MADANIY QAROQCHILIK. KANTRAFAKT NUSXALARI O‘ZBEKISTON AMALYOTI
Yuklangan vaqt
2024-03-10
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
28
Faytl hajmi
72,5 KB
MADANIY QAROQCHILIK. KANTRAFAKT NUSXALARI
O‘ZBEKISTON AMALYOTI
1
Boblar va paragraflarni nomlanishi
betlar
Kirish
3
Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy
taraqqiyot. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar
4-10
1.1
Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar – jamiyat taraqqiyotining
ustuvor yo‘nalishi sifatida.
4
1.2
Diniy va milliy qadriyatlarning tiklanishi.
7
Muddati o‘tgan, kontrafakt va yaroqsiz tovarlar haqida xabar
berganlar rag‘batlantiriladi
10-24
2.1
Kontrafakt mahsulotlari haqida
10
2.2
Tovar belgisi va markirovka kontrafakt bilan
kurashda qanday ahamiyatga ega?
12
2.3
Kontrafakt mahsulot savdosi o‘z ortidan qanday xavf
tug‘diradi?
13
Foydalanilgan adabiyotlar
25
Xulosa
27
2
Kirish
“Kontrafakt” soʻzi fransuz tilidan tarjima qilinganida “Mualliflik huquqini
buzish” degan maʼnoni bildiradi. U har qanday shaxsning intellektual mulk
huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotga tegishli. Bunday
mahsulot ishlab chiqaruvchilar bozorda keng tarqalgan, ommalashgan, taniqli
brendlar va logotiplarni oʻz mahsulotiga joylashtirish yoki shunga monand holat
orqali xaridorlarni oʻziga ishontirishga harakat qiladilar va aksariyat hollarda bunga
erishadilar ham. Bu kabi mahsulotlarning sifati tegishli idoralar nazoratidan
oʻtkazilganida ular isteʼmolga yaroqli va inson salomatligi uchun xavfsiz boʻlishi
mumkin, biroq ularni ishlab chiqarish va sotish noqonuniy hisoblanadi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarish sohasida erkin raqobatni yoʻlga qoʻyish,
isteʼmolchilar manfaatini himoya qilish, ichki bozorni sifatli mahsulot bilan
taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi “Tovar
belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”
va 2006-yil 20-iyulda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi
Qonunlar qabul qilingan. Ularda belgilab qoʻyilganidek, tovar belgisidan yoki
adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda,
tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular
soxtalashtirilgan (kontrafakt) boʻladi. Bunday mahsulotlarning isteʼmolchilarga
taklif etilishi qonun bilan taʼqiqlanadi.
3
I BOB .Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy
taraqqiyot. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar
1.1 Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar – jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi
sifatida.
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotining muhim sharti
va kafolatidir. Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida
ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay
va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Shuning
uchun ham jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor
yo‘nalishi deb belgilandi.
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar
hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida
xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo‘lgan.
Ayniqsa, Rossiya mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy
merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy
yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga
kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va
rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga
ko‘tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-
ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi.
Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga
oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa
qo‘shgan bobolarimiz - Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband,
Xo‘ja Ahmad YAssaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Ibn Sino, Mirzo
Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab
ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan
kunlari butun mamlakat bo‘yicha nishonlandi, ruhlari shod etildi, asarlari nashr
etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat qurishda
4
ma’naviy kuch-qudrat bag‘ishlamoqda, jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirishga
xizmat qilmoqda.
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilish,
milliy axloqiy qadriyat hamda an’analar va muqaddas dinimizning o‘rni va
ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy
merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta
olmaydi. Shu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini
xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini o‘qitish
borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa
sahifalarini
xolisona
ilmiy
asosda
yoritish
vazifalari birinchi Prezident
I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo‘lgan suhbatida,
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilingan «O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish
to‘g‘risida»gi qarorida belgilab berildi.
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari
partiyaviylik, sinfiylik yondashuvlaridan, hukmron kommunistik mafkura ta’siridan
xalos etildi. Necha 10 yillar davomida buzib ko‘rsatilgan yoki so‘z yuritilmay
kelgan tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida
yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o‘quv adabiyotlari yaratildi.
Prezident Farmoni bilan 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi. Amir
Temur
tavalludining
660-yilligini
nishonlashga
bag‘ishlangan
tadbirlar
O‘zbekistonda, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida o‘tkazildi. YUNESKO
qarori bilan Sohibqiron yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Parijda Amir
Temurga bag‘ishlangan madaniyat haftaligi, «Temuriylar davrida fan, madaniyat va
maorifning gullab yashnashi» mavzuida xalqaro konferensiya va ko‘rgazmalar
bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal qo‘yildi, Temuriylar tarixi
davlat muzeyi tashkil etildi, uning nomi bilan bog‘liq tarixiy yodgorliklar
ta’mirlandi.
5
Istiqlol yillarida xalqimizning o‘tmishiga, boy tarixiy merosiga, ma’naviy
qadriyat va an’analariga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Milliy
madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan
bobokalonlarimizning ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan
kunlari mamlakat va xalqaro miqyosda keng nishonlanmoqda. Jumladan:
1991 yil ― Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
1993 yil ― Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi;
1993 yil ― Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi;
1994 yil ― Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi;
1995 yil ― Mahmud az ― Zamaxshariyning 920 yilligi;
1996 yil ― Amir Temur tavalludining 660 yilligi;
1998 yil ― Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi;
1998 yil ― Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi;
1999 yil ― Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi;
2000 yil ― Burhoniddin Marg‘inoniyning 910 yilligi;
2000 yil ― Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligi;
2000 yil ― Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;
2003 yil ― Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yilligi;
2004 yil ― Xoja Ahror Valiyning 600 yilligi zo‘r tantana bilan nishonlanganligi
fikrimizning dalilidir.
Uzoq
va
boy
tarixning
hamda
madaniyatimiz,
shuningdek,
ma’naviyatimizning ildizi qadimga borib taqalishiga guvohlik beruvchi Xiva va
Buxoro shaharlarining 2500 yillik to‘ylarining o‘tkazilishi jahon madaniyati
tarixining ibtidosi sifatida ham e’tirof etilgan edi. 1999 yilda “Alpomish” eposining
1000 yilligi, 2001 yilda “Avesto” yaratilganining 2700 yilligi, 2002 yilda Termiz
shahrining 2500 yilligi, 2002 yilda Shahrisabz shahrining 2700 yilligi, 2006 yilda
Qarshi (Nasaf) shahrining 2700 yilligi, 2006 yilda Xorazm Ma’mun
akademiyasining 1000 yilligi, 2007 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi, 2007
yili Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi, 2009 yilda Toshkent shahrining 2200 yilligi
6
nishonlanishi Vatanimizning ma’naviyat sohasida bardamligi va shaharsozlik
madaniyati ham baquvvatligini ko‘rsatuvchi dalil bo‘ldi.
Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat,
Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o‘z
joyiga qo‘yildi, asarlari chop etildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini
abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, «Qatag‘on
qurbonlari xotirasi» muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning
farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Xotira-maydoni» majmuasi barpo
etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani
tiklanishiga,
yoshlarni
milliy
istiqlol
g‘oyalari
ruhida
tarbiyalashga
xizmat qilmoqda.
1.2 Diniy va milliy qadriyatlarning tiklanishi.
Madaniy taraqqiyot inson ma’naviy kamolotining asosiy ko‘rsatkichi
hisoblanib, mamlakat ravnaqi har bir fuqaroning ongliligi, ularning madaniy-tarixiy
boyliklarini yaratish, saqlash va rivojlantirish jarayonlariga bo‘lgan munosabatlariga
har tomonlama bog‘liqdir. Davlatimiz rahbari SH.M.Mirziyoev «Har bir suveren
davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning
haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa xaqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi»1.
Ta’kidlash joizki, madaniy-tarixiy taraqqiyot nihoyatda murakkab hisoblanib, uning
ichki mohiyatini ham moddiy, ham ma’naviy madaniyatlar tashkil etadi. Ularning
o‘zaro aloqasi hamda mavjudlik shakllarini anglab etish uchun madaniy
taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, rivojlanish bosqichlari va
o‘lchovlarini aniqlash, shuningdek madaniy hodisalarning o‘zaro aloqasi,
madaniyatning ijtimoiy taraqqiyotdagi vazifalari, o‘rni va roli, madaniyat va
sivilizatsiya tushunchalari to‘g‘risida muayyan bilimga ega bo‘lish talab
etiladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Biz
xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-
tomirigacha nazar tashlaymiz», – degan fikrlarida juda katta mantiq va ma’no bor.
7
Biroq, sovet mustabid tuzumi sharoitida o‘zbek milliy madaniyati haddan ortiq
darajada zarar ko‘rdi. Barcha mustamlakachilar kabi kommunistik mafkura
maddohlari ham o‘zbek xalqini qul qilish uchun, eng avvalo, xalqimizning milliy
madaniyatini yo‘q qilishga zo‘r berdilar! Taniqli olim A.Mavrulov shunday
ta’kidlagan edi: «o‘zbek xalqi katta yo‘qotishlarga qaramasdan, o‘zligini, o‘z milliy
madaniyatini muayyan darajada saqlab qola bildi. Bunga uzoq va yaqin tarix guvoh.
Endigi vazifa ma’naviy hayotdagi barcha yo‘qotishlarning o‘rnini qoplashdan
iboratdir. O‘zbek xalqi ana shu yo‘ldan bordi, o‘z milliy tarixiy, madaniy merosiga
sodiqligini ko‘rsata oldi. Bu esa mustamlakachiliklar davrida yo‘qotilgan, toptalgan
madaniy merosni tiklash, o‘zligini anglashga bo‘lgan rag‘batni uyg‘otdi»1.
Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e’tiqod qayta tiklandi.
Ramozon hayiti, Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro‘z qayta tiklandi, bu
kunlar Prezident Farmoni bilan dam olish, bayram kuni bo‘lib qoldi. Musulmonlar
O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi-marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj
va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Prezident Farmoni bilan
tuzilgan «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi (1994 yil 23 aprel PF-842-
son)2, «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi (Vazirlar Mahkamasining
27.09.1996 yil 338-sonli Qarori)3 jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy ravnaqi yo‘lida
xizmat qilmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy
asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va
tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida
Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot
g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot
tizimi shakllandi. Bu jarayonda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, uning
joylardagi tuzilmalari hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi
tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etish lozim.
mustaqillik-yillarida-ozbekistondagi-madaniy-va-manavi.html
8
Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va
barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday
murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab,
uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Xususan, oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka
hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy
ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va
terroristik harakatlarga adashib qo‘shilib qolish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik,
erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga
qaratilgan targ‘ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu
masalalarga jiddiy e’tiborni talab etmoqda.
Mamlakatimizda
qabul
qilingan
2017-2021
yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi
bo‘g‘inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini
ta’minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash
ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan.
Ana shu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, ma’naviy-ma’rifiy
targ‘ibot ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lami va
miqyosini kengaytirish, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan soha xodimlarining bilim va
malakasini izchil oshirib borish, tuman (shahar) darajasidagi xodimlar mehnatiga
haq to‘lashning barqaror tizimini yo‘lga qo‘yish, sohada faoliyat olib borayotgan
muassasa va tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish va ularning samarasini oshirish
maqsadida: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining Respublika
Ma’naviyat targ‘ibot markazi hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy
markazini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 28 iyul №PQ-3160-sonli Qarori bilan Respublika
Ma’naviyat va ma’rifat markazini qayta tashkil etildi1.
9
Muddati o‘tgan, kontrafakt va yaroqsiz tovarlar haqida xabar berganlar
rag‘batlantiriladi
2.1 Kontrafakt mahsulotlari haqida
Prezident qaroriga ko‘ra, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt
va iste’molga yaroqsiz tovarlar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi.
Shuningdek, o‘zganing tovar, xizmat ko‘rsatish belgisidan yoki firma nomidan
qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
4-aprel kuni prezidentning “Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan
ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul
qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Qarorga ko‘ra:
iste’molchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan
mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik
kuchaytiriladi;
etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan
bog‘liq qilmish uchun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib
o‘rnatiladi;
sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini
buzganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi;
o‘zganing
tovar
belgisidan,
xizmat
ko‘rsatish
belgisidan,
geografik
ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan, adashtirib yuborish darajasida
ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda
foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi (amaldagi tartibga ko‘ra,
fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga
esa — 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima; xuddi shunday
huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 20
10
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 20 baravaridan 30 baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi);
belgilangan talablar va shartlarning qo‘pol ravishda buzilishi oqibatida
litsenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni)
amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlarga quyidagi ro‘yxatda keltirilgan faoliyat
turlari bilan shug‘ullanishiga cheklovlar belgilanadi.
Mazkur masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Qarorga muvofiq, iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash,
sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz
tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qo‘yishda
jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi. Jumladan:
murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ular vakolatli organlar
tomonidan qisqa muddatlarda ko‘rib chiqiladi;
huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi.
Biroq hozircha bu kabi turdagi mahsulot va tovarlar haqida qayerga murojaat qilish
mumkinligiga aniqlik kiritilmagan. Katta ehtimol bilan tegishli davlat organi
va tashkilotlar platformani yaratgach, ommaga oshkor qiladi.
2023-yil 1-iyuldan ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari
bilan markalanmaydi.
2023-yil 1-avgustdan alkogol mahsulotlarining tovar belgilari ro‘yxatga olingani
to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish
uchun litsenziya talabi hisoblanadi.
2023-yil 1-sentabrdan tamaki mahsulotining ulgurji va chakana savdosi, pivo
mahsulotining ulgurji savdosi xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
Kontrafakt – mahsulot egasining tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarini buzish
hisoblanib, iste’molchini adashtirish darajasida tovar nomini o‘zgartirish sanaladi.
11
Kontrafakt barcha mahsulotlar orasida mavjud. Jumladan, oziq-ovqat, dori-darmon,
ichimliklar, parfyumeriya va boshqa barcha tovarlarda bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina kontrafakt dori-darmonlar har yili jahonda qariyb 1
million insonning umriga zomin bo‘lmoqda. Aholi esa bundan ogoh bo‘lishi lozim.
Kontrafakt mahsulotlarni qanday ajratish mumkin?, Unga qarshi mamlakatimizda
qanday choralar ko‘rilmoqda? Shu kabi savollar bilan O‘zA muxbiri O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi axborot xizmati
rahbari Feruz Jo‘rayev bilan suhbatlashdi.
– Ko‘pincha xaridorlar har doim ham sotib olayotgan tovarlari nomlanishi
to‘g‘riligiga, ishlab chiqaruvchisi haqida ma’lumotlar to‘liq yozilganiga e’tibor
bermaydi va aldanib qoladi, – dedi bir bor adashgan mahsulotni qaytib sotib olmaydi.
Bu esa nohalol “tadbirkor”ning boshqa turdagi kontrafakt mahsulot chiqarishiga
sabab bo‘ladi va bu ayrim tadbirkorlarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu
jarayon unga qonuniy chora ko‘rilmaguncha nihoyasizdir.
Agentligimiz tomonidan Prezidentimizning joriy yil 28 yanvardagi “Intellektual
mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashish
maqsadida “Kontrafaktsiz oy” oyligi o‘tkazilishi belgilangan. Joriy yilda respublika
miqyosida o‘tkazilgan tadbirda 2 mingdan ortiq kontrafakt mahsulotlar
sotilayotganligi aniqlanib, ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga chora ko‘rish bo‘yicha
ishlar amalga oshirilmoqda.
2.2 Tovar belgisi va markirovka kontrafakt bilan kurashda qanday
ahamiyatga ega?
– Tovar belgisi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro
shartnomalariga muvofiq muhofaza qilinadi. Ayni paytda yurtimizda dastlabki
raqamlarga asosan 60 mingdan ortiq tovar belgilari mavjud. Qonunga binoan tovar
12
belgilari 10 yil muddatga beriladi. Tovar belgisini saqlab qolishi yoki o‘zgartirish
kiritish ixtiyoriy hisoblanadi. Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilish
muddati guvohnoma amal qilayotgan oxirgi yil mobaynida uning egasi tomonidan
berilgan arizaga binoan har safar o‘n yilga uzaytirilishi mumkin.
O‘tgan davrda respublikamizda asosan tovar belgilari himoyasi bo‘yicha
talabnomalar tushgan bo‘lsa, endilikda chet ellarda intellektual mulk huquqini himoya
qilish yuzasidan talabnomalar ham ko‘paymoqda. Xususan, agentlikka 70 ga yaqin
milliy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tovar belgisini xorijiy davlatlarda huquqiy
muhofaza qilish uchun murojaat qilingan.
Demak, zamonaviy tadbirkor bozorda o‘z o‘rni va imijiga ega bo‘lishi,
iste’molchi ishonchini qozonishi va tovar nomidan ”qaroqchilar” foydalanishining
oldini olish uchun brendni himoyalashi juda muhim.
2.3 Kontrafakt mahsulot savdosi o‘z ortidan qanday xavf tug‘diradi?
– Kontrafakt mahsulotlar makon tanlamas bo‘lib, bu muammo bilan barcha
mamlakatlar kurash olib boradi. Chunki kontrafakt mahsulot savdosi mamlakat
iqtisodiyotiga zarar keltirib, nohalol raqobat oqibatida yirik tadbirkorlarning tovar
aylanmasi keskin tushib ketadi va ishchilarga oylik, davlatga soliq to‘lash qobiliyatini
asta-sekin yo‘qotadi.
Passiv daromad esa kompaniyalarning ish o‘rnini qisqartirishga yoki butunlay
bankrot bo‘lishiga olib keladi. Buning ortidan ishsizlik kelib chiqadi.Xalqaro savdo
palatasining ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab kontrafakt mahsulotlar
savdosi barcha xalqaro tovar savdosining 5-7 foizini tashkil qiladi. Kontrafakt
mahsulotlar jahon iqtisodiyotiga yiliga taxminan 500 milliard dollar zarar keltiradi.
– Dori vositalari kontrafakti bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tsangiz. Bu guruhga
mansub mahsulotlar kontrafakti qanchalik ko‘p?
13
– Qalbaki dori tarkibida faol moddalar umuman bo‘lmasligi ham mumkin, shu
bois uni qabul qilgan shaxsning ahvoli yaxshilanmaydi, balki kasallikni yengishga
qarshi vosita ichilmagani sababli sog‘ligi jiddiy xavf ostida qoladi.
Dori ishlab chiqaruvchi farmatsevtik firma dori sifati va kasallikka ta’sir qilishini
yillar davomida sinovdan o‘tkazadi. Ammo kontrafakt mahsulot tayyorlab bozorga
chiqarishga urinayotgan “uddaburon tadbirkor” esa osongina foyda ko‘rish
maqsadida o‘zganing tovar belgisidan foydalanib, nomi o‘xshash dori ishlab
chiqaradi. Oddiygina nomi va tashqi ko‘rinishi taniqli bo‘lgan dorilar qadog‘ini
o‘xshatib, bir-ikkita harfini o‘zgartirib qo‘yadi xolos. Masalan, “Turmol”, deb
chiqarilgan dori vositasi aslida Hindistonning “Trimol” tabletkasi analogi
hisoblanadi. Dorini qalbakilashtirishdan maqsad esa odamlarning ong ostida
shakllangan obraz orqali kontrafakt dori mahsuloti sotuvini rivojlantirishdir.
Ma’lumki, bugungi kunda respublikamizdagi dorixonalarda 9 mingdan ortiq dori
vositalari sotilmoqda. Fuqarolar murojaatiga binoan kontrafakt dori vositalari
aylanmasini to‘xtatish yuzasidan ishlab chiqaruvchilarga taqdimnomalar kiritiladi.
Shunda ham huquqbuzarlik holatlari takrorlansa, tegishli davlat organlariga qonuniy
chora ko‘rish maqsadida bayonnoma rasmiylashtiriladi. Agentlik xodimlari
tomonidan dorixonalarda sotilayotgan kontrafakt mahsulotlari aylanmasini cheklash
maqsadida ularning maxsus katalogi tuzilib, sotuvchilar va iste’molchilar doimiy
ravishda tanishtirilmoqda. Shuningdek, katalogga kiritilgan kontrafakt dori vositalari
sotuvi bilan shug‘ullanish uchun javobgarlik belgilangani haqida ogohlantirilib,
dorilarni dorixona peshtoqidan olish talab etiladi va noqonuniy ishlab chiqaruvchilar
javobgarlikka tortiladi
– Bu muammo bilan kurashishda kaysi tizimlar yordam beradi?
– Kurashish uchun tizimlar yetarlicha. Bu borada bojxona organlari ham, Soliq
qo‘mitasi ham juda katta ishlarni olib bormoqda. Shu bilan birga, texnologiyalarning
rivojlanishi bilan yangi va samarali tizimlar ham joriy etilmoqda.
14
II-BOB Kontrafakt mahsulotning iste’mol uchun hafliligi
2.1Kontrafakt mahsulotning iste’mol uchun hafliligi nimada?
Kơpincha ichki istemol bozorida kơpincha ozik-ovkat mahsulotlari, maishy
kimyo, cosmetics hamda dori-darmon kabi mahsulotlarga oson taqlid qilingan holda
qalbakilashtiriladi va undan nusxalar yetkazib beriladi. Insofsiz ishlab chiqarilgan
qalbaki mahsulot bilan mahsulot nushalari ichida (ko'chiriladi mashhur brendlardan)
farqni sezmaidigan darazhada haridorlarning hayolida asl pincha ong osti
tasavvurini ya ratadi va bu orkali ularni chalgitishga harakat qiladi. Har doim ham
asl va qalbakilari o'rtasidasigi farq unchalik bilinmaydi. Iste'molchilar esa
etiborsizlik tufayli o'rtadagi farqni sezmaydilar va ularning sokhta mahsulotining
arzon narkhlarini zhalb qiladi. Kalbaki mahsulotlarini ishlab chiqarish chikarish va
sotish moddiy asl ishlab chikaruvchilarning intellectual mulk huquqlarini buzadi,
beams iste’molchilarning hayoti va sotligiga tahid soladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi huzuridagi
Isteʼmolchilar
huquqlarini
himoya
qilish
agentligi
axborot
xizmati
va
isteʼmolchilarning jamiyatdagi bilim va texnologiyalariga muvofiqligi borada
kecha, 4-aprel kuni «Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori imzolandi
Qarorga muvofiq, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlar aylanmasi haqida
yig‘ilgan murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ular vakolatli
organlar tomonidan qisqa muddatlarda ko‘rib chiqiladi. Bunday huquqbuzarliklar
haqida xabar bergan shaxslar esa rag‘batlantiriladi.
Iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, sertifikatlanmagan,
saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni ishlab
chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qo‘yishda jamoatchilik
nazorati kuchaytiriladi
iste’molchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan
mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik
kuchaytiriladi;
15
etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan
bog‘liq qilmish uchun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib
o‘rnatiladi;
sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini
buzganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi;
o‘zganing
tovar
belgisidan,
xizmat
ko‘rsatish
belgisidan,
geografik
ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan, adashtirib yuborish darajasida
ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda
foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi;
belgilangan talablar va shartlarning qo‘pol ravishda buzilishi oqibatida
litsenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni)
amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlarga quyidagi ro‘yxatda keltirilgan faoliyat
turlari bilan shug‘ullanishiga cheklovlar belgilanadi.
Hujjat bilan mazkur masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilishi
ham belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, 2023-yil 1-iyuldan ko‘piklanadigan va tabiiy vino
mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.
2023-yil 1-avgustdan alkogol mahsulotlarining tovar belgilari ro‘yxatga
olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi alkogol mahsulotlari ishlab
chiqarish uchun litsenziya talabi hisoblanadi.
2023-yil 1-sentyabrdan esa tamaki mahsulotining ulgurji va chakana savdosi,
pivo mahsulotining ulgurji savdosi xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi
16
Muammo
Farg‘ona vodiysida kontrafakt mahsulotlar muammosini oshkor qilish. Ishni
joyidan ko‘chirish. Sotuvchilarni kontrafakt mahsulotini ishlab chiqarish uchun
ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida xabardor qilish. KNAUF nomi ostidagi qalbaki
mahsulotni aniqlash. Mazkur muammoga keng jamoatchilik va vakolatli organlar
e'tiborini jalb qilish. Xaridorlar ishonchining puch chiqishi kompaniya obro‘siga
putur yetkazadi. Natijasi shubhali bo‘lishdan tashqari, kontrafakt mahsulot
salomatlikka xavfli bo‘ladi, chunki qalbaki shtukaturka tarkibida har narsa bo‘lishi
mumkin. kontrafakt mahsulot qalbaki, undan soliqlar to‘lanmaydi, u qonundan
tashqarida. Xaridorlarni bunday mahsulotni xarid qilishning oqibatlari haqida
xabardor qilish.
Yechim
Tovar belgilarini o‘g‘irlash, O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchining kontrafaktga
qarshi kurashishidagi qiyinchiliklar mavzuini muntazam ko‘tarib chiqish, ishni
joyidan siljitish.
Natija
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan hamkorlikdagi sa'y-harakatlar
natijasida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona va Jizzaxda
ROTBAND® nemis kompaniyasining tovar belgisini o‘g‘irlashning rivojlanishini
qisman to‘xtatishga erishildi.
2018 yil 27 sentabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan
O‘zbekiston respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi bilan
hamkorlikda kontrafakt matbaa mahsulotlari ishlab chiqarilishining oldini olish, ular
savdosiga qarshi hamkorlikda kurashish, ota-onalarni bu kabi mahsulotlarni xarid
qilmaslikka chaqirish, bu jarayonga keng jamoatchilikni jalb etish maqsadida
“Kontrafakt – sog‘lik, sifat va iqtisodiyot kushandasi” mavzusida matbuot anjumani
o‘tkazildi.
17
Aytib o‘tish kerakki, respublika hududiga kontrafakt matbaa mahsulotlarini olib
kirish, ishlab chiqarish, tarqatish manbalarini aniqlash va bu jarayonlarning oldini
olish bo‘yicha O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan hamkor
tashkilotlar bilan doimiy ravishda turli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda
respublika va hududiy teleradiokanallar, matbuot nashrlari, internet saytlari, ijtimoiy
tarmoqlar orqali muntazam chiqishlar qilinayotganini alohida ta'kidlash lozim.
Xususan, aholini kontrafakt mahsulotlaridan ogohlikka chaqiruvchi mavzuda bir
nechta ijtimoiy roliklar tayyorlanib, efirga uzatildi.
– Bugungi kunda muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan
ishlab chiqilgan va samarali tatbiq etib kelinayotgan Harakatlar strategiyasi
doirasida jamiyatimizning barcha sohalarida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda,
- deydi O‘zMAA Bosh direktori L.Tangriyev. – Xususan, ommaviy axborot
vositalari,
noshirlik,
matbaachilik,
axborot-kutubxona
tizimini
yanada
takomillashtirishga qaratilgan 10dan ortiq qonun hujjatlari ishlab chiqildi va qabul
qilindi. Nashriyot-matbaa ijodiy uylari, noshirlarimiz turli xalqaro miqyosdagi
ko‘rgazma va boshqa tadbirlarda ishtirok etib, yutuqlarni qo‘lga kiritishmoqda.
Umuman olganda sohaga zamonaviy texnologiyalar kiritilmoqda, innovatsion
g‘oyalar tatbiq etilyapti. Bular, albatta, quvonarli, ammo sohada yetarlicha
xatolarning mavjudligi, kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi achinarli hol.
– Kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularning savdosi bilan
shug‘ullanganlik uchun, aniqroq qilib aytganda asarlar yoki turdosh huquqlar
obektlaridan noqonuniy foydalanish, shu barobarida asarlar yoki turdosh huquqlar
obektlarining kontrafakt nusxalarini tayyorlash, tarqatish, omma e'tiboriga yetkazish
yoxud asarlar yoki turdosh huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalarida
tayyorlovchilar, ishlab chiqarish joylari, shuningdek mualliflik huquqi va turdosh
huquqlar egalari haqida yolg‘on ma'lumotlarni ko‘rsatganlik uchun “Ma'muriy
javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksga ko‘ra, fuqarolarga – eng kam oylik ish haqining
1 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10
baravarigacha jarima solinishi belgilab qo‘yilgan, – deya o‘z so‘zini yakunladi
18
Hozirda qonuniy asosda faoliyat yuritib, jamiyat va mamlakat rivojiga munosib
hissa qo‘shayotgan va bu orqali yaxshigina daromadga ega bo‘layotgan korxonalar
soni talaygina, ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, sohada qonun talablarini
mensimaydigan, shaxsiy manfaat yo‘lida davlat iqtisodiyoti va kishilar sog‘lig‘iga
zarar yetkazishdan toymaydigan “uchar”lar ham uchrab turadi.
Agentlik tomonidan 2018 yilning o‘tgan davrida o‘ndan ortiq qonun buzilish
holatlari aniqlandi. Jumladan, Navoiy viloyatida yakka tartibdagi tadbirkor G.
Isayeva “Bayoz” nashriyoti grifi ostida chop etilgan qalbaki kitob savdosi bilan
shug‘ullangan. Qashqadaryo viloyati Qamashi shahrida joylashgan “Kitoblar
durdonasi” do‘konida esa qo‘lbola usulda tayyorlangan maktab darsliklari
sotilayotgani aniqlangan. Yoki “Smart Brain” OK, “Sun Trade Group”, “Brok class
servis” va “Qog‘oz Kapital Biznes” mas'uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan
davlat standartlariga zid ravishda ishlab chiqarilgan 12 hamda 48 varaqli daftarlar
poytaxt bozorlarida sotuvga chiqarilgan. Toshkent shahridagi “Chorsu” bozori
atrofida joylashgan savdo do‘konlari va rastalarida, Toshkent viloyati hududida
joylashgan “Ilm shu'lasi” ulgurji bozorida ham bir qator faktlar aniqlanib, qonuniy
chora ko‘rish uchun vakolatli organlarga yuborilgan.
Ko‘rilayotgan choralarga qaramay, bozor va savdo rastalarida turli xildagi
sifatsiz, milliy ma'naviyatimizga zid, “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchi
mahsulotlar savdosi kamaymayotgani kuzatilmoqda. Ayniqsa, maktab bozorlarida
xorijiy mamlakatlardan keltirilayotgan mahsulotlar kelajak avlod ongi va ruhiyatiga,
ta'lim-tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi bilan tashvishlidir.
Bunday holatlarning yuzaga kelishi, avvalo, ayrim olg‘ir tadbirkorlarning
nafsga qul bo‘lib, yashirin sexlarda o‘zganing mahsulotidan nusxa ko‘chirib,
soliqdan qochib, savdo qilayotganligi, ko‘proq foyda olish uchun standartda
belgilangandan ko‘ra, yengil va sifatsiz qog‘ozni ishlatayotganligi, turli qing‘ir
yo‘llar bilan xorijdan milliy standartlarimizga zid mahsulotlar kirib kelayotganligi
19
bilan bog‘liq.Tadbir ishtirokchilari tomonidan kontrafakt matbaa mahsulotlari ishlab
chiqarilishi va savdosiga qarshi kurash bo‘yicha quyidagi takliflar kiritildi:
- kontrafakt matbaa mahsulotlar ishlab chiqarilishining oldini olish, ota-
onalarni ularni xarid qilmaslikka chaqirish, bu mahsulotlar yetkazishi mumkin
bo‘lgan zararlar haqidagi ijtimoiy roliklarni tayyorlash, ularni televideniye, radio,
bosma nashrlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqatish;
- kontrafakt matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarganlik yoki uning savdosi bilan
shug‘ullanganlik
uchun
jarima
miqdorini
oshirish;
-
ishlab
chiqaruvchilar
o‘rtasida
sog‘lom
raqobat
muhitini
yaratish;
- bosmaxona-nashriyot-xaridor o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzilishini
yo‘lga qo‘yish;
- Matbuot va axborot agentligi, DSQ, “O‘zstandart” agentligi va boshqa
mutasaddi vazirlik hamda idoralar uchun yagona monitoring o‘tkazish tartibini
ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek uni amalga kiritish.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2023 yil 1 iyundan boshlab iste`molchilar
huquqlari himoya qilinishini ta`minlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o`tib
ketgan, kontrafakt va iste`molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari
bo`yicha murojaatlar "Soliq hamkor" axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ko`rib
chiqiladi. Bu haqda UzA xabar bermoqda. "Soliq hamkor" axborot tizimi orqali
murojaatlarni qabul qilish, ko`rib chiqish hamda huquqbuzarliklar haqida xabar
bergan shaxslarni rag`batlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- axborot tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni
o`tkazish uchun asos bo`ladi;
- murojaatlar vakolatli organlar tomonidan 10 ish kunida majburiy tartibda
ko`rib chiqilib, natijasi bo`yicha murojaat yo`llagan shaxs xabardor qilinadi, bundan
qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno;
20
- tasdig`ini topgan qonun buzilishi holatlari bo`yicha ma`muriy huquqbuzarlik
uchun jarimaning 20 foizi, jinoyatlar uchun esa BHMning besh baravarigacha
miqdorda rag`batlantiriladi. Eslatib o`taman, kontrafakt va iste`molga yaroqsiz
tovarlar haqida xabar bergan shaxslar rag`batlantirilishi prezident qarori bilan
belgilandi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga
qaratilayotgan ustuvor eʼtibor samarasida hududlarda katta-kichik sanoat
korxonalari ishga tushirilmoqda. Oʻnlab, yuzlab ish oʻrinlari yaratilishi barobarida
import oʻrnini bosuvchi, xaridorgir mahsulotlar ichki bozorga kirib kelmoqda.
Hattoki mahalliy isteʼmolchilardan ortib, eksport salohiyatini yuksaltirayotgan
korxonalar safi ham kengayib boryaptiki, bularning bari alaloqibat aholi turmush
farovonligini yaxshilashga xizmat qilishi barchamizga maʼlum.
Tadbirkorlikning
qoʻllab-quvvatlanishi
ishlab
chiqaruvchilar
oʻrtasida
raqobatni kuchaytirishi muqarrar. Rivojlangan davlatlar tajribasiga razm solsak,
guvoh boʻlamizki, erkin va sogʻlom raqobat faqat-faqat taraqqiyotni taʼminlab
kelgan. Sababi, bunda, eng avvalo, mahsulot sifatiga boʻlgan eʼtibor ortadi.
Isteʼmolchi talab va ehtiyojidan kelib chiqqan holda yangi mahsulotga asos solinadi.
Bir soʻz bilan aytganda, tinimsiz izlanish, toʻxtovsiz harakat orqali bozordan
munosib joy egallanadi.
Respublikamizda ham bu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlar amaliy natijasini
bermoqda. Jahon bozorida oʻz brendiga ega boʻlayotgan korxonalar soni ortib
borayotgan bir paytda ichki bozor talablariga mos ravishda faoliyat yurituvchi
korxonalar soni ham koʻpayib borayotir. Ular tomonidan tayyorlangan va isteʼmolga
tavsiya etilayotgan mahsulotlar sifat darajasidan xorijnikidan qolishmasligi bilan
ahamiyatlidir. Shunday boʻlgani holda ayrim ishlab chiqaruvchilar oʻz brendini
yaratish, shu orqali erkin raqobatni “yorib chiqish” oʻrniga yirik ishlab
chiqaruvchilar nomidan foydalanishlari achinarli, albatta. Bu esa savdo manzillarida
kontrafakt mahsulotlar paydo boʻlishiga olib kelmoqda.
21
Biroq, ming taassufki, bugun bozorlarimizda kontrafakt mahsulotlarni
istagancha topish mumkin. Adliya vazirligi tomonidan joriy yilda chop etilgan
kontrafakt mahsulotlar katalogida 300 dan ziyod mahsulotlar roʻyxati keltirilgani
bunga misoldir. Achinarlisi shundaki, bu oxirgi koʻrsatkich emas...
Andijon shahridagi “Jahon bozori” savdo majmuasida boʻlib, asl nusxadagi
mahsulotlar savdosi bilan qiziqdik.
— Tan olish kerak, aksariyat sifatli mahsulotlar xorijdan import qilinadi, — deydi
yakka tadbirkor Abdurasul Ahmadaliyev. — Aynan shu mahsulotlarning kontrafakt
turlari ham mavjud. Ular asosan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan
tayyorlanmoqda. Asl nusxadagi mahsulotning narxi qimmat boʻlgani holda koʻplab
yurtdoshlarimiz qiymati arzon, biroq kontrafakt mahsulotni xarid qilishga
odatlangan. Toʻgʻri, narxi past mahsulotning bozori chaqqon boʻladi, biroq sifatiga
kafolat yoʻq. Masalan, oʻzim savdosi bilan shugʻullanuvchi “Henkel AG & KGdA”
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Syoss” shampunini va uning mahalliy
ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan kontrafakt nusxasini amalda sinab
koʻrganman. Afsuski, oʻzimizning mahsulot dastlab yaxshi natija beradi, bora-bora
esa boshda qazgʻoq hosil qiladi. Tadbirkorlar uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilar
mahsulotini sotish har tomonlama afzal. Sababi, ular import oʻrnini egallagani uchun
tannarxi ham, sotuvdagi narxi ham arzon boʻladi. Buning uchun mahsulot sifatiga
alohida ahamiyat qaratish kerak. Shunisi aniqki, xaridorni aldab hech kim manfaat
koʻrolmaydi.
Andijon viloyatidagi mavjud savdo majmualarida olib borilgan nazorat
tadbirlari davomida 100 dan ortiq kontrafakt mahsulotlar aniqlandi, — deydi
Intellektual mulk agentligi Andijon viloyat boʻlimi rahbari Murodjon Jaloldinov.
— Ularning ayrimlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tegishli boʻlgani bois 40 dan
ortiq tadbirkorlik subyektlariga ogohlantiruvchi taqdimnomalar kiritildi. Shulardan
25 tasi mahsulotini amaldagi tartiblar doirasida qayta ishlab chiqarishga yoʻnaltirgan
boʻlsa, qolgan 15 tasiga nisbatan maʼmuriy chora koʻrishga toʻgʻri keldi. Ishlab
22
chiqaruvchilar oʻz oʻrnida mahsulot sifatiga ham alohida eʼtibor qaratishlari lozim
boʻladi. Sababi, oʻrganishlar davomida aksariyat kontrafakt mahsulotlarning sifati
talab darajasida emasligi aniqlangan.
Demak, bu borada ishlab chiqaruvchilardan tashqari sohaga masʼul boshqa
idoralar vakillari masʼuliyatini oshirish ham muhimdir. Zero, har bir mahsulotning
sifati, yaroqliligi, xavfsizligi tegishli idoralar tomonidan tasdiqlanganidan keyingina
isteʼmol bozoriga chiqarilishi kunday ravshanku!
Yanada achinarlisi, bunday kontrafakt mahsulotlar oziq-ovqat va dori-darmon
vositalari orasida ham uchrab turibdi. Intellektual mulk agentligi tomonidan
tayyorlangan katalogda 70 ga yaqin turdagi kontrafakt dori vositalari roʻyxati
keltirilgan. Ular orasida bemorlar tomonidan eng koʻp xarid qilinadigan sinepar,
mezim, amizon, yodomarin, teraflyu, kyupen, trimol forte kabilarga nomi,
qadogʻining tashqi koʻrinishi jihatidan juda yaqin boʻlgan vositalarning
mavjudligini qanday baholash mumkin?
Shu sababli O‘zbekistonda noqonuniy yo‘l bilan kirib kelgan, sifatsiz dori-
darmonlar ulushi ham ortib bormoqda. Masalan, joriy yilning 9 oyi davomida
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga 1000 dan oshiq sifatsiz dori-
darmonlar bo‘yicha arizalar kelib tushgan va natijada 7000 turdagi sifatsiz hamda
qalbaki dori-darmon turlari aniqlangan. Bu haqida Farmatsevtika tarmog‘ini
rivojlantirish agentligi direktori maslahatchisi Muhabbat Ibragimova ma’lum qildi.
Uning aytishicha, O‘zbekiston farmatsevtika bozorida jami 1 mrlrd 400 mln
dollarlik dori-darmon vositalari aylanmoqda. Agar unga noqonuniy sotilayotgan,
qalbaki dorilar ham qo‘shilsa, bu raqamlar qanchalik o‘zgarishini aniq aytish qiyin.
Bundan tashqari, Liberal demokratik partiya O‘zbekistonda alkogol va tamaki
mahsulotlarining kontrabandasiga to‘xtalib o‘tdi va mas’ullardan bu bo‘yicha izoh
oldi.
23
Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda vinochilikni
rivojlantirish
agentligi
vakili
Komiljon
Abdurahimov
O‘zbekistonda
alkogol kontrabandasiga qaraganda kontrafaktlari juda ko‘p ekanligini aytdi.
Tamaki mahsulotlari orasida esa kontrabanda ulushi yuqori turadi. “So‘nggi tahlillar
shuni ko‘rsatmoqdaki O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi
4 foizdan 15 foizga oshgan”, dedi Abdurahimov. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan
2021 yilda amalga oshirilgan sayyor soliq tekshiruvlarida 2 trln so‘mdan oshiq
qiymatdagi jami 154 ming 914 shisha aksiz markasiz, qalbaki alkagol mahsulotlari
aniqlangan. Mazkur ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning ichida aniqlanayotgan
raqamlardir. Biroq, mamlakatimiz chegaralarida ham aniqlanayotgan, to‘xtatib
qolinayotgan kontrabanda mahsulotlari ham oz emas. Shunday bo‘lsa-da, qalbaki
mahsulotlarni olib kirishning uddasidan chiqayotganlar baribir topiladi.
24
Xulosa
Xulosa qilib aytganda uzoq ming yilliklar shundan dalolat beradiki, o‘zbek
milliy davlatchilik tarixi eng avvalo ma’naviy-ma’rifatning jamiyat hayotida muhim
o‘rin egallaganligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ushbu azaliy an’anaga mustaqillik
yillarida
alohida
e’tibor
berilishi
katta
ahamiyatga ega
bo‘ldi.
Milliy
madaniyatitmizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan
bobokalonlarimizning ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi. Milliy pedagogik
tafakkur ta’sirida ta’limni sog‘lomlashtirish jarayoni boshlandi. Uzoq vaqt
mobaynida tashqi dunyodan uzib qo‘yilgan, o‘zga mamlakatlar tarixiy tajribasidan
ham, milliy ma’rifiy-pedagogik merosdan ham bahramand bo‘lmagan milliy
pedagogikamiz jahon maydoniga chiqdi. Erishilgan natijalarni o‘zgalarniki bilan
qiyoslash, boshqalardagi ijobiy natijalarni o‘zlashtirish imkoni paydo bo‘ldi.
Mamlakatning madaniy hayotida ro‘y bergan muhim voqealar shu davr adabiyoti,
teatr san’ati, rang tasvir ijodkorligi sohalariga keng imkoniyatlar eshigi ochildi.
SHuningdek, istiqlolning har bir yili mamlakatimiz tarixi sahifalariga ulkan
bunyodkorlik,
xalqimiz
erishayotgan
olamshumul
yutuqlar,
ezgulik
va
shodumonlik, taraqqiyot va faravonlik yili sifatida zarhal harflar bilan bitilmoqda.
Xulosa oʻrnida aytish joizki, ichki bozorda kontrafakt mahsulotlarining paydo
boʻlishiga oʻnlab idoralar vakillari birdek javobgardirlar. Ayrim ishlab
chiqaruvchilar vijdonini chetga surib, jigʻildonini oʻylayotgan bir paytda sifat
belgisini nazorat qiluvchi masʼullarning befarqligini oqlab boʻlmaydi. Bu borada
import mahsulotlarning respublikamiz hududiga kirib kelish tartiblariga qatʼiy rioya
qilinishi muhimligini ham qayd etish lozim. Zero, isteʼmolchilar huquqlari hamma
vaqt ishonchli himoyalanishi va inson omili daromad keltiruvchi manbaga aylanib
qolmasligi kerak.
Joriy yilning 19 oktyabr kuni O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi press
klubining
“Yashirin
iqtisodiyotni
qisqartirish,
tovarlarning
noqonuniy
aylanmasining oldini olish choralari” mavzusida navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
25
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Mahalliy Kengashlar deputatlari, vazirlik va
idoralar vakillari hamda tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan majlisda tovarlarning
noqonuniy aylanmasini oldini olish, ayniqsa, farmatsevtika, alkogol va tamaki
mahsulotlari kontrabandasiga chek qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Sessiyani olib borgan O‘zLiDeP bo‘lim mudiri Baxtiyor Ruhiddinovning aytishicha,
aynan bu mavzuning tanlanishiga sabab farmatsevtika vositalarining jamiyat
sog‘ligi bilan bog‘liq ekanligi, shuningdek, so‘nggi kunlarda alkogol va tamaki
mahsulotlaridan zaharlanish holatlarining ko‘p uchrayotgani va yoshlar orasida
ommalashib borayotganidir.
Mas’ullar esa kurashni boshlashdan avval qonunchiligimizdagi kamchiliklarni
tuzatish kerakligini ta’kidlashmoqda. Chunki bu kamchiliklar muammoni hal
qilishda ularning oyog‘iga tushov bo‘lib turibdi.
26
Foydalanilgan adabiyotlar
1. https://www.gazeta.uz/oz/2023/04/05/javobgarlik/
2. https://uza.uz/oz/posts/kontrafakt-mahsulotlar-iqtisodiyot-rivojiga-
xavf-soladi_311229/
3. https://consumer.gov.uz/yangiliklar/kontrafakt-ozi-nima/
4. https://xs.uz/uz/post/kontrafakt-mahsulotlar-istemolchilar-huquqini-
kim-himoya-qilad
5. https://qalampir.uz/uz/news/uzbekiston-liberal-demokratik-
partiyasi-kontrabanda-va-kontrafakt-ma%D2%B3sulotlarga-k-arshi-
zhiddiy-kurash-boshladi-70740/
6. https://www.grafo-logos.ru/blog/baza-znanij-kontrafaktnaya-
produkcziya/kontrafaktnaya-produkcziya-vidyi-i-kak-opredelit-
kontrafakt
7. https://darakchi.uz/index.php/oz/165886
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2003 y.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch – T., “Ma’naviyat”
2008.
4. Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. T.,
O‘zbekiston, 2009.
5. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz
farovonligini yanada yuksaltirish. T., “O‘zbekiston”, 2010.
6. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. –T.: “O‘zbekiston”, 1999
y.
7. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. T., Sharq. 1999.
8. Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb
hisoblashar edi. (Perzident Islom Karimovning “Nezavisimaya gazeta”
muxbirining savollariga javoblari). –T.: “O‘zbekiston”, 2005 y.
9. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk
kelajakka ishonchdir. –T.: O‘zbekiston, 2000 y. 11-bet.
27
10. Karimov I.A Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo
bilan hamkorlik yo‘li. 11-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2003 y.