LUG‘AT TARKIBIDAGI SO‘ZLARNING KELIB CHIQISHI, IJTIMOIY GURUHLAR TOMONIDAN QO‘LLANISHI JIHATIDAN TAVSIFLANISHI
Yuklangan vaqt
2024-06-04
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
134,5 KB
Ilmiybaza.uz
LUG‘AT TARKIBIDAGI SO‘ZLARNING KELIB CHIQISHI, IJTIMOIY
GURUHLAR TOMONIDAN QO‘LLANISHI JIHATIDAN
TAVSIFLANISHI
Lug‘at tarkibidagi ajralmas birikmalar – frazeologik birikmalarning ma’noli
va tarkib jihatdan tavsiflanishi
Reja:
1.O‘zbek tili leksikasida o‘zqatlam.
2.O‘zbek tili leksikasida o‘zlashgan qatlam.
3.Qo‘llanish doirasi chegaralanmagan leksika (so‘zlar).
4.Qo‘llanish doirasi chegaralangan leksika (so‘zlar).
5.Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi.
6.O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari.
7.Lug‘at tarkibining hissiy-ta’siriy bo‘yoqdorligi jihatidan tavsiflanishi.
8.Leksikografiya (lug‘atshunoslik). 9.Lug‘atlar, ularning turlari.
10.Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot.
11.Tasviriy ifoda (parafraza).
Ilmiybaza.uz
Ma’lumki, o‘zbek xalqi tarixiy davrlar mobaynida boshqa xalqlar bilan
iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bolib kelgan. Bu aloqalar o‘zaro aloqada
bolgan xalqning tiliga ma’lum darajada o‘z ta’sirini otkazadi. O‘zaro ta’sir
natijasida tilning barcha bo‘limlarida: fonetika, leksika, grammatika kabilarda
ozgarishlar yuz beradi. Tildagi ozgarish va rivojlanish tilning leksikasida kuchli
boladi.
O‘zbek xalqi qardosh bolmagan tojiklar bilan qadimdan aloqada boldi.
Shuning tarixiy sabablar bilan bog‘liq holda arab, ruslar bilan aloqada boldi.
Hozirgi davrga kelib bir qancha xorijiy davlatlar bilan dostona aloqalar o‘rnatgan.
Bular o‘zbek tili leksikasiga ko‘plab so‘zlarning o‘zlashishiga sabab bolmoqda.
Hozirgi o‘zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:
1. O‘z qatlam.
2. O‘zlashgan qatlam.
O‘z qatlam. O‘z qatlamga umumturkiy so‘zlar va o‘zbekcha so‘zlar kiradi.
1. Umumturkiy so‘zlar. Ko‘pchilik turkum xalqlar tilida qo‘llanadigan,
barcha turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar umumturkiy so‘zlar deyiladi. Bu
so‘zlar turkiy qabilalarning goh qoshilishi, goh ajralishi natijasida yuzaga kelgan,
hozirda turkiy xalqlar deb nomlanadigan kishilar tiliga mansub so‘zlar dir. Oltoy
tillar oilasining turkiy guruhida (turkumida) 24 ta til: o‘zbek, qozoq, uyg‘ur,
boshqird, qirgiz, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, nogoy, tatar, chuvash, yoqut,
tuva, shor, qoraim, qomiq, gagauz, xakas, balqar, oyrot, karagas, turk, qorachoy,
oltoy turklari tillari mavjud.
Umumturkiy so‘zlar hozirgi o‘zbek tili leksikasining asosiy qismini, deyarli
yarmini tashkil qiladi. Umumturkiy so‘zlar turli sohalarga oid bo‘lib, ularga narsa-
shaxs, belgi, miqdor, harakat, his-tuyg‘u bildiradigan so‘zlar kiradi: kishi, oyoq,
qo‘l, bosh, ko‘z, qosh, qizil, ko‘k, yashil, oq, bir, ikki, uch, to‘rt, kel, tur, yot, otir,
ol, ur, yaxshi, yomon, sen, u, biz, siz, ular, asta, sekin, tez kabi.
2. O‘zbekcha so‘zlar. O‘zbekcha tili sharoitida o‘zbekcha tili va boshqa til
elementlari asosida yaratilgan so‘zlar o‘zbekcha cha so‘zlar deyiladi. O‘zbekcha
Ilmiybaza.uz
so‘zlar o‘zbekcha tilining o‘z ichki imkoniyatlari asosida, o‘z qonuniyatlari asosida
yaratiladi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi:
1. Asli o‘zbekcha so‘zlarga shu tildagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar yor-
damida hosil qilingan so‘zlar: ter+im+chi, bir+lash+ma, qol+lan+ma, ot+kaz+gich,
tur+gun, bola+larcha.
2. Boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlarga o‘zbekcha tilidagi yasovchi qo‘shim-
chalarni qoshish bilan yasalgan so‘zlar: a) tojikcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar:
mard+lik, jang+chi, dost+lik, pul+siz; b) arabcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar :
rahbar+lik,
qimmat+li,
shifo+la+moq,
nifoq+chi,
nomus+li;
v)
ruscha-
internotsional
so‘zlardan
yasalgan
so‘zlar:
sport+chi,
razvedka+chi,
beton+la+moq, ekskavator+chi.
3. Boshqa tillardan kirgan yasovchi qoshimchalar yordamida o‘z va
o‘zlashma so‘zlardan hosil qilingan so‘zlar:
til+shunos, mehnat+kash, chizma+kash, kitob+xon, ilm+iy, vagon+soz va
boshqalar.
O‘zlashgan qatlam. Hozirgi o‘zbekcha tilining lug‘at tarkibiga tarixiy
sabablarga ko‘ra boshqa tillardan ko‘plab so‘zlar kirib kelgan. O‘zbekcha tiliga
boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar o‘zlashgan so‘zlar (olinma so‘zlar) deb
yuritiladi. O‘zlashgan so‘zlar uyg‘ur, tojik, arab, rus, nemis, fransuz, ispan, ingliz
va boshqa tillarga oid.
O‘zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarni quyidagi qatlamlarga
bo‘lish mumkin:
1. Tojikcha so‘zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, mirob, dasta,
bemor, g‘isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, mard, kam, chala, balki, agar, ham
kabi.
2. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar. Arabcha so‘zlar o‘zbek tiliga VII-VIII
asrlardan boshlab kirgan. Bu hol arablarning Markaziy Osiyoni bosib olishi bilan
bog‘liq. Kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’noli, ilhom, kasb, qassob, san’at,
asbob, bino, imorat, ovqat, g‘alla, fil, parranda, hasharot, inson, odam, oila, amma,
xola, dimog‘, idora kabi.
Ilmiybaza.uz
3. Ruscha-internotsional so‘zlar. XIX asrning 2-yarmidan Markaziy
Osiyo, jumladan, O‘zbekiston chor Rossiyasining mustamlaka mamlakatiga
aylandi. Rus tilining o‘zbek tiliga ta’siri shu davrdan boshlandi. Rus tilidan, rus tili
orqali boshqa tillardan ko‘plab so‘zlar o‘zlashdi.
O‘zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Yevropa xalqlari tillaridan
(frantsuz, italyan, nemis, ingliz, ispan) so‘z kirishi ikki tarixiy davrni oz ichiga
oladi:
1. XIX asrning 2-yarmidan XX asrning boshlarigacha bolgan davr.
2. 1917 yildan keyingi davr.
Rus tilidan so‘zlar ikki yo‘l bilan o‘zlashdi:
1. Rus ishchilari, ustalari, rus askarlari, chinovniklarining mahalliy aholi
bilan turli xildagi aloqalari bilan og‘zaki nutq orqali: chilon (chlen), adbakat
(advokat), apisor (ofitser), iskalat (sklad), axran (oxrana), choynay (choynak) kabi.
2. Matbuot orqali: ayrapilan (aeroplan), pabrik (fabrika), poshta (pochta),
zovut (zavod), uez (uezd), kridit (kredit), banka (bank), veksil (veksil) kabi. Rus
tili orqali kirgan so‘zlarning ba’zilari dunyodagi ko‘pgina xalqlarning tilida tovush
tomoni deyarli ozgartirilmay ishlatiladigan xalqaro so‘zlardir. Ular, odatda,
internotsional (baynalminal) so‘zlar deb yuritiladi. O‘zbek tiliga o‘zlashgan
internotsional so‘zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansub:
1. Rus tiliga: sudya, samolyot, stol, stul, tok, ruchka kabi.
2. Lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, general, kapital, kanal,
plan, direktor, radio kabi.
3. Grek tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, poeziya, poema,
metr, neft, taktika, parallel kabi.
4. Nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya kabi.
5. Ingliz tiliga: chempion, futbol, dollar kabi.
6. Fransuz tiliga: roman, palto, serjant, ministr, bank kabi.
Rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan so‘zlar ijtimoiy-siyosiy
hayotga, sanoat, qishloq xojaligi, fan-texnika, madaniy-oqartuv, san’at, savdo,
sport, harbiy sohaga doir. Hozirgi Yevropa tillaridan so‘zlar bevosita aloqalar
Ilmiybaza.uz
orqali o‘zlash moqda. Masalan, oz navbatida so‘zlar o‘zbekcha tilidan rus tiliga
ham o‘zlash moqda: o‘rik, anjir, somsa (uryuk, injir, samsa) kabi. Xalqlar orasidagi
turli xildagi aloqa tillarning lug‘at tarkibining boyib borishiga xizmat qiladi.
O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari
O‘zbek tilining leksikasi fan-texnika, san’at, ishlab chiqarishning taraqqiyoti
bilan bog‘liq holda boyib boradi. Tilning lug‘at tarkibi 2 manba asosida boyiydi.
1. O‘zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida (ichki manba). Bunda so‘z
yasash orqali yangi so‘zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, vazirlik, ijarachi,
tinchliksevar, MDH, BMT kabi. Ichki imkoniyatga shevalardan adabiy tilga so‘z
olish ham kiradi: aya, bolish, uvildiriq (ikra) kabi.
2. Boshqa tillardan so‘z olish (tashqi manba). O‘zbek tiliga boshqa tillardan
so‘z o‘zlashtirish turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan,
keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va rus tili orqali YYevropa
tillaridan so‘z o‘zlashtirish faollashgan. O‘zlashgan so‘zlar ham o‘zbek tili
leksikasida anchagina miqdorni tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik
tarkibini so‘z yasashdan ko‘ra boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish hisobiga boyishi
yetakchilik qilmoqda.
Boshqa tillardan so‘zlar ikki usul bilan o‘zlashtiriladi:
1) so‘zni aynan olish yo‘li bilan;
2) kalkalab olish yo‘li bilan.
So‘zni aynan olish yo‘li bilan tojik, arab tillaridan, shuningdek, rus
tillaridan, rus tili orqali boshqa Yevropa tillaridan ko‘proq o‘zlashtirilgan.
Masalan, sinch, devor, yana, rubob, kitob, maktab, daraxt, mutolaa, muomala,
traktor, sport kabi. Kalkalab o‘zlashtirishda so‘z aynan olinmaydi, balki so‘zning
ma’nolisi o‘zlashtiriladi. Ikkinchi tildagi so‘zning ma’nolisi shu so‘zning
morfemik tarkibidan qismma-qism nusxa ko‘chirish orqali ifoda etiladi. Kalkalab
o‘zlash-tirishning 2 xil yo‘li bor:
1. To‘liq kalka. Bu usulda o‘zlashtirilayotgan so‘zning barcha qismlari o‘z
til materialidan tuziladi. Masalan: polugramatnıy – chalasavod, vsesoyuznıy -
butunittifoq.
Ilmiybaza.uz
2. Yarim kalka. Bu usulda o‘zlashtirilayotgan so‘zning bir qismi aynan
saqlanib, bir qismi o‘z tili orqali beriladi. Traktorist – traktorchi, tabelshik –
tabelchi kabi.
Yarim kalkada ba’zan o‘zlashtirilayotgan so‘zning bir qismi tashlanib,
qolgan qismi aynan olinadi: aktualnıy – aktual kabi. O‘zga til so‘zidagi ma’noli o‘z
tildagi so‘z bilan berilsa, bu semantic kalka deb ham yuritiladi.
Dunyodagi rivojlangan tillarning deyarli hammasida ozmi-ko‘pmi o‘zlash-
gan so‘zlar, iboralar uchrashi, hatto ayrim tillarning aralashib ketganlik
xususiyatlari avvalo tilshunoslarning, qolaversa, tilga e’tibori bo‘lgan har bir
kishining ham diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Ayniqsa, chet so‘zlarning qabul qiluvchi
til qonuniyatlariga tezda bo‘ysunishi, yotligi bilinmay xuddi ona tilinikiday
moslashib ketaverishi kabi obyektiv omillar so‘z o‘zlashuvi masalasini tilshunos-
likning eng dolzarb muammolaridan biriga aylantirdi.
O‘zbek tilida chet so‘zlar miqdori 40 foizdan sal ortiqroq, shundan 26
foizdan sal ortiqrog‘i rus tiliga tegishlidir. Umuman, o‘zbek tilidagi o‘zlashgan
so‘zlar miqdori uncha katta hissani tashkil etmaydi. Chunki rus va Yevropa
tillarining deyarli ko‘pchiligida o‘zlashgan so‘zlar 60 foizdan kam emas. Buning
ustiga, nomi o‘zlashgan deb atalgan so‘zlarning hammasi ham chetdan o‘zlasha-
vermagan.
Bir tildan boshqa tilga so‘z o‘tishi ijobiy hol. Shunisi ham borki, rivojlanishi
faqat o‘z ichki imkoniyatlari doirasi bilan cheklangan biron-bir til bo‘lmagani kabi,
rivojlanishi faqat tashqi imkoniyat – boshqa tillardan lisoniy birliklar olishga
asoslangan til ham bo‘lmaydi. So‘z o‘zlashtirish deganda boshqa tilning barcha
so‘zlarining olinishi emas, balki ulardan ehtiyojga muvofiqlarining olinishi
tushuniladi. Shuning uchun ham so‘z o‘zlashishi tillar rivojlanishining tashqi
omillari sirasiga kiradi.
Darhaqiqat, tashqi olam to‘la-to‘kis so‘z orqali elakdan o‘tadi, tashqi
olamning nomlanishi zarur bo‘lgan narsa-hodisalari so‘z tomonidan “qidiriladi”.
Zero so‘z – til egalarining jamoaviy xotirasi, madaniy yodgorligi, xalq hayotining
ko‘zgusi. O‘zlashtirilgan so‘zlar ham ana shu sifatlardan holi emas. Ular shu
Ilmiybaza.uz
xalqning turmush olamiga ochqich, umuman, o‘zlashmalar barcha bilimlarga yo‘l
ochadigan kalitdir.
Ma’lumki, leksika va uning har xil qatlamlari o‘z xarakteriga ko‘ra turlicha
“tovlanib”, o‘ziga xos lisoniy qiymat kasb etadi. Bu narsa leksikaning o‘ziga xos
murakkab lisoniy sath ekanligidan dalolat beradi. Har bir xalq va uning tilining
boshqa xalqlar va ularning tili bilan o‘zaro aloqadorligi ham leksikada aks etadi.
Shu bois til leksikasini ko‘zguga o‘xshatish joiz bo‘ladi. Ko‘zgu unga qaratilgan
har bir narsaning aksini namoyish etgani kabi, til leksikasi ham ijtimoiy va ruhiy
olamning barcha xususiyatlarini namoyish qiladi. Shu sabab ham jamiyatning
ijtimoiy, ma’naviy olamidagi har bir yangilik, har bir o‘zgarish eng avvalo lug‘at
tarkibida o‘z ifodasini topadi.
Darhaqiqat, leksika ijtimoiy hayotdagi barcha o‘zgarishlarni, xalq bosib
o‘tgan tarixiy yo‘lning izlarini o‘zida aks ettiradi. Ayni paytda muayyan tilning
lug‘at tarkibini tadqiq etishda chet til elementlarining mavqei va amal qilish
doirasi, o‘ziga xos xususiyatlarini ana shu nuqtayi nazardan tahlil etish zaruratini
paydo qiladi. Shuni aytish kerakki, lug‘at tarkibining ijtimoiy hayotdagi
o‘zgarishlarni aks ettirishida o‘ziga xos qonuniyatlar amal qiladi. Negaki, o‘zga
xalqlar bilan madaniy, ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar ham tilda, ham
uning leksikasida aks etadi. Bunday jarayon til lug‘at tarkibida chet so‘zlarning
paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Jumladan, hozirgi o‘zbek tili lug‘at tarkibida arab
tilidan o‘zlashgan so‘zlar salmoqli miqdorni tashkil etadi. Bu so‘zlar o‘zbek tili
lug‘at tarkibidagi o‘zlashgan boshqa so‘zlar qatlamida o‘zining boyligi va
ifodaliligi bilan ajralib turadi.
Hazrat Navoiy arab tilining bu xususiyati haqida “Muhokamat-ul lug‘atayn”
asarida shunday deydi: “Barchasidan arab tili fasohat o‘yini bila mumtoz va
balog‘at tazyini bila mo‘jizatirozdurkim, hech takallum ahlining munda da’vosi
yo‘qdur”. Qаrindоshlik аtаmаlаri qоn-qаrindоshlik, оilа-nikоh, оtа urug‘i vа оnа
urug‘igа dоir shахslаr hаmdа ulаrning yosh хususiyatlаrigа ko‘rа fаrqlаngаn.
Mаsаlаn,
Ilmiybaza.uz
1. bаrchа turkiy tillаr vа o‘zbеk tilidа оtа//аtа, оpа//аpа, tоg‘а//dаyi//tаy,
хоtin//kаtin//gаdo‘n, kеlin//gеlin, qаyin//qаyo‘n//qаyn kаbi.
2. Turli hаyvоn, jоnivоr, pаrrаndаlаr nоmlаri, ulаrning аnаtоmik а’zоlаri
аtаmаlаri:
оt//аt,
bеdаv//bаdаv,
echki//eshki//echi,
eshаk//yesek//eshteq,
g‘оz//qаz//kаs, tuyoq//tоyak//tuyak, tumshuq//tоmshiq//tumzuх vа bоshqаlаr.
3.
O‘simlik
nоmlаri
vа
ulаrning
а’zоlаrigа
оid
аtаmаlаri:
bоshоq//mаjаq//mаsаq, yaprоq//yаlbo‘rаk//yаpurmаk, tоmir//tаmo‘r//tаmo‘х kаbi.
4.
Tаbiаt
hоdisаlаrini
аnglаtuvchi
аtаmаlаr
(аnеmоnimlаr):
еl
(shаmоl)//jеl//chеl, yashin//jаso‘n kаbi.
5. Аyrim jo‘g‘rоfiy vа sаmоviy tushunchаlаrni ifоdаlоvchi so‘zlаr:
yulduz//juldiz//yo‘ldo‘k, dеngiz//dеniz//tinеs, ko‘k (оsmоn)//kоy//kо’k, dаlа//
tаlаа//tаrlа, suv (dаryo)//suu//suq vа bоshqаlаr.
6. Nаrsа, hоdisа, vоqеа, hаrаkаt, bеlgi vа miqdоr nоmlаri, shахs vа so‘rоq
mа’nоsini аnglаtuvchi qаdimgi so‘z vа аtаmаlаr hаm o‘zbеk tilining umumturkiy
lеksik qаtlаmining аsоsini tаshkil qilаdi.
Umumаn, turkiy tizimdаgi tillаrdа eng qаdimgi dаvrlаrdаn bоshlаb, аmаldа
аsоsаn bir хildа qo‘llаnib kеlgаn, kеyinchаlik o‘sib, rivоjlаnib, hоzirgi pаytdа hаm
dеyarli bаrchа turkiy tillаrdа shаkl vа mа’nо birligini sаqlаgаn, lеkin qismаn hаr
bir turkiy tilning аrtikulyasiоn хususiyatlаrigа ko‘rа o‘z fоnеtik аyrimliklаrigа egа
bo‘lgаn lug‘аviy birliklаr bаrchа turkiy tillаr lеksikаsining аsоsini tаshkil qilаdi.
Shubhаsiz, turkiy tillаrning hаr biri o‘z ichki qоnuniyatlаri аsоsidа rivоjlаnib
kеlgаn, shuning uchun bоshqа turkiy tillаrdаgi аyrim so‘zlаr o‘zbеk tilidа, o‘zbеk
tilidаgi аyrim so‘zlаr esа bоshqа turkiy tillаrdа uchrаmаsligi mumkin. Mаsаlаn, ev
(uy), emgаk (mеhnаt), еmаk (nоn), аl (qo‘l) singаri umumturkiy so‘zlаr hоzirgi
kundа o‘zbеk tilidа ishlаtilmаydi, o‘zbеk tilidаgi аyrim so‘zlаr hаm bоshqа turkiy
tillаrdа shundаy ishlatilmasligi mumkin.
Nazorat uchun savollar:
1. O‘zbek tili leksikasida o‘zqatlam.
2. O‘zbek tili leksikasida o‘zlashgan qatlam.
3. Qo‘llanish doirasi chegaralanmagan leksika (so‘zlar).
Ilmiybaza.uz
4. Qo‘llanish doirasi chegaralangan leksika (so‘zlar).
5. Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi.
6. O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari.
7. Lug‘at tarkibining hissiy-ta’siriy bo‘yoqdorligi jihatidan tavsiflanishi.
8. Leksikografiya (lug‘atshunoslik).
9. Lug‘atlar, ularning turlari.
10. Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot.
11. Tasviriy ifoda (parafraza).