Amaliy ko’nikma
LARINGOSKOPIYA.
A) hiqildoqni tekshirishni mashq qilish;
B) o‘zaro bir-birini ko‘rikdan o‘tkazish.
Bilvosita laringoskopiyani o‘tkazish.
Talabaga topshiriq: bir vaqtning o‘zida nima qilayotganligingiz haqida gapiring va
ko‘rgan holatni sharxlang .
1.Ko‘rsatma: Hiqildoqni tekshirish va davolash uchun.
2.Kerakli asboblar: peshona reflektori, yorug‘lik manbai,
hiqildoq ko‘zgusi, salfetka, spirtovka, gugurt.
3. Bemorga o‘tkazilayotgan tekshirish usuli haqida
tushuntiriladi.
4. Bemor to‘g‘ri holatda o‘tkaziladi va o‘tkazilayotgan
sinama haqida bemorga o‘zini qay holatda tutishi uchun
ko‘rsatma beriladi.
5. Hiqildoq oynachasi olinib, dastasiga mahkamlanadi.
6. Hiqildoq oynachasi isitiladi va holati tekshiriladi.
7.Bemor og‘zini ochgach, tili salfetka bilan tortiladi.
8.hiqildoq ko‘zgusini ushlab hiqildoqqa yo‘naltiriladi va ko‘zgu 45 gradus burchak
ostida holatda ushlanadi.
9.hiqildoq ko‘zgusida hiqildoq holati ko‘riladi va izohlanadi.
Izox: hiqildoq shilliq qavati och pushti rangda, noksimon cho‘ntaklar, vallekulalar,
chin va soxta ovoz burmalari, hikildoq usti qopqog‘i, ovoz yorig‘i ko‘rinadi.
Hiqildoq soxasiga isituvchi va spirtli boylam qo’yish.
Talabaga topshirik: bir vaqtning o‘zida nima qilaetganligingiz haqida gapiring va
ko‘rgan xolatni sharxlang.
1.Ko‘rsatmalar: hiqildoqning o‘tkir va surunkali yallig‘lanishlarida,
jarohatlarida (yopiq).
2.Kerakli asboblar: bint, paxta, sellofan, spirt, dimeksid
20% va boshka dori-moddalari.
bemorga bajarilayotgan muolajalar haqida va o‘zini qay
holatda tutishi hakida ma’lumot beriladi.
qo‘yiladigan suyuqlik isitiladi va suyuqlikka shimdirilgan
paxta sellofan ustiga joylashtiriladi va qayta issiqligi
tekshiriladi.
Hikildoq
soxasiga
tayyor
boylam
joylashtiriladi bemor ko‘rsatgich barmoklari bilan
ushlaydi.tibbiy xodim bintni ochib bo‘yinga bir necha bor
aylantirib boglaydi. Boylam bemor a’zolarini qismasligi
kerak, boylam lozim bo‘lganda yana almashtiriladi.
Hiqildoq sohasiga isituvchi kompress qo‘yish.
1. Ko‘rsatmalar: davolash maksadida.
2. Kerakli asboblar: paxta, bint, 40% li spirt, klyonka yoki
sellofan, 20% dimeksid eritmasi.
3.Bajarilayotgan muolaja haqida bemorga tushuntirish va
o‘zini qay xolatda tutishi kerakligi.
4.Marli yoki bint bir necha qavat qilib 40% spirtga botiriladi
va siqib bo‘yinning yuzasi qismiga ya’ni jag‘ ostiga
qo‘yiladi.
5.Keyin klenka yoki selofan plenka qo‘yilib ustiga paxta
qo‘yiladi.
6.Buyinga isituvchi kompress bint yordamida mahkam
bog‘lanadi.
Kanyula tashuvchi bemorlarni parvarishning o‘ziga xosligi.
1.Ko‘rsatmalar: davolash maksadida
2.Kerakli asboblar: traxeostomik trubka, bint, paxta, kerakli dori moddalari va
malhamlar.
3. Bajarilayotgan muolaja haqida bemorga tushuntirish.
4. traxeostomiya-traxeyani kesib, paydo qilingan teshik
orqali traxeyaga naychi kiritish jaroxlik amalidir.
5.Traxeostomik naycha yiring, qon kasnoklar va quyuq
balg‘am bilan bekilishi mumkin va bu esa o‘z navbatida nafas
olishni
qiyinlashganligi
olib
keladi.
Nafas
olish