Ilmiybaza.uz
Maf’ulotu rukni jami 9 xil o’zgarishga uchraydi. Natijda uning 13 tarmogi
yuzaga keladi. Shulardan ayrimlarigina adabiyotimizda qo’llanilib kelgan.
Jumladan:
1.Foilun. Bu rukn maf’ulotuning makshuf tarmog’i - maf’uvlunning ,,tayy’’
zihofi bilan o’zgartirib, ikkinchi cho’ziq hijosining qisqa hijoga aylantirilishi hamda
qolgan maf’uvlunni o’ziga teng bo’lgan foilun rukni bilan almashtirilishidan hosil
bo’ladi. Bu rukn mat’viyi makshuf deb yuritiladi.
2.Foilon. Bu rukn maf’uvlotunning mavquf tarmog’i bo’lgan maf’ulonni
,,tayy’’ zihofi bilan o’zgartirib, ikkinchi cho’ziq hijosini qisqa hijoga aylantirish
hamda hosil bo’lgan ,,maf’uvlon’’ {,,u’’ unlisi qisqa}ni o’ziga teng foilon rukni
bilan almashtirish natijasida yuzaga keladi. Bu rukn matviyi mavquf deb yuritiladi.
Ma’lumki, maf’uvlotu ruknining bir o’zi takrorlanib, biror bahrni hosil qilmaydi, u,
odatda, boshqa ruknlar, xususan, mustaf’ilun rukni bilan birgalikda takrorlanib,
munsarih, muqtazab va sari bahrining turli tarmoqlari bu bahrlarda qo’llaniladi, ana
shu bahrning turli tarmoqlari maydonga keladi.
O’zbek adabiyotida sari va munsarih bahrlari qo’llanilib, muqtazab bahri
ishlatilmaydi. Shu sababli quyida maf’ulotu rukni ishtirokidagi sari munsarih bahri
vaznlaridan ba’zilarini - shoirlarimiz ijodida foydalanilganlarini ko’rib o’taylik.
MUNSARIH BAHRI VAZNLARI
Ma’lumki bu bahr mustaf’ilun va maf’ulotu ruknlarining birikib
takrorlanishidan tuziladi. O’zbek adabiyotida bu bahrning musamman shakli, ya’ni
sakkiz ruknli ko’rinishi ko’proq qo’llaniladi. Munsarihi musammani solim
vaznining bir misradagi chizmasi quyidagicha edi:
Mustaf’ilun maf’ulotu mustaf’ilun maf’ulotu
_ _ V _ _ _ _ V _ _ V _ _ _ _ V
Munsarih bahrining tarmoqlarida bu ruknlar turli o’zgarishlarga duch kelgan
holda ishtirok etadi. O’zbek adabiyotida bu bahrning quyidagi vaznlaridan
foydalanilgan:
Ilmiybaza.uz
1. Munsarihi musammani matviyi makshuf. Munsarih bahrining bu
tarmog’i - muftailun hamda maf’ulotu ruknining matviyi makshuf tarmog’i –
foilotun qatnashadi: har bir misraning birinchi va uchunchi ruknlari muftailunga,
ikkinchi va to’rtinchi ruknlari esa foilunga teng bo’ladi. Masalan:
Surma bilanmu ul oy ko’zni qaro aylamish,
Yo’qsa Ho’tan jayrani mushk ichida ang’amish.
{Navoiy}
Bu bayt chizmasi quydagicha:
Sur-ma-bi-lan mu-u-loy ko’z-ni-qa-ro ay-la-mish
_ V V _ _ V _ _ V V _ _ V _
Muftailun foilotun muftailun foilun
Yo’q-sa-Ho’-tan jay-ra-ni mush-ki-chi-da ag’-na-mish.
_ V V _ _ V _ _ V V _ _ V _
Muftailun foilun muftailun foilun
Misollar:
Ko’nglum ochmas dema bu bandani zordin,
O’ylaki mahkam tugun inchkaroq tordin.
{Navoiy}
Vahki chamandin yana esli shamol o’zgacha,
Har dam o’tar atridin ko’lumg’a hol o’zgacha.
{Navoiy}
2. Munsarihi musammani matviyi mavquf. Bu bahr yuqoridagidan shu
bilan farqlanadiki, uning oldingi uch ruknida o’zgarish bo’lmagan holda, oxirgi rukn
o’rnida maf’ulotunning matviyi makshuf tarmog’i- foilun emas, balki matviyi
mabquf tarmog’i - foilonga keladi.
Masalan:
Boda meni ayladi zuhdu riyodin xalos,
Zuhdu riyo yoqki ming ranju anodin xalos.
{Navoiy}
Mazkur bayt chizmasi quydagicha:
Ilmiybaza.uz
Bo-da-me-ni ay-la-di zuh-du-ri-yo din-xa-los,
_ V V _ _ V _ _ V V _ _ V ~
Zuh-du-ri-yo yo’q-ki-ming ran-ju-a-no din-xa-los
_ V V _ _ V _ _ V V _ _ V ~
Muftailun foilun muftailun foilon
Mushokil bahri aruzning asosiy o'lchovlaridan biri bo'lib, asosan arab
she’riyatidagina qo'llangan. Uning asosini foilotun aslining bir marta, mafoiylun
aslining ikki marta takrori tashkil kilib, olti ruknli solim vazni ruknlari va chizmasi
bir misrada
foilotun mafoiylun mafoiylun
tarzidadir. Navoiy o'z «Me’zonul avzon»ida ushbu o'lchovga misol qilib
Necha sansiz firoqingda Fig'on aylay,
Nola birla ulus ba yerini kon aylay
baytini keltiradi. Bobur «Muxtasar»da ushbu vaznga aytilgan Navoiy baytini
takrorlab, ushbu bahrning yana 17 vazni qo'llanishi mumkinligini ta’kidlab, ularning
xar biriga o'z baytlarini misol qilib keltiradi
Mushokil bahri ham she’riyatimizda qo'llanmagan.
Muqtazab bahri («muqtazab» arabcha so’z bo'lib, «kesib olingan» degan
ma’noni ifodalaydi) aruzning asosiy o'lchovlaridan bo'lib, faqat arab she’riyatila
qo'llangan. Uning asosini maf’ulotu hamla mustaf’ilun asllarining ketma-ket
takrorlanishi tashkil qilib, jumlalan. sakkiz ruknli solim vaznining ruknlari hamda
chizmasi bir misrada
maf’ulotu mustaf’ilun maf’ulotu mustaf’ilun