LEKSIKOLOGIYANI O‘RGANISH METODIKASI. SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARIGA KO‘RA TURLARI (Leksikologiya mavzulari ustida ishlash usullari)

Yuklangan vaqt

2024-05-25

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

31,3 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
LEKSIKOLOGIYANI O‘RGANISH METODIKASI. 
SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARIGA 
KO‘RA TURLARI 
 
 
Reja: 
 
1 Leksikologiya o’qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari.  
2.Leksikologiya mavzulari ustida ishlash usullari.  
3.So’zlarning shakl va ma’no munsabatiga ko’ra turlari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz LEKSIKOLOGIYANI O‘RGANISH METODIKASI. SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARIGA KO‘RA TURLARI Reja: 1 Leksikologiya o’qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. 2.Leksikologiya mavzulari ustida ishlash usullari. 3.So’zlarning shakl va ma’no munsabatiga ko’ra turlari. Ilmiybaza.uz 
 
Maktabda ”Leksikologiya” o’qitishning maqsadi, vazifalari va 
tamoyillari. O’rta umumta’lim maktablari ona tili mashg’ulotlarida 
”Leksikologiya” bo’limini maxsus o’qitish orqali o’quvchilarda mustаqil 
fikrlаy оlish, ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularning so’z 
boyligini oshirish ishlari, asosan, 5-6-sinflarda amalga oshiriladi.  
Leksikologiya (yunoncha Lexis - so ‘z, logos — fan, ta’limot) so‘z 
haqidagi fan bo‘lib (uni o ‘zbek tilida so‘zshunoslik deb ham atashadi), 
muayyan tilda ishlatiladigan barcha so‘zlar shu tilning lug‘at boyligini tashkil 
qiladi.  
Tilshunoslikning bu bo‘limi so‘z va uning ma’nolarini o ‘rganish bilan 
shug‘ullanadi. Shu sababli leksikologiya o‘quvchi so‘z boyligini oshirish va 
boyitishda katta imkoniyatlarga ega.  
Leksikologiyani o‘iganish jarayonida so‘zning grammatik hamda 
lug‘aviy, o‘z va ko‘chma ma’nolari, bir ma’noli va ko‘pma’noli so‘zlar, 
ma’no ko‘chish usullari, ma’nodosh, uyadosh, zid ma’noli, shakldosh, 
talaffuzi yaqin, ma’nosi farq qiluvchi — paronim so‘zlar, umumxalq ko‘p 
ishlatadigan va kam ishlatadigan so‘zlar, tarixiy, shevaga oid, yangi paydo 
bo‘lgan va eskirgan, kasb-hunarga oid so‘zlar, istilohlar, ibora va tasviriy 
ifodalar kabi hodisalar bilan tanishiladi.  
O’quvchilаr nutqning go‘zalligi, izchilligi, ta’sirchanligi asosan 
ularning lug‘at boyligi bilan bog‘liq. Boshlang‘ich sinflardan akademik litsey 
va kasb-hunar kollejlarigacha bo‘lgan davrda o‘quvchilar o‘rganadigan 
so‘zlar lug‘ati kengaytirilib boriladi.   
Bunda bir qancha xususiyatlar e’tiborga olinadi. Xususan: 
— so‘zlaming amaliy ahamiyati, ya’ni butun ta’lim jarayoni uchun 
ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan so‘zlar;  
— so‘zlaming amaliyotda qo‘llanish darajasi, uning muntazam yoxud 
alohida holatlardagina qo‘llanishi;  
— so‘z ma’nosining to‘la tushunilishi, o‘rinli va nutqiy vaziyatga mos 
ravishda ishlatilishi nazarda tutiladi. 
Ilmiybaza.uz Maktabda ”Leksikologiya” o’qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. O’rta umumta’lim maktablari ona tili mashg’ulotlarida ”Leksikologiya” bo’limini maxsus o’qitish orqali o’quvchilarda mustаqil fikrlаy оlish, ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularning so’z boyligini oshirish ishlari, asosan, 5-6-sinflarda amalga oshiriladi. Leksikologiya (yunoncha Lexis - so ‘z, logos — fan, ta’limot) so‘z haqidagi fan bo‘lib (uni o ‘zbek tilida so‘zshunoslik deb ham atashadi), muayyan tilda ishlatiladigan barcha so‘zlar shu tilning lug‘at boyligini tashkil qiladi. Tilshunoslikning bu bo‘limi so‘z va uning ma’nolarini o ‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shu sababli leksikologiya o‘quvchi so‘z boyligini oshirish va boyitishda katta imkoniyatlarga ega. Leksikologiyani o‘iganish jarayonida so‘zning grammatik hamda lug‘aviy, o‘z va ko‘chma ma’nolari, bir ma’noli va ko‘pma’noli so‘zlar, ma’no ko‘chish usullari, ma’nodosh, uyadosh, zid ma’noli, shakldosh, talaffuzi yaqin, ma’nosi farq qiluvchi — paronim so‘zlar, umumxalq ko‘p ishlatadigan va kam ishlatadigan so‘zlar, tarixiy, shevaga oid, yangi paydo bo‘lgan va eskirgan, kasb-hunarga oid so‘zlar, istilohlar, ibora va tasviriy ifodalar kabi hodisalar bilan tanishiladi. O’quvchilаr nutqning go‘zalligi, izchilligi, ta’sirchanligi asosan ularning lug‘at boyligi bilan bog‘liq. Boshlang‘ich sinflardan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarigacha bo‘lgan davrda o‘quvchilar o‘rganadigan so‘zlar lug‘ati kengaytirilib boriladi. Bunda bir qancha xususiyatlar e’tiborga olinadi. Xususan: — so‘zlaming amaliy ahamiyati, ya’ni butun ta’lim jarayoni uchun ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan so‘zlar; — so‘zlaming amaliyotda qo‘llanish darajasi, uning muntazam yoxud alohida holatlardagina qo‘llanishi; — so‘z ma’nosining to‘la tushunilishi, o‘rinli va nutqiy vaziyatga mos ravishda ishlatilishi nazarda tutiladi. Ilmiybaza.uz 
 
O’quvchilаrining 
”Leksikologiya” 
bo’limi 
ta’limi 
jarayonida 
o’zlаshtirishi kеrаk bo’lgаn zаruriy bilim, malaka va ko’nikmalar 
quyidagilar:  
–so’z, uning tuzilishiga ko’ra turlari: tub, yasama, qo’shma, juft va takror 
so’zlar. Juft va takror so’zlarning imlosi va lug’aviy ma’nolarini o’zlashtirish;  
–so’zning ma’nolari: bosh ma’no, uning borliqdagi narsa, belgi, xususiyat, 
harakatga munosabati ; ko’chma ma’nolar, ularning hosil bo’lish yo’llarini 
o’rganish;  
–bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlarni farqlash;  
so’zlarning qo’llanish doirasiga ko’ra turlarini bilish;  
–so’zlararo shakliy va ma’noviy munosabatlarda yuzaga chiquvchi shakldosh, 
ma’nodosh, uyadosh, zid ma’noli so’zlar, ulardan o’rinli foydalana olish 
ko’nikmasiga ega bo’lish;  
–ma’no nozikligi jihatidan farqlanuvchi so’zlar, ular orasidagi uslubiy 
farqlarni sezish;  
–iboralarning ta’sirchanlik va obraziilik xususiyatidan foydalanishga 
odatlanish; so’z va ibora ma’nodoshligini anglash;  
–ishlatilish doirasi chegaralanmagan so’zlar va chegaralangan so’zlar 
(eskirgan so’zlar, shevaga xos so’zlar, atamalar), ularning qo’llanilish 
o’rinlari va badiiy uslubdagi ahamiyatini o’rganish;  
–o’zbek tiliga olinmalar va o’zbek tlidan olinmalar haqida bilish; o’zbek tilida 
fors-tojikcha, arabcha va b.olinmalarning ahamiyatini anglash;  
–so’zning lug’aviy ma’nosi  faqat  matn  tarkibida reallashishini bilish;  
–matnda ayni bir so’zni olmoshlar, ma’nodoshlar, uyadoshlar, iboralar, 
tasviriy ifodalar, atamalar, eskirgan so’zlar, shevaga xos so’zlar, olinmalar 
bilan almashtirish yo’llarini o’zlashtirish;  
–til lug’at boyligi va uning o’zgaruvchanligidan xabardor bo’lish;  
–lug’atlar, ularning turlari, lug’atlarda so’zlarning joylashish tartibini bilish;  
–imlo lug’ati, izohli lug’atlar va,umuman, lingvistik lug’atlardan foydalanish 
tartibini o’zlashtirishga erishish.  
Ilmiybaza.uz O’quvchilаrining ”Leksikologiya” bo’limi ta’limi jarayonida o’zlаshtirishi kеrаk bo’lgаn zаruriy bilim, malaka va ko’nikmalar quyidagilar: –so’z, uning tuzilishiga ko’ra turlari: tub, yasama, qo’shma, juft va takror so’zlar. Juft va takror so’zlarning imlosi va lug’aviy ma’nolarini o’zlashtirish; –so’zning ma’nolari: bosh ma’no, uning borliqdagi narsa, belgi, xususiyat, harakatga munosabati ; ko’chma ma’nolar, ularning hosil bo’lish yo’llarini o’rganish; –bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlarni farqlash; so’zlarning qo’llanish doirasiga ko’ra turlarini bilish; –so’zlararo shakliy va ma’noviy munosabatlarda yuzaga chiquvchi shakldosh, ma’nodosh, uyadosh, zid ma’noli so’zlar, ulardan o’rinli foydalana olish ko’nikmasiga ega bo’lish; –ma’no nozikligi jihatidan farqlanuvchi so’zlar, ular orasidagi uslubiy farqlarni sezish; –iboralarning ta’sirchanlik va obraziilik xususiyatidan foydalanishga odatlanish; so’z va ibora ma’nodoshligini anglash; –ishlatilish doirasi chegaralanmagan so’zlar va chegaralangan so’zlar (eskirgan so’zlar, shevaga xos so’zlar, atamalar), ularning qo’llanilish o’rinlari va badiiy uslubdagi ahamiyatini o’rganish; –o’zbek tiliga olinmalar va o’zbek tlidan olinmalar haqida bilish; o’zbek tilida fors-tojikcha, arabcha va b.olinmalarning ahamiyatini anglash; –so’zning lug’aviy ma’nosi faqat matn tarkibida reallashishini bilish; –matnda ayni bir so’zni olmoshlar, ma’nodoshlar, uyadoshlar, iboralar, tasviriy ifodalar, atamalar, eskirgan so’zlar, shevaga xos so’zlar, olinmalar bilan almashtirish yo’llarini o’zlashtirish; –til lug’at boyligi va uning o’zgaruvchanligidan xabardor bo’lish; –lug’atlar, ularning turlari, lug’atlarda so’zlarning joylashish tartibini bilish; –imlo lug’ati, izohli lug’atlar va,umuman, lingvistik lug’atlardan foydalanish tartibini o’zlashtirishga erishish. Ilmiybaza.uz 
 
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarga so’z va uning ma’nolari, ibora 
ifodalagan ma’nolar, lug’atlarda so’zlarning joylashish tartibi; ma’nodoshlar, 
shakldoshlar, zid ma’nolilarsingari tushunchalar bilan bog’liq amaliy 
ko’nikmalar singdiriladi. 5-sinf ”Leksikologiya” bo’limi ta’limida esa 
o’quvchilarning 
boshlang’ich 
sinflarda 
o’rganganlari 
izchil 
tarzda 
chuqurlashtiriladi va ularning yosh xususiyatlariga mos tarzda kengaytiriladi. 
(Maktab ta’limida frazeologiya, leksikografiya bo’limlari to’g’risidagi 
umumiy ma’lumotlar so’zshunoslik tarkibida beriladi.)  
soatlarida, asosan, yuqorida keltirilgan mavzularga e’tibor qaratiladi.  
 
Maktabda ”So’zshunoslik” bo’limini izchil kurs sifatida o’qitish 
ulkan ta’limiy ahamiyatga ega. Zero, o’quvchilar shu bo’limda nutqning 
asosiy birligi bo’lmish so’z haqidagi ta’limot bilan tanishadilar va ularning 
til hamda uning nutqiy voqeligini bir butun tizim sifatida tushunishlari 
hamda o’zlashtirishlariga imkon tug’iladi.  
Aslida, lеksika tilning barcha bo’limlari bilan uzviy bog’liq, istalgan 
bo’lim ta’limi so’z va uning ma’no-mohiyati bilan bog’lanaveradi. Demakki, 
o’rta umumta’lim bosqichida so’zshunoslik ta’limi izchillik bilan amalga 
oshiriladi.  
Maktabda mazkur bo’lim ta’limi o’quvchilarni o’zbеk adabiy tilining so’z 
xazinasiga olib kirishi, ularning so’z zahirasini boyitishi va so’zdan to’g’ri, 
o’rinli hamda nutq sharoitiga mos tarzda foydalanishga ko’niktirmog’i zarur. 
Shuningdek, maktabda ”Leksikologiya” bo’limini o’rganishda quyidagi 
vazifalar hal qilinishi muhimligini o’qituvchi nazardan qochirmasligi zarur:  
–o’quvchilarda o’z ona tillaridagi so’zlarning shakli va lug’aviy ma’no 
qirralarini tushunish ehtiyojni paydo qilish;  
–o’quvchilarda o’z nutqlarini tilda mavjud (biz iste’moliga ehtiyojmand 
bo’lgan) so’zlar bilan muntazam boyitib borish ko’nikmasini hosil qilish;  
–o’quvchilar 
nutqidagi 
kamistе’mol 
so’zlarni 
sеristе’mol 
so’zlarga 
aylantirish; ularning lug’at zahirasini yangi so’zlar bilan boyitish;  
Ilmiybaza.uz Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarga so’z va uning ma’nolari, ibora ifodalagan ma’nolar, lug’atlarda so’zlarning joylashish tartibi; ma’nodoshlar, shakldoshlar, zid ma’nolilarsingari tushunchalar bilan bog’liq amaliy ko’nikmalar singdiriladi. 5-sinf ”Leksikologiya” bo’limi ta’limida esa o’quvchilarning boshlang’ich sinflarda o’rganganlari izchil tarzda chuqurlashtiriladi va ularning yosh xususiyatlariga mos tarzda kengaytiriladi. (Maktab ta’limida frazeologiya, leksikografiya bo’limlari to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar so’zshunoslik tarkibida beriladi.) soatlarida, asosan, yuqorida keltirilgan mavzularga e’tibor qaratiladi. Maktabda ”So’zshunoslik” bo’limini izchil kurs sifatida o’qitish ulkan ta’limiy ahamiyatga ega. Zero, o’quvchilar shu bo’limda nutqning asosiy birligi bo’lmish so’z haqidagi ta’limot bilan tanishadilar va ularning til hamda uning nutqiy voqeligini bir butun tizim sifatida tushunishlari hamda o’zlashtirishlariga imkon tug’iladi. Aslida, lеksika tilning barcha bo’limlari bilan uzviy bog’liq, istalgan bo’lim ta’limi so’z va uning ma’no-mohiyati bilan bog’lanaveradi. Demakki, o’rta umumta’lim bosqichida so’zshunoslik ta’limi izchillik bilan amalga oshiriladi. Maktabda mazkur bo’lim ta’limi o’quvchilarni o’zbеk adabiy tilining so’z xazinasiga olib kirishi, ularning so’z zahirasini boyitishi va so’zdan to’g’ri, o’rinli hamda nutq sharoitiga mos tarzda foydalanishga ko’niktirmog’i zarur. Shuningdek, maktabda ”Leksikologiya” bo’limini o’rganishda quyidagi vazifalar hal qilinishi muhimligini o’qituvchi nazardan qochirmasligi zarur: –o’quvchilarda o’z ona tillaridagi so’zlarning shakli va lug’aviy ma’no qirralarini tushunish ehtiyojni paydo qilish; –o’quvchilarda o’z nutqlarini tilda mavjud (biz iste’moliga ehtiyojmand bo’lgan) so’zlar bilan muntazam boyitib borish ko’nikmasini hosil qilish; –o’quvchilar nutqidagi kamistе’mol so’zlarni sеristе’mol so’zlarga aylantirish; ularning lug’at zahirasini yangi so’zlar bilan boyitish; Ilmiybaza.uz 
 
–o’quvchilarda amaliy-stilistik malakalarni doimiy takomillashib borishiga 
erishish;  
–o’quvchilarni nimani, qayerda, kimga, qanday aytish mumkinligini (ya’ni 
nutq sharoitni inobatga olmoqni) aqlan his etishga, fahmlashga o’rgatish;  
–o’quvchilarni ayni bir narsa, voqеa-hodisa, tushuncha, xabar bayonini oddiy, 
badiiy, rasmiy, ilmiy, xalqbop uslublarda bayon qilishga o’rgatish;  
–o’quvchilarda nutq sharoitiga mos ravishda so’z tanlash malakalarini 
kеngaytirish (tom ma’noda, ”qopib gapirish”ga emas, ”topib gapirish”ga, 
so’zdan zargarona foydalanishga o’rgatish);  
–o’quvchilar (tish shyotkasidan, yuz sochig’idan yoki telefondan zaruratan 
qanday foydalansalar, turli lug’atlardan ham xuddi shunday foydalanishga 
ehtiyoj sezsinlar) lug’atlar bilan ishlash malakalasiga ega bo’lshlari juda 
zarur.  
Xo’sh, mazkur vazifalarni amalga oshrish uchun maktabda ona tili 
o’quv predmeti o’qituvchisi qanday amaliy-ta’limiy ishlar olib borishi kerak? 
Quyida keltiriladigan fikr-mulohazalarimiz shu savolning javobi bilan 
bog’lanadi.  
―So’zning atash ma’nosi‖ mavzusi ta’limida quyidagi kabi nostandart 
topshiriqlardan foydalanish o’rinli:  
―So’zning o’z va ko’chma ma’nosi‖ mavzusi ta’limi o’quvchilar duch 
kеladigan dastlabki murakkabliklardan biri. 
 Bеrilgan so’z birikmalarini (jumladan, kumush qoshiq–kumush qish–
kumush to’y; bulutli osmon–bulutli vaziyat–bulutli kayfiyat v.h.) o’z va 
ko’chma ma’nosiga ko’ra guruhlarga ajratish, ularni o’zaro qiyoslash asosida 
so’zning o’z va ko’chma ma’nolariga ta’rif bеrish, bеrilgan so’zlarni o’z va 
ko’chma ma’nolarda qo’llab gaplar tuzish, badiiy matnlarni tahlil qilish, 
so’zlarni ko’chma ma’noda qo’llab matn yaratish singari ijodiy-amaliy ishlar 
o’quvchilarning so’z zahirasini oshirish va nutqini rivojlantirishda muhim 
ahamiyatga ega.  
 
Ilmiybaza.uz –o’quvchilarda amaliy-stilistik malakalarni doimiy takomillashib borishiga erishish; –o’quvchilarni nimani, qayerda, kimga, qanday aytish mumkinligini (ya’ni nutq sharoitni inobatga olmoqni) aqlan his etishga, fahmlashga o’rgatish; –o’quvchilarni ayni bir narsa, voqеa-hodisa, tushuncha, xabar bayonini oddiy, badiiy, rasmiy, ilmiy, xalqbop uslublarda bayon qilishga o’rgatish; –o’quvchilarda nutq sharoitiga mos ravishda so’z tanlash malakalarini kеngaytirish (tom ma’noda, ”qopib gapirish”ga emas, ”topib gapirish”ga, so’zdan zargarona foydalanishga o’rgatish); –o’quvchilar (tish shyotkasidan, yuz sochig’idan yoki telefondan zaruratan qanday foydalansalar, turli lug’atlardan ham xuddi shunday foydalanishga ehtiyoj sezsinlar) lug’atlar bilan ishlash malakalasiga ega bo’lshlari juda zarur. Xo’sh, mazkur vazifalarni amalga oshrish uchun maktabda ona tili o’quv predmeti o’qituvchisi qanday amaliy-ta’limiy ishlar olib borishi kerak? Quyida keltiriladigan fikr-mulohazalarimiz shu savolning javobi bilan bog’lanadi. ―So’zning atash ma’nosi‖ mavzusi ta’limida quyidagi kabi nostandart topshiriqlardan foydalanish o’rinli: ―So’zning o’z va ko’chma ma’nosi‖ mavzusi ta’limi o’quvchilar duch kеladigan dastlabki murakkabliklardan biri. Bеrilgan so’z birikmalarini (jumladan, kumush qoshiq–kumush qish– kumush to’y; bulutli osmon–bulutli vaziyat–bulutli kayfiyat v.h.) o’z va ko’chma ma’nosiga ko’ra guruhlarga ajratish, ularni o’zaro qiyoslash asosida so’zning o’z va ko’chma ma’nolariga ta’rif bеrish, bеrilgan so’zlarni o’z va ko’chma ma’nolarda qo’llab gaplar tuzish, badiiy matnlarni tahlil qilish, so’zlarni ko’chma ma’noda qo’llab matn yaratish singari ijodiy-amaliy ishlar o’quvchilarning so’z zahirasini oshirish va nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ilmiybaza.uz 
 
1- 1-topshiriq. Berilganlarni o’z ma’nosida va ko’chma ma’noda qo’llanilgan 
birliklarga ajrating.  
Yorug’ (kun, kelajak, yuz), aqlli (bola, smartfon, pobot, fikr), shirin (tush, hayot, 
qovun, va’da), tikansiz (gul, gap, turmush), ravon (nutq, fikr, yo’l), mehmon (tuyg’u, 
odam, omad), g’azalxon (bola, bulbul), og’ir (turmush, tosh, xabar, mehnat)...  
o’z ma’nosida  
qo’llanilgan  
ko’chma ma’noda qo’llanilgan  
yorug’ kun  
yorug’ kelajak, yorug’ yuz  
aqlli bola  
aqlli smartfon, aqlli pobot, aqlli fikr  
shirin qovun  
shirin tush, shirin hayot, shirin va’da  
tikansiz gul  
tikansiz gap, tikansiz turmush  
ravon yo’l  
ravon nutq, ravon fikr  
mehmon odam  
mehmon tuyg’u, mehmon omad  
g’azalxon bola  
g’azalxon bulbul  
og’ir tosh  
og’ir turmush, og’ir, xabar, og’ir mehnat  
  
  
2-topshiriq. O’z ma’nosida va ko’chma ma’noda qo’llanilgan birliklar 
asosida gaplar tuzing.  
 
3-topshiriq. Berilgan matnni o’qing va matnda qanday fikr 
ifodalanganligini ayting. Matn tarkibidagi ko’chma ma’noli so’zlarni toping.  
 
Til haqida 
Kimki ko’ngilni qattiq so’z bilan jarohatlar ekan, unga achchiq til 
zaharli nayzadek sanchiladi. Ko’ngilda til nayzasining jarohati bitmas; u 
jarohatga hech narsa malhamlik qilmas. Agar bir ko’ngilda til nayzasining 
jarohati bordir, faqat yaxshi so’z va shirin til unga malham va rohatdir. 
Muloyim so’z – vahshiylarni ulfatga aylantiradi; sehrgar ohang bilan afsun 
o’qib, ilonni inidan chiqaradi. Tilga ixtiyorsiz –elga e’tiborsiz. Ko’p, bemaza 
Ilmiybaza.uz 1- 1-topshiriq. Berilganlarni o’z ma’nosida va ko’chma ma’noda qo’llanilgan birliklarga ajrating. Yorug’ (kun, kelajak, yuz), aqlli (bola, smartfon, pobot, fikr), shirin (tush, hayot, qovun, va’da), tikansiz (gul, gap, turmush), ravon (nutq, fikr, yo’l), mehmon (tuyg’u, odam, omad), g’azalxon (bola, bulbul), og’ir (turmush, tosh, xabar, mehnat)... o’z ma’nosida qo’llanilgan ko’chma ma’noda qo’llanilgan yorug’ kun yorug’ kelajak, yorug’ yuz aqlli bola aqlli smartfon, aqlli pobot, aqlli fikr shirin qovun shirin tush, shirin hayot, shirin va’da tikansiz gul tikansiz gap, tikansiz turmush ravon yo’l ravon nutq, ravon fikr mehmon odam mehmon tuyg’u, mehmon omad g’azalxon bola g’azalxon bulbul og’ir tosh og’ir turmush, og’ir, xabar, og’ir mehnat 2-topshiriq. O’z ma’nosida va ko’chma ma’noda qo’llanilgan birliklar asosida gaplar tuzing. 3-topshiriq. Berilgan matnni o’qing va matnda qanday fikr ifodalanganligini ayting. Matn tarkibidagi ko’chma ma’noli so’zlarni toping. Til haqida Kimki ko’ngilni qattiq so’z bilan jarohatlar ekan, unga achchiq til zaharli nayzadek sanchiladi. Ko’ngilda til nayzasining jarohati bitmas; u jarohatga hech narsa malhamlik qilmas. Agar bir ko’ngilda til nayzasining jarohati bordir, faqat yaxshi so’z va shirin til unga malham va rohatdir. Muloyim so’z – vahshiylarni ulfatga aylantiradi; sehrgar ohang bilan afsun o’qib, ilonni inidan chiqaradi. Tilga ixtiyorsiz –elga e’tiborsiz. Ko’p, bemaza Ilmiybaza.uz 
 
so’zlaydigan ezma – kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga 
o’xshaydi. Tili yomon odam – xalq ko’nglini jarohatlaydi, o’z boshiga ham 
ofat yetkazadi. Xushsuxan odam yumshoqlik bilan do’stona so’z aytadi; 
ko’ngilga tushishi mumkin bo’lgan yuz g’am – uning so’zi bilan daf bo’ladi.       
So’zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki; 
―nafasning joni bor…‖  
Mir Alisher Navoiy  
 
Kimki ko’ngilni qattiq so’z bilan jarohatlar ekan, unga achchiq til zaharli 
nayzadek sanchiladi. Ko’ngilda til nayzasining jarohati bitmas; u jarohatga hech 
narsa malhamlik qilmas. Agar bir ko’ngilda til nayzasining jarohati bordir, faqat 
yaxshi so’z va shirin til unga malham va rohatdir. Muloyim so’z – vahshiylarni 
ulfatga aylantiradi; sehrgar ohang bilan afsun o’qib, ilonni inidan chiqaradi. Tilga 
ixtiyorsiz –elga e’tiborsiz. Ko’p, bemaza so’zlaydigan ezma – kechalari tong 
otguncha tinmay huradigan itga o’xshaydi. Tili yomon odam – xalq ko’nglini 
jarohatlaydi, o’z boshiga ham ofat yetkazadi. Xushsuxan odam yumshoqlik bilan 
do’stona so’z aytadi; ko’ngilga tushishi mumkin bo’lgan yuz g’am – uning so’zi 
bilan daf bo’ladi. So’zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham 
aytadilarki; ―nafasning joni bor…‖  
Mir Alisher Navoiy  
 
Bu kabi topshiriqlar o’quvchilarda so’z ma’nolarini va ular orasidagi 
nozik farqlarni ajrata olish malakasini tarbiyalaydi.  
―Shakldosh so’zlar‖ mavzusi ta’limini boshlashdan oldin o’quvchiga 
borliqdagi istalgan moddiylikning, odatda, 2 tomoni (shakli va mazmuni) 
bo’lishi haqida umumiy tushuncha berih ahamiyatli. Shundan keyin 
o’quvchilar so’zlarning ham shakl va mazmun jihati borligi to’g’risida xulosa 
chiqaradilar. Mazkur mavzu ta’limi jarayonida o’quvchilar ikki mantiqni 
amaliy jihatdan aniq farqlab olishlari juda muhim: 1) shaklan bir xil bir necha 
so’zlarning mazmunan turlichaligi omonim(shakldosh)larni, 2) bir so’zning 
Ilmiybaza.uz so’zlaydigan ezma – kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o’xshaydi. Tili yomon odam – xalq ko’nglini jarohatlaydi, o’z boshiga ham ofat yetkazadi. Xushsuxan odam yumshoqlik bilan do’stona so’z aytadi; ko’ngilga tushishi mumkin bo’lgan yuz g’am – uning so’zi bilan daf bo’ladi. So’zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki; ―nafasning joni bor…‖ Mir Alisher Navoiy Kimki ko’ngilni qattiq so’z bilan jarohatlar ekan, unga achchiq til zaharli nayzadek sanchiladi. Ko’ngilda til nayzasining jarohati bitmas; u jarohatga hech narsa malhamlik qilmas. Agar bir ko’ngilda til nayzasining jarohati bordir, faqat yaxshi so’z va shirin til unga malham va rohatdir. Muloyim so’z – vahshiylarni ulfatga aylantiradi; sehrgar ohang bilan afsun o’qib, ilonni inidan chiqaradi. Tilga ixtiyorsiz –elga e’tiborsiz. Ko’p, bemaza so’zlaydigan ezma – kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o’xshaydi. Tili yomon odam – xalq ko’nglini jarohatlaydi, o’z boshiga ham ofat yetkazadi. Xushsuxan odam yumshoqlik bilan do’stona so’z aytadi; ko’ngilga tushishi mumkin bo’lgan yuz g’am – uning so’zi bilan daf bo’ladi. So’zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki; ―nafasning joni bor…‖ Mir Alisher Navoiy Bu kabi topshiriqlar o’quvchilarda so’z ma’nolarini va ular orasidagi nozik farqlarni ajrata olish malakasini tarbiyalaydi. ―Shakldosh so’zlar‖ mavzusi ta’limini boshlashdan oldin o’quvchiga borliqdagi istalgan moddiylikning, odatda, 2 tomoni (shakli va mazmuni) bo’lishi haqida umumiy tushuncha berih ahamiyatli. Shundan keyin o’quvchilar so’zlarning ham shakl va mazmun jihati borligi to’g’risida xulosa chiqaradilar. Mazkur mavzu ta’limi jarayonida o’quvchilar ikki mantiqni amaliy jihatdan aniq farqlab olishlari juda muhim: 1) shaklan bir xil bir necha so’zlarning mazmunan turlichaligi omonim(shakldosh)larni, 2) bir so’zning Ilmiybaza.uz 
 
turli o’rinlarda turlicha qo’llanilsa-da, mazmunan bir-biriga yaqinligi 
polisemiya(ko’p ma’nolilik)ni yuzaga keltiradi. (O’quvchi bu holatni tilning 
murakkabligi deb emas, balki til imkoniyatlarining rang- barangligi, nozikligi 
sifatida qabul qilmog’i va, tabiiyki, bu borada o’qituvchi-ustoz ularga yaqin 
maslahatchi, yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi bo’lishi lozim.) “Shakldosh so’zlar” 
mavzusi ta’limida quyidagi kabi topshiriqlardan foydalanish o’rinli:  
 
1-topshiriq. Berilganlar tarkibidan shakli bir xil so’zlarni ajrating. Ular 
ifodalagan ma’nolarni izohlang.  
1. Dutor, tanbur, doira, nay kabilar milliy cholg’u asboblarimiz sanaladi. 2.Inson har 
qanday sharoitda gapirganda ham odob doirasidan chiqmasligi zarur. 3.Chin 
ko’ngildan yig’lasa, so’qir ko’zdan yosh chiqar. (Maqol) 4. Bo’lar bola o’n beshida 
bosh, bo’lmas bola o’ttizda ham yosh. (Maqol) 5.Odatda, erkaklar kamar 
bog’lashadi. 6. Bultur yog’ingarchilik ko’p bo’lib shu kamar paydo bo’ldi. 7. 
Hechdan ko’ra kech yaxshi. (Maqol) 8.Butun borliqqa kech kirdi. 9. Dedi: Kech bu 
orzu-havasdin, Dedi: Kech bu multamasdin. (A.Navoiy) 
 
 
1. Dutor, tanbur, doira, nay kabilar milliy cholg’u asboblarimiz sanaladi. 2.Inson har 
qanday sharoitda gapirganda ham odob doirasidan chiqmasligi zarur. 3.Chin 
ko’ngildan yig’lasa, so’qir ko’zdan yosh chiqar. (Maqol) 4. Bo’lar bola o’n beshida 
bosh, bo’lmas bola o’ttizda ham yosh. (Maqol) 5.Odatda, erkaklar kamar 
bog’lashadi. 6. Bultur yog’ingarchilik ko’p bo’lib shu kamar paydo bo’ldi. 7. 
Hechdan ko’ra kech yaxshi. (Maqol) 8.Butun borliqqa kech kirdi. 9. Dedi: Kech bu 
orzu-havasdin, Dedi: Kech bu multamasdin. (A.Navoiy) 
 
 
 
2- topshiriq. 
AVVAL TINGLASHNI O’RGAN  
Ilmiybaza.uz turli o’rinlarda turlicha qo’llanilsa-da, mazmunan bir-biriga yaqinligi polisemiya(ko’p ma’nolilik)ni yuzaga keltiradi. (O’quvchi bu holatni tilning murakkabligi deb emas, balki til imkoniyatlarining rang- barangligi, nozikligi sifatida qabul qilmog’i va, tabiiyki, bu borada o’qituvchi-ustoz ularga yaqin maslahatchi, yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi bo’lishi lozim.) “Shakldosh so’zlar” mavzusi ta’limida quyidagi kabi topshiriqlardan foydalanish o’rinli: 1-topshiriq. Berilganlar tarkibidan shakli bir xil so’zlarni ajrating. Ular ifodalagan ma’nolarni izohlang. 1. Dutor, tanbur, doira, nay kabilar milliy cholg’u asboblarimiz sanaladi. 2.Inson har qanday sharoitda gapirganda ham odob doirasidan chiqmasligi zarur. 3.Chin ko’ngildan yig’lasa, so’qir ko’zdan yosh chiqar. (Maqol) 4. Bo’lar bola o’n beshida bosh, bo’lmas bola o’ttizda ham yosh. (Maqol) 5.Odatda, erkaklar kamar bog’lashadi. 6. Bultur yog’ingarchilik ko’p bo’lib shu kamar paydo bo’ldi. 7. Hechdan ko’ra kech yaxshi. (Maqol) 8.Butun borliqqa kech kirdi. 9. Dedi: Kech bu orzu-havasdin, Dedi: Kech bu multamasdin. (A.Navoiy) 1. Dutor, tanbur, doira, nay kabilar milliy cholg’u asboblarimiz sanaladi. 2.Inson har qanday sharoitda gapirganda ham odob doirasidan chiqmasligi zarur. 3.Chin ko’ngildan yig’lasa, so’qir ko’zdan yosh chiqar. (Maqol) 4. Bo’lar bola o’n beshida bosh, bo’lmas bola o’ttizda ham yosh. (Maqol) 5.Odatda, erkaklar kamar bog’lashadi. 6. Bultur yog’ingarchilik ko’p bo’lib shu kamar paydo bo’ldi. 7. Hechdan ko’ra kech yaxshi. (Maqol) 8.Butun borliqqa kech kirdi. 9. Dedi: Kech bu orzu-havasdin, Dedi: Kech bu multamasdin. (A.Navoiy) 2- topshiriq. AVVAL TINGLASHNI O’RGAN Ilmiybaza.uz 
 
Tinglash kishidan sabr-qanoatni, chidam-bardoshni va o’ziga xos odob-axloqni 
talab etadigan xislatdir. Bir kuni qadimgi yunon faylasufi Arastuning oldiga juda 
ham sergap yosh yigit kelib unga notiqlik san’atini o’rgatishni iltimos qilibdi. U 
dabdabali so’zlarni izhor etgandan so’ng Arastudan o’qish uchun qancha haq 
to’lashini so’rabdi.  
– 
Sendan boshqalarga qaraganda ikki barobar ko’proq haq olinadi,– 
qovog’ini solib javob beribdi faylasuf. –Nima uchun? –hayron bo’libdi yigit.  
– 
Chunki sen bilan ikki barobar ishlashga to’g’ri keladi: senga so’zlashni 
o’rgatishdan avval jim turishni o’rgatishim lozim...  
Berilgan matn tarkibidagi har bir so’zni ma’nosi shu so’zga teng keladigan 
boshqa shakl bilan almashtirib matnni qayta shakllantiring.  
O’quvchilar bu kabi topshiriqlarni bajarishda kichik guruhchalarda jamoa bo’lib 
ishlaganlari ma’qul. Kichik guruhchalarda ishlaganda o’quvchilar o’zaro 
fikrlashadilar, bahslashadilar, o’rni kelganda o’z fikrlarini hioya qilishni 
o’rganadilar. Yuqorida berilgan matn o’quvchi tomonidan qayta ―yaratiladi”. Bu, 
taxminan, shunday bo’ladi:  
DASTLAB ESHITISHNI BIL  
Eshitish odamdan toqat-irodani, qat’iyat-matonatni hamda alohida adab-
tarbiyani taqozo qiladigan jihatdir. Kunlarning birida grek donishmandi 
Aristotelning yoniga o’ta gapdon navqiron kishi tashrif buyurib, o’ziga so’zlash 
mahoratidan saboq berishini o’tinib so’rabdi. Gapdon odam balandparvoz 
kalomlarni aytgandan keyin Aristoteldan saboq uchun necha pul berishi zarurligini 
bilmoqchi bo’libdi.  
–O’zingdan atrofingdagilarga nisbatan ikki hissa ortiqroq mablag’ undiriladi, –
qoshlarini chimirib javob aytibdi donishmand. –Nega ?–lol qolibdi yigit.  
–Sababi, o’zing bilan ikki hissa ko’proq mehnat qilish zarur bo’ladi: 
mahmadonaga gapirishni o’qitishdan oldin tinglashni anglatishim zarur...  
O’quvchilar topshiriqni bajarish davomida o’qituvchiga ba’zi so’zlarning 
(masalan, Arastu, dabdabali...) muqobili xususida murojaat etishlari mumkin. 
Shunday paytlarda o’qituvchi, masalan, Yevropa xalqlari Arastuni Aristotel deb 
Ilmiybaza.uz Tinglash kishidan sabr-qanoatni, chidam-bardoshni va o’ziga xos odob-axloqni talab etadigan xislatdir. Bir kuni qadimgi yunon faylasufi Arastuning oldiga juda ham sergap yosh yigit kelib unga notiqlik san’atini o’rgatishni iltimos qilibdi. U dabdabali so’zlarni izhor etgandan so’ng Arastudan o’qish uchun qancha haq to’lashini so’rabdi. – Sendan boshqalarga qaraganda ikki barobar ko’proq haq olinadi,– qovog’ini solib javob beribdi faylasuf. –Nima uchun? –hayron bo’libdi yigit. – Chunki sen bilan ikki barobar ishlashga to’g’ri keladi: senga so’zlashni o’rgatishdan avval jim turishni o’rgatishim lozim... Berilgan matn tarkibidagi har bir so’zni ma’nosi shu so’zga teng keladigan boshqa shakl bilan almashtirib matnni qayta shakllantiring. O’quvchilar bu kabi topshiriqlarni bajarishda kichik guruhchalarda jamoa bo’lib ishlaganlari ma’qul. Kichik guruhchalarda ishlaganda o’quvchilar o’zaro fikrlashadilar, bahslashadilar, o’rni kelganda o’z fikrlarini hioya qilishni o’rganadilar. Yuqorida berilgan matn o’quvchi tomonidan qayta ―yaratiladi”. Bu, taxminan, shunday bo’ladi: DASTLAB ESHITISHNI BIL Eshitish odamdan toqat-irodani, qat’iyat-matonatni hamda alohida adab- tarbiyani taqozo qiladigan jihatdir. Kunlarning birida grek donishmandi Aristotelning yoniga o’ta gapdon navqiron kishi tashrif buyurib, o’ziga so’zlash mahoratidan saboq berishini o’tinib so’rabdi. Gapdon odam balandparvoz kalomlarni aytgandan keyin Aristoteldan saboq uchun necha pul berishi zarurligini bilmoqchi bo’libdi. –O’zingdan atrofingdagilarga nisbatan ikki hissa ortiqroq mablag’ undiriladi, – qoshlarini chimirib javob aytibdi donishmand. –Nega ?–lol qolibdi yigit. –Sababi, o’zing bilan ikki hissa ko’proq mehnat qilish zarur bo’ladi: mahmadonaga gapirishni o’qitishdan oldin tinglashni anglatishim zarur... O’quvchilar topshiriqni bajarish davomida o’qituvchiga ba’zi so’zlarning (masalan, Arastu, dabdabali...) muqobili xususida murojaat etishlari mumkin. Shunday paytlarda o’qituvchi, masalan, Yevropa xalqlari Arastuni Aristotel deb Ilmiybaza.uz 
 
atashlarini yoki ko’chma ma’nodagi dabdabali so’zining ma’nodoshlari sifatida 
lug’atlarda balandparvoz, hashamdor, havoyi, quruq, jimjimador, bejama kabilar 
berilganligi, o’quvchi ulardan aynan shu matnga mosini tanlab olishi zarurligini 
bildirib turishi mumkin.  
3- topshiriq. Berilgan matn mazmuni xususida xulosa chiqaring.  
Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so’zlarnigina aytishi, tiliga 
ortiqcha erk bermasligi lozim yoki  
Haqiqiy gapdonlik– kerakli hamma gapni aytish va keragidan ziyod hech narsa 
demaslikdir.  
 
 
4- topshiriq. Berilgan so’zlardan ma’nodoshlik qatorlarini hosil qiling va shu 
qatordagi so’zlardan qaysi biri eng ko’p ishlatilishini aniqlang.  
Sаrа, аsаr, аvvаldan, аsorаt, nishon, iz, аsos, аsil, g’аmxo’r, boshdan, sof, bаxt, 
hаmdаrd, sаrxil, burundan, qаdimdan, tаyanch, tozа, iqbol, bаzа, tole, dаrdkаsh, 
negiz, sаodаt, ilgаridan, poydevor, аzаldan...  
O’quvchilar topshiriqni bajarish davomida quyidagi 6ta sinonimk qatorni yuzaga 
keltirishlari zarur:  
 
Аsаr, аsorаt, nishon, iz.  
Аsil, tozа, sof, sаrа, sаrxil.  
Аsos, tаyanch, negiz, poydevor, bаzа.  
Аvvаldan, ilgаridan, burundan, qаdimdan, аzаldan, boshdan.  
Bаxt, iqbol, tole, sаodаt.  
Hаmdаrd, dаrdkаsh, g’аmxo’r.  
 
5- topshiriq. Bosh so’zlarni qatnashtirib gaplar yozing. Keyin shu so’zlarni 
ma’nodoshlari bilan almashtirib o’qib ko’ring.  
Namuna: Bo’lar bola avvaldan (ilgаridan, burundan, qаdimdan, аzаldan, 
boshdan) ma’lum.  
Ilmiybaza.uz atashlarini yoki ko’chma ma’nodagi dabdabali so’zining ma’nodoshlari sifatida lug’atlarda balandparvoz, hashamdor, havoyi, quruq, jimjimador, bejama kabilar berilganligi, o’quvchi ulardan aynan shu matnga mosini tanlab olishi zarurligini bildirib turishi mumkin. 3- topshiriq. Berilgan matn mazmuni xususida xulosa chiqaring. Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so’zlarnigina aytishi, tiliga ortiqcha erk bermasligi lozim yoki Haqiqiy gapdonlik– kerakli hamma gapni aytish va keragidan ziyod hech narsa demaslikdir. 4- topshiriq. Berilgan so’zlardan ma’nodoshlik qatorlarini hosil qiling va shu qatordagi so’zlardan qaysi biri eng ko’p ishlatilishini aniqlang. Sаrа, аsаr, аvvаldan, аsorаt, nishon, iz, аsos, аsil, g’аmxo’r, boshdan, sof, bаxt, hаmdаrd, sаrxil, burundan, qаdimdan, tаyanch, tozа, iqbol, bаzа, tole, dаrdkаsh, negiz, sаodаt, ilgаridan, poydevor, аzаldan... O’quvchilar topshiriqni bajarish davomida quyidagi 6ta sinonimk qatorni yuzaga keltirishlari zarur: Аsаr, аsorаt, nishon, iz. Аsil, tozа, sof, sаrа, sаrxil. Аsos, tаyanch, negiz, poydevor, bаzа. Аvvаldan, ilgаridan, burundan, qаdimdan, аzаldan, boshdan. Bаxt, iqbol, tole, sаodаt. Hаmdаrd, dаrdkаsh, g’аmxo’r. 5- topshiriq. Bosh so’zlarni qatnashtirib gaplar yozing. Keyin shu so’zlarni ma’nodoshlari bilan almashtirib o’qib ko’ring. Namuna: Bo’lar bola avvaldan (ilgаridan, burundan, qаdimdan, аzаldan, boshdan) ma’lum. Ilmiybaza.uz 
 
Bilim baxt (iqbol, tole, sаodаt) keltirar.  
6- topshiriq. Gaplarni o’qing. Tagiga chizilgan so’zlarni qavsda bеrilgan 
ma’nodoshlari bilan almashtirib o’qing. 
Gap ma’nosida qanday farq 
sezganligingizni bildiring.  
Marvaridxon o’qituvchisi bergan topshiriqni tеz tushundi (angladi, fahmladi, bildi, 
uqdi). 2. So’zni bеhuda ishlatmang! (bekor, o’rinsiz, noo’rin, аsossiz, bejiz). 3. 
Insonning qandaylgini uning fahmi belgilaydi. (fаrosаt, did, tаmiz, uquv, zehn, 
idrok) 4.O’zbekiston – ajoyib gulshan. (guliston, gulzor, gulbog’, bo’ston, chаmаn, 
chаmаnzor)  
―So’zlarning salbiy va ijobiy bo’yoqlari‖ mavzusi orqali o’quvchilarga istalgan 
so’zni (garchi zaruriy ma’noni bersa-da) istalgan o’rinda bir xilda ishlatib 
bo’lmasligini (bunda, albatta, nutqiy sharoit inobatga olinishi zarurligini) anglatish 
muhim. Masalan, gapirmoq, so’zlamoq, demoq, aytmoq, valdiramoq, javramoq, 
vaysamoq, bobillamoq kabilar mazmunan bir-biriga yaqin birliklar bo’lsa-da, 
ulardan nutqda baravar foydalanib bo’lmaydi. Zero, ba’zi so’zlarda so’zning leksik, 
grammatik ma’nolaridan tashqari uslubiy ma’nolar ham mavjud bo’ladi. 
Chunonchi, Bola mavzu mohiyatini so’zlab berdi gapida kesim o’rnida gapirib 
berdi, aytib berdi shakllarini ishlatish mumkin, ammo valdirab berdi, javrab berdi, 
vaysab berdi, bobillab berdi deb bo’lmaydi. Hatto shu o’rinda demoq birligini 
ishlatish ham nutqqa putur yetkazadi.  
 
 
Ma’nodosh so’zlar mavzusini o’rganishda o’quvchiga bеrilgan gaplar 
yoki matnda ajratilgan so’zlarni ularning ma’nodoshi bilan almashtirish, 
gapdagi so’zlarni birin-kеtin ma’nodoshlari bilan almashtirib, ma’no 
farqlarini izohlash, bеrilgan ma’nodosh so’zlarni ijobiy va salbiy bo’yoqli 
so’zlarga ajratish kabi topshiriqlar berish o’rinli.  
Adabiyotlar: 
1.G’ulomov Yo.,Rasulov I., Rustamov H., Mirzaahmedov B. O’zbek tili 
o’qitish metodikai. T.1975 
Ilmiybaza.uz Bilim baxt (iqbol, tole, sаodаt) keltirar. 6- topshiriq. Gaplarni o’qing. Tagiga chizilgan so’zlarni qavsda bеrilgan ma’nodoshlari bilan almashtirib o’qing. Gap ma’nosida qanday farq sezganligingizni bildiring. Marvaridxon o’qituvchisi bergan topshiriqni tеz tushundi (angladi, fahmladi, bildi, uqdi). 2. So’zni bеhuda ishlatmang! (bekor, o’rinsiz, noo’rin, аsossiz, bejiz). 3. Insonning qandaylgini uning fahmi belgilaydi. (fаrosаt, did, tаmiz, uquv, zehn, idrok) 4.O’zbekiston – ajoyib gulshan. (guliston, gulzor, gulbog’, bo’ston, chаmаn, chаmаnzor) ―So’zlarning salbiy va ijobiy bo’yoqlari‖ mavzusi orqali o’quvchilarga istalgan so’zni (garchi zaruriy ma’noni bersa-da) istalgan o’rinda bir xilda ishlatib bo’lmasligini (bunda, albatta, nutqiy sharoit inobatga olinishi zarurligini) anglatish muhim. Masalan, gapirmoq, so’zlamoq, demoq, aytmoq, valdiramoq, javramoq, vaysamoq, bobillamoq kabilar mazmunan bir-biriga yaqin birliklar bo’lsa-da, ulardan nutqda baravar foydalanib bo’lmaydi. Zero, ba’zi so’zlarda so’zning leksik, grammatik ma’nolaridan tashqari uslubiy ma’nolar ham mavjud bo’ladi. Chunonchi, Bola mavzu mohiyatini so’zlab berdi gapida kesim o’rnida gapirib berdi, aytib berdi shakllarini ishlatish mumkin, ammo valdirab berdi, javrab berdi, vaysab berdi, bobillab berdi deb bo’lmaydi. Hatto shu o’rinda demoq birligini ishlatish ham nutqqa putur yetkazadi. Ma’nodosh so’zlar mavzusini o’rganishda o’quvchiga bеrilgan gaplar yoki matnda ajratilgan so’zlarni ularning ma’nodoshi bilan almashtirish, gapdagi so’zlarni birin-kеtin ma’nodoshlari bilan almashtirib, ma’no farqlarini izohlash, bеrilgan ma’nodosh so’zlarni ijobiy va salbiy bo’yoqli so’zlarga ajratish kabi topshiriqlar berish o’rinli. Adabiyotlar: 1.G’ulomov Yo.,Rasulov I., Rustamov H., Mirzaahmedov B. O’zbek tili o’qitish metodikai. T.1975 Ilmiybaza.uz 
 
2.Abdurahmonov G’. Punktuatsiya o’qitish metodikasi, T.1968 
3.Nazarov K. O’zbek tili punktuatsiyasi asoslari. T.1971 
4.Nazarov K.,Egamberdiyev B. O’zbek tili ishora-imlo qoidalari. T.1996 
5.To’xliyev B.,Shamsiyeva M.,Ziyodova T. O’zbek tili o’qitish metodikasi. 
T.2010. 
6.G’ulomov A., Qodirov M., Egamnazarova M., Bobomurodova A., 
Alavutdinova N., Karimjonova V. Ona tili o’qitish metodikasi.T.2012 
7.G’ulomov A. Ona tili o’qitish prnitsiplari va metodlari. T. 1992 
8.G’ulomov A., Ne’matov H. Ona tili ta’limi mazmuni. T. 1995 
9.Muhiddinov A.G’. O’quv jarayonida nutq faoliyati. T. 1995 
10.”Ta’lim to’g’risida” gi Qonun. TAT jurnali.1997 y.. 5-6-son. 
11.”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.” O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish. 
T. 2000 
 
 
Ilmiybaza.uz 2.Abdurahmonov G’. Punktuatsiya o’qitish metodikasi, T.1968 3.Nazarov K. O’zbek tili punktuatsiyasi asoslari. T.1971 4.Nazarov K.,Egamberdiyev B. O’zbek tili ishora-imlo qoidalari. T.1996 5.To’xliyev B.,Shamsiyeva M.,Ziyodova T. O’zbek tili o’qitish metodikasi. T.2010. 6.G’ulomov A., Qodirov M., Egamnazarova M., Bobomurodova A., Alavutdinova N., Karimjonova V. Ona tili o’qitish metodikasi.T.2012 7.G’ulomov A. Ona tili o’qitish prnitsiplari va metodlari. T. 1992 8.G’ulomov A., Ne’matov H. Ona tili ta’limi mazmuni. T. 1995 9.Muhiddinov A.G’. O’quv jarayonida nutq faoliyati. T. 1995 10.”Ta’lim to’g’risida” gi Qonun. TAT jurnali.1997 y.. 5-6-son. 11.”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.” O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish. T. 2000