LUG‘AT TARKIBINING SHAKL VA MA’NOLI MUNOSABATLARI JIHATIDAN TAVSIFLANISHI

Yuklangan vaqt

2024-06-04

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

59,5 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
LUG‘AT TARKIBINING SHAKL VA MA’NOLI MUNOSABATLARI 
JIHATIDAN TAVSIFLANISHI 
 
 
 
Reja: 
1. Omonimlar va ularning turlari.  
2. Omoformalarva ularning turlari.  
3. Sinonimlar va ularning turlari.   
4. Antonimlar va ularning turlari.  
5. Paronimlar.  
6. Giponimiya 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz LUG‘AT TARKIBINING SHAKL VA MA’NOLI MUNOSABATLARI JIHATIDAN TAVSIFLANISHI Reja: 1. Omonimlar va ularning turlari. 2. Omoformalarva ularning turlari. 3. Sinonimlar va ularning turlari. 4. Antonimlar va ularning turlari. 5. Paronimlar. 6. Giponimiya Ilmiybaza.uz 
 
 
 
Tildagi so‘zlarning ma’lum qismi shakl yoki ma’nolisiga ko‘ra o‘zaro 
aloqador butunliklarni tashkil etadi. Bunday utunliklardagi so‘zlar ana shu xusu-
siyatlariga ko‘ra ikki guruhni tashkil qiladi: 1) omonimlar, omoshakllar, 
omofonlar, omograflar va paronimlar shakliga ko‘ra; 2) sinonimlar, antonimlar esa 
o‘zaro mazmun uzviyligi yoki zidligiga ko‘ra alohida guruhga mansub bo‘ladi. 
1. Omonimlar yunoncha homos-bir xil, onoma-nom so‘zlaridan olingan 
bo‘lib, talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo alohida ma’nolilarga ega bo‘lgan 
so‘zlardir. Bunday so‘zlar leksik omonimlar deyiladi. Masalan: kuya - hasharot, 
kuya - qozonning kuyasi. Omonimlar bir va bir necha turkumga mansub bo‘lishi 
mumkin. Masalan: chang - gard va cholg‘u asbobi ma’nolilari bilan ot turkumiga 
mansub; o‘t-olov, ko‘kat kabi ma’nolilari bilan ot so‘z turkumiga mansub, o‘t - 
fe’lining buyruq-istak mayli ekanligi kabilar shular jumlasidandir. 
Bir xil so‘z turkumiga mansub omonimlar turli grammatik qo‘shimchalar 
bilan shakllanganda ham ularda omonimlik saqlanib qoladi. Masalan: ot - ism va 
uy hayvoni ma’nolilaridagi omonim so‘zlarga egalik, kelishik, ko‘plik qo‘shim-
chalarini qo‘shish bilan omonimlikning saqlanib qolganini ko‘rish mumkin: otlar, 
otning, otlarim. Bunday omonimlarni mutlaq omonim so‘zlar deb atash mumkin. 
Omonimlarni vujudgaga keltiruvchi hodisalar turlicha bo‘lib, ularning 
asosiylari qo‘yidagilardir: 
1. O‘z qatlamga mansub bo‘lgan ba’zi so‘zlar tarixan fonetik tuzilishi har xil 
bo‘lsa ham talaffuzda shakldoshlik kasb etishi asosida omonimlarga aylanadi: ot 
(ism) - ot (hayvon) - ot (harakat); o‘t (o‘t-o‘lan) - o‘t (olov) - o‘t (harakat) kabi 
omonim so‘zlardagi o va o‘ unlilari tarixan o‘zining til oldi va til orqa shakllariga 
(allafonlariga) ega bo‘lgan. Biroq, hozirgi adabiy tilda ular farqlanmaydi. 
2. Ko‘p ma’nolili so‘zlar o‘rtasidagi ma’noli bog‘lanishning uzilishi, zaif-
lashishi asosida ham omonimlar shakllanadi. Masalan, ko‘k so‘zi, dastlab, ko‘k 
rang (sifat) tushunchasiga ega bo‘lgan. Keyinchalik bu so‘z metafora (o‘xshashlik) 
asosida osmon tushunchasiga nisbatan ham ishlatila boshlagan. Hozir ular 
o‘rtasidagi bunday ma’noli bog‘lanish yo‘qolib, omonim so‘z hosil bo‘lgan. Xuddi 
shunday holatni dam so‘zining nafas, hordiq, harorat, bosqon ma’nolilarida 
ishlatilishi misolida ham kuzatish mumkin. 
3. Umumturkiy yoki asl o‘zbekcha so‘zlar o‘zga tillardan so‘z o‘zlashtirish 
asosida ham shakldoshlikka ega bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, bog‘ (mevazor) 
va bog‘ (bog‘langan narsa, beda bog‘i); tok (uzum novdasi) va tok (elektor toki), 
tom (uy tomi) va tom (kitob jildi) so‘zlari o‘zbekcha-tojikcha hamda o‘zbekcha-rus 
va Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning o‘xshash fonetik qiyofasi asosida 
yuzaga kelgan omonim so‘zlardir. 
Ilmiybaza.uz Tildagi so‘zlarning ma’lum qismi shakl yoki ma’nolisiga ko‘ra o‘zaro aloqador butunliklarni tashkil etadi. Bunday utunliklardagi so‘zlar ana shu xusu- siyatlariga ko‘ra ikki guruhni tashkil qiladi: 1) omonimlar, omoshakllar, omofonlar, omograflar va paronimlar shakliga ko‘ra; 2) sinonimlar, antonimlar esa o‘zaro mazmun uzviyligi yoki zidligiga ko‘ra alohida guruhga mansub bo‘ladi. 1. Omonimlar yunoncha homos-bir xil, onoma-nom so‘zlaridan olingan bo‘lib, talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo alohida ma’nolilarga ega bo‘lgan so‘zlardir. Bunday so‘zlar leksik omonimlar deyiladi. Masalan: kuya - hasharot, kuya - qozonning kuyasi. Omonimlar bir va bir necha turkumga mansub bo‘lishi mumkin. Masalan: chang - gard va cholg‘u asbobi ma’nolilari bilan ot turkumiga mansub; o‘t-olov, ko‘kat kabi ma’nolilari bilan ot so‘z turkumiga mansub, o‘t - fe’lining buyruq-istak mayli ekanligi kabilar shular jumlasidandir. Bir xil so‘z turkumiga mansub omonimlar turli grammatik qo‘shimchalar bilan shakllanganda ham ularda omonimlik saqlanib qoladi. Masalan: ot - ism va uy hayvoni ma’nolilaridagi omonim so‘zlarga egalik, kelishik, ko‘plik qo‘shim- chalarini qo‘shish bilan omonimlikning saqlanib qolganini ko‘rish mumkin: otlar, otning, otlarim. Bunday omonimlarni mutlaq omonim so‘zlar deb atash mumkin. Omonimlarni vujudgaga keltiruvchi hodisalar turlicha bo‘lib, ularning asosiylari qo‘yidagilardir: 1. O‘z qatlamga mansub bo‘lgan ba’zi so‘zlar tarixan fonetik tuzilishi har xil bo‘lsa ham talaffuzda shakldoshlik kasb etishi asosida omonimlarga aylanadi: ot (ism) - ot (hayvon) - ot (harakat); o‘t (o‘t-o‘lan) - o‘t (olov) - o‘t (harakat) kabi omonim so‘zlardagi o va o‘ unlilari tarixan o‘zining til oldi va til orqa shakllariga (allafonlariga) ega bo‘lgan. Biroq, hozirgi adabiy tilda ular farqlanmaydi. 2. Ko‘p ma’nolili so‘zlar o‘rtasidagi ma’noli bog‘lanishning uzilishi, zaif- lashishi asosida ham omonimlar shakllanadi. Masalan, ko‘k so‘zi, dastlab, ko‘k rang (sifat) tushunchasiga ega bo‘lgan. Keyinchalik bu so‘z metafora (o‘xshashlik) asosida osmon tushunchasiga nisbatan ham ishlatila boshlagan. Hozir ular o‘rtasidagi bunday ma’noli bog‘lanish yo‘qolib, omonim so‘z hosil bo‘lgan. Xuddi shunday holatni dam so‘zining nafas, hordiq, harorat, bosqon ma’nolilarida ishlatilishi misolida ham kuzatish mumkin. 3. Umumturkiy yoki asl o‘zbekcha so‘zlar o‘zga tillardan so‘z o‘zlashtirish asosida ham shakldoshlikka ega bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, bog‘ (mevazor) va bog‘ (bog‘langan narsa, beda bog‘i); tok (uzum novdasi) va tok (elektor toki), tom (uy tomi) va tom (kitob jildi) so‘zlari o‘zbekcha-tojikcha hamda o‘zbekcha-rus va Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning o‘xshash fonetik qiyofasi asosida yuzaga kelgan omonim so‘zlardir. Ilmiybaza.uz 
 
4. Ma’lum bir so‘zning o‘zak-negizidan qo‘shimchalar orqali yangi so‘zlar 
yasalishi natijasida shakldosh so‘zlar hosil bo‘ladi. Masalan: oylik olmoq, oylik 
reja birikmalaridagi oylik so‘ziga qo‘shilgan –lik qo‘shimchasi asosida shakldosh 
so‘z hosil bo‘lgan.  
Ba’zan shakldoshlik nisbiy bo‘lib, so‘zlarning ma’nolilari har xil bo‘lgani 
holda aytilishi bir xil, ammo yozilishida biroz farq bo‘lishi yoki ba’zan ma’nolili 
qismlarigina shakldosh bo‘lsa ham, grammatik ma’nolisi o‘zgacha bo‘lishi 
mumkin. Shunga ko‘ra shakldosh so‘zlarning uch xil turi farqlanadi:  1) 
omoshakllar, 2) omofonlar, 3) omograflar.  
Omoformalar ma’nolilari har xil bo‘lib, ba’zi grammatik shakllariga ko‘ra 
bir xillikka ega bo‘ladigan shakldosh so‘zdir. Omoformalar ayni bir so‘z turkumiga 
ham, boshqa-boshqa so‘z turkumlariga ham mansub bo‘lishi mumkin. Masalan, 
oqar (oq tusga kir) - buyruq fe’li, II shaxs birlik; oqar ("oqadigan") fe’lning kelasi 
zamon sifatdosh shakli; yoz - ot, bosh kelishik shaklida, yoz - II shaxs birlikdagi 
buyruq fe’li va boshqalar. 
Bu so‘zlarga boshqa grammatik qo‘shimchalar qo‘shilganda  bir-birlaridan 
tamomila ajralib, omonimlik yo‘qoladi. Masalan: oqaray, oqarsin - oqaradi, 
oqarsan; yozning, yozni, yozga, yozda, yozdan - yozay, yozgin, yozsin kabi 
holatlarda omonimlik mavjud emas.  
3. Omofonlar fonetik tarkibi ma’lum tovush bilan farqlanadigan, lekin 
talaffuzda shakldosh bo‘lib qoladigan so‘zlardir. Omofonlardagi o‘zaro farq ular 
tarkibidagi bitta fonemada bo‘ladi va ular, asosan, jarangli va jarangsiz juftliklar va 
hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra yaqin bo‘lgan tovushlarning talaffuzda bir xillik kasb 
etishida ko‘zga tashlanadi. Masalan, sud - sut, tanbur - tambur, tub-tup, yetdi - 
yetti kabi so‘zlar talaffuzi omofonlarni yuzaga keltiradi. 
4. Omograflar yozilishi  bir xil bo‘lgan shakldosh so‘zlardir. Omograflar 
ma’nolisi va fonetik tarkibi, talaffuzi jihatidan boshqa - boshqa, faqat yozilish 
shakli jihatdan bir xil bo‘lgan so‘zlardir. Masalan, tol - daraxt, qurilish jihozi, tok - 
elektr quvvati, uzum novdasi, to‘r-xonaning yuqori qismi, parda kabi ma’nolilarga 
ega bo‘lgan so‘zlardagi o, o‘ tovushlari talaffuzda qattiq va yumshoqligi bilan 
farqlanadi, biroq yozilishiga ko‘ra shakldoshlikka ega bo‘ladi. Xullas, talaffuzi va 
yozilishi bir xil bo‘lgan bunday shakldosh so‘zlarni o‘zak va grammatik 
qo‘shimchalarining bir xilligi, bir turkumga mansubligi e’tibori bilan omograflar 
qatoriga qo‘shish mumkin. Tildagi bu kabi shakldoshliklar so‘z o‘yini sifatida 
tuyuq, askiya san’atlarida asosiy o‘rin tutadi.  
5. Paronimlar. Paronimlar so‘zlar yunoncha para-juft va onoma-nom 
so‘zlaridan olingan bo‘lib, fonetik tarkibi va ma’nolisi boshqa-boshqa biroq 
talaffuz jarayonida o‘xshash, yaqin bo‘lgan so‘zlardir. Demak, paronimlar birdan 
ortiq so‘zning shakliy o‘xshashligiga asoslanadi va bu hodisa ko‘pincha so‘zlarni 
Ilmiybaza.uz 4. Ma’lum bir so‘zning o‘zak-negizidan qo‘shimchalar orqali yangi so‘zlar yasalishi natijasida shakldosh so‘zlar hosil bo‘ladi. Masalan: oylik olmoq, oylik reja birikmalaridagi oylik so‘ziga qo‘shilgan –lik qo‘shimchasi asosida shakldosh so‘z hosil bo‘lgan. Ba’zan shakldoshlik nisbiy bo‘lib, so‘zlarning ma’nolilari har xil bo‘lgani holda aytilishi bir xil, ammo yozilishida biroz farq bo‘lishi yoki ba’zan ma’nolili qismlarigina shakldosh bo‘lsa ham, grammatik ma’nolisi o‘zgacha bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra shakldosh so‘zlarning uch xil turi farqlanadi: 1) omoshakllar, 2) omofonlar, 3) omograflar. Omoformalar ma’nolilari har xil bo‘lib, ba’zi grammatik shakllariga ko‘ra bir xillikka ega bo‘ladigan shakldosh so‘zdir. Omoformalar ayni bir so‘z turkumiga ham, boshqa-boshqa so‘z turkumlariga ham mansub bo‘lishi mumkin. Masalan, oqar (oq tusga kir) - buyruq fe’li, II shaxs birlik; oqar ("oqadigan") fe’lning kelasi zamon sifatdosh shakli; yoz - ot, bosh kelishik shaklida, yoz - II shaxs birlikdagi buyruq fe’li va boshqalar. Bu so‘zlarga boshqa grammatik qo‘shimchalar qo‘shilganda bir-birlaridan tamomila ajralib, omonimlik yo‘qoladi. Masalan: oqaray, oqarsin - oqaradi, oqarsan; yozning, yozni, yozga, yozda, yozdan - yozay, yozgin, yozsin kabi holatlarda omonimlik mavjud emas. 3. Omofonlar fonetik tarkibi ma’lum tovush bilan farqlanadigan, lekin talaffuzda shakldosh bo‘lib qoladigan so‘zlardir. Omofonlardagi o‘zaro farq ular tarkibidagi bitta fonemada bo‘ladi va ular, asosan, jarangli va jarangsiz juftliklar va hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra yaqin bo‘lgan tovushlarning talaffuzda bir xillik kasb etishida ko‘zga tashlanadi. Masalan, sud - sut, tanbur - tambur, tub-tup, yetdi - yetti kabi so‘zlar talaffuzi omofonlarni yuzaga keltiradi. 4. Omograflar yozilishi bir xil bo‘lgan shakldosh so‘zlardir. Omograflar ma’nolisi va fonetik tarkibi, talaffuzi jihatidan boshqa - boshqa, faqat yozilish shakli jihatdan bir xil bo‘lgan so‘zlardir. Masalan, tol - daraxt, qurilish jihozi, tok - elektr quvvati, uzum novdasi, to‘r-xonaning yuqori qismi, parda kabi ma’nolilarga ega bo‘lgan so‘zlardagi o, o‘ tovushlari talaffuzda qattiq va yumshoqligi bilan farqlanadi, biroq yozilishiga ko‘ra shakldoshlikka ega bo‘ladi. Xullas, talaffuzi va yozilishi bir xil bo‘lgan bunday shakldosh so‘zlarni o‘zak va grammatik qo‘shimchalarining bir xilligi, bir turkumga mansubligi e’tibori bilan omograflar qatoriga qo‘shish mumkin. Tildagi bu kabi shakldoshliklar so‘z o‘yini sifatida tuyuq, askiya san’atlarida asosiy o‘rin tutadi. 5. Paronimlar. Paronimlar so‘zlar yunoncha para-juft va onoma-nom so‘zlaridan olingan bo‘lib, fonetik tarkibi va ma’nolisi boshqa-boshqa biroq talaffuz jarayonida o‘xshash, yaqin bo‘lgan so‘zlardir. Demak, paronimlar birdan ortiq so‘zning shakliy o‘xshashligiga asoslanadi va bu hodisa ko‘pincha so‘zlarni Ilmiybaza.uz 
 
adabiy normada to‘g‘ri talaffuz etmaslik, adabiy normaning buzilishiga ham olib 
keladi. Masalan, fakt - pakt, afzal - abzal so‘zlari f undoshining p, b tarzda talaffuzi 
asosida yuzaga kelgan paronimlar bo‘lib, ular aslida fonetik tarkibi va ma’noli 
jihatdan farqlanuvchi so‘zlardir: fakt - dalil, isbot, pakt - davlatlar o‘rtasidagi 
shartnoma, kelishuv hujjati ma’nolisidagi so‘z; afzal - qulay, ma’qul abzal esa ot 
va boshqa ulov anjomi, to‘qim va boshqa jihozlarning umumiy nomidir. Xuddi 
shuningdek, paronimlik holatni amr-amir, zirak - ziyrak, jayron-jiyron, yondosh - 
yondash, quyilmoq - quyulmoq so‘zlari misolida ko‘rish mumkin. 
Paronimlar tub yoki yasama so‘zlardan tarkib topgan bo‘lishi mumkin. 
Masalan, fakt-pakt, burj-burch kabilar tub so‘zlar asosida shakllangan paronim-
lardir. Yasama so‘zdan esa bir o‘zaklardan bir xil qo‘shimchaning fonetik 
variantlarini qo‘shish asosida hosil bo‘ladi: yoriq-yorug‘, qurit-qurut, oqlik-oqliq, 
otalik-otaliq. Paronim so‘zlar o‘z va o‘zlashma so‘zlar asosida vujudga kelishi 
mumkin: aro-oro (o‘zbek va fors-tojik), burch-burj (o‘zb. va arab). Paronimlar 
ham antonimlar singari har doim juft so‘z shaklida tuziladi, biroq ular bir xil va har 
xil so‘z turkumlariga mansub bo‘lishi mumkin.   
Paronimiya ba’zi til hodisalariga yaqin bo‘lib, ulardan quyidagi xususiyatlari 
bilan farqlanadi: 
1.Paronimlar so‘z variantlari (leksik dubletlar) bilan yondosh hodisadir. Ular 
ham ayrim tovush orqaligina farqlanib, talaffuz o‘xshashligiga ega bo‘ladi. Shu 
bois ba’zan paronimlar mazkur hodisa bilan chalkashtirilishi mumkin. Masalan, 
adabiy tildagi tomosha so‘zining ba’zan tomosho, tamosho tarzda ikki xil variantda 
fonetik jihatdan buzib ishlatilishi orqali uning talaffuz dubleti hosil bo‘ladi. 
Shuningdek, ayrim so‘zlarning turlicha variantlarda ishlatilishi adabiy me’yor 
sifatida qabul qilingan: gado-gadoy, demak-demoq, obro‘-obro‘y, nogoh-nogah, 
yiqilabermoq-yiqilavermoq 
kabi 
juftliklar, 
shular 
jumlasidandir. 
Xullas, 
tilshunoslikda variantlilik, so‘z variantlari va leksik dubletlar kabi turlicha 
terminlar asosida nomlangan bu hodisa, paronimlardan farqli ravishda, bitta 
so‘zning og‘zaki va yozma nutqda turlicha shakllarda qo‘llanishidir. 
2.Paronimlar bilan yondosh hodisalardan yana biri omofonlardir. Bu ikki 
hodisaning asosiy o‘xshash va farqli tomonlari quyidagilarda ko‘zga tashlanadi: a) 
monosillabik (bir bo‘g‘inli) o‘zlashma so‘zlardan tarkib topgan ba’zi paronim-
lardagi undoshlarning talaffuz o‘rni va usuliga ko‘ra bir xilligi ularni omofonlarga 
yaqinlashtiradi. Masalan: burch-burj, dars-darz, qars-qarz. Biroq aksariyat 
paronimlarda bunday undoshlar jarangli-jarangsiz juftlik bo‘lmay, hosil bo‘lishi 
o‘rniga ko‘ra o‘xshashlikka asoslanadi. Masalan fakt-pakt, abzal-afzal. Omofon-
larda esa artikulyatsiya o‘rni va usuliga ko‘ra bir xil bo‘lgan undoshlar har doim 
so‘z oxirida uchraydi va talaffuzda aynan ana shu juftliklar omofonlikni yuzaga 
keltiradi. Masalan: 
top-tob tub-tup, mard-mart, yod-yot kabilar shular 
Ilmiybaza.uz adabiy normada to‘g‘ri talaffuz etmaslik, adabiy normaning buzilishiga ham olib keladi. Masalan, fakt - pakt, afzal - abzal so‘zlari f undoshining p, b tarzda talaffuzi asosida yuzaga kelgan paronimlar bo‘lib, ular aslida fonetik tarkibi va ma’noli jihatdan farqlanuvchi so‘zlardir: fakt - dalil, isbot, pakt - davlatlar o‘rtasidagi shartnoma, kelishuv hujjati ma’nolisidagi so‘z; afzal - qulay, ma’qul abzal esa ot va boshqa ulov anjomi, to‘qim va boshqa jihozlarning umumiy nomidir. Xuddi shuningdek, paronimlik holatni amr-amir, zirak - ziyrak, jayron-jiyron, yondosh - yondash, quyilmoq - quyulmoq so‘zlari misolida ko‘rish mumkin. Paronimlar tub yoki yasama so‘zlardan tarkib topgan bo‘lishi mumkin. Masalan, fakt-pakt, burj-burch kabilar tub so‘zlar asosida shakllangan paronim- lardir. Yasama so‘zdan esa bir o‘zaklardan bir xil qo‘shimchaning fonetik variantlarini qo‘shish asosida hosil bo‘ladi: yoriq-yorug‘, qurit-qurut, oqlik-oqliq, otalik-otaliq. Paronim so‘zlar o‘z va o‘zlashma so‘zlar asosida vujudga kelishi mumkin: aro-oro (o‘zbek va fors-tojik), burch-burj (o‘zb. va arab). Paronimlar ham antonimlar singari har doim juft so‘z shaklida tuziladi, biroq ular bir xil va har xil so‘z turkumlariga mansub bo‘lishi mumkin. Paronimiya ba’zi til hodisalariga yaqin bo‘lib, ulardan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: 1.Paronimlar so‘z variantlari (leksik dubletlar) bilan yondosh hodisadir. Ular ham ayrim tovush orqaligina farqlanib, talaffuz o‘xshashligiga ega bo‘ladi. Shu bois ba’zan paronimlar mazkur hodisa bilan chalkashtirilishi mumkin. Masalan, adabiy tildagi tomosha so‘zining ba’zan tomosho, tamosho tarzda ikki xil variantda fonetik jihatdan buzib ishlatilishi orqali uning talaffuz dubleti hosil bo‘ladi. Shuningdek, ayrim so‘zlarning turlicha variantlarda ishlatilishi adabiy me’yor sifatida qabul qilingan: gado-gadoy, demak-demoq, obro‘-obro‘y, nogoh-nogah, yiqilabermoq-yiqilavermoq kabi juftliklar, shular jumlasidandir. Xullas, tilshunoslikda variantlilik, so‘z variantlari va leksik dubletlar kabi turlicha terminlar asosida nomlangan bu hodisa, paronimlardan farqli ravishda, bitta so‘zning og‘zaki va yozma nutqda turlicha shakllarda qo‘llanishidir. 2.Paronimlar bilan yondosh hodisalardan yana biri omofonlardir. Bu ikki hodisaning asosiy o‘xshash va farqli tomonlari quyidagilarda ko‘zga tashlanadi: a) monosillabik (bir bo‘g‘inli) o‘zlashma so‘zlardan tarkib topgan ba’zi paronim- lardagi undoshlarning talaffuz o‘rni va usuliga ko‘ra bir xilligi ularni omofonlarga yaqinlashtiradi. Masalan: burch-burj, dars-darz, qars-qarz. Biroq aksariyat paronimlarda bunday undoshlar jarangli-jarangsiz juftlik bo‘lmay, hosil bo‘lishi o‘rniga ko‘ra o‘xshashlikka asoslanadi. Masalan fakt-pakt, abzal-afzal. Omofon- larda esa artikulyatsiya o‘rni va usuliga ko‘ra bir xil bo‘lgan undoshlar har doim so‘z oxirida uchraydi va talaffuzda aynan ana shu juftliklar omofonlikni yuzaga keltiradi. Masalan: top-tob tub-tup, mard-mart, yod-yot kabilar shular Ilmiybaza.uz 
 
jumlasidandir; b) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlardan tarkib topgan paronimlarda esa paronim 
juftliklar o‘zaro noo‘xshash fonema vositasida ajralib turadi va shu jihatiga ko‘ra 
omofonlardan farqlanadi: ahil-ahl, otalik- otaliq, yoriq-yorug‘, qurut-qurit kabilar 
shular jumlasidandir. 
6. Sinonimlar(yunoncha synonimon-bir xil nomli so‘zidan olingan) fonetik 
tarkibi har xil, ma’nolilari bir xil yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlardir. 
Ma’nolidoshlikning so‘zlar asosida yuzaga kelgan turi leksik (lug‘aviy) sinonimlar 
deyiladi. Masalan, nomus - vijdon, dangasa - yalqov - ishyoqmas – tanbal so‘zlari 
leksik sinonimlardir. Bunday so‘zlar, odatda, bir xil so‘z turkumiga mansub 
bo‘ladi. Ularning bir umumiy ma’noli doirasida bog‘lanishi esa, sinonimik qator 
deb yuritiladi. Masalan, vaqt - payt -zamon - fursat - mahal - chog‘ - kez - mavrid - 
palla - muddat - dam so‘zlari  o‘zaro sinonimik qator hosil qilgan. Sinonim qator 
tuzishda asos qilib olingan so‘z dominanta (bosh so‘z) deb yuritiladi. Dominanta 
odatda uslubiy jihatdan betaraf va umumiste’mol so‘zlaridan bo‘lib, sinonim 
so‘zlar lug‘atida birinchi o‘rinda beriladi. Masalan, yuz - bet - aft - bashara - turq - 
chehra - oraz - ruxsor sinonimik qatoridagi yuz so‘zi betaraf - dominanta bo‘lib, 
aft, bashara turq salbiy, oraz, chehra, ruxsor esa ijobiy  munosabat ifodalash 
uchun xizmat qiladi.  
Sinonimlarni yuzaga kelishida polisemantik so‘zlarning ishtiroki ham 
alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, polisemantik so‘z o‘zining har bir ma’nolisi 
bilan boshqa - boshqa sinonim qatorda  ishtirok etib, uni boyitadi. Masalan: balo - 
falokat - ofat; balo - uddaburon - bilog‘on - ishbilarmon kabi ma’nolidoshlik 
qatorida balo so‘zi o‘z va ko‘chma ma’nolisi bilan ishtirok etgan.  
Sinonim qatordagi so‘zlar quyidagi xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi: 
1.Sinonim qatordagi so‘zlar nutqning biror uslubiga xoslanganligi bilan ham 
o‘zaro farqlanadi. Masalan, doim, hamisha, nuqul, birday so‘zlari ko‘pincha 
so‘zlashuv uslubida, mazkur sinonim qatorga mansub bo‘lgan yakkash, mudom 
so‘zlari esa kitobiy uslubda ko‘proq ishlatilishi bilan boshqa ma’nolidoshlardan 
farqlanadi. 
2.Sinonimik qatordagi ba’zi so‘zlar hozirgi tilga nisbatan eskirgan bo‘lishi 
ham mumkin. Shuningdek, ulardan ba’zilari shevalarga xosligi bilan ham ajralib 
turadi. Masalan: mard, jasur, botir, yovqur, jaysan. Bu sinonimlardan yovqur so‘zi 
eskirganligi, jaysan esa tarixiy – dialektalligi bilan farqlanadi. 
3.Sinonimik qatordagi so‘zlar o‘zaro adabiy tilga yoki shevaga xosligi bilan 
farqlanishi mumkin. Masalan, qidirmoq, axtarmoq, izlamoq, istamoq sinonimik 
qatoridagi istamoq so‘zi shevaga xosdir.  
Sinonimlar fikrni aniq, maqsadga muvofiq tarzda ifodalash vositalari bo‘lib, 
xuddi mana shu omil ularni yuzaga  kelishiga sabab bo‘ladi. Sinonimlar yuzaga 
kelishi va ma’nolilariga ko‘ra quyidagi turlarni tashkil qiladi:  
Ilmiybaza.uz jumlasidandir; b) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlardan tarkib topgan paronimlarda esa paronim juftliklar o‘zaro noo‘xshash fonema vositasida ajralib turadi va shu jihatiga ko‘ra omofonlardan farqlanadi: ahil-ahl, otalik- otaliq, yoriq-yorug‘, qurut-qurit kabilar shular jumlasidandir. 6. Sinonimlar(yunoncha synonimon-bir xil nomli so‘zidan olingan) fonetik tarkibi har xil, ma’nolilari bir xil yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlardir. Ma’nolidoshlikning so‘zlar asosida yuzaga kelgan turi leksik (lug‘aviy) sinonimlar deyiladi. Masalan, nomus - vijdon, dangasa - yalqov - ishyoqmas – tanbal so‘zlari leksik sinonimlardir. Bunday so‘zlar, odatda, bir xil so‘z turkumiga mansub bo‘ladi. Ularning bir umumiy ma’noli doirasida bog‘lanishi esa, sinonimik qator deb yuritiladi. Masalan, vaqt - payt -zamon - fursat - mahal - chog‘ - kez - mavrid - palla - muddat - dam so‘zlari o‘zaro sinonimik qator hosil qilgan. Sinonim qator tuzishda asos qilib olingan so‘z dominanta (bosh so‘z) deb yuritiladi. Dominanta odatda uslubiy jihatdan betaraf va umumiste’mol so‘zlaridan bo‘lib, sinonim so‘zlar lug‘atida birinchi o‘rinda beriladi. Masalan, yuz - bet - aft - bashara - turq - chehra - oraz - ruxsor sinonimik qatoridagi yuz so‘zi betaraf - dominanta bo‘lib, aft, bashara turq salbiy, oraz, chehra, ruxsor esa ijobiy munosabat ifodalash uchun xizmat qiladi. Sinonimlarni yuzaga kelishida polisemantik so‘zlarning ishtiroki ham alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, polisemantik so‘z o‘zining har bir ma’nolisi bilan boshqa - boshqa sinonim qatorda ishtirok etib, uni boyitadi. Masalan: balo - falokat - ofat; balo - uddaburon - bilog‘on - ishbilarmon kabi ma’nolidoshlik qatorida balo so‘zi o‘z va ko‘chma ma’nolisi bilan ishtirok etgan. Sinonim qatordagi so‘zlar quyidagi xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi: 1.Sinonim qatordagi so‘zlar nutqning biror uslubiga xoslanganligi bilan ham o‘zaro farqlanadi. Masalan, doim, hamisha, nuqul, birday so‘zlari ko‘pincha so‘zlashuv uslubida, mazkur sinonim qatorga mansub bo‘lgan yakkash, mudom so‘zlari esa kitobiy uslubda ko‘proq ishlatilishi bilan boshqa ma’nolidoshlardan farqlanadi. 2.Sinonimik qatordagi ba’zi so‘zlar hozirgi tilga nisbatan eskirgan bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, ulardan ba’zilari shevalarga xosligi bilan ham ajralib turadi. Masalan: mard, jasur, botir, yovqur, jaysan. Bu sinonimlardan yovqur so‘zi eskirganligi, jaysan esa tarixiy – dialektalligi bilan farqlanadi. 3.Sinonimik qatordagi so‘zlar o‘zaro adabiy tilga yoki shevaga xosligi bilan farqlanishi mumkin. Masalan, qidirmoq, axtarmoq, izlamoq, istamoq sinonimik qatoridagi istamoq so‘zi shevaga xosdir. Sinonimlar fikrni aniq, maqsadga muvofiq tarzda ifodalash vositalari bo‘lib, xuddi mana shu omil ularni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Sinonimlar yuzaga kelishi va ma’nolilariga ko‘ra quyidagi turlarni tashkil qiladi: Ilmiybaza.uz 
 
1. To‘liq (sof) sinonimlar. Aynan bir tushunchani anglatish va nutq 
jarayonida biri o‘rnida ikkinchisini ishlatish mumkinligi bilan ajralib turadi. Ular 
ko‘pincha boshqa tillardan kirib kelgan o‘zlashma so‘zlarning o‘zbekcha so‘zlar 
bilan ma’nolidoshligi asosida hosil bo‘ladi: kuch (o‘zb.) - qudrat (ar.), ot (o‘zb.) - 
ism (ar.), ko‘klam (o‘zb.)-bahor (toj.), tuman (o‘zb.)-rayon (rus). Shuningdek, 
fazo-kosmos, muharrir-redaktor kabi faqat o‘zlashma so‘zlardan tuzilgan sinonim-
lar ham to‘liq sinonimlardir.  
2. Ma’noliviy sinonimlar. Bir-biridan nozik ma’nolilari ya’ni ijobiy, 
salbiyligi yoki uslubiy va boshqa jihatdan farqlanuvchi ma’nolidosh so‘zlardan 
tashkil topadi. Masalan, kuldi, jilmaydi, tirjaydi, iljaydi, ishshaydi kabi 
ma’nolidosh so‘zlar kulish harakatining darajasiga hamda ijobiy va salbiy 
bo‘yoqdorligiga ko‘ra chiroyli, go‘zal, xushro‘y, ko‘hli, ko‘rkam, barno, suluv, 
zebo, latif kabi sinonimlar esa ijobiy bo‘yog‘ining darajasiga ko‘ra farqlanadi.  
3. Shartli sinonimlar. Muayyan matndagina ma’nolidoshlikka ega 
bo‘ladigan sinonim so‘zlardir. Ular ko‘pincha she’riyatda kuchli his-tuyg‘u 
ifodalovchi vositalar sifatida qo‘llaniladi: Nega kerak shu chiroy, shu o‘t, Shu 
yoniq yulduzni ko‘zga yashirmoq (H.O.). Parchadagi chiroy, o‘t, yoniq yulduz 
o‘zaro ma’nolidosh so‘zlar sifatida ishlatilgan shartli sinonimlardir. Bunday 
sinonimlar mumtoz adabiyotda qad-sarv, lab-la’l, yuz-oy, hilol kabi tashbehlar 
asosida ham keng qo‘llaniladi. 
Sinonimlar tuzilishiga ko‘ra  a) sodda: tez-chaqqon-ildam; b) juft: sog‘-
salomat, el-yurt; v) birikmali: yuzi qora-beti qora-ori yo‘q shaklida uchraydi. 
Ayni paytda so‘zlar fraziologik birikmalar bilan ham ma’nolidoshlik hosil 
qilishi mumkin. Masalan: sevindi, boshi ko‘kka yetdi; xotirjam, ko‘ngli to‘q. 
Bunday ma’nolidoshlik leksik-fraziologik sinonim deyiladi. 
Sinonimlarni deyarli barcha so‘z turkumlarida uchratish mumkin. Masalan 
1) ot sinonimlar: baxt, saodat, tole, iqbol; 2) sifat sinonimlar: go‘zal, chiroyli, 
ko‘rkam, ko‘hlik, suluv; 3) olmosh sinonimlar: barcha, bari, hamma, butun; 4) fe’l 
sinonimlar: o‘smoq, ulg‘aymoq, voyaga yetmoq; 5) ravish sinonimlar: tez,chaqqon, 
ildam; 6) aralash sinonimlar: besh, a’lo, muvaffaqiyatli (son va sifat turkumlari 
asosida); 7) ko‘makchi sinonimlar: kabi,singari; 8) bog‘lovchi sinonimlar: ammo, 
lekin, biroq; 9) modal so‘zli sinonimlar: shubhasiz, shaksiz, so‘zsiz. 
Xullas, sinonimlar tilning lug‘aviy boyligini, ko‘rkamligini belgilovchi 
vositalardan biri bo‘lib, ular nutq jarayonida o‘rinsiz takrordan, uslubiy g‘aliz-
liklardan saqlanishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Antonimlar (yunoncha anti-zid, onoma-nom so‘zidan olingan bo‘lib) o‘zaro 
zid tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir. So‘zlarning zid ma’noliligi boshqa shu 
kabi hodisadan farqli ravishda leksik (lug‘aviy) antonimlar deyiladi Masalan: oq - 
qora, kun - tun. Antonimlar ham odatda bir so‘z turkumi doirasida yuzaga keladi 
Ilmiybaza.uz 1. To‘liq (sof) sinonimlar. Aynan bir tushunchani anglatish va nutq jarayonida biri o‘rnida ikkinchisini ishlatish mumkinligi bilan ajralib turadi. Ular ko‘pincha boshqa tillardan kirib kelgan o‘zlashma so‘zlarning o‘zbekcha so‘zlar bilan ma’nolidoshligi asosida hosil bo‘ladi: kuch (o‘zb.) - qudrat (ar.), ot (o‘zb.) - ism (ar.), ko‘klam (o‘zb.)-bahor (toj.), tuman (o‘zb.)-rayon (rus). Shuningdek, fazo-kosmos, muharrir-redaktor kabi faqat o‘zlashma so‘zlardan tuzilgan sinonim- lar ham to‘liq sinonimlardir. 2. Ma’noliviy sinonimlar. Bir-biridan nozik ma’nolilari ya’ni ijobiy, salbiyligi yoki uslubiy va boshqa jihatdan farqlanuvchi ma’nolidosh so‘zlardan tashkil topadi. Masalan, kuldi, jilmaydi, tirjaydi, iljaydi, ishshaydi kabi ma’nolidosh so‘zlar kulish harakatining darajasiga hamda ijobiy va salbiy bo‘yoqdorligiga ko‘ra chiroyli, go‘zal, xushro‘y, ko‘hli, ko‘rkam, barno, suluv, zebo, latif kabi sinonimlar esa ijobiy bo‘yog‘ining darajasiga ko‘ra farqlanadi. 3. Shartli sinonimlar. Muayyan matndagina ma’nolidoshlikka ega bo‘ladigan sinonim so‘zlardir. Ular ko‘pincha she’riyatda kuchli his-tuyg‘u ifodalovchi vositalar sifatida qo‘llaniladi: Nega kerak shu chiroy, shu o‘t, Shu yoniq yulduzni ko‘zga yashirmoq (H.O.). Parchadagi chiroy, o‘t, yoniq yulduz o‘zaro ma’nolidosh so‘zlar sifatida ishlatilgan shartli sinonimlardir. Bunday sinonimlar mumtoz adabiyotda qad-sarv, lab-la’l, yuz-oy, hilol kabi tashbehlar asosida ham keng qo‘llaniladi. Sinonimlar tuzilishiga ko‘ra a) sodda: tez-chaqqon-ildam; b) juft: sog‘- salomat, el-yurt; v) birikmali: yuzi qora-beti qora-ori yo‘q shaklida uchraydi. Ayni paytda so‘zlar fraziologik birikmalar bilan ham ma’nolidoshlik hosil qilishi mumkin. Masalan: sevindi, boshi ko‘kka yetdi; xotirjam, ko‘ngli to‘q. Bunday ma’nolidoshlik leksik-fraziologik sinonim deyiladi. Sinonimlarni deyarli barcha so‘z turkumlarida uchratish mumkin. Masalan 1) ot sinonimlar: baxt, saodat, tole, iqbol; 2) sifat sinonimlar: go‘zal, chiroyli, ko‘rkam, ko‘hlik, suluv; 3) olmosh sinonimlar: barcha, bari, hamma, butun; 4) fe’l sinonimlar: o‘smoq, ulg‘aymoq, voyaga yetmoq; 5) ravish sinonimlar: tez,chaqqon, ildam; 6) aralash sinonimlar: besh, a’lo, muvaffaqiyatli (son va sifat turkumlari asosida); 7) ko‘makchi sinonimlar: kabi,singari; 8) bog‘lovchi sinonimlar: ammo, lekin, biroq; 9) modal so‘zli sinonimlar: shubhasiz, shaksiz, so‘zsiz. Xullas, sinonimlar tilning lug‘aviy boyligini, ko‘rkamligini belgilovchi vositalardan biri bo‘lib, ular nutq jarayonida o‘rinsiz takrordan, uslubiy g‘aliz- liklardan saqlanishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Antonimlar (yunoncha anti-zid, onoma-nom so‘zidan olingan bo‘lib) o‘zaro zid tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir. So‘zlarning zid ma’noliligi boshqa shu kabi hodisadan farqli ravishda leksik (lug‘aviy) antonimlar deyiladi Masalan: oq - qora, kun - tun. Antonimlar ham odatda bir so‘z turkumi doirasida yuzaga keladi Ilmiybaza.uz 
 
va zid ma’nolililik, odatda, faqat ikkita so‘z doirasida sodir bo‘ladi: uzun - qisqa 
(sifat), kelmoq - ketmoq (fe’l) kabi. Antonimlar bir xil va har xil o‘zakli so‘zlardan 
ham tarkib topishi mumkin. O‘zakdosh so‘zlarning antonimligi, asosan, zid 
ma’nolili so‘z yasovchi qo‘shimchalar vositasida  yuzaga keladi: suvli - suvsiz, 
xabardor - bexabar kabi. Har xil o‘zakli  so‘zlardan tarkib topgan antonimlar esa 
tub shaklda bo‘ladi: katta - kichik, rost - yolg‘on.  
Ko‘p ma’nolili  so‘zlar o‘z va ko‘chma ma’nolilari bilan bir necha antonim 
juftliklar tarkibida ishtirok etishi mumkin: og‘ir yuk - yengil yuk, og‘ir masala - 
oson masala kabi.  
Bir so‘z o‘zaro sinonim so‘zlar bilan yoki o‘zaro sinonim so‘zlar boshqa 
sinonimlar bilan ham antonimik munosabat hosil qilishi mumkin. Masalan, xafa 
so‘zi xursand, shod xushnud  kabi  so‘zlar bilan o‘zaro antonim munosabatga 
kirisha oladi.  
Antonimlar nutqda belgi-xususiyat, miqdor, o‘rin, payt ifodolovchi so‘zlarda 
ko‘p bo‘lib, aniq tushuncha ifodalaydigan lug‘aviy birliklarda kam uchraydi. Bu 
hol antonimlarning asosan belgi, xususiyat negizida (sifat va ravishlarda) paydo 
bo‘lishidan darak beradi. Antonimlarga so‘z turkumlari nuqtai nazaridan 
qaralganda ularning quyidagi turkumlarda uchrashini kuzatish mumkin: 1) ot 
antonimlar: ota-ona, yigit-qiz, kelin-kuyov; 2) sifat antonimlar: shirin-achchiq, 
katta-kichik, baland-past; 3) fe’l antonimlar: kulmoq-yig‘lamoq, turmoq-o‘tirmoq; 
4) ravish antonimlar: uzoq-yaqin, oz-ko‘p, sekin-tez; 5) ba’zan nutqda baho 
me’zoni bo‘lgan besh va ikki sonlari ham zidlikka ega bo‘ladi.  
Antonimlar nutqda juft holda qo‘llanilib, ma’noli ko‘chgan holda yangi 
tushuncha ifodalash vositasi bo‘ladi. Masalan: bordi - keldi, keldi - ketdi, yaxshi - 
yomon, oq - qora kabi antonimik juftliklar aslida fe’l va sifatlar bo‘lib, nutq 
jarayonida otga ko‘chishi mumkin: bordi-keldi uzildi, keldi-ketdi ko‘p bo‘ldi, oq-
qorani tanigan kabi. 
Antonimlar asosida anglashilgan ma’noli zidligi kuchli va kuchsizligi bilan 
ham farqlanadi. Masalan, oq-qora, issiq-sovuq kabi belgi anglatuvchi so‘zlarga 
nisbatan ota-ona, chol-kampir singari nom bildiruvchi so‘zlarda ma’noli zidligi 
kuchsizroqdir. Shunga ko‘ra ularni sof va yarim antonimlar sifatida ajratish 
mumkin. Bulardan tashqari, muayyan matndagina o‘zaro zidlik kasb etuvchi o‘t 
(olov)-suv, it-mushuk, mushuk-sichqon kabi matniy antonimlar ham mavjud. 
Zidlik munosabati faqat so‘zlar doirasida mavjud bo‘lmay, so‘z bilan 
iboralar o‘rtasida ham uchraydi: qo‘rqoq-yuragida yo‘li bor, botir-chumchuq pirr 
etsa, yuragi shirr etadigan kabilar shular jumlasidandir. Budnay antonimlar 
leksik-fraziologik antonimlar deyiladi.  
Antonimlar tildagi kuchli uslubiy vositalardan biri bo‘lib, badiiy ijodda tazod 
san’atini vujudga keltiradi. 
Ilmiybaza.uz va zid ma’nolililik, odatda, faqat ikkita so‘z doirasida sodir bo‘ladi: uzun - qisqa (sifat), kelmoq - ketmoq (fe’l) kabi. Antonimlar bir xil va har xil o‘zakli so‘zlardan ham tarkib topishi mumkin. O‘zakdosh so‘zlarning antonimligi, asosan, zid ma’nolili so‘z yasovchi qo‘shimchalar vositasida yuzaga keladi: suvli - suvsiz, xabardor - bexabar kabi. Har xil o‘zakli so‘zlardan tarkib topgan antonimlar esa tub shaklda bo‘ladi: katta - kichik, rost - yolg‘on. Ko‘p ma’nolili so‘zlar o‘z va ko‘chma ma’nolilari bilan bir necha antonim juftliklar tarkibida ishtirok etishi mumkin: og‘ir yuk - yengil yuk, og‘ir masala - oson masala kabi. Bir so‘z o‘zaro sinonim so‘zlar bilan yoki o‘zaro sinonim so‘zlar boshqa sinonimlar bilan ham antonimik munosabat hosil qilishi mumkin. Masalan, xafa so‘zi xursand, shod xushnud kabi so‘zlar bilan o‘zaro antonim munosabatga kirisha oladi. Antonimlar nutqda belgi-xususiyat, miqdor, o‘rin, payt ifodolovchi so‘zlarda ko‘p bo‘lib, aniq tushuncha ifodalaydigan lug‘aviy birliklarda kam uchraydi. Bu hol antonimlarning asosan belgi, xususiyat negizida (sifat va ravishlarda) paydo bo‘lishidan darak beradi. Antonimlarga so‘z turkumlari nuqtai nazaridan qaralganda ularning quyidagi turkumlarda uchrashini kuzatish mumkin: 1) ot antonimlar: ota-ona, yigit-qiz, kelin-kuyov; 2) sifat antonimlar: shirin-achchiq, katta-kichik, baland-past; 3) fe’l antonimlar: kulmoq-yig‘lamoq, turmoq-o‘tirmoq; 4) ravish antonimlar: uzoq-yaqin, oz-ko‘p, sekin-tez; 5) ba’zan nutqda baho me’zoni bo‘lgan besh va ikki sonlari ham zidlikka ega bo‘ladi. Antonimlar nutqda juft holda qo‘llanilib, ma’noli ko‘chgan holda yangi tushuncha ifodalash vositasi bo‘ladi. Masalan: bordi - keldi, keldi - ketdi, yaxshi - yomon, oq - qora kabi antonimik juftliklar aslida fe’l va sifatlar bo‘lib, nutq jarayonida otga ko‘chishi mumkin: bordi-keldi uzildi, keldi-ketdi ko‘p bo‘ldi, oq- qorani tanigan kabi. Antonimlar asosida anglashilgan ma’noli zidligi kuchli va kuchsizligi bilan ham farqlanadi. Masalan, oq-qora, issiq-sovuq kabi belgi anglatuvchi so‘zlarga nisbatan ota-ona, chol-kampir singari nom bildiruvchi so‘zlarda ma’noli zidligi kuchsizroqdir. Shunga ko‘ra ularni sof va yarim antonimlar sifatida ajratish mumkin. Bulardan tashqari, muayyan matndagina o‘zaro zidlik kasb etuvchi o‘t (olov)-suv, it-mushuk, mushuk-sichqon kabi matniy antonimlar ham mavjud. Zidlik munosabati faqat so‘zlar doirasida mavjud bo‘lmay, so‘z bilan iboralar o‘rtasida ham uchraydi: qo‘rqoq-yuragida yo‘li bor, botir-chumchuq pirr etsa, yuragi shirr etadigan kabilar shular jumlasidandir. Budnay antonimlar leksik-fraziologik antonimlar deyiladi. Antonimlar tildagi kuchli uslubiy vositalardan biri bo‘lib, badiiy ijodda tazod san’atini vujudga keltiradi. Ilmiybaza.uz 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Omonimlar va ularning qanday turlari mavjud?  
2. Omoformalar va ularning qanday turlari mavjud?   
3. Sinonimlar va ularning qanday turlari mavjud?  
4. Antonimlar va ularning qanday turlari mavjud?  
5. Paronimlar nima?.  
6. Giponimiya nima? 
 
Ilmiybaza.uz Nazorat uchun savollar: 1. Omonimlar va ularning qanday turlari mavjud? 2. Omoformalar va ularning qanday turlari mavjud? 3. Sinonimlar va ularning qanday turlari mavjud? 4. Antonimlar va ularning qanday turlari mavjud? 5. Paronimlar nima?. 6. Giponimiya nima?