MAHALLANING PAYDO BO‘LISH TARIXI (Mahallaning tarixi va rivojlanish bosqichlari, Ijtimoiy institutlarning kelib chiqishi, mohiyati va mazmuni, Bolani rivojlanishida mahallaning o'rni)
Yuklangan vaqt
2024-04-28
Yuklab olishlar soni
14
Sahifalar soni
32
Faytl hajmi
56,3 KB
Ilmiybaza.uz
KURS ISHI
MAHALLANING PAYDO BO‘LISH TARIXI
Ilmiybaza.uz
MUNDARIJA:
Kirish…………………………………………………………………………..….2
I BOB. Mahallaning tarixi va rivojlanish bosqichlari. ………………………..6
1.1. Mahalla – moziy, bugun va kelajakni tutashtiruvchi maskan...………......….6
1.2. Ijtimoiy institutlarning kelib chiqishi, mohiyati va mazmuni........................11
II BOB. Mahalla davlat va jamiyat taraqqiyotining omili................................16
2.1. Mahalla – tarbiya maskani …………………………………………………..16
2.2. Bolani rivojlanishida mahallaning o’rni.....................................................….25
Xulosa …………………………………………………………………..….….…29
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….….……….31
Internet saytlar ro’yxati………………………………………………...………31
KIRISH
Ilmiybaza.uz
Mavzuning dolzarbligi: Yurtimizda azal-azaldan mahalla tarbiya o‘chog‘i
hisoblanadi.
Avloddan-avlodga
o‘tib
kelayotgan
milliy
qadriyatlarimiz,
xalqimizning turmush va tafakkur tarzini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashda uning
o‘rni va ahamiyati beqiyos. Mustaqillik yillarida mahalla institutining nufuzini
oshirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan ma’naviy
ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor vazifa sifatida belgilanib, mamlakatimizda
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda uning ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch
bo‘lib xizmat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli
chora-tadbirlar
bosqichma-bosqich
amalga
oshirildi.
Xususan,
milliy
davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar
yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarishning hududiy birliklari sifatida O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida mustahkamlab qo‘yildi.1 Yuzdan
ortiq normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
jamiyat hayotining muayyan sohasidagi ishtiroki o‘z aksini topdi. Birgina so‘nggi
besh yilda yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari
saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, mahallalar hamda
ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga oid 20 ga yaqin nizom qabul qilinib,
ijtimoiy hayotga tatbiq etildi. Shuningdek, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan
xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari hamda “Mahalla” ma’rifiy
teleradiokanali tashkil etildi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
bo‘yicha respublika kengashiga yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar
yig‘inlarining
uyushmasi
shaklida
tashkil
etish
nazarda
tutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va
shaharlarda tuzilgan kengashlarni esa Respublika kengashining tarkibiy tuzilmalari
sifatida tashkil etish belgilandi.
Kengashlarning nufuzi va maqomini oshirish, joylarda aholi tomonidan
ko‘tarilayotgan masalalarni ijro hokimiyati organlarining rahbarlari e’tiboriga
1 O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, - T.: «O'zbekiston»,2003.
Ilmiybaza.uz
yetkazish va mazkur masalalarni hal etish bo‘yicha ularning bevosita ishtirokini
yanada
kengaytirish
maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi
Bosh
vaziri,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar
hamda tumanlar va shaharlar hokimlari zimmasiga tegishincha Respublika kengashi,
hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilish vazifasi yuklatildi.
Kengashlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, sohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni
moliyalashtirish bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Respublika
kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari bir vaqtning
o‘zida “Mahalla” fondining tegishincha respublika boshqaruvi hamda hududiy
bo‘lim va bo‘linmalariga raislik qilishlari haqidagi tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, Farmonda yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xalqimizning ko‘p asrlik
an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni
ta’minlash, keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida
joylarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish
maqsadida Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha rais
o‘rinbosari, shuningdek Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar
ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha rais
o‘rinbosarlari lavozimlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida esa
jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan mahalla fuqarolar yig‘ini raisining
o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimini joriy etish nazarda
tutildi.2
Bundan tashqari, ijtimoiy muhim masalalarni hal etishda fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro
hamkorlikni kuchaytirish maqsadida kengashlar kollegial organlari tarkibiga
tegishincha davlat hokimiyati vakillik organlari vakillari, moliya, ichki ishlar,
mehnat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy
2 Fuqarolarning o‘zin o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida‖. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi,
T.:2003.
Ilmiybaza.uz
harakati, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, boshqa davlat va nodavlat
tashkilotlar hamda ularning hududiy tuzilmalari rahbar xodimlarini kiritish
mo‘ljallanmoqda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga
yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash maqsadida mahalla fuqarolar
yig‘ini Kengashi tarkibiga fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosarlarini (fuqarolar
yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha
maslahatchilarini), hududdagi profilaktika inspektorlarini, ta’lim muassasalari va
qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarini kiritish va ularning
o‘z faoliyati yuzasidan yilning har choragida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar
vakillarining yig‘ilishi)ga hisobot taqdim qilishlari amaliyotini joriy etish belgilab
qo‘yildi. Qayd etilgan asosiy vazifalar va yangi normalarni hayotga tatbiq etish
uchun Farmon bilan kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash borasida 37 ta
aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan Kompleks chora-tadbirlar
dasturi tasdiqlandi.
Farmonni ijro etish doirasida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va bir qator boshqa qonun
hujjatlariga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi. Bundan tashqari, mahalla
fuqarolar yig‘inlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish bo‘yicha
mustaqilligini ta’minlash, o‘zini o‘zi boshqarish tizimida ortiqcha bo‘g‘inlardan voz
kechish maqsadida tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul
fuqarolar yig‘inlarini mahalla fuqarolar yig‘inlariga birlashtirish va bo‘lish yo‘li
bilan qayta tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.3
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, bolalar sport maydonchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish
obyektlarini tashkil etish maqsadida 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan hududiy
dasturlar ishlab chiqiladi. Shuningdek, 2018-yilning 1-dekabriga qadar tumanlar va
shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari binolarini namunaviy
3Mahalla hayriya jamg‘armasi tuzish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti Farmoni 1992. 14-sent
Ilmiybaza.uz
loyihalar asosida barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Shu
bilan birga, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining zimmasiga yuklatilgan
vazifalarning amalga oshirilishiga munosib hissa qo‘shgan tashabbuskor fuqarolar
va jamoatchilik tuzilmalari vakillariga taqdim etiladigan “Mahalla iftixori” ko‘krak
nishonini ta’sis etish nazarda tutilmoqda. Farmonda hamda u bilan tasdiqlangan
Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasidagi vazifalarni samarali
bajarish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari va fuqarolik
jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash imkonini
beradi.
Kurs ishini o’rganishning maqsad: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining
barpo etishda mahalla institutining rolini va uning jamiyat hayotida tutgan o‘rnini
o‘rganish va tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishini o’rganishning vazifalari: Mavzu maqsadidan kelib chiqqan
holda uning quyidagi vazifalari belgilandi va qayt etildi.
Mahallaning tarixi va rivojlanish bosqichlari o‘rganish;
Mahalla davlat va jamiyat taraqqiyotining omili ekanligini asoslab berish;
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining barpoetishda mahalla institutining
o‘rni va roli mavzu materialini samarali o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar berish;
Mahalla institutining fuqarolik jamiyati qurishdagi o‘rni va rolini o‘rganish
bilan bir qatorda mavzuning yosh avlodga o‘qitishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni joriy etish, bu orqali o‘quvchi yoshlarda vatanga muhabbat,
sadoqat, vatanparvarlik va insonparvarlik kabi tuyg‘ularni shakllantirish tadqiqot
ishining asosiy vazifalaridan biridir.
Kurs ishining ob’yekti. Mazkur kurs ishining ob‘yekti mustaqillik yillarida
fuqarolik jamiyatini qurishda mahalla instituti va mahallani bola rivojlanishdagi
o’rni shu bilan birgalika milliyligimizga mos bo’lgan mahalla tushunchasi o’rganish.
Kurs ishining predmeti esa fuqarolik jamiyatini qurishda mahalla
institutining o‘rni va rolini o‘rganish, tahlil qilish va uni o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqish.
Ilmiybaza.uz
I BOB. MAHALLANING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
1.1. Mahalla – moziy, bugun va kelajakni tutashtiruvchi maskan
O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki paytlaridanoq barcha sohalarda jadal
amalga oshirila boshlagan ijtimoiy - iqtisodiy islohotlar o‘zini-o‘zi boshqarishning
an‘anaviy shakli hisoblangan mahalla faoliyatini takomillashtirish hamda uning
vakolat doirasini yanada kengaytirish borasida ham muhin ahamiyat kasb etdi. U
quyi hokimiyat organi, boshlang‘ich ijtimoiy tashkilot maqomini oldi, uning
bajaradigan vazifalari kengaytirildi. Bu esa xalqimiz tarixiy an‘analarining
tiklanishida, fuqarolarimiz ongida ma‘naviy-ahloqiy fazilatlarni shakllantirishda
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbek xalqi oilaviy turmush tarzida mahalla, ya‘ni qo‘ni- qo‘shnichlik
jamoasi faoliyatini tarixiy-etnografik nuqtai nazardan o‘rganish hozirgi kunda ilmiy
ahamiyatga ega. Kishilarning o‘zaro jamoa bo‘lib yashash tarzi insoniyat tarixining
qadimgi davrlariga borib taqaladi. Tarixiy ma‘lumotlarga ko‘ra, o‘rta Osiyo
hududlarida insonlarning birgalikda yashagan, umumiy mehnat qurollariga ega
bo‘lgan qon-qarindoshlar jamoasi so‘nggi paleolit davrida shakllangan. Uzoq tarixiy
taraqqiyot jarayonida ushbu uyushma ma‘lum bosqichlarni bosib o‘tib, qo‘ni-
qo‘shnichilik jamoasiga aylangan.
Shu o‘rinda L. Levitinning O‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib yashashning eng
oliy shakli mahalladir. Mahalliy jamoalarni, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishni
tashkil etishning bu shakli asrlar osha saqlanib kelinmoqda, u o‘zbeklar tarixining
eng keskin burilish nuqtalarida ham saqlanib qoldi. Bugun ham u tarix qariga singib
ketgani yo‘q degan fikrlarini takidlash joizdir. Mahalla arabcha―”mahallum”
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan
ma‘nolarni bildiradi.
Ilmiybaza.uz
Mahalla shaharlar ichidagi kichik bir hududiy birlik bo‘lib o‘tmishdan meros
bo‘lib kelmoqda. Mahallada yashovchi insonlar tartib intizom, qo‘ni-qo‘shnichilik,
manaviy ahloqiy normalar, urf-odatlar umumiy manfaatlar va majburiyatlarga amal
qiladi. Mahalla jamoa bo‘lib yashash tarzi hisoblanib, o‘zini o‘zi boshqarish tizimini
tashkil etadi. Mahallani o‘z hududida yashaydigan saylab qo‘yilgan oqsoqol
boshqaradi1. Oqsoqol va uning kotiblari 1992 yildan boshlab 2,5 yil muddatga
saylanadigan bo‘ldi.
Mavzu tarixshunosligi haqida gapirishdan oldin ularga oid ma‘lumotlar
tarixiy-etnografik adabiyotlarda muayyan tarzda o‘z ifodasini topganligini qayd
etish o‘rinli. Xalq turmush tarzi bilan bog‘liq turli masalalar sharq xalqlari tarixi
hamda madaniyatining qadimgi ma‘naviy merosi zardushtiylik diniga oid
adabiyotlarda ma‘lum ma‘noda o‘z ifodasini topgan. Ularda o‘sha davrning axloqiy,
falsafiy g‘oyalarini aks ettiruvchi fikrlar kishilar onggida ijtimoiy-g‘oyaviy
qarashlarning shakllanishiga xizmat qilgan.
Zero,―Avestoda jamiyatning birlamchi iqtisodiy asosi, ijtimoiy tarkibi oila
(nmana), urug‘ jamoasi (vis), qo‘ni-qo‘shnichilik jamoasi, ya‘ni ma‘lum hudud yoki
davlat (dahya) deb atalgan va ular jamiyatda o‘zaro uyushqoqlikni ta‘minlaganlar.
Zardushtiylar jamoasida kishilar turmush tarzi, jumladan, xo‘jalik- iqtisodiy
munosabatlari, diniy e‘tiqodiga ko‘ra bir qancha toifalarga bo‘linganki, ularning
jamiyatdagi mavqei Avestoda maxsus qayd etilgan.
Islom dinining muqaddas kitobi Qur‘oni Karimdagi va Hadisu shariflardagi
qo‘ni-qo‘shnichilik aloqalari, qarindosh urug‘chilik munosabatlariga oid ahloqiy
qarashlar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Jamoada farzandlar
tarbiyasiga oid ahloqiy-ma‘naviy qarashlar, inson kamolotiga oid ilg‘or g‘oyalar
barcha davrlarda sharq mutafakkirlarining diqqat markazida bo‘lib kelgan. Shu
ma‘noda Turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbeklar etnografiyasini o‘rganishda muhim
manbalardan biri o‘rta asr mualliflari Mahmud Qoshg‘ariyning―Devoni lug‘otit
turk‖ hamda tarixiy etnografik manba Rizouddin ibn Faxruddinning―Oila asarlari
alohida o‘rin egallaydi. Bu asarlarda qadimgi ajdodlarimiz turmush tarziga oid
anchagina ma‘lumotlar uchraydi. Jumladan, qadimgi mahalla doirasida turkiy
Ilmiybaza.uz
etnoslarning oilaviy turmush tarzi, urf-odat va marosimlari, diniy etiqod va
tasavvurlari haqida etnografik ma‘lumotlar mavjud. Ularda qo‘ni-qo‘shnichilik
munosabatlari haqida ham ma‘lumotlar uchraydi.
Shu bilan birga, A.Navoiyning Hayratulabror, Mezonulavzon asarlarida
turmushdagi maishiy ijtimoiy munosabatlar, oila nikoh masalalariga oid ahloqiy-
ma‘naviy qaydlar mavjud. Jumladan, A.Navoiy o‘zining Hayratulabror asarida
mahalla haqida shunday deydi: mahalla o‘zi bir shaharchadir, ularning ittifoqi va
o‘zaro munozaralari vujudga keltirgan, demak o‘rta asrlardayoq shahar va qishloqlar
aholisi ma‘lum yashagan. XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib olimlar, sayyohlar
tomonidan mahalliy aholi etnik tarkibi, turmush tarzi, xo‘jalik faoliyatini ilmiy
o‘rganish boshlangan. Bu davrda o‘lkaga tashrif buyurgan qator tadqiqotchilar o‘z
ishlarida masalaning u yoki bu tomonlari haqida ma‘lumotlar berib o‘tishgan.
Jumladan, XIX asrning 70- yillarida o‘zbeklar turmush tarzi haqida, xususan qo‘ni
qo‘shnilar o‘rtasida urug‘ jamoaviy munosabatlar, xotin-qizlar ahvoli, nikoh
munosabatlari masalalarini A.D.Grebenkin2 Zarafshon okrugi o‘zbeklari misolida
qayd etar ekan, qisman qo‘ni qo‘shnichilik munosabatlariga ham to‘xtaladi. O‘rta
Osiyo xonliklari davrida ayniqsa mahalla qishloq jamoasini boshqarishda rais va
oqsoqollarning o‘rni katta bo‘lgan. Jumladan, senator graf K.Kpalen mahalliy
xalqlar turmush tarzidan kelib chiqqan holda, Turkiston o‘lkasini tavtish qilishga oid
yozgan hisobotlarida Raislarning faoliyati milliy hamda ijtimoiy xarakterda bo‘lib,
ular jamoani faqat an‘anaviy urf-odatlar asosida nazorat qilganlar‖1 deb yozadi.
XIX asrning oxiri - XX asrning boshlariga oid tarixiy ma‘lumotlar ichida
Toshkent shahri o‘tmishi, mahalla va mavzelari tarixi, toponomiyasi hususida
yozilgan V.A.Shishkinning o‘rganayotgan masalani u yoki bu tarzda yoritishda katta
ahamiyatga ega2. Xususan, mualliflar asarlarida qayd etilgan manbalar Toshkent
shahrining uzoq o‘tmishi, o‘sha davrdagi shahar mahalla va mavzelari, ularning
joylashishi, tarixiy toponomiyasi xususida anchagina ma‘lumot beradi.
XX asrning ikkinchi yarmidan keyin etnograflar mavjud sovet tuzumi
siyosiy, ijtimoiy g‘oyalari ta‘sirida o‘zbeklar jamoasida ro‘y bergan milliy o‘ziga
xosliklarni to‘la yoritish imkoniyatiga ega emas edilar. Shunday bo‘lsada,
Ilmiybaza.uz
o‘zbeklarning an‘anaviy erkaklar yig‘ini mahallalarda o‘tkaziladigan gap
gashtaklarini kishilar uyushmasining dastlabki ko‘rinishlaridan biri deb ta‘riflagan
G.P.Snesarev, ularning muhim ijtimoiy xususiyat kasb etganligini ko‘rsatib o‘tadi.
Shuningdek, Buxoro shahri kvartal (mahalla) jamoasiga bag‘ishlangan O.A.Suxreva
qalamiga mansub. nomli fundamental tatqiqotda Buxoro shahri mahallalarining XIX
asr oxiri XX asr boshidagi hayotini mukammal va har tomonlama tahlil etishga
harakat qilingan. Muallif shahardagi har bir mahallaga tasnif berar ekan,
mahallaning ma‘muriy boshqaruvi, faoliyatining o‘ziga xos tomonlarini ochib
beradi. Kerakli o‘rinlarda urf odat va marosimlarda mahalla azolarining vazifalariga
to‘xtalib o‘tadi.
Etnograf olim K.Shoniyozov o‘zbeklarning jamoaviy oilaviy turmush
tarziga oid masalalarni Qashqadaryo viloyati Koson tumani, Surxondaryo viloyati
Sariosiyo tumaniga oid materiallar asosida o‘rganadi. Jumladan, u jamoaga xos
munosabatlarni o‘zbek qarluqlar va qang‘lilar faoliyati misolida qisman yoritadi.
Muallif o‘z ishlarida XIX asr oxiri XX asrning birinchi yarmida katta patriarxal
oilada jamoa munosabatlari, qon qarindoshchilik munosabatlaridagi etno hududiy
jihatlarini qayd etar ekan, jamoa an‘analariga ba‘zi o‘rinlarda to‘xtalgan.
Ma‘lumki, mahalla oila kabi jamiyatning kichik bir bo‘g‘ini hisoblanadi.
Azaldan O‘rta Osiyo mintaqasida aholi turmush tarzida qo‘ni qo‘shnilarni o‘rni katta
bo‘lgan. O‘zaro munosabatlarning bunday shakli oila va mahallaning mustahkam
aloqasini, xo‘jalik, madaniy birligini qaror topdirgan. Shu o‘rinda o‘zbeklar
an‘anaviy hududiy qo‘ni qo‘shnichilik jamoasi, ya‘ni mahalla xususida so‘z yuritar
ekanmiz, uning u yoki bu faoliyatini ifodalashda birinchi navbatda mahalladagi
ijtimoiy aloqalardan kelib chiqib fikr yuritish maqsadga muvofiq. Mazkur uyushma
tarixan shakllanishi va rivojlanishi jarayonida qishloq jamoasi, qo‘ni qo‘shni jamoa;
shaharlarda mahalla, kvartal, guzar shaklida ham uchrashi qayd etiladi.
Insonlarning jamoa bo‘lib yashashining dastlabki bosqichi ibtidoiy davrning
so‘nggi bosqichlariga borib taqaladi. Kishilik taraqqiyoti bosqichida inson hayotida
juda katta sifat o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Bu davrda kishilarning dastlabki jamoa
bo‘lib yashash kurtaklari paydo bo‘la boshlagan.
Ilmiybaza.uz
Mavzuni o‘rganish jarayonida mahallaning mazmun mohiyati, tarixiy
an‘analaridan kelib chiqib uning taraqqiyotini quyidagi bosqichlarga bo‘lishni lozim
topdik:
• Qadimgi bronza davrining so‘nggi bosqichlaridan boshlanib milodiy VIII
asrgacha davom etgan. Ya‘ni ilk shahar manzilgohlarida kishilarning jamoa bo‘lib
uyushuvi va dastlabki mahallaga xos belgilarning shakllana boshlagan davri;
• VIII asrdan XIII asrgacha bo‘lgan davr. Ya‘ni yirik shaharlarda mahallaga
xos boshqaruvning shakllanishi va ularning o‘zbeklar uchun ma‘muriy hududiy
tuzulmaga aylanishi;
• XIII-XVI asrlar, ya‘ni mahallaning barcha katta kichik shaharlar uchun xos
uyushma darajasiga ko‘tarilishi va uning funksiyalarining oldingi davrlarga nisbatan
ortish davri;
• XVI-XIX asrlar. Mahallaning so‘nggi o‘rta asrlardagi rivojlanish
bosqichlari;
• XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davr. Yani
uning faoliyatining chor rossiyasi tomonidan nazoratga olinish davri;
• XX asr, ya‘ni sovet davrida ma‘muriy buyruq bozlik tizimining mahallalar
faoliyatiga salbiy ta‘siri va uning faoliyatining cheklanishi davri;
• O‘zbekiston mustaqilligi yillarida mahallaning tarixiy an‘analari va
nufuzining qayta tiklanishi, uning vakolat doiralarining kengayishi, mahalliy o‘zini
o‘zi boshqarish organi sifatidagi maqomining qayta e‘tirof etilishidavri.
Mustaqillik yillarida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi isloh qilindi. Bu
tizimni davlat hokimiyati tizimidan ajratish tomon yo‘l tutildi. I.A.Karimov Birinchi
O‘zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari‖
asarida “Biz fuqarolik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz. Buning ma‘nosi shuki
davlatchiligimiz rivojlanib borgan sari boshqaruvni turli xil vazifalarini xalqqa
topshirish, ya‘ni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir.
O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish, adolatli, ochiq fuqarolik
jamiyati qurish bosh maqsadimizdir. Buning uchun bizda tayyor qolip va andozalar
yo‘q. I.A.Karimov dunyoda bir biriga o‘xshamagan 2 ta davlat yo‘qligini aytib
Ilmiybaza.uz
o‘tadi. Demokratik jamiyatni xalqaro miqyosda tan olingan tamoyillari bor. Bularga
insonning o‘z xohish irodasining erkin bildirishi va unga amal qilishi, ozchilikning
ko‘pchilikka bo‘ysunishi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlat
hokimiyat organlarining saylab qo‘yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob
berishi. O‘zbekiston demokratik jamiyat qurishda anashu tamoyillarga asoslanadi.
O‘zbekistonda mahalla xalq ishonchini qozongan adolat maskani hamda
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi bo‘lib qoldi. Mahallalari obod
bo‘lgan mamlakatgina ildam qadamlar bilan taraqqiy etadi, albatta bog‘liq milliy
qadriyat va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish, ularni asrab-avaylash sohasidagi
faoliyatini takomillashtirish mumkin.4
Xullas xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma‘naviy taraqqiyoti milliy
davlatchilik negizi buyuk madaniyatimizning ildizlari ma‘naviy meros, milliy
hususiyatlarimiz va boy an‘analarimizni yangi jamiyat qurushda tatbiq etish yo‘lidan
bormoqda. Sharq falsafasi va Islom dini ta‘limotlarini aks ettiruvchi hamjihatlik
g‘oyasi va jamoat fikrining ustunligiga tayanuvchi sharqona demokratik qadriyatlar
asos qilib olindi. Yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g‘oyasiga asoslanmoqda.
Insonlar o‘z qobiliyati va ehtiyojlarini namoyish etish va ularni amalga oshirish
uchun zarur imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bunda harbir insonning taqdiri,
turmushi jamiyatdagi o‘rni salohiyati mehnat qilish istagi hisobga olinmoqda.
1.2. Ijtimoiy institutlarning kelib chiqishi, mohiyati va mazmuni
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish yo`lida amalga
oshirilayotgan ezgu ishlarni butun jahon ko`rib turibdi va sinchkovlik bilan kuzatib
bormoqda. Yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik nafaqat Respublikamizda,
balki
jumlai
jahonda
keng
e`tirof
etilmoqda.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari
aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirishda
4 Hojiahmedov A. Mahalla odobi. — T.: Sharq, 2001
Ilmiybaza.uz
faollik ko`rsatmoqdalar, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta`minlashga
ko`maklashmoqdalar.
Darhaqiqat, tinchlik, osoyishta turmush, barqarorlik mustaqillik yillarida
xalqimiz erishgan ulkan zafarlardan biridir. Zero, fuqarolik jamiyatini barpo
etishning zarur shartlaridan biri ham barqarorlik, tinchlik, osoyishtalikni ta`minlash
va kafolatlash hisoblanadi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko`lamli
islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-
tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson
huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik muhitini
ta`minlash uchun muhim poydevor bo`ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi,
fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947
sonli
Farmoni
bilan 2017-
2021
yillarda
O`zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishibo`yicha Harakatlar strategiyasi ishlab
chiqildi va tasdiqlandi. Bu Farmon bilan O`zbekiston Respublikasining har
tomonlama rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi desak mubolag`abo`lmaydi.
Chunki Farmonda davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, tinchlik va
osoyishtalikni, xalqimizning farovon turmushini ta`minlashga qaratilgan muhim
chora-tadbirlar belgilangan bo`lib, ularni amalga oshirishda davlat va Fuqarolik
jamiyatining barcha institutlari oldiga ustuvor vazifalar qo`yildi.
O`tgan davr mobaynida bu borada ko`plab ishlar amalga oshirilgan
bo`lishiga qaramasdan oldimizda turgan vazifalar ham anchagina. Xususan, gap
fuqarolik jamiyatini shakllantirish to`g`risida ketar ekan, Shuni alohida ta`kidlash
joizki, kishilarning ongi va tasavvuridagi “fuqarolik jamiyati”, “fuqarolik jamiyati
institutlari” singari tushuncha va tasavvurlarini yanada kengaytirish va boyitish
bilan birga, bizningcha, tiniqlashtirish ham zarur. Gap shundaki, ushbu tushunchalar
keyingi paytda tez-tez takrorlanayotgan bo`lsa ham, aslida ular yangi tushunchalar
emas. Chunkiinsoniyatpaydo bo`lgandan buyon fuqarolik jamiyatiga xos bo`lgan
Ilmiybaza.uz
unsurlar ham mavjud bo`lib, yashab kelmoqda va uni rivojlantirish uchun harakat
qilinmoqda. Boshqacha qilib aytganda fuqarolik jamiyati insoniyat yaratgan eng
qadimiy sivilizatsiyalardanbiridir. Biroq bunda eng asosiysi fuqarolik jamiyatiga xos
bo`lgan munosabatlarni shakllantirish darajasiga qay darajada e`tibor qaratilganligi
va ushbu vazifaning uddalanganligidir. Tom ma`noda yurtimizda bu masalaga
konseptual vazifa sifatida munosabatda bo`linayotganligi mazkur masalaga odamzot
taraqqiyoti davomidagi boshqa yondashuvlardan tubdan farq qiladi.
Jamiyatdagi u yoki bu masalalarni hal etish maqsadida faol fuqarolarning
tashabbuskorligi asosida tuzilgan uyushma va tashkilotlar, guruh va birlashmalar
kabilarning yig`indisi fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasiga kiradi. Binobarin,
fuqarolik jamiyati institutlari aholini faol turmush kechirishga undaydigan, yon-
atrofda mavjud bo`lgan vauchrayotgan muammolarga nisbatan befarq va loqayd
munosabatda bo`lmaslikka, davlat tashkilotlari hal qilishi qiyin bo`lgan yoki
ularning e`tiboridan chetda qolayotgan ushbu muammolarning munosib yechimini
topishga va bu bilan esa butun jamiyat ravnaqi va rivojini jadallashtirishga yordam
beradigan tashkilotlardir.
Davlat esa bunday institutlarning tashkil topishi va faoliyat yuritishidan
hamisha manfaatdordir, Chunki ular jamiyat rivoji va taraqqiyoti bilan
bog`liqbo`lganko`plab
muammolarni
hal
qilishda
davlatga
yaqindan
ko`maklashadilar.
Bugungi kunga kelib mamlakatimiz miqyosida 9000 dan ortiq nodavlat
notijorat tashkilotlar faoliyat yuritayotgan ekan, ular minglab masalalarni hal
qilishda davlatga yaqindan ko`maklashmoqda. Bunda davlatning asosiy vazifalari,
birinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyat yuritishi uchun zarur bo`lgan
qonunchilik asoslarini yaratish va uni muntazam ravishda takomillashtirib borish,
ikkinchidan esa, ularni moliyaviy jihatdan rag`batlantirish va qo`llab -
quvvatlashdan iboratdir.
Birgina Fargona viloyatida bugungi kunda hisob ro`yhatidan o`tgan nodavlat
notijorat tashkilotlarining umumiy miqdori 794 tashkil qiladi. Ular ijtimoiy-
iqtisodiy sohadagi ko`plab muammolarni hal etishda mahalliy hokimiyatga yordam
Ilmiybaza.uz
bermoqda. Xususan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash, kochalarni keraksiz
chiqindilardan tozalash, kishilarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma`rifiy, tibbiy,
ekologik ongi va tasavvurlarini shakllantirish va boyitish kabi masalalarda bir qator
ibratli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Ushbu maqsadda aholining turli qatlamlari
o`rtasida xilma-xil tadbirlar, uchraShuvlar, o`quv-seminarlar muntazam ravishda
tashkillanmoqda.
Gap fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi to`g`risidaketar ekan,
fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish institutlari faoliyati va uni yanada
takomillashtirish masalalari to`g`risida alohida toxtalib o`tish joizdir. Zotan,
mustaqil O`zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvining asosiy
maqsadi - kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiya tiga o`tishdan iboratdir.“Buning
ma`nosi Shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgani sari boshqaruvning turli xil
vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, Ya`ni “o`zini o`zi boshqarish organlarini
yanada rivojlantirish demakdir”
Haqiqatdan ham xalqimiz hayotini o`zini o`zi boshqarishning betakror shakli
bo`lgan mahallasiz tasavvur etib bo`lmaydi. Asrlar davomida milliy urf -
odatlarimiz, an`analarimiz, rasm - rusmlarimiz, qadriyatlarimiz mahallada sayqal
topib, avloddan - avlodga yetib kelyapti. Kishilarni uyushtirish, ularni ezgu
maqsadlar sari undash, milliy taraqqiyot g`oyalari atrofiga birlashtirishda
mahallaning o`rni beqiyosligicha qolmoqda.
Shu ma`noda mahalla xalqimizning bag`rikenglik va odamiylik fazilatlarini
to`liq namoyon eta olishi uchun betakror makondir. Mahallaga xos bo`lgan jamiki
jihatlar asosida aslida insonga va jamiyatga nisbatan buyuk hurmat tuyg`usi
mujassamlashgan.
Shubhasiz, mahalla institutini har tomonlama rivojlantirish uchun bu
boradagi
qonunchilikni
takomillashtirib
borish
muhim
ahamiyatga
ega.
Ayni paytda har bir mahalla ahlida o`ziga xos bo`lgan fazilatlardan faxrlanish,
g`ururlanish tuyg`usi yuqori ekanligiga ham duch kelasiz. Bu esa o`z navbatida
ushbu ijtimoiy institut jamiyatimiz turmushida o`z vazifasini muvaffaqiyat bilan ado
etayotganligini aks ettiradi.
Ilmiybaza.uz
Viloyatdagi o`zini o`zi boshqarish organlari vazirliklar, mahalliy
hokimliklar va “Nuroniy”, “Ekosan”, “Bolalar sportini rivojlantirish" jamg`armalari,
O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo`mitasi, Respublika ma`naviyat-
targ`ibot markazining joylardagi bo`limlari singari bir qator jamoat tashkilotlari
bilan hamkorlikda ish olib bormoqdalar. Natijada ular tomonidan mahallalar
faoliyatini rivojlantirish, fuqarolar o`rtasida tinchlik-osoyishtalikni saqlash, milliy
g`oya va mafkura, ma`naviyat va ma`rifat, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish,
aholi salomatligini himoyalash, fuqarolarga mehr-muruvvat ko`rsatish, mahallalarda
ommaviy sportni rivojlantirish kabi masalalarda tizim xodimlariga yaqindan yordam
ko`rsatilmoqda.5
Malumki, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda siyosiy
partiyalarning faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil rivojlanish
davrida mamlakatimizda ushbu masalaga ham katta e`tibor qaratilmoqda. Bunda,
albatta, davlatimiz rahbarining nutq va ma`ruzalarida ko`ppartiyaviylik fuqarolik
jamiyatini shakllantirishning muhim va muqarrar sharti ekanligi, buning oqibatidagi
sog`lom siyosiy raqobat uning asosiy omili ekanligiga alohida urg`u berilganligini
ko`rish mumkin.
2008 yil boshidan buyon amaliyotga joriy qilingan “Davlat boshqaruvini
yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda
siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to`g`risidagi Konstitutsiyaviy Qonun ham
keyingi yillar mobaynida O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va
rivojlantirishda, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda favqulodda katta ahamiyat
kasb etmoqda.
Ko`ppartiyaviylik ham fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismidir. Chunki
aynan ko`ppartiyaviylik jamiyatda faoliyat ko`rsatayotgan turli ijtimoiy- siyosiy
guruhlarning manfaatlari, maqsad-muddaolari, niyatlari hamda ehtiyojlarining
ro`yobga chiqishi uchun tegishli zamin yaratib beradi. Bugungi kunda
mamlakatimizda davlat boshqaruvini amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb
etayotgan parlamentimiz deputatlari xalqimizning eng ishonganvakillaridir.
5Mahalla hayriya jamg‘armasi tuzish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti Farmoni 1992. 14-sent
Ilmiybaza.uz
Ko`rinib turibdiki, mamlakatimizdashakllanayotgan fuqarolik jamiyatini qaror
toptirish va rivojlantirishda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, siyosiy
partiyalar, nodavlat tashkilotlar, jamoat birlashmalari va boshqa demokratik
institutlarning roli va ahamiyati yuksakdir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng
qamrovli islohotlarning ro`yobga chiqishi ham ko`p jihatdan ushbu institutlarning
samarali hamkorlikda faoliyat ko`rsatishiga bog`liq.
Aholining keng qatlamlari manfaatlarini ifodalaydigan fuqarolik jamiyati
institutlari o`rtasida o`zini o`zi boshqarish tizimining xalqimizga xos va mos noyob
tuzilmasi hisoblangan mahalla alohida o`ringa ega. Mahalla necha asrlik tarixga ega
bo`lsa ham, faqat O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan keyingina jamiyat
hayotida o`zining munosib nufuzi va o`rniga ega bo`ldi. Mahalla O`zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta`rifi bilan aytganda, tom
ma`noda “ona yurt ramzi” va “xalq vijdo`rni”ga, “ta`sirchan ijtimoiy fuqarolik
idorasi” va “demokratiya darsxonasi”ga aylandi. Davlatchiligimiz tarixida birinchi
marta “mahalla” tushunchasi mamlakatimizning Bosh qomusiga kiritilib,
konstitutsiyaviy maqomi mustahkamlandi.6
II BOB. MAHALLA DAVLAT VA JAMIYAT TARAQQIYOTINING
OMILI
2.1. Mahalla – tarbiya maskani
Mahalla-azaldan yurtimizda tarbiya o‘chog‘i, ota bobolarimizdan bizga
meros bo‘lib kelayotgan milliy qadriyatlar maskani, xalqimizning turmush va
tafakkur tarzi sifatida etirof etib kelinadi. Odamlar o‘rtasida mehr oqibat, ahillik
hamda totuvli ehtiyojmand kishilar holidan xabar olish, to‘y tomosha, hashar va
marakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish kabi el-yurtimizga xos urf – odat
va an‘analar, avvalambor mahalla muhitida shakllangan.
6 Mahallada diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil etish. — T.: O‘zbekiston, 2006.
Ilmiybaza.uz
O‘zbekiston zaminidagi arxeologik manbalar va tarixiy adabiyotlar mahalliy
aholining asrlardan buyon hududiy birliklarga qo‘rg‘on va mahallalarga birlashib,
ma‘lum tartiblar asosida yashab kelayotganidan dalolatberadi.Jumladan, sopollitepa
yodgorliklari, Avesto‖ xabarlari, Narshaxiyning Buxoro tarixi‖ asari yoki
A.Navoiyning Hayratulabror‖ dostonidagi ma‘lumotlar ham buning yorqin dalilidir.
Mahallalar, ayniqsa, sohibqiron Amir Temur tuzgan mashhur davlatda
rivojlandi, gullab yashnadi. O‘sha vaqtga kelib mahallalarda yashash istiqomat
qilish fuqarolarning kasbi kori asosida tashkil topgan. Temirchilar, qurol
yarog‘sozlar tikuvchilar, charmdo‘zlar, gilamdo‘zlar, kulolchilar, quruvchilar va
boshqa hunarmandlar bir joyda mehnat qilib hayot kechirgan edilar. Buyuk sarkarda
amalga oshirgan ulkan harbiy yurishlarda mahallalarning bu namoyandalari faol va
uyushgan holda qatnashgan.
O‘tmishimizning xonlik zamonlariga nazar tashlasak, o‘nboshi, ellikboshi,
yuzboshi va aminlarning har biriga o‘z darajasida huquq berilib, xalq ularning
chiqargan hukmlarini qonun deb bilgan. Mahallaning og‘irligi, tashvishlari
podshohlikka deyarli yetib bormagan.
Rossiya bosqinidan ilgari Toshkent 160 mahallani o‘z ichiga olgan to‘rt
dahadan tarkib topgan bo‘lib, ularning maxsus jamoa kengashi, hokimligi bo‘lgan.
Mazkur kengash faoliyatida mahalliy hokimi yat vakillari – xalq tomonidan
saylangan yuzboshi va mingboshilari ham qatnashganlar.
Yuqorida keltirilgan fikr va muloxazalar asosida shuni xulosa qilish
mumkinki, mahalla va undagi boshqaruv tizimi qadimda mahalliy hokimiyatning
o‘ziga xos bir shakli, ko‘rinishi tarzida faoliyat ko‘rsatgan. Mahallani boshqarish
jamoatchilik asosida olib borilib, o‘zining tartib qoidalariga ega bo‘lgan. Mahalla
aholisi bu qoidalariga bo‘ysinishi shart bo‘lgan. Mahalla oqsoqolining va
jamoatchilik fikri, yig‘ilish qarori hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan.
Mahallalarda hukmron bo‘lgan jamoa ruhi aholida o‘ zaro hamkorlik, o‘zaro
yordam, ahillik hurmat, odob axloq tuyg‘ularini shakllantirishda katta yordam
bergan.
Ilmiybaza.uz
Zero mahalla – bu fuqarolar intilishi va sa‘y harakati tufayli muayyan milliy
axloqiy va maishiy tartib qoidalarga rioya qilish, maraka mavrid, yaxshi yomon
kunlarni birga o‘tkazish, ahillikni ta‘minlashga xizmat qiladigan ijtimoiy iqtisodiy
va hududiy jamoa bo‘lib azaldan davom etib kelayotgan boshqaruv tizimi va ezgu
qadriyatdir. Bu tarixiy, an‘anaviy va doimo yosh navqiron, qudratli hodisani
shunday ta‘riflash joizdir.
O‘zbek xalqi 1991 yilda o‘z mustaqilligiga erishganidan so‘ng
mamlakatimizda davlat va jamiyatni boshqarishning o‘ziga xos shakli qaror topdi.
Bu aynan uzoq tarixga ega bo‘lib, hatto chorizm va sho‘ro mustamlakachiligi
davrida, qattiq tazyiq ostida ham o‘z ta‘siri va ahamiyatini yo‘qotmagan mahalla
an‘anasidir. 1993 yilning sentabrida qa‘bul qilingan Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risida‘‘gi qonun hamda 1998 yilning may oyidan kuchga
kirgan uning yangi tahriri joylardagi mahallalarga katta huquq va va vakolatlar
beradi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi ularning Konstitutsiya va boshqa
qonunlar bilan kafolatlangan hamda tarixiy qadriyatlardan, an‘analaridan kelib
chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil
faoliyat deb tan olindi va bu yo‘lda davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab
quvvatlanib kelmoqda.7
Yurtboshimiz
ta‘kidlaganidek,
davlatimizning
buyuk
kelajagini
jamoatchilik, fuqarolar bunyod etadi. Buning ma‘nosi – mahalla o‘zining hayotini
hamda davlat rivojlanishi va kelajagini bunyod etishga bevosita mas‘uldir. Chunki
oddiy xalqning hayoti va muammolarining mahalladan yaxshi biladigan tashkilot
yoki organ yo‘q. Shu ma‘noda Birinch Prizdentimizning hammadan oldin
odamlarning issiq sovug‘idan, g‘am-tashvishidan xabar topadigan kim? Albatta
mahalla ahli. Turmush tarzini izga solish, kundalik muammolarni hal etish uchun,
eng avvalo, mahalla faoliyatini kuchaytirishlariga yordam berish zarur‖1degan fikr
va tavsiyalari ayni muddaodir.
Xo‘sh bugungi kunda fuqarolar tashabbusi va sa‘y-harakati doirasida qanday
masalalar o‘z yechimini topmoqda?
7 Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Barkamol avlod orzusi. - T.: Sharq. 1997.
Ilmiybaza.uz
Ular tomonidan, asosan qaysi yo‘nalishlarda ish olib borilayapti?
Mahallalar, birinchidan, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar
ishtirokini ta‘minlash, tajriba va ko‘nikmalar ortirishda ko‘mak berish, o‘z hududida
ijtimoiy-moddiy, ma‘naviy marifiy vazifalarni hal etishda aholini birlashtirish
madaniy ommaviy tadbirlarni o‘tkazish, davlat siyosatini joylardagi ijrochisi sifatida
mahalliy davlat organlarining tayanchidir.
Ikkinchidan, fuqarolarning huquq va man‘faatlari buzilgan holda ular
nomidan tegishli mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat
qiladi. Ushbu hudud aholisining huquq hamda manfaatlaruni muhofaza qiladi.
Shuningdek, muhtoj oilalarning uyidan foydalanish harajatlari va kommunal
xizmatlari harajatlarini moddiy yordam ko‘rsatish orqali to‘laydi. Fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining uchinchi bir o‘ziga xos jihati, ularning jamoa
vakilligi shaklida faoliyat yurgizishidir.buning ma‘nosi shundaki fuqarolar yig‘ini
davlat nomidan emas, qonunga binoan muayyan ishlar doirasida ma‘lum bir hududiy
jamoa nomidan harakat qiladi., ayni vaqtda, fuqarolarning jamiyat taraqqiyotida
bevosita hissa qo‘shishlariga imkoniyatyaratadi.
Kuchli dаvlаtdаn kuchli fuqаrоlik jаmiyati sаri ‖tаmоyili o'z-o’zidаn
mа‘lumki, u dаvlаt оrgаnlаrining vаkоlаtlаrini аstа sеkinlik bilаn bоsqichmа-
bоsqich fuqаrоlik jаmiyatigа o’tkаzishni tаqоzо etаdi. Birinchi Prеzidеntimiz
mustаqillikning dаstlаbki yillаridаnоq bu g’оyani ilgаri surgаn edi. Shu bоisdаn hаm
1999 yil 14-15 аprеldа Оliy Mаjlis 14- sееsiyasidа “Fuqаrоlаrning o'zini o'zi
bоshqаrish оrgаnlаri to'g'risidаgi qоnunning yangi tаhriri qаbul qilindi. Bu qоnundа
fuqаrоlаr o’zini o’zi bоshqаrish оrgаnlаrining mаqоmi to’liq bеlgilаb bеrildi. Ulаr
fаоliyatining аsоsiy printsiplаri dеmоkrаtik, оshkоrаlik, ijtimоiy аdоlаt,
insоnpаrvаrlik, mаhаlliy hоkimiyatgа mоlik mаsаlаlаrni еchishdа mustаqallik,
jаmоаtchilik аsоsidа o’zаrо yordаm hоlаtlаri bеlgilаb bеrildi. O’zini-o’zi bоshqаrish
оrgаnlаrini sаylаsh tаrtibi, fаоliyatini tаshkil etish hаmdа vаkоlаt dоirаsi qоnun bilаn
bеlgilаb qo‘yildi.
Rеspublikа miqyosidа оqsоqоllаr Kеngаshining tuzilishi jаhоn tаjribаsidа
yangilikdir. Bu bilаn O’zbеkistоn dunyodаgi dаvlаt bоshqаruvi sоhаsidа chinаkаm
Ilmiybaza.uz
хаlqchil shаklidаgi o’zigа хоs milliy dаvlаt tuzilmаsining аsоschisi bo’lib qоlishidаn
dаrаkdir.
Dеmаk, qоnungа ko’rа fuqаrоlik jаmiyatini bаrpо etishdа mаhаllа dаvlаtgа,
jаmiyatgа eng yaqin idоrаdir.O’zini o’zi bоshqаrish tizimining, mаhаllаning tub
mа‘nоsigа, mоhiyatigа Prеzidеntimiz yuksаk bаhо bеrib kеlmоqdа.1999yil 26
mаrtdа Хоrаzm―yoshulli ‖so’zini tа‘riflаb bеrgаnlаridеk, chin mа‘nоdа kоmil
оqsоqоl bo’lа оlsа, dаvlаt-mаmlаkаt, ko’pchilik аhоli mаnfааtini hisоbgа оlib,
хаlqqа tаyanib, yoshidаn, хizmаt vаzifаsidаn, e‘tiqоdidаn qа‘iy nаzаr, yakkа-yakkа
shахslаrning ruhiy kеchinmаlаri, хаtti-hаrаkаtlаrini, intilishlаrini ezgulikkа
yo’nаltirishgа muyassаr bo’lа оlаdi. Qоnundа tа‘kidlаnishichа, mаhаllаning 3 tа
tаyanchi bоr: 1) mаhаllа yig’ini vаkillаri, 2) din ulоmаlаri (imоmlаr), 3) mаhаllа
pоsbоnlаri-nоzirlаr1. Bugungi kundа kuchli jаmiyatni bаrpо etishdа 260 dаn оrtiq
jаmоаt tаshkilоtlаri fаоliyat ko’rsаtmоqdа.
Mustаqillik yillаridа mаhаllа tаriхiy vа rivоjlаngаn mаmlаkаtlаrdаgi
tushunchаdа аniq bеlgilаngаn ijtimоiy-dеmоgrа fik, mаdаniy-mа‘nаviy vа hududiy-
mа‘muriy birlik sifаtidаgi mаqоmgа erishdi. U o’z hududidаgi fuqаrоlаr o’rtаsidа
аn‘аnаlаr vа urf-оdаtlаr, insоniy, хo’jаlik, huquqiy munоsаbаtlаr birligini tаshkil
etgаni hоldа fuqаrоlаrning o’zаrо ijtimоiy munоsаbаtlаrini bоg’lаb turish vоsitаsigа
аylаndi.
Mustаqillikning ilk dаvridаn bоshlаb Prеzidеnt I.А.Kаrimоv mаhаllаlаrni
fuqаrоlik jаmiyatining omili dеb, bildi vа ulаrni hаr tоmоnlаmа rivоjlаntirish chоrа-
tаdbirlаrini аmаlgа оshirib kеlmоqdа. Prеzidеnt I.А.Kаrimоv 1995 yildаyoq
shundаy fikrni bildirgаn edi:
Mа‘lumki,аsrlаrmоbаynidаmаhаllаlаrdаko’pdаn-ko’phаyotiy muаmmоlаr
o’z yеchimini tоpib kеlаdi. To’y-mа‘rаkаlаr hаm, hаyitu hаshаrlаr hаm mаhаllа
аhlisiz o’tmаydi. Mаhаllаlаrdа siyosiy, iqtisоdiy vа bоshqа mаsаlаlаrgа dоir
jаmоаtchilik fikri shаkllаnаdi. Bu esа хаlqimizning turmush tаrzi, оtа-
bоbоlаrimizdаn bizgа mеrоs bo’lib kеlаyotgаn tаfаkkur tаrzidir. Binоbаrin,
hаyotning o’zi mаhаllаlаrni rivоjlаntirish vа ulаrni qo’llаb-quvvаtlаshni tаqоzо
etmоqdа. Mаmlаkаtimizdа ko’p qirrаli islоhоtlаr аmаlgа оshаyotgаn bir pаytdа.
Ilmiybaza.uz
Hоzirgi dаvrdа mаhаllа yo’nаlishidа оlib bоrilаyotgаn ishlаr ikkitа
yo’nаlishni nаzаrdа to’tаdi. Birinchisi mа‘nаviy vаzifа bo’lib,u хаlqimizning ming
yillik tаriхidаgi nоyob, eng аziz аn‘аnаlаrni, qаdriyatlаrni qаytаdаn tiklаsh vа
rivоjlаntirishdаn
ibоrаt.
Ikkinchisi,siyosiy
vаzifа
bo’lib,
u
Prеzidеnt
I.А.Kаrimоvning mаhаllа institutini bugungi zаmоn tаlаblаrigа muvоfiq tаrzdа
tiklаsh, shuningdеk, vilоyat, shаhаr, tumаn hоkimliklаri zimmаsigа yuklаngаn
ko’pchilik vаzifа vа huquqlаrni fuqаrоlаr o’zini-o’zi bоshqаrish оrgаnlаrigа, ya‘ni
mаhаllаlаrgа bеrib, ulаr mаqоmini jоy-jоyigа qo’yib, shu tаriqа jаmiyatimiz
hаyotini
dеmоkrаtiyalаshdа
yangi
vа
judа
muhim
imkоniyatlаrgа
erishishdаnibоrаtdir.
Аyniqsа, mаhаllа fuqаrоlаr yig’inlаrigа O’zbеkistоn Rеspublikаsi
Prеzidеntigа, O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisigа, хаlq dеputаtlаri vilоyat,
tumаn vа shаhаr Kеngаshlаrigа sаylоvlаr o’tkаzuvchi uchаstkа sаylоv kоmissiyalаri
а‘zоligigа nоmzоdlаrni оkrug sаylоv kоmissiyalаri tаsdiqlаshlаri tаvsiya etish
huquqi bеrilgаn. SHuningdеk, mаhаllа fuqаrоlаr yig’inlаrigа хаlq dеputаtlаri tumаn,
shаhаr Kеngаshi dеputаtligigа to’g’ridаn-to’g’ri nоmzоd ko’rsаtish, O’zbеkistоn
Rеspublikаsi
Оliy
Mаjlisi
dеputаtligigа
tаshаbbus
guruhlаri
tоmоnidаn
ko’rsаtilаdigаn nоmzоdlаrni tаklif etishdа ishtirоk etish kаbi vаkоlаtlаr vа
huquqlаrning bеrilishi mаhаllаlаrni o’zini o’zi bоshqаrish оrgаnlаri sifаtidа
jаmiyatimiz siyosiy hаyotidаgi o’rni yanаdа оshib bоrаyotgаnligini ko’rsаtаdi.
Mаmlаkаt Prеzidеnti I.А.Kаrimоv ikkinchi chаqiriq Оliy Mаjlisning IХ
sеssiyasidаgi mа‘ruzаsidа o’zini o’zi bоshqаrish оrgаnlаrining jаmiyat vа dаvlаt
bоshqаruvidаgi o’rnini ko’tаrishning muhim bоsqichini bоshlаshning аsоsiy
yo’nаlishi bo’lgаn quyidаgi fikrni bildirdi:
«Hаyotimizni erkinlаshtirish yo’nаlishlаrining yanа bir muhim yo’li-
mаrkаziy vа yuqоri dаvlаt bоshqаruv idоrаlаri vаzifаlаrini dаvlаt hоkimiyatining
quyi tuzilmаlаrigа, fuqаrоlаrning o’zini o’zi bоshqаrish оrgаnlаrigа bоsqichmа-
bоsqich o’tkаzа bоrishni tа‘minlаshdir»1. Аlbаttа, dаvlаt tоmоnidаn mаhаllаlаrgа
kаttа bоshqаruv vаkоlаtlаrini bеrishdа аvvаlо, ulаrning аhоli fаоlligini оshirishdаgi
o’rnini yuksаltirish ko’zdа tutildi. Chunki, mаhаllа fuqаrоlаr yig’inlаridа еtаrlichа