MAJBURIYAT HUQUQI TUSHUNCHASI, TIZIMI, VUJUDGA KELISH ASOSLARI, MAJBURIYATLARNI BAJARILISHINI TA’MINLASH
Yuklangan vaqt
2024-05-03
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
42,6 KB
MAJBURIYAT HUQUQI TUSHUNCHASI, TIZIMI, VUJUDGA KELISH
ASOSLARI, MAJBURIYATLARNI BAJARILISHINI TA’MINLASH
Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari, majburiyatlarni vujudga kelish
asoslari. Majburiyat subyektlari va majburiyatdagi shaxslarning oʻzgarishi. Regress
(qaytarma) majburiyat. Majburiyatlarni bajarish tushunchasi va tamoyillari.
Majburiyatlarni bajaruvchi subyektlar (shaxslar). Bajarish predmeti. Majburiyatni
bajarish muddati, joyi va usuli. Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash
tushunchasi, neustoyka, garov, ushlab qolish, kafillik, kafolat va zakalat.
Majburiyat - fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs
(qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga,
chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash
va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa -
qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda Fuqarolik
Kodeksda ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.
Majburiyatning taraflari - kreditor yoki qarzdor sifatida bir yoki bir paytning
o‘zida bir necha shaxs ishtirok etishi mumkin.
Majburiyatda qarzdor tomonida ishtirok etgan shaxslardan biriga kreditor
bildirgan talablarning haqiqiy emasligi, shuningdek bunday shaxsga talab qo‘yishga
doir da’vo muddati o‘tib ketganligi kreditorning qolgan shaxslarga bo‘lgan
talablariga o‘zicha daxl etmaydi.
Agar taraflar shartnomaga binoan bir-birlariga nisbatan majburiyatli bo‘lsa,
taraflardan har biri boshqa taraf oldida uning foydasiga nima qilishi shart ekanligi
jihatidan uning qarzdori va ayni bir paytning o‘zida undan nima talab qilishga
huquqli ekanligi jihatidan uning kreditori hisoblanadi.
Majburiyat unda taraflar sifatida qatnashmagan shaxslar (uchinchi shaxslar)
uchun burchlar hosil qilmaydi.
Qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollarda
majburiyat uchinchi shaxslar uchun majburiyatning bir tarafi yoki har ikkala tarafiga
nisbatan huquq vujudga keltirishi mumkin.
Majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonunchilik talablariga
muvofiq, bunday shartlar va talablar bo‘lmaganida esa - ish muomalasi
odatlariga yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada
bajarilishi kerak.
Majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish va shartnoma
shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilikda
yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Majburiyat kelishilgan va taraflar uchun maqbul usulda bajarilishi shart.
Majburiyatni bajarish usuli, agar bu usul majburiyatning mohiyatidan
anglashilmasa va qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, shartnomada
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Majburiyatni bajarish muddati
Agar majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan yoki talab qilib olish payti
bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, kreditor har qachon ijroni talab qilishga, qarzdor esa
- ijroni har qachon amalga oshirishga haqli bo‘ladi. Majburiyatni darhol bajarish
vazifasi qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor
bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti kunlik muddat ichida
bajarishi shart.
Majburiyatni muddatidan ilgari bajarish
Agar qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa yoxud
majburiyatning mohiyatidan yoinki ish muomalasi odatlaridan yoki odatda
qo‘yiladigan boshqa talablardan anglashilsa, qarzdor majburiyatni muddatidan ilgari
bajarishga haqli, kreditor esa - ijroni muddatidan ilgari qabul qilishi shart.
Majburiyatni bajarishni kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib bajarish
Agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo‘lmasa, majburiyatni bajarishni kechiktirishga yoki uni bo‘lib-bo‘lib bajarishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Yetarli asoslar mavjud bo‘lganida sud qarzdorga majburiyatni bajarishni
kechiktirish
yoki
uni
bo‘lib-bo‘lib
bajarish
imkonini
berishga
haqli.
Majburiyatni bajarish joyi
Agar majburiyatni bajarish joyi qonunchilik yoki shartnoma bilan belgilab
qo‘yilgan bo‘lmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi
odatlaridan yoinki odatda qo‘yiladigan boshqa talablardan anglashilmasa, ijro
quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:
1) ko‘chmas mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo‘yicha - mol-mulk turgan
joyda;
2) tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish
majburiyatlari bo‘yicha - tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi
tashuvchiga topshirish joyida;
3) qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan o‘zga
majburiyatlari bo‘yicha - mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, basharti
majburiyatning kelib chiqishi paytida bu joy kreditorga ma’lum bo‘lgan bo‘lsa;
4) pul majburiyati bo‘yicha - majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor
yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs bo‘lsa - uning majburiyat vujudga
kelgan paytda joylashgan yerida, agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha o‘z
yashash joyini yoki joylashgan yerini o‘zgartirgan bo‘lsa va bu haqda qarzdorni
xabardor qilgan bo‘lsa - ijro etish joyi o‘zgartirilishi bilan bog‘liq hamma
xarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning yangi yashash joyida yoki
joylashgan yerida;
5) boshqa barcha majburiyatlar bo‘yicha - qarzdorning yashash joyida, agar
qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa, uning joylashgan yerida.
Pul majburiyati bo‘yicha talablarni qondirish navbati
Amalga oshirilgan to‘lov summasi pul majburiyatini batamom bajarish uchun
yetarli bo‘lmaganida, boshqa kelishuv bo‘lmasa, u eng avvalo kreditorning ijroni
olishga qaratilgan chiqimlarini, so‘ngra foizlarni, uning qolgan qismi esa - qarzning
asosiy summasini uzadi.
Qarzni depozitga qo‘yish yo‘li bilan majburiyatni bajarish
Qarzdor o‘zi to‘lashi lozim bo‘lgan pul yoki qimmatli qog‘ozlarni notariusning
depozitiga, qonunda belgilangan hollarda esa - sudning depozitiga qo‘yishga haqli,
basharti majburiyat qarzdor tomonidan quyidagilar tufayli bajarilishi mumkin
bo‘lmasa:
1) majburiyat bajarilishi lozim bo‘lgan joyda kreditor yoki ijroni qabul qilib
olish uchun u vakil qilgan shaxs bo‘lmasa;
2) kreditor muomalaga layoqatsiz bo‘lsa va uning vakili bo‘lmasa yoki vakil
rozi bo‘lmasa;
3) majburiyat bo‘yicha kim kreditor ekanligi xususida aniqlik yo‘qligi ko‘rinib
turgan bo‘lsa, xususan bu haqda kreditor bilan boshqa shaxslar o‘rtasida nizo
chiqqanligi munosabati bilan;
4) kreditorning ijroni qabul qilishdan bo‘yin tovlashi yoki uning tomonidan
boshqacha yo‘l bilan kechiktirilishi munosabati bilan.
Pul summasini yoki qimmatli qog‘ozlarni notarius yoxud sudning depozitiga
qo‘yish majburiyatni bajarish hisoblanadi.
Depozitiga pul yoki qimmatli qog‘ozlar qo‘yilgan notarius yoxud sud
kreditorni bundan xabardor qiladi.
Muqobil majburiyatni bajarish
Agar qarzdor ikki yoki bir necha harakatlardan birini qilishi yoxud kreditorga
bir yoki boshqa mol-mulkni topshirishi lozim bo‘lsa, basharti qonunchilik,
shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa,
tanlash huquqi qarzdor ixtiyorida bo‘ladi.
Bir necha kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etadigan majburiyatni
bajarish
Agar ulushli majburiyatda bir necha kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok
etsa, basharti qonundan yoki shartnomadan boshqacha tartib anglashilmasa, u holda
har bir kreditor majburiyatni boshqalar bilan teng ulushlarda bajarishni talab qilishga
haqli, har bir qarzdor esa bu talabni bajarishi shart.
Majburiyatning bajarganligini tasdiqlash
Kreditor majburiyatning bajarilishini qabul qilib olgan vaqtida, qarzdorning
talabi bilan unga majburiyatning to‘la yoki qisman bajarilishini qabul qilib olganligi
haqida tilxat berishi shart. Og‘zaki bitimlar yuridik shaxslar bilan fuqarolar o‘rtasida
bajarilganida tovarlar yoki xizmatlar haqini to‘lagan yuridik shaxs boshqa tarafdan
pul to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjatni va to‘lov asosini olishi kerak.
Agar qarzdor majburiyatni tasdiqlash yuzasidan kreditorga qarz hujjati bergan
bo‘lsa, kreditor ijroni qabul qilib olayotgan vaqtida ushbu hujjatni qaytarib berishi,
qaytarib berishning imkoni bo‘lmaganida esa - buni o‘zi berayotgan tilxatda
ko‘rsatishi kerak. Tilxat o‘rniga qaytarib berilayotgan qarz hujjatiga ustxat yozilishi
mumkin. Qarz hujjatining qarzdorda bo‘lishi, boshqa bir hol isbotlanmaguncha,
majburiyatning bekor bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini
ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonunchilik yoki shartnomada
nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin.
Majburiyatning bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuvning haqiqiy
emasligi ushbu majburiyatning (asosiy majburiyatning) haqiqiy emasligiga olib
kelmaydi.
Asosiy majburiyatning haqiqiy emasligi uning bajarilishini ta’minlaydigan
majburiyatning
haqiqiy
emasligiga
olib
keladi.
Qonunchilik yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan
yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to‘lashi shart bo‘lgan pul
summasi neustoyka hisoblanadi.
Neustoyka to‘lash haqidagi talab bo‘yicha kreditor o‘ziga yetkazilgan zararni
isbotlashga majbur emas.
Neustoyka bilan faqat haqiqiy talab ta’minlanadi.
Agar qarzdor majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi
uchun javobgar bo‘lmasa, kreditor neustoyka to‘lashni talab qilishga haqli emas.
Neustoyka jarima yoki penya shaklida bo‘ladi.
Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda
to‘laydigan va, qoida tariqasida, qat’iy pul summasida hisoblanadigan neustoyka
jarima hisoblanadi.
Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida to‘laydigan va
o‘tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan
qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi.
Neustoyka to‘g‘risidagi kelishuvning shakli
Neustoyka to‘g‘risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilishi kerak.
Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni
majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi garov hisoblanadi.
Garovga ko‘ra qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan
taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat bo‘yicha o‘z talabi garovga
qo‘yilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulk egasi bo‘lgan shaxs (garovga
qo‘yuvchi)ning
boshqa
kreditorlariga
qaraganda
imtiyozli
suratda
qanoatlantirilishiga, qonunda nazarda tutilgan tartibda, haqli bo‘ladi.
Garovga oluvchi garovga qo‘yilgan mol-mulkni yo‘qotganlik yoki unga ziyon
yetkazganlik uchun sug‘urta haqidan, bu mol-mulk kimning foydasiga sug‘urta
qilingan bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z talabi yuqoridagi asoslarda qanoatlantirilishiga
haqli, basharti mol-mulkni yo‘qotish yoki unga ziyon yetkazish garovga oluvchi
javobgar bo‘lgan sabablarga ko‘ra yuz bergan bo‘lmasa.
Garov shartnoma yoki qonun asosida amalda yuzaga keladi.
Garov zakalat, ipoteka, shuningdek huquqlar garovi tarzida amal qilishi
mumkin.
Garovga qo‘yiladigan mulk garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchiga
o‘tkazilganda garov zakalat deb hisoblanadi.
Ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish ipoteka hisoblanadi.
Garovda turgan mol-mulk garovga qo‘yuvchi tomonidan boshqa talablarni
ta’minlash uchun garovga (navbatdagi garovga) berilishi mumkin.
Navbatdagi garovga, agar u garov to‘g‘risidagi oldingi shartnomalarda
taqiqlanmagan bo‘lsa hamda basharti oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar
tomonidan garov reestriga tegishli yozuv kiritilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Garovga qo‘yuvchi xar bir navbatdagi garovga oluvchiga ushbu mol-mulkning
mavjud bo‘lgan barcha garovlari haqida ma’lum qilishi shart va u ushbu
majburiyatni bajarmaslik tufayli garovga oluvchilarga yetkazilgan zarar uchun javob
beradi.
Agar oldingi garov shartnomasida navbatdagi garov shartnomasini tuzish
mumkin bo‘lgan shartlar nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday garov shartnomasi oldingi
shartnomada ko‘rsatilgan shartlarga amal qilgan holda tuzilishi kerak. Ko‘rsatilgan
shartlar buzilgan taqdirda oldingi garovga oluvchi shu tufayli yetkazilgan
zararlarning o‘rnini qoplashni garovga qo‘yuvchidan talab qilishga haqlidir.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulk boshqa talablarni ta’minlash uchun yana bir
garovning (navbatdagi garovning) narsasiga aylansa, navbatdagi garovga
oluvchining talablari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda mazkur mol-mulkning
qiymatidan qanoatlantiriladi.
Garov narsasini almashtirishga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha
tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga oluvchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Agar garov narsasi nobud bo‘lgan yoki shikastlangan yoxud unga bo‘lgan mulk
huquqi yo xo‘jalik yuritish huquqi qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra bekor
qilingan bo‘lsa, garovga qo‘yuvchi oqilona muddatda (nizo chiqqan taqdirda esa -
sud belgilagan muddatda) garov narsasini tiklashga yoki shartnomada boshqacha
tartib belgilangan bo‘lmasa, uni teng qiymatli boshqa mol-mulk bilan almashtirishga
haqli.
Undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish asoslari
Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni
qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni o‘zi javobgar bo‘lgan vaziyatlarda
bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda garovga qo‘yilgan mol-
mulkka qaratish mumkin.
Agar garov bilan ta’minlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi
juda arzimas bo‘lsa va shu tufayli garovga oluvchining talablarining miqdori
garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatiga mutlaqo mos kelmasa, undiruvni
garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin, qonunda belgilangan
hollar bundan mustasno.
Undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish tartibi
Garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qo‘yilgan ko‘chmas mol-
mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi.
Garovga oluvchining talabini garovga qo‘yilgan ko‘chmas mol-mulk hisobidan
sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov to‘g‘risidagi shartnomada
nazarda tutilgan bo‘lsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar
vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qo‘yuvchi bilan tuzilgan,
notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yo‘l qo‘yiladi. Mazkur kelishuv
tufayli huquqlari buzilgan shaxsning da’vosiga ko‘ra bunday kelishuv sud
tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Agar garovga qo‘yuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvida boshqacha
tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga oluvchining talablari garovga qo‘yilgan
ko‘char mol-mulk hisobidan sud hujjatiga muvofiq qondiriladi. Agar qonunda
boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, undiruv garovga oluvchiga
topshirilgan garov narsasiga garov to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan tartibda
qaratilishi mumkin.
Undiruv garov narsasiga quyidagi hollarda faqat sudning qaroriga muvofiq
qaratilishi mumkin:
1) qonunda boshqa shaxsning yoki organning garov to‘g‘risida shartnoma
tuzish uchun roziligi yoxud ruxsati haqidagi talab belgilangan bo‘lsa;
2) garov narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga
ega mol-mulk bo‘lsa;
3) garovga qo‘yuvchi yo‘qolgan bo‘lsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin
bo‘lmasa.
Garov quyidagi hollarda bekor bo‘ladi:
1) garov bilan ta’minlangan majburiyat bekor bo‘lganida;
2 garovga qo‘yuvchining talabi bilan;
3) garovga qo‘yilgan ashyo nobud bo‘lganida yoki garovga qo‘yilgan huquq
bekor bo‘lganida, basharti garovga qo‘yuvchi
4) garovga qo‘yilgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, shuningdek uni
realizatsiya qilish mumkin bo‘lmagan taqdirda Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma
ro‘yxatdan o‘tkazilgan reestrda ipoteka tugatilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan
bo‘lishi kerak;
5)
agar
garovga
oluvchi
FK
282-moddasi
ikkinchi
qismining 4-
bandida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan bo‘lsa, bundan garovga
qo‘yilgan mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan
ta’minlanmagan kreditorlarning o‘z talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-
mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno.
Garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilishi natijasida yoki garovga
qo‘yuvchining talabi bilan garov bekor bo‘lganida ixtiyorida garovga qo‘yilgan mol-
mulk bo‘lgan garovga oluvchi uni darhol garovga qo‘yuvchiga qaytarib berishi
shart.
Ushlab qolish asoslari
Qarzdorga yoki qarzdor ko‘rsatgan shaxsga topshirilishi lozim bo‘lgan ashyoni
saqlayotgan kreditor ushbu ashyo haqini yoki u bilan bog‘liq chiqimlar va boshqa
zararni kreditorga to‘lash majburiyatlari qapzdop tomonidan muddatida
bajarilmagan taqdirda uni tegishli majburiyat bajarilgunga qadar ushlab qolishga
haqli.
Garchi ashyoning haqini to‘lash yoki uning chiqimlarini va boshqa zararni
to‘lash bilan bog‘liq bo‘lmasa-da, biroq taraflari tadbirkorlar sifatida ish ko‘rayotgan
majburiyatdan kelib chiqqan talablar ham ashyoni ushlab qolish bilan ta’minlanishi
mumkin.
Ashyo kreditor egaligiga o‘tganidan keyin unga bo‘lgan huquqlar uchinchi
shaxs tomonidan olinganligiga qaramasdan, kpeditop o‘z qo‘lidagi bu ashyoni
ushlab qolishi mumkin.
Agar shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu moddaning
qoidalari qo‘llaniladi.
Ashyoni ushlab qolgan kreditorning talablari uning qiymatidan garov bilan
ta’minlangan talablarni qondirish uchun nazarda tutilgan hajmda va tartibda
qondiriladi.
Kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki
qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi.
Kafillik shartnomasi kelgusida vujudga keladigan majburiyatni ta’minlash
uchun ham tuzilishi mumkin.
Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Yozma shaklga rioya
qilmaslik kafillik shartnomasining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.
Kafilning javobgarligi
Qarzdor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim
darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob
beradilar, basharti qonunda yoki kafillik shartnomasida kafilning subsidiar javobgar
bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lmasa.
Basharti, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa,
kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar
to‘laydi, qarzni undirib olish bo‘yicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini
bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditor ko‘rgan boshqa
zararlarni to‘laydi.
Agar kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa,
birgalashib kafil bo‘lgan shaxslar kreditor oldida solidar javob beradilar.
Kafillikning bekor bo‘lishi
Kafillik bilan ta’minlangan majburiyat bekor bo‘lgach, shuningdek ushbu
majburiyat kafilning roziligisiz javobgarlikning oshishiga yoki uning uchun boshqa
noqulay oqibatlarga olib keladigan tarzda o‘zgartirilgan taqdirda kafillik bekor
bo‘ladi.
Kafillik bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarz boshqa shaxsga
o‘tkazilganida, agar kafil yangi qarzdor uchun javobgar bo‘lish haqida kreditorga
rozilik bergan bo‘lmasa, shuningdek kafil ta’minlagan majburiyatni bajarish
muddati kelganida kreditor qarzdor yoki kafil taklif qilgan tegishli ijroni qabul
qilishdan bosh tortsa, kafillik bekor bo‘ladi.
Shartnomada ko‘rsatilgan kafillik muddati o‘tganidan keyin kafillik bekor
bo‘ladi. Agar bunday muddat belgilangan bo‘lmasa, kreditor kafillik bilan
ta’minlangan majburiyatni bajarish muddati kelgan kundan boshlab bir yil davomida
kafilga da’vo qo‘zg‘atmagan taqdirda kafillik bekor bo‘ladi. Agar asosiy
majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan va belgilanishi mumkin bo‘lmagan
yoki talab qilib olish payti bilan belgilangan bo‘lsa, kreditor kafillik shartnomasi
tuzilgan kundan boshlab bir yil mobaynida kafilga nisbatan da’vo qo‘zg‘atmagan
taqdirda kafillik bekor bo‘ladi.
Kafolat BU-Kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki sug‘urta
tashkiloti (kafil) boshqa shaxs (prinsipal) ning iltimosiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga
olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul
summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida
prinsipalga yozma majburiyat beradi.
Kafolatning bekor bo‘lishi
1) kafolat berilgan summa benefitsiarga to‘lanishi;
2) kafolatda belgilangan muddatning tamom bo‘lishi;
3) benefitsiar kafolat bo‘yicha o‘z huquqlaridan voz kechishi va uni kafilga
qaytarib berishi oqibatida;
4) benefitsiar kafilni uning majburiyatlaridan ozod qilishi haqida yozma ariza
berish yo‘li bilan kafolat bo‘yicha o‘z huquqlaridan voz kechishi oqibatida.
Kafolat bekor bo‘lganligidan xabar topgan kafil darhol bu haqda prinsipalni
xabardor qilishi kerak.
Kafilning prinsipalga regress talablari
Kafilning prinsipaldan kafolat bo‘yicha benefitsiarga to‘langan summalarni
regress tartibida to‘lashni talab qilish huquqi kafilning prinsipal bilan bajarish
yuzasidan kafolat berilgan kelishuvida belgilab qo‘yiladi.
Agar kafilning prinsipal bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo‘lmasa, kafil benefitsiarga kafolat shartlariga nomuvofiq tarzda yoki kafilning
benefitsiar oldidagi majburiyatni buzganligi uchun to‘langan summalarni qoplashni
prinsipaldan talab qilishga haqli emas.
Shartnoma tuzayotgan taraflardan biri shartnoma tuzilganligini isbotlash va
uning ijrosini ta’minlash yuzasidan beradigan pul summasi zakalat hisoblanadi.
Zakalat to‘g‘risidagi kelishuv zakalatning summasidan qat’i nazar, yozma
ravishda tuzilishi kerak.
Shartnomadagi taraf amalga oshirishi kerak bo‘lgan to‘lovlar hisobidan
to‘langan summa zakalat ekanligiga, xususan FK ning 311 moddaning ikkinchi
qismida belgilangan qoidaga rioya qilinmasligi oqibatida, shubha tug‘ilgan taqdirda,
bu summa, agar boshqa hol isbotlangan bo‘lmasa, bo‘nak sifatida to‘langan deb
hisoblanadi.
Zakalat bilan ta’minlangan majburiyatnibekor qilish va bajarmaslik
oqibatlari
Majburiyat uni bajarishdan oldin taraflarning kelishuviga muvofiq yoki
bajarishning imkoni yo‘qligi oqibatida (ushbu Kodeksning 349-moddasi) bekor
qilingan taqdirda zakalat puli qaytarib berilishi kerak.
Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat puli bergan taraf javobgar
bo‘lsa, zakalat ikkinchi tarafda qoladi. Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun
zakalat olgan taraf javobgar bo‘lsa, u ikkinchi tarafga zakalatni ikki baravar qilib
qaytarishi shart.
Bundan tashqari, shartnomaning bajarilmasligi uchun javobgar bo‘lgan taraf,
agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, zakalat summasini
hisobga olgan holda ikkinchi tarafga zararlarni to‘lashi shart.