Magistrlik dissertasiyasini tayyorlashda eksperiment o‘tkazish va uning natijalari
Yuklangan vaqt
2024-07-25
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
86,8 KB
Magistrlik dissertasiyasini tayyorlashda eksperiment o‘tkazish va uning
natijalari
Mavzu rejasi:
1. Dissertasiya tayyorlashda turli eksperiment o’tkazish, protokollashtirish va uning
natijalarini taxlil qilish va statistik metodlar orqali tadqiqotning xaqqoniyligi va
ishonchliligini isbotlash.
2. Tadqiqot natijalarini chizma va jadvallarda aks ettirish.
3. Ilmiy dialog va uning xususiyatlari.
4. Ilmiy ishlarni nashrga tayyorlash va ularga qo’yiladigan talablar.
5. Dissertasiyani yakunlash va ximoyaga tayyorlash.
Magistrlik
dissertasiyasini
himoya
qilish
magistrlik
dissertasiyasini
rasmiylashtirishdan keyingi qism bo’lib, magistratura ta’lim jarayonining so’nggi
bosqichi bo’lib hisoblanadi va unga quyidagi talablar qo’yiladi:
a. dissertasiya muqovalangan holda himoya qilishga tayyor holda keltirilishi
kerak;
b. dissertasiya himoyasi bilan bog’liq bo’lgan barcha hujjatlar tayyor bo’lishi
kerak (bu haqda 10.5. paragrafda ma’lumot berildi);
c. dissertasiya materiallari ITI rejasigi mos bo’lishi kerak;
d. magistrantning Davlat attestasiya komissiyasi huzuridagi so’zlaydigan nutqi
matni tayyor bo’lishi kerak.
Dissertasiyani himoya qilish paytida, uning quyidagi jihatlariga e’tibor berish
kerak:
e. muammo dolzarbligiga;
f. ITIning ilmiy yangiligiga;
g. ITIning nazariy va amaliy ahamiyatiga;
h. ITIning metodologik asoslariga;
i. qo’lga kiritilgan natijalarning hayotiyligiga;
j. TSI natijalarining tadqiqot maqsadi va vazifalariga mosligiga;
k. dissertasiya bo’yicha qo’lga kiritilgan natijalarining ilm ahli orasidagi
muhokamasiga;
l. dissertasiya bo’yicha e’lon qilingan ishlar va ularning dissertasiya mazmuniga
mos kelishiga;
m. xulosa va tavsiyalarning amaliy faoliyatga yaqinligiga;
n. dissertantning ITI bo’yicha nutqining ravonligi, puxtaligi, aniqligi, ilmiyligi
va shu kabilarga.
Ma’lumki, magistrant o’z ITIni Davlat attestasiyasi komissiyasi oldida rasman
himoya qiladi. Buning uchun u o’z ITI jarayonini bayon qila olish, olingan
natijalarining to’g’riligini isbotlab bera olish, berilgan savollarga puxta va aniq
javob bera olishi kerak.
Demak, magistraturaning nihoyatda mas’uliyatli va hayajonli boqichi, bu
dissertasiya himoyasi ekan. Shu sababli ham dissertant o’z ITI jarayoni va qo’lga
kiritilgan natijalar, ularning nazariy, amaliy ahamiyatlari haqida chuqur tasavvurga
ega bo’lish kerak ekan. Bunda Davlat attestasiyasi huzurida tadqiqotchining
dissertasiyasini himoya qilish uchun tayyorlagan nutqi va uning matni puxta
ishlangan bo’lishi kerak. Bu orqali magistrantning ilmiy salohiyatiga ham baho
beriladi.
Dissertant o’z nutqida asosan quyidagilarga e’tibor bersa yaxshi bo’ladi:
o. kirish qismidagi ma’lumotlardan qisman fikrlar olinadi (mavzuning
dolzarbligi, ilmiy muammo, tadqiqot maqsadi va metodologik usullar);
p. dissertasiya boblari va ularning mazmunlari haqidagi ma’lumotlar;
q. dissertasiya bo’yicha xulosalar;
r. dissertasiya natijalaridan ilm-fan yoki amaliy faoliyatda foydalanish uchun
tavsiyalar.
Dissertant bundan keyin keladigan savol-javobga ham puxta tayyorlangan
bo’lishi va himoya jarayonida berilgan savollarga javoblar qisqa, ochiq, to’liq va
dalillar asosida bo’lishi lozim, shuningdek, himoyaning keyingi bosqichidagi
opponent birorta fikrga aniqlik kiritish maqsadida u bilan munozaraga kirishish
zarur bo’lib qolganda, o’z mulohazalarini kamtarlik, aniqlik bilan har tomonlama
asoslangan fikr va dalillarni keltirish zarur. Bu ilmiy munozara madaniyatining
asosiy omillaridan biridir.
Dissertasiya materiallarini (jadval, rasm, grafik, kom-pyuterli tizim va h.k.)
ham puxta tayyorlash kerak va ularni texnik vositalar yordamida hamma uchun
ko’rinarli va tushunarli qilib ishlatishga dissertant va himoya joyi tayyor bo’lmog’i
lozim.
Himoya quyidagi tarzda o’tkaziladi:
1. Himoya Davlat attestasiya komissiyasi yig’ilishida o’tkaziladi.
2. Komissiya dissertant va dissertasiya haqida ma’lumot beradi.
3. Dissertantga ma’ruza uchun so’z beriladi.
4. Dissertant bilan komissiya a’zolari o’rtasida savol-javob jarayoni bo’ladi.
5. Dissertasiyaga kelgan taqrizlar o’qib eshittiriladi.
6. Taqrizlardagi ko’rsatilgan kamchiliklarga javob berish uchun dissertantga
so’z beriladi.
7. Opponent(lar)ga so’z beriladi.
8. Opponentning ko’rsatgan kamchiliklariga dissertant o’z javoblarini bildiradi.
9. Dissertasiya himoyasi yuzasidan munozaralar bo’ladi.
10.
Dissertasiya ilmiy rahbariga so’z beriladi.
11.
Sanoq komissiyasi saylanadi.
12.
Sanoq komissiyasi himoya natijasi bo’yicha yashirin ovoz bilan
himoyani baholaydi.
13.
Sanoq komissiyasi natijani e’lon qiladi.
14.
Dissertantga yakunlovchi so’z beriladi.
15.
Yakunlovchi so’zni komissiya raisi gapiradi.
Himoya oxirida Davlat attestasiyasi komissiyasi a’zolarining yopiq yig’ilishda
ochiq ovoz berish yo’li bilan himoya yakuni ko’rib chiqiladi va keyin ITIga
qo’yilgan baho e’lon qilinadi va himoya bo’yicha komissiya ishi yakunlanadi.
TAJRIBA – SINOV ISHLARI MONITORINGI
Pedagogik monitoring esa mazmuniga ko’ra quyidagilarni o’z ichiga
oladi:
ta’lim oluvchida psixo-fiziologik test o’tkazish va ular orqali ta’lim
oluvchilarda siljish (dinamikasi) haqidagi fikrlarni shakllantirish;
ta’lim oluvchilarni didaktik testdan o’tkazish va ular orqali mavjud
ma’lumotlardan foydalanish hamda tahlil qilish ko’nikmasini ta’lim oluvchilar
ongida shakllantirish;
ta’lim oluvchilar ongida mavjud ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va
kerakli maqsadlar bo’yicha keyingi bosqichga uzatish ko’nikmalarini
shakllantirish;
ta’lim oluvchilarda va ta’lim beruvchida oraliq nazorat natijalarini
baholay bilish ko’nikmalarini shakllantirish;
ta’lim jarayonida dastur-uslubiy ta’minotni joriy qilish natijalarini
muntazam ravishda DTS talablaridagi BKM bilan solishtirib borish va oraliq
natijalari tahlili bo’yicha ta’limni boshqarishga tavsiyalar berish.
Har qanday pedagogik tadqiqot jarayonida oxirgi natija tadqiqot muammosi
maqsadiga erishganlikni ifodalash imkonini beradi. Bunda ham maqsadga
erishganlik, tadqiqot va TSI rejasi, ulardagi tadqiqot metodlari va vositalari
aloqadorliklari e’tiborga olinadi. Bular asosida pedagogik tadqiqotlarning (TSIni)
monitoringini aniqlashni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirish mumkin:
tadqiqot obyektni bo’yicha dastlabki ma’lumotlarni yig’ish va sinf
(tizim)larga ajratish;
ma’lumotlar hajmini va qamrovini aniqlash (nazariy, amaliy, spravochnik va
h.k.);
tadqiqot uchun ishlatiladigan ma’lumotlar (ko’rsatkichlar) orasidagi
bog’lanishlarni aniqlash, asosiy va asosiy bo’lmagan ko’rsatkichlarni aniqlash;
ko’rsatkichlarni aniqlash va o’zgarish sohalarini aniqlash;
tadqiqot kechishi jarayoni va ular orasidagi TSI jarayonining tashkiliy-
tuzilmaviy modelini o’rnatish;
hosil qilingan bog’lanishlarni algoritmlar va boshqa analitik ifodalar
yordamida modellashtirish hamda ulardagi o’xshashlik shartini asoslash;
yaratilgan ilmiy ishlanmalar (algoritm, model, qonun, qoida, metod,
metodologiya, texnika, texnologiya va h.k.)dan TSIda foydalanish mezonlarini
aniqlash;
muntazam ravishda TSIdagi tajriba jarayoni monitoringini kuzatib borish va
lozim topilganda kerakli rostlash ishlarini amalga oshirish.
Ushbu ketma-ketlik bo’yicha TSI tashkillashtirish va uyushtirish, shubhasiz,
ITI (TSI)dagi muammo yechimini topishning optimal yo’li kafolatlanadi.
Endi pedagotgik monitoringini aniq tadqiqotlarda hisobga olish jarayonini
ko’rib chiqaylik. Bu yerda ta’lim sifatini pedagogik monitoringni amalga oshirishga
qisqacha to’xtalamiz.
Aytaylik, monitoringni dasturli-uslubiy ta’minoti va tadqiqot texnologiyalari
asosida muhokamadan o’tkazish va amaliy faoliyatda ulardan foydalanish
maqsadida tadqiqot natijalarini quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha ekspert baholash
amalga oshirilsin.
I. ITIning metodologik asoslari quyidagilar:
-«ta’lim», «ta’lim texnologiyasi», «ta’lim sifati», «ta’lim sifati monitoringi»
tushunchalarini ifodalashda aniqlik;
- «ta’lim sifati» ko’rsatkichlarini tanlashdagi aniqlik.
II. Ta’lim sifati monitoringini aniqlashdagi taklif etilayotgan milliy
tadqiqot vositalari va metodlarining ITI va ayniqsa TSI tashkillashtirish,
qanday uyushtirishga mosligi (yaroqliligi) aniqlash.
III. rejalashtirilayotgan ta’lim monitoringini dasturiy-uslubiy ta’minoti
mavjudligi va ularning ITI jarayoniga mosligini aniqlash.
IV. Ta’lim sifati pedagogik monitoring texnologiyasining ITI jarayoniga
mosligini aniqlash. Ularni quyidagi bosqichlar bo’yicha amalga oshiriladi:
tayyorlov bosqichi; ijro etish bosqichi; umumlashtiruvchi bosqich.
Endi pedagogik tadqiqotlar olib borishda nazariy tadqiqotlar va TSI ta’lim sifati
monitoringini amalga oshirishning quyidagi tashkiliy-pedagogik shart-sharoit-larini
yaratib olish lozim bo’ladi:
monitoringning ilmiy-axborotli ta’minoti, ularning ITI va TSI jarayonlariga
mos holda tizimlarga ajratish;
monitoringning
tashkiliy-texnik
ta’minlanganligi
(blankalar,
anketa-
so’rovlari, kuzatish varaqalari, shaxsiy so’rovnomalar, testlar, baholash mezonlari,
oraliq va umumiy natijalar haqidagi ma’lumotlar, kompyuterlar va h.k.);
monitoringni tashkiliy-texnologik ta’minlangan-ligini aniqlash;
monitoringni tashkiliy-metodik ta’minotini aniqlash;
monitoringni tashkiliy-analitik ta’minoti.
Yuqoridagi bayon etiilganlarga asoslanib umumlashtirish asosida quyidagi
xulosalarni keltirish mumkin:
pedagogik tadqiqotlar natijalarini tajriba qismida sinash, umumlashtirish,
ta’lim sifati monitoringining algoritmik tizimini va texnologiyasining amaliyligini
va ishonchliligini ilmiy-uslubiy jihatdan asoslash imkonini beradi;
ta’lim sifatining optimal darajasini kafolatlovchi ko’rsatkichlar–omillar
majmuasining nazariy tahlilini TSIga asoslanib xulosalash mumkin;
ta’lim sifati monitoringini optimal variantini tanlashda uning yuqorida
ifodalangan tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarga asoslanib ish olib borilsa,
maqsadga yetib borish kafolatlanadi;
nazariy tahlil va TSI natijalari, ularning statistik tahlili hamda ko’rsatkichlar
orasidagi aloqadorlik qonuniyatlari asosida to’laqonli ta’lim sifati monitoringini
olib borish mumkin.
ILMIY FARAZNING NATIJALARINI STATISTIK
BAHOLASh METODOLOGIYaSI
Amaliyotda ko’pincha Х belgili bosh to’plamning noma’lum taqsimot
qonunini bilish kerak bo’ladi.
Agar taqsimot qonuni biror tayin
F(x)
ko’rinishiga ega deb taxmin qilishga
asos bo’lsa, u qolda quyidagi gipoteza ilgari suriladi: Х -belgili bosh to’plam
F(x)
ko’rinishli taqsimotga ega.
Agar taqsimot qonunining ko’rinishi ma’lum, ammo unda noma’lum
parametr bo’lsa, noma’lum parametr tayin
0
qiymatga teng degan gipotezani
qo’yish mumkin.
1-ta’rif. Statistik gipoteza deb, noma’lum taqsimotning ko’rinishi haqidagi
yoki ma’lum taqsimotning noma’lum parametri haqidagi gipotezaga aytiladi.
2-ta’rif. Nolinchi gipoteza deb ilgari surilgan (qo’yilgan) N0 gipotezaga
aytiladi.
3-ta’rif. Konkurent (zid) gipoteza deb N0 gipotezaga zid N1 gipoteazga aytiladi
4 - ta’rif. Statistik kriteriy (yoki odiygina kriteriy) deb N0 gipotezani qabul
qilish yoki qabul qilmaslik haqidagi qoidaga aytiladi.
Bu qoida quyidagidan iborat: Buning uchun qandaydir
)
,...,
,
(
2
1
Хn
Х
У Х
statistika olinib, uning (aniq yoki taqribiy) taqsimoti asosiy gipoteza o’rinli
bo’lganda topiladi.
So’ngra statistikaning qiymatlar sohasi ikkiga ajratiladi. Agar statistikaning
kuzatilgan qiymati birinchi sohaga tushsa, N0 gipoteza qabul qilinadi, agar
ikkinchisiga tushsa N0 gipoteza qabul qilinmaydi. Birinchi soha gipotezaning qabul
qilinishi sohasi, ikkinchi soha kritik sohasi deyiladi.
)
,...,
,
(
2
1
Хn
Х
У Х
statistikaning qabul qilishi mumkin bo’lgan barcha qiymatlari
biror intervalga tegishli bo’ladi. Shu sababli kritik soha va gipotezaning qabul
qilinish sohasi ham intervallar bo’ladi. Ularni nuqtalar ajratib turadi. Bu nuqtalar
kritik nuqtalar deyiladi va Ukr bilan belgilanadi.
Kritik sohalar quyidagicha bo’lishi mumkin:
a) o’ng tomonlama kritik soha:
У Укр
b) chap tomonlama kritik soha:
У Укр
v) ikki tomonlama kritik soha:
У Укр
)
,...,
,
(
2
1
Хn
Х
У Х
statistikaning kritik sohaga tushish ehtimoli uning aniqlik
darajasi deyiladi.
Gipotezani statistik tekshirish natijasida ikki xil xatoga yo’l qo’yish mumkin.
Birinchi tur xato shuki, bunda to’g’ri gipoteza qabul qilinadi.
Ikkinchi tur xato shuki, bunda noto’g’ri gipoteza qabul qilinadi.
5-ta’rif. Mezonning quvvati deb konkrent gipoteza o’rinli bo’lish shartida u
mezonning kritik sohaga tushishi ehtimoliga aytiladi.
Kriteriyaning quvvati qanchalik katta bo’lsa, ikkinchi tur xatoga yo’l qo’yish
ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi.
Endi masalaning qo’yilishini quyidagi misol asosida bayon qilamiz:
Misol 1.Ikkita korxona elektr yoritgich lampasi tayyorlayotgan bo’lsin.
Birinchi korxona (A) tayyorlayotgan elektr yoritkich lampalar yaroqliligi X,
ikkinchi korxona (V) tayyorlayotgan elektr yoritkich lampalar yaroqliligi U bo’lsin.
X va U larni normal, teng taqsimlangan va o’zaro bog’liq emas deb hisoblash
mumkin. Demak, bular orqali Gx va Gy larni topish mumkin. Har bir korxonadan 50
donadan elektr yoritkich lampa olingan va ular yaroqliligi tekshirilganda elektr
yoritkich lampalarning o’rtacha yaroqliligini quyidagicha ifodalash imkonini berdi:
Х - birinchi korxona (A) uchun;
в
У - ikkinchi korxona ( V) uchun .
Bu yerda
b
bo’lib, o’rtacha mustahkamliklar orasida farq mavjudligini
ko’rsatadi. Endi ular orasidagi farqni tekshirish lozim bo’ladi, ya’ni ular tasodifiymi
yoki ahamiyatlimi? Buning uchun bu farqni tasodifiy, ya’ni, mustahkamlikning
haqiqiy o’rtachasi buzilish bilan to’g’ri keladi degan gipotezani o’rtaga tashlaymiz.
U holda boshlang’ich gipoteza – N0 quyidagicha ifodalanishi mumkin:
МХ МУ
Bu gipotezalarda Z
2
2
)
(
)
(
y
x
G
G
n
У
X
У
X
D
У
X
Z
miqdor
)1,0
N(x;
qonun bo’yicha taqsimlanadi.
Aniq tanlash z uchun Z ning qiymatini beradi. Agar
z z
bo’lsa, u holda z
kritik sohada yotadi. U holda bir martalik sinov natijasida ehtimoli dan kichik
bo’lgan hodisa ro’y beradi va
МХ МУ
gipoteza qabul qilinmaydi, hamda
kuzatilayotgan farq yetarli darajada katta deb hisoblanadi.
Agar
z z
bo’lsa, u holda ilgari surilgan gipoteza qabul qilinadi.
TAJRIBA-SINOV IShLARI NATIJALARIGA
IShLOV BERIShDA
MATEMATIK STATISTIKA METODLARI
Tanlamalar haqidagi materiallar asosida N0 – boshlang’ich gipotezani
tekshirish talab qilingan bo’lsin. N0 – boshlang’ich gipotezalarga quyidagilar misol
bo’lishi mumkin:
taqsimot ma’lum parametrlarining tengligi haqidagi gipoteza;
tenglik haqidagi taqsimot qonunlari;
ikki tasodifiy miqdorning korelliyasion bog’lanishga ega emasligi va shu
kabilar.
Bunday ko’rinishdagi gipotezalarni tekshirishda odatda nazorat qilinadigan
miqdor ( qiymat) – T e’tiborga olinadi va u tanlangan va masalasiga mos bo’ladi.