Ilmiybaza.uz
LISONIY SHAXS TUSHUNCHASI
Ma’lumki, madaniyatni inoson yaratadi va unda inson, shaxs yashaydi. Aynan
shaxs tushunchasida insonning tabiati birinchi o‘ringa ko‘tariladi, uning o‘zi esa,
ijtimoiy-madaniy turmushning subyekti sifatida ishtirok etadi. Lisoniy shaxsga
murojaat nemis olimi I. Veysgerber nomi bilan bogMiq. Rus tilshunosligida bu
mavzuni birinchi boMib lisoniy shaxsni o‘rganishning ikkita, ya’ni muallif shaxsi
va personaj shaxsini o‘rganish yoMini V.V. Vinogradov ishlab chiqqan.Keng ilmiy
muomalaga esa bu tushunchani Yu.N. Karaulov olib kirdi, uning fikricha lisoniy
shaxs - bu til tuzilishi jihatidan, haqiqatni ifodalashning aniqligi va teranligi, ma'lum
maqsadga yo‘naltirilganligi bilan farqlanadigan matnlami tuza oladigan va anglay
oladigan kishidir. Lisoniy shaxs mazmuniga ko‘pincha quyidagi komponentlar
kiradi: tarbiya tarkibining qadriyatli, dunyoqarashgci oid komponenti, ya’ni
qadriyatlar yoki hayotiy mazmun tizimi. Til shaxsning borliqqa dastlabki va teran
qarashini ta’minlaydi, til milliy xaraktemi shakllantirish asosida yotgan va tilning
dialogik aloqasida amalga oshiriladigan aynan o‘sha til obrazini va ma’naviy
tasavvurlari ketma-ketligini yuzaga keltiradi; madaniyatshunoslik komponenti,
ya’ni tilga qiziqishni oshirishning samarali vositasi boMgan madaniyatning
o4zlashtirilishi darajasi. 0‘rganilayotgan til madaniyatining nutq va nutqdan tashqari
muomalaga bogMiq boMgan fakt (dalil)larning jalb etilishi aynan bir xil qoMlash
malakalarini shakllantirishga va muloqotdagi suhbatdoshga samarali ta’sir
ko‘rsatishga ko‘maklashadi; • shaxs komponenti, ya’ni individual, har bir insonda
mavjud boMgan komponent. 47 Lisoniy shaxs parametrlari endigina ishlab chiqila
boshlandi. Lisoniy shaxs u yoki bu takrorlanish darajasida qoMlaniladigan, mavhum
sintaktik modellarni toMdiradigan ma’lum so‘zlar zahirasi bilan xarakterlanadi.
Agar modellar aynan mana shu til kollektivi vakili uchun yetarli darajada xos
boMsa, so‘z boyligi va gapirish tarzi uning ma’lum bir sotsiumga tegishli ekanligini
ko‘rsata oladi, o'qimishlilik darajasi, xarakterining tipi haqida shohidlik bera oladi,
Ilmiybaza.uz
jinsi va yoshidan dalolat beradi va h.k. O'nlab ijtimoiy rollarni bajarish bilan bog‘liq
boMgan bunday shaxsning til repertuari jamoada qabul qilingan til etiketini hisobga
olgan holda o‘zlashtirilgan boMishi kerak. Lisoniy shaxs tilda aks ettirilgan
madaniyat makonida ijtimoiy ong shakllarida turli bosqichlarda (ilmiy, turmush va
h.k.), yurish-turish tarzida va normalarida, moddiy madaniyat materiallarida
namoyon boMadi. Madaniyatda belgilovchi rol millatning qadriyatlariga tegishlidir.
Madaniy qadriyatlar shunday tizimki, unda hammabop va individual, asosiy va
qo‘shimcha
mazmunlarni
ajratib
ko‘rsatish
mumkin.
Masalan,
barcha
madaniyatlarda insonning ochko‘zlik, qo‘rqoqlik, kattalarni hurmat qilmaslik,
dangasalik va shu kabi illatlari qoralanadi, ammo har bir madaniyatda bu illatlar turli
ko‘rinishlarga egadir. Bugungi kunda tilning tilshunoslikda mavjudlik maqomini
belgilab beradigan lisoniy shaxsini o'rganishga tegishli turli yondashuvlar mavjud:
elitar lisoniy shaxsi, semiologik shaxs, til va nutq shaxsi, emotsional lisoniy shaxs,
g‘arb va sharq madaniyatlari lisoniy shaxsi, rus yoki o‘zbek lisoniy shaxsi. Lisoniy
shaxsning boshqa konsepsiyalari ham mavjud. Masalan, ular quyidagi
komponentlami tashkil qiladi: • gapiruvchi inson — faoliyatlaridan biri nutq
faoliyati boMgan shaxs; • lisoniy shaxs - o‘zini nutq faoliyatida namoyon qiluvchi,
ma’lum bilimlar va tasavvurlar majmuasiga ega boMgan shaxs; • nutq shaxsi - bu
fikr almashinishda o‘zini namoyon qiladigan, munosabatning u yoki bu strategiyasi
yoki taktikasini, vositalar repertuarini tanlaydigan va amalga oshiradigan shaxs; 48
• kommunikativ shaxs - real kommunikatsiyada ishtiroetuvchi aniq kommunikativ
harakat ishtirokchisi. Mazkur ishda biz lisoniy shaxsning ikkita tarkibiy - aynan
lisoniy va kommunikativ q ism ini ko‘rib chiqamiz. Shunday qilib, lisoniy shaxs -
o‘ziga xos jihatlarni jam qilgan ijtimoiy hodisa. Lisoniy shaxsda o‘ziga xoslik tilga
ichki munosabat orqali, shaxsga oid til jihatlarning vujudga kelishi orqali
shakllanadi; ammo bunda shuni unutmaslik lozimki, lisoniy shaxs til an’analarining
vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatadi. Linvomadaniyatshunoslikda shaxsning nutq
madaniyati “mentalitet” va “mentallik” tushunchalari bilan uzviy bog‘langan. Bu
terminlar ijtimoiy va gumanitar fanlarda faol ilmiy qo'llanilmoqda. Shu bilan bir
vaqtda bu terminlarning mazmuniy noaniqligi va nomukammalligi sotsiologik
Ilmiybaza.uz
tadqiqotlarda ulardan samarali foydalanish imkonini bermaydi. Kerak bo‘lgan
barcha hollarda, masalan, katta ijtimoiy o‘zgarishlar yuz bergan paytda millatlararo
farqlami tushuntirishda, hozirgi jamiyatda bozor islohotlarini amalga oshirishdagi
yutuq va muvaffaqiyatsizliklarning sabablarini tushuntirishda bu terminlar
yordamiga murojaat qilinadi. Mentalitet va mentallik so4zlariga murojaat qilish shu
daraja
tez-tez
takrorlanib
turadiki,
ba’zida
mualliflar
qo‘llanilayotgan
tushunchalarning metodologik tadbiq qilinganlik va asoslanganlik darajasi haqida
hatto o‘ylab ko‘rmaydilar. Ayrim olimlar shundan kelib chiqadilarki, mentallik
konstantlarini - o‘zlarining ongiga madaniyat, til, din, tarbiya, ijtimoiy munosabat
orqali kiritilgan o‘zgarmas asosiy tasavvurlami o‘z ichiga oladi degan xulosadan
kelib chiqadilar. Bu holda taraqqiyotning o‘tish davrida kishilarning tanlashiga ta’sir
ko‘rsatadigan mentallik omil sifatida hamda ochiq va o‘zgaruvchi tarixda tanlash
sharoitida harakat qilayotgan tarixiy shaxsning o‘zini o‘zi belgilash mexanizmini
ochib beruvchi hodisa sifatida paydo bo‘ladi. Shunday bofclsa ham, mentalitet
aynan individual va jamoa (kollektiv) ongining mustahkam tarkibi sifatida qoladiki,
uning yordamida individlar yangiliklarga qarshilik ko‘rsatadilar va ayni vaqtda
o'zgarayotgan sharoitlarga va talablarga ko‘nikadilar. 49 Shuning uchun ham
mentalitet va mentallik ta’rifini aniqliklar kiritish lozim (XIX asrda «lisoniy ong»
(ruh) yoki «millat ongi» (ruhi) tushunchasi «mentalitet» termini bilan almashtirilgan
edi). U xulq-atvorda, noto4g4ri tushunchada, fikrlash tarzida ifodalanadi. Butunlay
umumiy kocrinishda mentalitet fikrlash turi, aql tuzilishi bo4lib, u bilish,
emotsional, irodaga oid jarayonlarda va xulq-atvor xarakterida namoyon boMadi.
Mentallik kundalik, xuddi asliday takrorlanuvchi, odatdagi turmush tarzining va
faoliyatning saqlab qolish usuli bo4lib, u ruhiy holat emas, balki ijtimoiy-madaniy
hodisa,
modomiki,
uning
elementlari
simvollar,
madaniyatning
kodlari,
predmetlarning buyum shakli va faoliyatning tayyor uslublari, ya’ni amaliy
xulqatvoming ijtimoiy-madaniy maydondagi o4ziga xos shakllari sifatida berilgan.
Mentalitet mentallikning yo4lga qo4yilganligini va o4rab turgan olamga nisbatan
bir qolipdagi munosabatni ifodalaydi. Mentallikning shakllariga ushbu umumiylikka
xos bo'lgan xulq-atvoming tayyor qolipi - kollektiv tasawurlar, o4rab turgan olamni
Ilmiybaza.uz
baholash va o'zlashtirishni tushuntirib berishda namoyon bo'ladigan intellektual
ta’sirlar kiradi. 0’z vazifalariga ko‘ra ijtimoiy tasavvurlar guruh mentalitetining
ijtimoiy-psixologik va madaniy barqarorligini ta’minlaydi va bilish vositasi
vazifasini bajaradi. Odamlar o’z tasavvurlarini tushuntirib, ulami asoslab, o4zlari
yaratadilar. Ammo ma’lumotni ham qo’shib hisoblaganda voqyelik, sodir
boMayotgan narsalaming realligi haqidagi savolga javob berishning mezoni bo’lib
xizmat qiladigan tasavvurlar asosida tuziladi. Voqelik o‘zgarib ketadi, chunki inson
uni o’z xohishlari, manfaatlari va tasawurlari ta’siri ostida ko’radi. Ijtimoiy
tasavvurlar xulq-atvorning vositachisidir. Shunday qilib, ular o’z xulq-atvorni
shakllantiradilar va ijtimoiy aloqalarni yo'naltiradilar. Shunday qilib, mentalitet va
mentallik - inson ongining, tasawurining, munosabati va harakatining ko’p o’lchovli
fenomenlari bo’lib, ular turli nuqtai nazarlardan ta’riflanishi mumkin.
Mentalitetning ilmiy manzarasi diskursiv tahlil va turli 50 guruhlarning mentalligi
o‘zini namoyon qiladigan va ko‘rinishini o‘zgartiradigan, ayni paytda o‘zining
dastlabki tavsifini saqlab qoladigan amaliyotlar doirasining tahlili bilan
chambarchas bog‘langan. Sotsiologik tadqiqotlar aslini olganda turli guruhlaming
kundalik amaliyotidagi ma’lum mentalligini fanlararo tasvirlashdan, tushuntirishdan
va talqin qilishdan iboratdir. Ilgari ta’kidlanganidek, til yordamida biz borliqni
gavdalantiramiz. Nafaqat tasvirlaymiz, balki aynan gavdalantiramiz, chunki
tasvirlash borliqni ifodalashning shakllaridan biridir. Masalalar, xohishlar barcha
nutq faoliyatlari kabi borliqning aks ettirilishi yoki tasavvurlari shakllaridir. Tilni
uch xil tushunish mumkin: til sifatida - tizimni; til sifatida - faoliyatni yoki nutqni;
tilning birligi sifatida - tizimlar tilini va faoliyat yoki nutqning tilini. Bundan buyon
biz tilni tizim tili va faoliyat tili birligi sifatida til deb belgilaymiz, faoliyat tili
ma’nosida - nutq deb belgilaymiz. Olamning lisoniy manzarasini tilda fikrlash deb
qarash mumkin, chunki, birinchidan, olamning manzarasi oddiygina suratga olish
emas - bu fahmlash yoki taqlid qilishdir; ikkinchidan, ko‘rib chiqilayotgan
(muhokama qilinayotgan) tasavvur yoki in’ikos tovushli xarakterga ega, ya’ni u
amalga oshiriladi va til shaklida mavjud bo’ladi.
Ilmiybaza.uz
Lisoniy shaxsning tuzilishi: Yu.N. Karaulovning «Русский язык и языковая
личность» deb nomlangan ishida lisoniy shaxs modelining uch bosqichli
tushunchasi berilgan. U lisoniy shaxsning tuzilishiga mos kelishi mumkin boMgan
anglash va tushunish jarayonining uch bosqichli g'oyasiga asoslanadi.
Tadqiqotchining fikri bo‘yicha, lisoniy shaxs uch tuzilish bosqichiga ega. Birinchisi
- verbal-semantik (semantik-qatordagi, invariant), odatdagi tilni bilish darajasini aks
ettiradi. Ikkinchi bosqich - kognitiv, bunda lisoniy shaxsga xos boMgan va kollektiv
va (yoki) individual kognitiv makon yaratuvchi muhim bilim va tasawurlami
aktuallashtirish va identifikatsiyalash sodir boMadi. Bu bosqich shaxsning lisoniy
olami modelini, uning tezaurusini (tilning mukammal lug'ati), madaniyatini aks
ettirishni nazarda tutadi. Uchinchisi, oliy, pragmatik bosqich - til shaxsining
rivojlanishini harakatga keltiruvchi sabab va maqsadlarni aniqlash va tavsiflashni
o4z ichiga oladi. 53 Lisoniy shaxsning bosqichli modeli umuman shaxsning
umumlashgan tipini ifoda etadi. Mazkur madaniyatda aniq lisoniy shaxslar juda
ko4p boMishi mumkin, ular shaxs tarkibining har bir bosqichdagi o'zgarishlari
ahamiyati bilan ajralib turadi. Shunday qilib, lisoniy shaxs - bu nutq shaxslarining
ko‘p qatlamli va ko‘p tarkibli paradigmasidir. Bunda nutq shaxsi - real
munosabatdagi, faoliyatdagi lisoniy shaxsdir. Aynan nutq shaxsi bosqichida ham
lisoniy shaxsining milliy-madaniy o‘ziga xos xususiyati, ham munosabatning
milliy-madaniy o‘ziga xos xususiyati namoyon bo‘ladi. Tushunish jarayoni
tuzilishida quyidagilar farqlanadi: a) so‘zlovchining tushunish - lisoniy shaxs asosiy
flkrining motivatsion darajasiga to'g'ri keladi; b) matnning konsepsiyasini anglash
(tezaurus bosqichi); v) so‘zlarning mazmunini anglash (verbal-semantik bosqich).
Har bir bosqichda gap so‘z haqida (nol bosqichi - (v)), tubma’no haqida (birinchi
bosqich - (a)) va matn haqida (ikkinchi bosqich - (b)) borishi mumkin. Ularning har
birida lisoniy shaxs o‘ziga xos boMgan bir tipdagi quyidagi elementlardan, a)
tegishli bosqichning birliklaridan; b) ular orasidagi o'zaro munosabatlardan; v)
komplekslarning har bir bosqichi uchun xos bo’lgan stereotip birlashmalardan
tashkil topadi: Lisoniy shaxs aynan qaysi bosqichdan boshlanadi, ya’ni nol
bosqichidanmi yoki birinchi bosqichdanmi, degan savolga turlicha javob beriladi.
Ilmiybaza.uz
Lisoniy shaxsning oliy motivatsion bosqichi tuzilishi individualizatsiyaga ancha
moyil, bu narsa aynan shu bosqichda lisoniy shaxs rivojlanishi tuzilishining o‘ziga
xos jihatlarini aniqlashni qiyinlashtiradi. Bu bosqich ham elementlaming uch
tipidan, ya’ni birliklardan, o‘zaro munosabatlardan va stereotiplardan tashkil topgan
bo’lib, ular sinchiklab o‘rganilganda nafaqat so‘zlarni yoki konseptlami,
tushunchalarni aks ettirib qolmay, balki pragmatik nuqtai nazardan qarab
chiqiladigan shaxsning kommunikativ va faoliyat ehtiyojlarining ifodasi
hisoblanadi. Lisoniy shaxsni shakllantirish modeli metodik yondashuv nuqtai
nazardan ifodalangan (o‘qitish usullarini umumlashtirish 54 asosida lisoniy shaxsni
qayta yaratish), ya’ni lisoniy shaxs qadriyatlari iyerarxiyasini shakllantirish orqali
o'qitish tajribasi asosida qayta qurishda ifodalangan. Lisoniy shaxsni qayta qurishga
maqsadli yondashuv o‘qitish narijalariga erishishdan, ya’ni nutq malakalarini,
ko‘nikmaIarini, o‘rgatish obyektlariga tayyorgarlikni qo‘lga kiritishdan iboratdir.
Nutq malakalari va ko‘nikmalari/tayyorgarIiklarining tartibga solingan ro‘yxati
“lisoniy shaxs” tushunchasining operatsion mazmuni haqida ma’lum tasawur beradi.
Lisoniy shaxs tuzilishining to’liq tasvirini ifodalash uchun tilni bilishning besh xil
bosqichi mavjudligini ta’kidlab o‘tish lozim: 1) to‘g‘rilik bosqichi, u ushbu tilning
elementar qoidalariga mos keladigan matnlarni hosil qilishga imkon beradigan
yetarli darajadagi leksik zahiraning va tilning asosiy grammatik qonuniyatlarining
mavjud bo‘Iishini ko‘zda tutadi: 2) materialni egallash bosqichi tilning ichki
harakatiga muvofiq mulohazani amalga oshirish va idrok qilishni bilishni o‘z ichiga
oladi; Z) mazmunga boylik (toc lalik) bosqichi - fonetika, grammatika va leksika
sohasida til ifoda vositalarining barcha xilma-xilligi aks etganligi nuqtai nazaridan
ajratiladi; 4) adekvat tanlov bosqichi - qo'llanilayotgan vositalarning kommunikativ
vaziyatlarga va kommunikantlar rollariga muvofiq ravishda ifodalanadi; 5) adekvat
sintez bosqichi - lisoniy shaxsning matnini uning mazmuniga tegishli tarkibiy va
kommunikativ vazifalarning barcha kompleksiga mosligini e’tiborga oladi.