LOGISTIKANING TRANSPORT NUQTAI NAZARLARI
Reja:
5.1. Logistikada transport vazifalari va turlari.
5.2. Transport turlarining moddiy – texnika bazasi
5.3. Mahsulotlarni yetkazib berish tizimini boshqarish
5.4. Avtotransport harakatlanuvchi tarkibining xizmatlari
Tayanch iboralar: Transport vositalari, moddiy-texnika baza, tashish rejasi,
iste’molchilar, yetkazuvchi-korxonalar, transport xizmati, optimallashtirish,
mezon-ko‘rsatkich.
5.1. Logistikada transport vazifalari va turlari
Transport odamlar va yuklarni tashishda bo‘ladigan moddiy ishlab chiqarish
tarmog‘idir. Ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasi moddiy xizmatlar ishlab chiqarishga
kiradi.
Moddiy oqimning birinchi xom ashyo manbaidan oxiri iste’molchigacha
harakatdagi logistika tadbirlarining muhim qismi turli transport vositalaridan
foydalanish orqali amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni bajarishga ketgan harajatlar
logistikaga ketgan umumiy harajatlarning 50 % ini tashkil yetadi. Bajargan ishiga
qarab, transport ikki asosiy guruhga bo‘linadi:
1. Ommaviy foydalaniladigan transport, xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i
bo‘lib, yuk va yo‘lovchi tashishda aholiga va xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari
ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu transport aholiga ham aloqa yo‘li tizimida
xizmat qiladi. Uni ko‘pincha magistral deb ataladi. Ommaviy foydalaniladigan
transport tushunchasi o‘z ichiga temir yo‘l transporti, suv transporti (dengiz va
daryo), avtomobil transporti, havo transporti va quvur transportini oladi.
2. Noommaviy foydalaniladigan transport - ishlab chiqarish ichidagi transport
hamda notransport korxonalariga tegishli bo‘lgan transport vositalarining barcha
shakllari. Transportning noommaviy turidan foydalangan holda yuklar tashishni
tashkil qilish ishlab chiqarish logistikasining predmetidir. Tovar harakatida
kanallarni tanlash masalasi logistika doirasida yechiladi.
Transport logistikasining predmeti ommaviy vazifadagi transport yuk
ta’minotini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks masalalar hisoblanadi.
Transport logistikasining vazifalari:
- transport tizimlarini, jumladan, transport koridorlari va transport zanjirlarini
tashkil etish:
- transport jarayonlarining turli xil transport birligini rejalashtirish (aralash
ta’minlash holatida);
- transport - ombor jarayonlarining texnologik birligini ta’minlash;
- transport jarayonini ombor va ishlab chiqarish bilan rejalashtirish;
- transport vositasi turini tanlash;
- transport vositasini tekin ta’minlash;
- yetkazishning to‘g‘ri marketurasini aniqlash.
Materiallar oqimini tashkil etish imkonini beruvchi texnik vositalar yig‘indisi
va unga nisbatan omborlarning va ishlab chiqarish uchastkalarining joylashuvi
moddiy oqimlarning harakatini tashkil etish shakllarini hosil qiladi.
Amaliyotda materiallar harakatini tashkil etishning uchta shakli qo‘llaniladi:
Yig‘uvchi;
Transport – yig‘uvchi;
Yul zahira.
Tashkil etishning yig‘uvchi shakli: logistik tizimlarning me’yorli ishlashi
uchun, ularning tarkibida omborlarning kompleksi ko‘zda tutilishi bilan
xarakterlanadi. Bularga metalll va yarim tayyor mahsulotlar omborlari; detallar,
bog‘lovchi va yig‘uvchi qismlarning uchastka oraliq omborlari; tayyor mahsulot
omborlari; texnik ta’minot omborlari taalluqli bo‘ladi. Material metall va yarim
tayyor mahsulot omborxonasidan oraliq omborlari orqali ishlab chiqarish
uchastkalariga harakatlanadi va oxir- oqibatda tayyor mahsulot omborxonasiga kelib
tushadi.
Moddiy oqimlar harakatini tashkil etishni bu shaklining afzalligi tizimga kirish
va chiqishda materiallarni katta hajmda yig‘ish imkonining mavjudligi, bu esa bir
tarafdan, zarur detallar, yarim tayyor mahsulotlar, yig‘uvchi qismlarning ishlab
chiqarishga vaqtida yetkazib berilishini ta’minlasa, ikkinchi tarafdan mahsulot
iste’molchilarining muhim buyurtmalarining bajarilishini kafolatlaydi. Materiallar
harakatini yig‘uvchi shaklining asosiy kamchiligi bu transport yo‘nalishlarining
tarmoqlashganligi va omborlarning ko‘pligi natijasida moddiy oqimlar harakatini
boshqarish va zahiralar ustidan nazoratning qiyinlashuvidir. Bundan tashqari
mablag‘larni materiallarga immobillashtirish va omborlar tizimini tashkil etish
uchun kapital qo‘yilmalar zarurligi bilan asoslanadigan xarajatlar oshadi.
Tashkil etishning transport – yig‘uvchi shakli aralash transport – ombor tizimini
(TOT) mavjudligini nazarda tutadi, bu tizim ma’lum ish joylar (uchastkalar) sonini,
har bir ish joyini (uchastkani) boshqasi bilan axborot va moddiy oqimlar orqali
aloqalar o‘rnatish yo‘li bilan birlashtiriladi. Bunda mexanik qayta ishlash (yig‘ish),
nazorat, ishlab chiqarishni tayyorlash, materiallarni omborga joylashtirish va
nazorat qilish jarayonlari TOT yordamida ishlab chiqarishning bitta umumiy
jarayoniga birlashtiriladi. Moddiy oqim harakatini boshqarish quyidagi sxema orqali
amalga oshiriladi: zarur yarim tayyor mahsulotni ombordan qidirish – ish joyiga
tashish – qayta ishlash – detalni omborga qaytarish. Materiallar markaziy omborda
yoki demarkazlashgan holda uchastkalarda yig‘iladi. Birinchi holatda ombor bir
qancha ishlab chiqarish bo‘linmalariga xizmat qiladi va detalni qayta ishlashni
boshlanishi bilan tugatilishi o‘rtasida zahira yig‘uvchi sifatida qo‘llaniladi. Ikkinchi
holatda omborlar alohida uchastkalarda hosil qilinadi va detalni qayta ishlash va
tashishda yuzaga keladigan vaqt yutkazishlarni qoplash uchun xizmat qiladi. Ba’zi
hollarda aralash TOT qo‘llaniladi, bunda ham markazlashgan ombor, ham ish
uchastkalarida zahira yig‘uvchilari mavjud bo‘ladi.
Moddiy oqimlarni tashkil etishni bu shaklining qulayliklari quyidagilardan
iborat: TOTni tashkil etish hisobiga ish joylarida zahira hajmining kamayishi;ishlab
chiqarish tsiklining tashkil etuvchilari o‘rtasidagi to‘xtashlarni yo‘qotish orqali
ishlab chiqarish jarayonining davomiyligini qisqartirish; zahiralar ustidan doimiy
nazorat; materiallar harakatini boshqarishning yaxshi tashkil etilgan tizimining
mavjudligi.
Kamchiliklar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: transport – yig‘uvchi
shakl konstruktiv va texnologik bir xil detal guruhlari uchun samarali, bu esa,
birinchidan uning qo‘llanilish sohasini toraytiradi, ikkinchidan bir qator tayyorgarlik
ishlarini o‘tkazish zaruriyatini tug‘diradi; bu shakl ishlab chiqarishni boshqarishning
avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etishga katta miqdordagi qo‘yilmalarni talab
etadi.
Yul zahirani tashkil etish shakli avtonom holda o‘z - o‘zini boshqaruvchi ishlab
chiqarish bo‘g‘inlari asosida nazorat qilishning birlashgan konturlarini tashkil
etishni nazarda tutadi. Konturning markazi bo‘lib alohida uchastkalarni bir-biri bilan
bog‘lovchi buferlari ombor hisoblanadi.
Transport vositalarining turlari va ularning moddiy texnika bazasi.
Transport odamlar va yuklarni tashishda bo‘ladigan moddiy ishlab chiqarish
tarmog‘idir. Ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasi moddiy xizmatlar ishlab chiqarishga
kiradi.
Moddiy oqimning birinchi xom ashyo manbaidan oxiri iste’molchigacha
harakatdagi logistika tadbirlarining muhim qismi turli transport vositalaridan
foydalanish orqali amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni bajarishga ketgan harajatlar
logistikaga ketgan umumiy harajatlarning 50 % ini tashkil yetadi. Bajargan ishiga
qarab, transport ikki asosiy guruhga bo‘linadi:
1. Ommaviy foydalaniladigan transport, xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i
bo‘lib, yuk va yo‘lovchi tashishda aholiga va xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari
ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu transport aholiga ham aloqa yo‘li tizimida
xizmat qiladi. Uni ko‘pincha magistral deb ataladi. Ommaviy foydalaniladigan
transport tushunchasi o‘z ichiga temir yo‘l transporti, suv transporti (dengiz va
daryo), avtomobil transporti, havo transporti va quvur transportini oladi.
2. Noommaviy foydalaniladigan transport - ishlab chiqarish ichidagi transport
hamda notransport korxonalariga tegishli bo‘lgan transport vositalarining barcha
shakllari. Transportning noommaviy turidan foydalangan holda yuklar tashishni
tashkil qilish ishlab chiqarish logistikasining predmetidir. Tovar harakatida
kanallarni tanlash masalasi logistika doirasida yechiladi.
Transport logistikasining predmeti ommaviy vazifadagi transport yuk
ta’minotini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks masalalar hisoblanadi.
Transport logistikasining vazifalari:
- transport tizimlarini, jumladan, transport koridorlari va transport zanjirlarini
tashkil etish:
- transport jarayonlarining turli xil transport birligini rejalashtirish (aralash
ta’minlash holatida);
- transport - ombor jarayonlarining texnologik birligini ta’minlash;
- transport jarayonini ombor va ishlab chiqarish bilan rejalashtirish;
- transport vositasi turini tanlash;
- transport vositasini tekin ta’minlash;
- yetkazishning to‘g‘ri marketurasini aniqlash.
5.2 Transport turlarining moddiy - texnika bazasi
Transport turini tanlash masalasi logistika zaxiralarining qulay darajasini
tashkil qilish va ushlab turish, qadoqlash va o‘rash turini tanlash va boshqa shu kabi
masalalar bilan bog‘liq holda yechiladi.
Muayyan bir mahsulotni tashish uchun transport turini tanlashda har xil
transport turlarining xarakterli xususiyati haqidagi axborot asos bo‘lib xizmat qiladi.
Logistika nuqtai nazaridan avtomobil, temir yo‘l, suv, havo transportining kamchilik
va afzalliklarini ko‘rib chiqamiz.
1. Avtomobil transporti. Asosiy funktsiyalaridan biri yuqori tezlikda yurish.
Avtomobil transporti yordamida yukni kerakli muddatda yetkazib berish mumkin.
Transportning bu turi yetkazishning muntazamligini ta’minlaydi. Bu yerda boshqa
turlariga
nisbatan
qadoqlanishiga
kamroq
talablar
qo‘yiladi.
Avtomobil
transportining kamchiligiga tashishga nisbatan yuqori tannarxi, ya’ni odatda
avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyati (eng ko‘p miqdor) bo‘yicha olinadigan to‘lov
kiradi. Bu transport turining boshqa kamchiliklariga yuk tushirish va tashish, yukni
yo‘qotish imkoniyati va avtotransportning yo‘lda buzilish imkoniyati borligi,
nisbatan yuk ko‘tarilish quvvatining pastligi kiradi.
2. Temir yo‘l transporti. Transportning bu turi turli ob-havo sharoitlarida
yuklarning turli to‘plamlarini tashishga yaxshi moslashgan. Temir yo‘l transporti
yuklarni uzoq masofalarga tashish va tashishning muntazamligi imkoniyatini beradi.
Bu yerda yuklash, tushirish ishlari foydali natijani tashkil qilishi mumkin. Temir
yo‘l transportining afzalligi yuklarni tashish tannarxining nisbatan pastligi.
3. Suv transporti. Dengiz transportining kamchiliklariga tezlik pastligi,
yuklarning qadoqlanishi, o‘ralishi va mustahkamlanishiga qattiq talablar qo‘yilishi,
jo‘natish chastotasi pastligi kiradi. Ichki suv transporti. Yuk tariflari past. uzoqroq
masofaga tashishda bu transport turi eng arzon hisoblanadi. Ichki suv transportining
kamchiliklariga yetkazib berishning tezligi past bo‘lishi kiradi.
4. Havo transporti. Asosiy afzalliklari: tezligi, alohida rayonlarga yetkazish
imkoniyati. Kamchiliklariga yuk ta’riflarining yuqoriligi va meteo sharoitlar kiradi
(etkazib berish jadvaliga rioya qilish imkoniyatini tushiradigan meteo sharoitlar).
O‘zbekiston Respublikasi transport tarmog‘i temir yo‘l, avtomobil, aviatsiya,
truboprovod va daryo transportidan iboratdir. Respublika transportining barcha
turlari bilan har yili kata miqdordagi yuklar va yo‘lovchilar tashiladi.
Transport turlari bo‘yicha yuk tashish. Bu borada asosiy o‘rinni yukning
katta qismidan ko‘proq qismini tashiydigan temir yo‘l transporti egallaydi. Mazkur
transportning eng muhim afzalligi shundan iboratki, uning tashish qobiliyati juda
yuksak va yil bo‘yi ob-havo sharoitiga qaramasdan (haso va daryo transportidan
farqli o‘laroq) muntazam ishlaydi.
1. Avtomobil transporti. U yuklar va yo‘lovchilarni relssiz yo‘llarda tashuvchi
transport turiga kiradi. Ular asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Yuklarni magistral transporti (paroxod, samolyot, poezd va h.k.) ga tushirish
va olib borish.
2. Sanoat va qishloq xo‘jaligi yuklarini qisqa vaqt ichida tashish.
3. Yuklarni qurilish va savdo uchun tashish.
4. Uzoq masofalarga avtomobil transportida tez buziladigan, qimmatbaho, tez
olib borilishi kerak bo‘lgan transportning boshqa turlari bilan tashish, tushirish,
ortish qiyin bo‘lgan yuklarni tashish.
Hozirgi davrda iqtisodiyotning biror-bir sohasi o‘z vazifalarini avtomobil
transportisiz bajara olmaydi. Avtomobil transportiga bo‘lgan mehnat va pul sarfi
boshqa transport turlaridan ko‘proq bo‘lsa ham iqtisodiyotning hamma
bosqichlarida keng yoyilgan. Avtomobil transportida yuklarni tashish samaralidir.
Ayniqsa, yuklarni «eshikdan yeshikkacha» tashishda, yuklarni ortish va tushirishga
sarflangan harajatlar yuklarning yo‘ldagi vaqtlarini qisqartiradi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari va mamlakat
aholisi ehtiyojlarini qondirish darajasida rivojlangan avtomobil transportiga ega.
Respublika yuk mashinalari, jumladan, Do‘stlik shahar avtomobil zavodida
«Mersedes - Bens» sudrovchilar vazifasiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan (o‘t o‘chirish,
un, paxta, qurilish materiallari tashish, sanitariya va boshqa) avtomobillar bor.
Respublikada xalq xo‘jaligining sanoat, qishloq xo‘jaligi qurilish, suv xo‘jaligi,
aloqa, savdo, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jaligi, madaniyat, mudofaa va boshqa
tarmoqlarda ixtisoslashtirilgan yirik avtotransport korxonalari mavjud.
Umumiy foydalaniladigan yuk va yo‘lovchilar tashuvchi avtomobil
transportining yirik korxonalari O‘zavtotransport davlat hissadorlik Korporatsiyasi
tarkibiga kiradi. Korporatsiya 1993-yil yanvarda tashkil etilgan. Korporatsiyaning
«O‘ztashishtrans» savdo transport birlashmasi va «O‘zbekavtotur» firmasi xalqaro
yuk tashish va yo‘lovchilar qatnoviga xizmat ko‘rsatadi
2. Temir yo‘l transporti. Xalq xo‘jaligida temir yo‘l transportining
yo‘lovchilar hamda yuk tashishda salmog‘i katta. Respublika temir yo‘l transporti
MDH doirasidagi qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda
muhim o‘rinda turadi. 1994-yil noyabrda O‘zbekiston Respublikasida joylashgan
temir yo‘l korxonalari va bo‘linmalari, loyiha - konstruktorlik va boshqa tashkilotlari
va muassasalari negizida «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat hissadorlik
kompaniyasi tashkil yetildi. O‘zbekiston Respublikasi mamlakat mustaqilligi va
iqtisodiyoti uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan Xitoy, Koreya, Yaponiya, Yeron,
Turkiya va G‘arbiy Yevropaning janubi bilan tutashtiradigan «TransOsiyo»
magistrali (Istambul- Toshkent -Olma ota - Pekin) qurilishida ishtirok etdi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» 50 mingdan ortiq turli yuk vagoni va Germaniyada
tayyorlangan refrijiratorlari, 1450 yo‘lovchilar tashiladigan vagonga ega.
Kompaniyaning temir yo‘ldan foydalanishiga mas’ul bo‘lgan Toshkent, Farg‘ona,
Buxoro, Orol bo‘yi, Qarshi bo‘limlari bor. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda,
ayniqsa, shaharlar atrofidagi qatnovda elektropoyezdlardan tobora kengroq
foydalanilmoqda. O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini vujudga keltirish
bo‘yicha Navoiy-Nukus yo‘nalishlarida temir yo‘lni qayta qurish va elektrlashtirish
boshlandi. Urganch-Beruniy elektrlashtirilgan yangi temir yo‘l qurilishi bu
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
3. Havo yo‘l transporti. O‘zbekiston jahondagi ko‘p mamlakatlarning
poytaxtlari, yirik shaharlar sanoat markazlari bilan havo yo‘llari orqali bog‘langan.
Respublika mustaqillikka yerishgandan so‘ng, 1992-yili yanvardan sobiq Ittifoq
tasarrufida
bo‘lgan
O‘zbekiston
fuqaro
aviatsiyasi
boshqarmasi,
fuqaro
aviatsiyasining 243-ta’mirlash zavodi, «Aviaqurilish» birlashmasiga qarashli
«Aviamaxsusmontajsozlik»
negizida
«O‘zbekiston
havo
yo‘llari»
milliy
aviakompaniyasi tashkil etildi. Respublikaning, ayniqsa, xorijiy mamlakatlar bilan
tashqi iqtisodiy, turistik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda mamlakatning o‘z transporti
muhim rol o‘ynayapti. «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning bir qancha Osiyo va
Yevropa, Amerika mamlakatlarida vakolatxonalari ochildi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi quyidagi havo kemalariga
ega: qishloq xo‘jaligi ishlariga mo‘ljallangan AN-2, milliy havo yo‘llarda
qatnaydigan AN-24, YaK-40 xalqaro toifadagi IL-86, TU-154, A-310, V-767 kabi
samolyotlar, vertolyotlar parkida MI-2, MI-8, KA-26 kabi mashinalar bor. Viloyat
markazida aeroportlar TU-154, Samarqand, Namangan, Urganch, Termiz
aeroportlari IL-62, IL-72, Nukus aeroporti IL-86, A-310 aerobuslarini qabul qilishga
qodir. Toshkent, Samarqand, Termiz aeroportlari xalqaro maqomga ega. Respublika
hukumati qaroriga ko‘ra Uchquduqda jahondagi eng ilg‘or andozalarga mos
keladigan katta yangi aeroport qurishga tayyorgarlik boshlangan. Respublika