LUG‘AT TARKIBINING AJRALMAS BIRIKMALAR – FRAZEOLOGIK BIRIKMALAR MA’NO VA TARKIBI JIHATDAN TAVSIFLANISHI. LEKSIKOGRAFIYA
Yuklangan vaqt
2024-10-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
22,5 KB
LUG‘AT TARKIBINING AJRALMAS BIRIKMALAR – FRAZEOLOGIK
BIRIKMALAR MA’NO VA TARKIBI JIHATDAN TAVSIFLANISHI.
LEKSIKOGRAFIYA
REJA:
1. Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot.
2. Tasviriy ifoda (parafraza).
3. Leksikografiya.
Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot
Nutqda ikki yoki undan ortiq so`zlarning o`zaro ma’no va grammatik jihatdan
bog`lanishidan tuzilgan birikmalar ham qo`llaniladi.
Bunday birikmalarning ayrimlari nutq jarayonida tuziladi, ayrimlari esa tilda
tayyor birikma shaklida mavjud bo`ladi. Ular bir-biridan o`ziga xos belgilari bilan
farq qiladi.
Nutq jarayonida tuzilgan birikma kamida ikkita mustaqil so`zdan tashkil
topadi va murakkab tushuncha ifodalaydi. Bunday so`z birikmasi ifodalaydigan
tushuncha tarkibidagi so`zlarning ma’nosi asosida yuzaga keladi: qiziqarli asar.
Bunday so`z birikmasi tarkibidagi so`zlar ayrim-ayrim so`zlarga ajrala oladi:
qiziqarli asar – zerikarli asar. Shuning uchun ular erkin so`z birikmasi deb
yuritiladi.
Tilda ko`p vaqt bir qolipda qo`llanaverib, bo`linmaydigan holga kelib qolgan
birikmalar mavjud: og`zi qulog`ida. Demak, so`z birikmalari ikki xil: a) erkin so`z
birikmasi; b) turg`un so`z birikmasi. Turg`un birikmalar ikki xil: a) birikmali
atamalar; b) iboralar.
Tilda ikki yoki undan ortiq so`zdan tarkib topib, ko`chma ma’no
ifodalaydigan, ma’nosi bir so`zga teng keladigan turg`un birikmalar ibora
(frazeologik birlik) deyiladi.
Iboralarning quyidagi xususiyatlari mavjud:
1. Iboralar ahamiyati va qo‘llanishi jihatidan, odatda, so‘zga tеng kеladi: kapalagi
uchib kеtdi (cho‘chidi), og‘zing qani dеsa qulog‘ini ko‘rsatadi (lapashang)
2. Iboralar ko‘chma ma'no ifodalaydi va ta'sirchanlikka, obrazlilikka ega bo‘ladi.
Masalan, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan iborasani o‘qigan odam o‘t yeb turgan qo‘y,
uning og‘zidagi cho‘p kabi timsollarni ko‘z oldiga keltiradi. Yuvosh so‘zida esa bu
kabi xususiyatlar yo‘q.
3. Iboralar gap tarkibida yaxlit ko‘rinishda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta gap
bo‘lagi vazifasini bajaradi: yulduzni benarvon uradigan (yigit)– qanday (yigit)?
4. Ayrim iboralar tarkibiga boshqa so‘zlarni kiritish yoki tarkibidagi so‘zlarni
o‘zgartirish mumkin: ko‘zi tushdi – ko‘zi mеnga tushdi; burni ko‘tarilgan - burni
ko‘tarilib kеtibdi – burni ko‘tarilibdi va h.
5. Iboralar ko‘proq so‘zlashuv va badiiy uslubda ishlatiladi. Ulardan unumli
foydalanish nutqning ta'sirchanligini oshiradi.
6. Birikmalargina emas, ayrim gaplar ham ibora holiga kelib qolishi mumkin:
ishtahasi ochildi, dili siyoh bo`ldi.
Iboralarning barchasi ko`chma ma’no ifodalaydi va ularda emotsionallik
so`zga nisbatan kuchli bo`ladi. Shuning uchun iboralar nutqning ifodalaligini va
ta’sirchanligini oshiradi.
Tilning iboralarni o`rganadigan bo`limi frazeologiya, iboralar yig`indisi esa
frazeologizm deb yuritiladi.
Iboralar o`rtasida ham o`zaro sinonimlik, antonimlik, omonimlik, paronimlik
hodisalari bo`lishi mumkin. (Qarang: 8-§. So`zlarning shakl va ma’no munosabatiga
ko`ra turlari.)
• Frazeologiya – tilshunoslikning bo`limlaridan biri hisoblanadi. Frazeologiya
– lotin tilidan olingan bo`lib, prasis – ifoda, logos – ta’limot deganidir.
• Tilda ikki yoki undan ortiq so`zdan tarkib topib, ko`chma ma’no
ifodalaydigan, ma’nosi bir so`zga teng keladigan turg`un birikmalar ibora
(frazeologik birlik) deyiladi.
• Ma’no yaxlitligiga ega bo`lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq
so`zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib
kiriluvchi ko`chma ma’nodagi barqaror birikmalarga frazeologizmlar
deyiladi
• Tilning iboralarni o`rganadigan bo`limi frazeologiya, iboralar yig`indisi esa
frazeologizm deb yuritiladi.
• Masalan, tilini tiymoq, tarvuzi qo`ltig`idan tushmoq, o`takasi yorilmoq va
hokazolar . . .
• Ma’no darajasiga ko`ra turlari.
• Frazeologik qo`shilma qo`l qo`ymoq- imzo chekmoq
• Frazeologik birlashma tepa sochi tikka bo`ldi- qo`rqib ketti
• Frazeologik chatishma pixini yorgan- ayyor
• Frazeologik birlik markazida turgan so`z turkumlari
• Frazeologik birikmalar markazida turgan so`z turkumlari
• a) otli frazeologik birikmalar: og‘zi qulog‘ida
• b) fe’lli frazeologik birikmalar: aqlini yegan
FRAZEOLOGIK
BIRLIKLARNING
SHAKL
VA
MA’NO
TURLARIGA KO`RA TASNIFI
• Omonimlik- shakli bir xil ma’nosi har xil iboralar. M: boshga ko`tarmoq-
e’zozlamoq; boshga ko`tarmoq- shovqin solmoq
• Sinonimlik- bir-biriga ma’nosi yaqin ma’nodosh iboralar. M: dunyoga
kelmoq- tavallud topmoq
• Antonimlik- qarama-qarshi ma’noli iboralar zid ma’noli iboralar. M:
dunyoga kelmoq- dunyodan ketmoq
• Paronimlik – bitta so`zi bilan farqlanadigan iboralar:yetti uxlab, tush(i)ga
kirmaslik va yetti uxlab tush(i)da ko`rmaslik;
Frazeologik birliklarning ko`p manoliligiga ko`ra ko`ra tasnifi
• 1.Bir ma’noli frazeologik birliklar
•
Xuddi bir ma’noli so`zlarga o`xshab bir ma’noli frazeologik birliklar
ham tarkibidagi so`zlarning ma’nolaridan kelib chiqadigan bitta ma’noga ega
bo`ladi. Masalan bir yoqadan bosh chiqarmoq iborasi “hamjihat bo`lmoq”
degan bitta ma’noni, yer bilan osmoncha iborasi “juda katta, beqiyos (farq)”
degan bitta ma’noni ifodalaydi.
• 2. Ko`p ma’noli frazeologik birliklar
• Ko`p ma’noli leksemaga o`xshab polisemantik iboralar ham bir-biriga
bog`langan kamida ikkita ma’noga ega bo`ladi. Ko`p manoli iboralar ko`chma
ma’nolari ikkitadan beshtagacha borishi mumkin.
FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING KO`P MANOLILIGIGA KO`RA
KO`RA TASNIFI (davomi)
• 1) Ikki manoli iboralar: yo`lga tushmoq. 1. Kim. jo`namoq, keta boshlamoq.
2. To`g`ri yo`lga qaytmoq.
• 2) uch manoli iboralar: bino qo`ymoq – 1. o`ziga. Ortiqcha baho bermoq,
yuksak fikrda bo`lmoq. 2. o`ziga. Qiyofasiga alohida e’tibor bermoq. 3. Kimga
yoki nimaga. E’tiqod bilan qaramoq.
• 3) to`rt manoli iboralar: bosh ko`tarmoq. 1. Kim. Qaramoq. 2. Kim nimadan.
Qilib turgan ishini to`xtatmoq. 3. Nima. Qo`zg`almoq, harakatga kelmoq. 4.
Kimga qarshi. Kurashga chog`lanmoq.
• 4) besh manoli iboralar: javob bermoq. 1. Kim nimaga yoki kimga. Javob
qilmoq.
• 2. kim nimaga nima bilan. Javoban ish tutmoq. 3. Nima nimaga. Qondirmoq.
4. Kim nimaga. Javobgarlikni o`z ustiga ustiga olmoq. 5. Kim kimga.
“Ketish”ga ruxsat bermoq.
• 5) olti manoli iboralar: to`g`ri kelmoq – 1. Nima yoki kim nimaga yoki kimga.
Muvofiq bo`lmoq. 2. Nima nimaga. Bir vaqtda bo`lmoq. 3. Nima kimga yoki
nimaga qanchadan. Taqsimlaganda tegmoq. 4. Nima yoki kim kimga.
Yo`liqmoq, uchramoq. 5. Nima yoki nima qilish. Qulay bo`lmoq. 6. Nima
qilishga. Lozim bo`lmoq, zarur bo`lmoq.
Frazeologik birliklarning variantliligiga ko`ra ko`ra tasnifi
• Leksik variant deganda ibora tarkibidagi mustaqil so`z turkumiga oid so`zi
o`zgartilishi nazarda tutiladi. Masalan: o`yga cho`mmoq – o`yga botmoq,
og`ziga tolqon solmoq – og`ziga so`k solmoq va b.