Ilmiybaza.uz
LOGISTIK AXBOROT TIZIMLAR
Reja:
1. Logistik axborot tizimlari.
2. Logistik axborot tizimlarning tuzilishi va faoliyati.
3. Maqbul buyurtma masalasi.
Ilmiybaza.uz
Tayanch iboralar: Axborot, teskari aloqa, axborot tizimi, boshqarish, logistik
axborot tizimlari, loyiha-chizmalar, ma’lumotlar bazasi.
8.1. Logistik axborot tizimlari
Logistika maqsadlariga erishish uchun logistik jarayonlarni boshqaruv orqali
doimiy tarzda kuzatish va ta’sir ko‘rsatish zarur. Bu holatda boshqaruv ishlab
chiqarishda va mahsulot sotishda band bo‘lgan hamma bo‘linmalarning faoliyatini
bir – biriga moslashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunday birlashuvning kuroli
bo‘lib axborot ta’minoti xizmat qiladi.
Axborot oqimlari logistik tizimning hamma elementlarini birlashtiruvchilari
sifatida namoyon bo‘ladi. Axborot turli xil logistik operatsiyalarni bajarish
davomida yuzaga keladi va moddiy oqim harakatining hamma bosqichlarida uni
kuzatib boradi. Logistik tizimda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda va qabul
qilishda axborot qo‘llaniladi.
Axborot logistikasi moddiy oqimlarni kuzatib boruvchi berilganlar oqimini
tashkil etish va korxonada ta’minot ishlab chiqarish, sotuv bo‘limlarini bog‘lovchi
muhim bo‘g‘in hisoblanadi.
Axborot logistikasining maqsadi bo‘lib boshqaruv tizimini axborot bilan
to‘ldirishning yuqori darajasini ta’minlash, hamda logistik tizim boshqaruv
ierarxiyasining har bir darajasiga zarur axborotni so‘ralgan sifatda va aniq
muddatlarda yetkazib berish hisoblanadi.
Logistikada axborot jarayonining asosiy funktsiyalari. Axborot logistikasi
logistik tizimda o‘tadigan axborot oqimlarini tashkil etadi va axborot jarayonlarini
amalga oshiradi.
Axborot oqimi – bu ma’lum ketma - ketlikda, belgilangan yo‘nalishda
harakatlanayotgan, hamda boshlang‘ich, oraliq va oxirgi nuqtalari belgilab
qo‘yilgan axborotdir.
Ilmiybaza.uz
Axborot jarayoni – bunda axborot o‘zgarishlarning aniq ketma - ketligiga ega
bo‘lgan asosiy ob’ekt sifatida ko‘rib chiqiladi. Bu holatda axborotni yig‘ish, tahlil
qilish, qayta shakllantirish, saqlash, qidirish va tarqatish muhim o‘rin tutadi.
Logistik tizimda o‘tadigan axborot jarayoni davomida quyidagi funktsiyalar
amalga oshiriladi:
Axborotni vujudga kelish joylaridan yig‘ish;
Axborotni tahlil qilish va qayta shakllantirish;
Axborotni yig‘ish va saqlash;
Axborotni tashish;
Axborot oqimini filtrlash, ya’ni boshqaruvning u yoki bu darajalariga
zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni tanlab olish;
Axborot oqimlarini birlashtirish va ajratish;
Elementar – axborot qayta shakllantirishlarni amalga oshirish;
Axborot oqimini boshqarish.
Logistika tizimi asosida axborot - texnika bazasining tashkil etilishi,
boshqarishda zarur bo‘lgan strategik va taktik vazifalarni hal tishda axborotlarni
yig‘ish va ularni ajratib olish asosiy rol o‘ynaydi. Axborotlarning xarakteri va uning
sifatli ajratilishi qabul qilinadigan qarorlarning natijasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Bu shu narsa bilan bog‘liqki, ajratib olingan axborotlar quyidagilarni o‘z ichiga
oladi, masalan: o‘rganilayotgan halqa yoki predmetning material yoki pul oqimlari
bilan boshqarilishinigina emas, balki o‘sha raqib korxonaning kuchli va bo‘sh
tamoyillarini baholash hamda u yoki bu masala tamoyillarining yechimi va
yo‘qotish tavakkalligini ham baholaydi. Shunday qilib, gap faqat axborotlar sonida
emas, balki strategik va taktik qarorlarni ishlab chiqishda zarur bo‘lgan, birinchi
navbatda, axborotlarning sifatida va ularni to‘g‘ri ajratib olishdadir. Logistika
tizimning tuzilishi amaliyotda shuni ko‘rsatadiki, axborotlarni to‘g‘ri ajrata bilishda,
ularni tahlil qilib, korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib, axborotlarni
yig‘ish va tayyorlash asosiy ko‘rsatkichlariga e’tibor berish zarurdir. Bunday tahlil,
shu soha bo‘yicha puxta, qiziquvchi mutaxassislar bilan o‘tkazilishi lozim.
Ilmiybaza.uz
Bu sohada ma’lum bo‘lgan yo‘nalishlardan biri, ya’ni ishchi guruhni tashkil
etish bo‘yicha shu axborotlardan foydalanuvchi mutaxassislarni jalb etishdir.
Raqobat hozirgi zamonda xo‘jalik yuritishning asosiy shartlaridan hisoblanadi.
Shuning uchun raqiblarni to‘g‘ri baholash ma’lum miqdorda shu korxonani
boshqarishdagi kamchiliklarni ham baholashdir.
Material va pul oqimlarini boshqarishda tez qaror qabul qilish uchun statistik
axborotlar, masalan, soliqlar, ishchilarga qo‘shimcha ish haqi va hokazolar katta rol
o‘ynaydi. Bu kabi axborotlar korxona ichida material oqimlarini boshqarishni ularga
ma’lum tuzatishlar kiritishning imkonini beradi.
Axborotlarni ma’lum tuzilmaga solish axborotlarning bir ko‘rinishi
hisoblanadi. Axborotlarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
1. Marketing bo‘yicha axborot:
- mahsulot sotilish tahlili;
- mahsulot sotish bashorati;
- bozorni o‘rganish.
2. Taqsimlanish bo‘yicha axborot:
- hisob varaqlari;
- iste’molchilar to‘lovi;
- transport nakladnoylari;
- mahsulotga buyurtmalar.
3. Loyiha axboroti:
- ishlab chiqariladigan mahsulotni loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan logistik
xizmatlarga yuklaydilar;
- asbob - uskunalar bo‘yicha chizmalar;
- operatsion kartalar.
4. Jamg‘armalar bilan boshqarish:
jamg‘armalar hisobi;
- materiallarni boshqarish.
5. Moliyaviy axborot:
- debitorlar bo‘yicha hisob-kitob;
Ilmiybaza.uz
- moliyaviy boshqarish.
6. Ishlab chiqarish bo‘limi:
- ishlab chiqarish jarayonining to‘lov hisobini baholash;
- ishlab chiqarish resurslari bo‘yicha hisobot;
- ishlab chiqarilgan mahsulot bo‘yicha hisobot;
- umumiy vaqt ichida mahsulot ishlab chiqarish jadvali;
- ishlab chiqarishga buyurtma;
- mahsulot jo‘natish bo‘yicha talabnoma;
- tovar - material qiymatlarini hisoblash.
7. Ta’minot:
- to‘lov raqamlari bo‘yicha hisob;
- sotib olish bo‘yicha buyurtmalar.
8. Logistik xizmat logistik xizmat bo‘yicha yuk xatlarini o‘rganib chiqishdir.
Logistika axborotlari tizimi sifatining oshishi, mahsulot g‘amlab qo‘yilishi,
jo‘natish, omborga joylash, pul oqimlarini ta’minlash masalalarini samarali hal
etishda xizmat qiladi. Axborot oqimlarini yig‘ish katta foyda beradi, lekin bular
harajatsiz bo‘lmaydi.
Logistik tizimda axborot oqimlarining o‘rni. Alohida korxona darajasida
axborot logistik tizimlari uch guruhga ajratiladi.
Rejali axborot tizimlari logistik tizimlarni boshqarishning yuqori darajasida
tashkil etiladi hamda strategik xarakterga ega bo‘lgan qarorlarni tayyorlash va qabul
qilish uchun xizmat qiladi: logistik zanjir bo‘g‘inlarini tashkil etish va
optimallashtirish; ishlab chiqarishni rejalashtirish; zahiralar va zahiralarning
umumiy boshqaruvi va boshqalar.
Dispozitiv yoki dispetcher tizimlar ombor yoki tsexni boshqarish maqsadida
tashkil etiladi va bu logistik tizimlarning samarali ishlashini ta’minlaydi. Bu yerda
quyidagi masalalar hal qilinadi: ombor va tsexlarda zahiralarni boshqarish;
transportni boshqarish; yuklarni tanlash va komplektlash; jo‘natilgan tovarlar hisobi
va boshqalar.
Ilmiybaza.uz
Bajaruvchi yoki operativ tizimlar boshqaruvning u yoki bu organlari asosida
tashkil etiladi va moddiy oqimlarni operativ boshqarish, ular harakatining grafik va
rejalari bajarilishi ustidan nazorat, yuklar harakatini boshqarish va boshqalar bilan
bog‘liq masalalarni yechadi.
Axborot logistik tizimlari korxonani boshqarish tizimining ierarxik tuzilmasiga
mos keladi va uchta darajadan iborat bo‘ladi:
Birinchi daraja – logistik operatsiya amalga oshirilayotgan ish joyi.
Ikkinchi daraja – ish joylari joylashgan va yuklarni tashishi amalga
oshirilayotgan uchastka, tsex, omborlar.
Uchinchi daraja – xom ashyoni tushirib olishdan tayyor mahsulotni yetkazib
borishgacha bo‘lgan voqealar zanjirini qamrab oluvchi transport va yuklarni tashish
tizimi.
Bu
uchta
darajalardan
keladigan
axborot
bitta
axborot
tizimiga
integratsiyalashadi. Vertikal va gorizontal integratsiyalar ajratiladi.
Vertikal integratsiya rejali, dispozitiv va bajaruvchi tizimlar orasida aloqani
vertikal axborot oqimlari orqali ta’minlaydi.
Gorizontal integratsiya deb dispozitiv va bajaruvchi tizimlarning alohida
komplekslari orasida aloqaning gorizontal axborot oqimlari orqali ta’minlashga
aytiladi.
Axborot logistik tizimlarning tuzilishi va faoliyat ko‘rsatishi.
Axborot logistik tizimlarning qurilish tamoyillari.
Tizimlarning faoliyat ko‘rsatishi.
Axborot logistik tizimlarning kurilish tamoyillari. Axborot logistik
tizimlarning shakllanishi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- tizim shunday tuzilishi kerakki, axborotni uzatish, uni qayta ishlash, saqlash
va qo‘llashda korxonaning hamma bo‘linmalari ehtiyojlari hisobga olinsin;
- axborot tizimi korxonaning yetkazib beruvchilar, xaridorlar hamda jo‘natuv,
oraliq omborxonalari va iste’molning hamma nuqtalari bilan zarur o‘zaro aloqalarni
ta’minlab berishi kerak;
Ilmiybaza.uz
- logistik tizimlarning darajalari o‘rtasida axborot almashinuvi minimal lekin
boshqaruv ehtiyojlarini ta’minlaydigan bo‘lishi kerak;
- axborot xarakteri boshqaruv tizimidagi aniq bir iste’molchiga yo‘naltirilgan
bo‘lishi kerak;
- tizimni kurishda apparat va dastur modellar tamoyili hisobga olinishi zarur;
- muhim talab bo‘lib tizimda qo‘llanilayotgan hujjatlarni soddalashtirish va
standartlash hisoblanadi.
Tadbirkorlikda axborot texnologiyalaridan foydalanish va O‘zbekistonda
kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning logistik ko‘rsatkichlari
Axborot resurslarini shakllantirish va undan foydalanish tadbirkorlik faoliyati
yagona iqtisodiy axborot makoni yaratilishidagi eng muhim yechilishi kerak bo‘lgan
muammolardan biridir. Zamonaviy biznes axborot texnologiyalari tadbirkorlik
axboroti ma’lumotlar bazasi va bankidan tashkil topib, bular jamiyatning barcha
axborot resurslari bilan uzluksiz tarzda bog‘langan bo‘lishi kerak.
Ushbu ish doirasida, tadbirkorlar axborot muhitida O‘zbekiston Respublikasi
tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolari o‘rtasida olib borilgan
tadqiqotlar, muvaffaqiyatli biznes uchun nisbatan muhim bo‘lgan tadbirkorlik
axboroti sektorlarini aniqlash imkonini berdi. 9-jadvalda tadbirkorlik axboroti
to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan bo‘lib, u yoki bu axborotni afzal ko‘rishlariga
ko‘ra, so‘ralganlar (% da) joylashtirilgan.
Tahlil natijasi shuni ko‘rsatadiki, hisobga olingan ma’lumot bazalarining (MB)
84%i davlat sektoriga tegishlidir. Hozirgi paytda ishbilarmonlik va tijorat
axborotlari MB ning shakllanishi va rivojlanishi iqtisodiyotining nodavlat sektorida
ro‘y bermoqda. Bugungi kunda yuzlab axborot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi
tashkilotlar va axborot xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar ishlab turibdi.
9-jadval
Tadbirkorlik faoliyatida axborotlarga mazmunan
qiziqishlarning tasniflanishi
№
Axborotlar rubrikasi
%
1.
Hamkorlar ishonchliligi to‘g‘risida
70
Ilmiybaza.uz
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.
14.
15.
16.
17.
18.
19.
20.
21.
22.
Tadbirkorlik axboroti manbalari to‘g‘risida
Narxlar va narx hosil bo‘lishi to‘g‘risida
Xo‘jalik shartnomalari va bahslar, arbitraj to‘g‘.
Banklar to‘g‘risida
Investitsiya kompaniyalari, fondlar, birjalar to‘g‘.
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida
Kredit bozorlari holati to‘g‘risida
Fond, qimmatli qog‘ozlar bozori holati to‘g‘risida
Korxonalar, firmalar (manzillar, ish ko‘rsatkichlari)
to‘g‘risida
Mulk bozori to‘g‘risida
Mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish bozori holati
to‘g‘risida
Respublika iqtisodiyotida chet ellik sheriklar ishtiroki
to‘g‘risida
Qonunchilik to‘g‘risida
Tadbirkorlik birlashmalari, assotsiatsiyalar to‘g‘.
Marketing tadqiqotlari natijalari to‘g‘risida
Islohotlar, sanatsiyalar, firmalar tugatilishi to‘g‘.
Reklama agentliklari to‘g‘risida
Auditorlik firmalari to‘g‘risida
Sug‘urta kompaniyalari, pensiya jamg‘armalari to‘g‘.
Tijorat takliflari to‘g‘risida
Ko‘rgazmalar va yarmarkalar to‘g‘risida
56
49
45
30
35
30
35
30
30
39
26
30
26
24
20
24
20
15
16
13
14
Tizimning faoliyat ko‘rsatishi. Moddiy oqimlarni boshqarishda tizimga
berilganlarni kiritish moddiy oqim paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Shu daqiqadan
boshlab yuklar harakatining barcha jarayonlari (qayta yuklash, omborda
joylashtirish, ushlab qolish va hokazo) qamrab olingan holda EHMning operativ
xotirasiga joylashtiriladi.
Ilmiybaza.uz
Belgilangan
muddatlarda
yoki
talabnomalar
bo‘yicha
axborotlar
foydalunuvchiga kelib tushadi va qarorlarni qabul qilishda qo‘llaniladi.
Axborot logistik tizimlar korxonada tashkil etilishi, regionni qamrashi va
ratsional masshtabda faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Teskari aloqaga ega axborot tizimini boshqarish
Teskari aloqaga ega axborot tizimi tushunchasi asosiy tuzilmani tuzishda,
logistik tizimni boshqarishdagi jarayonlarning turli tomonlarini integratsiyalashda
asos bo‘lib xizmat qiladi. Teskari aloqaga ega axborot atrof - muhit imkoniyati
yaratilgan, ma’lum to‘g‘ri qarorlar qabul qilinib, ular shu muhitni yaxshilashga ta’sir
ko‘rsatgan joyda mavjud bo‘ladi va EHM bazasida logistik axborot tizimlarini
ko‘rish mobaynida bir qancha tamoyillarga rioya qilinadi va ular quyidagi
tamoyillarga amal qiladi.
1. Apparat va axborot modullarini ishlatish tamoyili. Apparat moduli asosida
radio apparaturalar bosh vazifasini mustaqil bajarilgan buyum sifatida tushuniladi.
Dastur va apparat modullari tamoyiliga rioya qilish shuni taqozo etadi: -
boshqaruvning turli darajalaridagi, hisoblash texnikasi va dasturlar bilan ta’minlash;
- logistika axborot tizimlari vazifasi foydasini ko‘tarish; - ular narxini tushirish;
2. Sharoitdan kelib chiqqan holda bosqichma - bosqich tizimini yaratish
tamoyili.Boshqa avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari kabi EHM bazasida
qurilgan logistika axborot tizimlari doimiy rivojlanishdagi tizimdir. Bu shuni
bildiradiki, loyhalashtirilayotgan vaqtda doimiy avtomatlashtirilgan ob’ektlarning
o‘sishini oldindan ko‘rish, axborot tizimlari orqali tarqatilayotgan vazifalar va
yechiladigan masalalar sonini kengaytirish. Lekin shuni nazarda tutish kerakki,
birinchi o‘rinli masalalarni tanlash logistik axborot tizimlarining rivojlanishi va uni
foydali ishlatishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
3. To‘g‘ri kelgan joyini juftlash. To‘g‘ri kelish joylarida, material va axborotlar
to‘plami, o‘z vazifasi chegarasidan o‘tib ketadi. Shu to‘g‘ri kelish joylaridan