1 “Madaniyat tushunchasiga tarixiylik va ilmiylik”
2 Madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni
Kirish:
- Biror bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va
axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini
tasavvur eta olmaydi.
- Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy me’rosi ming yillar mobaynida
Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt
davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan-
avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarni hamda o’ziga xos
an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi.
- Mustaqqilligimizning dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p
asrlar mobaynida yaratilib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy
merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa
bo’lib qoldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni shakillantirishni milliy o’zlikni
anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga
qaytishidan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz.
- Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach o’z taqdirining
chinakkam egasi, o’z tarixining ajdodkori, o’ziga xos milliy madaniyatning
sohibiga aylandi.
- Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis
va xaqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglatishni, ta’bir joyiz bo’lsa milliy
iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida muhim o’rin tutadi.
- Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk
ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi
fuqarolik ongini shakillantiradi. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.
Markaziy osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, madaniy
dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’ziga mujassam etgan buyuk arboblar
ko’p bolgan.
- Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahoviddin Naqshband, Xoja
Axmad Yassaviy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur. Mirzo Ulug’bek,
Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz milliy
madaniyatimizni rivojlantirishda ulkan hissa qo’shdilar, xalqimizning milliy
iftixori bo’lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida
qo’shgan buyuk xissalari butun dunyoga ma’lum.
- Tarixiy tajriba an’analarining meros bo’lib o’tishi bularning barchasi
yangidan yangi avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlarga ajralib qolmog’i lozim.
- Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o’ziga rom etib kelayotgan
markaz bo’lib qolganligi tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar
va san’at ixlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan
qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan.
- Xalqimizning etnik madaniy va diniy sabr bardoshi ma’naviy
uyg’onishning yana bir bitmas tuganmas manbaidir.
- Ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilash bosh ma’naviy
madaniyatning qudratli qatlamlari boshlandi. O’zbek madaniyatining umuminsoniy
mohiyati, ma’naviy-ruhiy qadryatlarning va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi
bu birlikning negizini tashkil etdi.
1. “Madaniyat” tushunchasida tarixiylik va ilmiylik
- Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratigan moddiy va
ma’naviy boyliklar majmuigina bo’lib qolmay, ayni paytda bu jamiyat
taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi ya’ni, jamiyatdagi bilim, ma’zon va
qadriyatlarning yig’indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o’rganishda
obyektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog’liqlik haqidagi ma’naviy
tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida
madaniyatga sistemali yondashuv bir-biriga ta’sir etuvchi turli madaniyat
sohalarining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib emas balki ularni yaxlit tasavvur etish
imkoniyatini
beradi.
Sistemali
yondashuv
taraqqiyotining
juda
ko’p
imkoniyatlaridan foydalanishga imkon yaratadi. Aynan, sistemali yondashuv
madaniyatga o’ziga xos shaklda munosabat bildirgan kishilar hayot faoliyati
sohalari, madaniyat institutlari tashkil topib, ular aniq tuzilmaga va aniq
vazifalarga ega bo’lgan holda ijtimoiy munosabatlar tamoyili, komunikatsiya,
madaniy namunalarni tashkil qilib madaniyat tizimini belgilaydi.
Madaniyatni ilmiy izohlab uning tarixiy mazmuni va ma’nosi
ijtimoiy, tarixiy bilimlar tizimidagi o’rni va mavqeyini asoslab beradi.
“Madaniyat’’ atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda
ifodalangan. ”Madaniyat” va “kultura” atamalari mutaxasislar fikriga ko’ra ayni
ma’noni anglatib, lotincha “ishlov berish”, “parvarish qilish” ma’nosini anglatgan.
Keyinchalik “ma’rifatli bo’lish”, “tarbiyali”, “bilimli bo’lish” mazmunida
ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan “Madaniyat” atamasi arabcha
“madaniy”
–
“shaharlik”
dagan
ma’noni
bildiradi.
Agar
Amerikalik
madaniyatshunos
olimlar
A.Kreber
va
K.Klakxonlarning
1952-yildagi
ma’lumotlarga ko’ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lsa so’nggi
adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi.
Qadimi Rim “madaniyat” - tushunchasi hayotni ma’naviy jihatdan yanada
yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g’amxurlik degan ma’noda ham
foydalanilgan. Ko’rinib turibdiki ”Madaniyat” tushunchasi xilma-xil talqiniga
qaramay qadimdan hozirgi kungacha o’z mohiyatini o’zgartirmagan.
- Hozirgi davrdagi madaniyaning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan
yaratilga va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatining uziga xosligini
anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyatning ”Tabiiy” turmush tarzi shaklida
yashagan davrda : ya’ni terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq tutish, chorvadorlik va
dehqonchilik bilan shug’ullangan vaqtlarida madaniyat to’g’risidagi fikrning
tug’ulishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o’z
madaniyati bilan “qo’shilib” yashagan. Urf-odatlar, e’tiqodlar hayotning moddiy
va ijtimoiy shakillari undan farq qiladi. Madaniyatning avtonomiyasi namoyon
bo’lishi bilan muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning
ijtimoiylashuviga erishish talab etiladi. Shu asosida madaniyat asta-sekinlik bilan
insoniyatdan tobora ko’proq mustaqqil bo’lib boradi. Insonning esa madaniyatga
tobeliga ortadi.
Insoniyat jamiyati doimiy rivojida bo’lib, u o’zgarib takomillasib
boradi. Turli tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatlarda odamlar dunyoni
o’zgacha anglaydilar va qabul qiladilar, o’zlariga xos ravishda tasavvurlari va
bilimlarini hosil qiladilar.
- Madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning keng jabhalaridan
biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan
tashqarida mavjud bo’lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqeylik sifatida madaniyatning
o’ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini
o’ziga singdirib oladi, saqlayda va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy
hayotning vorisligi, qadriyatlarini to’plashi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib
berish bilan bog’liq bo’lgan sohalarni ifodalaydi.
Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida madaniyatni jamiyatda
tutgan o’rni, jamiyatning mazmuniga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning
xususiyatlariga bog’liqdir. Ijtimoiy jarayon kishilarning hatti-harakati, ya’ni sotsial
faoliyati madaniy idiallarini, qadriyatlarni, normalarni qaror toptirilishi yoki
barham berilishida vosita vazifasini, shuningdek kishilarning ijtimoiy va shaxsiy