LOR-A’ZOLARI O‘SMALARI
Quloq va yuqori nafas yo‘llari o‘smalari barcha o‘smalarning 6-8 % ni tashkil
etadi. Hiqildoq o‘smalari ayniqsa ko‘p uchraydi va yuqori nafas yo‘llari o‘smalari
orasida birinchi o‘rinni egallaydi, ikkinchi o‘rinda - burun va burun yondosh
bo‘shliqlari o‘smalari, uchinchi o‘rinda halqum o‘smalari turadi.
O‘smalar N.A.Karpov bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi:
Klinik belgi, ya’ni havf darajasi bo‘yicha - xavfsiz, shartli xavfsiz, xavfli va o‘ta
xavfli;
Morfologik belgi- qaysi to‘qimadan o‘sganligi va hujayraning takomillashish
darajasi;
Biologik belgi - o‘smaning ionlovchi nurga sezgirligi (hujayraning takomillashish
darajasi qancha kam bo‘lsa, uning ionlovchi nurga bo‘lgan sezgirligi shuncha
oshadi);
O‘sma turlari
I turi. Hujayralarning takomillashish darajasi yuqori bo‘lgan o‘smalar:
1-guruh. Xavfsiz o‘smalar;
2-guruh. Shartli xavfsiz o‘smalar (xavfli o‘smalarga xos ayrim belgilarga
ega: qaytalanish va atrof suyak to‘qimasini yemirishga moyilligi)
II turi. Hujayralarning takomillashish darajasi o‘rtacha bo‘lgan o‘smalar:
1-guruh. Epiteliy to‘qimasining xavfli o‘smalari;
2-guruh. Biriktiruvchi to‘qimaning xavfli o‘smalari;
3-guruh. Neyrogen (neyroektodermal) xavfli o‘smalar.
III turi. Hujayralarning takomillashish darajasi past o‘ta xavfli tonzillyar
o‘smalar.
Bosqichi bo‘yicha: Birlamchi o‘sma-T (tumor );
Mahalliy metastaz - N (nodulus );
Uzoq metastaz - M (metastasus) (metastaz yo‘q-Mo,metastaz bor -
M1 ) .
Birlamchi o‘smaning tarqalish darajasi bo‘yicha:
1-daraja -T1-o‘smani a’zoning bitta anatomik qismiga tarqalishi;
2-daraja -T2-o‘smani a’zoning ikki anatomik qismlariga tarqalishi;
3-daraja -T3-o‘smani a’zoning ikki va undan ortiq anatomik qismlariga
tarqalib, atrof to‘qimaga tarqalmaganligi.
4-daraja -T4-o‘smani a’zoning barcha qismlarini egallab olishi va atrof
to‘qimaga tarqalishi.
Mahalliy metastazlarning tarqalish darajasi bo‘yicha:
N0 - mahalliy metastazlar aniqlanmaydi;
N1 - bir tomonlama harakatchan (ham gorizontal, ham vertikal tekislikda
siljiydigan) yakka limfa tuguni;
N2 - ikki tomonlama harakatchan yakka limfa tugunlar; harakatchan bir
tomonlama tugunlar; bir tomonda harakati chegaralangan tugunlar; bir tomonlama
harakatchan kontrlateral tugunlar;
N3 - bir tomonlama harakatsiz limfa tugunlar; bir tomonlama harakati
chegaralangan kontrlateral tugunlar; ikki tomonda harakati chegaralangan tugunlar;
N4 - ikki tomonlama harakatsiz tugunlar; bir-biriga va atrof suyak tuzilmalariga
(umurtqa, pastki jag‘, so‘rg‘ichsimon o‘siq, o‘mrov suyagi) birikkan tugunlar
to‘plami. O‘sma jarayonining bosqichlari 7-jadvalda keltirilgan.
7-jadval
O‘sma jarayonining bosqichlari
Bosqich
T
N
M
I
1
0
0
II
2
0
0
3
0
0
III
1
2
3
4
1,2,3
1,2,3
1,2,3
0,1,2
0
0
0
0
IV
2
2
3
4
4
4
4
3,4
0,1
0,1
0,1
1
Tashxis quyidagicha ifodalanadi: Hiqildoq saratoni, I bosqich, T1, N0, M0. Til
murtagi retikulosarkomasi IY bosqich, T4, N3, M1. Burun bo‘shlig‘i sarkomasi, III
bosqich, T2, N2, M0.
Xavfsiz o‘smalar.
Hujayralarning takomillashish darajasi yuqori bo‘lganligi tufayli xavfsiz o‘sma
infiltratsiyasiz va destruksiyasiz o‘sadi, metastaz bermaydi, qaytalanmaydi va
ionlovchi nurlarga sezgir bo‘lmaydi.
Xavfsiz o‘smalar epiteliy to‘qimasi, yumshoq to‘qima, suyak, tog‘ay, asab
to‘qimalaridan o‘sishi mumkin. Ba’zan aralash o‘smalar uchraydi.
Quloqning xavfsiz o‘smalariga papilloma, fibroma, angioma, xondroma,
osteoma kiradi. Bundan tashqari quloqda o‘smasimon ateroma, dermoid kista ham
uchraydi. O‘sma odatda tashqi quloq sohasida joylashadi (tashqi eshituv yo‘lida,
quloq suprasining orqa yuzida). Ichki quloqning xavfsiz o‘smalaridan YIII juft
bosh miya asab tolasi nevrinomasi ayniqsa ko‘p uchraydi.
Tashqi quloq o‘smalari odatdagi ko‘ruv va gistologik tekshiruvlarda aniqlanadi.
Tashqi eshituv yo‘lining xavfsiz o‘smasida bemorda eshitish pasayishi
rivojlanadi. Chakka suyagi rentgenografiyasi va kompyuterli tomografiyasi aniq
tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Davolash jarrohlik usuli yordamida amalga oshiriladi.
Glomus o‘smasida nog‘ora pardaning pastki bo‘limlarida ko‘karish paydo
bo‘lib, u o‘rta quloqning shilliq pardasi va bo‘yinturuq vena piyozchasining
adventitsiyasida joylashgan glomuslardan o‘sadi (asab tolasi poyachasining
kalavasi). Glomus o‘smasi sekin o‘sadi, atrofdagi asab tolalarga ham tarkalib,
turli asoratlarni rivojlanishiga olib keladi.
Davolashda jarrohlik amali va kimyo terapiya qo‘llanadi.
Dahliz-chig‘anoq asab tolasi (YIII juft bosh miya asab tolasi) nevrinomasi
barcha bosh miya o‘smalarining 11-13% tashkil qilib, ko‘pincha 30-40 yoshli
kishilarda uchraydi. Nevrinoma xavfsiz o‘sma hisoblanadi va o‘z vaqtida olib
tashlangandan so‘ng bemor sog‘ayib ketadi. Ammo kechki bosqichlarda o‘sma
kattalashib, atrof to‘qimalarni bosadi va kalla ichi asoratlarini rivojlanishiga olib
keladi.
Nevrinomada bemorning eshitish qobiliyati karlik darajasigacha asta-sekin
pasayib boradi. Ba’zan bemor 5-6 yil davomida “bir tomonlama sensonevral past
eshitish” tashhisi bilan davolanib yuradi va vrachlarga kasallikning kechki
bosqichida, ya’ni boshida kuchli og‘riq va vestibulyar buzilishlar paydo bo‘lganda
murojaat qiladi.
Nevrinoma YIII juft bosh miya asab tolasining shvann qavatidan yoki ichki
eshituv yo‘lining boshqa to‘qimalaridan o‘sib, ko‘prikmiyacha bo‘shlig‘iga
tarqaladi va miyacha, bosh miya ko‘prigi (voroliy ko‘prigi) va uzunchoq miyani
bosadi.
Kasallikning I bosqichida (otorinolaringologik bosqich) o‘smaning diametri
1,5 sm dan oshmaydi; bemorda bir tomonlama past eshitishlik yoki karlik, bir
tomonlama vestibulyar buzilishlar, tilning old ikki qismida ta’m bilishni
pasayishi, trigeminal buzilishlar, YIII juft bosh miya asab tolasining yengil
nimfalaji va zararlangan tomonda korneal reflekslarni pasayishi kuzatiladi.
Sog‘lom quloqda eshitish qobiliyati o‘zgarmaydi.
II bosqichida nevrinomaning diametri 1,5 dan sm 4 sm yetadi. Barcha klinik
belgilar keskinlashadi. O‘sma bosh miya poyasini bosishi natijasida bemorda
ko‘psonli spontan nistagm va vestibulyar buzilishlar rivojlanadi.
Burun bo‘shlig‘ining xavfsiz o‘smalariga papilloma, fibroma, gemangioma va
angiofibroma, adenoma, xondroma, osteoma va lipomalar kiradi.
Papiloma burun dahlizida joylashib, bemorda bir tomonlama burun orqali nafas
olishni keskin qiyinlashishiga, giposmiya yoki anosmiya, ba’zan burundan qon
oqishi, kechki bosqichlarida yuz tuzilishining buzilishi va bosh og‘rig‘i kuzatiladi.
O‘smaning shakli gulkaramni eslatadi. Ba’zan burun papillomasi xavfli o‘smaga
aylanishi mumkin.
Tashxis endoskopiya, zond yordamida tekshirish, paypaslash, rentgenografiya,
kompyuter tomografiyasi, uyqu arteriya tizimining angiografiyasi va gistologik
tekshiruvlar natijalari asosida qo‘yiladi.
Qonaydigan polip tuzilishi bo‘yicha angiofibromani eslatadi. U keng
oyoqchaga ega bo‘lib, odatda burun to‘sig‘ining tog‘ay qismida joylashadi va
ko‘pincha kattalashmaydi. Ba’zan polip kattalashib,burun bo‘shlig‘idan chiqib
turadi. Polip tez-tez qonab, burundan kam miqdorda qon oqib turadi. Kasallik
ko‘pincha homilador ayollarda va qon bosimi baland bemorlarda uchraydi. Burun
bo‘shlig‘ining tashqi devorida joylashgan polip xavfli o‘smaga aylanishga moyil
bo‘ladi.
Tashxis bemor shikoyatlari, kasallik belgilari, rinoskopiya va gistologik
tekshiruvlar natijalari asosida qo‘yiladi.
Davolashda burunning qonaydigan polipi to‘liq olib tashlanadi (olib
tashlanmagan qismi qaytalanishi mumkin). Keng oyoqchali polip atrof to‘qimalar
bilan birga kesib olinadi, jarohat chetiga galvanokauter, ultratovush yoki lazer nuri
yordamida ishlov beriladi. Asosiy kasallikni davolash tadbirlari o‘tkaziladi.
Fibroma odatda burun dahlizi, burunhalqum va tashqi burun sohasida
joylashib, kam uchraydi. Rinoskopiyada burun bo‘shlig‘ida aylana silliq o‘sma
ko‘rinadi. Tashxis gistologik tekshiruv natijasi asosida qo‘yiladi. O‘sma jarohlik
usulida davolanadi.
Osteomasi odatda peshona va g‘alvirsimon bo‘shliqlarning devoridan, ba’zan
yuqori jag‘ bo‘shlig‘idan o‘sadi. Kasallik ko‘pincha 15-25 yoshli kishilarda
uchrab, asta sekin o‘sadi. Kichik osteoma ko‘zga ko‘rinmaydi va bemorni bezovta
qilmaydi, shuning uchun u tasodifan rentgenografiya yoki kompyuterli
tomografiya tekshiruvida aniqlanadi. Kosmetik yoki fiziologik faoliyatlarni
buzilmagan bemor uzoq vaqt davomida vrach nazorati ostida bo‘ladi. Nisbatan tez
o‘sgan osteoma jarrohlik amali yordamida olib tashlanadi. Peshona bo‘shlig‘ining
orqa devorida joylashgan osteoma kichikligiga qaramasdan kuchli bosh og‘rig‘iga
sabab bo‘lishi mumkin. Boshqa sabablar inkor etilgandan u olib tashlanadi. Ayrim
hollarda osteoma kattalashib, kalla suyagi va burun bo‘shliqlariga hamda ko‘z
kosasiga tarqalishi mumkin.
Bemorning yuz tuzilishi buziladi, bosh og‘riydi, ko‘rish o‘tkirligi pasayadi,
burun orqali nafas olishi va hid bilish qobiliya buziladi. Kasallikni osteosarkoma
va ekzostozlardan farqlash lozim.
Osteoma jarrohlik amali yordamida davolanadi.
Halqumning xavfsiz o‘smalariga fibroma, papilloma, tukli polip, angioma,
nevrinoma, neyrofibroma, aralash o‘smalar, lipoma, kistalar kiradi. Halqumda
ko‘pincha oyoqchali papilloma va fibromalar uchraydi.
Papilloma odatda yumshoq va kichik bo‘lib, yumshoq tanglayda va tanglay
ravoqchalarida joylashadi. Kichik o‘sma bemorni bezovta qilmaydi. Ba’zan
papilloma
burun-halqumdan,
halqumning
yon
devoridan,
hiqildoq
usti
qopqog‘ining til yuzasi yoki chetidan o‘sadi. Kasallik ko‘pincha 20-40 yoshli
ayollarda uchraydi.
Tashxis
bemor
shikoyatlari,
kasallikni
boshlanishi,
faringoskopiya,
papillomaning tashqi ko‘rinishi va gistologik tekshiruv natijalari asosida qo‘yiladi.
Yakka
papillomalar
jarrohlik
usulida
davolanadi,
jarohat
maydoniga
galvanokauster, ultratovush va lazer nuri yordamida ishlov beriladi. Papillomatoz
joylashgan maydonlarda kriota’sir muolajalari buyuriladi. Yakka papillomalar
qaytalanmaydi, papillomatoz esa tez-tez qaytalanib turadi. Halqum pappillomasi
xavfli o‘smaga aylanishi mumkinligi tufayli, u o‘z vaqtida to‘liq olib tashlanishi
lozim.
Burunhalqum angiofibromasi odatda 10-20 yoshli o‘smir o‘g‘il bolalarda
uchraydi, shuning uchun u o‘smirlar (yuvenil) angiofibromasi deb ataladi. O‘sma
biriktiruvchi to‘qima va ko‘pgina qon tomirlardan tuzilgan bo‘ladi. Fibroma
ponasimon suyak tanasidan, g‘alvirsimon labirintning orqa kataklaridan va
fassiyadan o‘sadi. Sfenoetmoidal fibroma g‘alvirsimon labirintga, ponasimon,
burun va yuqori jag‘ bo‘shliqlariga hamda ko‘z kosasiga o‘sib tarqalishi mumkin.
O‘sma burunhalqumni tepasida joylashib, xoanalar orqali burun bo‘shlig‘iga kiradi
(170-rasm).
Angiofibroma
kalla
suyagi
devorlarining
atrofiga o‘sishi va suyakni yemirib, kalla ichi
bo‘shlig‘iga
tarqalishi
mumkin.
U
boshqa
o‘smalarga nisbatan tezroq o‘sadi.
Bemorda yuz skeletining assimetriyasi, atrof
suyak va yumshoq to‘qimalarni qisilishi, ko‘z
olmasini siljishi, asab tolalarni bosilishiga xos
belgilar paydo bo‘ladi. Shuning uchun o‘smirlar
angiofibromasi shartli xavfsiz o‘smalar guruhiga
kiradi.
Halqum fibromasi o‘ziga xos klinik manzaraga ega: bemorda bir tomonlama
(keyin ikki tomonlama) burun orqali nafas olishning qiyinlashishi, keyinchalik
butunlay yo‘qotilishi, qulog‘i bitishi, burundan tez-tez qon oqib turishi, boshi
og‘rishi kuzatiladi. Rinoskopiyada keng asosga ega ko‘k-jigarrang, qattiq, g‘adir-
budur o‘sma ko‘rinadi. Qon tomirlar yuzaki joylashganligi tufayli o‘sma oson
qonaydi.
Tashxis bemor shikoyatlari, kasallikni boshlanishi, bemorning yoshi, klinik
belgilar, old va orqa rinoskopiya, burunhalqumni barmoq bilan tekshirish,
endoskopiya, rentgenografiya, kompyuter tomografiya, angiografiya va gistologik
tekshiruvlar asosida qo‘yiladi.
O‘smirlar angiofibromasi jarrohlik usulida davolanadi - o‘sma odatda
rinotomiya, ba’zan og‘iz bo‘shlig‘i orqali olib tashlanadi. Jarrohlik amali ko‘p
miqdorda qon yo‘qotish bilan kechishi tufayli uni bajarishdan oldin tashqi uyqu
arteriyasi bog‘lanar edi. Hozirgi kunda bemorni operatsiyaga tayyorlash jarayonida
ToshPMI LOR klinikasida 7-8 kun davomida o‘sma tanasiga har kuni 1-2 marta 4-
5 ml dan 960 spirt eritmasi yuborib turiladi. Natijada qon tomirlari sklerozga
170-rasm.
Burunhalqum
angiofibromasi
uchragan o‘smaning hajmi kichrayadi, hatto bemorni burun orqali nafas olishi
ancha yaxshilanadi. Shu holatda burunhalqumga og‘iz orqali kirib angiofibromani
tez va ko‘p qon yo‘qotmay (bunda jami 100-150 ml qon yo‘qotiladi) osongina
olish mumkin.
Havfsiz angioma odatda kichik, ba’zan polip shaklida bo‘ladi. Kichik angioma
sekin o‘sib, bemorni ko‘pincha bezovta qilmaydi, o‘rtacha va yirik angiomalar esa
burunhalqumda yot jismni his etish, burun orqali nafas olishni buzilishi, undan qon
oqishi kabi belgilar bilan kechadi.
Limfangioma gemangioma va limfangiomalarga bo‘linadi. Limfangioma och-
sariq, ko‘kimtir yoki binafsha rangdagi yirik o‘sma bo‘lib, odatda kam uchraydi va
ko‘pincha yumshoq tanglay, tanglay ravoqchalari, halqumning yon va orqa
devorlariga joylashadi. O‘sma biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan va ichi limfa bilan
to‘lgan bo‘ladi. Gemangiomalar kapillyar (arteriyalardan o‘sgan) va kavernoz
(venalardan o‘sgan ) angiomalarga bo‘linadi.
Davolash jarrohlik amali, elektrkoagulyatsiya, lazer, ultrozvuk va kriota’sir
yordamida amalga oshiriladi, ba’zan sklerozlash terapiyasi qo‘llaniladi.
Tukli polip tug‘ma o‘smalar guruhiga kirib,bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda
uchraydi. Tukli polip yumshoq tanglayning orqa yuzasidan yoki halqumning yon
devoridan o‘sadi. O‘sma uzun oyoqchaga ega, yuzi mayin tuklar bilan qoplangan
bo‘lib, asosan yog‘ to‘qimasi, homila qoldiqlari va tog‘ay elementlaridan tashkil
topgang. Tukli polip yosh bolalarda burun orqali nafas olishini va ko‘krakni
emishini qiyinlashtiradi. O‘sma halqumdan og‘iz bo‘shlig‘iga ham tarqalishi
mumkin.
Tashxis bemorning yoshi, shikoyatlari va ob’ektiv tekshiruvlar natijalari asosida
qo‘yiladi. Faringoskopiyada halqumda yuzi silliq va tuklar bilan qoplangan
harakatchan tuzilma ko‘rinadi. Tashxis gistologik tekshiruv natijasi asosida
qo‘yiladi.
Kasallik jarrohlik usulida davolanadi. Polipning asosi bog‘langandan so‘ng,
kesib olinadi, jarohat maydoniga elektrkaugulyator yordamida ishlov beriladi.
Halqum kistasi chin o‘smalar guruhiga kirmaydi. U ko‘pincha murtak
follikullarida (follikullyar yoki retensial kistalar), yumshoq tanglayda va
halqumning shilliq qavatida joylashadi (intramural yoki devor ichi kistalari).
Kistalar shilliq bezlar yoki Veber bezlari (so‘lak bezlar elementlari) chiqish
yo‘llarining yopilib qolishi natijasida hosil bo‘ladi. Chin kistalar ichki tomonda
epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, odatda och shilimshiq modda bilan to‘lgan bo‘ladi.
Kistalar kichik bo‘lganligi tufayli bemorni bezovta qilmaydi, ba’zan bemor halqum
sohasida yot jism borligiga shikoyat qiladi, til ildizi kistalari bo‘g‘ilish holatiga
sabab bo‘lishi mumkin.
Til negizi kistasini qalqonsimon bez ektopiyasidan farqlash lozim.
Kasallik jarrohlik amali yordamida davolanadi. Kista to‘liq olib tashlanadi
(kista devorining qoldiqlari kasallikning qaytalanishiga sabab bo‘lishi mumkin).
Halqum nevrinomalari, aralash o‘smalari, epiteliomalari va boshqa o‘smalar
kam uchraydi. Ular shilliq osti qavatida joylashib sekin o‘sadi. Tashxis gistologik
tekshiruv natijasi asosida qo‘yiladi. Davolashda jarroxlik usuli qo‘llaniladi.
Hiqildoqning xavfsiz o‘smalariga fibroma, papilloma va angiomalar kiradi.
Fibroma (giperplastik tuguncha) odatda xavfsiz o‘sma bo‘lib, ovoz
burmasining chetida, uning old va o‘rta qismlarining chegarasida joylashadi va
juda sekin o‘sadi. O‘sma no‘xat donasiday yoki tariqday bo‘lib, keng asosga,
ba’zan kichik oyoqchaga ega. Fibroma
biriktiruvchi to‘qimadan tuzilganligi tufayli
chin
o‘smalar
guruhiga
kirmaydi
va
giperplastik
tuguncha
deb
ataladi.
Tolalarining zichligiga qarab yumshoq va
qattiq fibromalar tafovut qilinadi. Qon
tomirlarga
boy
bo‘lganligi
tufayli
fibromaning rangi qizil bo‘ladi, shuning
uchun
u
angiofibroma
deb
yuritiladi.
Fibromaning
yuzi
yassi
epiteliy
bilan
qoplangan (171-rasm).
171-rasm. Ovoz boylami
fibromasi
Hiqildoq fibromasi bemor ovozini bo‘g‘ilishi, o‘zgarishi va yo‘tal bilan
kechadi, kattalashganda nafas olish qiyinlashadi.
Hiqildoq fibromasi mikrolaringoskopiyada endolaringial yo‘l orqali bajarilgan
jarrohlik amali yordamida olib tashlanadi va odatda qaytalanmaydi.
Papilloma. Hiqildoq papillomasi bolalarda va kattalarda, ko‘pincha 1,5-5
yoshli bolalarda uchraydi. O‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan 2 marta, erkaklarda
ayollarga nisbatan 4 marta ko‘p uchraydi.
Kasallikni
odam
papillomasi
virusi
qo‘zg‘atadi. Hiqildoq papillomasi xavfsiz
fibroepitelial o‘sma bo‘lib, yassi va oralik
epiteliylardan o‘sadi. Biriktiruvchi to‘qimaning
zichligiga qarab o‘sma yumshoq yoki qattiq
bo‘ladi.
Papilloma
keng,
ba’zan
kichik
oyoqchali
asosga
ega.
Papilloma
ovoz
burmalarida joylashganligi sababli bemorda ovozni bo‘g‘ilishi, ba’zan afoniya,
hiqildoq orqali nafas olishni qiyinlashishi va hiqildoq torayishi belgilari kuzatiladi.
Laringoskopiyada papillomaning tashqi ko‘rinishi tut mevasini, gulkaramni
yoki xo‘roz tojini eslatadi. Uning rangi och-pushti, ba’zan kulrang bo‘ladi (172-
rasm). Ko‘pincha papilloma old komissura sohasida va ovoz burmalarining old
qismida joylashadi. Bolalarda bir nechta papillomalar ovoz burmasida joylashib,
ovoz yorig‘ini toraytirishi va nafas olishni qiyinlashtirishi mumkin. Papilloma tez
o‘sadi va davolashga qaramasdan qaytalanib turadi. U juda kam hollarda xavfli
o‘smaga aylanadi. Ba’zan balog‘at yoshida papilloma o‘z-o‘zidan so‘rilib ketish
hollari kuzatiladi. Kattalarda ovoz burmasining yakka pa-pillomasi uchraydi va u
asta-sekin o‘sib boradi. 25% hollarda chuqur va qattiq papilloma yassihujayrali
sarkomaga aylanishi mumkin. Shuning uchun ayrim hollarda xiqildoq papillomasi
saraton oldi kasalligi sifatida baholanadi.
Kasallikni oldini olish maqsadida uzoq vaqt davomida ovozi bug‘ilgan
bemorlar albatta otorinolaringolog va onkolog ko‘rigidan o‘tishlari lozim.
172-rasm. Hiqildoq papillomasi
Tashxis kasallikni boshlanishi, bemor shikoyatlari, ovozni o‘zgarishi, nafas
olishni buzilishi, laringoskopiya (bolalarda-bevosita, kattalarda-bilvosita) va
gistologik tekshiruv natijalari asosida qo‘yiladi.
Hiqildoq papillomasi endolaringial yo‘l orqali jarroxlik usulda davolanadi. Pa-
pillomatoz jarroxlik amali yordamida davolanadi. Bemorga interferon tavsiya
qilinadi, 100 000-150 000 ME/kg “Rauferon” mushak orasiga haftada 3 marta
yuboriladi.
Papillomaning qaytalanishini oldini olish uchun shilliq pardaga kun osha 1
marta o‘smaga qarshi dori sepiladi (30% podofillin, 0,5% kolxamin, jami 15-20
muolaja).
Prospidinning 30-50% li aerozoli sepiladi, propolisning 15% li eritmasi sepish
uchun, 33 % li malhami surtish uchun ishlatiladi.Hozirgi kunda O‘zbekistonda
ishlab chiqilgan laktoflor dorisi ham muvaffaqiyat bilan ishlatilmoqda.
Jarohat joyidagi papilloma qoldiqlariga kriota’sir (suyuq azot -183 -1950S),
ultratovush (keskinligi 2 Vt/sm2, uzluksiz 5 daqiqa davomida) va lazer nuri bilan
ishlov beriladi (quvvati 15-25 Vt, ekspozitsiya vaqti 0,1-0,5 soniya).
Qaytalanuvchi papillomatozda jarrohlik amali, sitostatik yoki fizikaviy
omillarni mahalliy qo‘llashdan tashqari bemorga umumiy kimyo terapiyasi
o‘tkaziladi. Mushak orasiga va vena ichiga 2500-3500 mg prospidin (bolalarga -
1000-2400 mg, 1 kg tana vazniga 3 mg dan) yuboriladi. O‘smaga qarshi vositalar
eleuterokokk, vitamin A, kalsiy dori vositalari, brom va novokain bilan birga
qo‘llaniladi. 0,5-1-2% novokain 2, 5, 10 ml miqdorda vena ichiga asta-sekin
yuboriladi ( jami 25 muolaja).
Davolash tadbirlariga qaramasdan hiqildoq papillomatozida bemorlarni
sog‘ayishi 60% hollarda qayd etiladi xolos.
Hiqildoq kistalari kam uchraydi va hiqildoq usti qopqog‘ining hiqildoq
yuzasida, hiqildoq korinchalari sohasida joylashadi. Ular shilliq ishlab chiqaruvchi
bez teshiklarini yopilib qolishi natijasida rivojlanib, juda sekin o‘sadi va ko‘p
kattalashmaydi. Kichik kistalar bemorni bezovta qilmaydi.
Tashxis bemor shikoyatlari, laringoskopiya, endoskopiya rentgenografiya va
kompyuterli tomografiya, ba’zan laringofissurada jarrohlik amali paytida
aniqlanadi.
Hiqildoq faoliyatlari buzilganda kistaning tashqi bo‘lagi jarroxlik yo‘li bilan
olib tashlanadi. Kista odatda qaytalanmaydi.
Hiqildoq angiomalari kengaygan qon (gemangioma) yoki limfa tomirlardan
(limfangioma) o‘sadi. Ular ovoz yoki cho‘michsimonhiqildoq usti burmalarida,
ba’zan hiqildoq qorinchalarida joylashib, sekin o‘sadi, ko‘p kattalashmaydi,
hiqildoq yorig‘iga kirib bemor nafas olishini qiyinlashtiradi.
Gemangiomalar kapillyar (arteriyalardan o‘sgan) va kavernoz (venalardan
o‘sgan) angiomalarga bo‘linadi. Gemangiomaning rangi ko‘kimtir yoki qizil
bo‘ladi. Limfangioma keng asosga ega och-sariq o‘sma bo‘lib, ko‘pincha
burunhalqumda joylashadi. Kichik angioma ovoz burmasida joylashganda
bemorda ovozni bo‘g‘ilishi kuzatiladi. O‘rta yoki yirik angiomalar hiqildoqning
boshqa faoliyatlarini ham buzishi mumkin, shuning uchun ular endolaringial yo‘l
orqali olib tashlanadi.
Xavfli o‘smalar.
Kattalarda hiqildoqning xavfli o‘smalari barcha xavfli o‘smalarning 67% ni,
halqumning xavfli o‘smalari - 18% ni, burun va burun yondosh bo‘shliqlarining
xavfli o‘smalari -14% ni tashkil qiladi. Bolalarda burun va burun yondosh
bo‘shliqlarining xavfli o‘smalari - 35% ni, burunhalqumning xavfli o‘smalari -
30% ni va og‘izhalqumning xavfli o‘smalari - 19% ni tashkil etadi. Hiqildoq
saratoni bolalarda juda kam uchraydi.
Burun va burun yondosh bo‘shliqlarining xavfli o‘smalariga birlamchi
saraton va sarkoma kiradi. Bunday o‘smalar ko‘pincha o‘rta yoki keksa yoshdagi
erkaklarda rivojlanadi. Ko‘pincha yuqori jag‘ bo‘shlig‘i o‘smalari (kuzatuvlarning
2/3 qismida), g‘alvirsimon bo‘shliq (kuzatuvlarning 1/5 qismida) va burun
bo‘shlig‘i o‘smalari (kuzatuvlarning 1/8 qismida) uchraydi; peshona bo‘shlig‘ining
xavfli o‘smasi juda kam uchraydi; ponasimon bo‘shlig‘iga o‘sma asosan burun
yoki yuqori jag‘ bo‘shliqlaridan tarqaladi. Burun va burun yondosh bo‘shliqlari
o‘smalarini o‘z vaqtida aniqlash qiyinligi sababli ularni davolash yaxshi samara
bermaydi (davolashdan so‘ng bemor umrining yana 5 yilga cho‘zilishi faqat 35%
hollardagina qayd etiladi). Ko‘pincha burun va burun yondosh bo‘shliqlarida
epitelial o‘smalar, saraton, ba’zan - sarkoma, biriktiruvchi to‘qima o‘smalari
rivojlanadi. Ba’zan burunda hujayra takomillashish darajasi past (radiysezgir)
tonzillyar o‘smalar – retikulosarkoma, limfoepitelioma va melanoblastoma,
estezioneyroblastomalar uchraydi.
Burun bo‘shlig‘ining xavfli o‘smalari atrof to‘qima va a’zolarga (kalla suyagi
asosiga, qanottanglay chuqurchasiga, ko‘z kosasiga, og‘iz bo‘shlig‘iga) tez
tarqaladi. Kechki metastazlar dastlab ensa va jag‘ osti, keyin bo‘yin limfa
tugunlariga tarqalib rivojlanadi.
Burun bo‘shlig‘i xavfli o‘smasining belgilari erta namoyon bo‘lib, boshlang‘ich
davrida yengil kechadi. Bemorda bir tomonlama burun orqali nafas olishni
qiyinlashishi asta-sekin kuchaya borib, burundan avval shilimshiq, keyin qon
aralash ajralma oqadi. Keyingi bosqichlarda bemorda burundan qon oqishi, qulog‘i
bitishi, yevstaxeit va otalgiya belgilari kuzatiladi. O‘smaning yuzi g‘adir-budir,
ba’zan polipsimon bo‘ladi. “Polip” olib tashlangandan so‘ng burnidan ko‘p
miqdorda qon oqishi kuzatilishi mumkin.
Yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining birlamchi o‘smasi uzoq vaqt belgisiz va
ko‘pincha stomatologik kasallikning manzarasi bilan kechadi, bemorning tishi
og‘riydi, lunji shishadi. Ba’zan bemor anamnezida tishni oldirganligi yoki milki
kesilganligi kabi jarrohlik amalini boshidan kechirganligi haqida ma’lumot bo‘ladi.
Ayrim hollarda ko‘z olmasining siljishi, ekzoftalm, ko‘z kosasi ichki burchagining
shishi, to‘xtovsiz ko‘z yoshini oqishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi va uch shoxli
asab tolasi nevralgiyasi burun va burun yondosh bo‘shliqlari xavfli o‘smasining
asosiy belgilari sifatida namoyon bo‘ladi. Bemor okulistga murojaat qilishga
majbur bo‘ladi, shunda okulist ko‘zdagi patologik jarayon ikkilamchi ekanligini
payqab, uni otorinolaringolog ko‘rigiga yuboradi. Ba’zan burun yondosh
bo‘shliqlarining xavfli o‘smalari uch shoxli asab tolasi nevralgiyasi, tishlarning
ikkilamchi zararlanishi, yuz tuzilishni o‘zgarishi, yuqori jag‘ bo‘shlig‘ida
ikkilamchi yallig‘lanish jarayonini rivojlanishi va ekzoftalm bilan kechadi.
Peshona va ayniqsa ponasimon bo‘shliqning birlamchi o‘smasi kam uchraydi.
Bunda bemorda nevrologik va bosh miya faoliyatining buzilish belgilari
rivojlanadi.
Burun va burun yondosh bo‘shliqlari o‘smasini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida
yuqori nafas yo‘llarining patologik jarayonlarida birinchi navbatda xavfli o‘sma
inkor etilishi lozim. Endoskopiya tekshiruvlaridan tashqari, burun yondosh
bo‘shliqlarini teshib ko‘rish, zondlash, bo‘shliq ichidagi suyuqlikni so‘rib olish va
uni tekshirish, rentgenografiya, kompyuter tomografiya, ko‘rsatma bo‘yicha
biopsiya va gistologik tekshiruvlar qo‘llaniladi.
O‘smaning dastlabki bosqichlarida mujassamlashgan terapiya qo‘llaniladi: o‘sma
diatermo-koagulyator yordamida olib tashlangandan so‘ng limfa yo‘llarda gamma-
terapiya o‘tkaziladi. Bundan tashqari bemorga kimyoterapiya ham tavsiya qilinadi.
Keyingi bosqichlarda bemor yuzining kosmetik nuqsonlari plastik jarrohlik
amallari va individual protez yordamida bartaraf etiladi. Bemorda kengaytirilgan
Mur, Preysing va rinotomiya jarrohlik amallari bajariladi. Ba’zan rinotomiya ko‘z
kosasi ekzenteratsiyasi, ko‘z olmasi enukleatsiyasi, yuqori jag‘ suyagini olib
tashlash bilan birga bajariladi. Jarrohlik amalidan so‘ng hosil bo‘lgan bo‘shliq
protez bilan to‘ldiriladi: burunning murakkab protezi, yuqori jag‘, ko‘z kosasi va
ko‘z protezlari bemorning yuzidagi kosmetik nuqsonni bartaraf etishga yordam
beradi, uning tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasini tezlashtiradi.
Halqumning xavfli o‘smalariga karsinoma, limfoepitelioma, sitoblastoma,
sarkoma, retikulotsitoma va aralash o‘smalar kiradi. Halqumning o‘ta xavfli
o‘smalarga hujayra takomillashish darajadasi past (radiysezgir) tonzillyar o‘sma -
retikulosarkoma (retiku-lotsitoma) va limfoepitelioma kiradi. Tarqalishi bo‘yicha
birinchi o‘rinda - saraton, ikkinchi o‘rinda - tonzillyar o‘smalar turadi. Yuqorida
qayd etilgan o‘smalarning 53% burun-halqumdan, 30% og‘iz-halqumdan va 17%
hiqildoq-halqumdan o‘sadi.
Halqum saratoni ko‘proq o‘rta yoshdagi erkaklarda uchraydi. O‘sma ko‘pincha
endofit o‘sib, yuzasi g‘adir-budur qattiq infiltratga o‘xshaydi. Ekzofit o‘sgan o‘sma
keng asosga ega bo‘lib, shakli gulkaramni eslatadi; ba’zan o‘smaning aralash
shakllari ham uchraydi. Kasallikning boshlang‘ich bosqichida bemor tomog‘ida
yengil noxushlik, yot jism his etishiga, tomog‘i qichishiga shikoyat qiladi.
Keyinchalik unda burun orqali nafas olishni buzilishi, qulog‘ini bitishi
(burunhalqum saratoni); ovqat luqmasini, keyinchalik hatto so‘lagini yutishga
to‘sqinlik qiluvchi yot jismni his etishi (og‘izhalqum saratoni); halqumidan dastlab
qattiq, keyin suyuq ovqatlar o‘tishini qiyinlashishi va nafas olish faoliyati
buzilishlari (hiqildoqhalqum caratoni) kuzatiladi. Bunday shikoyatlar ko‘pincha
surunkali faringit yoki nevroz belgilari sifatida noto‘g‘ri baholanadi. Burun va
burunhalqumdan qon aralash shilimshiq ajralma oqishi burunhalqum o‘smasining
dastlabki belgisi hisoblanadi.
Burunhalqumning xavfli o‘smasi mahalliy limfa tugunlarga (chuqur bo‘yinturuq
zanjiri va halqum orqasi limfa tugunlariga) tez metastaz beradi.
Og‘iz-halqumda ko‘pincha karsinoma va sarkoma o‘sadi. Kasallikning klinik
manzarasi
o‘smaning
hajmiga,
joylashuviga,
parchalangan
yoki
parchalanmaganligiga bog‘liq bo‘ladi. Disfagiya, ovqat luqmasini qiyinchilik
bilan tomoqdan o‘tishi, tomog‘ini og‘rishi, ovozining buzilishi, og‘zidan yoqimsiz
hid kelishi kasallikning keyingi bosqichlarida kuzatiladi.
Hiqildoq-halqum sohasida joylashgan xavfli o‘smalar nisbatan ko‘p uchraydi;
bu yerda karsinoma, ba’zan aralash o‘smalar o‘sadi.
Halqumning xavfli o‘smalariga hujayralarning takomilashish darajasi past
bo‘lgan (radiy-sezgir) o‘ta xavfli tonzillyar o‘smalar ham kiradi. Murtaklardan
yassihujayrali saraton, adenokarsinoma o‘sadi. Shartli xavfsiz o‘smalarga kiruvchi
papilloma va melano-blastoma dastlab halqum murtagining yon to‘qimasidan
o‘sib, keyin murtaklarga tarqaladi.
Radiysezgir halqum o‘smalari murtak to‘qimasidan o‘sadi. Limfoid to‘qimadan
rivojlangan va radiyga o‘ta sezgir bo‘lgan bunday o‘smalar tez o‘sishi va mahalliy
limfa tugunlarga hamda boshqa a’zolarga tez metastaz berishi bilan ajralib turadi.
Ular asosan tanglay, ba’zan halqum, nay va til murtaklarda joylashadi. Ba’zan,
birlamchi o‘sma burun, hiqildoq, traxeya shilliq pardasining limfadenoid
to‘qimasidan o‘sishi mumkin.
Bemorda dastlab tanglay murtagining biri kattalashib, bemorni bezovta qilmaydi,
ba’zan u tomog‘ida yot jism borligiga shikoyat qiladi. Murtakning kattalashishi
doimo bir tomonlama bo‘ladi. Halqum murtagi o‘smasida bemorda burun orqali
nafas olishni qiyinlashishi, nay murtagi o‘smasida zararlangan tomonda
yevstaxeit,
eshitish
qobiliyatining
pasayishi
kuzatiladi.
Barmoq
bilan
paypaslaganda halqumda zich elastik o‘sma borligi aniqlanadi. Keyinchalik o‘sma
halqumning yon to‘qimalariga tarqalib, shilliq pardada og‘riydigan yaralar paydo
bo‘ladi. Tonzillyar o‘sma milklarga, tilga, suyak tuzulmalariga, burun-halqumga
va burun bo‘shlig‘iga tarqalishi mumkin. Ovqat luqmasini chaynash va yutish
qiyinlashadi, o‘sma parchalanganda bemorning og‘zidan yoqimsiz hid keladi.
Tonzillyar o‘smalarni Simanovskiy-Plaun-Vensan yarali-pardali anginasidan
farqlash lozim. Ba’zan kasallik limfa tugunlarda rivojlangan metastazlar bilan
boshlanadi. Tanglay murtagi o‘smasida maxalliy metastazlar pastki jag‘ osti limfa
tugunlarida, halqum murtagi o‘smasida - bo‘yinning yuqori-yon limfa tugunlarida,
til murtagi o‘smasida – chuqur bo‘yinturuk zanjiri va umumiy uyqu arteriyasining
bifurkatsiyasi sohasida joylashgan limfa tugunlarida ikki tomonlama rivojlanadi.
Ba’zan tonzillyar o‘smalar metastaz bermasdan kalla suyagining assosiga tarqalishi
mumkin. Mahalliy metastazlar tez kattalashib, asab tolalarni va qon tomirlarni
bosadi, natijada bemorda keskin og‘riq, qon aylanishining buzilishi va kollateral
shish paydo bo‘ladi. Organizmning turli a’zolarida ham uzoq metastazlar paydo
bo‘lishi kuzatiladi.
Tashxis
anamnez
ma’lumotlari,
bemorning
shikoyatlari,
endoskopiya,
rentgenografiya, kompyuter tomografiya va gistologik tekshiruvlar natijalari
asosida qo‘yiladi.
Halqumning xavfli o‘smalari yuqumli granulemalardan farqlanadi. Halqum sili
doimo ikkilamchi jarayon sifatida rivojlanib, uning birlamchi o‘chog‘i o‘pkada
joylashadi. Sil kasalligida halqumning rangpar shilliq pardasida yarali infiltrat
paydo bo‘lib, yutinganda keskin og‘riydi. Zaxm kasalligida halqumning orqa
devori yoki gumbazida biroz og‘riydigan va atrof to‘qimadan chegaralangan
qattiq infiltrat - gumma paydo bo‘ladi. Gumma parchalangandan so‘ng tubi yog‘li,
cheti osilgan chuqur yara hosil bo‘ladi. Tashxis anamnez va serologik tekshiruv
natijalari asosida qo‘yiladi. Skleromada nafas yo‘llarining tor qismlarida (burun
dahlizi, xoanalar, ovoz osti bo‘shlig‘i) chandiqli infiltrat paydo bo‘lib, metastazlar
kuzatilmaydi, aglyutinatsiya va komplementni bog‘lash reaksiyalarni musbatligi va
gistologik tekshiruvda Mikulich hujayralari aniqlanadi.
Hiqildoq-halqum sohasida joylashgan havfli o‘smalar nisbatan ko‘p uchraydi; bu
yerda karsinoma, ba’zan aralash o‘smalar o‘sadi.
Burunhalqumning havfli o‘smasida asosan gamma-terapiya va kimyo terapiya
qo‘llanadi. Masofali gamma-terapiyaning miqdori 2 mahalga bo‘linadi. O‘smaga
qarshi dorilardan bemorga vinblastin, metotreksat, siklofosfan tavsiya qilinadi.
Bunday terapiyadan so‘ng burunhalqum saratoni 89,7% hollarda yaxshilanadi.
Og‘izhalqum saratonida asosan mujassamlashgan terapiya usuli - nur bilan
davolash va jarrohlik amali (lazer, kriota’sir) qo‘llanadi. O‘sma halqumning orqa
devorida
joylashganda
kriota’sir
o‘tkaziladi.
Hiqildoq-halqum
saratonini
davolashda dastlab lazer asbobi yordamida diatermokoagulyatsiya amali bajariladi
(qizilo‘ngachning
bo‘yin
qismini
kesib
olish
jarrohlik
amali
bilan
hiqildoqhalqumning keng ekstirpatsiyasi), keyin bemorga nur terapiya tavsiya
qilinadi.
Hozirgi kunda radiysezgir o‘smalar asosan masofali gamma-terapiya yordamida
davolanadi. Ba’zan umumiy miqdori 1200-1500 rad (12-15 Gr) teng gamma-
terapiyadan so‘ng endoskopiyada o‘sma belgilari yo‘qolganligi aniqlanadi. Ammo
biopsiyada ular mavjudligi qayd etiladi. Shuning uchun davolashda gamma-
terapiya ko‘p miqdorda buyuriladi: halqum o‘smasida – 6000-8000 rad (60-
80Gr),bo‘yin limfa tugunlari sohasiga -4000 rad (40 Gr) va priventiv gamma-
terapiyada 3000 rad (30 Gr). Tanglay murtagi o‘smasining I darajasida
mujassamlashgan terapiya o‘tkaziladi (jarrohlik usuli va gamma-terapiya).
Tonzillyar o‘smaning qaytalanishi ko‘pincha mahalliy va uzoq a’zolarning limfa
tugunlarida kuzatiladi. Birlamchi o‘sma va maxalliy metastaz qaytalanganda
gamma-terapiya takrorlanadi. Gamma-terapiya bilan birga kimyo vositalaridan
olivomitsin va siklofosfanni prednizolon bilan birga qo‘llash ijobiy natija beradi.
Hiqildoqning xavfli o‘smalariga yassi hujayrali va bazal hujayrali saraton,
carkoma va boshqa xavfli o‘smalar kiradi.
Hiqildoq saratoni erkaklarda ayollarga nisbatan ko‘proq uchraydi (12,5 : 1) va
oshqozon, o‘pka va qizilo‘ngach saratonidan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.
O‘sma ko‘pincha 50-60 yoshli kishilarda qayd etiladi.Hiqildoq saratonining
rivojlanishiga atmosfera havosini ifloslantirgan tutun, ishlab chiqarish changi
(anilin buyoklar, xrom va radiyfaol moddalar), neftni qayta ishlash mahsulotlari,
toshko‘mir changi, nitrozaminlar, insektitsidlar, tamaki tutini va boshqa
kanserogen moddalar sabab bo‘ladi. Kimyoviy moddalarni organizmga uzoq vaqt
ta’sir etishi, tamaki chekish, nutq kasb egalarida ovozni zo‘riqishi kasallikning
rivojlanishiga yordam beradi.
Afsucki hiqildoq saratoni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Bundan tashqari, 75%
hollarda bemorlar hiqildoq saratonining kechki III va IY bosqichlarida tibbiy
yordam so‘rab vrachlarga murojaat qiladilar. Tarqalish darajasi bo‘yicha kasallik 4
bosqichda kechadi:
I - bosqich - o‘sma hiqildoq qavatlarining birida chegaralangan maydonni
egallaydi;
II – bosqich - o‘sma hiqildoqning bitta qavatiga tarqalib, shilliq va shilliq osti
pardada joylashadi va yon to‘qimalarga tarqalmaydi, hiqildoq qismlarining
harakatiga ta’sir qo‘rsatmaydi;
III-bosqich - o‘sma hiqildoqning boshqa qavatlariga, shu jumladan hiqildoq
qorinchalariga ham tarqaladi. Bu bosqichda zararlangan tomonda hiqildoqning
harakati chegaralanadi, mahalliy metastazlar paydo bo‘ladi.
IY-bosqich - o‘sma atrof to‘qima va boshqa a’zolarga tarqaladi (halqum, til ildizi,
qalqonsimon bez va traxeyaga). Ikki tomonda hiqildoqni harakati chegaralanib,
mahalliy va uzoq metastazlar paydo bo‘ladi.
Hiqildoq saratoni odatda birlamchi jarayon sifatida rivojlanadi, ba’zan u og‘iz
bo‘shlig‘i, halqum yoki qalqonsimon bez o‘smalaridan so‘ng yuzaga kelishi
mumkin. Me’yorda oddiy to‘qima saraton o‘smasiga aylanmaydi, bunga bemorda
mavjud bo‘lgan saraton oldi kasalligi sabab bo‘ladi. Saraton oldi kasalliklarga
papillomatoz, paxidermiya, leykokeratoz, leykoplakiya kiradi.
Joylashuvi bo‘yicha hiqildoq saratonining 3 shakli tafovut qilinadi:
1) hiqildoq dahlizi saratoni ;
2) hiqildoq o‘rta bo‘limining (ovoz burmalari sohasi) saratoni;
3) ovoz boylamlari osti saratoni.
Gistologik tuzilishi bo‘yicha hiqildoq saratoni yassihujayrali o‘sma bo‘lib,
ko‘pincha mugizlanuvchi va ba’zan mugizlanmaydigan shaklda namoyon bo‘ladi.
Hiqildoq saratoni ovoz burmalari va hiqildoq devorini qoplagan silindrik epiteliy
orasidagi yassihujayrali epiteliydan o‘sadi. Hiqildoq shillik pardasi bezlaridan
ko‘pincha adenokarsinoma o‘sadi.
O‘smani o‘sishi va metastaz berishi hujayralarning takomillashish darajasiga
bog‘liq bo‘ladi. Takomillashgan o‘sma sekin o‘sadi, metastazlar berishga moyil
bo‘lmaydi. Yassi-hujayrali mugizlanmagan, hujayralarning takomillashish darajada
past bo‘lgan hiqildoq saratoni tez tarqalib, tez metastaz beradi, yassihujayrali
mugizlanadigan saraton esa sekin o‘sib, kech metastaz beradi.
Hiqildoq saratoni jarayonining ekzofit o‘sishi, ya’ni shilliq parda yuzasidan
hiqildoq yorig‘i tomon o‘sishi bemorda qisqa vaqt ichida hiqildoq torayishi va
nafas yetishmovchiligi rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Hiqildoq saratoni jarayonining endofit o‘sishi, ya’ni to‘qima ichiga o‘sishi ovoz
burmalari ostida joylashgan saratonda kuzatilib, dastlabki bosqichlarida
laringoskopiyada hiqildoq yorig‘ida shilliq parda bilan qoplangan aylana bo‘rtish
va qon tomirlar ko‘rinadi.
Hiqildoq usti qopqog‘ining saratonida bemor yutinganda noxushlik, tomog‘ida
yot jism his etishiga shikoyat qiladi. Keyinchalik o‘sma kattalashib yaralanadi,
shunda sababsiz yoki yutinganda tomoqni og‘rishi, og‘riqni quloq sohasiga
tarqalishi kuzatiladi. Laringoskopiyada oq-pushti yoki kulrang, ba’zan yarali
maydonchalari qarash bilan qoplangan kichik o‘sma ko‘rinadi.
Hiqildoq yuqori qavatining saratoni (dahliz burmalari, hiqildoq qorinchalari
saratoni) uzoq vaqt sub’ektiv belgilarsiz kechadi. Bemorda yengil disfoniya,
ovozini o‘zgarishi va tez charchashi kuzatiladi.
Hiqildoq yuqori qavatining saratoni boshqa qavat saratonlariga qaraganda og‘ir
kechadi. Bu joyda limfa turi yaxshi rivojlanganligi va hiqildoq usti qopqog‘ining
harakatchanligi tufayli saraton mahalliy limfa tugunlarga tez metastaz beradi.
Bundan tashkari, hiqildoq yuqori qavatining limfa tomirlari til ildizi va halqum
yon devori limfa turiga tutashganligi tufayli jarayon hiqildoqning yuqori va old
qismlariga tarqaladi.
Hiqildoq o‘rta qavati saratonining dastlabki bosqichlarida bemorda doimiy va
kuchayib boruvchi ovozni bo‘g‘ilishi kuzatiladi, keyinchalik afoniya yuzaga
keladi. Shuning uchun bunday bemorlar vrachga erta murojaat qiladilar.
Hiqildoq pastki qavatining saratoni boshlang‘ich bosqichda noaniq kechadi.
Katta o‘sma bemorda ovoz va nafas faoliyatining buzilishiga olib keladi (ovozning
pasayishi, yengil hansirash, keyingi bosqichlarda ovozning bo‘g‘ilishi va nafas
olishning qiyinlashishi).
Laringoskopiyada dahliz burmalarining biri qalinlashganligi (ayniqsa, old
qismi), dahliz burmasi hamda hiqildoq qorinchalarining shilliq pardasi
qalinlashib,ovoz burmalarini yopib turganligi ko‘rinadi. Ovoz burmalarining
yuqori yuzasida yoki erkin chetida asosi keng kichik bo‘rtish va ovoz yorig‘i
tomon o‘sgan infiltrat ko‘rinadi. Bunday laringoskopik manzara ekzofit o‘sgan
saratonda kuzatiladi, endofit o‘sgan saratonda esa ovoz burmasi pushti rangda
qalin va arqonsimon bo‘lib ko‘rinadi, uning harakati chegaralanadi (173, 174-
rasmlar). Kompyuter tomografiya tekshiruvi aniq tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Hiqildoq saratonini bir
tomonlama
o‘sishi
erta tashxis qo‘yishda
muhim
ahamiyatga
ega. Ushbu belgi uni
yallig‘lanish jarayoni-
dan,
zaxm
va
sil
kasalliklardan
farq-
lashga yordam beradi.
Zaxm va silni inkor
etish uchun bemor maxsus tibbiy muassasalarga yuboriladi, kasallik sil va zaxm
bilan birga kechganda esa tashxis biopsiya natijasi asosida qo‘yiladi. Hiqildoq
saratoni kechki bosqichlarining belgilari uning joylashuviga bog‘liq bo‘lmay
kasallikka xos umumiy belgilar bilan namoyon bo‘ladi: ovozni bo‘g‘ilishi yoki
afoniya, yo‘tal, qon aralash balg‘am ajralishi, yutinganda og‘riqni quloq sohasiga
tarqalishi, nafas olishni qiyinlashishi. Hiqildoq saratoni hiqildoq tog‘aylariga
tarqalganda bemorda ichki va tashqi perixondrit rivojlanadi. O‘sma yaraga aylanib,
parchalanganda yoki yallig‘lanish jarayoni qo‘shilganda bemorning og‘zidan
yoqimsiz hid keladi, kattalashganda esa hiqildoq torayishining dekompensatsiya
bosqichi yuzaga keladi. Organizni keskin zaharlanishi natijasida bemor ozib ketadi,
unda ba’zan o‘lim holatiga olib keluvchi arroziv qon oqishlar kuzatiladi. 2-10%
hollarda uzoq metastazlar rivojlanib, bemorning ahvolini yanada og‘irlashtiradi.
Ko‘pincha metastazlar o‘pkada, ba’zan ko‘ks oralig‘i, plevra, jigar va miyada
joylashadi.
Ekzofit o‘sgan hiqildoq saratoni bilvosita laringoskopiyada, endofit o‘sgan
hiqildoq
saratoni
-
bevosita
laringoskopiyada,
mikrolaringoskopiya,
fibrolaringoskopiya, biopsiya, endofotografiya, elektron laringostrobosko-piya,
radioizotop nurlash, ultratovush biolokatsiyasi, kompyuter tomogra-fiyasi,
termografiya, gistologik va sitologik tekshiruvlar yordamida aniqlanadi.
173- rasm.
Hiqildoq saratoni
174-rasm.
Hiqildoq o‘rta qismining
saratoni
Hiqildoq saratonning asosiy laringoskopik belgisi - bu hiqildoq devorida
o‘sma borligi hisoblanadi (“+ to‘qima”). Hiqildoq saratoniga shubha qilingan
bemorda albatta biopsiya tekshiruvi o‘tkaziladi.
Bemorda
mujassamlashgan
davolash
usuli
qo‘llaniladi
(masofali
gammaterapiya, jarrohlik usuli va kimyoterapiya). Davolash usullarining qaysi
birini qo‘llash kasallikning bosqichiga, jarayonning joylashuviga va o‘smaning
xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
1. Masofali gamma-terapiya ko‘pincha hiqildoq saratonining I va II
bosqichida buyuriladi (gamma-terapiyaning umumiy miqdori 6000-7000 rad.)
Agar gamma-terapiyada 3000 rad (30 Gr) ta’siridan so‘ng o‘sma sezilarli darajada
kichraysa, unda bemorga davolashning to‘liq miqdori buyuriladi. Agar o‘smaning
hajmi yarmidan kam darajada kichraysa gamma-terapiya to‘xtatiladi va jarrohlik
amali
bajariladi.
Gamma-terapiyada
hiqildoq
o‘rta
qavatining
saratoni
radiysezgirligi yuqori, dahliz saratonining radiysezgirligi kam va hiqildoq pastki
qavatining saratoni radiyga sezgir emasligi e’tiborga olinadi.
2. Jarroxlik usuli yordamida davolash. Hiqildoq saratonini davolashda bir
nechta jarrohlik usullari ishlab chikilgan:
a) o‘smani endolaringial yo‘l orqali olib tashlash usuli hiqildoq o‘rta qavati
saratonining boshlang‘ich bosqichida bajariladi;
b) tireotomiya yoki laringofissura, ya’ni xordektomiya yordamida tashqi yo‘l
orqali o‘smani olib tashlash jarrohlik usuli hiqildoq o‘rta qavati saratonining II
bosqichida qo‘llaniladi; til osti suyagi ostidagi faringotomiya jarrohlik amali
hiqildoq usti qopqog‘ining ekstirpatsiyasi deb ataladi va o‘sma hiqildoq usti
qopqog‘ining birikmagan qismiga tarqalganda qo‘llaniladi;
v) hiqildoqni qisman olib tashlash - gorizontal, sagital, frontal gemilaring
ektomiya deb ataladi va o‘sma ovoz burmalari hamda old komissuraga
tarqalganda, hiqildoq pastki qavatining chegaralangan saratoni hamda
cho‘michsimon tog‘aylar yuqori qavatining saratonida qo‘llaniladi;
g) laringektomiya yoki hiqildoq ekstirpatsiyasi jarrohlik amalida hiqildoq
butunlay olib tashlanadi. Ushbu jarrohlik amali hiqildoq saratonini olib tashlash
imkoni bo‘lmagan xollarda bajariladi;
d) kengaytirilgan laringektomiyada hiqildoq til osti suyagi, til negizi, hiqildoq-
halqumning yon devori bilan birga olib tashlanadi.
Laringektomiya jarohlik amali bemor nogiron bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi.
Hiqildoqsiz bemor uning asosiy faoliyatlaridan mahrum bo‘ladi; havo oqimi pastki
nafas yo‘llariga bo‘yin sohasida hosil qilingan traxeostoma orqali kiradi, shuning
uchun u yetarli darajada isitilmaydi, namlanmaydi va tozalanmaydi. Bundan
tashqari bo‘yin sohasidagi teshik yoki traxeostoma va atrofdagilar bilan muloqotda
bo‘lmaslik bemorning asabiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U o‘zini jamiyatdan ajralib
qolganday his etadi.
Laringektomiyani boshdan kechirgan bemorda mehnat faoliyatiga qaytish va
hiqildoqsiz fonatsiya ko‘nikmasini egallashga ehtiyoj tug‘iladi. Hiqildoqsiz
bemorning ovozini tiklash uchun bir nechta usullar ishlab chiqilgan. Bunda
yo‘qotilgan ovoz chiqarish faoliyati ilgari bu faoliyatni bajarmagan a’zolarga,
ya’ni qizilo‘ngach va uning atrofidagi anatomik tuzilmalarga (me’daning kardial
qismi, halqum, og‘iz bo‘shlig‘i, til, tish) yuklatiladi. Hiqildoqsiz nutq ko‘nikmasini
egallash juda qiyin, ammo bir tomondan vrachning matonati va mahorati,ikkinchi
tomondan bemorning xohishi bu qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.
Hiqildoq olib tashlanganidan so‘ng bemorda yuzaga kelgan ayrim nuqsonlarni
bartaraf etish maqsadida qayta tiklash jarrohlik amallari bajariladi; hiqildoqning
o‘sma bilan zararlangan qismi kesib olingandan so‘ng uning pastki qismi va
traxeya tepaga ko‘tarilib, halqumning pastki qismiga, til osti suyagiga, til negiziga
va
til
orqasiga
tikib
qo‘yiladi.
Bunday
jarrohlik
amali
kriko-yoki
traxeolingvofaringopeksiya deb ataladi.
3. Mujassamlashgan terapiya - jarrohlik amali va gamma- terapiyani birga
qo‘llash usuli bo‘lib, u quyidagi variantlarda amalga oshirilishi mumkin:
a) davolash jarrohlik amalidan boshlanib, 2-3 haftadan so‘ng gamma-terapiyaga
o‘tiladi; bu usul hiqildoqning yuqori qavati saratonining III bosqichida, hiqildoq
barcha qavatlari saratonining III bosqichida, hiqildoq perixondriti yoki hiqildoq
torayishida qo‘llaniladi;
b) dastlab gamma-terapiya, keyin jarrohlik amali bajariladi - bu usul
hiqildoq o‘rta qavati saratonining III bosqichida, gamma- terapiyadan so‘ng
jarrohlik amali 2 oydan keyin bajariladi;
v) “sandvich” gamma-terapiyasi : dastlab gamma-terapiyaning yarim
miqdori, keyin jarrohlik amali, undan so‘ng yana gamma-terapiyaning qolgan
miqdori o‘tkaziladi.
Bu usul gamma-terapiyaning yarim miqdori bilan davolanganda o‘smaning
hajmi yarmiga kichrayganda qo‘llaniladi.
4. Kimyo terapiya davolashning asosiy usuliga, ya’ni gamma-terapiya va
jarrohlik amaliga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Jarrohlik amali yoki gamma-
terapiyani qo‘llash imkoni bo‘lmagan hollarda ba’zan kimyo terapiya asosiy
davolash usuliga aylanadi. Bunda ftorbenzotef, metotreksat, bleomitsin, prospidin
dori vositalari buyuriladi.
Kimyo terapiyaning bir qismi hisoblangan gormonal terapiya gamma-terapiya
samara bermagan va jarrohlik amalini qo‘lash iloji bo‘lmagan taqdirda, erkaklarga
estragen guruhi dori vositalari - sinestrol (mushak orasiga yoki teri ostiga kuniga
60-100 mg, jami 2500-3500 mg) yuboriladi. Garmonoterapiya hiqildoq dahlizi
saratonida ijobiy natija beradi.
Hiqildoq saratonida olib borilgan davolash tadbirlarining samarasi bemorning
umrini yana 5 yilga uzaytirish bilan baholanadi. Kasallikning barcha bosqichlarida
qo‘shma davolash usuli, dastlab jarrohlik amali, keyin gamma-terapiya o‘tkaziladi.
Bunda hiqildoq saratonining II bosqichida 71-75%, III bosqichida 25-35%
bemorlarning umri yana 5 yil va undan ortiqqa cho‘ziladi. Hiqildoq saratonining I
bosqichida gamma-terapiyaning o‘zi 80-90% hollarda bemorlarda klinik
sog‘ayishga olib kelishi mumkin. Hiqildoq saratoni qaytalangan bemorlarda og‘ir
asoratlar rivojlanishi mumkin, shuning uchun kasallikni o‘z vaqtida aniqlash va
oldini olishning quyidagi chora tadbirlari muhim ahamiyatga ega:
1) vrachlarning (otorinolaringolog, terapevt, pediatr, okulist va boshk.) onkologik
kasalliklariga bo‘lgan hushyorligini oshirish;
2)korxonalarda kasbi bo‘yicha konserogen moddalar bilan ishlovchi ishchilarni
muntazam profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va surunkali gipertrofik laringit,
monoxordit, hiqildoq papilomasi aniqlangan bemorlarni dispanser nazorati ostiga
olish;
3) LOR- vrachga murojaat qilgan barcha bemorlarda boshqa a’zolar bilan bir
qatorda hiqildoqni ham albatta ko‘zdan kechirish;
4) bemorlarni sinchkovlik bilan tekshirish: bo‘yinning tashqi yuzini ko‘zdan
kechirish, mahalliy limfa tugunlarni paypaslash, bilvosita laringoskopiyada
hiqildoqning barcha bo‘limlari va anatomik qismlarini tepadan pastga, orqadan
oldinga navbatma-navbat ko‘zdan kechirish, hiqildoq usti qopqog‘i birikkan
maydonni ko‘zdan kechirish; .
5) tashxis qo‘yishda qo‘shimcha tekshiruv usullaridan keng foydalanish:
mikrolaringoskopiya,
fibrolaringoskopiya,
elektron
laringostroboskopiya,
rentgenografiya, kompyuter tomografiya, exolokatsiya, termografiya, radiy izotop
va flyuoressent tekshiruv usullari, maxsus biokimeviy reaksiyalarni o‘tkazish,
balg‘am, surtma, o‘sma infiltrati, aspiratsiya va biopsiyada olingan to‘qima
bo‘lagini sitologik tekshiruvdan o‘tkazish.
Hiqildoq sarkomasi kam uchraydi va ko‘pincha o‘rta yoshli erkaklarda, ba’zan
bolalarda qayd etiladi. O‘sma odatda shilliq osti pardasining biriktiruvchi
to‘qimasidan yoki tog‘ay usti pardasidan o‘sadi.
Gistologik tuzilishi bo‘yicha ipsimon hujayrali, polimorf hujayrali, aylana
hujayrali, alveolyar sarkoma, limfosarkoma, fibrosarkoma va miosarkoma tafovut
etiladi. Limfosarkoma va alveolyar sarkoma o‘ta xavfli o‘smalar guruhiga kiradi.
Ko‘pincha sarkoma ovoz burmalarida joylashadi va hajmi turlicha bo‘ladi.
O‘smaning yuzi nisbatan tekis, rangi qon tomirlarga boyligiga bog‘liq bo‘ladi.
Mahalliy metastazlar kasallikning boshlang‘ich bosqichlarida rivojlanib, uzoq
a’zolarga tarqalgan metastazlari kam uchraydi.
Hiqildoq sarkomasini davolashda gamma-terapiya va jarrohlik usuli
qo‘llaniladi, ba’zan kimyo terapiya buyuriladi. Davolashdan so‘ng sarkoma
qaytalanishi mumkin.
LOR - A’ZOLARINING YuQUMLI GRANULEMALARI
SKLEROMA - surunkali yuqumli kasallik bo‘lib, yuqori nafas yo‘llarida o‘ziga
xos infiltratlar hosil bo‘lishi bilan kechadi, lekin O‘zbekistonda juda kam uchraydi.
Kasallikni skleroma klebsiellasi (Frish-Volkovich tayoqchasi) qo‘zg‘atadi.
Tarqalishi. Skleromaning yirik endemik o‘choqlari Ukraina, Belorusiya, Italiya,
Germaniya, Yugoslaviya, Chexiya, Slovakiya, Indoneziya, Braziliya, Gvatemala,
Meksika va Misr Arabistonida joylashgan. Yer yuzida jami 10 000 yaqin skleroma
bilan kasallangan bemorlar qayd etilgan. Ko‘pincha skleroma 16-30,ba’zan keksa
yoshdagi erkak va ayollarda uchraydi. Kasallik qishloq aholisi orasida ko‘proq
tarqalgan (87,5-85%).
Etiologiyasi. Frish-Volkovich bakteriyasi (Klebsiella rhinoscleromatis) boshqa
kapsulali bakteriyalardan farq qiladi. Skleroma bilan og‘rigan bemorda o‘tkazilgan
Borde-Jangu serologik reaksiyada mikrobga qarshi antitelolar aniqlanishi va
streptomitsin bilan davolangandan so‘ng serologik reaksiya titrini o‘zgarishi
kasallikning rivojlanishiga Frish -Volkovich tayoqchasi sabab bo‘lganligini
isbotlab beradi.
Skleroma burun bo‘shlig‘ida, uning shilliq va shilliq osti pardasida dastlab
kataral o‘zgarishlar, 3-5 yildan so‘ng o‘zining birinchi belgilari bilan namoyon
bo‘ladi. Oila a’zolari, qarindoshlar, er-xotin va endemik o‘choqga ko‘chib kelgan
odamlarni kasallanishi skleroma yuqumli kasallik ekanligidan dalolat beradi. Frish-
Volkovich tayoqchasi kasallikning infiltrativ shaklida va qaytalanish davrida havo-
tomchi yoki kontakt yo‘l orqali tarqaladi (qo‘l, sochiq, dastro‘mol, idishlar, ko‘rpa-
to‘shaklar orqali).
Patomorfologiyasi. Skleroma infiltrati ko‘p miqdorda plazmatik hujayralar va
qon tomirlarga ega biriktiruvchi tolali to‘qimadan tashkil topgan. Bular orasida
joylashgan
Mikulich
hujayralari
protoplazma
vakuolalarida
va
ularning
tashqarisida skleroma tayoqchalari aniqlanadi. Skleroma to‘qimasida ba’zan
fibroblastlar, limfotsitlar, poliblastlar, labrotsitlar, ko‘p miqdorda leykotsitlar va
albatta gialin sharlar-Russel tanachalari aniqlanadi. Infiltratning morfologik