Madaniyatshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Yuklangan vaqt

2024-07-28

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

21

Faytl hajmi

33,5 KB


 
 
 
 
 
 
Madaniyatshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari 
 
 
Reja : 
 
1.Madaniyatshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Madaniy 
taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari. 
2. Madaniyatning funktsiyalari. Madaniy taraqqiyot va Manaviy meros. 
3.Madaniyatning asosiy turlari – moddiy va ma’naviy madaniyat, ularning o‘zaro 
bog‘liqligi.  
4.Madaniy taraqqiyot va sivilizatsiya – tarixiy davrlar uyg‘unligi.  
5.Hozirgi O’zbekistonda Madaniyatshunoslik fani oldidagi yang vazifalar.  
  
Tayanch tushunchalar: madaniyat, moddiy va ma’naviy madaniyat, 
madaniyat nazariyasi va tarixi, umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlar, 
madaniy meros, vorislik, milliy-madaniy o‘ziga xoslik, milliy-madaniy tiklanish. 
 
1.1. Madaniyatshunoslik fanining maqsadi va vazifasi 
  
Har bir fan asoslarini o‘rganish, uning predmeti va obyektini aniqlashdan 
boshlanadi. Madaniyatshunoslik fani madaniy jarayonlarning nazariy asoslarini 
qadimiy davrdan tortib hozirgi kunga qadar insoniyat tomonidan ijtimoiy-tarixiy 
amaliyot davomida yaratilgan va yaratilayotgan moddiy va ma’naviy obyektlar, 
madaniy jarayonlar va ularning natijalarini, madaniy meros yodgorliklarini 
o‘rganadi. Madaniyatshunoslik fanining predmetini inson faoliyati, insoniyat 
tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar, sivilizatsiyalarning kelib 
Madaniyatshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja : 1.Madaniyatshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Madaniy taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari. 2. Madaniyatning funktsiyalari. Madaniy taraqqiyot va Manaviy meros. 3.Madaniyatning asosiy turlari – moddiy va ma’naviy madaniyat, ularning o‘zaro bog‘liqligi. 4.Madaniy taraqqiyot va sivilizatsiya – tarixiy davrlar uyg‘unligi. 5.Hozirgi O’zbekistonda Madaniyatshunoslik fani oldidagi yang vazifalar. Tayanch tushunchalar: madaniyat, moddiy va ma’naviy madaniyat, madaniyat nazariyasi va tarixi, umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlar, madaniy meros, vorislik, milliy-madaniy o‘ziga xoslik, milliy-madaniy tiklanish. 1.1. Madaniyatshunoslik fanining maqsadi va vazifasi Har bir fan asoslarini o‘rganish, uning predmeti va obyektini aniqlashdan boshlanadi. Madaniyatshunoslik fani madaniy jarayonlarning nazariy asoslarini qadimiy davrdan tortib hozirgi kunga qadar insoniyat tomonidan ijtimoiy-tarixiy amaliyot davomida yaratilgan va yaratilayotgan moddiy va ma’naviy obyektlar, madaniy jarayonlar va ularning natijalarini, madaniy meros yodgorliklarini o‘rganadi. Madaniyatshunoslik fanining predmetini inson faoliyati, insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar, sivilizatsiyalarning kelib
 
 
chiqishi va rivojlanishi, madaniyatlararo muloqot kabi dolzarb masalalar tashkil 
etadi. Madaniyatshunoslik fani insoniyatga xos madaniy jarayonlarni, uning 
mazmun-mohiyati va ahamiyatini tahlil qiladi va ilmiy xulosalar chiqaradi, madaniy 
taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.  
Yer yuzida 7 milliarddan ortiq odam yashaydi. Qari-yu yosh, erkagu-ayol, har 
biri o‘z davlatining fuqarosi, o‘zining mashg‘uloti va turmush tarziga ega. Ayni 
paytda har bir odam o‘z xalqining vakilidir. Demak, har bir xalq o‘zining 
madaniyatiga, turmush tarzi, tili, urf-odatiga ega va ular umumiy muloqot davomida 
boshqalarni ham ular bilan tanishtiradi.  
Butun insoniyat turli xalqlardan iboratdir. Ba’zilari – «xitoyliklarga» o‘xshab 
milliardlarni tashkil etadi, ayrimlari esa «taraka» xalqiga (Keniya) o‘xshab yuzlab 
kishini tashkil etadi. Olimlarimiz yer yuzida qancha odam yashayotganini 
hisoblashgan bo‘lsada, lekin hozirgacha qancha xalq, elat, urug‘lar yashayotgani 
aniqlanmagan. Ular har хil tillarda so‘zlashadilar va har biri o‘zining boy tarixi va 
madaniyatiga ega. Aniqlanishicha, bu xalq va elatlar bir yarim mingdan ortiqroq. 
Har bir xalqning tarixi va madaniyati umuminsoniy madaniyat bilan chanbarchas 
bog‘liq. 
Madaniyatshunoslik - bu tarixiy fan, boshqa fanlar – tarix, sotsiologiya, 
etnografiya kabi kishilik jamiyatining aniq bir sohasi bo‘lmish madaniyatning 
rivojlanishi to‘g‘risida bahs yuritadi. Madaniyatshunoslik fanining tadqiqot obyekti 
dunyo xalqlarining ko‘p asrlik madaniy hayoti, uning o‘ziga xos jihatlari, Sharq va 
G‘arb madaniyatining taraqqiyot bosqichlari, o‘ziga xos xususiyatlari va 
mushtarakligini, milliy va mintaqaviy madaniyatning jahon madaniyati ravnaqiga 
ta’sirini, madaniyatlararo muloqot muammolari va ularning insoniyat hayotidagi 
rolini o‘rganishdan iborat. 
Inson qay darajada madaniyatni yaratsa, shu darajada madaniyat ham insonni 
shakllantiradi. Har bir xalq o‘zining takrorlanmas madaniyatiga ega, bu 
madaniyatlar ayni paytda jahon madaniyatining tarkibiy qismlari hamdir, ular tarixiy 
taraqqiyot jarayonida bir-birini to‘ldirib keladi. 
chiqishi va rivojlanishi, madaniyatlararo muloqot kabi dolzarb masalalar tashkil etadi. Madaniyatshunoslik fani insoniyatga xos madaniy jarayonlarni, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tahlil qiladi va ilmiy xulosalar chiqaradi, madaniy taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Yer yuzida 7 milliarddan ortiq odam yashaydi. Qari-yu yosh, erkagu-ayol, har biri o‘z davlatining fuqarosi, o‘zining mashg‘uloti va turmush tarziga ega. Ayni paytda har bir odam o‘z xalqining vakilidir. Demak, har bir xalq o‘zining madaniyatiga, turmush tarzi, tili, urf-odatiga ega va ular umumiy muloqot davomida boshqalarni ham ular bilan tanishtiradi. Butun insoniyat turli xalqlardan iboratdir. Ba’zilari – «xitoyliklarga» o‘xshab milliardlarni tashkil etadi, ayrimlari esa «taraka» xalqiga (Keniya) o‘xshab yuzlab kishini tashkil etadi. Olimlarimiz yer yuzida qancha odam yashayotganini hisoblashgan bo‘lsada, lekin hozirgacha qancha xalq, elat, urug‘lar yashayotgani aniqlanmagan. Ular har хil tillarda so‘zlashadilar va har biri o‘zining boy tarixi va madaniyatiga ega. Aniqlanishicha, bu xalq va elatlar bir yarim mingdan ortiqroq. Har bir xalqning tarixi va madaniyati umuminsoniy madaniyat bilan chanbarchas bog‘liq. Madaniyatshunoslik - bu tarixiy fan, boshqa fanlar – tarix, sotsiologiya, etnografiya kabi kishilik jamiyatining aniq bir sohasi bo‘lmish madaniyatning rivojlanishi to‘g‘risida bahs yuritadi. Madaniyatshunoslik fanining tadqiqot obyekti dunyo xalqlarining ko‘p asrlik madaniy hayoti, uning o‘ziga xos jihatlari, Sharq va G‘arb madaniyatining taraqqiyot bosqichlari, o‘ziga xos xususiyatlari va mushtarakligini, milliy va mintaqaviy madaniyatning jahon madaniyati ravnaqiga ta’sirini, madaniyatlararo muloqot muammolari va ularning insoniyat hayotidagi rolini o‘rganishdan iborat. Inson qay darajada madaniyatni yaratsa, shu darajada madaniyat ham insonni shakllantiradi. Har bir xalq o‘zining takrorlanmas madaniyatiga ega, bu madaniyatlar ayni paytda jahon madaniyatining tarkibiy qismlari hamdir, ular tarixiy taraqqiyot jarayonida bir-birini to‘ldirib keladi.
 
 
Madaniyatshunoslik fani bir nechta asosiy qismlarga bo‘linadi: madaniyat 
nazariyasi; jahon madaniyati tarixi; O‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi; 
san’atshunoslik, haykaltaroshlik. Qayd etilganlar orasidan biz jahon madaniyati 
tarixi bilan O‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi qismlarini o‘rganamiz. 
Madaniyatshunoslik fanining asosiy maqsadi eng qadimgi davrdan hozirgi 
kunga qadar yaratilgan nihoyatda boy madaniy merosni o‘rganish, millatlararo 
do‘stlik, insonparvarlik va madaniylikni shakllantirishdan iborat. Har bir inson o‘z 
ota-onasini, o‘z ona tuprog‘i, o‘z millati va xalqi, o‘z tarixi va madaniyatini qanday 
sevsa, «begonalarning» tarixi va madaniyatiga ham hurmat bilan qarab, unga mehr-
muhabbat tuyg‘usi bilan yondoshishi hamda «o‘zgalar» o‘tmish madaniyatining 
qadriga yetishi, ongli ravishda insoniyat madaniy merosini saqlashga intilishi lozim. 
Insonda ijodkorlikni rivojlantirish madaniy ijodkorlikning bir turi sifatida ham 
xizmat qilish kerak. Chunki har bir kishi madaniyat yodgorliklari va namoyondalari 
bilan faqatgina tanishib qolmasdan, balki ularni tushunishlari, ularga baho berishlari 
lozim. 
Har bir fan singari Madaniyatshunoslik ham o‘zining keng ko‘lamli o‘rganish 
manbalariga ega. Birinchidan, saqlanib qolgan tarixiy obidalar, yodgorliklar va 
ularning arxeologlar tomonidan izohlab berilishi. Arxeologiyada – madaniy qatlam 
degan tushuncha bor. Bu inson faoliyatining izlari (qadimiy inshootlar, qurilish va 
xo‘jalik faoliyati qoldiqlari va h.k) saqlangan yer qatlami. Arxeologik qazilmalar 
g‘oyat qimmatli bilim manbalaridir. 
Ikkinchidan, u yoki bu tarixiy voqea va hodisalar to‘g‘risidagi xalq o‘rtasida 
saqlanib kelayotgan og‘zaki manbalar, xalq og‘zaki ijodi. 
Uchinchidan, dunyoning turli mamlakatlarda muzey va kutubxonalarda saqlanib 
kelayotgan nodir qo‘lyozma asarlar, shoirlar, tarixchilar, yozuvchilar, olim-u-
ulamolarning qoldirgan asarlari. 
To‘rtinchidan, me’morchilik, san’at, haykaltaroshlik va musavvirlik 
(rassomchilik) yodgorliklari. 
Tarix fani singari madaniyat tarixi ham muayyan bosqichlar asosida 
o‘rganiladi, ya’ni ibtidoiy jamoa madaniyati, qadimgi (antik) madaniyat, o‘rta asrlar 
Madaniyatshunoslik fani bir nechta asosiy qismlarga bo‘linadi: madaniyat nazariyasi; jahon madaniyati tarixi; O‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi; san’atshunoslik, haykaltaroshlik. Qayd etilganlar orasidan biz jahon madaniyati tarixi bilan O‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi qismlarini o‘rganamiz. Madaniyatshunoslik fanining asosiy maqsadi eng qadimgi davrdan hozirgi kunga qadar yaratilgan nihoyatda boy madaniy merosni o‘rganish, millatlararo do‘stlik, insonparvarlik va madaniylikni shakllantirishdan iborat. Har bir inson o‘z ota-onasini, o‘z ona tuprog‘i, o‘z millati va xalqi, o‘z tarixi va madaniyatini qanday sevsa, «begonalarning» tarixi va madaniyatiga ham hurmat bilan qarab, unga mehr- muhabbat tuyg‘usi bilan yondoshishi hamda «o‘zgalar» o‘tmish madaniyatining qadriga yetishi, ongli ravishda insoniyat madaniy merosini saqlashga intilishi lozim. Insonda ijodkorlikni rivojlantirish madaniy ijodkorlikning bir turi sifatida ham xizmat qilish kerak. Chunki har bir kishi madaniyat yodgorliklari va namoyondalari bilan faqatgina tanishib qolmasdan, balki ularni tushunishlari, ularga baho berishlari lozim. Har bir fan singari Madaniyatshunoslik ham o‘zining keng ko‘lamli o‘rganish manbalariga ega. Birinchidan, saqlanib qolgan tarixiy obidalar, yodgorliklar va ularning arxeologlar tomonidan izohlab berilishi. Arxeologiyada – madaniy qatlam degan tushuncha bor. Bu inson faoliyatining izlari (qadimiy inshootlar, qurilish va xo‘jalik faoliyati qoldiqlari va h.k) saqlangan yer qatlami. Arxeologik qazilmalar g‘oyat qimmatli bilim manbalaridir. Ikkinchidan, u yoki bu tarixiy voqea va hodisalar to‘g‘risidagi xalq o‘rtasida saqlanib kelayotgan og‘zaki manbalar, xalq og‘zaki ijodi. Uchinchidan, dunyoning turli mamlakatlarda muzey va kutubxonalarda saqlanib kelayotgan nodir qo‘lyozma asarlar, shoirlar, tarixchilar, yozuvchilar, olim-u- ulamolarning qoldirgan asarlari. To‘rtinchidan, me’morchilik, san’at, haykaltaroshlik va musavvirlik (rassomchilik) yodgorliklari. Tarix fani singari madaniyat tarixi ham muayyan bosqichlar asosida o‘rganiladi, ya’ni ibtidoiy jamoa madaniyati, qadimgi (antik) madaniyat, o‘rta asrlar
 
 
madaniyati, Uyg‘onish davri madaniyati, mutloq monarxiya davri madaniyati va 
«ma’rifatchilar» asri madaniyati, XIX-XX asrlar madaniyati. Har bir davr uchun 
«madaniyat» tushunchasining o‘ziga xos mazmuni mavjud va madaniy 
rivojlanishdagi o‘zgarishlar xosdir.  
Madaniyatshunoslik fanini o‘rganishning zaruriyati shundaki, jamiyat 
taraqqiyotiga kishilarining faqatgina siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy va huquqiy 
sohalarda amalga oshirayotgan yaratuvchilik faoliyati bilan erishib bo‘lmaydi, inson 
ayni paytda jamiyat ma’naviy-madaniy hayotini ham yuksaltirishga erishmog‘i 
zarur bo‘ladi. «Ma’naviyat yo‘q joyda, – deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov, 
– hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi». 
Xulosa qilib aytganda, madaniyatshunoslik fanining predmeti, uning tadqiqot 
obyekti insoniyatning asrlar davomidagi madaniy faoliyatini, jahon xalqlarining 
madaniy taraqqiyot yutuqlarini, ularning rang-barangligi va ma’no-mazmunini, 
madaniyatlararo muloqot masalalarini qamrab oladi. 
 
 
1.2. Madaniyatshunoslik fanining ilmiy-nazariy va metodologik asoslari. 
“Madaniyat” tushunchasi va uning mohiyati 
 
Madaniyatshunoslik fani tadqiqot olib borishda bir qator metodologik 
tamoyillarga tayanadi. Dialektik metod madaniyatshunoslikning muhim metodi 
bo‘lib, insoniyatning madaniy hayotini, ming yillar davomida insonlar yaratgan 
moddiy va ma’naviy yutuqlarni yaxlit, umumiy va o‘zaro bog‘liq holda o‘rganishga 
imkon beradi. Dialektik metod biron-bir mamlakat yoki mintaqada kechgan 
madaniy jarayonni, jumladan, O‘zbekiston xalqining asrlar davomida shakllangan 
madaniyatini jahon xalqlari madaniyati rivoji bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganish, 
tadqiq qilishga ko‘maklashadi va madaniy taraqqiyotga xos umumiy qonuniyatlarini 
ochishga imkon beradi. 
  
Madaniyatshunoslik fani o‘z tadqiqotlarida tarixiylik metodiga asoslanadi. 
Tarixiylik metodi madaniyatga davriy nuqtai nazaridan o‘zgarib, yangilanib, 
15 
madaniyati, Uyg‘onish davri madaniyati, mutloq monarxiya davri madaniyati va «ma’rifatchilar» asri madaniyati, XIX-XX asrlar madaniyati. Har bir davr uchun «madaniyat» tushunchasining o‘ziga xos mazmuni mavjud va madaniy rivojlanishdagi o‘zgarishlar xosdir. Madaniyatshunoslik fanini o‘rganishning zaruriyati shundaki, jamiyat taraqqiyotiga kishilarining faqatgina siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy va huquqiy sohalarda amalga oshirayotgan yaratuvchilik faoliyati bilan erishib bo‘lmaydi, inson ayni paytda jamiyat ma’naviy-madaniy hayotini ham yuksaltirishga erishmog‘i zarur bo‘ladi. «Ma’naviyat yo‘q joyda, – deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov, – hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi». Xulosa qilib aytganda, madaniyatshunoslik fanining predmeti, uning tadqiqot obyekti insoniyatning asrlar davomidagi madaniy faoliyatini, jahon xalqlarining madaniy taraqqiyot yutuqlarini, ularning rang-barangligi va ma’no-mazmunini, madaniyatlararo muloqot masalalarini qamrab oladi. 1.2. Madaniyatshunoslik fanining ilmiy-nazariy va metodologik asoslari. “Madaniyat” tushunchasi va uning mohiyati Madaniyatshunoslik fani tadqiqot olib borishda bir qator metodologik tamoyillarga tayanadi. Dialektik metod madaniyatshunoslikning muhim metodi bo‘lib, insoniyatning madaniy hayotini, ming yillar davomida insonlar yaratgan moddiy va ma’naviy yutuqlarni yaxlit, umumiy va o‘zaro bog‘liq holda o‘rganishga imkon beradi. Dialektik metod biron-bir mamlakat yoki mintaqada kechgan madaniy jarayonni, jumladan, O‘zbekiston xalqining asrlar davomida shakllangan madaniyatini jahon xalqlari madaniyati rivoji bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganish, tadqiq qilishga ko‘maklashadi va madaniy taraqqiyotga xos umumiy qonuniyatlarini ochishga imkon beradi. Madaniyatshunoslik fani o‘z tadqiqotlarida tarixiylik metodiga asoslanadi. Tarixiylik metodi madaniyatga davriy nuqtai nazaridan o‘zgarib, yangilanib, 15
 
 
rivojlanib, boyib boruvchi jarayon sifatida qaraydi. Tarixiylik metodi har bir xalq 
madaniyatini, har bir davr madaniyatini o‘z davri nuqtai nazaridan baholashni, 
hozirgi madaniy hayotni va erishilgan yutuqlarni o‘tgan zamon madaniyatiga 
taqqoslab tasavvur qilish, tasvirlashni talab qiladi.  
Madaniyatshunoslik fani obyektni o‘rganishda ilmiy bilishning tizimli 
(sistemali) yondashuv metodiga tayanadi. Tizimli yondashuv bo‘laklarni butun 
orqali, butunni uning bo‘laklari orqali tahlil etish, o‘rganishni taqozo etadi. Bu 
metod madaniyat tarkibiga kiruvchi til, din, huquq, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, 
adabiyot, san’at va hokazo bo‘laklar orqali butun jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risida 
umumlashtirilgan xulosalar chiqarishga, jamiyat taraqqiyoti orqali esa madaniyat 
tarkibiga kiruvchi bo‘laklarni tahlil qilishga imkon beradi. 
Madaniyat barcha mamlakatlarda bir tekisda rivojlanuvchi jarayon emas. 
Turli xalqlarning turmush tarzi, mentaliteti, madaniy ongi, tili, tafakkuri bir-biridan 
farq qilishi tabiiy. Shu sababdan tadqiqotchi ularni bir-biriga qarama-qarshi 
qo‘ymasdan tahlil qilishi, ma’no-mazmunining mag‘ziga tushunib yetishga 
intilmog‘i lozim. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy munosabatlar ta’sirida madaniyat 
taraqqiyotida inqirozli yoki sakrash holatlari ham yuz berib turadi. Bunday holatlarni 
tahlil qilishda iqtisodiy, sotsiologik, statistik va bilishning boshqa ilmiy 
metodlaridan ham foydalaniladi. 
Madaniyatshunoslik fani o‘z predmetini o‘rganishda tadqiqotchidan o‘z 
idroki, ichki sezgilari bilan his qilish orqali haqiqatni anig’lashni ham talab qiladi. 
Bu tamoyil turli xil madaniyat sohalariga chuqurroq kirishga, dalil-u ashyolar 
yordamida isbotlarsiz bevosita ichki sezgilar, mushohada orqali haqiqatni bilish 
imkonini beradi. Shuningdek, madaniyatshunoslikda madaniyatning moddiy va 
ma’naviy unsurlarini talqin qilish, turli davrlarga xos yozuv matnlarini sharhlash, 
izohlab berish, tushuntirish (germenevtika) usulidan ham foydalaniladi. 
Xullas, Madaniyatshunoslik boshqa fanlar singari ilmiylik, xolislik, 
haqqoniylik talablariga javob beruvchi bilishning aniq metodlariga tayangan holda 
tadqiqot yuritadi. 
rivojlanib, boyib boruvchi jarayon sifatida qaraydi. Tarixiylik metodi har bir xalq madaniyatini, har bir davr madaniyatini o‘z davri nuqtai nazaridan baholashni, hozirgi madaniy hayotni va erishilgan yutuqlarni o‘tgan zamon madaniyatiga taqqoslab tasavvur qilish, tasvirlashni talab qiladi. Madaniyatshunoslik fani obyektni o‘rganishda ilmiy bilishning tizimli (sistemali) yondashuv metodiga tayanadi. Tizimli yondashuv bo‘laklarni butun orqali, butunni uning bo‘laklari orqali tahlil etish, o‘rganishni taqozo etadi. Bu metod madaniyat tarkibiga kiruvchi til, din, huquq, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, adabiyot, san’at va hokazo bo‘laklar orqali butun jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risida umumlashtirilgan xulosalar chiqarishga, jamiyat taraqqiyoti orqali esa madaniyat tarkibiga kiruvchi bo‘laklarni tahlil qilishga imkon beradi. Madaniyat barcha mamlakatlarda bir tekisda rivojlanuvchi jarayon emas. Turli xalqlarning turmush tarzi, mentaliteti, madaniy ongi, tili, tafakkuri bir-biridan farq qilishi tabiiy. Shu sababdan tadqiqotchi ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymasdan tahlil qilishi, ma’no-mazmunining mag‘ziga tushunib yetishga intilmog‘i lozim. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy munosabatlar ta’sirida madaniyat taraqqiyotida inqirozli yoki sakrash holatlari ham yuz berib turadi. Bunday holatlarni tahlil qilishda iqtisodiy, sotsiologik, statistik va bilishning boshqa ilmiy metodlaridan ham foydalaniladi. Madaniyatshunoslik fani o‘z predmetini o‘rganishda tadqiqotchidan o‘z idroki, ichki sezgilari bilan his qilish orqali haqiqatni anig’lashni ham talab qiladi. Bu tamoyil turli xil madaniyat sohalariga chuqurroq kirishga, dalil-u ashyolar yordamida isbotlarsiz bevosita ichki sezgilar, mushohada orqali haqiqatni bilish imkonini beradi. Shuningdek, madaniyatshunoslikda madaniyatning moddiy va ma’naviy unsurlarini talqin qilish, turli davrlarga xos yozuv matnlarini sharhlash, izohlab berish, tushuntirish (germenevtika) usulidan ham foydalaniladi. Xullas, Madaniyatshunoslik boshqa fanlar singari ilmiylik, xolislik, haqqoniylik talablariga javob beruvchi bilishning aniq metodlariga tayangan holda tadqiqot yuritadi.
 
 
Madaniyatshunoslik fanining «Madaniyat» tushunchasi juda keng tushuncha. Bu 
tushunchani har xil fanda olimlar turli ma’noda ishlatishadi: arxeologlar ashel, shell, 
mustye madaniyati haqida, mikrobiologlar – bakteriyalar madaniyati haqida, qishloq 
xo‘jalik xodimlari – paxtachilik, sholichilik madaniyati haqida gapiradilar. 
Amerikalik madaniyatshunoslar hozirgi vaqtda «madaniyatning» 500 dan ortiq 
tushunchasini qayd etishadi. Tabiiyki, bu sharoitda har bir tushuncha bilan 
tanishishni imkoniyati yo‘q. 
Madaniyatshunoslik fanining vazifasi faqat shundan iborat emas. Zamonaviy 
madaniyatshunoslikda «madaniyat» tushunchasi to‘rtta yirik ma’noni aks ettiradi: 1) 
shaxsiy madaniyat, yoki alohida odam madaniyati (odamning yurish-turishi, 
kiyinishi; muomalasi – «madaniylik»); 2) guruh madaniyati – milliy, tabaqaviy, 
professional, oilaviy; 3) ma’lum bir jamiyatning ma’lum bir davrida 
mujassamlangan madaniyati; 4) insoniyat madaniyati. 
Demak, madaniyat tushunchasi keng ma’noda jamiyatning, inson ijodiy kuch 
va qobiliyatlarining, tarixan muayyan taraqqiyot darajasini, kishilarning biror 
shakldagi hayoti va faoliyatida, hamda ular tomonidan yaratilgan moddiy va 
ma’naviy boyliklarning yig‘indisini aks ettiradi. 
Agar moddiy madaniyat ishlab chiqarish jarayonining tashkil etilishi, uning 
texnika jihatdan qurollanganlik darajasi, moddiy boylik yaratuvchilarning 
ixtisoslashish darajasi bilan belgilansa (kishilar faoliyatining ashyoviy natijalari – 
mashinalar, binolar, inshootlar va boshqalar); ma’naviy madaniyat insoniyat 
tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklar yig‘indisini o‘z ichiga oladi (bilim, fan, 
o‘quv ko‘nikma, axloqiy va estetik kamolot, dunyoqarash, din, kishilarning 
muomala usullari va shakllari). Ammo ma’naviy madaniyat tushunchasini bunday 
ifodalash bilan uning keng imkoniyatlari doirasini chegaralab qo‘yamiz. Shuning 
uchun ham, ma’naviy madaniyat deganda faqat ma’naviy boyliklarning o‘zinigina 
emas, balki uning inson va jamiyat rivojida tutgan o‘rnini va rolini ham nazarda 
tutamiz. 
Moddiy madaniyat bilan ma’naviy madaniyat uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning 
rivojlanishi asosida moddiy ishlab chiqarish taraqqiyoti yotadi. 
Madaniyatshunoslik fanining «Madaniyat» tushunchasi juda keng tushuncha. Bu tushunchani har xil fanda olimlar turli ma’noda ishlatishadi: arxeologlar ashel, shell, mustye madaniyati haqida, mikrobiologlar – bakteriyalar madaniyati haqida, qishloq xo‘jalik xodimlari – paxtachilik, sholichilik madaniyati haqida gapiradilar. Amerikalik madaniyatshunoslar hozirgi vaqtda «madaniyatning» 500 dan ortiq tushunchasini qayd etishadi. Tabiiyki, bu sharoitda har bir tushuncha bilan tanishishni imkoniyati yo‘q. Madaniyatshunoslik fanining vazifasi faqat shundan iborat emas. Zamonaviy madaniyatshunoslikda «madaniyat» tushunchasi to‘rtta yirik ma’noni aks ettiradi: 1) shaxsiy madaniyat, yoki alohida odam madaniyati (odamning yurish-turishi, kiyinishi; muomalasi – «madaniylik»); 2) guruh madaniyati – milliy, tabaqaviy, professional, oilaviy; 3) ma’lum bir jamiyatning ma’lum bir davrida mujassamlangan madaniyati; 4) insoniyat madaniyati. Demak, madaniyat tushunchasi keng ma’noda jamiyatning, inson ijodiy kuch va qobiliyatlarining, tarixan muayyan taraqqiyot darajasini, kishilarning biror shakldagi hayoti va faoliyatida, hamda ular tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarning yig‘indisini aks ettiradi. Agar moddiy madaniyat ishlab chiqarish jarayonining tashkil etilishi, uning texnika jihatdan qurollanganlik darajasi, moddiy boylik yaratuvchilarning ixtisoslashish darajasi bilan belgilansa (kishilar faoliyatining ashyoviy natijalari – mashinalar, binolar, inshootlar va boshqalar); ma’naviy madaniyat insoniyat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklar yig‘indisini o‘z ichiga oladi (bilim, fan, o‘quv ko‘nikma, axloqiy va estetik kamolot, dunyoqarash, din, kishilarning muomala usullari va shakllari). Ammo ma’naviy madaniyat tushunchasini bunday ifodalash bilan uning keng imkoniyatlari doirasini chegaralab qo‘yamiz. Shuning uchun ham, ma’naviy madaniyat deganda faqat ma’naviy boyliklarning o‘zinigina emas, balki uning inson va jamiyat rivojida tutgan o‘rnini va rolini ham nazarda tutamiz. Moddiy madaniyat bilan ma’naviy madaniyat uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning rivojlanishi asosida moddiy ishlab chiqarish taraqqiyoti yotadi.
 
 
«Madaniyat» tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik, o‘rta asrlar 
madaniyati), konkret jamiyat, elat va millatni hamda inson faoliyati yoki hayotining 
o‘ziga xos sohalarini (turmush madaniyati, nutq madaniyati, mehnat madaniyati); 
tor ma’noda – kishilar ma’naviy hayoti sohasini tavsiflash uchun qo‘llaniladi. 
Masalan, dastlab “madaniyat” deyilganda insonni tabiatga ko‘rsatadigan maqsadga 
muvofiq ta’siri, shuningdek insonga ta’lim-tarbiya berish tushunilgan (lot. «kultura» 
– yerni ishlash, parvarishlash; rus tilidagi «kultura» so‘zi ham shundan olingan). 
Qadimgi 
ellinlar 
«paydey», 
ya’ni 
«tarbiyalanganlik»lari 
bilan 
o‘zlarini 
«madaniyatsiz» varvarlardan yuqori qo‘yganlar. Qadimgi Rimning so‘nggi 
davrlarida «Madaniyat» tushunchasi ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini 
ifodalovchi mazmun bilan ham boyigan va o‘rta asrlarga kelib keng tarqalgan. Bu 
tushuncha keyinchalik kelib chiqqan sivilizatsiya (ijtimoy taraqqiyot, moddiy va 
ma’naviy madaniyat darajasi bosqichi) tushunchasiga yaqin turadi. 
O‘rta asr madaniyatining buyuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Ali 
Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar shahar turmush tarzini jamiyatning 
yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Masalan, Forobiyning ta’kidlashicha, 
«madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo‘ladiki, bu 
mamlakatda har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-baravardir, kishilar 
o‘rtasida farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan 
shug‘ullanadi. Odamlar haqiqiy ma’noda ozod yashaydilar». Masalan, 18 asr 
fransuz ma’rifatparvarlari (Volter, P.Tyurgo, J. A. Koidorse) tarixiy-madaniy 
jarayonning mazmunini insoniyat «tafakkuri»ning taraqqiyotidan iborat deb 
bilganlar. 
Xulosa qilib aytganda, har bir ijtimoiy-iqtisodiy davr o‘z madaniyat tipiga 
ega. Iqtisodiy-ijtimoiy davrlarning almashinish bilan madaniyat tipi ham o‘zgaradi, 
lekin bu hol madaniyat taraqqiyoti uzilib qolganligini, yoki eski madaniyat yo‘q 
bo‘lib madaniy meros va an’analardan voz kechilganligini anglatmaydi. 
Madaniyatning hamma tomonlari va sohalari o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. 
Madaniyatning rivojlanishi har bir mamlakatda mavjud tuzumga, milliy 
xususiyatlarga va davlat tomonidan olib boriladigan madaniy sohadagi siyosatga 
«Madaniyat» tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik, o‘rta asrlar madaniyati), konkret jamiyat, elat va millatni hamda inson faoliyati yoki hayotining o‘ziga xos sohalarini (turmush madaniyati, nutq madaniyati, mehnat madaniyati); tor ma’noda – kishilar ma’naviy hayoti sohasini tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Masalan, dastlab “madaniyat” deyilganda insonni tabiatga ko‘rsatadigan maqsadga muvofiq ta’siri, shuningdek insonga ta’lim-tarbiya berish tushunilgan (lot. «kultura» – yerni ishlash, parvarishlash; rus tilidagi «kultura» so‘zi ham shundan olingan). Qadimgi ellinlar «paydey», ya’ni «tarbiyalanganlik»lari bilan o‘zlarini «madaniyatsiz» varvarlardan yuqori qo‘yganlar. Qadimgi Rimning so‘nggi davrlarida «Madaniyat» tushunchasi ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini ifodalovchi mazmun bilan ham boyigan va o‘rta asrlarga kelib keng tarqalgan. Bu tushuncha keyinchalik kelib chiqqan sivilizatsiya (ijtimoy taraqqiyot, moddiy va ma’naviy madaniyat darajasi bosqichi) tushunchasiga yaqin turadi. O‘rta asr madaniyatining buyuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar shahar turmush tarzini jamiyatning yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Masalan, Forobiyning ta’kidlashicha, «madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo‘ladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-baravardir, kishilar o‘rtasida farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar haqiqiy ma’noda ozod yashaydilar». Masalan, 18 asr fransuz ma’rifatparvarlari (Volter, P.Tyurgo, J. A. Koidorse) tarixiy-madaniy jarayonning mazmunini insoniyat «tafakkuri»ning taraqqiyotidan iborat deb bilganlar. Xulosa qilib aytganda, har bir ijtimoiy-iqtisodiy davr o‘z madaniyat tipiga ega. Iqtisodiy-ijtimoiy davrlarning almashinish bilan madaniyat tipi ham o‘zgaradi, lekin bu hol madaniyat taraqqiyoti uzilib qolganligini, yoki eski madaniyat yo‘q bo‘lib madaniy meros va an’analardan voz kechilganligini anglatmaydi. Madaniyatning hamma tomonlari va sohalari o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Madaniyatning rivojlanishi har bir mamlakatda mavjud tuzumga, milliy xususiyatlarga va davlat tomonidan olib boriladigan madaniy sohadagi siyosatga
 
 
ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Siyosat va jamiyatning siyosiy hayotida bo‘ladigan 
o‘zgarishlar madaniyatning rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin. 
Masalan, oktabr to‘ntarishidan so‘ng kompartiya mafkurasining davlat 
siyosati darajasiga ko‘tarilishi sobiq Ittifoqning barcha respublikalarida bo‘lgani 
kabi O‘zbekistonda ham madaniy taraqqiyotga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatib keldi. 
O‘zbek xalqi o‘zining boy madaniy merosining ajoyib durdonalaridan bahramand 
bo‘la olmadilar. Albatta, o‘tgan davr ichida ham madaniyatlarning o‘zaro ta’sir 
ko‘rsatish va boyish jarayonlari davom etdi. Ammo bu jarayon milliy madaniyatlarni 
bir qolipda rivojlantirishdan iborat bo‘lgan yaroqsiz siyosat orqali amalga oshirildi. 
Bu siyosat natijasida milliy madaniyatlarning rivojlanishida bir tomonlama yo‘l 
tutildi va milliy madaniyatlarni faqat rus madaniyati ta’sirida rivojlantirishga harakat 
qilindi. Bu siyosat milliy madaniyatdagi o‘ziga xoslikka putur yetkazdi. 
Davlat siyosati madaniyatning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi, chunki u 
davlat tomonidan ishlab chiqiladigan ma’lum dasturlar, ko‘rsatiladigan turli 
shakllardagi yordamlar natijasida rivojlanib boradi. Ammo davlatning madaniyat 
sohasida amalga oshiradigan siyosati mafkuraviy manfaatlarni amalga oshirishga 
qaratilmasligi kerak. 
Madaniyat ham o‘z navbatida davlat faoliyatining rivojlanib borishiga yordam 
beradi. Masalan, kishilar siyosiy ongining o‘sib borishida madaniyatning o‘rni 
nihoyatda kattadir. 
Maorif, o‘rta va oliy ta’lim, adabiyot, fan, san’at, mafkura ma’naviy 
madaniyatning asosiy sohalari bo‘lib, bu sohalarda amalga oshiriladigan har qanday 
o‘zgarishda siyosatning ahamiyati benihoya kattadir.  
Ma’naviy madaniyatning muhim sohalaridan biri bu maorifdir. Maorifning 
rivojlanishi aholini savodxonlik darajasini ko‘rsatadi va kishilarning dunyoqarashini 
shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. 
Ma’naviy madaniyat rivojlanishining yana bir ko‘rsatkichi fandir. Jamiyat 
faqat ilmiy tafakkur yutuqlariga asoslangandagina rivojlanishi mumkin. Fan, bir 
tomondan, tabiat va jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlarini ochib, insoniyatning 
ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Siyosat va jamiyatning siyosiy hayotida bo‘ladigan o‘zgarishlar madaniyatning rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, oktabr to‘ntarishidan so‘ng kompartiya mafkurasining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi sobiq Ittifoqning barcha respublikalarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham madaniy taraqqiyotga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatib keldi. O‘zbek xalqi o‘zining boy madaniy merosining ajoyib durdonalaridan bahramand bo‘la olmadilar. Albatta, o‘tgan davr ichida ham madaniyatlarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatish va boyish jarayonlari davom etdi. Ammo bu jarayon milliy madaniyatlarni bir qolipda rivojlantirishdan iborat bo‘lgan yaroqsiz siyosat orqali amalga oshirildi. Bu siyosat natijasida milliy madaniyatlarning rivojlanishida bir tomonlama yo‘l tutildi va milliy madaniyatlarni faqat rus madaniyati ta’sirida rivojlantirishga harakat qilindi. Bu siyosat milliy madaniyatdagi o‘ziga xoslikka putur yetkazdi. Davlat siyosati madaniyatning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi, chunki u davlat tomonidan ishlab chiqiladigan ma’lum dasturlar, ko‘rsatiladigan turli shakllardagi yordamlar natijasida rivojlanib boradi. Ammo davlatning madaniyat sohasida amalga oshiradigan siyosati mafkuraviy manfaatlarni amalga oshirishga qaratilmasligi kerak. Madaniyat ham o‘z navbatida davlat faoliyatining rivojlanib borishiga yordam beradi. Masalan, kishilar siyosiy ongining o‘sib borishida madaniyatning o‘rni nihoyatda kattadir. Maorif, o‘rta va oliy ta’lim, adabiyot, fan, san’at, mafkura ma’naviy madaniyatning asosiy sohalari bo‘lib, bu sohalarda amalga oshiriladigan har qanday o‘zgarishda siyosatning ahamiyati benihoya kattadir. Ma’naviy madaniyatning muhim sohalaridan biri bu maorifdir. Maorifning rivojlanishi aholini savodxonlik darajasini ko‘rsatadi va kishilarning dunyoqarashini shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. Ma’naviy madaniyat rivojlanishining yana bir ko‘rsatkichi fandir. Jamiyat faqat ilmiy tafakkur yutuqlariga asoslangandagina rivojlanishi mumkin. Fan, bir tomondan, tabiat va jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlarini ochib, insoniyatning
 
 
rivojlanishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, insonning o‘zi ana shu 
qonuniyatlarni o‘rganish va uni amalda qo‘llash jarayonida ma’naviy kamolga 
erisha boradi. Fan va texnika yutuqlari ishlab chiqarishga jalb qilinibgina qolmay, 
balki ana shu ishlab chiqarishning o‘zi ilmiy bilimlarni mukammal egallab olish 
orqali amalga oshiriladi. 
Fanning roli faqat ilmiy kashfiyotlarni yaratish va ularning imkoniyatlarini 
inson manfaatiga xizmat qildirishga qaratilmasdan, jamiyatning ma’naviy qiyofasini 
o‘zgartirish orqali samarali natijalarga erishishni ham ko‘zda tutadi (ilmiy jihatdan 
asoslangan yo‘lni ishlab chiqish). 
Fanlar ichida ijtimoiy fanlar alohida o‘rni tutadi. Hozir jahonda barcha 
taraqqiy etgan mamlakatlarda ijtimoiy fanlarni o‘qitishga katta e’tibor berilmoqda 
va ular olib borilayotgan siyosatda muhim o‘rinni egallamoqda. Bu mamlakatlarda 
ijtimoiy fanlar qaysidir sinf yoki siyosiy partiya manfaatlarigagina xizmat qilmaydi, 
balki ularda ijtimoiy fanlarni o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy siyosiy 
ongni rivojlantirish, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, vatanparvarlik 
axloqini mustahkamlashdan iboratdir. 
Ma’naviy madaniyatning muhim belgilaridan yana biri adabiyot bo‘lib, u 
inson ruhiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi ma’naviy boylikdir. Adabiyotning kishilar 
o‘rtasidagi ommaviyligi hamda ta’sirchanligi bilan jamiyat ma’naviyatiga 
qo‘shadigan hissasi beqiyosdir. U insoniyat tarixida yaratilgan barcha ma’naviy 
boyliklarni keyingi avlodlarga yetkazishda, jamiyatda sodir bo‘ladigan jarayonlarni 
o‘zida ifoda etishda katta ahamiyatga egadir. Adabiyot har bir davrning 
ma’naviyatini ifoda etish bilan birga, kishilarni hayotga tayyorlashda ularning 
siyosiy ongini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma’naviy madaniyatning tarkibiy qimslaridan biri – bu san’atdir. Teatr, 
musiqa, rassomlik, xalq hunarmandchiligi va boshqalar san’atning turli ko‘rinishlari 
hisoblanadi. Ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, mamlakatda siyosiy, 
ma’naviy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. 
Ma’naviy madaniyatning sohalaridan yana biri din hisoblanadi. Din – ijtimoiy 
ongning o‘ziga hos shakllaridan biri, xudo yoki xudolarning «muqaddas» kuchining, 
rivojlanishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, insonning o‘zi ana shu qonuniyatlarni o‘rganish va uni amalda qo‘llash jarayonida ma’naviy kamolga erisha boradi. Fan va texnika yutuqlari ishlab chiqarishga jalb qilinibgina qolmay, balki ana shu ishlab chiqarishning o‘zi ilmiy bilimlarni mukammal egallab olish orqali amalga oshiriladi. Fanning roli faqat ilmiy kashfiyotlarni yaratish va ularning imkoniyatlarini inson manfaatiga xizmat qildirishga qaratilmasdan, jamiyatning ma’naviy qiyofasini o‘zgartirish orqali samarali natijalarga erishishni ham ko‘zda tutadi (ilmiy jihatdan asoslangan yo‘lni ishlab chiqish). Fanlar ichida ijtimoiy fanlar alohida o‘rni tutadi. Hozir jahonda barcha taraqqiy etgan mamlakatlarda ijtimoiy fanlarni o‘qitishga katta e’tibor berilmoqda va ular olib borilayotgan siyosatda muhim o‘rinni egallamoqda. Bu mamlakatlarda ijtimoiy fanlar qaysidir sinf yoki siyosiy partiya manfaatlarigagina xizmat qilmaydi, balki ularda ijtimoiy fanlarni o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy siyosiy ongni rivojlantirish, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, vatanparvarlik axloqini mustahkamlashdan iboratdir. Ma’naviy madaniyatning muhim belgilaridan yana biri adabiyot bo‘lib, u inson ruhiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi ma’naviy boylikdir. Adabiyotning kishilar o‘rtasidagi ommaviyligi hamda ta’sirchanligi bilan jamiyat ma’naviyatiga qo‘shadigan hissasi beqiyosdir. U insoniyat tarixida yaratilgan barcha ma’naviy boyliklarni keyingi avlodlarga yetkazishda, jamiyatda sodir bo‘ladigan jarayonlarni o‘zida ifoda etishda katta ahamiyatga egadir. Adabiyot har bir davrning ma’naviyatini ifoda etish bilan birga, kishilarni hayotga tayyorlashda ularning siyosiy ongini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy madaniyatning tarkibiy qimslaridan biri – bu san’atdir. Teatr, musiqa, rassomlik, xalq hunarmandchiligi va boshqalar san’atning turli ko‘rinishlari hisoblanadi. Ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, mamlakatda siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ma’naviy madaniyatning sohalaridan yana biri din hisoblanadi. Din – ijtimoiy ongning o‘ziga hos shakllaridan biri, xudo yoki xudolarning «muqaddas» kuchining,
 
 
ya’ni biror turdagi g‘ayritabiiy kuchning mavjudligiga ishonishga asoslangan 
dunyoqarash va hissiyot, shuningdek, muayyan xulq va xatti-harakatlar majmui 
(sig‘inish). 
Ma’naviy madaniyatning muhim belgilaridan yana biri – bu mafkuradir. U 
muayyan manfaatlarni himoya qiluvchi siyosiy, huquqiy, falsafiy, diniy va badiiy 
qarashlar tizimini ifoda etadi. Uning asosiy vazifasi mamlakatda jamiyatni 
rivojlantirish g‘oyalari atrofiga birlashtirish va ularni g‘oyaviy qurollantirishdan 
iborat. 
Mafkura barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda, shu tuzumdagi turli sinflar va 
partiyalarning manfaati uchun xizmat qilib kelgan. U jamiyatda ijtimoiy fanlar, 
adabiyot, san’at, huquq va boshqa fanlar orqali targ‘ib qilib kelingan. 
Xullas, madaniyatning barcha belgilari davlat siyosatida muhim ahamiyatga ega. 
Ayniqsa, hozirgi kunda davlat boshqaruvini modernizatsiyalash zaruriyati 
madaniyatning siyosiy va ijtimoiy taraqqiyot uchun muhimligini yaqqol 
ko‘rsatmoqda. 
 
1.3. Madaniy taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari 
 
Milliy madaniyatni rivojlantirish uchun o‘tmishdagi madaniy merosdan keng 
foydalanish ham madaniy siyosatining asosiy yo‘nalishidir. Ammo davlatning 
madaniyat sohasidagi siyosatida madaniyatning o‘z milliy doirasi atrofida 
chegaralanib qolmasligi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘rish va bu ishni 
izchillik bilan amalga oshirish muhim o‘rin egallashi darkor. Buning uchun jahon 
madaniyatining ilg‘or tomonlaridan milliy madaniyatlarning o‘zaro boyishiga 
imkoniyatlar yaratishi kerak.  
Madaniyat, birinchi navbatda, milliy va umuminsoniy manfaatlarga xizmat 
qilishi zarur. Madaniyat sohasidagi siyosatning g‘oyasi davlat, partiya yoki ayrim 
guruhlar tomonidan belgilab berilmasdan, balki xalqning umumiy maqsadlarini 
ifoda etuvchi g‘oyalaridan kelib chiqishi zarur.  
ya’ni biror turdagi g‘ayritabiiy kuchning mavjudligiga ishonishga asoslangan dunyoqarash va hissiyot, shuningdek, muayyan xulq va xatti-harakatlar majmui (sig‘inish). Ma’naviy madaniyatning muhim belgilaridan yana biri – bu mafkuradir. U muayyan manfaatlarni himoya qiluvchi siyosiy, huquqiy, falsafiy, diniy va badiiy qarashlar tizimini ifoda etadi. Uning asosiy vazifasi mamlakatda jamiyatni rivojlantirish g‘oyalari atrofiga birlashtirish va ularni g‘oyaviy qurollantirishdan iborat. Mafkura barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda, shu tuzumdagi turli sinflar va partiyalarning manfaati uchun xizmat qilib kelgan. U jamiyatda ijtimoiy fanlar, adabiyot, san’at, huquq va boshqa fanlar orqali targ‘ib qilib kelingan. Xullas, madaniyatning barcha belgilari davlat siyosatida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, hozirgi kunda davlat boshqaruvini modernizatsiyalash zaruriyati madaniyatning siyosiy va ijtimoiy taraqqiyot uchun muhimligini yaqqol ko‘rsatmoqda. 1.3. Madaniy taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari Milliy madaniyatni rivojlantirish uchun o‘tmishdagi madaniy merosdan keng foydalanish ham madaniy siyosatining asosiy yo‘nalishidir. Ammo davlatning madaniyat sohasidagi siyosatida madaniyatning o‘z milliy doirasi atrofida chegaralanib qolmasligi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘rish va bu ishni izchillik bilan amalga oshirish muhim o‘rin egallashi darkor. Buning uchun jahon madaniyatining ilg‘or tomonlaridan milliy madaniyatlarning o‘zaro boyishiga imkoniyatlar yaratishi kerak. Madaniyat, birinchi navbatda, milliy va umuminsoniy manfaatlarga xizmat qilishi zarur. Madaniyat sohasidagi siyosatning g‘oyasi davlat, partiya yoki ayrim guruhlar tomonidan belgilab berilmasdan, balki xalqning umumiy maqsadlarini ifoda etuvchi g‘oyalaridan kelib chiqishi zarur.
 
 
Madaniyat inson hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Ular orasida 
quyidagilarni alohida ta’kidlab ko‘rsatish mumkin: 
- madaniyat ijtimoiy vazifalarni, ya’ni insonni, odamni shaxs qilib 
shakllantirish va tarbiyalash vazifasini bajaradi. Madaniyat har bir shaxsda insoniyat 
yaratgan bilimlarni, ma’naviy qadriyatlarni, tartib-qoidalarni o‘zlashtirib olish, 
jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida faoliyat yuritish qobiliyatini shakllantirish 
vazifasini bajaradi. Aynan madaniyat orqali har bir shaxs jamiyatda uzoq yillar 
davomida to‘plangan tajribalarni, an’analar va urf-odatlarni, turmush tarzini 
o‘zlashtiradi, imkon qadar boyitadi va nihoyat ular keyingi avlodlarga yetkaziladi; 
- madaniyat axborotlarni o‘zlashtirish, bilish, tushunish vazifasini bajaradi. 
Madaniyat inson uchun dunyoni bilish, dunyo to‘g‘risida turli ma’lumotlar, 
axborotlar olish, ularni avloddan-avlodga o‘tib borishini ta’minlaydi; 
- madaniyat tartibga soluvchi vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlarni belgilangan tartib-qoidalar, axloqiy-huquqiy normalar 
asosida tartibga solishga xizmat qiladi;  
- madaniyat kishilar o‘rtasida o‘zaro fikr almashuv bilan bog‘liq bo‘lgan, 
aloqa vazifasini bajaradi. Bu borada til asosiy vosita rolini o‘ynaydi. Madaniyatning 
bir qator sohalari – fan, san’at, texnika va boshqalarning o‘ziga xos tili bo‘lib, ularni 
bilmasdan turib madaniyatni to‘laligicha bilib bo‘lmaydi; 
- madaniyat aksiologik vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar tomonidan 
moddiy, ma’naviy, estetik, axloqiy qadriyatlarni egallashga, yomondan yaxshini, 
be’mani, xunuk narsalardan go‘zallikni ajrata bilishga ko‘maklashadi; 
- madaniyat ijodkorlikni rivojlantirish vazifasini ham bajaradi. Insonni 
mavjud madaniyatga tanqidiy-ijodiy qarash, isloh qilish, takomillashtirish, yangi 
bilimlar, qoidalar, qadriyatlar, tartib-qoidalar yaratishga undaydi; 
- madaniyat kishilardagi jismoniy va ruhiy-ma’naviy toliqishni haydashga 
xizmat qiladi, bunda hordiq chiqarish, tiklanish, kayfiyatini ko‘tarish yo‘lidagi 
tadbirlar, o‘yinlar orqali tashkil etuvchi vazifani ham bajaradi. 
Madaniyatni xalqlarning tili, dini, an’analari, qadriyatlari, iqtisodiyoti 
yaqinligini inobatga olib milliy, mintaqaviy, davriy jihatdan bir necha turlarga 
Madaniyat inson hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Ular orasida quyidagilarni alohida ta’kidlab ko‘rsatish mumkin: - madaniyat ijtimoiy vazifalarni, ya’ni insonni, odamni shaxs qilib shakllantirish va tarbiyalash vazifasini bajaradi. Madaniyat har bir shaxsda insoniyat yaratgan bilimlarni, ma’naviy qadriyatlarni, tartib-qoidalarni o‘zlashtirib olish, jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida faoliyat yuritish qobiliyatini shakllantirish vazifasini bajaradi. Aynan madaniyat orqali har bir shaxs jamiyatda uzoq yillar davomida to‘plangan tajribalarni, an’analar va urf-odatlarni, turmush tarzini o‘zlashtiradi, imkon qadar boyitadi va nihoyat ular keyingi avlodlarga yetkaziladi; - madaniyat axborotlarni o‘zlashtirish, bilish, tushunish vazifasini bajaradi. Madaniyat inson uchun dunyoni bilish, dunyo to‘g‘risida turli ma’lumotlar, axborotlar olish, ularni avloddan-avlodga o‘tib borishini ta’minlaydi; - madaniyat tartibga soluvchi vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilangan tartib-qoidalar, axloqiy-huquqiy normalar asosida tartibga solishga xizmat qiladi; - madaniyat kishilar o‘rtasida o‘zaro fikr almashuv bilan bog‘liq bo‘lgan, aloqa vazifasini bajaradi. Bu borada til asosiy vosita rolini o‘ynaydi. Madaniyatning bir qator sohalari – fan, san’at, texnika va boshqalarning o‘ziga xos tili bo‘lib, ularni bilmasdan turib madaniyatni to‘laligicha bilib bo‘lmaydi; - madaniyat aksiologik vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar tomonidan moddiy, ma’naviy, estetik, axloqiy qadriyatlarni egallashga, yomondan yaxshini, be’mani, xunuk narsalardan go‘zallikni ajrata bilishga ko‘maklashadi; - madaniyat ijodkorlikni rivojlantirish vazifasini ham bajaradi. Insonni mavjud madaniyatga tanqidiy-ijodiy qarash, isloh qilish, takomillashtirish, yangi bilimlar, qoidalar, qadriyatlar, tartib-qoidalar yaratishga undaydi; - madaniyat kishilardagi jismoniy va ruhiy-ma’naviy toliqishni haydashga xizmat qiladi, bunda hordiq chiqarish, tiklanish, kayfiyatini ko‘tarish yo‘lidagi tadbirlar, o‘yinlar orqali tashkil etuvchi vazifani ham bajaradi. Madaniyatni xalqlarning tili, dini, an’analari, qadriyatlari, iqtisodiyoti yaqinligini inobatga olib milliy, mintaqaviy, davriy jihatdan bir necha turlarga
 
 
bo‘lish keng tarqalgan. Milliy madaniyatda til asosiy vosita sifatida olinsa, 
mintaqaviy madaniyatda diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik yaqinlik, 
umumiylik nazarda tutiladi. Madaniyatni irqiy omilni nazarda tutgan holda bo‘lish 
holatlari ham uchraydi.  
XX asrning ikkinchi yarmida ayrim mutaxassislar jamiyat va madaniyat 
sohasida yuz bergan o‘zgarishlarni tushuntirish uchun «kontrkultura», «subkultura» 
tushunchalarini qo‘llay boshladilar. «Kontrkultura» deganda bir guruh yoshlarning 
g‘arb mamlakatlaridagi rasmiy qadriyatlarga qarshi g‘oyaviy-siyosiy, badiiy 
qarashlari, ideallari tushuniladi. Yoshlarning bunday chiqishlari so‘l radikalchilik, 
anarxistik, ekstremistik ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. «Subkultura» deganda 
jamiyatdagi turli tabaqalar, guruhlarga xos madaniy jihatlar hisobga olinadi. Yoshlar 
orasida modaga berilgan xotin-qizlar, ayrim musiqaga («pop», «rok») berilgan yoki 
alohida jargon bilan gaplashishni xush ko‘radigan subkulturalar haqida ham fikrlar 
mavjud. Jamiyatni umumiy madaniyat asosida birlashtirishga intiluvchi «ommaviy 
madaniyat» mavjudligi haqida fikr bildiruvchilar ham bor. 
Shahar madaniyati, qishloq madaniyati, kasb madaniyati, ular o‘rtasidagi 
farqlar haqida ham gapiriladi. Bularning hammasi madaniyatning murakkab tarkibiy 
tizimdan iborat ekanligini ko‘rsatadi. 
Madaniyatshunoslik fanida shaxs kamoloti muhim masaladir. Shaxsning 
barkamol inson bo‘lib yetishishida tarixiy, ijtimoiy-madaniy muhitning ta’siri katta. 
Inson ma’lum ijtimoiy-madaniy muhitda dunyoga keladi. Mavjud ijtimoiy-madaniy 
muhit ta’sirida inson individdan ijtimoiy shaxsga aylanadi. Shaxsning 
ijtimoiylashuvi madaniy-ijtimoiy muhit yaratgan va rioya qilinadigan qadriyatlarni, 
urf-odatlarni, axloq-odobni, moddiy va ma’naviy boyliklarni, g‘oyaviy andozalarni 
o‘zlashtirish, qabul qilish orqali sodir bo‘ladi, inson shaxs sifatida shakllanadi.  
Madaniyat kishining nafaqat ijtimoiylashuvini, shuningdek, jamiyat bilan 
integratsiyalashuvini 
ham 
ta’minlaydi. 
Madaniyat 
insonga 
barkamollikka 
erishishga, ijodiy kuchlarini namoyon etishga ko‘maklashadi. Shaxsning madaniy 
darajasini baholashda uning aqli, tafakkuri, ongi, axloqi, xulq-atvori ham muhim 
bo‘lish keng tarqalgan. Milliy madaniyatda til asosiy vosita sifatida olinsa, mintaqaviy madaniyatda diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik yaqinlik, umumiylik nazarda tutiladi. Madaniyatni irqiy omilni nazarda tutgan holda bo‘lish holatlari ham uchraydi. XX asrning ikkinchi yarmida ayrim mutaxassislar jamiyat va madaniyat sohasida yuz bergan o‘zgarishlarni tushuntirish uchun «kontrkultura», «subkultura» tushunchalarini qo‘llay boshladilar. «Kontrkultura» deganda bir guruh yoshlarning g‘arb mamlakatlaridagi rasmiy qadriyatlarga qarshi g‘oyaviy-siyosiy, badiiy qarashlari, ideallari tushuniladi. Yoshlarning bunday chiqishlari so‘l radikalchilik, anarxistik, ekstremistik ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. «Subkultura» deganda jamiyatdagi turli tabaqalar, guruhlarga xos madaniy jihatlar hisobga olinadi. Yoshlar orasida modaga berilgan xotin-qizlar, ayrim musiqaga («pop», «rok») berilgan yoki alohida jargon bilan gaplashishni xush ko‘radigan subkulturalar haqida ham fikrlar mavjud. Jamiyatni umumiy madaniyat asosida birlashtirishga intiluvchi «ommaviy madaniyat» mavjudligi haqida fikr bildiruvchilar ham bor. Shahar madaniyati, qishloq madaniyati, kasb madaniyati, ular o‘rtasidagi farqlar haqida ham gapiriladi. Bularning hammasi madaniyatning murakkab tarkibiy tizimdan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Madaniyatshunoslik fanida shaxs kamoloti muhim masaladir. Shaxsning barkamol inson bo‘lib yetishishida tarixiy, ijtimoiy-madaniy muhitning ta’siri katta. Inson ma’lum ijtimoiy-madaniy muhitda dunyoga keladi. Mavjud ijtimoiy-madaniy muhit ta’sirida inson individdan ijtimoiy shaxsga aylanadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi madaniy-ijtimoiy muhit yaratgan va rioya qilinadigan qadriyatlarni, urf-odatlarni, axloq-odobni, moddiy va ma’naviy boyliklarni, g‘oyaviy andozalarni o‘zlashtirish, qabul qilish orqali sodir bo‘ladi, inson shaxs sifatida shakllanadi. Madaniyat kishining nafaqat ijtimoiylashuvini, shuningdek, jamiyat bilan integratsiyalashuvini ham ta’minlaydi. Madaniyat insonga barkamollikka erishishga, ijodiy kuchlarini namoyon etishga ko‘maklashadi. Shaxsning madaniy darajasini baholashda uning aqli, tafakkuri, ongi, axloqi, xulq-atvori ham muhim
 
 
o‘rin tutadi. Madaniyat insonning yashirin, betakror individual xususiyatlari, 
qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘stirish va rivojlantirishga yordam beradi. 
Har qanday jamiyatda ham madaniyatning taraqqiyoti asosan moddiy hayot, 
iqtisodiy yuksalish darajasi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, uning rivojiga, xarakteriga, 
darajasiga va mazmuniga boshqa qator ijtimoiy omillar ham shubhasiz, ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Ma’naviy madaniyat taraqqiyotida iqtisodiy bazis belgilovchi rol o‘ynaydi. 
Madaniyat so‘zsiz o‘zi shakllangan va taraqqiy topgan tuzumni va davrni aks 
ettiradi. Mazkur tuzum madaniyat taraqqiyotida o‘z ijtimoiy xarakterining muhrini 
qoldiradi. Shuning uchun ham, har bir xalqning madaniyati umumiy ijtimoiy 
qonuniyatlar asosida rivojlanishi bilan birga, ayni vaqtda, mazkur xalqning 
xususiyatlarini, ruhiyatini, xarakteri, urf-odatlari, milliy an’analari va boshqa shu 
kabilarni ham o‘zida aks ettiradi. U o‘z xalqining iqtisodiy va siyosiy tuzumini, 
turmush tarzini aks ettirish orqali jahon madaniyati xazinasiga o‘zining munosib 
hissasini qo‘shadi. Bu turli xalqlarning tarixiy taqdiri, ularning iqtisodiy va ijtimoiy-
siyosiy munosabatlarining rivoji va xarakteri darajasiga, jo‘g‘rofiy hamda boshqa 
ichki va tashqi sharoitlarning xususiyatiga bog‘liqdir. 
Madaniyat taraqqiyotining muhim umumsotsiologik qonuniyatlaridan biri 
uning to‘xtovsiz boyib borishi hisobiga ilgarilab boruvchi, progressiv xarakteridir. 
Madaniyat tarixi insoniyat taraqqiyotining, uning kuch va qobiliyatlari 
rivojlanishining, tabiat kuchlarini tobora ko‘proq o‘ziga bo‘ysundirishining, amaliy 
va ma’naviy tajribasining boyib borishi va takomillashuvining yorqin dalilidir. 
Madaniyat taraqqiyotidagi har bir qadam umuman butun insoniyat 
taraqqiyoti, jahon tarixiy taraqqiyotining bevosita ifodasidir. 
Madaniyatning qo‘lga kiritilgan yutuqlari insoniyat jamiyati taraqqiyotining 
har bir yangi bosqichida o‘zlashtiriladi, qayta ishlanadi, boyitiladi va yanada 
taraqqiy ettiriladi. Har bir yangi avlod o‘zining faoliyatida ilgarigi avlodlar 
tomonidan to‘plangan tafakkur materiallaridan, madaniy boyliklardan foydalanadi, 
avvalgi ijtimoiy taraqqiyot natijalarini meros qilib oladi va shu bilan birga ularni 
davom ettirib, tarixiy taraqqiyotga o‘zining hissasini qo‘shadi, umuminsoniy 
o‘rin tutadi. Madaniyat insonning yashirin, betakror individual xususiyatlari, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘stirish va rivojlantirishga yordam beradi. Har qanday jamiyatda ham madaniyatning taraqqiyoti asosan moddiy hayot, iqtisodiy yuksalish darajasi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, uning rivojiga, xarakteriga, darajasiga va mazmuniga boshqa qator ijtimoiy omillar ham shubhasiz, ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy madaniyat taraqqiyotida iqtisodiy bazis belgilovchi rol o‘ynaydi. Madaniyat so‘zsiz o‘zi shakllangan va taraqqiy topgan tuzumni va davrni aks ettiradi. Mazkur tuzum madaniyat taraqqiyotida o‘z ijtimoiy xarakterining muhrini qoldiradi. Shuning uchun ham, har bir xalqning madaniyati umumiy ijtimoiy qonuniyatlar asosida rivojlanishi bilan birga, ayni vaqtda, mazkur xalqning xususiyatlarini, ruhiyatini, xarakteri, urf-odatlari, milliy an’analari va boshqa shu kabilarni ham o‘zida aks ettiradi. U o‘z xalqining iqtisodiy va siyosiy tuzumini, turmush tarzini aks ettirish orqali jahon madaniyati xazinasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi. Bu turli xalqlarning tarixiy taqdiri, ularning iqtisodiy va ijtimoiy- siyosiy munosabatlarining rivoji va xarakteri darajasiga, jo‘g‘rofiy hamda boshqa ichki va tashqi sharoitlarning xususiyatiga bog‘liqdir. Madaniyat taraqqiyotining muhim umumsotsiologik qonuniyatlaridan biri uning to‘xtovsiz boyib borishi hisobiga ilgarilab boruvchi, progressiv xarakteridir. Madaniyat tarixi insoniyat taraqqiyotining, uning kuch va qobiliyatlari rivojlanishining, tabiat kuchlarini tobora ko‘proq o‘ziga bo‘ysundirishining, amaliy va ma’naviy tajribasining boyib borishi va takomillashuvining yorqin dalilidir. Madaniyat taraqqiyotidagi har bir qadam umuman butun insoniyat taraqqiyoti, jahon tarixiy taraqqiyotining bevosita ifodasidir. Madaniyatning qo‘lga kiritilgan yutuqlari insoniyat jamiyati taraqqiyotining har bir yangi bosqichida o‘zlashtiriladi, qayta ishlanadi, boyitiladi va yanada taraqqiy ettiriladi. Har bir yangi avlod o‘zining faoliyatida ilgarigi avlodlar tomonidan to‘plangan tafakkur materiallaridan, madaniy boyliklardan foydalanadi, avvalgi ijtimoiy taraqqiyot natijalarini meros qilib oladi va shu bilan birga ularni davom ettirib, tarixiy taraqqiyotga o‘zining hissasini qo‘shadi, umuminsoniy
 
 
madaniyat taraqqiyotida olg‘a tomon qadam tashlaydi. Bu qonuniy aloqa tufayli 
butun taraqqiyotda pastdan yuqoriga, oddiydan murakkabga va doimo olg‘a qarab 
boradigan harakatning yagona jarayoni maydonga chiqadi. 
Jahon madaniyati har bir xalq madaniyatining eng yetuk, eng yuksak 
namunalaridan tashkil topadi, u har bir milliy madaniyatdan umuminsoniy 
tomonlarni o‘ziga mantiqan birlashtiradi. Shuning uchun Gomer, Aristotel, 
Shekspir, Ibn Sino, Gyugo, Bayron, Gegel, Tolstoy, Sa’diy, Navoiy, Tagor 
asarlaridan ularni voyaga yetkazgan millat va xalqgina emas, butun insoniyat, 
dunyodagi barcha xalqlar bahramand bo‘lib kelmoqdalar. 
Shunday qilib, madaniy taraqqiyotning to‘xtovsiz boyib borishi, progressiv 
xarakteri (pastdan yuqoriga, oddiydan murakkabga, madaniy vorislik (meros), har 
bir xalqning o‘z madaniyatiga egaligi va jahon madaniyatiga o‘z hissasini qo‘shib 
umuminsoniy madaniyatni boyitishi, har bir davrning o‘z madaniyatiga egaligi va 
madaniyatni avvalgi davrlar madaniyatidan kelib chiqishi, boyishi, yuksalib borishi 
qonuniy jarayon hisoblanadi. 
 
1.4. Madaniy va ma’naviy meros. Mustaqillik sharoitida o‘zbek milliy 
madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 
 
Jamiyat, madaniyat rivojida ma’naviy-madaniy meros katta ahamiyatga ega. 
Madaniy-ma’naviy 
meros 
qadim 
zamonlardan 
beri 
ajdodlarimiz, 
ota-
bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan madaniy-ma’naviy boyliklar – siyosiy, 
iqtisodiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob meyorlari, ilm-fan 
yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari va boshqa milliy qadriyatlar majmuidir. 
Bunday boyliklar, qadriyatlar bir yilda, bir asrda hosil qilinadigan hodisa emas, ular 
jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyoji tufayli yuzaga keladi. 
Ular jamiyat siyosiy tuzumi jihatidan o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi 
avlodlar uchun meros bo‘lib qoladi. Madaniy-ma’naviy meros insonni yuksalishga 
da’vat etadigan, ichki olamini boyitadigan, irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan 
qudratli kuchdir. Har bir avlod o‘zidan oldingi avloddan ma’naviy-madaniy 
madaniyat taraqqiyotida olg‘a tomon qadam tashlaydi. Bu qonuniy aloqa tufayli butun taraqqiyotda pastdan yuqoriga, oddiydan murakkabga va doimo olg‘a qarab boradigan harakatning yagona jarayoni maydonga chiqadi. Jahon madaniyati har bir xalq madaniyatining eng yetuk, eng yuksak namunalaridan tashkil topadi, u har bir milliy madaniyatdan umuminsoniy tomonlarni o‘ziga mantiqan birlashtiradi. Shuning uchun Gomer, Aristotel, Shekspir, Ibn Sino, Gyugo, Bayron, Gegel, Tolstoy, Sa’diy, Navoiy, Tagor asarlaridan ularni voyaga yetkazgan millat va xalqgina emas, butun insoniyat, dunyodagi barcha xalqlar bahramand bo‘lib kelmoqdalar. Shunday qilib, madaniy taraqqiyotning to‘xtovsiz boyib borishi, progressiv xarakteri (pastdan yuqoriga, oddiydan murakkabga, madaniy vorislik (meros), har bir xalqning o‘z madaniyatiga egaligi va jahon madaniyatiga o‘z hissasini qo‘shib umuminsoniy madaniyatni boyitishi, har bir davrning o‘z madaniyatiga egaligi va madaniyatni avvalgi davrlar madaniyatidan kelib chiqishi, boyishi, yuksalib borishi qonuniy jarayon hisoblanadi. 1.4. Madaniy va ma’naviy meros. Mustaqillik sharoitida o‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari Jamiyat, madaniyat rivojida ma’naviy-madaniy meros katta ahamiyatga ega. Madaniy-ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota- bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan madaniy-ma’naviy boyliklar – siyosiy, iqtisodiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob meyorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari va boshqa milliy qadriyatlar majmuidir. Bunday boyliklar, qadriyatlar bir yilda, bir asrda hosil qilinadigan hodisa emas, ular jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyoji tufayli yuzaga keladi. Ular jamiyat siyosiy tuzumi jihatidan o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun meros bo‘lib qoladi. Madaniy-ma’naviy meros insonni yuksalishga da’vat etadigan, ichki olamini boyitadigan, irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan qudratli kuchdir. Har bir avlod o‘zidan oldingi avloddan ma’naviy-madaniy