Magistrlik dissertasiyasi mavzusini tanlash va uni asoslab berish
Yuklangan vaqt
2024-07-28
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
33,7 KB
Magistrlik dissertasiyasi mavzusini tanlash va uni asoslab berish
Mavzu rejasi
1. Magisterlik dissertasiyasi mavzusini tanlash va uni asoslab berishda ilmiy
raxbarning axamiyati va roli.
2. Mavzu tanlashda maxsus pedagogika va psixologiyaning dolzarb masalalarini
(muammolarini) aniqlash usullari.
3. Mavzuni tanlashda adabiyotlar taxlili.
MAGISTRLIK DISSERTASIYASINI TAYYORLASHDA
TADQIQOTCHI VAZIFALARI
Magistr – lotincha magister - boshliq.
Magistr – oliy ta’limning tegishli bosqichiga muvofiq magistratura
dasturlarini muvaffaqiyatli o’zlashtirgan shaxslarga beriladigan akademik daraja.
Magistr – ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda OO’Yuda beriladigan
akademik daraja bo’lib, u OO’Yuni tugatib, barcha nazoratlarni ijobiy topshirgan va
magistrlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan shaxslarga beriladi.
Magistratura – bakalavriat negizida o’qish muddati kamida ikki yil bo’lgan aniq
mutaxassislik bo’yicha oliy ta’lim bosqichi va UTTning bir bo’g’ini.
Dissertasiya – lotincha dissertatio – tadqiqot, mulohaza – ilmiy daraja olish
uchun taqdim etiladigan va ilmiy jamoat-chilik oldida yakka tartibda himoya
qilinadigan ilmiy asar.
Disseratasiyani himoya qilish dastlab o’rta asrlarda nemis tilida so’zlashadigan
mamlakatlarning universitetlarida paydo bo’lgan. Bu XVI-XVII asrlardan boshlab
boshqa mamlakatlarga ham tarqala boshladi. O’zbekistonda 1934 yildan fan
nomzodi va fan doktori ilmiy darajalarini olish uchun dissertasiya himoya qilish ijro
etila boshladi.
Magistrlik dissertasiyasi mutaxassislik bo’yicha magistr nomli akademik
darajani olish uchun yoziladi va himoya qilinadi.
O’zbekistonda 2000-2001 o’quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida magistrlar
uchun ilmiy yoki ilmiy-texnikaviy mazmundagi magistrlik dissertasiyasini himoya
qilish joriy etildi.
Magistrlik dissertasiyasi ham mustaqil ITI hisoblanadi va muayyan tadqiqot
muammosi yechimini topishga bag’ishlanadi.
Magistrlik dissertasiyasining muallifi mustaqil ravishda ITIni bajarishga tayyor
bo’lishi kerak. Bunda muallifning bakalavr-akadem darajasini olish davrida
shakllangan BKM va ilmiy salohiyati muhim manba bo’lib xizmat qiladi, chunki
bakalavr darajasini olishda bunga mustahkam asos yaratiladi. Jumladan, «Oliy
ta’limning DTS»ida matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga qo’yilgan talablarda
«Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunur ta’limi bilan uzviylik hamda
uzluksizlikni inobatga olgan holda bilishning matematik usullari, axborot to’plash,
ularni qayta ishlash va uzatish usullarining jamiyatdagi o’rni va ahamiyati haqida
oliy darajadagi tasavvurlarni shakllantirish; koinotning tabiiy obyekt ekanligi va
uning evolyusiyasi; tabiiy fanlarning o’zaro fundamental birligi; tabiiy hodisalarni
tadqiq etish konsepsiyasi; tabiatdan oqilona foydalanish va inson faoliyatining
ekologik tamoyillari; tabiatga putur yetkazmaydigan texnologiyalar yaratish
istiqbollari haqida ilmiy tasavvurlarni shakllantirishi; muayyan bilim sohasi uchun
zarur bo’lgan fundamental fanlarni chuqur o’rganishning ilmiy va nazariy asoslarini
ta’minlashi lozim», deyilgan.
Shuning bilan birga, agarda muallif – tadqiqotchi yuqoridagi talablar bilan
birgalikda, o’quv rejasidagi «Qo’shimcha fanlar bloki»dagi rejalashtirilgan
BKMlarni egallash yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, magistrlik dissertasiyasini
tayyorlashda katta imkoniyat yaratilgan bo’ladi. Bu UTTning «Oliy ta’limning
bakalavriat bosqichi oliy ta’limning magistratura bosqichi aspirantura
doktorantura» bo’g’inidagi uzviylik va uzluksizlik ta’minlashga mustahkam asos
bo’lib, u ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytiradi, aks holda
bakalavriat ta’lim bosqichida o’rgangan BKM, magistraturadagi o’rganadigan
mutaxassislik yo’nalishiga to’g’ri kelmasa yoki tadqiqotchi aspiranturada boshqa
muammo bilan shug’ullansa muammo maqsadiga yetib borish sezilarli darajada
susayishi mumkin.
Tadqiqotchi ilm-fanda shug’ullanayotgan o’z muammosi bo’yicha qanday
fikrlar mavjudligini, ular orqali fanda qanday yutuqlar qo’lga kiritilganligini
o’rganishi va ularga mos bilimlarni o’zlashtirilishi kerak. Demak, tadqiqotchi o’zi
tanlagan yo’nalish bo’yicha o’zigacha bo’lgan merosni chuqur o’rganishi, tahlil
qilishi va ular asosida yo’nalishning yutuq va kamchiliklarini baholab borish kerak
va tadqiqot rejasini tuzayotganda tadqiqotchining o’zi mazkur yo’nalishga qanday
hissa qo’sha olishini ilmiy-metodologik jihatdan anglamog’i lozim.
Mavjud ishlanmalarni va adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish, ayniqsa ularni
tahlil qilish davomida qiyoslash magistrantni ilmiy fikrlashga o’rgatadi,
o’rganilayotgan fikr-larning qay darajada asosli va to’g’ri ekanligi haqidagi tasav-
vurga ega qiladi, uslublar ichidan eng maqbulini (optimalini, samaralisini) tanlash
haqida ilmiy bilimlar bilan qurollantiradi. Buning bilan tadqiqotchi dissertasiya
muammosiga oid mavjud bilimlarni egallaydi va ushbu soha bo’yicha uning ilmiy
dunyoqarashi hamda fikrlash qobiliyatlari kengayadi.
Magistrlik
dissertasiyasini
tayyorlash
jarayonida
tadqiqotchining
shug’ullanayotgan mavzu bo’yicha bilimga ega bo’lishi muammo yechimini hal
qilishga yetarli bo’lmaydi, chunki ilmiy faoliyat natijalarini baholash va ularni
rasmiylashtirishni ham, shuningdek, tadqiqotchining ilmiy ishlanmalarini bayon qila
olish (notiqlik) hamda o’z ilmiy ishining ahamiyatini ko’rsata olishi ham kerak.
Bunday omillar asoslari tadqiqotchiga bakalavriat ta’lim bosqichida shakllangan
bo’lsa, ijodiy jarayon samarali kechadi. Bunda referat yozish, kurs ishi (loyihasi)ni
tayyorlash, malakaviy bitiruv ishlari bilan shug’ullanish, shuningdek, turli ilmiy,
ilmiy-uslubiy to’garak yoki seminarlarga muntazam qatnashish muhim ahamiyat
kasb etadi. Demak, magistrant kuzatuvchan, sinchkov, mehnatsevar, yangi fikrning
paydo bo’lishiga doimo qiziqib boruvchi, savodli, ilmiy dunyoqarashi keng (o’z
tengdoshlariga nisbatan), keng qamrovli ilmiy salohiyatga ega bo’lgan va xullas
ijodkor bo’lishi kerak ekan. Ana shundagina magistrlik dissertasiyasini o’z vaqtida
tayyorlab bo’ladi va aspiranturaga asos yaratadi.
Magistrlik dissertasiyasining tadqiqotchi tomonidan mustaqil tayyorlashga
erishilishi ITIning keyingi bosqichlarida ijodiy faoliyat uchun mustahkam poydevor
bo’ladi va natijada uning ilmiy dunyoqarashi kengayadi.
Magistrlik dissertasiyasini tayyorlash jarayoni qator tadqiqot bosqichlariga
e’tibor berishni talab qiladi. Ular: yo’nalishni (sohani) aniqlash; mavzuni tanlash;
mavzuning dolzarbligini nazariy asoslash; mavzu bo’yicha tadqiqotchining shaxsiy
kuzatishlari; mavzu bo’yicha to’plangan ma’lumotlarning tahlili va ularni tizimlarga
ajratib axborot ko’rinishiga keltirish; mavzu bo’yicha u yoki bu holatlarning o’zi
to’plagan ma’lumotlar asosida ilmiy va amaliy ahamiyati hamda qiymatini asoslab
berish, umumlashtirish va xulosalar chiqarish; umumahamiyatli bo’lgan me’yor va
mezonlar asosida magistr ilgari surayotgan fikrlar, g’oyalar, xulosalar va
tavsiyalarning haqiqiyligiga ongli ravishda ishontira olishi kerak; magistrlik
dissertasiyasidagi TSIni aniq rejalash-tirish, ularni o’tkazishning qat’iy algoritmik
tizimini ishlab chiqish va shu asosda ish olib borib, lozim topilganda ba’zi
tuzatishlarni kiritish; ITI nazariy (ilmiy-metodologik) qismi natijalari bilan TSI
natijalarining muvofiqligini baholash va nihoyat, dissertasiyani rasmiylashtirishga
kirishish.
Ushbu jarayonda tadqiqotchi oraliq va joriy natijalar bo’yicha kafedradagi
ilmiy, ilmiy-uslubiy seminarlarda qatnashib turilsa ITIning to’g’ri yoki noto’g’ri
ketayotganligi bo’yicha xulosalar shakllanadi. Bunda oxirgi bosqich magistrlik
ishining dastlabki himoyasi bo’lib, u kafedra qoshidagi (ba’zan magistratura bo’limi
yoki ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo’yicha prorektor qoshidagi) ilmiy,
ilmiy-uslubiy seminarda muhokamadan o’tkazilib, himoyaga tavsiya etiladi.
MAGISTRLIK DISSERTASIYaSI MAVZUSI,
MAQSADI VA VAZIFALARI
Dissertasiya mavzusi. Magistrlik dissertasiyalari mavzulari oliy o’quv yurti,
magistratura bo’limi, magistrant berkitilgan kafedraning ITI yo’nalishi va
magistrant hamda mo’ljallangan ilmiy rahbar hamkorligida tanlanadi. Mavzu ta’lim
tizimida amalga oshirilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko’zda
tutilgan va amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifalarga mos bo’lishi kerak.
Mavzuni tanlashda,bajarilayotgan ITIni ilm-fan yo’nalishlaridan birini
rivojlantirishga hissa qo’shishini e’tiborga olish kerak va albatta uning nazariy
hamda amaliy ahamiyati ishchi gipotezada o’z aksini topmog’i lozim.
Dissirtasiya maqsadi.
MAQSAD bu- tanlangan muammoni belgilangan mavzu bo’yicha amalga
oshirilish lozim bo’lgan ijodiy faoliyatning «Ufq»ga yetib borish jarayonini
ifodalaydigan va ilm-fanda muayyan yo’nalish bo’yicha yangi sifat bosqichini
ta’minlaydi.
Magistrlik dissertasiyasining vazifalari:
1. Tanlangan (rejalashtirilgan)
muammo (mavzu)
yuzasi-dan tadqiqot
o’tkazishning ahamiyatini asoslash (mavzu dolzarbligini asoslash).
2. Muammo yechimini qo’lga kiritish uchun kerak bo’ladigan metodologik
asoslarni va ishchi farazni to’g’ri ifodalash.
3. ITIning ilmiy asoslangan rejasini tuzish.
4. Muammo(mavzu)ga oid ma’lumotlar, daliliy materiallar yig’ish va ularni
ITIda foydalanish uchun axborot ko’rinishiga keltirish hamda ularni tadqiqot
maqsadiga moslab tizimlarga ajratish va qayta ishlash.
5.Reja asosidagi ITIni olib borish va olingan natijalarini nazariy va amaliy
jihatdan baholash.
6. O’tkazilgan tadqiqotlar asosida natijalarni umumlashtirish va xulosalar
chiqarish hamda ular asosida uslubiy tavsiyalar tayyorlash.
Dissertasiya mavzusi, maqsadi va vazifalari magistrlik dissertasiyasini
tayyorlashning o’zaro uyg’un bo’lgan asosiy qismlaridir. Ular asosida mos tadqiqot
obyekti va metodologiyasi va ishchi farazi aniqlanadi.Shu sababli ham dissertasiyani
tayyorlashga kirishishda yuqoridagi uchala bosqichga kuchli e’tibor qaratish lozim.
Bunda ilmiy rahbar va magistrant faoliyat ko’rsatadigan kafedra ham faol ishtirok
etmog’i lozim.Bu borada ular zimmasida quyidagi vazifalar va burchlar turadi:
magistrantning ilmiy salohiyatini aniqlash;
magistrantning ilm - fanning (kafedraga tegishli) qaysi yo’nalishi bo’yicha
qiziqishi va mazkur yo’nalish bo’yicha BMKlari ustunroqligini tahlili(baholash);
kafedra yo’nalishidagi muammolar haqida magistrantga axborotlar berish
(axborotli varaqa, olingan natijalar ahamiyati, og’zaki tushuntirish va shu kabi
usullar bo’yicha) va shu asosda ilmiy ish mavzusini aniqlash;
ITIning rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish;
dissertasiya mavzusi bo’yicha magistrantga kerakli bo’ladigan adabiyotlar,
axborotlar, daliliy manbalar tanlashda yordam berish, lozim topilganda qurilmalar
va kompyuterlardan foydalanishga imkoniyatlar yaratish;
mavzu bo’yicha doimiy suhbat o’tkazib turish va uning natijasiga asoslanib,
ITIning keyingi qismi uchun maslahatlar berish;
magistrant ishining ketishini davriy ravishda kafedrada nazorat qilish va reja
asosida ular ishlari natijalarini kafedra qoshidagi ilmiy-uslubiy seminarda
muhokama qilish va mos tavsiyalar yoki xulosalarni berish;
ITIning bajarilishidagi har bir bosqichni to’liq baholab,tegishli ko’rsatma va
maslahatlar berish;
ITIning yakunlanganligi aniqlangandan keyin, ishni yaxlitligicha yana bir bor
baholash kerak, shu asosda ishning tayyorligiga to’la baho berib xulosalash kerak va
himoyaga taqdim etishga rozilik berish kerak.Bu bo’yicha maxsus tayyorlangan
shakllar bo’ladi.
Umuman olganda, dissertantning ijodiy faoliyati shaxsan kafedra mudiri
tomonidan reja asosida nazorat qilinib turiladi. Magistrantlarning barcha
faoliyatlari, ayniqsa ijodiy faoliyatlari kafedrada ishlab chiqilgan “Magistrlik
dissertasiyalarini tayyorlash bo’yicha topshiriqlar” asosida amalga oshiriladi.
DISSERTASIYANING TUZILIShI VA MAZMUNI
Dissertasiya ishida kirish, boblar va xulosalar hamda ilovalar o’z ifodasini
topadi. Dissertasiyaning kirish qismida quyidagilar o’z aksini topishi kerak:
tadqiqot mavzusining dolzarbligi;
tadqiqot maqsadi va unga erishish uchun kelib chiqadigan vazifalar;
muammoning ishlanganlik darajasi;
tadqiqot obyekti va predmeti;
tadqiqot metodi va metodologik asoslari;
tadqiqotning ishchi farazi va ilmiy yangiligi;
tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati;
dissertasiya ishi bo’yicha olingan natijalarning ilmiy omma orasidagi
muhokamalari haqida ma’lumot;
himoyaga olib chiqiladigan holatlar va qo’lga kiritilgan natijalar;
dissertasiyaning boblari va xulosalari haqida, ilovalar bo’yicha, tarkibiy
qismlari haqidagi ma’lumotlar.
Dissertasiyani rasmiylashtirishdagi boblar uning asosini tashkil etadi. Undagi
boblar soni muammo salohiyati va uning yechimini bayoni hajmiga qarab turlicha
bo’ladi. Eng asosiysi ularda muammoni o’rganilganlik tahlili, muammo bo’yicha
maqsad va vazifalarni amalga oshirishdagi samarali ilmiy tadqiqotlar, ya’ni ilmiy
nazariy asoslari tushunarli, ixcham, yaxlit muammo sifatida bayon qilinishi lozim,
chunki dissertasiya tasnifidan ham ma’lumki, bunday ilmiy asar ilm-fanning
muayyan bir muammosini hal qilishga yoki aniq bir fan sohasi bo’yicha ilmiy-
nazariy fikr va uning yechimiga bag’ishlangan bo’ladi. Hyech bo’lmaganda yangi
ilmiy-amaliy xulosa va tavsiyalar chiqarishga bag’ishlangan bo’ladi.
Dissertasiya xulosasida asosan, olib borilgan ITI bo’yicha qo’lga kiritilgan
natijalar o’z ifodasini topadi. Bu ayniqsa dissertasiyani tayyorlashdagi muammo
maqsadi, vazifalari va dissertasiya bo’yicha ilmiy yangiliklar hamda himoyaga olib
chiqiladigan holatlarni o’zida aks ettirsa yaxshi bo’ladi.
Dissertasiyadagi foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ham ITIda muhim rol
o’ynaydi, chunki ular muammoning o’rganilganlik darajasini aniqlashda qanday
adabiyotlardan (dunyo bo’yicha – internet orqali olinadi, respublika bo’yicha va
h.k.) foydalanilganligiga e’tibor berish ham dissertasiyani baholashda bitta muhim
omil bo’lib hisoblanadi.
Dissertasiyaning ilovalarida me’yoriy hujjatlar (ITI natijalarini amaliyotga
joriy etish to’g’risidagi dalolatnoma va ma’lumotnomalar, shuningdek, TSI bo’yicha
boshqa hujjatlar hamda patent, mualliflik guvohnomasi, ixtirolar haqidagi xujjatlar
nus’halari) va dissertasiya hajmi chegaralangan-ligini e’tiborga olib ilovaga olib
chiqiladigan materiallar ham (kompyuterli tizimlar uchun ma’lumotlar ombori,
kompyuterli dastur blok-sxemasi, dasturlar, dars mashg’ulotlari matnlari, taklif
etilayotgan ta’lim texnolo-giyasiga oid bilimlar banki va h.k.) o’z ifodasini topadi.
Dissertasiya mazmuni.
Ma’lumki, dissertasiyani avvalo nazariy jihatdan muhimligi, mavzuning
dolzarbligi, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati, olingan natijalarning
ilm-fanning yangi istiqboliga qo’shadigan hissalari va shu kabilar orqali baholashlari
bilan birga tadqiqotchi dissertasiyasining umumiy, uslubiy tayyorlanganlik darajasi
va rasmiylashtirishga ko’ra ham baholaydilar.
Bu borada dissertasiyaning tuzilishini o’z vaqtida mukammal, me’yoriy
hujjatlar talablari asosida tayyorlab borishi, tadqiqotchiga ITIni bajarishning
maqsad-vazifalarini to’g’ri ifodalashi, tadqiqot obyekti va predmeti hamda tadqiqot
metodlarini to’g’ri tanlash, shuningdek, dissertasiya tayyorlash jarayonining
algoritmik bosqichlariga to’liq amal qilish imkonini beradi.
Bu borada dissertasiya mazmunini ifodalashda quyidagilarga e’tibor berilsa
maqsadga muvofiq bo’lar edi:
mavzu dolzarbligini asoslashda oldindan olib borilgan tadqiqot natijalarining
qisqacha, hyech bo’lmaganda umumiy ko’rinishdagi tahlili;
mavzuni nafaqat respublikamizda, balki chet ellardagi yutuq va
kamchiliklarining tahlili (bunga to’liq imkoniyat bor bo’lib, uni internet xalqaro
tarmoq orqali hal qilish mumkin);
mavzu dolzarbligini qolgan ko’rsatkichlar bo’yicha mavzuga tegishli DTS va
me’yoriy hujjatlar hamda daliliy ma’lumotlar;
tadqiqot maqsadi va uni hal qilishdan kelib chiqadigan vazifalar aniq
ko’rsatilishi kerak;
ITI obyekt va uni maqsad-vazifalarga uyg’un holda asoslash;
ITIni metod va metodologiyasini tanlashni asoslab berish kerak, chunki
himoya paytida «Siz nima uchun ushbu metoddan yoki metodologiyadan
foydalandingiz, bundan samaraliroqlari bor emasmi?», degan savol tug’ilishi
mumkin;
mavzuga oid ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash va ularni tanlangan metod
yoki metodologiya uchun foydalanishni ta’min-lash maqsadida axborotlarga
aylantirish va lozim topilaganda ularni kerakli tizimlar ko’rnishida shakllantirish;
axborotlar asosida ilmiy metodologik tadqiqotni olib borish va ularning
natijalarini ilmiy uslubiy tilda bayon qilish;
tadqiqotning ilmiy yangiligini isbotlash va ularning aniq holatlar uchun
amaliy tatbiqlariga ko’rsatmalar berish;
ITI natijalarining amaliy ahamiyatini aniqlash va uni ilmiy-amaliy jihatdan
asoslash;
olingan ilmiy ishlanmalar bo’yicha TSIni o’tkazish;
taklif qilinayotgan natijalarning ilmiy - nazariy va ilmiy-amaliy
ahamiyatlarini baholash va ulardan amaliy faoliyatda hamda ilm-fanning keyingi
istiqbollari uchun foydalanishga tavsiyalar tayyorlash.
DISSERTASIYANI RASMIYLAShTIRISh
Tadqiqot mavzusi dolzarbligi, tadqiqot obyektini chuqur o’rganish,
muammoning ishlanganlik darajasi va muammo yechimini izlashning mutodologik
asoslarini ifodalashlar orqali yig’ilgan tahliliy materiallarni tadqiqot maqsad-
vazifalariga qarab tizimlarga ajratilgan axborotlar hamda ITI metodologik asoslari
va ular asosidagi ilmiy ishlanmalar, shuningdek TSIni o’tkazib bo’lgandan keyin,
ular
asosida
magistrlik
dissertasiyasini
yozishga
kirishiladi.
Magistrlik