diqqatga sazovordir. Bular Hindiston, Pokiston va Afg'onistondan topilgan
arxeologik yodgorliklarga juda o'xshab ketadi. Yo'lak va ayvondagi naqshlarda ham
xuddi shunday mushtarakliklar borligi sezilarli darajadadir.Qoratepa qazilganida
undan budda dini marosimlariga oid buyumlar: toshdan yasalgan soyabon,
qopqoqlar, nilufar surati va boshqa ko'plab narsalar topildi. Sopol buyumlar va
devorlardagi yozuvlarning ham bu boradagi ahamiyati kattadir. Sopol buyumlardagi
yozuvlarning ko'p hindcha kaxaroshti va braxma yozuvlaridir, ammo binodan
kushon yozuvli popolok ham topildi. Kushon yozuvi mahalliy sharqiy fors tiliga
36
moslashtirilib, yunon alifbosi asosida tuzilgani aniqlandi. Budda ibodatxonasi
to'satdan yuz bergan zilziladan yemirilgan bo'lsa ajab emas, chunki uning ko'pgina
qismlari shunday ag'nab yotibdi. Bu bilan arxeologlar Markaziy Osiyo xalqlarining
madaniy hayotini o'rganishda g'oyat qimmatli yodgorlikka ega bo'ldilar. Bundan
tashqari Qoratepadagi budda yodgorligi Markaziy Osiyodagi qadimgi xalqlarning
Hindiston va Xitoy bilan bo'lgan aloqalarini o'rganishga ham imkon beradi. Axir,
Qoratepa hozirgi Afg'oniston va Hindiston, Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston,
Yettisuv, Qashqar orqali Xitoyga boradigan karvon yo'lining juda qizg'in, serqatnov
joyida bo'lgan.Kushonlar davrida Markaziy Osiyoga kirib kelgan budda dini bilan
birga qadimiy mahalliy an'analar ham davom etavergan. Toxariston tuprog'idagi
qadimgi Qayqubodshoh shahrida o'ng qo'lida qandaydir idish tutib o'tirgan xotin
tasvirlangan sopol haykalcha topilgan edi. Taxminlarga qaraganda, bu Vaxsh
daryosidagi ma'buda bo'lsa kerak, Dushanbe yaqinidan topilgan qadimgi to'pxona
qabristoni mahalliy diniy e'tiqod bilan bog'langan. U yerda o'likni qabrga orqasi
bilan cho'zib, boshini shimolga, oyog'ini janubga qaratib solganlar. Shunisi qiziqki,
o'likning og'ziga yoki ko'kragiga kumush tanga pul qo'yganlar. Qadimgi ellin
Yunonistonida va Yaqin Sharqdagi ellin mamlakatlari hududida ayni shunday odat
mavjud bo'lgan. Bu odat va udumlar, rasm-rusumlar asta-sekin quldorlik davlatlari
bo'lmish Yunon-Baqtriya podsholigi bilan Kushon imperiyasi taraflarga o'tib kela
boshlagan. Qadimshunoslar topgan kumush falslar chambaraksimon ramka ichiga
olingan do'ng gardishdir. Ichiga fil surati solingan, ustiga to'rt burchak yombi
qoplangan, undagi tasvirga ko'ra, bo'ynida maxsus kaltak ushlab fil o'rgatuvchi yoki
fil haydovchisi o'tirgan. Fil haydovchining boshida salla, quloqqa isirg'a, fil ustiga
o'rnatilgan qulfnamo qandaydir narsa, jang davom etmoqda, jang payti minora
tepasida ikkita jangchining kallasi ko'rinib turibdi. Birining boshida dubulg'a, qo'lida
nayza, u harbiy boshliq bo'lsa kerak, yana biri bosh yalang, u harbiy askar bo'lsa
ehtimol.Yunon-Baqtriya pullari aksar kumushdan, kamdan-kam hollarda bronzadan
zarb qilingan, tanga pullarning bir tomonida podsho surati solingan. Do'ng
peshonasi, qirg'iy burni, bo'rtib turgan dag'al iyagi uning kuchli iroda egasi
ekanligidan dalolat beradi. Boshqa bir chaqa pulning bir tomonida Hindistonni zabt
37
etgan Dimitriy podshoning lablari bir-biriga qattiq yopishgan, shiddatli muhr tasviri
bilan zarb qilingan, ikkinchi tomonida podshoning yunoncha unvoni yozilgan. Keng
ko'lamda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar qadimgi davr tarixini davrlashtirish
masalasini ilmiy asosda qayta hal qilish imkonini beribgina qolmay, balki quldorlik
tuzumini hamda bu davrda savdo va hunarmandchilikning markazi bo'lgan shaharlar
madaniyatini o'rganishda hamjuda boy manbalar berdi. Arxeologik tadqiqotlar
tufayli viloyat hududida quldorlik davriga mansub ajoyib tasviriy san'at obidalari
ochildi. Termiz yaqinidagi Ayritomda topilgan toshga o'yilgan bo'rtma suratlar,
haykallar va devoriy rasmlar hamda Denovdagi Xolchayon va Dalvarzintepadan
topilgan loy va ganchdan yasalgan ko'pdan-ko'p turli haykallar Surxon vohasida
qadimda o'ziga xos yuksak tasviriy san'at madaniyati yaratilganligini isbotlaydi.
Surxondaryoda topilgan qadimgi san'at obidalari Markaziy Osiyo xalqlari
madaniyati bilan Eron, Hindiston, Yaqin Sharq va Kavkaz xalqlari madaniyatining
bir-biriga ta'sir ko'rsatganidan hamda dunyo xalqlari madaniyatining yaratilishida
Markaziy Osiyo xalqlari ham faol qatnashganligidan darak beradi. Qoratepadagi
budda ibodatxonalaridan chiqqan qimmatbaho haykallar va boshqa tasviriy san'at
obidalari, ayniqsa nodir va noyobdir. Bunday tasviriy san'at va haykaltaroshlik
yodgorliklari o'z davrining hayotiy, mafkuraviy va diniy e'tiqodlari, madaniy va
maishiy
hayoti
to'g'risida
ma'lumot
beruvchi
qimmatbaho
manba
hisoblanadi.Umuman, Qoratepa yodgorligining o'rganilishi Kushon davri Baqtriya
tarixi va madaniyatini yoritishda muhim bir bosqich bo'ldi. Ana shu tadqiqotlar
Termizning va umuman Baqtriyaning qo'shni davlatlar va o'lkalar bilan iqtisodiy
hamda madaniy aloqalari rivoj topganligini yana bir karra isbotladi. Shimoliy
Baqtriyaning antik tarixi va madaniyatini o'rganishda 1972 yili tashkil qilingan
ekspedisiyasi ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. V.M.Masson rahbarlik qilganushbu
ekspedisiya tadqiqotlarida Sh.Pidayev, T.Annayev. G.Koshelenko. K.Sobirov,
V.Pilipko. V.Zavyalov singari arxeolog olimlar ishtirok qildilar. Baqtriya
ekspedisiyasi Kushon va ilk o'rta asrlar davri Baqtriya shahar va qishloqlarining
tarixini o'rganishga, Baqtriyada urbanizasiya jarayonlarining shakllanishi va
rivojlanishi masalalarini tadqiq qilishga asosiy e'tiborni qaratdi. Ekspedisiya o'z
38
faoliyatini 1990 yillarning boshlariga qadar davom ettirdi, ekspedisiya tadqiqotlari
Shimoliy
Baqtriyaning
Zartepa,
Mirzaqultepa,
Oqqo'rg'on,
Sho'rtepa,
Hayrobodtepa, Hayitobodtepa singari shahar va qishloq xarobalarida olib
borildi.Baqtriya ekspedisiyasining samarali kashfiyotlari natijasida ilk bor Kushon
davri shahar me'morchiligi xususida nisbatan to'la ma'lumotlar olish imkoni paydo
bo'ldi. Kushon davri qishloqlari, ularning jamiyat hayotidagi o'rni va shaharlar bilan
o'zaro munosabatlari masalalari yoritib berildi. Qishloq aholisining moddiy
madaniyatini shahar aholisining moddiy madaniyatidan farq qilmasligi, shahar va
qishloqlar o'rtasidagi tovar ayriboshlash, aksaran tanga pullarga asosalnganligi
Oqqo'rg'on, Mirzaqultepa, Sho'rtepa yodgorliklari misolida isbotlab berildi.
Me'morchilik va diniy e'tiqodlar masalasida ko'plab
savollarga javob olindi. Mustaqillik davri arxeologik kashfiyotlari va ularning
antik davr tarixi hamda madaniyatini o'rganishdagi ahamiyati masalalari ham
atroflicha ko'rib chiqildi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, Shimoliy Baqtriya
hududlarida arxeologik qidiruv-tadqiqot ishlarini keng ko'lamda va xalqaro
miqyoslarda olib borish uchun yangi imkoniyatlar ochildi. O'zRFA Arxeologiya
instituti xodimlari Fransiya va Germaniya olimlari bilan hamkorlikda Ko'hna
Termiz, Sherobod vohasi yodgorliklarini hamda O'zbekiston san'atshunoslik
instituti bilan Yaponiyaning Tokiodagi Soka universiteti xodimlari hamkorlikda
Dalvarzintepa ko'hna shahrini o'rgandilar. Ushbu ishlar natijasida milodning
boshlarida O'zbekistonning janubiga buddaviylik e'tiqodi jadal kirib kelganligi
isbotlandi. So'nggi tekshirishlar natijasida Dalvarzintepa san'ati, moddiy madaniyati
va tarixiga ko'pgina yangliklar kiritildi.1999 yilda Kushon davri yirik shaharlaridan
biri Kampirtepada arxeologik-qidiruv ishlari qayta tikalandi va hozirga qadar davom
etmoqda. So'nggi tadqiqotlar Kampirtepaning yoshini aniqlash imkonini berdi.,
olimlarning taxmin qilishicha Kampirtepa mil. avv. IV asr oxiri-mil. avv. III asr
boshlaridan e'tiboran faoliyat ko'rsata boshalgan. Shuningdek, Oksdagi Aleksandr
shahri ham Kampirtepa o'rnida bo'lgan degan taxminlar ilgari surilmoqda.
Kampirtepadan keyingi paytda topilayotgan metall buyumlar, sopollar, terrakotlar
va tangalar Baqtriya tarixi va madaniyatini o'rganishda muhim ahamiyat kasb
39
etmoqda.1993 yildan boshlab o'zbek-german qo'shma arxeologik ekspeisiyasi
xodimlari Jondavlattepa yodgorligida tadqiqot ishlari olib bordilar. Tadqiqotlar
jarayonida me'morchilik, san'at, madaniyat, diniy e'tiqodlar hamda tovar -pul
munosabatlari masalalari o'rganildi. 1998 yilda Qoratepadagi budda ibodatxonalari
guruhini o'rganish bo'yicha Sh.R.Pidayev rahbarligida o'zbek -yapon qo'shma
ekspedisiyasi tashkil etilib, hozirga qadar faoliyat ko'rsatmoqda. Mustaqillik
yillarida olib borilayotgan hamkorlikdagi tadqiqotlar natijasida antik davrda Surxon
vohasida ro'y bergan tarixiy-madaniy jarayonlar aniqlanib, fanga tatbiq etilmoqda.
Kushon davri arxeologik yodgorliklaridan Fayoztepa, Eski Termiz devorlarining
shimoli g'arbida, Qoratepa tekisligining shimoli- g'arbidan janubi-sharqqa
yo'naltirilgan
holda
qurilgan
Budda
ibodatxonasidir.
Bu
to'rtburchakli
ziyoratgohning ichkari hovlisi ikki tomondan tirgak vazifasini o'tavchi yo'g'on
sutunlar bilan ko'tarilgan bo'lib, maxsus ayvon bilan o'ralgan imoratdir. Ushbu
Budda obidasining qurilgan payti - uysozlik, binokorlik, haykaltaroshlik, tasviriy
san'at, umuman, shaharsozlik va me'morchilik rivojlangan Kushon -Baqtriya davlati
davriga, ya'ni eramizning I-II asrlariga to'g'ri keladi. So'z yuritilayotgan jamlanma
asosan uch qismdan: 1. Kohinlar yotoqxonasi (hind-boxtar me'morchiligi an'analari
asosida qurilgan). 2. Markaziy ibodatxona 3. Kohinlar jamoasi uchun zarur bo'lgan
narsalar bilan ta'minlaydigan xo'jalik va yordamchi imoratlardan iborat. Inshootning
asosiy qismlaridan biri muqaddas, tabarruk va muborak diniy yodgorliklarni
saqlaydigan joy- qo'ng'iroqsimon pastki qismi turtib chiqqandek ishlov berilgan
hovonchadir. Hovoncha xom g'ishtdan terilgan, uning usti oppoq qorsimon
ganch bilan suvalgan. Qizig'i, hovoncha ibodatxonaning boshqa jamlanmalari
singari hovli markazida bo'lmay, balki hovlining tashqarisida - «Siymo uyi» budda
haykalchasi dargohiga qarama-qarshi o'rnatilgan. «Siymo uyi»dan topilgan ohakgil
toshidan mohirlik bilan ishlangan 118 kilogrammlik Budda haykali va uning ikki
yonida qo'l qovushtirib, sig'inib o'tirgan ikki rohibning haykalchasi bor. Bu
dargohdan havonchagacha g'isht va ohakgil toshlari parchalari yotqizilgan yo'lak
o'tkazilgan.Markaziy ibodatxona atrofida katta-kichik xonalar, ya'ni ziyoratgoh,
hujra va jamoa yig'ini xonalari mavjud bo'lgan. Masjid ibodatxona bilan bir eshik
40
orqali tutashtirilgan, eshik ibodatxona hovlisining g'arbiy devorida bo'lib shimoli-
g'arbiy tomondadir. Eshikning hovli tarafdagi yonida katta-katta ohakgil toshi
bo'laklaridan terib qurilgan hovuzcha bo'lgan. Hovuzchaning bir tomoni
ikkinchisidan torroqdir, ayni shu tomonning pastki qismida og'zi ochiq sher boshi
tasvirlangan suv jumragi o'rnatilgan. Bu hovuzcha ehtimol diniy marosimlarda
yuvinib poklanish uchun qurilgan, ibodatxona tokchalarida esa ganch haykalchalar
bo'lib, ularning ichi loy bilan to'lg'azilgan bo'lgan. Ilmiy adabiyotlardan ma'lumki,
ana shu xil hovuzchalar hind budda sajdagohlarida tahorat qilish uchun ishlatilgan.
Arxeolog olim L.I.Albaumning fikricha, Kushon buddoviylik san'atidasher aksi va
tasviri katta ahamiyatga molik bo'lgan, oqibatda aksar kulolchilikidishlarida sher
kallasi, goho tog' takasi bosh qismi tasvirining tushirilishian'anaga aylangan edi.
G.A.Pugachenkova tomonidan Eski Termiz shaharchasidan topilgan qulog'i tik
arslon gavdali qanotli bahaybat maxluq rasmi tushirilgan ohakgildan ishlangan
yaxlit qolipning topilishi yuqoridagi misolga dalil bo'ladi. Fayoztepadagi devorlar
qurilishiga asosan paxsa va xom g'isht ishlatilgan, tomlar xarilar bilan yopilgan,
tomlarning ba'zilari gumbazsimon shaklda bo'lgan. Majmua xonalarining
devorlariga turli manzarali suratlar, haykallar bilan bezak berilgan. Har xil tabiiy
ofat va jangu muhoraba sinovlariga bardoshi yetgan ko'pgina haykallar tuproq
uyumlari ostida saqlanib, ularning shikast topgan siniqlarigina bizning
zamonimizgacha yetib kelgan, xolos. Saqlanib qolgan haykal bo'laklari va
siniqlarining hajmiga qaraganda ayrim haykallarning bo'yi 4 metrgacha ekanini
taxmin qilish mumkin, ular odatan qizil bo'yoqqa bo'yalib, ustidan tilla suvi
yuritilgan.Ana shu bo'laklangan va singan haykallar bilan birga topilgan Kanishkava
Vasudeva I tangalari zikr etilgan vayrona Budda ibodatxonasi ehtimolVasudeva I
davrida yemirilgan degan xulosaga kelishga imkon beradi. Jamlanmaga tobin
uchinchi-xo'jalik qismining devorlari monastr va ibodatxona devorlariga tutashtirib
ko'tarilgan. Jamlanma xonalarining birida xom g'ishtdan qilingan eni 0,7 metr
keladigan uzun supa bor, bu aftidan ovqatlanish joyi bo'lgan. Barcha xonalarning
devorlari somon suvoq qilingan, faqat ikkitasi ganch bilan suvalgan, xonaning
yeriga ganch va yirik qum qorishmasi to'shalgan. Qolgan ikki xonada tandir
41
qoldiqlari va bezakli toshtovoqlarning sinig'i, boshqa bir xonada janubga qaratib
o'rnatilgan suv quvuri, kulolchilik
o'chog'i borligi aniqlandi. Demak ibodatxonaga suv quvurlar vositasida olib
kelingan, hatto shunga o'xshash quvurlarning Qoratepa tomon, ya'ni janub tarafga
yotqizilganligi (5-6 metrli quvur bo'laklari) kovlash natijasida kuzatilgan.Ammo
shaharga suv quvurlar orqali qaysi tomondan olib kelingani muammosi ancha yillar
bahsli bo'lib turdi. Bu masalani 1945 yili o'rgangan olim D.D.Bukinich ham
muammoning yechimini topolmay «Termizga suv qaysi tomondan kelganligi
savoliga qoniqarli javob olish amri mahol» deyishdan nariga o'tmagan edi. Shu
o'rinda V.A.Kozlovsvkiy, V.P.Nimkolayev, L.I.Albaum fikrlarini keltirib o'tish joiz,
ular shaharga suv Amudaryodan olingan deyishadi. Lekin tarixiy asarlar buning
teskarisini ko'rsatadi, chunonchi XV asr jug'rof olimi Hofizi Abro' «Termiz
Chag'oniyon(Surxon)dan suv ichadi», deydi. Nihoyat termizlik yosh qadimshunos
olim T.Annayev muammoning yechimini topishga muyassar bo'ldi. Salovotdan
ma'lum miqdor yuqori(shimol)da - Tolitog'orada olib borilgan qazilma samarasi
o'laroq Kushon davri Termiz va uning atroflarini sug'orish tizimi aniqlandi. Unga
ko'ra suv Chag'onruddan Kattaqum orqali amalga oshirilgani, suv olish joyi va uning
qo'riqlash istehkomi topildi.Kushon davri Termizining I-II asrlarda qurilgan yirik
Buddoviy jamlanmasi Fayoztepa II asrda budda kohinlari tarafidan tashlab ketilgan,
degan aqida mavjud. Balki bu hodisalar tabiiy ofat - yer qimirlashi bilan bog'liq
bo'lishi mumkin degan taxminlar yuradi. Ammo dinidorlar muqaddas ziyoratgoh
sanalmish havonchani o'z holicha qoldirib, uni e'tiborsiz tashlab ketmadilar.
Havonchani saqlash maqsadida uning chor atrofini xom g'ishtli devor bilan o'rab
oldilar va havonchaning uzoq saqlanishga imkon yaratdilar. Fayoztepa atrofida V
asrda Termizda hukmronlik qilgan eftalitlarning qabristoni bo'lgan. Xullas
Fayoztepa majmuasidan topilgan haykalcha dunyoning ko'pgina mamlakatlari,
jumladan Yaponiya, Skandinaviya mamlakatlari bo'ylab sayohatda bo'ldi. Endilikda
u Toshkentda saqlanmoqda, umuman, Fayoztepa sirlarini ochish va tahlil etishda
olimlardan L.I.Albaum, B.M.Masson , A.Asqarov, G.A.Pugachenkovalarning ilmiy
izlanishlari katta samara berdi. Arxeologlar qiziqqanga qadar bu tepa nomsiz edi,
42
arxeologlarga yaqindan yordam bergani uchun Surxondaryo viloyat o'lkani o'rganish
moziygohining shu yillardagi direktori Rahmat Fayozovning otasi sharafiga bu tepa
Fayoztepa deb ataladigan bo'ldi va shu nom bilan olamga tanildi.Eramizning
dastlabki asrlarida Hindistondan Markaziy Osiyo janubiga buddizm tarqaladi. Bu
yerlarga diniy aqidalar bilan birga budda san'ati ham keladi. Shu davrlarda Kushon
Termizida va uning devori atroflarida buddizmning ko'plab ibodatxonalari,
sajdagohlari, xonaqohlari va boshqa inshootlari qurildi. Termiz buddizmning
muqaddas ziyorotgohlaridan biriga aylandi. Zo'rmo'la Kushon Termiziqo'rg'on
devorlari shimoliy sharqida qad ko'tarib turibdi. Qachonlardir shahardan
tashqaridagi
bu
yerlarda
buddizmning
yuksak
me'morchilik
uslubidagi
qurilmalarining butun majmuasi-Vixaraibodatxona bo'lganga o'xshaydi. Lekin o'rta
asr Termizida bu yerlar ekin maydonlari bo'lganlari ma'lum. Faqat bu yerning bosh
qurilmasi muqaddas joyulkan havonchaga o'xshash budda muqaddas ashyolari
saqlanadigan minora o'z qoplamalari va shaklini yo'qotib, asrlar osha yashab
kelmoqda. Olib borilgan qazilma natijasi to'g'ri burchakli supa (tagkursi) ustiga
o'rnatilgan silindrsimon minoradek havoncha o'z nihoyasida gumbaz bilan
tugallanganligini ko'rsatadi. Bu inshoot asosan xom g'ishtdan terilgan bo'lib, uning
tagkursisi (pyedestolli) sirti oq toshtaxtalar bilan qoplangan. Ehtimol, bu toshlar
ohak gil bo'lib, Xoja Gulsuvar (Burgut tog'i)dan keltirilgandir. Havonchaning yuza
qismi xom g'isht ustidan pishiq g'isht qoplangan va yuz (old) tomoni ochiq qizil
rangga bo'yalgan. Hovonchaning diametri 14,5 metr, umumiy balandligi qachondir
16 metrga teng bo'lib, uning bo'yini xoda (tayoq)ga osilgan «Hurmat soyaboni»
balandroq ko'rsatardi. Zo'rmo'laning bunyod bo'lishi ulug' Kushonlar davriga, ya'ni
eramizning II asriga to'g'ri keladi. Uning qurilish ishlaridagi ko'lami
Fayoztepanikidan ortiq va Termizdagi budda inshootlari qurilishida alohida
ahamiyatga ega bo'lgan.
Kushonlar davlatida boshqaruv tizimi.
Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuechji qabilalari bosib olganligi haqida
ma’lumot beradi. Mil.avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani
43
mil.avv. 172-161 yillar oralig‘ida deb belgilaydilar) yuechjilar xunlardan
mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng O‘rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko‘chib
yuradilar. Bu qabilalar Xitoy manbalarida “Da-yuechji” – “Buyuk” yoki “Katta
yuechji” deb eslatiladi. CHjan Szyan ma’lumotlariga ko‘ra, yuechjilar xunn
qabilalaridan mag‘lubiyatga uchragach O‘rta Osiyoning janubiga tomon harakat
qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy
tomonida joylashadilar. Katta Xan uyi tarixida ham yuechjilar Guyshuy daryosining
shimoliy
tomonidan
o‘z
poytaxtlariga
asos
solganliklari
ta’kidlanadi.Tadqiqotchilarning fikrlariga ko‘ra, yuechjilar mil.avv. 140-130 yillar
oralig‘ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko‘p o‘tmay Baqtriyada Katta
yuechji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, Katta
yuechji hukmdorlari qo‘l ostida beshta xokimlik (Xi-xeu) bor bo‘lib, ular Xyumi,
SHaunmi, Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa
chiqargan ko‘pchilik tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuechji davrini uch
bosqichga bo‘ladilar:
1. Mil.avv. 139-125 yillar – Katta yuechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo
ularning asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi.
2. Mil.avv. 25 yilga qadar – Katta yuechji davlatining shakllanishi va keyingi
rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan shimol tomonda bo‘lib, janubiy
chegarasi Gibin atroflarida (Kashmir yoki Qandahor) edi. YUechjilar bo‘ysundirgan
hududlar Xise, SHaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo‘lib, ular
xi-xou (yabg‘u) tomonidan birlashtirilgan.
3. Mil.avv. 25 yildan keyin Katta yuechji davlatining inqirozi va yuqorida
eslatilgan mulklarning mustaqil bo‘lishi. Kushon (Guyshuan) yabg‘usi Kiotszyukyu
(Kujula Kadfiz) qolgan to‘rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos
soldi.Ta’kidlash lozimki, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy tarixga nisbatan Kushon
davlatining siyosiy tarixi kam o‘rganilgan masala hisoblanadi. Kushonlarning
hokimiyat tepasiga kelish sanasi, ushbu davlat tarixini davrlashtirish ayrim kushon
yozuvlari, tangashunoslik ma’lumotlari, qisman Xitoy manbalari, buddaviy
44
ma’lumotlar va ilk o‘rta asrlar manbalariga asoslanadi. Tadqiqotchilar Kushon
davlati tarixini quyidagi uchta bosqichga ajratadilar:
1. YUnon-Baqtriya podsholari hukmronligining tugatilishi hamda O‘rta Osiyo
va SHimoliy Afg‘oniston hududlarida bir nechta alohida davlat uyushmalarining
tashkil topishi (mil.avv. II asrning oxiri – I asr).
2. Buyuk Kushon davlatining paydo bo‘lishi va gullab yashnashi (milodiy IIII
asrlar).
3. Ko‘chmanchilarning tinimsiz urushlari natijasida Kushon davlatining
inqirozi va qo‘lashi (III asr oxiri – IV asr). Kushon davlatining paydo bo‘lishi haqida
ko‘proq Xitoy manbalari va tangashunoslik ma’lumotlari xabar beradi. Umuman,
Kushonlar saltanatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchilar
orasida bahslarga sabab bo‘lgan bo‘lsada, o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab
bu masalaga juda ko‘plab aniqliklar kiritish imkonini bergan tadqiqotlar olib borildi.
Ayniqsa, 1961 yil Londonda o‘tkazilgan xalqaro simpozium, 1968 yil Do‘shanbeda
YUNESKOning konferensiyasi, 1970 yil Qobuldagi xalqaro anjuman Kushon
davlati masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, undan keyin ham bu masala bo‘yicha
ko‘plab xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi.Mil.avv. I asrning oxiri – mil. I asrning
boshlariga kelib, Guyshuan hokimi Kiotszyukyu barcha mulklarni birlashtirib
Qobuliston va Qandahorni zabt etadi. Natijada bu davrga kelib dastlabki poytaxti
Surxon vohasidagi Dalvarzin ko‘hna shahri harobalari bo‘lgan Kushon davlati o‘z
ahamiyatiga ko‘ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim
saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast
davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi “Guyshuan hokimi
Kiotszyukyu”, ilk Kushon davriga oid topilma tangalar aks ettirilgan “Kushon
podshosi Kujula Kadfiz”ga aynan mos to‘shadi.Tangashunoslik ma’lumotlariga
tayangan tadqiqotchilarning fikricha, Kujula Kadfiz yoki Kadfiz I 80 yildan
ziyodroq umr ko‘rib 50-60 yil davlatni boshqarib, taxminan milodiy 35 yilda vafot
etadi. O‘zining hukmronligi davrida Kadfiz I Baqtriyadagi uncha katta bo‘lmagan
yuechji mulklari hukmdoridan Baqtriyadan tashqari G‘arbiy va Janubiy Afg‘oniston
va SHimoliy H indistonni o‘z tarkibiga olgan qudratli davlatning podshosi
45
darajasiga ko‘tariladi. Ammo, manbalarning guvohlik berishicha Kadfiz I davrida
Kushon davlati to‘la shakllanib bo‘lmagan edi. Har holda, bu davrda Kushonlar o‘z
tangalariga ega bo‘lmay, Kadfiz I Rim imperatorlariga (Avgust va Tiberiyga) taqlid
qilib tanga zarb ettirgan.Manbalarning dalolat berishicha, Kujuladan keyin taxtga
uning o‘g‘li Vima (Gima) Kadfiz (Kadfiz II) o‘tiradi. Xitoy mualliflari Kadfiz II
taxtga o‘tirganidan so‘ng “Tyanchju (Markaziy Hindiston)ni zabt etdi va u erga o‘z
sarkardalaridan birini boshqarish uchun qoldirdi. SHu davrdan boshlab yuechji
kuchli va boy davlatga aylandi”, deb xabar beradilar. Bu xabarni tangashunoslik
ma’lumotlari ham ta’kidlaydi. Kadfiz II zarb ettirgan tangalarning o‘ng qirg‘oq
Baqtriyadan, Tojikiston va O‘zbekistonning janubiy tumanlaridan topilishi bu
hududlarning
Kushon
davlati
tarkibiga
kirganligidan
dalolat
beradi.
Tangashunoslarning so‘nggi yillardagi tadqiqotlariga ko‘ra, Kadfiz II zarb ettirgan
“SHohlar shohi – buyuk xaloskor” degan yozuv bor tangalar Hindiston, Afg‘oniston
va O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Bunday tangalar Ashxobod, Xorazm, Toshkent
vohasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Panjikent hududlaridan ham topilgan. Kadfiz II
ning Rim saltanati bilan aloqalar o‘rnatganligi haqida ma’lumotlar bor.Kushon
podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hukmronligi davrida
Kushonlar saltanati gullab-yashnashining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Kanishka
davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo‘shib olinadi. Ayrim
tadqiqotchilarning
fikricha,
davlatning
poytaxti
Dalvarzindan
Peshovar
(Afg‘oniston) atroflariga ko‘chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi
SHimoliy Hindiston, Afg‘oniston, O‘rta Osiyoning katta qismi, SHarqiy
Turkmanistondan iborat edi. Syuan Szyanning yozishicha, “Kanishka podsholik
qilgan davrda uning shon shuxrati qo‘shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning
harbiy qudrati ko‘pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g‘arb tomonidagilar ham
Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o‘z garovga qo‘ygan odamlarini yuborar
edilar”.Kushonlar sulolasi yozma manbalar asosida va tangashunoslik tadqiqotlari
orqali o‘rganilgan. Kushonlar davrida chiqarilgan ilk tangalarning bir tomonida
YUnon-Baqtriyaning so‘nggi podshosi Germey tasviri, ikkinchi tomonida esa
“kushonlar yabg‘usi Kujula Kadfiz” degan so‘zlar bor. Demak, dastlab Kushon
46
hokimlari o‘z nomlarini “podsho”, “shoh” tushunchalari bilan bog‘lamaganlar.
Ammo, Kushon davlati hududining kengayishi va siyosiy-harbiy ahamiyatining
ortib borishi bilan birga tanga pullarda “shoh”, “shohlar shohi” atamasi ko‘plab
uchraydi. Bunday o‘zgarishlar Xitoy muallifi bergan ma’lumotlarni ya’ni,
davlatning harbiy qudrati ko‘pchilik mamlakatlar tomonidan tan olinganligini
isbotlaydi.Podsho Kanishka I o‘zidan oldingi davlat boshqaruvi an’analarini saqlab
qoldi va davom ettirdi. Ma’lum viloyatlar va shaharlar davlat tepasida turuvchi oliy
hukmdor noiblari tomonidan boshqarilar edi. Bunday noiblar podsho tomonidan
tayinlanib, uning eng yaqin va ishonchli vakillari hisoblangan. Ular oliy hukmdorga,
ya’ni, podshoga so‘zsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat xazinasiga o‘lponlar tulab
turganlar. Kushonlar davrida mahalliy aholidan yig‘iladigan soliq tartibi haqida
ma’lumotlar bizgacha saqlanmagan bo‘lsa-da, bunday tartib mavjud bo‘lganligi
aniq.
Kushonlar davrida madaniy hayotning yanada yuksalganligi yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Xususan, Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan budda dini davlat
diniga aylandi. Oromiy va yunon yozuvlari asosida kushon yozuvi mavjud bo‘lgan.
SHuningdek, bu davrda Sug‘dcha va xorazmiycha yozuvlar ham bor edi. Ushbu
yozuvlar yodgorliklarida o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotni aks
ettiruvchi ayrim ma’lumotlar saqlanib qolgan. SHuningdek, Kushonlar davr ida
O‘rta Osiyo xalqlari madaniy hayotining quruvchilik, haykaltaroshlik, rassomlik,
naqqoshlik kabi sohalarida ham katta yutuqlarga erishilgan. Xorazm, Sug‘diyona,
Baqtriya, Farg‘ona, CHoch, SHarqiy Turkiston va SHimoliy Hindistondan ochilgan
ko‘plab madaniy yodgorliklar yuqoridagi hudadlardagi madaniy hayot o‘zining
yuqori cho‘qqisiga chiqqanligidan dalolat beradi.Kushonlar davrida binokorlik va
me’morchilik ham shaklan ham mazmunan rivoj topganligi ko‘zatiladi. CHunki, bu
davrdagi ma’muriy, diniy, ishlab chiqarish, turar-joy, mudofaa inshootlari, SHarq
me’morchiligi bilan ayrim o‘xshashliklar topsada, o‘ziga hos tomonlari ustunlik
qiladi. Me’morchilikning o‘ziga hos namunalari Dalvarzin, Xolchayon, Eski
Termiz, Kampirtepa, Fayoztepa, Qoratepa kabilardan o‘rganilgan bo‘lib, ular jahon
miqyosida mashhur bo‘lgan obidalardir.Kushon davlatining inqirozga uchrashi
47
Gerk-Baqtriya va Rim saltanati tarixiy taqdiriga ancha o‘xshab ketadi. Bu
davlatlarning barchasi qo‘lash arafasida tinimsiz yurishlar olib borishga majbur
bo‘lganlar. Tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish uchun ichki va tashqi
sabablarga ko‘ra, zaiflashgan yirik davlatlarda etarli harbiy imkoniyat topilmadi.
Milodiy IV asrga kelib Kushon podsholigi o‘zining asosiy hududlaridan mahrum
bo‘ldi. Bu podsholikning ayrim mulklari SHimoliy Hindistonda saqlanib qoldi.
Xulosa.
Kushon davlatining dastlabki o'zagini Baqtriya yerlari tashkil etgan. Kushonlar
davlatining dastlabki poytaxti ham Sho'rchi tumani hududida joylashgan
Dalvarzintepa yodgorligi xisoblanadi. Kushonlar davlatini yabg'u unvoniga sazovor
bo'lgan hokimi mutlaq podsho boshqargan. Podshoning asosiy tayanchi yaxshi
48
qurollangan harbiy qo'shin bo'lgan. Kushonlar qo'shini asosan otliq va piyoda
qismlardan iborat bo'lib, qilich, xanjar, nayza va jangovar bolta bilan qurollangan.
Kushonlar davlatida davlatni satrapliklarga bo'lib idora qilish tartibi saqlab qolingan.
Kushon podsholari katga va kuchli qo'shinga tayanib, mamlakat chegaralarini
kengaytirib borganlar. Olib borilgan istilochilik yurishlari natijasida Sharqiy
Turkiston, Shimoliy Hindiston va Markaziy Osiyoning kattagina qismi Kushonlar
davlatiga bo'ysundirilgan.Kushonlar saltanati podsho Kanishka davrida nihoyatda
gullab-yashnaydi. Bu davrda Xitoy, Rim, Parfiya singari o'sha davrning nufuzli
davlatlari bilan savdosotiq, iqtisodiy va rasmiy aloqalar yo'lga qo'yiladi, madaniy
sohadagi aloqalar ham ancha kengayadi.Xitoy tarixiy manbalarida qayd etilgan
Guyshuanlar, milodiy 1 asrda Baqtriyada o'z hokimiyatlarini Kioszyuko
rahbarligida o'rnatib, uning asli ismi Kujula Kadfiz edi. Kujula Kadfiz Xyumi,
Shuanmi, Xeytun Gaofu sulolalaridan iborat to'rt hokimlikni ham o'ziga
bo'ysundirdi. Baqtriyada hokimiyatni mustahkamlab olgan Kujula Kadfiz qo'shni
viloyatlar bo'lgan So'g'diyona, Marg'iyona, Hindistonning shimoli-g'arbiy
qismlarini istilo qildi. Kushonlar imperiyasini mustahkamlashda Kujula Kadfizning
o'g'li Yangaochjen, ya'ni Kadfiz II muhim ahamiyatga ega bo'lgan ichki-tashqi
siyosat yuritib, Hindistonni Hind daryosi quyi oqimlari, hatto Gang daryosi
vodiysigacha bo'lgan yerlarni ham o'z ixtiyoriga o'tkazdi. Kushonlar davlati
Kanishka hukmronligi davrida eramizning I asr oxiri-II asr birinchi choragida
yanada kuchaydi. Kushonlar hokimiyatni hind zaminining janubiy viloyatlari,
So'g'diyona orqali Farg'ona, Sharqiy Turkiston ham tan oldi. Kanishka davrida
Turkiston o'lkasining asosiy hudularini o'z hokimiyatiga bo'ysundirib, Xorazm bilan
iqtisodiy madaniy aloqalarni yana mustahkamladi. Kanishka olib borgan siyosatni
Vasishka, Xuvishka, Kanishka II, Vasudeva, Kanishka III, Vasudeva II lar davom
ettirib, siyosiy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan. Biroq siyosiy
kelishmovchilik, o'zaro nizo-janjallar, hokimiyat uchun kurashni kuchaytirish
tufayli kushonlar saltanati asta-sekin zaiflashib borgan. Kushonlar saltanati siyosiy-
ma'muriy boshqaruvi tizimi an'anaviy satrapiyalar tizimga moslashuv asosida
qurilgan bo'lib, satraplar oliy hukmdor tomonidan uning ishonchini qozongan,
49
chamasi o'z doirasi namoyandalari orasidan tanlangan. Shu bilan birga satraplik
lavozimiga harbiy yurishlarda jonbozlik ko'rsatgan lashkarboshilar ham lozim
topilgan vaqtlar bo'lgan, umuman olganda esa satraplar baqtriyaliklar orasidan
bo'lishi shart edi. Kushonlar da vlati armiyasi yaxshi qurollangan bo'lib, umumiy
harbiy qudrati 150-200 ming kishini tashkil etdi. Kushon jangchilari uzunligi 1
metrdan oshiqroq har ikki tomoni o'tkir qilich, xanjar, nayza, jangovar bolta kabi
qurollari bilan qurollangan. Kushonlar harbiylar suyak yo shox bilan qoplangan
murakkab qo'sh kamonni ixtiro qildi. Bu kamon Uraloldi yerlari orqali
Shotlandiyagacha, Sharqda Eron, Hindiston va Xitoygacha keng tarqalib harbiy
ishlarda keng qo'llanildi. Kushonlar davrida mamlakatning iqtisodiy xo'jaligi keng
taraqqiy etib, metallsozlik, shishasozlik mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlanib,
oltin, kumush, qo'rg'oshin, qimmatbaho toshlar, qurilish xom-ashyolari qazib olish
ancha takomillashib borgan. Kadfiz II ning amalga oshirgan pul islohoti natijasida 8
grammlik oltin tangalar, kumush, bronza tangalar savdo muomalasiga chiqarildi.
Madaniy taraqqiyot natijasida yozuvlar ancha takomillashib so'g'dcha, xorazmcha,
parfiyacha, baqtriyacha yozuvlar mukammallashib, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy
hayotda ijobi y natijalarga erishdi. Kanishka davrida mamlakatda budda diniga atab
ibodatxonalar va ular yaqinida monastrlar qurilgan. Budda ibodatxonalarida o`sha
zamon san'ati aks ettirilgan. 1933 yili Termiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan
ibodatxona tashqi devor peshtoqlariga sarg’ish – oq toshlardan haykallar o’rnatilgan.
Haykallarda yaxshi kiyingan va marjonalar taqqan ayollaring do’mbira, rubob,
chang, nay, kabi cholg’u asboblarini chalayotgani tasvirlangan. Pеshtoqning bir
tomonida qulida gul, mеva va boshqa narsalardan iborat dahyalar ko`targan odam
haykallari o’rnatilgan. Bino ichida g’ishtdan ishlangan Budda haykalining siniqlari
topilgan. Bu yerdagi haykallarning ishlanish uslubi, kiyim-kеchagi, musiqa
asboblari Hindiston, O’rta Osiyo, Yunoniston madaniyatlari hamda bu xalqlar
o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarining rivoji madaniy hayotda juda ravshan aks
etganini ko`rsatadi.Bu faqat Ayritomdagi haykallar timsolidagina emas, balki
Xorazm, Farg’ona, Sug’d, Parfiya yerlarida topilgan turli xil buyumlar, madaniy
obidalar, topilmalar timsolida ham yaqqol ko`zga tashlanadi. Shahar qurilishiga
50
katta e'tibor berilgan, mе'moriy-monumеntal, tasviriy va amaliy san'at,
haykaltaroshlik rivojlanish borasida eng yuqori nuqtaga ko`tarilgan. Ichki va tashqi
savdo taraqqiy etgan. Mamlakatda tinchlik va osoyishtalik hukmronligiga
erishilganligi tufayli dеhqonchilik va uning yurak tomirlari hisoblangan sug`orish
inshootlarini barpo etish davlat tasarrufida bo`lgan. Hunarmandchilikning dеyarli
barcha tarmoqlari kеng ko’lamda yuksalgan. Bu davrda etnik madanayati, tili va dini
bir xil bo`lgan xalqlarning siyosiy jihatdan birlashishi, ayniqsa muhim ahamiyat
kasb etgan. Turli xalqlar madaniyatining chatishishi natijasida bu yerda o`ziga xos
yangi madani'yat shakllanib, rivoj topadi va kеyingi asrlar madaniyatining
taraqqiyotiga ham zamin bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga kushonlar davri - O’rta
Osiyo xalqlarining oldinga davrdagi taraqqiyotiga yakun yasadi. Shundan so`ng
Sharq va G'arb madaniyatlarining o`zaro ta'siri yangi tarixiy bosqichga qadam
qo’ydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A.“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. -T.: Sharq. 1998.
2. Karimov I. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. Barkamol avlod –
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.:Т. 6.- Т.: Ўзбекистон, 1998.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -T.: “Ma’naviyat”,
2008.
4. Karimov I. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat
qilish- eng oliy saodatdir. -T.: O’zbekiston. 2015.
5. “Barkamol avlod orzusi”. – T.: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat
ilmiy nashriyoti. 2000.
6. .Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – T.:
O’zbekiston. 2017
7.Sh.M.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
birga quramiz. – T.: O’zbekiston, 2017.
8. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi. -T.: Sharq.2001.
51
9.Ртвелaдзе Э. Древние мoнеты Средней Азии.-T.:1990. 10.Sagdullayev A.
Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda.-T.: O’qituvchi.1996.
11.Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. Birinchi kitob. T.:Sharq. 2010.