LEKSEMALARNING O`ZARO SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARIGA KO’RA TURLARI. OMONIMLAR. OMOFORMALAR. PARONIMLAR
Yuklangan vaqt
2024-10-01
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
20,6 KB
LEKSEMALARNING O`ZARO SHAKL VA MA’NO
MUNOSABATLARIGA KO’RA TURLARI. OMONIMLAR.
OMOFORMALAR. PARONIMLAR
REJA:
1. Omonimlar va ularning turlari.
2. Omoformalar va ularning turlari.
3. Paronimlar va ularning turlari.
Yuqorida aytilganidek, leksemaning shakily (ifoda) tomoni deganda uning
tovush tooni, harfiy ifodasi, urg`u olish xususiyatlari nazarda tutiladi. Ana shular
tilde leksik omonimiya degan hodisani yuzaga keltiradi. Leksik omonimiya
leksemalar o`rtasidagi ifoda tomoni jihatidan teng kelib qolishdir. Bu hodisa o`z
ichiga quyidagi guruh leksemalarni qamrab oladi.
Omonimlar va ularning turlari
Omonimlar - grеkcha homos – “bir xil”, onoma yoki onyma – “nom” dеgan
ma'nolarni ifodalab, tovush tomoni ham, harfiy ifodasi ham, barcha grammatik
shakllari ham bir xil, ammo mazmun tomoni har xil bo’lgan leksemalardir: ot (ism)
– ot (hayvon), sir (davlat siri)–sir (idish siri).
Omonim leksemalar asosan bir xil so`z turkumi doirasida bo`ladi. Bularga ot
(yosh – umr o`lchovi; yosh – ko`z yoshi), fe’l (betla – qarashga botinmoq; betla -
sahifala), sifat (hur – ozod; hur – go`zal) turkumlariga xos omoleksemalar misol
bo`ladi. Grammatik shakllar (kelishik, egalik, ko`plik, zamon, shaxs-son kabi)
tizimiga ega bo`lmagan ayrim turkumga oid leksemalar ham o`zaro omonim bo`lishi
mumkin (ham bog`lovchisi va ham yuklamasi o`zaro shunday omonimlik hosil
qiladi).
Omonim leksemalarni ko’p ma'noli leksemalardan farqlash zarur. Ko’p
ma'noli leksemalar qancha ma'noga ega bo’lmasin, bu ma'nolar o’zaro bitta bosh
ma’noga bog’langan bo’ladi. Omonimlar boshqa-boshqa leksemalar bo’lgani uchun
ularning ma'nolari o’rtasida bog’lanish bo’lmaydi.
Ko’p ma'noli leksemalar ma'nolari o’rtasida aloqa uzilsa, omonim vujudga
kеladi: dam I – havo, dam II – temirchi bosqoni, dam III – lahza, nafas, dam IV –
bog`lovchi, dam V – tig`, o`tkir joy, dam VI – havo yig`ilib yurishmay qolgan (ichi
dam bo`libdi)1; Bu misollardagi dam I leksemasi ifodalagan “havo” manosi mazkur
ko`p ma’noli leksemaning bosh ma’nosi bo`lib, qolganlari hosila ma’nolardir, lekin
hozirgi o`zbek tili nuqtai nazaridan bu oltita leksema omonim leksemalardir, chunki
ular orasidagi ma’no aloqalari uzilgan.
Omoformalar va ularning turlari
Omoformalar grеkcha homos – “bir xil”, forma – “shakl” dеgan ma'nolarni
ifodalab, faqat ayrim grammatik shakllari bo`yicha teng keladigan leksemalar
guruhidir.
Omoformalar har xil turkumlar doirasida mavjud bo`ladigan leksemalardir.
Bularni nechta turkumga oid leksemalar ishtirok etishiga ko`ra quyidagi turlarga
ajratish mumkin:
1) ikkita turkum doirasidagi omoformalar:
a) ot va sifat turkumi doirasida: issiq (yoz issig`i) - issiq (issiq non);
b) ot va son turkumi doirasida: yigirma (marosim) – yigirma (miqdor);
d) ot va fe’l turkumi doirasida: yoy (kamon) – yoy (yoymoq);
e) ot va ravish turkumi doirasida: burun (a’zo) - burun (avval);
f) olmosh va fe’l turkumi doirasida: siz (2-shaxs, ko`plik) – siz (sizmoq);
h) ot va taqidiy so`z turkumi doirasida: shart (shart qo`ymoq) – shart (shart uzmoq);
1 Sh. Rahmatullayev. O`zbek tili omonimlarining izohli lug`ati. T., “O`qituvchi”, 1984, 49-50-betlar.