Magistrlik dissertasiyasini tayyorlashda tadqiqot metodikasini tayyorlash
Yuklangan vaqt
2024-07-28
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
49,5 KB
Magistrlik dissertasiyasini tayyorlashda tadqiqot metodikasini tayyorlash
Mavzu rejasi:
1. Magistrlik dissertasiyasini tayyorlashda tadqiqot metodikasini tayyorlash.
2. Eksperiment va uning turlari. Ta’kidlovchi va ta’limiy eksperimentlar va ularni
faqlari.
3. Tadqiqot bazasini tanlash. Tadqiqot obyekti, predmeti va maqsad, vazifalari.
Tadqiqot metodlari.
ILMIY TADQIQOT ISHIGA TEGISHLI MA’LUMOTLARNI
O’RGANISH VA ISHCHI FARAZNI ASOSLASH
Ilmiy tadqiqot ishilarining dastlabki bosqichi o’zidan oldingi erishilgan (fan,
ta’lim, texnika va texnologiya sohalaridagi hamda amaliyotda) yutuq va
kamchiliklarni o’rganish, tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish hamda yondosh
sohalar ma’lumotlarini ham o’rganishdan boshlanadi. Ayniqsa, pedagogik
tadqiqotlarda bularga qo’shimcha ravishda muammo yechimini izlashga zamonaviy
texnika va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini baholashni ham talab
qiladi. Bu borada tadqiqotchi yuqoridagi bosqichni o’tamasa, ishlangan
muammolarni ishlashga to’g’ri kelib qolishi mumkin va ayrim hollarda mavjud
ishlanmalarga nisbatan soddaroq (pastroq darajadagi) ishlanmalarga urinish hollari
ham uchrab qolishi mumkin. Shu sababli ham bu dastlabki bosqich ilmiy tadqiqot
ishilarning asosiy bosqichlaridan biri bo’lib, uning samarali bo’lishi tadqiqotchining
ilmiy salohiyatining yuksakligiga va ustozining (ilmiy raqbarining) keng qamrovli
bilimga ega bo’lishiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Demak, bu jarayon ham o’ziga
xos murakkabliklarga ega, chunki bu bosqich orqali ilmiy tadqiqot ishiga
«poydevor» qo’yilishi boshlanadi. Ya’ni muayyan soha bo’yicha e’lon qilingan juda
katta hajmdagi ma’lumotlarni to’plash, ularni sinflab biror tizimga keltirish va ularni
axborotga aylantirish lozim bo’ladi.
ilmiy tadqiqot ishini olib borishda mazkur muammo, asosan ikki bosqichda olib
boriladi. Quyida biz ular to’g’risida qisqacha to’xtalamiz.
Birinchi bosqich–tadqiqot manbai va unga tegishli ma’lumotlarni izlash.
Ushbu bosqichdagi ilmiy tadqiqot ishida manbani o’rganish adabiyotlarni
(monografiya, maqola, tezis, referat va h.k.) izlashdan boshlanadi. Bunda, ayniqsa,
monogorafiyalar va ilmiy anjumanlar materiallari o’rni beqiyos.
Ma’lumki, monografiya to’liq bibliografik ko’rsatkichga ega bo’ladi va ayni bir
muammo yechimiga bag’ishlangan bo’ladi, shuningdek ilmiy anjumanlardagi
ma’lumotlar ham muayyan muammoga (yo’nalishga) tegishli eng zamonaviy
natijalar bo’ladi. Shu sababli ham bular orqali tadqiqot qilinadigan muammoga
zamonaviy istiqbolli yondashuvlarni (zamonaviy tadqiqot usuli bilan tanishish)
bilish va asosiy adabiyotlar bilan tanishish imkoniyati tug’iladi. Umuman olganda,
ushbu bosqichni quyidagi ketma-ketlikda olib borilsa ijobiy samaralarni qo’lga
kiritish mumkin:
bibliografik ko’rsatkichlar bo’yicha ish yuritish. Ularda muayyan
muammoga tegishli ilmiy, ilmiy-uslubiy jihatdan tayyorlanib, keng tarqalishiga
erishilgan kitoblar, o’quv qo’llanmalari, usulabiy tavsiyanomalar va ko’rsatmalar,
brashyuralar, davriy ilmiy va ilmiy-uslubiy jurnallardagi maqolalar, ilmiy
anjumanlar materiallar (maqolalar, tezislar), dissertasiyalar, avtoreferatlar va shu
kabilarga e’tibor beriladi;
fan va texnikaning muayyan muammoga tegishli referativ jurnallarini va
informasion varaqalarni hamda boshqa ommaviy axborot vositalaridagi
ma’lumotlarni o’rganish;
muayyan muammoga tegishli jurnallardagi ma’lumotlarni muntazam
ravishda o’rganib va kuzatib borish;
institutlar ilmiy ishlari bo’yicha maqolalar to’plamlarini va an’anaviy ilmiy-
amaliy anjumanlari materiallarini muntazam ravishda o’rganib borish;
«INTERNET» xalqaro tarmog’idan muayyan muammo yechimiga
bag’ishlangan axborotlarni to’plash va o’rganish.
Ma’lumot manbalarini izlash (kutubxona, ilmiy anjumanlarga qatnashish,
«INTERNET» tarmog’ida shug’allanish, respublika va mintaqaviy ilmiy markazlar
faoliyatidan o’rganish, ilmiy tadqiqot institutlaridan foydalanish, tadqiqot
manbaidagi suhbat uyushtirish, anketa savollariga javoblar olish va h.k.)
tadqiqotchining ilmiy tadqiqot ishiga qanday jalb qilinganlik harakatiga bog’liq va
u ilmiy faoliyatning uzviy bosqichi bo’lib, salmoqli o’ringa ega bo’ladi.
Ikkinchi bosqich–yig’iladigan ma’lumotlarni axborotlarga aylantirib, ularni
o’rganish bosqichi. Bunda olinadigan axborot (kitobning muallifi, nomi, sarlavhasi,
chiqqan vaqti, nashri, o’quv adabiyoti turi va h.k.) muayyan muammo yechimiga
mos aniq tizimga keltirilgan bo’lmog’i lozim. Zamonaviy adabiyotlarda (kitoblarda)
annotasiya shartiy holda bo’ladi. Agarda tanishilayotgan materiallarning kerakligi
aniq bo’lib qolsa, uni yana yaxshilab o’qib, tahlil qilib chiqish kerak. Tahlil paytida
quyidagi ketma-ketlikka rioya qilinsa, yaxshi bo’ladi: (Mavzu: o’rganilayotgan
muammo) (Asosiy mazmuni maqsadi- mohiyatimuammo yechimi va unga
bog’liq ko’rsatkichlar yechimlar topishda ishlatiladigan mezonlar, farmonlar
qonunlar) (qo’yilgan muammoning izlanayotgan yechimiga mos ishlanmalar
mavjudligi) (tahlil natijasi orqali qaralayotgan muammo yechimiga yetishga
bo’lgan ta’sir bahosi).
Tahlil tanqidiy nuqtai nazardan qaraladi va o’rganilayotgan manbaga nisbatan
yutuq hamda kamchiliklar baholanadi. Shular asosida ishchi farazni ifodalab olish
imkoniyati tug’iladi.
Ishchi faraz–kuzatilgan omilning jarayonning yoki hodisaning ehtimoliy,
bashoratli, faraziy rivoji keltirib chiharadigan tadqiqotchi tomonidan asoslab
aytilgan fikr, qarash.
Ilmiy farazni shakllantirishda mavjud bilimlar (tahlil qilingan) chegarasidan
chiqadigan yangi mazmunli holatlar ifodalanadi va ehtimoliy faraziy holatlarda
yangi g’oyalar, qarashlar, ta’limotlar olg’a suriladi. hamda ular assosida yangi ilmiy
natijalar paydo bo’lishi rejalashtiriladi.
Ilmiy faraz ilm-fanni rivojlantirishda va ilm-fan mazmunini boyitishda muhim
omil bo’lib hisoblanadi. Ilmiy faraz dastlab ilmiy fikrga asoslangan bo’lib, ichki his
va sezgi bilan olg’a suriladigan shaklda paydo bo’ladi, chunki ilmiy dunyoharash
(tafakkur)siz fan –texnikada hyech bir ilmiy g’oya (fikr, ta’limot, qarash,
qonuniyat)ni shakllantirib bo’lmaydi. Ammo aniq bir hodisa yoki jarayon yoki
predmet, xullas manba to’g’risidagi taxmin yoki fikr ilmiy faraz bo’la olmaydi.
Faqatgina quyidagi shartlarni qoniqtira oladigan taxminlar ilmiy faraz bo’la olishi
mumkin:
tahlil natijasida shakllangan xulosa taxminlarning barchasiga teskari
bo’lmasligi kerak;
shakllangan xulosaning ro’y berish ehtimolligi asoslangan bo’lishi kerak;
shakllangan xulosaning nechog’lik muammo yechimiga erishishiga ta’sir
ko’rsata olishgiga e’tibor qaratilib, unga muammo yechimiga yetgunga qadar suyana
olishga imkoniyat yaratilgan bo’lishi lozim;
ishchi faraz tadqiqot manbaiga mos muammo yechimiga erishishni
ta’minlamog’i lozim;
ishchi faraz ilmiy tadqiqot ishining asosiy sharoitlarini, harakatlantiruvchi
kuchini aniqlaydi.
Ishchi faraz, ilmiy tadqiqot ishining rivoji va hyech bo’lmaganda shunga yaqin
natijani qo’lga kiritishni o’z zimmasiga oladi. Ammo buni olg’a surilgan faraz
nazariy va amaliy asoslangandan keyingina olish mumkin, ya’ni ilmiy tadqiqot ishi
jarayonida asoslangan, tasdiqlangan va rivojlangan ishchi faraz ilmiy nazariyaga
o’sib o’tadi.
To’liq ilmiy asoslangan, taqliliy ishchi faraz keyingi ishlarni rivojlantirishda
muhim bosqich bo’ladi, chunki har qanday ilmiy tadqiqot ishida nazariy va amaliy
qism bo’lib, ular tadqiqot manbaini tasdiqlaydigan aniq ko’rsatkichlarga
(omillarga, vositalarga, parametrlarga) ajratish imkonini beradi. Bulardan tashqari
ishchi faraz ilmiy tadqiqot ishining asosiy poydevorlaridan biri bo’lib, uning
yordamida ilmiy tadqiqot ishini to’g’ri boshhqarladigan dastlabki analitik ishchi
faraz shakllantiriladi va shu asosda muammo yechimi bo’yicha ilmiy izlanishlar
boshlab yuboriladi.
UMUMILMIY TADQIQOTLARNI OLIB BORISh
Umumilmiy tadqiqotlar xususiy ilmiy tadqiqotlar uchun metodologik asos
bo’lib xizmat qiladi.
Umumilmiy tadqiqotlar inson aqliy faoliyatining ma’lum (aniq) maqsadga
yo’naltirilgan ijodiy harakatlari majmuasidan iborat bo’lib, hodisa va narsalar
o’rtasidagi aloqadorlik hamda taraqqiyot qonuniyatlarini yaratishga mo’ljallangan
ijodkorlikdir.
Bundan ko’zlangan maqsad hodisa yoki jarayon to’g’risida yangi bilimga ega
bo’lish, uni takomillashtirish va ular asosida qo’yilgan muammo bo’yicha yangi
metodologiya (metod, usul, texnologiya) va texnika yaratishdan iboratdir.
Demak, ilmiy tadqiqot, bilimlarning ma’lum algoritmik tizimidan iborat
emas. Shu sababli ham umumilmiy tadqiqotlar atrof dunyoni bilishda kishilar o’z
bilimlarini, ilmiy dunyoqarashini oshirish maqsadidagi aqliy-ijodiy faoliyati, deb
aytish mumkin. Chunki ular yangi bilimlarni paydo qiladi. Umumilmiy
tadqiqotlarning rivojlanishi natijasida ilm-fanning yangi yo’nalish va sohalarining
(kibernetika, kosmonavtika, bionika, ergonomika, informatika, globalistika, sun’iy
intellekt…) tashkil topishini, hosil bo’lgan bilimlarni ma’lum qonuniyat asosida
tizimlashda hamda ulardan bilish faoliyatini takomillashtirishda namoyon
bo’lishidan sezish mumkin. Umumilmiy tadqiqotlar ham maxsus ilmiy va ilmiy-
pedagogik muassasalarda, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida va ilmiy-texnik
markazlarda rivojlantiriladi. Ular: ilmiy tadqiqot institutlari; ilmiy-texnikaviy
markazlar; ilmiy ishlab-chiqarish birlashmalari; maxsus yo’nalishga ega bo’lgan
hisoblash markazlari; oliy o’quv yurtlari; maxsus loyiha-konstruktorlik byurolari
(institutlari), shuningdek ilmiy laboratoriyalarda fanimiz fidoyilari tomonidan olib
boriladi.
«Yig’ilgan ilmiy bilimlar tizimi ilmiy tushuncha, gipoteza, qonun, nazariya,
g’oyalarda yig’ilgan bo’lib, kitob, jurnal va boshqa ommaviy matbuotlarda
keltiriladi va unda quyidagilar xarakterlanadi:
-natijalarning ilmiy faoliyatliligi, umuminsoniyatga taaluqli bilimlar
yig’indisi bu hammaga bir va har kim o’ziga zarurini ola-oladi (hamma xalq);
-ilmiy fikrlarning tekshirilgan bo’lishi va har biri qayta tekshirilishga yaroqli
bo’lishi shart;
-hodisalar ehtimoli bilan o’ta bog’liq bo’lishligi, boshqa tadqiqotchi ham uni
takrorlay oladigan bo’lishi shart;
-bilim sistemasining turg’unligi» [1].
Endi bevosita umumilmiy tadqiqotlarni olib borish ketma-ketligiga
to’xtalamiz:
I. Obyekt: Bu har qanday ilmiy tadqiqotda asosiy bosqich bo’lib, bunda
obyektni tanlash va asoslash ko’zda tutiladi. Obyektni tanlashda quyidagi ikki
holatni hisobga olish kerak:
tadqiqot obyektlarining tadqiqot olib borish uchun o’rganilishi zarurligi
va muhimligi; obyektni o’rganish zarurligi ko’proq fundamental (ilmiy-nazariy)
tadqiqotlarga xos va obyektning o’rganilishi muhimligi esa ilmiy-amaliy (ilmiy-
uslubiy, ilmiy-metodik va shu kabi) tadqiqotlarga xos bo’ladi.
Fundamental tadqiqotlar jamiyat uchun (umuminsoniyat uchun) istiqbolli
yo’nalishdagi (sohadagi) keng qamrovli tadqiqot olib borishga mo’ljallangan bo’lib,
u ilm-fanning asosiy vazifasini va xalqning turmush darajasini yuqori saviyaga
yetkazishni ta’minlovchi amaliy tadqiqotlar asosidir.
Ilmiy-amaliy tadqiqotlar ko’proq xalq xo’jaligining muhim sohasidagi
vazifalarning yangi pog’onalarga ko’taradi. Jumladan, ta’lim-tarbiya jarayonining
mazmun-mohiyatini, o’qitish uslubini va texnologiyasini yangi istiqbolli pog’onaga
ko’taradi yoki ishlab chihariladigan mahsulotning ishlab chiqarish qiymatini
pasaytiradi, mustahkamligi (yaroqliligi)ni kuchaytiradi, shuningdek foydalanishga
qulayligini ta’minlaydi yoki biror texnologik jarayon kechishining optimal varianti
tanlanadi yoki biror texnika ishlab chiqariladi, yoki ishlab chiqilgan texnika
takomillashtiriladi va h.k.
vaqtning chegaralanganligi: har qanday tadqiqotni olib borishda, unda
muammo qo’yilishi va vazifalarni e’tiborga olgan holda ma’lum bir chegaralangan
muddat bo’lishi shart, aks holda ish rejasiz bo’lib, vaqtlar o’tishi bilan tadqiqiot
dolzarbligi o’z ahamiyatini yo’qotishi mumkin. Ayniqsa, ilmiy-amaliy tadqiqot
ishlarida, obyektni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi va hattoki tajriba-sinov
ishlarini olib borishda vaqtning optimal chegarasini tanlash tadqiqot samaradorligini
ta’minlash mezoni ham bo’lib olishi mumkin. Aytaylik pedagogik tajriba sinov
ishlari (TSI)ni iyul va avgust oylariga rejalashtirildi. Bu maqsadga muvofiqmi?
Yoki g’alla ekishda olib boriladigan TSIni saratonga belgiladik. Bu to’g’ri yo’lmi?
Demak, obyekt va u bilan olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishi mazmun-mohiyati
o’zaro aloqadorlikda olib borilishi lozim, biri ikkinchisisiz faoliyat yuritilsa,
samarasiz, vaqt me’yorisiz ilmiy faoliyat yuzaga kelib, ularda ilmiy yangilik
bo’lishining o’zi ham alohida muammoga aylanadi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, tadqiqot obyektini faqat «predmet»: asbob-
uskuna, moslama, mexanizm, mashina va shu kabilar ko’rinishida tushunish kerak
emas, balki u algoritm, usul, metodologiya, texnologiya, tamoyillar, qonunlar,
qoidalar ishlab chiqarish jarayoni ham bo’lishi mumkin. Faqatgina ayrim
tadqiqotlarda tadqiqot obyekti bilan predmeti ustma-ust tushishi mumkin. Ular
ayrim yangi modda, qurilma, asbob va h.k.ni hosil qilishda uchrashi mumkin.
II. MAQSAD-VAZIFA: Bunda tadqiqot yo’nalishi (sohasi), mavzu tanlanib,
uning dolzarbligi asoslanadi va maqsad ifodalanadi. Ma’lumki, har qanday ilmiy
tadqiqot ishida maqsad aniq bo’lmas ekan, ishning oxirgi natijaga yetib borishi
kafolatlanmaydi yoki tizimiy ilmiy tadqiqot ishi ham bo’la olmaydi. Ilmiy tadqiqot
ishi tizimiy bo’lmadimi, unday ishda samara ham bo’lmaydi.
Demak, maqsad – tadqiqotchi ilmiy faoliyatda yetib borishi kerak bo’lgan
«ufq»ni belgilaydi. Bu «ufq»qa yetib borish uchun esa maqsadlar ketma-ketligini
belgilab olish kerak va ular vazifalar deb ataladi.
Tadqiqot vazifalarining, hattoki, tanlab olingan tadqiqot obyektida ajratib
olinadigan soni, amaliy jiqatdan cheksizdir. Bu cheksizlik maqsadlari ketma-
ketligini ifodalanishiga qarab o’zgarib boraveradi. Demak, har qanday ilmiy
tadqiqotda mavzu dolzarbligi, obyekt, maqsad, vazifa, metodologiya aniq bo’lsa,
ilmiy tadqiqot ishini olib borish mumkin. Uni umumiy ko’rinishda quyidagicha
ifodalasa bo’ladi (4.11.1-shakl).
X1
TADQIQOT Y1
X2
OBYeKTI Y2
Xn
)
,
(
F X T
Yn
4.11.1-shakl. ITIni yuritishning umumiy ko’rinishi.
Ushbuni quyidagicha ifodalash mumkin:
Хn
Х
Х
Х
,...,
,
2
1
- tadqiqot obyekti uchun kirish ma’lumotlar (axborotlar);
Уn
У У
У
,...,
,
2
1
- tadqiqot obyekti uchun chiqish ma’lumotlar (axborotlar);
Тn
Т Т
Т
,...,
,
2
1
- tadqiqot obyektiga tashqi ta’sirlar.
Bundan, tadqiqot obyektining ilmiy faoliyat davomidagi ishini quyidagicha
ifodalash mumkinligi kelib chiqadi:
)
,
(
F X T
Bu umummetodologik metod ham bo’lib, har qanday ilmiy tadqiqot ishi
ushbu qonuniyat asosida amalga oshirilida. Shuning bilan birga ushbu tipdagi
tadqiqot ishlarini olib borishda quyidagi bosqichlar muhim ahamiyat kasb etadi:
1. Tahlil(analiz): Bu bosqichda ilmiy tadqiqot jarayoni uchun kirish
ma’lumotlar (axborotlar, ayrim hollarda ko’rsatkichlar) va ularni qayta ishlovchi
ilmiy tadqiqot ishini olib borish faoliyati (qonun, qoida, usul, texnologiya va h.k.)
qoidalari F (obyekt qurilmasi) berilgan bo’ladi. Bundan maqsad chiqish natijalarini
aniqlashdir. Ko’pchilik tadqiqot obyektlarida tahlil bosqichini bajarish dastlabki
ishlardan biri hisoblanadi.
MAQSAD VA UNGA
MOS VAZIFALAR
2. SINTEZ: Ushbu bosqichda qonuniyat (F) va obyektning tuzilishini
aniqlash ishlarini hal etadi.
3. KORREKSIYA (TUZATISHLAR KIRITISH): Bu bosqichda asosan
kirish ma’lumotlari
i
X va ularni qayta ishlash F qonuniyati orqali chiqish
natijalarini
i
У ni olish jarayoni faoliyat ko’rsatadi.
4. BARQARORLIK: Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish davomida
nazorat qilinmaydigan tashqi omillar (ko’rsatkichlar, parametrlar, masalan, harorat,
namlik va h.k.) o’zgarmas hisoblanadi va ular boshqarilmaydigan omillar deb
hisoblanadi. Ammo ularning amaliyotdagi o’zgarishi ilmiy tadqiqot ishiga ta’sir
ko’rsatadi, chunki tadqiqot jarayonidagi shart-sharoitlar mazkur ishning samarali
kechishida muhim rol o’ynaydi. Shu sababli ham barqarorlik, aniq (real) shart-
sharoitlarda ilmiy tadqiqotlarni bajarish tizimining ishga yaroqliligini ta’minlaydi.
III. MODEL: U tabiat va jamiyatdagi obyektlarda bevosita nazariy va amaliy
tadqiqotlarni olib borishda ilmiy tadqiqot ishining asosini tashkil etib, juda
murakkab tadqiqot bosqichi hisoblanadi. Shuning uchun ham ilm-fan faqatgina
obyektlar bilangina emas, balki ularning modellari bilan tadqiqot o’tkazadi. Bunda
olingan natijalar obyektlarda tekshirib ko’riladi, ya’ni adekvatmi yoki
identifikasiyalandimi degan talablarga javob berish yoki bermasligi aniqlanadi.
Bunda model tushunchasini keng ma’noda tushunmoq kerak. Odatda, model
tushunchasi tabiiy fanlarda ko’proq ishlatiladi. Shuning bilan birga model
tushunchasi bugungi kunda ijtimoiy-gumanitar fanlarda ham, shuningdek, san’atda
ham keng tarqalmoqda. Demak, model tushunchasining ma’nosi tadqiqot obyektiga
qarab turlicha bo’ladi.
Umuman olganda, model-tadqiqot obyektini oldindan tanlangan mezon,
qonun,
qoida
asosidagi
almashtirish
(o’xshash
qilib
ifodalash,
sifatiy
ko’rsatkichlarni mavhum qonuniyat o’zaro aloqalar asosidagi belgilar majmuasiga
almashtirish) usulidan iboratdir.
Umuman olganda, model yaratish obyektning analitik soddalashtirilgan
ifodasiga o’tish, ya’ni ob’ktni ma’lum bir axborotli jarayon bilan almashtirish
yordamida hosil qilinadi. Ba’zi hollarda obyekt tabiatan o’zi bilan bir xil bo’lgan