LEKSEMALARNING O`ZARO SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARIGA KO’RA TURLARI. OMONIMLAR. OMOFORMALAR. PARONIMLAR

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

20,6 KB


 
 
 
 
 
 
LEKSEMALARNING O`ZARO SHAKL VA MA’NO 
MUNOSABATLARIGA KO’RA TURLARI. OMONIMLAR. 
OMOFORMALAR. PARONIMLAR 
 
 
  
 REJA: 
1. Omonimlar va ularning turlari. 
2. Omoformalar va ularning turlari. 
3. Paronimlar va ularning turlari.  
 
 
 
 
Yuqorida aytilganidek, leksemaning shakily (ifoda) tomoni deganda uning 
tovush tooni, harfiy ifodasi, urg`u olish xususiyatlari nazarda tutiladi. Ana shular 
tilde leksik omonimiya degan hodisani yuzaga keltiradi. Leksik omonimiya 
leksemalar o`rtasidagi ifoda tomoni jihatidan teng kelib qolishdir. Bu hodisa o`z 
ichiga quyidagi guruh leksemalarni qamrab oladi. 
 
Omonimlar va ularning turlari 
 
   Omonimlar - grеkcha homos – “bir xil”, onoma yoki onyma – “nom” dеgan 
ma'nolarni ifodalab,  tovush tomoni ham, harfiy ifodasi ham, barcha grammatik 
shakllari ham bir xil, ammo mazmun tomoni har xil bo’lgan leksemalardir: ot (ism) 
– ot (hayvon), sir (davlat siri)–sir (idish siri).  
 
Omonim leksemalar asosan bir xil so`z turkumi doirasida bo`ladi. Bularga ot 
(yosh – umr o`lchovi; yosh – ko`z yoshi), fe’l (betla – qarashga botinmoq; betla - 
sahifala), sifat (hur – ozod; hur – go`zal) turkumlariga xos omoleksemalar misol 
bo`ladi. Grammatik shakllar (kelishik, egalik, ko`plik, zamon, shaxs-son kabi) 
LEKSEMALARNING O`ZARO SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARIGA KO’RA TURLARI. OMONIMLAR. OMOFORMALAR. PARONIMLAR REJA: 1. Omonimlar va ularning turlari. 2. Omoformalar va ularning turlari. 3. Paronimlar va ularning turlari. Yuqorida aytilganidek, leksemaning shakily (ifoda) tomoni deganda uning tovush tooni, harfiy ifodasi, urg`u olish xususiyatlari nazarda tutiladi. Ana shular tilde leksik omonimiya degan hodisani yuzaga keltiradi. Leksik omonimiya leksemalar o`rtasidagi ifoda tomoni jihatidan teng kelib qolishdir. Bu hodisa o`z ichiga quyidagi guruh leksemalarni qamrab oladi. Omonimlar va ularning turlari Omonimlar - grеkcha homos – “bir xil”, onoma yoki onyma – “nom” dеgan ma'nolarni ifodalab, tovush tomoni ham, harfiy ifodasi ham, barcha grammatik shakllari ham bir xil, ammo mazmun tomoni har xil bo’lgan leksemalardir: ot (ism) – ot (hayvon), sir (davlat siri)–sir (idish siri). Omonim leksemalar asosan bir xil so`z turkumi doirasida bo`ladi. Bularga ot (yosh – umr o`lchovi; yosh – ko`z yoshi), fe’l (betla – qarashga botinmoq; betla - sahifala), sifat (hur – ozod; hur – go`zal) turkumlariga xos omoleksemalar misol bo`ladi. Grammatik shakllar (kelishik, egalik, ko`plik, zamon, shaxs-son kabi)  
 
tizimiga ega bo`lmagan ayrim turkumga oid leksemalar ham o`zaro omonim bo`lishi 
mumkin (ham bog`lovchisi va ham yuklamasi o`zaro shunday omonimlik hosil 
qiladi).          
   
Omonim leksemalarni ko’p ma'noli leksemalardan farqlash zarur. Ko’p 
ma'noli leksemalar qancha ma'noga ega bo’lmasin, bu ma'nolar o’zaro bitta bosh 
ma’noga bog’langan bo’ladi. Omonimlar boshqa-boshqa leksemalar bo’lgani uchun 
ularning ma'nolari o’rtasida bog’lanish bo’lmaydi.  
  
Ko’p ma'noli leksemalar ma'nolari o’rtasida aloqa uzilsa, omonim vujudga 
kеladi: dam I – havo, dam II – temirchi bosqoni, dam III – lahza, nafas, dam IV – 
bog`lovchi, dam V – tig`, o`tkir joy, dam VI – havo yig`ilib yurishmay qolgan (ichi 
dam bo`libdi)1; Bu misollardagi dam I leksemasi ifodalagan “havo” manosi mazkur 
ko`p ma’noli leksemaning bosh ma’nosi bo`lib, qolganlari hosila ma’nolardir, lekin 
hozirgi o`zbek tili nuqtai nazaridan bu oltita leksema omonim leksemalardir, chunki 
ular orasidagi ma’no aloqalari uzilgan.  
 
Omoformalar va ularning turlari 
 
 Omoformalar grеkcha homos – “bir xil”, forma – “shakl” dеgan ma'nolarni 
ifodalab, faqat ayrim grammatik shakllari bo`yicha teng keladigan leksemalar 
guruhidir.  
 
Omoformalar har xil turkumlar doirasida mavjud bo`ladigan leksemalardir. 
Bularni nechta turkumga oid leksemalar ishtirok etishiga ko`ra quyidagi turlarga 
ajratish mumkin:  
1) ikkita turkum doirasidagi omoformalar:  
a) ot va sifat turkumi doirasida: issiq (yoz issig`i) - issiq (issiq non);  
b) ot va son turkumi doirasida: yigirma (marosim) – yigirma (miqdor); 
d) ot va fe’l turkumi doirasida: yoy (kamon) – yoy (yoymoq); 
e) ot va ravish turkumi doirasida: burun (a’zo) - burun (avval); 
f) olmosh va fe’l turkumi doirasida: siz (2-shaxs, ko`plik) – siz (sizmoq); 
h) ot va taqidiy so`z turkumi doirasida: shart (shart qo`ymoq) – shart (shart uzmoq); 
                                                 
1 Sh. Rahmatullayev. O`zbek tili omonimlarining izohli lug`ati. T., “O`qituvchi”, 1984, 49-50-betlar. 
tizimiga ega bo`lmagan ayrim turkumga oid leksemalar ham o`zaro omonim bo`lishi mumkin (ham bog`lovchisi va ham yuklamasi o`zaro shunday omonimlik hosil qiladi). Omonim leksemalarni ko’p ma'noli leksemalardan farqlash zarur. Ko’p ma'noli leksemalar qancha ma'noga ega bo’lmasin, bu ma'nolar o’zaro bitta bosh ma’noga bog’langan bo’ladi. Omonimlar boshqa-boshqa leksemalar bo’lgani uchun ularning ma'nolari o’rtasida bog’lanish bo’lmaydi. Ko’p ma'noli leksemalar ma'nolari o’rtasida aloqa uzilsa, omonim vujudga kеladi: dam I – havo, dam II – temirchi bosqoni, dam III – lahza, nafas, dam IV – bog`lovchi, dam V – tig`, o`tkir joy, dam VI – havo yig`ilib yurishmay qolgan (ichi dam bo`libdi)1; Bu misollardagi dam I leksemasi ifodalagan “havo” manosi mazkur ko`p ma’noli leksemaning bosh ma’nosi bo`lib, qolganlari hosila ma’nolardir, lekin hozirgi o`zbek tili nuqtai nazaridan bu oltita leksema omonim leksemalardir, chunki ular orasidagi ma’no aloqalari uzilgan. Omoformalar va ularning turlari Omoformalar grеkcha homos – “bir xil”, forma – “shakl” dеgan ma'nolarni ifodalab, faqat ayrim grammatik shakllari bo`yicha teng keladigan leksemalar guruhidir. Omoformalar har xil turkumlar doirasida mavjud bo`ladigan leksemalardir. Bularni nechta turkumga oid leksemalar ishtirok etishiga ko`ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1) ikkita turkum doirasidagi omoformalar: a) ot va sifat turkumi doirasida: issiq (yoz issig`i) - issiq (issiq non); b) ot va son turkumi doirasida: yigirma (marosim) – yigirma (miqdor); d) ot va fe’l turkumi doirasida: yoy (kamon) – yoy (yoymoq); e) ot va ravish turkumi doirasida: burun (a’zo) - burun (avval); f) olmosh va fe’l turkumi doirasida: siz (2-shaxs, ko`plik) – siz (sizmoq); h) ot va taqidiy so`z turkumi doirasida: shart (shart qo`ymoq) – shart (shart uzmoq); 1 Sh. Rahmatullayev. O`zbek tili omonimlarining izohli lug`ati. T., “O`qituvchi”, 1984, 49-50-betlar.  
 
i) fe’l va taqlidiy so`z turkumi doirasida: taq (taqmoq) – taq(tovushga nisb.); 
k) fe’l va sifat turkumi doirasida: to`la (to`lamoq) – to`la (to`liq);  
l) sifat va taqlidiy so`z turkumi doirasida: chars (qo`rs) – chars (tovushga nisb.); 
m) ot va modal so`z turkumi doirasida: lozim (kiyim)- lozim (zarur). 
n) fe’l va ravish: o`ta-o`ta; 
2) uchta turkum doirasidagi omoformalar:  
a) ot, sifat va fe’l turkumlari doirasida: bez (yog` bezi) – bez (bezbet) – bez(moq); 
b) fe’l, modal so`z va hisob so`zlari doirasida: bor (moq) – bor (mavjud) – bor (marta); 
d) ot, fe’l va ravish turkumlari doirasida: kech (vaqt) – kech(moq) – kech (kelmoq); 
e) ot, sifat va ravish turkumlari doirasida: sira (tartib) – sira (ochiq) – sira (aslo);  
f) ot, fe’l va son: uch (yuqorisi) – uch(moq) – uch(ta);  
h) ot, undov so`z va taqlid so`z turkumlari doirasida: chuv (pona) – chuv (chuh) –
chuv (qiy-chuv); 
i) ot, fe’l va taqlid so`z turkumlari doirasida: qiy (go`ng) – qiy (kes) – qiy (qiy-chuv); 
k) ot, son va fe’lturkumlari doirasida: qirq (marosim) – qirq (miqdor) – qirq (kes); 
l) sifat, fe’l va ravish turkumlari doirasida: qoq (quruq) – qoq(moq) - qoq (ayni);  
3) to`rtta turkum doirasidagi omoformalar:  
a) ot, sifat, fe’l va ravish turkumlari doirasida: quv (oqqush) – quv (ayyor) –quv(moq) 
– quv (butunlay);    
  
  
Paronimlar va ularning turlari 
 
  
Paronimlar (talaffuzdosh so’zlar) - yunoncha para – “yonida”, onyma – 
“nom” so`zlaridan hosil qilingan bo`lib, aytilishi bir-biriga yaqin, ammo yozilishi va 
ma'nosi har xil bo’lgan so’zlardir. Paronimlar ko’pincha bir tovush bilan bir-biridan 
farq qiladi: asr - asir, shox - shoh, amr - amir.  
  Paronimlar ba'zan og’zaki nutqda, badiiy asarlarda uchraydi. Ular bir so’z 
turkumiga ham, turli so’z turkumlariga ham oid bo’lishi mumkin: zirak (ot) - ziyrak 
(sifat); asr (ot) - asir (ot). Paronimlarning quyidagi turlari mavjud: 
1) lug’aviy (lеksik) paronimlar: shox-shoh, asl-asil, nufuz-nufus, dara-dala, 
dadil-dalil; 2) frazеologik paronimlar: joni kirdi (rohatlanmoq) – jon kirdi 
i) fe’l va taqlidiy so`z turkumi doirasida: taq (taqmoq) – taq(tovushga nisb.); k) fe’l va sifat turkumi doirasida: to`la (to`lamoq) – to`la (to`liq); l) sifat va taqlidiy so`z turkumi doirasida: chars (qo`rs) – chars (tovushga nisb.); m) ot va modal so`z turkumi doirasida: lozim (kiyim)- lozim (zarur). n) fe’l va ravish: o`ta-o`ta; 2) uchta turkum doirasidagi omoformalar: a) ot, sifat va fe’l turkumlari doirasida: bez (yog` bezi) – bez (bezbet) – bez(moq); b) fe’l, modal so`z va hisob so`zlari doirasida: bor (moq) – bor (mavjud) – bor (marta); d) ot, fe’l va ravish turkumlari doirasida: kech (vaqt) – kech(moq) – kech (kelmoq); e) ot, sifat va ravish turkumlari doirasida: sira (tartib) – sira (ochiq) – sira (aslo); f) ot, fe’l va son: uch (yuqorisi) – uch(moq) – uch(ta); h) ot, undov so`z va taqlid so`z turkumlari doirasida: chuv (pona) – chuv (chuh) – chuv (qiy-chuv); i) ot, fe’l va taqlid so`z turkumlari doirasida: qiy (go`ng) – qiy (kes) – qiy (qiy-chuv); k) ot, son va fe’lturkumlari doirasida: qirq (marosim) – qirq (miqdor) – qirq (kes); l) sifat, fe’l va ravish turkumlari doirasida: qoq (quruq) – qoq(moq) - qoq (ayni); 3) to`rtta turkum doirasidagi omoformalar: a) ot, sifat, fe’l va ravish turkumlari doirasida: quv (oqqush) – quv (ayyor) –quv(moq) – quv (butunlay); Paronimlar va ularning turlari Paronimlar (talaffuzdosh so’zlar) - yunoncha para – “yonida”, onyma – “nom” so`zlaridan hosil qilingan bo`lib, aytilishi bir-biriga yaqin, ammo yozilishi va ma'nosi har xil bo’lgan so’zlardir. Paronimlar ko’pincha bir tovush bilan bir-biridan farq qiladi: asr - asir, shox - shoh, amr - amir. Paronimlar ba'zan og’zaki nutqda, badiiy asarlarda uchraydi. Ular bir so’z turkumiga ham, turli so’z turkumlariga ham oid bo’lishi mumkin: zirak (ot) - ziyrak (sifat); asr (ot) - asir (ot). Paronimlarning quyidagi turlari mavjud: 1) lug’aviy (lеksik) paronimlar: shox-shoh, asl-asil, nufuz-nufus, dara-dala, dadil-dalil; 2) frazеologik paronimlar: joni kirdi (rohatlanmoq) – jon kirdi  
 
(tеtiklashmoq), og’ziga qaramoq (tinglamoq) – og’ziga qaratmoq (mahliyo 
qilmoq). 
 
(tеtiklashmoq), og’ziga qaramoq (tinglamoq) – og’ziga qaratmoq (mahliyo qilmoq).