Ilmiybaza.uz
LOGISTIKA TIZIMIDA ZAHIRALARNI BOSHQARISH
Reja:
Zaxiralarni boshqarish va tovar siyosati
Zahiralarning belgilanishi va turlari.
Moddiy zaxiralarni boshqarish tizimi
Zahiralarni boshqarish tizimida xarajatlar.
Zahiralarni nazorat qilish va boshqarish strategiyalari.
Zahirani optimallashtirish.
Ilmiybaza.uz
Tayanch iboralar: Logistikada zahiralarni boshqarish, tovar siyosati, zahira
belgilari va turlari, tizim, moliya mablag‘lari, maxsus jihozlangan xonalar,
xodimlar, yo‘qotishlar, talab, vaqt, ombor, sotuv, buyurtma, ehtiyot qismlar, tayyor
mahsulot, kafolat zahirasi.
6.1. Zaxiralarni boshqarish va tovar siyosati
Tabiatdan olingan xom ashyo oxirgi iste’molchiga tayyor mahsulot
ko‘rinishida yetib borgunga qadar harakatlanadi, boshqa materiallar bilan aloqada
bo‘ladi, unga qayta ishlov beriladi va hokazo. Moddiy harakatlanuvchi zanjir
bo‘yicha harakatlanib, xom ashyo (keyinchalik yarim tayyor va tayyor mahsulot)
doimo to‘xtab qoladi, u yoki bu ishlab chiqarish yoki logistika operatsiyasida o‘z
navbatini kutadi.
Zaxiralar to‘g‘risidagi umumiy qabul qilingan ta’rif quyidagilar: moddiy zaxira
- ishlab chiqarish va muomalaning har xil bosqichlarida bo‘lgan sanoat - texnik
mo‘ljaldagi mahsulot ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste’mol jarayoniga kirishni
kutayotgan xalq iste’moli tovarlari va boshqa tovarlardir.
Zaxiralarni tashkil etish doimo harajatlar bilan bog‘liqdir. Zaxiralarni tashkil
qilish va saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy harajatlar quyidagicha:
- muzlatilgan moliya mablag‘lari;
- maxsus jihozlangan xonalarni tashkil etish bo‘yicha harajatlar;
- maxsus xodimlarning ish haqlari;
- buzilishi, o‘g‘rilikning doimiy tavakkali.
Zaxiralarning mavjudligi - harajatlar. Ammo zaxiralarning mavjud emasligi
ham harajatlar, lekin ular har xil yo‘qotishlar shaklida bo‘ladi. Zaxiralarning mavjud
emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy yo‘qotishlar quyidagicha:
- ishlab chiqarishning turib qolishidagi yo‘qotishlar;
- talab mavjud bo‘lgan vaqtda omborda tovar yo‘qligi natijasidagi yo‘qotishlar;
- yuqori narxlarda kichik hajmdagi tovar to‘dalarini sotib olish natijasidagi
yo‘qotishlar va boshqalar.
Ilmiybaza.uz
Quyida moddiy zaxiralarni tashkil etish uchun qanday asoslar borligi sanab
o‘tilgan:
- mustahkamlangan yetkazib berilish jadvalining buzilishi ehtimoli. Bunda
ishlab chiqarish jarayoni to‘xtab qolmasligi uchun zaxira kerakdir. Bu, asosan
uzluksiz ishlab chiqarish davriga ega bo‘lgan korxonalar uchun muhimdir;
- talab tebranishi ehtimoli. Biror - bir tovar guruhiga talabni oldindan ayta bilish
mumkin, ammo aniq tovarga talabni istiqbollash qiyindir. Shuning uchun tovarning
yetarli zaxirasiga ega bo‘linmasa, talabning qondirilmaslik ehtimoli bor, ya’ni mijoz
orqaga xaridsiz va pul bilan qaytadi;
- ba’zi tovar turlarining mavsumiy ishlab chiqarish tebranishlari, asosan qishloq
xo‘jaligi mahsulotlariga tegishlidir;
- yirik tovar to‘plamasini sotib olganlik uchun chegirmalar ham zaxiralarni
tashkil yetish sababi bo‘lib qolishi mumkin;
- olibsotarlik natijasida ba’zi bir tovarlar narxi tez ko‘tarilishi mumkin. Bu narx
ko‘tarilishini oldindan ko‘rib bilgan korxona bozor narxining ko‘tarilishi natijasida
foyda olish maqsadida tovarlar zaxirasini tashkil etadi;
- buyurtmani qayd etish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar har bir yangi
buyurtmani qayd yetish qator ma’muriy xarakterdagi harajatlar bilan bog‘liq
(etkazib beruvchini qidirish, u bilan muzokaralar o‘tkazish, mehnat yo‘llanmalari va
boshqalar). Bu harajatlarning buyurtmalari sonini kamaytirish natijasida yangi
buyurtirilgan to‘dalar hajmini oshirish natijasida va zaxirani tashkil etish natijasida
kamaytirish mumkin;
- ishlab chiqarish va taqsimlash bo‘yicha jarayonlarni bir tekis tashkil yetish
imkoniyati. Faoliyatning bu ikki turi bir-biri bilan bog‘liqdir: ishlab chiqarilgan
mahsulot taqsimlanadi. Zaxiralar mavjud emasligida taqsimlash tizimidagi moddiy
oqimlar tezkorligi o‘zgarishiga mos holda o‘zgaradi. Taqsimlash tizimidagi
zaxiralarning mavjudligi realizatsiya jarayonini ishlab chiqarishdagi shart -
sharoitdan qat’iy nazar, muntazam tashkil yetishga imkoniyat yaratadi. O‘z
navbatida, ishlab chiqarish zaxirasining mavjudligi xom ashyo va yarim tayyor
Ilmiybaza.uz
mahsulotlarni yetkazib berishdagi uzilishlarni tekislaydi, ishlab chiqarish
jarayonining tekis borishini ta’minlaydi;
- xaridorlarga zudlik bilan xizmat ko‘rsatish imkoniyati.
Xaridorning buyurtmasini quyidagi usullarning biridan foydalanib, bajarish
mumkin:
a) buyurtma qilingan tovarni ishlab chiqarish;
b) buyurtma qilingan tovarni sotib olish;
v) buyurtma qilingan tovarni mavjud bo‘lgan zaxiradan olib berish.
So‘nggi usul eng qimmat usul hisoblanadi, chunki zaxiralar saqlanishini talab
yetadi. Ammo raqobat sharoitida:
- buyurtmani tezda bajarish xaridor uchun kurashda hal qiluvchi omil
hisoblanishi mumkin;
- ehtiyot qismlari yo‘qligi natijasida ishlab chiqarishning turib qolishini
minimumga olib kelish;
- ishlab chiqarishning boshqarish jarayonini yengillashtirish.
Korxona ichida ishlab chiqarish jarayonining har xil bosqichlarida yarim tayyor
mahsulotlar zaxiralarini yaratish.
Yuqorida sanab o‘tilgan sabablar shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlar ishlab
chiqarishda ham, savdoda ham zaxiralarni tashkil etishi lozimdir, aks holda,
muomala harajatlari ko‘payadi, ya’ni foyda kamayadi.
Zaxiralarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqishga korxonalarning tovar
siyosati e’tiborga olinadi. Tovar xaridorning istakehtiyojlarini qondirish, unga foyda
olib kela oladigan fizik ob’ekt yoki xizmat, shuningdek, ramziy xususiyatlar va
majburiyatlar. Shu tomondan, tovar xaridor nuqtai nazaridan ko‘riladi. Xaridor
faqatgina tovarni fizik ob’ekt sifatida emas, balki bu tovar sotilishiga yordam
beradigan xizmatlarni ham sotib oladi. Shunday qilib, aytish mumkinki, tovarlar
moddiy, xizmatlar esa mavhum, ammo birinchilari ham, ikkinchilari ham xaridor
talabini qondirishga mo‘ljallangan va logistikaning o‘rganish predmeti hisoblanadi.
Logistikada tovar tushunchasi o‘z ichiga haqiqiy tovarni moddiy shaklda oladi,
xizmat esa tovarning harakatlanish usullari sotish, rag‘batlantirish, mahsulot sifatini
Ilmiybaza.uz
yaxshilash bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayonlari tushuniladi. Tovar birlamchi,
ya’ni mahsulotning aniq maxsus turida ko‘rinishi mumkin. Tovar assortimenti va
tovar nomenklaturasi tushunchalari mavjud. Tovar assortimenti - o‘zaro bir yoki
undan ko‘p belgi bo‘yicha bir - biri bilan bo‘lgan tovar guruhidir: umumiy xaridor
guruhi, umumiy taqsimlash kanali, narxlarning o‘xshash kengligi. Tovar
nomenklaturasi - savdoga taklif etiladigan barcha tovar assortimenti guruhlari tovar
birliklarining
yig‘indisidir.
Tovar
nomenklaturasi
uch
ko‘rsatkich
bilan
xarakterlanadi:
1. Kenglik.
2. Chuqurlik.
3. Ketma - ketlik.
Tovar nomenklaturasining kengligi - har bir assortiment guruhining umumiy
yig‘indisi. Tovar nomenklaturasining guruhliligi - har bir assortiment guruhida
alohida tovar turining soni. Tovar nomenklaturasining ketma-ketligi - oxirgi
iste’mol, taqsimlash kanallari va boshqa ko‘rsatkichlari nuqtai nazaridan har xil
assortiment guruh tovarlar o‘rtasidagi yaqinligi darajasini belgilaydi.
Tovar siyosati mahsulot zaxiralarini korxonalarda shakllantiradi. Logistikada
«aniq muddat» tamoyili zaxiralarni qisqartirish yoki yo‘qotgan uchun xaridda
ishlatiladi. Kerakli material mos bo‘lgan tovar taqsimlash markazida, kerakli vaqtda
va uni buyurtmadan o‘ng yo‘qotishlarsiz va yaxshi holatda yetkazib berish ko‘zda
tutiladi. «Aniq muddatga» tamoyili uzoq muddatga mo‘ljallangan va xizmat
ko‘rsatkichlarining yuqori sifatini ta’minlovchi bir kechada ishonchli yetkazib
beruvchilarni ko‘zda tutadi. Ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar orasidagi
yaqin hamkorlik buyurtmani loyihalashtirish, sifat ustidan nazoratni ta’minlash,
ishlab chiqarishning barqaror jadvallarini ishlab chiqishda o‘zaro aloqadorlikni
ko‘zda tutadi. Bu uslub bo‘yicha mahsulotning omadli sotilishi uchun transport turi
va tovarni unga ortish turi katta ahamiyatga ega. Shuningdek, ayrim kompaniyalar
«aniq muddatga» uslubidan foydalanish uchun, yetkazib beruvchilar sonini
kamaytirib, ularni o‘z korxonalariga geografik yaqinlashtiradilar.
Ilmiybaza.uz
Aytib o‘tilganidek, zaxira tushunchasi moddiy ishlab chiqarishning barcha
sohalarini qamrab oladi, chunki xom ashyoning birinchi manbadan so‘nggi
iste’molgacha bo‘lgan harakatida moddiy oqim barcha maydonchalarda zaxira
ko‘rinishida yig‘ilishi mumkin. Bunda har bir maydonchada moddiy zaxiralarni
boshqarish o‘z xususiyatiga ega. Xom ashyoni mahsulotga aylantirish yo‘lida va bu
mahsulotning so‘nggi iste’molchiga yetkazilishida zaxiralarning ikki asosiy turi
tashkil ätiladi:
1. Ishlab chiqarish zaxiralari.
2. Tovar zaxiralari.
O‘z navbatida, bu zaxiralardan har biri uch turga bo‘linadi:
a) joriy zaxiralar;
b) sug‘urta zaxiralari;
v) mavsumiy zaxiralar.
Moddiy zahira tushunchasi. Moddiy zahiralar – bu ishlab chiqarish
jarayoniga yoki shaxsiy iste’molga kirishini kutayotgan xom ashyo, materiallar,
yig‘uvchi qismlar, tayyor mahsulot va boshqa moddiy qiymatlardir.
Korxonada zahiralarning asosiy qismini moddiy oqimni texnologik qayta
ishlanishining har xil bosqichlarida uning tarkibiga kirib keladigan ishlab chiqarish
predmetlari tashkil etadi.
Moddiy zahiralarni tashkil etish sabablari. Korxonada zahiralar ikkita asosiy
sabab bo‘yicha tashkil etiladi:
1. Kelib tushishning hajmi bitta iste’mol hajmiga mos kelmasligi.
2. Material kelib tushishi bilan uning iste’moli orasida vaqt o‘zgarishlarining
mavjudligi;
Xom ashyo materiallarini yetkazib berish, ko‘p hollarda davriy ravishda amalga
oshiriladi, ularning iste’moli, asosan, uzluksiz bo‘ladi va kelib tushish vaqti bilan
mos kelmaydi. Har bir korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida xom -
ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i va boshqa resurslarning
ma’lum turdagi zahiralari tashkil etiladi. Zahiralarni tashkil etishga olib keladigan
ba’zi bir boshqa sabablar ham mavjud. Bular – narxlarning mavsumiy o‘zgarishi;
Ilmiybaza.uz
yetkazib berishlarning qabul qilingan grafigining buzilishi (kirib kelayotgan moddiy
oqim intensivligining kutilmagan pasayishi); talabning o‘zgarishi (chiqib
ketayotgan oqim intensivligining kutilmagan holda oshishi) va boshqalar.
Moddiy zahiralarning turlari. Xom ashyoni mahsulotga aylanish yo‘lida va
mahsulotning oxirgi iste’molchigacha bo‘lgan harakatida zahiralarning ikkita asosiy
turi tashkil etiladi: ishlab chiqarish va mahsulot zahiralari.
Ishlab chiqarish zahiralari iste’molchi–tashkilotlarida shakllantiriladi va ishlab
chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashga mo‘ljallangan. Mahsulot
zahiralari ishlab chiqaruvchi korxonalarda tayyor mahsulot zahiralaridan hamda
mahsulotni
yetkazib
beruvchidan
iste’molchiga
qaratilgan
harakatidagi
zahiralardan, ya’ni ulgurji va chakana savdo korxonalari, tayyorlov tashkilotlari va
yo‘ldagi zahiralardan iborat. Ular iste’molchilarning moddiy resurslar bilan uzluksiz
ta’minlanishi uchun zarur.
Ishlab chiqarish va mahsulot zahiralari joriy, tayyorlov, sug‘urta va
mavsumiylarga bo‘linadi.
Joriy zahiralar korxonada yetkazib berishlar o‘rtasidagi interval ichida uzluksiz
ishni ta’minlash va mahsulot partiyalarini optimal miqdorda ishlab chiqarish uchun
zarur. Zahiralarning bu qismi bir tekis va vaqtida ta’minot sharoitlarida yetkazib
berish va bir martalik iste’mol hajmlarining mos kelmasligi, hamda material harakati
bilan bog‘liq bo‘lgan to‘xtashlar natijasida shakllanadi.
Tayyorlov zahiralari materiallarni ishlatishga tayyorlash va ularni ish joylariga
yetkazib berish davrida uzluksiz ishni ta’minlash uchun tashkil etiladi.
Kafolatlangan (sug‘urta) zahiralar ta’minot jarayonidagi uzilishlar yoki ishlab
chiqarish hajmidagi o‘zgarishlar vujudga kelgan holatlarda korxonaning ishini
ta’minlash uchun zarur. Bu zahiralar yordamida haqiqiy talabni bashorat
qilinganida,
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotning
haqiqiy
hajmini
rejalashtirilgandan va har xil operatsiyalar bajarilishining haqiqiy muddatlarini
rejadagilardan chetlashishlari qoplanadi.
Mavsumiy zahiralar ishlab chiqarish yoki iste’mol hajmining mavsumiy
o‘zgarishlari bilan asoslanadi. Bu zahira bashorat qilinayotgan (mavsumiy)
Ilmiybaza.uz
talabning o‘sishini qondirishga, hamda dam olishlar davrida korxona quvvatining
pasayishiga mo‘ljallagan.
6.2. Zaxiralarning belgilanishi va turlari
Aytib o‘tilganidek, zaxira tushunchasi moddiy ishlab chiqarishning barcha
sohalarini qamrab oladi, chunki xom ashyoning birinchi manbadan so‘nggi
iste’molgacha bo‘lgan harakatida moddiy oqim barcha maydonchalarda zaxira
ko‘rinishida yig‘ilishi mumkin. Bunda har bir maydonchada moddiy zaxiralarni
boshqarish o‘z xususiyatiga ega. Xom ashyoni mahsulotga aylantirish yo‘lida va bu
mahsulotning so‘nggi iste’molchiga yetkazilishida zaxiralarning ikki asosiy turi
tashkil ätiladi:
1. Ishlab chiqarish zaxiralari.
2. Tovar zaxiralari.
O‘z navbatida, bu zaxiralardan har biri uch turga bo‘linadi:
a) joriy zaxiralar;
b) sug‘urta zaxiralari;
v) mavsumiy zaxiralar.
Moddiy zaxiralarining asosiy turlari. Zaxiralar yetkazib beruvchi, ishlab
chiqaruvchi va iste’molchi orasidagi bevosita bog‘lanishni kuchsizlantirish uchun
xizmat qiladi. Zaxiralar mavjudligi ishlab chiqarishni optimal xizmatdagi partiyalar
bilan yetkazib berilayotgan xom ashyo bilan ta’minlashga, shuningdek xom ashyoni
optimal hajmdagi tayyor mahsulotga aylantirish imkonini beradi. Xom ashyo
zaxiralari shu xom ashyoni yetkazib beruvchining mahsulot ishlab chiqaruvchiga
bo‘lgan bog‘lanishini kuchsizlantiradi. Ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan yarim
tayyor mahsulotlar zaxirasi alohida sexlarning bir - biriga bo‘lgan bog‘lanishini
kamaytiradi.
Zaxiralar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Bufer zaxiralar yetkazib beruvchi va iste’molchilar orasida tashkil yetiladi.
Bu zaxiralar materiallar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan qoplamalar uchun o‘z vaqtida
Ilmiybaza.uz
yetib kelmaslikni to‘ldirish, mahsulotni xarid qilish imkoniyatini ta’minlash,
shuningdek, mahsulotni qulay hajmdagi partiyalar bilan ishlab chiqarish uchun
ishlatiladi.
2. Tayyor mahsulot zaxiralari qulay hajmdagi mahsulot partiyalari bilan ishlab
chiqarishni ta’minlash, kutilayotgan talabni qondirish, haqiqiy talabning
istiqbollashgan zaxiradan farqlanishini qoplash maqsadlariga xizmat qiladi.
3. Ushlanib qolishlarni qoplash uchun zaxiralar material resurslarning
harakatlanishi bilan bog‘liqdir. Agar ushlanib qolish vaqti ma’lum bo‘lsa, bunday
zaxiralar hajmini aniqlash qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.
4.
Kutilayotgan
talabni
qondirish
uchun
kerak
bo‘lgan
zaxiralar
istiqbollashayotgan talabni qoplash uchun xizmat qiladi. Talabning moddiy
zaxiralar, ishlab chiqarish zaxiralari, tovar zaxiralari, joriy zaxiralar, sug‘urta
zaxiralari, mavsumiy zaxiralar hajmi va vaqti aniq hisoblangani uchun bunday
zaxiralarning aniqlanishi qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.
5. Kafolat zaxirasi talabning aniqlab bo‘lmaydigan o‘sishini qondirish uchun
xizmat qiladi. Bu zaxiralarning mavjudligi haqiqiy talabning istiqbollashayotgan
talabdan farqini qoplaydi.
Logistika kontseptsiyasining amaliyotda qo‘llanishi korxona va firmalarda
yalpi zaxiralarning muvofiqligi bilan bog‘lanadi. Zaxiralarni qulaylashtirish mezoni
xarid bo‘yicha harajatlar mahsulotning yo‘qligi natijasida hisoblanadi.
Xarid bo‘yicha harajatlarga quyidagilar kiradi: buyurtmani qayd etish bo‘yicha
harajatlar; yetkazib beruvchilar bilan yetkazib berilgan tovarlar va kommunikatsiya
haqida shartnomani qayd etish bo‘yicha harajatlar, agar transportda tashish narxi
qabul qilinayotgan tovarning narxiga kirmasa; transport harajatlari, tovarni qabul
qilish va omborda saqlash harajatlari. Bularning ayrimlari buyurtmada belgilanadi
va buyurtma hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Boshqalari esa, masalan, transport va
ombor harajatlari buyurtma hajmiga proporsional bog‘liqdir.
Zaxirani saqlash bo‘yicha harajatlar omborda mahsulotni ma’lum vaqt
davomida saqlash harajatlari bilan belgilanadi va bevosita ombordagi mahsulot
hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Bunga ombor harajatlari, renta harajatlari (agar inshoot
Ilmiybaza.uz
ijara qilingan bo‘lsa), ishlab chiqaruvchi birlikka tegishli omborlarning mohiyati
uchun joriy harajatlari kiradi. Bu tur harajatlarga kapital harajatlar kiradi. Bu
guruhga, shuningdek sug‘urta va soliq harajatlari ham kiritiladi. Sug‘urta harajatlari
zaxira yong‘in yoki o‘g‘irlik natijasida yo‘qolishlaridan himoya sifatida ishlatiladi.
Zaxiralar hisoblangan kun bo‘yicha soliqqa tortiladi. Bu guruhga tabiiy ofat va
zaxiralarning buzilishlari natijasidagi yo‘qotishlar ham kiritiladi.
Mahsulot yo‘qligi natijasida ishlab chiqaruvchi omborda mahsulot yo‘q
bo‘lganligi natijasida to‘satdan hosil bo‘lgan talabni qondira olmaydigan
yo‘qotishlarga duch keladi. Bu yo‘qotishlar ikki turga bo‘linishi mumkin:
1. Yo‘qotilgan sotishlar qiymati, bunda buyurtmachi o‘z buyurtmasini boshqa
ishlab chiqaruvchiga beradi. Bu usulda harajatlar ko‘zda tutilgan harajatlardan foyda
yo‘qotish bilan aniqlanadi.
2. Buyurtmachi buyurtma berilishini kutib turadi. Sotuvlar yo‘qotilmagan, balki
surilgandir. Ammo kutish qo‘shimcha harajatlarni, buyurtmani qayd etish uchun,
transport va ombor harajatlari va boshqalarni tug‘dirishi mumkin. Bu harajatlarni
aniqlash qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.
6.3. Moddiy zaxiralarni boshqarish tizimi
Zaxiralarni boshqarish ularning haqiqiy holatini nazorat qilishni tashkil etishni
ham ko‘zlaydi. Zaxiralarning holati ustidan nazorat zaxiralarning me’yorlari
cheklanishini aniqlash maqsadida ishlab chiqarish texnik tayinlanishidagi
mahsulotlar va xalq iste’mol tovarlarining zaxiralar darajasini o‘rganish, boshqarish
va chetlanishlarni yo‘q qilish uchun tezkor choralarni ko‘rish hisoblanadi. Zaxiralar
holati ustidan nazoratning kerakligi zaxiralarning me’yorida ko‘zlangan
chegaralardan haqiqiy zaxira hajmining chiqib ketish holatida harajatlarning ortishi
bilan shartlangan. Zaxira holati ustidan nazorat zaxiralarning hisobi, moddiy
resurslarning qayta ro‘yxatga olinishi, inventarizatsiya ma’lumotlari asosida yoki
kerak bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda nazoratning har xil
uslublaridan foydalaniladi. Quyida ulardan eng ko‘p uchraydigan ikki uslubi ko‘rib
Ilmiybaza.uz
o‘tilgan. Birinchi uslubda, korxona yetkazib beruvchiga buyurtmani yuborish davr
oralig‘i o‘zgarmasdir (buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig‘i tizimi).
Ikkinchi uslubning mohiyati shundaki, biror - bir tovarning zaxirasi oldindan
belgilangan eng kam qiymatiga etish bilan, bu tovar buyurtma qilinadi. Bunda
buyurtirilgan partiyaning hajmi har doim bir xildir (buyurtmaning qat’iy belgilangan
hajmi tizimi).
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig‘idagi zaxiralarning holati
ustidan nazorat qilish tizimi. Bu tizim bo‘yicha zaxiralarning holati ustidan nazorat
bir xil vaqt oralig‘ida qoldiqlar inventarizatsiyasini o‘tkazish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Tekshirish natijalari bo‘yicha tovarning yangi partiyasini yetkazib
berishga buyurtma belgilanadi. Buyurtma qilinayotgan tovar partiyasining hajmi
maksimal tovar zaxirasining ko‘zlangan me’yoriy va haqiqiy zaxirasi orasidagi farq
bilan aniqlanadi. Buyurtmani bajarish uchun aniq vaqt oralig‘i kerak bo‘lgani uchun,
buyurtma qilinayotgan partiyaning o‘lchami bu davrda kutilayotgan harajat
o‘lchamiga ortadi.
6.4 Zahiralarni boshqarish tizimida xarajatlar
Moddiy zaxiralarni boshqarish tizimi Zaxiralarni boshqarish ularning
haqiqiy holatini nazorat qilishni tashkil etishni ham ko‘zlaydi. Zaxiralarning holati
ustidan nazorat zaxiralarning me’yorlari cheklanishini aniqlash maqsadida ishlab
chiqarish texnik tayinlanishidagi mahsulotlar va xalq iste’mol tovarlarining zaxiralar
darajasini o‘rganish, boshqarish va chetlanishlarni yo‘q qilish uchun tezkor
choralarni ko‘rish hisoblanadi. Zaxiralar holati ustidan nazoratning kerakligi
zaxiralarning me’yorida ko‘zlangan chegaralardan haqiqiy zaxira hajmining chiqib
ketish holatida harajatlarning ortishi bilan shartlangan. Zaxira holati ustidan nazorat
zaxiralarning hisobi, moddiy resurslarning qayta ro‘yxatga olinishi, inventarizatsiya
ma’lumotlari asosida yoki kerak bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda
nazoratning har xil uslublaridan foydalaniladi. Quyida ulardan eng ko‘p uchraydigan
ikki uslubi ko‘rib o‘tilgan. Birinchi uslubda, korxona yetkazib beruvchiga
Ilmiybaza.uz
buyurtmani yuborish davr oralig‘i o‘zgarmasdir (buyurtmaning qat’iy belgilangan
davr oralig‘i tizimi). Ikkinchi uslubning mohiyati shundaki, biror - bir tovarning
zaxirasi oldindan belgilangan eng kam qiymatiga etish bilan, bu tovar buyurtma
qilinadi. Bunda buyurtirilgan partiyaning hajmi har doim bir xildir (buyurtmaning
qat’iy belgilangan hajmi tizimi).
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig‘idagi zaxiralarning holati
ustidan nazorat qilish tizimi. Bu tizim bo‘yicha zaxiralarning holati ustidan nazorat
bir xil vaqt oralig‘ida qoldiqlar inventarizatsiyasini o‘tkazish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Tekshirish natijalari bo‘yicha tovarning yangi partiyasini yetkazib
berishga buyurtma belgilanadi. Buyurtma qilinayotgan tovar partiyasining hajmi
maksimal tovar zaxirasining ko‘zlangan me’yoriy va haqiqiy zaxirasi orasidagi farq
bilan aniqlanadi. Buyurtmani bajarish uchun aniq vaqt oralig‘i kerak bo‘lgani uchun,
buyurtma qilinayotgan partiyaning o‘lchami bu davrda kutilayotgan harajat
o‘lchamiga ortadi.
Moddiy oqimlarni boshqarish kontseptsiyasini amaliyotda qo‘llanilishi
zahiralar yig‘indisini optimallashtirish bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘liq. Zahiralarni
optimallashtirishning mezoni bo‘lib, buyurtmalarni bajarishga va materiallarni
saqlashga ketadigan umumiy xarajatlar hisoblanadi.
Materiallarni xarid qilish va saqlash tizimida xarajatlar quyidagi guruhlarga
ajratiladi:
Buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar;
Xarid narxi bilan belgilanadigan to‘g‘ridan – to‘g‘ri xarajatlar;
Zahiralarni saqlashga ketadigan xarajatlar;
«defitsit» (kamomat) natijasidagi yo‘qotishlar.
Buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar, buyurtmani joylashtirish va
yetkazib berish bilan bog‘liq. Ular qatoriga xarajatlarning quyidagi statiyalari (tur)
taalluqli: yetkazib berish shartlarini ishlab chiqish va ularni qabul qilishni
tayyorlashga ketadigan xarajatlar; buyurtma bajarilishi ustidan nazorat va ularning
bajarilish muddatlarini qisqartirish bilan bog‘liq xarajatlar; transport xarajatlari
Ilmiybaza.uz
(agar tashishga ketadigan mablag‘lar qabul qilinayotgan tovar qiymatiga kirmasa);
buyurtmani qabul qilish va omborga joylashtirishga ketadigan xarajatlar.
Bularning ba’zilari buyurtmada joylashtiriladi va hajmga bog‘liq bo‘lmaydi,
boshqalari, masalan transport va ombor xarajatlari, to‘g‘ridan - to‘g‘ri buyurtma
miqdoriga bog‘liq.
Umuman olganda buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar hamma turdagi
xarajatlarni o‘zining tarkibiga oladi, ularning miqdori esa bajarilayotgan
buyurtmalar soniga bog‘liq bo‘ladi.
To‘g‘ridan–to‘g‘ri xarajatlar xarid qilinayotgan materiallar narxi bilan
belgilanadi va buyurtma partiyasining o‘sishida o‘rnatiladigan ulgurji narxlarning
arzonlashishiga qarab o‘zgaradi.
Zahiralarni saqlashga ketadigan xarajatlar materiallarni saqlash xarajatlari va
zahiralarning mavjudligi bilan aniqlanadi.
Xarajatlarning bu guruhiga quyidagi statiyalar kiradi: zahiralarga qo‘yilgan
kapitaldan olinishi mumkin bo‘lgan foiz stavkasi; ombor operatsiyalariga ketadigan
xarajatlar va ombor ijarasi uchun to‘lov; ishlab chiqarish birligiga qarashli bo‘lgan
omborxonalarni ishlatish bilan bog‘liq joriy xarajatlar; sug‘urta va soliq xarajatlari.
Zahiralarni kamaytirish ombor xarajatlari va u bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning
kamayishiga olib keladi.
Defitsit (kamomat) natijasida yo‘qotishlar, qandaydir davr ichida u yoki bu
moddiy resurslarning cheklanganligi natijasida yuzaga keladigan xarajatlardan
iborat. Yo‘qotishlarning bu guruhiga quyidagilar taalluqli:
zarur materiallar yo‘qligi natijasida ishlab chiqarish jarayonining to‘xtashi
hamda materialni boshqa qimmatrog‘iga almashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab
chiqarishdagi yo‘qotishlar;
buyurtma bajarilmagan holatda iste’molchining boshqa ishlab chiqaruvchiga
murojaat qilishi natijasidagi yo‘qotishlar (bu holatda defitsit natijasidagi xarajatlar,
foyda yo‘qotishlari deb qaraladi);
buyurtma bajarilishini kutib qolish holatida vujudga keladigan qo‘shimcha
xarajatlar.