LAKTATSIYA. SUT BERISH FIZIOLOGIYASI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

11

File size

Fayl hajmi

23,6 KB


LAKTATSIYA. SUT BERISH FIZIOLOGIYASI.
Reja:
1. Laktatsiya haqida tushuncha.
  2. Sut bezlarini tuzilishi, o‘sishi va rivojlanishi.
  3. Sut hosil bo‘lishi va boshqarilishi.
  4. Sut berish va uning tormozlanishi.
  5. Mashinada sut sog‘ishni fiziologik asoslari.
  6. Sut va og‘iz sutining tarkibi, unga ta’sir yetuvchi omillar. 
Tayanch IBORALAR.
Laktatsiya, sog‘in davri, sut bezi, chot va qorin-ko‘krak qismida, alveola,
sut yo‘li, sut xavzasi, uch juft, ikki juft, to‘rt bo‘lak, sekretor epiteliy, past tabaqa,
axidniy, o‘rdak burunlilar, xaltali sut emizuvchii, yuqori darajali sut emizuvchii,
involyusiya, prolaktine, sut, plasenta, sekresiya, sintez, nerv-gumoral, simpatik,
oksitosin, asetilxolin, ajdrenalin, to‘la va chala sog‘ish, ikki faza, yashirin vaqt,
orqa miya, uzunchoq miya, gipofiz, gipotalamus, neyrogipofiz, suprooptik yadro, 2
va 3 taktli mashina farqi, suv va quruq modda, oqsil, yog‘, qand, yog‘simon
moddalar, vitaminlar, fermentlar, organik kislota, osmatik bosim, oziqa, sut bezini
yaxshi ishlash.
Laktatsiya deb, sut hosil qilish va uni tashqariga chiqarilishidan iborat
murakkab fiziologik jarayonga aytiladi.
Hayvonlarni sut berish davri, sutga kirgan, sog‘in davri laktatsiya davri
deyiladi va sigirlarda 300, qo‘y-yechkilar va cho‘chqalarda 50-60 kundir.
Sut  hayvonlarning  sut  bezlarida  ishlanib,  sut  bezlari  emizuvchi
hayvonlarning eng muxim organi bo‘lib, o‘z bolalarini sut bilan boqadi. Sut bezlari
Logotip
LAKTATSIYA. SUT BERISH FIZIOLOGIYASI. Reja: 1. Laktatsiya haqida tushuncha. 2. Sut bezlarini tuzilishi, o‘sishi va rivojlanishi. 3. Sut hosil bo‘lishi va boshqarilishi. 4. Sut berish va uning tormozlanishi. 5. Mashinada sut sog‘ishni fiziologik asoslari. 6. Sut va og‘iz sutining tarkibi, unga ta’sir yetuvchi omillar. Tayanch IBORALAR. Laktatsiya, sog‘in davri, sut bezi, chot va qorin-ko‘krak qismida, alveola, sut yo‘li, sut xavzasi, uch juft, ikki juft, to‘rt bo‘lak, sekretor epiteliy, past tabaqa, axidniy, o‘rdak burunlilar, xaltali sut emizuvchii, yuqori darajali sut emizuvchii, involyusiya, prolaktine, sut, plasenta, sekresiya, sintez, nerv-gumoral, simpatik, oksitosin, asetilxolin, ajdrenalin, to‘la va chala sog‘ish, ikki faza, yashirin vaqt, orqa miya, uzunchoq miya, gipofiz, gipotalamus, neyrogipofiz, suprooptik yadro, 2 va 3 taktli mashina farqi, suv va quruq modda, oqsil, yog‘, qand, yog‘simon moddalar, vitaminlar, fermentlar, organik kislota, osmatik bosim, oziqa, sut bezini yaxshi ishlash. Laktatsiya deb, sut hosil qilish va uni tashqariga chiqarilishidan iborat murakkab fiziologik jarayonga aytiladi. Hayvonlarni sut berish davri, sutga kirgan, sog‘in davri laktatsiya davri deyiladi va sigirlarda 300, qo‘y-yechkilar va cho‘chqalarda 50-60 kundir. Sut hayvonlarning sut bezlarida ishlanib, sut bezlari emizuvchi hayvonlarning eng muxim organi bo‘lib, o‘z bolalarini sut bilan boqadi. Sut bezlari
qo‘shilib yelin hosil qilib, turli hayvonlarda yelin har xil shaklda bo‘lib, aksariyat
hayvonlarda simmetrik tuzilgan it, cho‘chqalarda yelin qorin va ko‘krakning ikki
yonida, kavsh qaytaruvchi, biyalarda yelin bir joyda to‘plangan bo‘lib, keyingi ikki
oyoq orasida joylashgan.
Sut bezi, alveolalardan, sut yo‘llaridan, sut xavzalaridan tashkil topib, har
bir bez bo‘lagini o‘rtasidan sut chiqaruvchi kanal o‘tib, so‘rg‘ich (emchak) bilan
tugallanadi.  Sigirlarni  uch  juft  sut  bezlari  bo‘laklari  bo‘lib,  ikki  jufti  yaxshi
rivolangan, bir jufti yaxshi rivojlanmagan. Yelin elastik, cho‘ziluvchan teri bilan
o‘ralib, siyrak va mayin tuklar bilan qoplangan.
Yelin chuqur yegatcha bilan o‘ng va chap yarimga, bilinar bilinmas egatcha
bilan oldingi va keyingi bo‘laklarga ya’ni to‘rt bo‘lakga bo‘lingan.
Yelin terisi tagida biriktiruvchi to‘qimali parda bo‘lib, undan yelin ichiga
to‘siqlar  o‘tib,  yelinni  bir  qancha  bo‘laklarga  bo‘lgan,  biriktiruvchi  to‘qimali
pardadan yelinga, limfa tomirlari va nerv tolalari o‘tgan. Yelin bez to‘qimasi-
parenxima, biriktiruvchi to‘qimali stromaga yega. Yelin bez to‘qimasi mikroskopik
tuzilishga  ega bo‘lgan diametrli 0,1-0,6 mm alveolalardan iborat. Alveolalardan
ingichka sut yo‘llari chiqib, ingichka sut yo‘llari birikib, katta sut yo‘llarini hosil
qiladi. Alveolalar va ulardan chiqayotgan ingichka sut yo‘llarini ichki devori bir
qavatli sekretor epiteliy bilan qoplangan sut ishlab chiqaradi.
Har bir alveola tashqi tomondan nozik, pishiq biriktiruvchi to‘qimali parda
bilan o‘ralib, bu parda yelinni bo‘laklarga ajratuvchi to‘siqlar bilan tutashgan.
Alveolani qoplovchi parda ostida ingichka sut yo‘llarini devorida yulduzsimon va
urchuksimon hujayralar bo‘lib, bu hujayralar tuzilishi va funksiyasi epiteliy va
muskul hujayralar oralig‘ida turadigan mioepiteliylar iboratdir. Katta diametrli sut
yo‘llarida mioepiteliylar o‘rniga silliq muskul tolalari hosil bo‘lib, mioepiteliy va
silliq muskullar qisqarishidan sut haydaladi. 5-20 ta sut bez bo‘lakchalarinni sut
yo‘llari birikib, yirik sut yo‘larini hosil qilib, sut xavzasi-sisternasiga quyiladi. Sut
sisternasini pastki qismi emchak sisternasi deyilib, sut va emchak sisternasi shilliq
pardali aylana burama bilan bir - biridan ajralgan emchak sisternasidan sut kalta
kanal  bilan  tashqariga  chiqaradi.  Sut  chiqaruvchi  kanal  boshlang‘ich  qismida
shilliq pardali  radial  buramalar  hosil  bo‘lib, kanal  uchida  kanalni  berkituvchi
sfinktor bor.
Logotip
qo‘shilib yelin hosil qilib, turli hayvonlarda yelin har xil shaklda bo‘lib, aksariyat hayvonlarda simmetrik tuzilgan it, cho‘chqalarda yelin qorin va ko‘krakning ikki yonida, kavsh qaytaruvchi, biyalarda yelin bir joyda to‘plangan bo‘lib, keyingi ikki oyoq orasida joylashgan. Sut bezi, alveolalardan, sut yo‘llaridan, sut xavzalaridan tashkil topib, har bir bez bo‘lagini o‘rtasidan sut chiqaruvchi kanal o‘tib, so‘rg‘ich (emchak) bilan tugallanadi. Sigirlarni uch juft sut bezlari bo‘laklari bo‘lib, ikki jufti yaxshi rivolangan, bir jufti yaxshi rivojlanmagan. Yelin elastik, cho‘ziluvchan teri bilan o‘ralib, siyrak va mayin tuklar bilan qoplangan. Yelin chuqur yegatcha bilan o‘ng va chap yarimga, bilinar bilinmas egatcha bilan oldingi va keyingi bo‘laklarga ya’ni to‘rt bo‘lakga bo‘lingan. Yelin terisi tagida biriktiruvchi to‘qimali parda bo‘lib, undan yelin ichiga to‘siqlar o‘tib, yelinni bir qancha bo‘laklarga bo‘lgan, biriktiruvchi to‘qimali pardadan yelinga, limfa tomirlari va nerv tolalari o‘tgan. Yelin bez to‘qimasi- parenxima, biriktiruvchi to‘qimali stromaga yega. Yelin bez to‘qimasi mikroskopik tuzilishga ega bo‘lgan diametrli 0,1-0,6 mm alveolalardan iborat. Alveolalardan ingichka sut yo‘llari chiqib, ingichka sut yo‘llari birikib, katta sut yo‘llarini hosil qiladi. Alveolalar va ulardan chiqayotgan ingichka sut yo‘llarini ichki devori bir qavatli sekretor epiteliy bilan qoplangan sut ishlab chiqaradi. Har bir alveola tashqi tomondan nozik, pishiq biriktiruvchi to‘qimali parda bilan o‘ralib, bu parda yelinni bo‘laklarga ajratuvchi to‘siqlar bilan tutashgan. Alveolani qoplovchi parda ostida ingichka sut yo‘llarini devorida yulduzsimon va urchuksimon hujayralar bo‘lib, bu hujayralar tuzilishi va funksiyasi epiteliy va muskul hujayralar oralig‘ida turadigan mioepiteliylar iboratdir. Katta diametrli sut yo‘llarida mioepiteliylar o‘rniga silliq muskul tolalari hosil bo‘lib, mioepiteliy va silliq muskullar qisqarishidan sut haydaladi. 5-20 ta sut bez bo‘lakchalarinni sut yo‘llari birikib, yirik sut yo‘larini hosil qilib, sut xavzasi-sisternasiga quyiladi. Sut sisternasini pastki qismi emchak sisternasi deyilib, sut va emchak sisternasi shilliq pardali aylana burama bilan bir - biridan ajralgan emchak sisternasidan sut kalta kanal bilan tashqariga chiqaradi. Sut chiqaruvchi kanal boshlang‘ich qismida shilliq pardali radial buramalar hosil bo‘lib, kanal uchida kanalni berkituvchi sfinktor bor.
Sigirlar yelini kattalashib sig‘imini kengaytira borib, yelin qon bilan yaxshi
ta’minlanadi. Bez alveolalarini kapillyarlar to‘ri o‘rab 1 litr sut hosil bo‘lishi uchun
yelindan 500 l qon o‘tishi  lozim  ,  sutkasiga 25-30 litr sut  beradigan sigirlar
yelinidan 10000-12000 litr qon o‘tishi lozim va tegishli venalar bilan oqib ketadi.
Sersut sigirlr yelini qorin terisi tagida juda yaxshi ko‘rinib, yelin nerv tolalari bilan
yaxshi ta’minlangan va so‘rg‘ich (emchak) terisida, alveolalar va sut yo‘llarida
retseptorlar bor. 
Sut bezlarini evolyusiyasi, o‘sishi va rivojlanishi.
Past tabaqali sut emizuvchiilar yexidnalar, o‘rdakburunlar tuxum qo‘yib
ko‘payib, tuxumdan chiqqan bolasini ter bezlarini sekretlari yog‘li ter suyuqligi
bilan oziqlantiradi. Xaltali sut emizuvchii kenguru bolasini tirik to‘g‘ib, bolasi
kichik  bo‘lib,  qorinsoxasidagi  xaltasida  boqadi.  Ularni  oziqa  beruvchi  bezlari
yaxshiroq rivojlanib, sutni eslatadi. 
Yuqori  darajada  rivojlangan  sut  emizuvchiilarda  sut  bezlari  yaxshi
rivojlanib, irsiy jixatdan ter bezlari bilan bog‘langan. Embrional rivojlanishda sut
bezlari ikkala jins xomilasida bir qavatda paydo bo‘lib, bola tug‘ilib, jinsiy jihatdan
rivojlanib, yog‘ va biriktiruvchi to‘qima xisobiga o‘sadi, sut bezlari funksional
jixatdan bez bilan bog‘liq bo‘lib, hayvonlar jinsiy yetilganidan keyin yelinni bezli
to‘qimasi rivojlanib, alveolalar kattalashib, sut chiqaruvchi yo‘l takomillashadi.
Agar jinsiy yetilgan g‘unajinlar qochirilmasa 19-21 kunda takrorlanadigan jinsiy
sikl bilan takomillashib boradi. Yelin asosan bug‘ozlikni ikkinchi yarmidan so‘ng
rivojlanib, sut bezlari qon tomirlari va nerv tolalari bilan ta’minlanishi kuchayib,
sekretor epiteliylar sekret ishlab chiqaradi. Bu sekret og‘iz suti bo‘lmasdan, og‘iz
suti  bug‘ozlikni  oxirgi  oyida ishlab chiqariladi. Sut  berish davrida yelin bezi
kattalashib,  rivojlanib,  biriktiruvchi  to‘qimasi  kichrayadi.  Sut  berishni  tugashi
yelinni  kichraytirib,  bez  to‘qimasida  funksional  tinchlik  boshlanadi.  Alveola
torayib, bo‘shliqlari yo‘qoladi. Alveola va kichik sut yo‘li kichrayib atrofiyalanib,
bez to‘qimasini bir qismi yog‘ to‘qimasiga aylanib yelinni involyusiyasi deyiladi.
Jinsiy  sikl  munosabati  bilan  funksional  tinchlik  o‘zgarib  turadi.  Hayvonni
bug‘ozlanishi  bilan  sut  bezi  yana  rivojlanadi,  faolligi  boshlanadi.  Bug‘ozlik
takrorlanishiga bog‘liq ravishda sut bezi involyusiyasi va faolligi takrorlana beradi.
Logotip
Sigirlar yelini kattalashib sig‘imini kengaytira borib, yelin qon bilan yaxshi ta’minlanadi. Bez alveolalarini kapillyarlar to‘ri o‘rab 1 litr sut hosil bo‘lishi uchun yelindan 500 l qon o‘tishi lozim , sutkasiga 25-30 litr sut beradigan sigirlar yelinidan 10000-12000 litr qon o‘tishi lozim va tegishli venalar bilan oqib ketadi. Sersut sigirlr yelini qorin terisi tagida juda yaxshi ko‘rinib, yelin nerv tolalari bilan yaxshi ta’minlangan va so‘rg‘ich (emchak) terisida, alveolalar va sut yo‘llarida retseptorlar bor. Sut bezlarini evolyusiyasi, o‘sishi va rivojlanishi. Past tabaqali sut emizuvchiilar yexidnalar, o‘rdakburunlar tuxum qo‘yib ko‘payib, tuxumdan chiqqan bolasini ter bezlarini sekretlari yog‘li ter suyuqligi bilan oziqlantiradi. Xaltali sut emizuvchii kenguru bolasini tirik to‘g‘ib, bolasi kichik bo‘lib, qorinsoxasidagi xaltasida boqadi. Ularni oziqa beruvchi bezlari yaxshiroq rivojlanib, sutni eslatadi. Yuqori darajada rivojlangan sut emizuvchiilarda sut bezlari yaxshi rivojlanib, irsiy jixatdan ter bezlari bilan bog‘langan. Embrional rivojlanishda sut bezlari ikkala jins xomilasida bir qavatda paydo bo‘lib, bola tug‘ilib, jinsiy jihatdan rivojlanib, yog‘ va biriktiruvchi to‘qima xisobiga o‘sadi, sut bezlari funksional jixatdan bez bilan bog‘liq bo‘lib, hayvonlar jinsiy yetilganidan keyin yelinni bezli to‘qimasi rivojlanib, alveolalar kattalashib, sut chiqaruvchi yo‘l takomillashadi. Agar jinsiy yetilgan g‘unajinlar qochirilmasa 19-21 kunda takrorlanadigan jinsiy sikl bilan takomillashib boradi. Yelin asosan bug‘ozlikni ikkinchi yarmidan so‘ng rivojlanib, sut bezlari qon tomirlari va nerv tolalari bilan ta’minlanishi kuchayib, sekretor epiteliylar sekret ishlab chiqaradi. Bu sekret og‘iz suti bo‘lmasdan, og‘iz suti bug‘ozlikni oxirgi oyida ishlab chiqariladi. Sut berish davrida yelin bezi kattalashib, rivojlanib, biriktiruvchi to‘qimasi kichrayadi. Sut berishni tugashi yelinni kichraytirib, bez to‘qimasida funksional tinchlik boshlanadi. Alveola torayib, bo‘shliqlari yo‘qoladi. Alveola va kichik sut yo‘li kichrayib atrofiyalanib, bez to‘qimasini bir qismi yog‘ to‘qimasiga aylanib yelinni involyusiyasi deyiladi. Jinsiy sikl munosabati bilan funksional tinchlik o‘zgarib turadi. Hayvonni bug‘ozlanishi bilan sut bezi yana rivojlanadi, faolligi boshlanadi. Bug‘ozlik takrorlanishiga bog‘liq ravishda sut bezi involyusiyasi va faolligi takrorlana beradi.
Demak, yosh sigirlarni bir necha yil davomida, bug‘oz bo‘lib sog‘ila borish, yelinni
rivojlanishiga olib keladi.
Yelinni  rivojlanishi  neyrogumoral  sistemaga  bog‘liq  bo‘lib,  unda
tuxumdonlardan ajraladigan estrogen va progesteron gormonlarini o‘rni muhimdir.
Estrogenlar  sut  yo‘llarini,  progesteron  alveolalar  va  bez  bo‘lakchalarini
rivojlantiradi.  Bu  gormonlar  gipofizning  prolaktin,  STG  lari  ishtirokida
aktivlashadi. Plasentadan ham sut bezlarini rivojlantiruvchi modda ajraladi.
Buyrak  usti  bezini  po‘stloq,  qalqonsimon  bez  gormonlari  sut  bezlarini
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Nerv sistemasini sut bezlarini rivojlanishiga
ijobiy ta’siri tajribalarda tasdiqlangan. Agarda yosh hayvonlar yeliniga keladigan
nerv  tolalari  kesilsa,  yelin  rivojlanmaydi,  ya’ni  o‘smaydi,  bez  alveolalari  va
bo‘lakchalarini shakllanishi zaif bo‘ladi, oqibatda bez stromasi parenximasidan
kattalashib ketadi.
Sut bezlarini o‘sishi va rivojlanishi bir necha usullar biln baholanib, vazni,
hajmi, mikroskopik tuzilishi aniqlanadi. Kalamush, sichqon, quyon, maymunlar sut
bezlarini  baholashda  sut  bezining  yuzasinni  tana  yuzasiga  nisbati-muvozanat
konstanta topiladi.
Yirik va mayda shoxli hayvonlarda bezning birligiga sekretor epiteliylarni
qanchasi  to‘g‘ri  kelishiga  qarab  baholanadi.  Morfologik  usullardan  tashqari
bioximik va biofizik usullardan ham foydalaniladi.
Sut hosil bo‘lishi. Sut alveola va mayda sut yo‘llari devoridagi bez epiteliy
hujayralarni  qondan  muayyan  moddalarni  olib  o‘zida  kechadigan  moddalar
almashinuvi  natijasida  sut  tarkibiy  qismlarini  sintezlab  alveola  bo‘shlig‘iga
ajralishidan hosil bo‘ladi.
Sut hosil bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha nazariyalar bor:
1. Sut qon zardobidan hosil bo‘ladi unda kazein (sut oqsili) erigan, sut yog‘i
emullangan bo‘lib, sut alveolarlardagi bez hujayra fermentlari (lipaza, amilaza va
boshqalar) ishtirokida sintezlanadi deydi. 
Sutda  sut  oqsili,  sut  yog‘idan  tashqari  sut  qandi  ham  bo‘lib  qonda
uchramaydi, Sut va qonning osmatik bosimi deyarli teng (sutda 6,6-atm) bo‘lib
ularni tarkibidagi moddalar miqdori bir xil emas: ya’ni qon plazmasidagidan sut
tarkibida qand 90-95, yog‘-20, Sa-14, K-9 marta ko‘p oqsil 2, Na 7 marta kamdir. 
Logotip
Demak, yosh sigirlarni bir necha yil davomida, bug‘oz bo‘lib sog‘ila borish, yelinni rivojlanishiga olib keladi. Yelinni rivojlanishi neyrogumoral sistemaga bog‘liq bo‘lib, unda tuxumdonlardan ajraladigan estrogen va progesteron gormonlarini o‘rni muhimdir. Estrogenlar sut yo‘llarini, progesteron alveolalar va bez bo‘lakchalarini rivojlantiradi. Bu gormonlar gipofizning prolaktin, STG lari ishtirokida aktivlashadi. Plasentadan ham sut bezlarini rivojlantiruvchi modda ajraladi. Buyrak usti bezini po‘stloq, qalqonsimon bez gormonlari sut bezlarini rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Nerv sistemasini sut bezlarini rivojlanishiga ijobiy ta’siri tajribalarda tasdiqlangan. Agarda yosh hayvonlar yeliniga keladigan nerv tolalari kesilsa, yelin rivojlanmaydi, ya’ni o‘smaydi, bez alveolalari va bo‘lakchalarini shakllanishi zaif bo‘ladi, oqibatda bez stromasi parenximasidan kattalashib ketadi. Sut bezlarini o‘sishi va rivojlanishi bir necha usullar biln baholanib, vazni, hajmi, mikroskopik tuzilishi aniqlanadi. Kalamush, sichqon, quyon, maymunlar sut bezlarini baholashda sut bezining yuzasinni tana yuzasiga nisbati-muvozanat konstanta topiladi. Yirik va mayda shoxli hayvonlarda bezning birligiga sekretor epiteliylarni qanchasi to‘g‘ri kelishiga qarab baholanadi. Morfologik usullardan tashqari bioximik va biofizik usullardan ham foydalaniladi. Sut hosil bo‘lishi. Sut alveola va mayda sut yo‘llari devoridagi bez epiteliy hujayralarni qondan muayyan moddalarni olib o‘zida kechadigan moddalar almashinuvi natijasida sut tarkibiy qismlarini sintezlab alveola bo‘shlig‘iga ajralishidan hosil bo‘ladi. Sut hosil bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha nazariyalar bor: 1. Sut qon zardobidan hosil bo‘ladi unda kazein (sut oqsili) erigan, sut yog‘i emullangan bo‘lib, sut alveolarlardagi bez hujayra fermentlari (lipaza, amilaza va boshqalar) ishtirokida sintezlanadi deydi. Sutda sut oqsili, sut yog‘idan tashqari sut qandi ham bo‘lib qonda uchramaydi, Sut va qonning osmatik bosimi deyarli teng (sutda 6,6-atm) bo‘lib ularni tarkibidagi moddalar miqdori bir xil emas: ya’ni qon plazmasidagidan sut tarkibida qand 90-95, yog‘-20, Sa-14, K-9 marta ko‘p oqsil 2, Na 7 marta kamdir.
Sut hosil bo‘lishida fermentlarni tutgan o‘rni ham muxim, lekin keyingi
paytlarda boshqa nazariyalar ham yuzaga kelib, sut hosil bo‘lishini bir tomnlama
tushuntiradi. Alveolalar epiteliy hujayralarida sut sekresiyasi murakkab jarayon
bo‘lib, har bir epiteliyga alohida kapillyar qon tomiri kelib epiteliy hujayralari
qondan  kerakli  moddalarni  olib  sut  hosil  qiladi.  Jumladan  sut  oqsili  qon
plazmasidagi aminokislotalardan sintezlanadi. Sut sintezlanish jarayonini echkilar
qoniga radioaktiv fosfor, uglerod, lizin va tirozin aminokislotalarini yuborib, sut
bezlarida qondan lizin, tirozin va anorganik fosfor hisobiga kazinogen sintezlanshi
isbotlangan. Sut oqsilini 90% ni alfa, beta kazein, beta, lakto-globulin, 10% ni
immunoglobulin va sut zardobini albuminlari tashkil yetadi. Kazein tarkibida 20 ta
aminokislota bor. Sut yog‘i glitserin va yog‘ kislotalaridan sintezlanib, u qon
plazmasi yog‘i bilan bir xil emas. Tarkibida 30% ga yaqin past molekulali yog‘
kislotasi  bor. Sut  yog‘i  qon plazmasidagi  neytral  yog‘  va yog‘  kislotalaridan
sintezlanadi. Sut bezida glyukozaning ma’lum qismi glitseringa aylanib, sut yog‘ini
sintezlanishida ishtirok yetadi. Bu xolat kemiruvchilar sut bezlarida o‘rganilgan. 
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar me’da oldi bo‘lmalarida hosil bo‘lgan sirka va
boshqa kislotalar sut yog‘ini sintezlanishida qatnashib, sirka kislotadan glitserin va
yog‘ kislotalri hosil bo‘ladi. 
Sut qandi glyukoza galaktozadan iborat bo‘lib, ularning manbai bo‘lib, qon
glyukozasi hisoblanadi. Qon glyukozasining ma’lum qismi sut bezida galaktozaga
aylanib, glyukoza va galaktozadan  sut  qandi  sintezlanadi. Laktatsiyaning  turli
davralarida epiteliy hujayralar sekresiyasi o‘zgarib, og‘iz suti beradigan davrda
apakrin  tipda,  asosiy  sut  berish  davrida  merokrin  tipda  va  laktatsiya  oxirida
galokrin tipda sekresiya qilinadi. 
Sut bezi intensiv ishlab, sigirlar yelini tananing 20,3% tashkil qilib, har bir
sog‘in sigir o‘z tanasini quruq moddasiga qaraganda 3-4 barobar ko‘p quruq modda
chiqaradi.  
Sut  hosil  bo‘lishida  nerv  va  gumoral  sistemani  o‘rni  muhim  bo‘lib,
I.A.Barishnikov laboratoriyasida echkilar yeliniga elektrodlar o‘rnatilib, surunkali
ta’sirlab,  sut  mahsuldorligini  ikki  martagacha  oshirib,  sutning  bioximiyaviy
tarkibida  kazein  va  albumin  ko‘paygan.  Demak  yelin  introretseptorlarini
ta’sirlanishi sut hosil bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Logotip
Sut hosil bo‘lishida fermentlarni tutgan o‘rni ham muxim, lekin keyingi paytlarda boshqa nazariyalar ham yuzaga kelib, sut hosil bo‘lishini bir tomnlama tushuntiradi. Alveolalar epiteliy hujayralarida sut sekresiyasi murakkab jarayon bo‘lib, har bir epiteliyga alohida kapillyar qon tomiri kelib epiteliy hujayralari qondan kerakli moddalarni olib sut hosil qiladi. Jumladan sut oqsili qon plazmasidagi aminokislotalardan sintezlanadi. Sut sintezlanish jarayonini echkilar qoniga radioaktiv fosfor, uglerod, lizin va tirozin aminokislotalarini yuborib, sut bezlarida qondan lizin, tirozin va anorganik fosfor hisobiga kazinogen sintezlanshi isbotlangan. Sut oqsilini 90% ni alfa, beta kazein, beta, lakto-globulin, 10% ni immunoglobulin va sut zardobini albuminlari tashkil yetadi. Kazein tarkibida 20 ta aminokislota bor. Sut yog‘i glitserin va yog‘ kislotalaridan sintezlanib, u qon plazmasi yog‘i bilan bir xil emas. Tarkibida 30% ga yaqin past molekulali yog‘ kislotasi bor. Sut yog‘i qon plazmasidagi neytral yog‘ va yog‘ kislotalaridan sintezlanadi. Sut bezida glyukozaning ma’lum qismi glitseringa aylanib, sut yog‘ini sintezlanishida ishtirok yetadi. Bu xolat kemiruvchilar sut bezlarida o‘rganilgan. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar me’da oldi bo‘lmalarida hosil bo‘lgan sirka va boshqa kislotalar sut yog‘ini sintezlanishida qatnashib, sirka kislotadan glitserin va yog‘ kislotalri hosil bo‘ladi. Sut qandi glyukoza galaktozadan iborat bo‘lib, ularning manbai bo‘lib, qon glyukozasi hisoblanadi. Qon glyukozasining ma’lum qismi sut bezida galaktozaga aylanib, glyukoza va galaktozadan sut qandi sintezlanadi. Laktatsiyaning turli davralarida epiteliy hujayralar sekresiyasi o‘zgarib, og‘iz suti beradigan davrda apakrin tipda, asosiy sut berish davrida merokrin tipda va laktatsiya oxirida galokrin tipda sekresiya qilinadi. Sut bezi intensiv ishlab, sigirlar yelini tananing 20,3% tashkil qilib, har bir sog‘in sigir o‘z tanasini quruq moddasiga qaraganda 3-4 barobar ko‘p quruq modda chiqaradi. Sut hosil bo‘lishida nerv va gumoral sistemani o‘rni muhim bo‘lib, I.A.Barishnikov laboratoriyasida echkilar yeliniga elektrodlar o‘rnatilib, surunkali ta’sirlab, sut mahsuldorligini ikki martagacha oshirib, sutning bioximiyaviy tarkibida kazein va albumin ko‘paygan. Demak yelin introretseptorlarini ta’sirlanishi sut hosil bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hayvonni  sog‘ganda  yoki  emganda  ham  yelin  ta’sirlanib,  retseptor
qo‘zg‘aladi va hosil bo‘lgan impuls markazga intiluvchi nerv orqali orqa miyaga
o‘tkaziladi.  Orqa  miyadan  ta’sirot  uzunchoq  miyaga  va  gipotalamusga  o‘tib,
gipotalamusdan  ta’sirot  katta  yarim  sharlar  po‘stlog‘iga,  gipofizga  o‘tib,  nerv
qo‘zg‘alishi holatida simpatik nerv orqali sut beziga uzatiladi. Natijada bezni qon
bilan ta’minlanishi yaxshilanib, modda almashinuvi kuchayib, sut hosil bo‘lishiga
ijobiy ta’sir qiladi.
Gipotalamusdan ta’sir gipofizga kelib, undan oksitosin ajralishi kuchayib,
sut hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Hozir neyrogipofiz gormonlarini gipotalamusni
suprooptik  va  paraventrikulyar  yadrolarida  hosil  bo‘lishi  aniqlangan  bo‘lib,
neyrogipofizdan  oksitosin  ajralishi  gipotalamus  orqali  boshqariladi.  Oksitosin
gormoni  adinogipofiz  faoliyatini  kuchaytirib  prolaktin,  samatotron,  tireotrop,
adenokortiktron gormonlar ajralishini tezlashtiradi va sut sekresiyasiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi, degan ma’lumotlar bor.
Sut bezi bilan simpatik nerv gipofiz bilan miya aloqasini uzilishi sut hosil
bo‘lishi bilan uni tashqariga chiqarilishini kamayishiga olib keladi.
Sut hosil bo‘lishini boshqarilishi to‘liq o‘rganilmagan bo‘lib, nerv yoki
gumoral sistemadan qaysi biri yetakchi o‘rinni yegallashi to‘g‘risida yagona fikr
yo‘q.  Sut  hosil  bo‘lishida  gipofiz  gormonlaridan  prolaktin,  STG,  tireotrop,
adrenokortikotrop gormonlar asosiy vazifa bajaradi. Shuning bilan birgalikda nerv
sistemasi ham yetakchi o‘rinni yegallydi. Chunki gipotalamus va gipofiz o‘zaro
bog‘liq bo‘lib gipotalamusga ta’siri gipofiz gormonlarini ko‘p hosil qiladi.
Nerv va  gumoral  sistema  bilan  sut  bezini  aloqasini  buzilishi  sut  hosil
bo‘lishini mutlaqo to‘xtatmaydi. Sut sisternasi vaqti-vaqti bilan bo‘shasa sut hosil
bo‘laveradi.
Sut  berish.  Sut  uzluksiz  hosil  bo‘lishiga  qaramasdan  vaqti-vaqti  bilan
tashqariga chiqariladi. Sutni oxirigacha sog‘ib olinsa, sut hosil bo‘lishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatib, to‘liq sog‘ib olinmasa, sut sekresiyasi kamayadi. Sigir kam sut
berib, laktatsiya davri qisqaradi. Shulardan kelib chiqqan holda sigirlarni ikki marta
sog‘ib olish lozim. Sut sog‘ilgunigacha yoki emizilganigacha 60% sut sisternasida,
40%  alveola  va sut  yo‘lida yig‘iladi. Sut  sog‘ilishidan ilgari  yelin yaxshilab,
muloyim massaj qilib, sisternaga to‘la sog‘ilganidan so‘ng ham yelinda sut qolib,
Logotip
Hayvonni sog‘ganda yoki emganda ham yelin ta’sirlanib, retseptor qo‘zg‘aladi va hosil bo‘lgan impuls markazga intiluvchi nerv orqali orqa miyaga o‘tkaziladi. Orqa miyadan ta’sirot uzunchoq miyaga va gipotalamusga o‘tib, gipotalamusdan ta’sirot katta yarim sharlar po‘stlog‘iga, gipofizga o‘tib, nerv qo‘zg‘alishi holatida simpatik nerv orqali sut beziga uzatiladi. Natijada bezni qon bilan ta’minlanishi yaxshilanib, modda almashinuvi kuchayib, sut hosil bo‘lishiga ijobiy ta’sir qiladi. Gipotalamusdan ta’sir gipofizga kelib, undan oksitosin ajralishi kuchayib, sut hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Hozir neyrogipofiz gormonlarini gipotalamusni suprooptik va paraventrikulyar yadrolarida hosil bo‘lishi aniqlangan bo‘lib, neyrogipofizdan oksitosin ajralishi gipotalamus orqali boshqariladi. Oksitosin gormoni adinogipofiz faoliyatini kuchaytirib prolaktin, samatotron, tireotrop, adenokortiktron gormonlar ajralishini tezlashtiradi va sut sekresiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, degan ma’lumotlar bor. Sut bezi bilan simpatik nerv gipofiz bilan miya aloqasini uzilishi sut hosil bo‘lishi bilan uni tashqariga chiqarilishini kamayishiga olib keladi. Sut hosil bo‘lishini boshqarilishi to‘liq o‘rganilmagan bo‘lib, nerv yoki gumoral sistemadan qaysi biri yetakchi o‘rinni yegallashi to‘g‘risida yagona fikr yo‘q. Sut hosil bo‘lishida gipofiz gormonlaridan prolaktin, STG, tireotrop, adrenokortikotrop gormonlar asosiy vazifa bajaradi. Shuning bilan birgalikda nerv sistemasi ham yetakchi o‘rinni yegallydi. Chunki gipotalamus va gipofiz o‘zaro bog‘liq bo‘lib gipotalamusga ta’siri gipofiz gormonlarini ko‘p hosil qiladi. Nerv va gumoral sistema bilan sut bezini aloqasini buzilishi sut hosil bo‘lishini mutlaqo to‘xtatmaydi. Sut sisternasi vaqti-vaqti bilan bo‘shasa sut hosil bo‘laveradi. Sut berish. Sut uzluksiz hosil bo‘lishiga qaramasdan vaqti-vaqti bilan tashqariga chiqariladi. Sutni oxirigacha sog‘ib olinsa, sut hosil bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, to‘liq sog‘ib olinmasa, sut sekresiyasi kamayadi. Sigir kam sut berib, laktatsiya davri qisqaradi. Shulardan kelib chiqqan holda sigirlarni ikki marta sog‘ib olish lozim. Sut sog‘ilgunigacha yoki emizilganigacha 60% sut sisternasida, 40% alveola va sut yo‘lida yig‘iladi. Sut sog‘ilishidan ilgari yelin yaxshilab, muloyim massaj qilib, sisternaga to‘la sog‘ilganidan so‘ng ham yelinda sut qolib,
qoldiq  sut  deyiladi.  Oksitosin  yuborib,  qoldiq  sutni  ham  tashqariga  chiqarsa
bo‘ladi.  Sigirlarni  o‘z  vaqtida  oxirigacha  to‘g‘ri  sog‘ilsa  qoldiq  sut  miqdori
kamayadi.
Sutni  tashqariga  chiqarilishi  sut  berish  deyilib,  ikki  fazali  jarayondir.
Birinchi fazada nerv fazasi bo‘lib, yelinga kelayotgan MNS tolalari qo‘zg‘alib, sut
yo‘llari,  sisternasi  va  emchak  silliq  muskul  tolalari  qisqarib,  sut  tashqariga
chiqariladi. Sut berish refleksi quyidagicha yuzaga chiqaradi: yelin va emchak teri
retseptorlarini ta’sirlanishidan hosil bo‘lgan nerv impulslari orqa miyaga uzatilib,
orqa  miyaning  bel  qismida  impulsni  yelinga  beradigan  efferent  (markazdan
qochuvchi) simpatik nervga bir vaqtda uzunchoq miya va undan gipotalamusga
o‘tkazadi.  Gipotalamusdan  impuls  po‘stloqqa  va  gipofiz  yo‘li  orqali
neyrogipofizga o‘tkaziladi. Oqibatda oksitosin  gormoni  ishlab chiqarilib, yelin
mioepiteliylarini kuchli qisqartirib, sutni tashqariga haydaydi. 
Birinchi fazada yashirin yoki letent davri 1-4 sekund bo‘lib, sigirlarda sut
sisternasining silliq muskullarini bo‘shashuvi, sisterna ichidagi bosimni pasayishi,
unga sut yo‘llaridagi sutni o‘tishini kuchaytiradi.
Ikkinchi  faza-neyrogumoral  fazada  oksitosin  mioepiteliylarni  ta’sirlab
qisqartirib, sut chiqishini ko‘paytiradi, ikkinchi fazani yashirin yoki latent davri 35-
40  sekund  bo‘lib,  orqa  miya  birinchi  bel  umurtqasi  damidan  kesilsa  yoki
muzlatilganda sut berishni birinchi fazasi saqlanib ikkinchi faza yo‘qoladi. Agar
muzlatish bartaraf qilinsa ikkinchi faza tiklanadi.
Yelinga kelayotgan nervni bittasi kesilsa shu tomonda sut berish refleksi
yo‘qolib, nerv kesilmagan qismi sog‘ilsa, nervsizlangan qismda ham sut hosil
bo‘laveradi. Bu nerv kesilmagan qismning ta’sirlanishidan oksitosin hosil bo‘lishi
bilan bog‘liqdir, xuddi shunday hayvonlar suprooptik yoki gipofiz yo‘li ta’sirlansa
yelinni ikkala qismida sut berish refleksi hosil bo‘ladi. Orqa miyaning 11 ko‘krak
umurtqalar damidan kesilishi ikkala qismda sut berish refleksini yo‘qolishiga olib
keladi.
Mioepiteliylar qisqarishiga asetilxolin ham ijobiy ta’sir yetib, sut yo‘li,
sisterna emchakning (so‘rg‘ich) silliq muskul tolalarini qisqarishiga asetilxolin va
adrenalinni bir vaqtda yuborilishi yaxshi natija beradi. 
Sut berishni reflektor yo‘l bilan tormozlanishi.
Logotip
qoldiq sut deyiladi. Oksitosin yuborib, qoldiq sutni ham tashqariga chiqarsa bo‘ladi. Sigirlarni o‘z vaqtida oxirigacha to‘g‘ri sog‘ilsa qoldiq sut miqdori kamayadi. Sutni tashqariga chiqarilishi sut berish deyilib, ikki fazali jarayondir. Birinchi fazada nerv fazasi bo‘lib, yelinga kelayotgan MNS tolalari qo‘zg‘alib, sut yo‘llari, sisternasi va emchak silliq muskul tolalari qisqarib, sut tashqariga chiqariladi. Sut berish refleksi quyidagicha yuzaga chiqaradi: yelin va emchak teri retseptorlarini ta’sirlanishidan hosil bo‘lgan nerv impulslari orqa miyaga uzatilib, orqa miyaning bel qismida impulsni yelinga beradigan efferent (markazdan qochuvchi) simpatik nervga bir vaqtda uzunchoq miya va undan gipotalamusga o‘tkazadi. Gipotalamusdan impuls po‘stloqqa va gipofiz yo‘li orqali neyrogipofizga o‘tkaziladi. Oqibatda oksitosin gormoni ishlab chiqarilib, yelin mioepiteliylarini kuchli qisqartirib, sutni tashqariga haydaydi. Birinchi fazada yashirin yoki letent davri 1-4 sekund bo‘lib, sigirlarda sut sisternasining silliq muskullarini bo‘shashuvi, sisterna ichidagi bosimni pasayishi, unga sut yo‘llaridagi sutni o‘tishini kuchaytiradi. Ikkinchi faza-neyrogumoral fazada oksitosin mioepiteliylarni ta’sirlab qisqartirib, sut chiqishini ko‘paytiradi, ikkinchi fazani yashirin yoki latent davri 35- 40 sekund bo‘lib, orqa miya birinchi bel umurtqasi damidan kesilsa yoki muzlatilganda sut berishni birinchi fazasi saqlanib ikkinchi faza yo‘qoladi. Agar muzlatish bartaraf qilinsa ikkinchi faza tiklanadi. Yelinga kelayotgan nervni bittasi kesilsa shu tomonda sut berish refleksi yo‘qolib, nerv kesilmagan qismi sog‘ilsa, nervsizlangan qismda ham sut hosil bo‘laveradi. Bu nerv kesilmagan qismning ta’sirlanishidan oksitosin hosil bo‘lishi bilan bog‘liqdir, xuddi shunday hayvonlar suprooptik yoki gipofiz yo‘li ta’sirlansa yelinni ikkala qismida sut berish refleksi hosil bo‘ladi. Orqa miyaning 11 ko‘krak umurtqalar damidan kesilishi ikkala qismda sut berish refleksini yo‘qolishiga olib keladi. Mioepiteliylar qisqarishiga asetilxolin ham ijobiy ta’sir yetib, sut yo‘li, sisterna emchakning (so‘rg‘ich) silliq muskul tolalarini qisqarishiga asetilxolin va adrenalinni bir vaqtda yuborilishi yaxshi natija beradi. Sut berishni reflektor yo‘l bilan tormozlanishi.