MAJBURIYAT HUQUQINI BEKOR BO‘LISHI (Majburiyatlarni bekor bo’lishi. Majburiyatdagi shaxslarning o’zgarishi)
Yuklangan vaqt
2024-05-06
Yuklab olishlar soni
9
Sahifalar soni
37
Faytl hajmi
49,8 KB
Ilmiybaza.uz
1
“FUQAROLIK HUQUQI” fanidan
KURS ISHI
MAJBURIYAT HUQUQINI BEKOR BO‘LISHI
Ilmiybaza.uz
2
Mundarija:
1.KIRISh…………………………………………………………………….............
1. Majburiyat tushunchasi va taraflari……………...………………....................
2.Majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik. Majburiyatlarni bajarish va
bajarilishini taminlash……………………......……………….………...................
3.Majburiyatlarni bekor bo’lishi. Majburiyatdagi shaxslarning o’zgarishi…...
4. Xulosa…………………………………………………………..………………...
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….
Ilmiybaza.uz
3
KIRISH
Fuqarolik huquqida majburiyatlarni vujudga kelishi, o’zgarishi va bekor bo’lishi
muhim ahamiyatga ega. Chunki jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasidagi barcha
huquqiy munosabatlarni tartibga solish shartnomalarda belgilangan majburiyatlarni
taminlaganligida va bajarilishida hamda unga o’zgartirish kiritish холатларига
qarab taxlil qilinadi.
Majburiyuriyat huquqi mazkur kurs ishi belgilangan rejaga muvofiq,
Fuqarolik huquqining tegishli adabiyotlaridan foydalangan holda tegishli adabiyot
materiallari bilan tanishib yozildi.
Majburiyat huquqi tizimi ikki asosiy boʻlimdan: majburiyatlar toʻgʻrisidagi umumiy
qoidalar(1- umumiy qism ) va majburiyatlarning ayrim turlariga oid(2-maxsus qism)
maxsus qoidalardan iborat. Majburiyat toʻgʻrisidagi umumiy qoidalarda (FKning
234-385-moddalari)
majburiyatlarning
kelib
chiqishi
va
bajarilishi,
majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash, talab qilish huquqini birovga oʻtkazish va
qarzni koʻchirish (majburyatdagi shaxslarni o’zgartirish), majburiyatlarni buzganlik
uchun javobgarlik va nihoyat majburiyatlarning bekor qilinishi asoslari, majburiyat
munosabatlarini
vujudga
keltiruvchi
asosiy
huquqiy
vosita
hisoblangan
shartnomalar va ularni tuzish, oʻzgartirish hamda bekor qilish tartibi kabi masalalar
belgilanadi.
Ushu qo’llanmada birinchi umumiy qism birinchi kichik bo’lim bilan tanishamiz
ya’ni Fuqarolik kodeksi 236- 352- moddalari.
Ilmiybaza.uz
4
1.MAJBURIYAT TUSHUNCHASI VA TARAFLARI.
1. Majburyat tushunchasi- bir shaxs (qarzdor) ikkinchi shaxs (kreditor) foydasiga
muayyan
harakatlarni
amalga
oshirishi
(mol-mulkni
topshirish,ishlarni
bajarish,xizmatlar ko’rsatish, pul to’lash ) kreditor esa qarzdordan o’zining
majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo’lishi.
Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda Fuqarolik kodeksida
ko’rsatilgan asoslardan kelib chiqadi. (FK, 234-modda)
Majburiyat subyektlari va obyektlari uning muhim
qismi
hisoblanadi.
Majburiyat subyektlari muayyan huquqlarga ega boʻlgan va zimmasiga majburiyat
olgan shaxslardir. Har bir majburiyatda, albatta, ikki taraf ishtirok etadi.
Kreditor- Muayyan bir harakatning qilinishini yoki muayyan harakatni qilishdan
saqlanishni talab etishga haqli boʻlgan taraf.
Qarzdor- Muayyan harakatni qilishga yoki harakat qilishdan saqlanishga majbur
boʻlgan taraf.
Majburiyatda kreditorning talab qilish huquqi va shunga yarasha qarzdorning burchi
nimaga qarata belgilangan boʻlsa, shuning oʻzi majburiyat obyekti hisoblanadi.
Jumladan, huquq va burchlar biror-bir ashyoni olishga, topshirishga, muayyan pul
summasini
toʻlashga,
biror-bir
ishning
bajarilishiga
qaratilgan
huquqiy
harakatlardan iborat boʻlishi mumkin.
Majburiyatlarning kelib chiqishi shaxslarning erkini ifoda etilishi bilan yoki maʼlum
holatning sodir boʻlishi bilan bogʻliq boʻlishiga qarab, yuridik faktlar qanday
vaziyatda kelib chiqishidan qatʼi nazar, ikki turga – yuridik harakatlar yoki yuridik
hodisalarga boʻlinadi. Yuridik harakatlar majburiyatlarning vujudga kelish asosi
sifatida deyarli keng tarqalgan yuridik faktlar qatoriga kiradi. Fuqarolik huquqi
normalari majburiyatlarning vujudga kelishini faqat harakatlarning yuz berishi
bilangina emas, shuningdek harakatsizlik, yaʼni shaxsning muayyan harakatni
bajarishdan oʻzini saqlash bilan ham bogʻlaydi.
Ilmiybaza.uz
5
Umumiy qoidaga binoan, majburiyatlar FKda nazarda tutilgan asoslarda vujudga
keladi. Ammo, bunday majburiyatlarning vujudga kelishi qonunda nazarda
tutilmagan boʻlsa-da, lekin fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy mohiyati va
mazmuniga zid boʻlmagan fuqarolar va yuridik shaxslarning harakatlari asosida ham
vujudga kelishi mumkin (FKning 8-moddasi 1-qismi).
MAJBURYATLARNI BAJARISH VA BAJARILISHINI TAMINLASH.
Majburiyatlarning bajarish. Majburyatlar majburiyat shartlariga va qonunchilikga
muvofiq, bunday shartlar va talablar bo’lmaganida ish muomilasi odatlariga yoki
odatda qo’yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak (Fk
236-modda).Ya’ni moddiy narsalar (ashyolar, pullar), ishlar va xizmatlar, shu
ningdek ijodiy mehnat natijalari (yaratilgan asarlar), umuman nimaning barpo
etilishi yoki topshirilishi toʻgʻrisida majburiyat belgilansa, u bajarish predmeti
boʻladi. Faqat u fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan ashyolar boʻlishi kerak.
Masalan, kreditorga majburiyat boʻyicha muayyan bir ashyoni, chunonchi, oʻziga
xos belgilari boʻlgan narsani topshirish lozim. Aytaylik, majburiyat predmeti jismiy
alomatlari, chunonchi, son, ogʻirlik yoki oʻlchov bilan belgilanadigan boʻlsa,
Ilmiybaza.uz
6
qarzdor tomonidan shu xildagi son, ogʻirlik yoki oʻlchov bilan belgilanadigan ashyo
topshirilishi kerak.Misol uchun qarzdorga 100 dona ¾ dyumli kompyuter
monitorlarini topshirish majburiyatini olgan bo’lsa qarzdor ayni shu o’lchamdagi
shuncha miqdordagi ashyolarni yetkazishi lozim.
Qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan xollardan tashqari(topshiriq
shartnomasi) majburyatlarni bajarishdan bir tomonlama bosh tortib bo’lmaydi(FK
237-modda).Bundan tashqari majburyatlar kelishilgan va muqobil usulda bajarilishi
lozim.Misol:yuk tashish shartnomasida, yuk tashivchu eng qisqa yo’l va samarali
vaqtda tashishi yoki pudrat shartnomasida pudratchi buyurtmachi materialidan
tejamlilik bilan sarflashi va noto’g’ri ishlatilishi uchun javobgar bo’ladi.
Majburyatlarni qismlarga bo’lib bajarilishida kreditor xoxlasa qismlarga bo’lib
bajarishni qabul qilmaslikka haqli.Kreditorga mahsulot yetkazib berish
majburiyatini olgan qarzdor o’z xoxishi bilan mahsulotni qismlarga bo’lib yetkazib
bera olmaydi.Bu holatda doimiy ravishda kreditorning manfaatlari ustun bunga
mavsumiy mahsulot yetkazish berishni yaqqol misol qilib olishimmiz mumkin.
Majburyatlarni tegishli shaxs uchun bajarish tamoyili FK 240-moddasida aks
etgan.Bunda taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutuilmagan bo’lsa
ijroni kim qabul qilayotganini talab qilishga haqli bunday talab qo’ymasa agar xavf
kelib chiqsa qarzdor zimmasida bo’ladi.Majburiyatni qonunda yoki shartnomada
boshqacha hol anglashilmasa uchunchi shaxs zimmasiga yuklash (Fk 241-modda)
mumkin.Bu holatda qarzdor uchun majburiyatni uchunchi shaxs tomonidan bajarib
beriladi.
Majburiyatni bajarish: muddati, joyi va usuli. Majburiyatni bajarish muddati qonun
bilan yoki taraflarning oʻzaro kelishuvi bilan yoxud sud qarori bilan belgilanishi
mumkin.
Majburiyatni bajarish muddati kalendar sana bilan yoki muayyan vaqtda, masalan,
uch oy ichida bajarilishini koʻrsatish bilan yoxud biror hodisaning vujudga kelishi,
chunonchi, paxta hosilning yigʻishtirib olinishi vaqt bilan koʻrsatilishi mumkin.
Muddatlar umumiy va juzʼiy, asosiy va maxsus, boshlangʻich va oxirgi muddatlarga
boʻlinishi mumkin.
Ilmiybaza.uz
7
Umumiy muddat – barcha majburiyatning butunlay bajarilishi muddati boʻlsa, juzʼiy
muddat – majburiyatning qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan qismlarga
boʻlinib, qisman bajarilishidir. Bunday muddatlar asosiy muddatlar hisoblanadi,
chunki bu muddatlar taraflarning asosiy majburiyatlarini bajarishlari uchun
belgilanadi.
Maxsus muddatlar biror-bir qoʻshimcha, maxsus harakatlarni bajarish, chunonchi,
qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda zarur hujjatlarni topshirish,
mahsulotda boʻlgan kamchiliklar toʻgʻrisida dalolatnomalar tuzish uchun
belgilangan muddatlardir.
Baʼzi majburiyatlarda, masalan, pudrat shartnomasida ishni boshlash muddati –
boshlangʻich muddat va ishni tamomlash muddati – oxirgi muddat qilib koʻrsatilishi
mumkin. Muddatlarni hisoblashga oid qoidalar FKning 145-148-moddalarida
normalangan.
Bajarish muddati belgilanmagan majburiyatlar ham uchraydi. Baʼzi hollarda oʻzaro
shartnoma tuzishda majburiyatni bajarish muddatini belgilamasliklari yoki
majburiyatning kreditor yoki qarzdor talab qilgan zahoti bajarilishi kerakligini
belgilashlari mumkin.
Agar majburiyatni bajarish muddati koʻrsatilmagan yoki talab qilib olish payti bilan
belgilanib qoʻyilmagan boʻlsa, kreditor majburiyatda ijroni talab qilishga, qarzdor
esa ijroni har qachon amalga oshirishga haqli boʻladi. Majburiyatni darhol bajarish
vazifasi qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor
bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab, yetti kunlik muddat
ichida bajarishi shart (FK, 242-modda). Muddat koʻrsatilmay belgilangan
majburiyatlarga omonat saqlash majburiyatini koʻrsatish mumkin. Taraflardan
birining talabi boʻyicha omonat shartnomasi har qachon bekor qilinishi va ashyoni
omonatga qoʻygan shaxs har qachon uning qaytarilishini talab qilishga, omonat
saqlovchi esa darhol qaytarishga majbur boʻladi. Agar ashyolar talab qilib
olinguncha yoki muddat koʻrsatilmay saqlash uchun topshirilgan boʻlsa, omonat
saqlovchi har qachon shartnomadan bosh torta oladi, ammo bu holda u omonat
topshirgan shaxsga mulkni qayta qabul qilish uchun mazkur sharoitlarda yetarli
Ilmiybaza.uz
8
muddat berishga majbur. Qonun baʼzi hollarda kreditorga ham ijroni qabul qilishga
tayyorgarlik koʻrish uchun muhlat olish mumkinligini belgilaydi. Chunonchi, agar
mulk ijarasi shartnomasi muddati koʻrsatilmay tuzilgan boʻlsa, bu holda u nomaʼlum
muddatga tuzilgan sanaladi va har ikki taraf xohlagan vaqtda shartnomani bekor qila
oladilar. Bu holda shartnomani bekor qilmoqchi boʻlgan taraf ikkinchi tarafni bir oy
oldin koʻchmas mulk ijarasida esa uch oy ilgari yozma ogohlantirilishi lozim, deb
koʻrsatiladi.
Majburiyatlar muddatidan ilgari ham bajarilishi mumkin. Majburiyatning bajarilishi
vaqti kreditor uchun har xil ahamiyatga ega boʻladi. Chunonchi, kreditor omonatga
qoʻyilgan narsani muddati dan ilgari oʻziga qaytarilishini istamasligi qarz
shartnomasi boʻyicha esa berilgan qarzning muddatidan avval qaytarilishiga qarshi
boʻlmasligi mumkin. Agar qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan
boʻlsa yoxud majburiyatlarning mohiyatidan yoinki ish muomalasi odatlaridan yoki
odatda qoʻyiladigan boshqa talablar dan anglashilsa, qarzdor majburiyatni
muddatidan ilgari bajarishga haqli, kreditor esa ijroni muddatidan ilgari qabul qilishi
shart (FK, 243-modda).
Fuqarolik huquqida majburiyatni ijro etish joyi ham muhim ahamiyatga ega. FKning
246-moddasiga asosan, agar majburiyatni bajarish joyi qonun hujjatlari yoki
shartnoma bilan belgilab qoʻyilgan boʻlmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud
ish muomalasi odatlaridan yoyinki odatda qoʻyiladigan talablardan anglashilmasa,
ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:
1) koʻchmas mol-mulkni topshirish majburiyatlari boʻyicha mol-mulk turgan joyda;
2) tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish
majburiyatlar boʻyicha – tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi
tashuvchiga topshirish joyida;
3) qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan oʻzga
majburiyatlari boʻyicha – mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, basharti
majburiyatning kelib chiqish paytida bu joy kreditorga maʼlum boʻlgan boʻlsa;
4) pul majburiyati boʻyicha – majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan
joyda, agar kreditor yuridik shaxs boʻlsa, uning majburiyat vujudga kelgan paytda
Ilmiybaza.uz
9
joylashgan yerida, agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha oʻz yashash joyini
yoki joylashgan yerini oʻzgartirgan boʻlsa va bu haqda qarzdorni xabardor qilgan
boʻlsa – ijro bilan bogʻliq hamma xarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning
yangi yashash joyida yoki joylashgan yerida;
5)boshqa barcha majburiyatlar boʻyicha – qarzdorning yashash joyida, agar qarzdor
yuridik shaxs boʻlsa, uning joylashgan yerida.
Majburiyatda qatnashuvchi taraflarning koʻpchilik boʻlishi, ulushli va sherik
majburiyatlar. Majburiyatda koʻpchilik boʻlib qatnashuvchi shaxslar aktiv va
passiv ishtirokchilarga ajratilishi mumkin. Majburiyatda koʻpchilik boʻlib kreditor
tarafida qatnashuvchi shaxslar – aktiv ishtirokchilar deb, qarzdor tarafida
qatnashuvchi shaxslar esa – passiv ishtirokchi lar deb ataladi. Agar majburiyatda
qatnashuvchi shaxslar har ikki tarafda ham koʻpchilik boʻlib ishtirok etsa – aralash
ishtirokchilar deb ataladi.
Koʻp shaxslar ishtirok etgan majburiyatlar ulushli va sherik majburiyatlarga
boʻlinadi.
Ulushli majburiyatlarda qatnashuvchi kreditorlarning har biri qarzdordan tegishli
ulushining bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻlsa, ulushli qarzdorlardan har
biri oʻziga tegishli ulushni bajarishga majbur boʻladi.
FKning 251-moddasida koʻrsatilganidek, agar ulushli majburiyatda bir necha
kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etsa, basharti qonundan yoki shartnomadan
boshqacha tartib anglashilmasa, u holda har bir kreditor majburiyatni boshqalar bilan
teng ulush larda talab qilishga haqli, har bir qarzdor esa bu talabni bajarishi shart.
Ulushli majburiyatga ikki fuqaro tomonidan ulushlarga boʻlinib qurilgan uy-joyning
sotilishida sotuvchilardan har biri oʻz ulushiga nisbatan tegishli haqni talab qilish
yuzasidan kreditor boʻlishini misol qilib koʻrsatish mumkin.
Yuridik shaxslar oʻrtasida ham ulushli majburiyatlar vujudga kelishi mumkin.
Chunonchi, bir necha tashkilot birgalashib uy-joy qurganida, tashkilotlarning har
biri oʻz ulushiga yarasha uy-joyni boshqarish va undan foydalanish huquqiga ega
boʻladi.
Ilmiybaza.uz
10
Ulushli majburiyatlarda faol ishtirokchi boʻlgan kreditorlar dan har biri qarzdordan
faqat oʻziga tegishli ulushnigina talab qilish huquqiga ega boʻlsa, qarzdorlardan har
biri oʻziga tegishli ulushda majburiyatni bajarishga majbur boʻladi.
toʻrtinchidan, qarzdorning yoki zarar yetkazuvchining aybi mavjud boʻlishi.
2.Fuqarolik-huquqida majburiyatni buzganlik uchun javobgarlikning turlari.
Majburiyat boʻyicha javobgarlikning turlari ushbu majburiyatning xususiyatlari,
qaysi maqsadni koʻzlab va uni amalga oshirish uchun tuzilgan boʻlishi, nimaga,
yaʼni qaysi yuridik faktga asosan vujudga kelgan boʻlishi bilan ifodalanadi. Masalan
majburiyat shartnomaga asoslangan yoki shartnomadan tashqari boʻlishiga qarab
javobgarlik shartnomaviy yoki noshartnomaviy, javobgarlik bir necha shaxslar
oʻrtasida boʻlingan boʻlishiga qarab ulushli, solidar va subsidiar xarakterga ega
boʻlishi mumkin.
Shartnomaviy javobgarlik. Bu javobgarlik shartnomadan kelib chiqadigan
majburiyatlar buzilganligi hollarida yuzaga keladi hamda shartnomaga asoslangan
majburiyat buzilganligi uchun qoʻlla niladigan huquqiy chora sifatida koʻriladi.
Shartnomadan tashqari javobgarlik jabrlanuvchi tarafga u bilan shartnoma
munosabatlarida boʻlmagan shaxs tomonidan yetkazil gan ziyon, zarar va boshqa
oqibatlar tufayli paydo boʻladi. Masalan, mahsulotni yetkazib berish (postavka)
shartnomasi boʻyicha mahsulot yetkazib bermaslik, yetkazib berish muddatlarini
buzganlik, yetkazib berilgan mahsulot sifati boʻyicha talabga javob bermasligi
tufayli vujudga keladigan javobgarlik-shartnomaviy javobgarlikdan iborat.
FKning 1017-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼ molchilarning
huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 20-moddasiga muvofiq sotilgan
tovarlarning nuqsonlari oqibatida isteʼmolchining zararni sotuvchi va tayyorlovchi
(ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim. Bu yerda sotuvchining javobgarligi
shartnomaviy xarakterga ega, chunki u isteʼmolchi (sotib oluvchi) bilan bevosita
shartnomaviy munosabatda boʻlgan. Tayyorlovchi (ijrochi)ning javob garligi
shartnomaviy xarakterga ega emas, chunki u isteʼmolchi (sotib oluvchi) bilan
Ilmiybaza.uz
11
shartnomaviy
munosabatda
boʻlgan emas.
Shartnomadan
tashqari
zarar
yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha javobgarlik barcha hollarda
shartnomaviy xarakterga ega boʻlmaydi.
Noshartnomaviy javobgarlik shartnomadan tashqari majbu riyatlar buzilishi
oqibatida kelib chiqadigan javobgarlik hisobla nadi. Shartnomaviy javobgarlik bilan
noshartnomaviy javobgar likni bir-biridan ajratish muhim yuridik ahamiyatga ega.
Shartnomadan tashqari javobgarlikning shakllari va hajmlari faqat qonun bilan
belgilanadi, shartnoma majburiyatining shakl lari va miqdori esa ham qonun bilan,
ham tuzilgan shartnomaning shartlari bilan belgilanadi.
Masalan, agar zarar jabrlanuvchi bilan shartnomaviy munosa batlarda boʻlmagan
shaxs tomonidan yetkazilgan boʻlsa, bunday zarar FKning 985-1030-moddarida
nazarda tutilgan qoidalarga asosan va tartibda undiriladi. Agar zarar shartnomaga
asosan oʻz zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasini olgan shaxs tomonidan
yetkazilgan boʻlsa, bunday zarar Fuqarolik kodeksining 324-339-moddalarida
nazarda tutilgan qoidalarga asosan undiriladi.
Umuman olganda delikt va asossiz boylik ortirish oqibatida zarar yetkazilgan boʻlsa
u holda javobgarlik shartnomadan tashqari javobgarlik sanaladi.
Ulushli javobgarlik. Qarzdorlarning har biri yoki umumiy mulk subyektlari orasidan
bitta qarzdor qonun yoki shartnomada belgilangan muayyan ulushda javobgar
boʻlishganda yuzaga keladi. Bu javobgarlik turi adabiyotlarda turlicha nomlanishi
mumkin. Ayrim adabiyotlarda ulushli javobgarlik tarzi da qoʻllaniladi. Lekin har
ikki atama ham sinonim soʻzlar boʻlganligi sababli xatolikni keltirib chiqarmaydi.
Ulushli javobgarlik umumiy ahamiyatga ega boʻlgan qoidadan iborat boʻlib,
qonunda va shartnomada solidar va subsidiar javobgarliklar nazarda tutilmagan
hollarda qoʻllaniladi.
Bunday javobgarlik ulushlar asosida tashkil etilgan yuridik shaxslar, oddiy shirkat
shartnomasi, oila mulki, umuman olganda umumiy mulk asosida bir necha shaxs
mulkdor boʻlgan hollarda yuzaga kelgan majburiyat munosabatlarida uchrashi
mumkin.
Ilmiybaza.uz
12
Ulushli majburiyatda qarzdorlarning har biri oʻzi uchun javob beradi va unga boshqa
qarzdorlarning (harakati yoki harakatsizligi uchun) javobgarlik yuklatilmaydi. Agar
majburiyat ashyosi (predmeti) boʻlinadigan boʻlsa, yaʼni ulushlardan tashkil topgan
boʻlsa, hamda qonunda va shartnomada boshqacha holat koʻzda tutilmagan boʻlsa,
qarzdorlarning har biri teng ravishda javobgar boʻladilar.
Solidar javobgarlik. Bir majburiyat boʻyicha bir necha shaxsning birgalikdagi
javobgarligi hisoblanadi.
Solidar degan tushuncha fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sheriklikni, birgalikda
harakat qilishni, biror bir vazifani, tadbirkorlik faoliyatini jismoniy yoki yuridik
shaxslar tomonidan oʻzaro kelishilgan xolda birgalikda amalga oshirish, bajarish
maj buriyatini olish, shuning bilan birga olingan majburiyat bajaril magan taqdirda
birgalikda yoki biri uchun ikkinchisi javob berish maʼnosini beradi.
Solidar qarzdorning biridan toʻliq qanoatlanmagan kreditor olaolmagan narsasini
boshqa solidar qarzdorlardan talab qilish huquqiga ega. Solidar qarzdorlar
majburiyat toʻla bajarilguncha burchli boʻlib qolaveradilar.
Masalan, Oddiy shirkat shartnomasi bekor boʻlgan paytdan bosh lab uning
ishtirokchilari uchinchi shaxslarga nisbatan bajarilmagan umumiy majburiyatlar
boʻyicha solidar javobgar boʻladilar (FKning 971-moddasi).
Subsidiar javobgarlik – qarzdor tomonidan majburiyat boʻyicha qarzning
qoplanmagan qismiga nisbatan uchinchi shaxsning qoʻshimcha javobgarligi
hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda sub sidiar javobgar kreditor oldida asosiy
qarzdorning javobgarligi ga nisbatan qoʻshimcha javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Kreditor dastlab majburiyat boʻyicha javobgarlikni asosiy qarzdorga qarata di, agar
u bajarilmasa subsidiar qarzdor munosabatga jalb etiladi. Masalan, oʻn toʻrt yoshdan
oʻn sakkiz yoshgacha voyaga yetmaganning zararni qoplash uchun yetarli mol-
mulki yoki boshqa daromad manbalari boʻlmagan taqdirda, zarar toʻligʻicha yoki
uning yetishmagan qismi voyaga yetmaganning ota-onasi (farzandlikka oluvchilari)
yoki homiysi tomo nidan, agar ular zarar oʻzlarining aybi bilan yetkazilmaganligini
isbotlay olmasalar, toʻlanishi lozim (FKning 994-moddasi).
Ilmiybaza.uz
13
Subsidiar javobgarlik qonunda, boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilishi yoki
shartnomaga asoslangan majburiyatning shart laridan kelib chiqishi mumkin.
Fuqarolik kodeksi 48-moddasining 4-qismiga binoan “Agar yuridik shaxsning
nochorligi (bankrotligi) shu yuridik shaxs uchun majburiy koʻrsatmalarni berish
huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs
mol-mulki mulkdorning gʻayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan boʻlsa,
yuridik shaxsning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga
uning majbu riyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin”.
Amaldagi fuqarolik qonun hujjatlarida subsidiar javobgar likni qoʻllash sohasi
avvalgi qonun hujjatlariga nisbatan ancha kengaytirilgan. Bundan tashqari koʻpgina
yuridik shaxslar bilan bogʻliq qonun hujjatlarda ham bu javobgarlik turiga keng
eʼtibor qaratilgan.
Uchinchi shaxslar harakatlari uchun javobgarlik FKning 334-moddasiga muvofiq
qonun hujjatlari yoki shartnomada bevosita ijrochi boʻlgan uchinchi shaxsning
javobgarligi belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasi
yuklatilgan uchinchi shaxsning majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada
bajarmaganligi uchun qarzdor javob beradi. Qarzdorning uchinchi shaxslar
harakatlari uchun javobgarligi majburiyatni ijro etish qarzdor tomonidan
shartnomaga muvofiq ana shu uchinchi shaxs zimma siga yuklatilgan va qonun
hujjatlari, majburiyatning shartlari va mohiyatidan qarzdor majburiyatni shaxsan ijro
etishi kerak degan mazmun kelib chiqmagani hollarda, umumiy qoida sifatida
yuzaga keladi (FK. 241-modda).
FKning 324, 333-moddalari talablaridan kelib chiqadigan boʻlsak, qarzdorning
uchinchi shaxslar harakatlari uchun javobgarligi fuqarolik-huquqiy javobgarlikning
umumiy asoslari mavjud boʻlganida yuzaga keladi.
Qonun hujjatlarida bevosita uchinchi shaxs – majburiyatning ijrochisi javobgar
boʻlishi nazarda tutilishi mumkin.
Ayrim hollarda uchinchi shaxs-ijrochining toʻgʻridan-toʻgʻri javobgarligiga doir
qoida shartnoma taraflarining kelishuvida nazarda tutilishi mumkin. Masalan, lizing
oluvchi lizing shartno masining narsasi boʻlgan mol-mulkni bevosita sotuvchiga
Ilmiybaza.uz
14
(uchinchi shaxsga) sotuvchi bilan lizing beruvchi oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi
shartnomasidan kelib chiqadigan talablarni, xususan, mol-mulkning sifati va butligi,
uni yetkazib berish muddatlari haqidagi talab larni va shartnoma sotuvchi tomonidan
zarur darajada bajarilmayot gan boshqa hollardan kelib chiqadigan talablarni
qoʻyishga haqli. Bunday hollarda qarzdor (lizing beruvchi) kreditor (lizing oluvchi)
oldida uchinchi shaxs, yaʼni mol-mulkni sotuvchining harakatlari uchun javobgar
boʻlmaydi (FKning 598-moddasi).
Uchinchi shaxslarning harakati uchun javobgar boʻlgan qarzdor ana shu uchinchi
shaxslar oldiga regress talab qoʻyishga haqli. Bunday talab jabrlanuvchi oldida
uchinchi shaxsning aybi uchun javobgar boʻlgan shaxs uchinchi shaxsdan oʻzi
koʻrgan zararlarni toʻliq yoki qisman qoplashni talab qilishga haqli boʻlgan hollarda
qoʻyiladi.
Uchinchi shaxslarning harakatlari uchun javobgarlikning bir qator koʻrinishlari
mavjud. Jumladan, yuridik shaxsning yoki fuqa roning oʻz xodimi tomonidan
yetkazilgan zarar uchun javobgarligi, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi
boshqarish organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan
yetkazilgan zarar uchun javobgarlik, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura
organlari va sudning qonunga hilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun
javobgarlik, voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik,
muomalaga layoqatsizlar tomonidan yetkazil gan zarar uchun javobgarlik kabi. Ular
aksariyat hollarda maxsus delikt asosidagi javobgarlikda uchraydi.
Qarzdorning zararni toʻlash majburiyati. FKning 324-moddasida qarzdor
majburiyatni butunlay bajar maganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli
kreditorga yetkazilgan zararni toʻlashi shartligi normalangan.
Qarzdorning majburiyatni bajarmasligi natijasida vujudga kelgan va toʻlanishi lozim
boʻlgan kreditorning xarajatlari deganda, kreditor tomonidan mazkur majburiyat
yuzasidan qilingan xarajat lar va qarzdorning oʻz vazifasini bajarmaganligi bilan
bogʻliq xarajatlar tushuniladi. Chunonchi, mahsulot yetkazib beruvchi tomoni dan
mahsulotning belgilangan muddatlarda yetkazib berilmasligi tufayli mahsulot
Ilmiybaza.uz
15
oluvchi korxonaning faoliyat koʻrsatib turishi vaqtida qilingan xarajatlar toʻlanishi
lozim.
Majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mulk shartnoma shartlariga muvofiq
kelmaganda va kreditor bunday hollarda mulk ni qarzdorga qaytarish yoki majbur
boʻlganida kreditor zararlari ning undirilishidan qatʼi nazar, mulk uchun toʻlangan
pul summa larining oʻziga qaytarilishini talab qilish huquqiga ega.
Kreditor qarzdorning oʻz vazifasini bajarganligi tufayli yoʻqotgan mulkining
qiymatini yoki mulkning zararlanishi natija sida uning qiymati kamayishidan kelgan
summalarning toʻlanishini talab qilishi mumkin. Maʼlumki, bozor munosabatlari
sharoitida shartnomaviy narxlar amal qiladi. Uning asosiy xususiyati shundan
iboratki, baʼzi hollarda majburiyat vujudga kelgan paytdagi narx bilan zararni
undirish vaqtidagi baholar oʻrtasida tafovut boʻlishi mumkin. Qonunda ushbu
holatlar ham koʻzda tutiladi. FKning 324-moddasi 2-qismi mazmuniga koʻra, agar
qonun hujjatlari yoki shart nomada oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa,
zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak boʻlgan joyda, qarzdor kreditorning
talablarini
ixtiyoriy
qanoatlantirgan
kunda,
bordi-yu,
talab
ix
tiyoriy
qanoatlantirilmagan boʻlsa, daʼvo qoʻzgʻatilgan kunda mavjud boʻlgan narxlar
eʼtiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni toʻlash haqidagi talabni qaror
chiqarilgan kunda mavjud boʻlgan narxlarni eʼtiborga olgan holda qanoatlantirishi
mumkin.
Kreditor tomonidan olinmagan va toʻlanilishi qarzdordan talab qilishga haqli
boʻlgan daromadlar deganda, qarzdor oʻz majbu riyatini lozim darajada
bajarmaganida kreditorning olishi mum kin boʻlgan daromadlar tushuniladi. Bu
ayniqsa, pul majburiyatini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilashda yaqqol
namoyon boʻladi. FKning 337-moddasiga asosan boshqa shaxslarning pul
mablagʻlarini gʻayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish,
ularni toʻlashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz
olish yoki jamgʻarish natijasida ulardan foyda langanlik uchun ushbu mablagʻlar
summasiga foiz toʻlanishi kerak.
Ilmiybaza.uz
16
Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs boʻlganida esa,
uning joylashgan yerida pul majburiyati yoki uning tegishli qismi bajarilgan kunda
mavjud boʻlgan bank foizi ning hisob stavkasi bilan belgilanadi. Qarz sud tartibida
undirib olinganida, sud kreditorning talabini daʼvo qoʻzgʻatilgan kundagi yoki qaror
chiqarilgan kundagi bank foizining hisob stavkasiga qarab qondirishi mumkin.
Ushbu qoidalar qonunda yoki shartnomada boshqa foiz miqdori belgilanmagan
boʻlsa qoʻllaniladi. Kreditor ning pul mablagʻlaridan qonunsiz foydalanish tufayli
unga yetkazilgan zarar yuqorida koʻrsatilgan foizlar summasidan oshib ketsa,
kreditor qarzdordan zararning bu summadan ortiqcha boʻlgan qismini toʻlashni talab
qilishga haqli. Zarar koʻrilganligini isbotlash va bunday zararning qarzdor ning
majburiyatni bajarmasligidan kelgan boʻlishini isbotlash, shuningdek zararning
miqdorini hisoblab koʻrsatish vazifasi zarar ning undirilishi toʻgʻrisida talab
qoʻyadigan kreditorga yuklatiladi.
Qonunda kreditor qarzdordan yoʻqotilgan ashyoning qiymatini gina talab qilishga
haqli boʻlib, majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilmasligi natijasidan olinmay
qolgan daromadlarni talab qilishga haqli boʻlmasligi hollari ham mavjud.
Qonun baʼzi hollarda zararlarni toʻlagan qarzdorning majbu riyatni asl holida
bajarish burchini ham belgilaydi.
FKning 330-moddasiga asosan, basharti qonunda yoki shartno mada boshqacha
tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, majburiyat bajaril magan taqdirda zararni qoplash
va uning bajarilmaganligi uchun neustoyka toʻlash qarzdorni majburiyatni asl holida
bajarishdan ozod qiladi.
Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni topshirish majburiyatini bajarmaslik
oqibatlari FKning 331-moddasida normalangan.
Agar ashyoni oluvchilar egaligiga topshirish toʻgʻrisida shartno ma tuzilmay, bu
ashyoni kreditorga foydalanish uchun topshirish toʻgʻrisida ikki yoki bir necha
shartnoma ketma-ket tuzilgan boʻlsa, ashyoning kreditordan biriga topshirilishi,
avval shartnoma tuzgan kreditorlarning huquqini yoʻqqa chiqaradi. Agar ashyo
kreditor bilan birdek huquqqa ega boʻlgan uchinchi shaxsga topshirilgan boʻlsa, bu
Ilmiybaza.uz
17
huquq bekor boʻladi. Bunday holda avval shartnoma tuzgan kreditor koʻrgan
zararlarning toʻlanishi toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatishga haqli.
Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni egalikka oʻtkazish yoki xoʻjalik
yuritishga, operativ boshqarishga yoxud foydalanish uchun topshirish toʻgʻrisidagi
ketma-ket tuzilgan ikki yoki bir necha shartnomalar boʻlgani holda ashyo
kreditorlardan hech qaysisiga topshirilmagan boʻlsa, kreditorlardan qaysi biri
foydasiga ilgari majburiyat vujudga kelgan boʻlsa, yaʼni ashyoni topshirish
toʻgʻrisida kim bilan avval shartnoma tuzilgan boʻlsa, shunisi ustunlik huquqiga ega
boʻladi.
Agar ishning vaziyatlari boʻyicha majburiyatlarning qachon vujudga kelganligi,
yaʼni shartnoma kim bilan avval tuzilganligini belgilash mumkin boʻlmasa,
ashyoning topshirilishi toʻgʻrisida kim avval daʼvo qoʻzgʻatgan boʻlsa, bu shaxs
imtiyozga ega boʻladi.
Muayyan ishni bajarish majburiyatini bajarmaslik oqibatlari 330-moddada
belgilanganidek, majburiyatni real ravishda, aslicha bajarilishini taʼminlashga
qaratiladi.
FKning
mazkur
normasi
qarzdor
tomonidan
majburiyatning
bajarilmaganida shartnoma yuzasidan bajarilishi lozim boʻlgan ishni, birinchi
navbatda, oʻzi bajarishi yoki bajarishni boshqa shaxsga topshirishi va mazkur ishni
bajarish uchun zarur xarajatlarning toʻlanishini qarzdor zimmasiga qoʻyish huquqini
beradi.
Fuqarolik protsessual qonunlarda javobgarni muayyan harakat lar qilishga majbur
etadigan daʼvolarning qilinishi va bu toʻgʻrida sud qarorining chiqarilishi nazarda
tutiladi. Majburiyat boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlarni bevosita
qilishga majbur etish mumkin boʻlmaganligi tufayli qonun, agar javobgar qarorni
belgilangan muddatda bajarmasa, daʼvogar bu harakatlarni javobgar hisobidan oʻzi
bajarishga va shu munosabat bilan qilingan zarur xarajatlarni undan undirishga haqli
ekanligi toʻgʻrisida sud oʻz qarorida koʻrsatishga haqli boʻladi, deb koʻrsatma
beradi. Agar qonun yoki shartnomada nazarda tutilmagan boʻlsa, majburiyatni
bajarmagan qarzdor hisobiga ishning kreditor tomonidan bajarili shiga yoki u bilan
tuzilgan shartnoma boʻyicha boshqa shaxs tomonidan bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ilmiybaza.uz
18
Qarzdorning javobgarlikdan ozod qilinishi asoslari. Qarzdorning majburiyatni
bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uning aybisiz sodir boʻlganligi
yoki bunday holat kreditorning aybi bilan bogʻliq boʻlsa, umumiy qoida boʻyicha
qarzdor javobgarlikdan ozod boʻladi.
Qarzdor tomonidan majburiyatning aniq bajarilishiga toʻsqin lik qilgan yuqorida
koʻrsatilgan yuridik faktlardan birining boʻli shi – majburiyat bajarilishi mumkin
boʻlmasligi tushunchasini bildiradi.
Oddiy tasodifiy holat – yuridik maʼnoda majburiyatning qarz dor tomonidan uning
va kreditorning aybi boʻlmay turib bajaril ganligi yoki lozim darajada
bajarilmaganligini sodir qilgan holat hisoblanadi. Bunday holatlar uchinchi
shaxslarning, chunonchi, boshqa shaxslarning harakatlari bilan ham bogʻliq boʻlishi
mumkin. Masa lan, begona bir shaxsning harakatlari natijasida qarzdor yoʻqligida u
tomondan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha kreditorga topshirilishi lozim boʻlgan
uyga oʻt tushib, yonib ketishini koʻrsatish mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida
tadbirkorlikning ahamiyatini hisobga olgan holda tadbirkorlar uchun muhim
kafolatni koʻzda tutadi. FKning 333-moddasi 3-qismiga asosan basharti, qonunda
yoki shart nomada nazarda tutilgan boʻlmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs
majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni,
favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻl maydigan vaziyatlar (fors-
major) tufayli imkon boʻlmaganligini isbotlay olmasa, javobgar boʻladi.
Qarzdor tomonidan majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik
uchun javobgarlikdan ozod boʻlishiga asos boʻluvchi holatlarga nazariya va
amaliyotda “fors-major” deyiladi. Fransuz huquqida bu ibora “yengib boʻlmaydigan
kuch” va “tasodif” tushunchasini oʻz ichiga qamrab oladi.
Ayni vaqtda yengib boʻlmaydigan kuchga taalluqli hodisalarni obyektiv va
subyektiv xarakteri boʻyicha yuridik adabiyotlarda yagona fikr mavjud emas.
Qaytarib boʻlmas kuchning obyektiv xarakterini eʼtirof etgan va subyektiv
xarakterini tan olmaydigan mualliflar uning doirasiga tabiiy ofatlar – zilzila, toʻfon,
yongʻin va h.k., ijtimoiy turmush voqealari – urushlar, inqiloblar, qoʻzgʻolonlar,
Ilmiybaza.uz
19
shuningdek davlat hokimiyatining hujjatlari, masalan, eksport yoxud importning
taqiqlab qoʻyilishi va umuman majburiyatning bajari lishini istisno etadigan,
qarzdorga nisbatan tashqi kuch hisoblan gan, qarzdorning ham, uning oʻrnida har
qanday shaxsning ham erk-irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlarni kiritadilar.
Boshqa nazariyot chilar, esa qaytarib boʻlmaydigan kuchni yengish mutlaqo
mumkin boʻlmasligi shart emas, bu nisbiy boʻlishi ham mumkin, masalan, bu kuchni
bartaraf etish qarzdorni xonavayron qiladigan holatga keltirishi ham mumkin, deb
hisoblaydilar.Qaytarish mumkin boʻlmagan kuch sifatida shu majburiyatda taraflar
boʻlgan shaxs tomonidan, uning ixtiyoridagi barcha vositalar bilan oldini olish,
qaytarish mumkin boʻlmagan favqulodda hodisa deb baholanadi.
Qaytarish mumkin boʻlmagan kuch oddiy tasodifiy hol kabi majburiyatni
bajarmaslikda yoki lozim darajada bajarmaganlikda taraflarning aybi boʻlmasligi va
mazkur aniq holatlarda uni qayta rish mumkin boʻlmasligi bilan xarakterlanadi. Shu
bilan birga, mazkur holat odatdan tashqari favqulodda sodir etilgan boʻlishi kerak.
Amalda bunday holatlarda tabiiy ofat, masalan, suv toshqini, zilzila, kuchli boʻron
kabi tabiiy ofat hollari toʻgʻrisida soʻz yuritiladi.
Sud qarorlarida majburiyatni butunlay bajarmaganlik yoki lozim darajada
bajarmaganlik uchun javobgarlikdan qarzdorni ozod qilishga asos boʻladigan
qaytarish mumkin boʻlmagan kuch holatlarini koʻrsatish kamdan-kam uchraydi.
Qaytarish mumkin boʻlmagan kuchni (zilzila, toshqin, yongʻin kabilarni) nisbiy
tushuncha deb bilib, bunday holatlarni asos qilib, javobgarlikdan ozod qilish-
qilmaslik mazkur holatlarning qanday sharoitlarda, qanday joyda va davrda sodir
boʻlganligi eʼtiborga olinadi. Majburiyatni bajarishga toʻsqinlik qilgan holat
oʻzining ichki, oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha qaytarish mumkin boʻlmagan kuch
sifatida koʻrilmaydi, balki qator sharoit va muayyan holatlarning birgalikda
kelishiga qarab belgilanadi. Qaytarib boʻlmaydigan kuch taʼsiri natijasida zarar
yetkazilganligi isbotlan ganda mulkiy javobgarlikdan ozod qilish mumkin. Shu bilan
birga, ayrim hollarda qaytarib boʻlmaydigan kuch taʼsirida yetkazilgan zararning
toʻlanishi ham fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan. Chunonchi, havo
Ilmiybaza.uz
20
transportidan foydalanishda yoʻlovchilarning koʻrgan zararlari Oʻzbekiston
Respublikasi Havo kodeksiga muvofiq toʻla ravishda toʻlanadi.
Qaytarib boʻlmaydigan kuch tushunchasini aniqlash fuqarolik-huquqiy javobgarlik
toʻgʻrisidagi masalani toʻgʻri hal qilish uchun zarur. Chunki qarzdor tasodifiy holat
uchun javobgar boʻlganligi tufayli qaytarish mumkin boʻlmagan kuch mavjud
boʻlganida, u javobgarlikdan ozod qilinadi. Chunonchi, avtotransport orqali yuk
yuboruvchi va yuk tashuvchi tashkilot yuk tashishdan kelib chiqadigan
majburiyatlarni tasodifiy holatlar sababli bajarmaganlarida javobgarlikka tortilsalar,
ammo tabiiy hodisalar sodir boʻlganda javobgarlikdan ozod qilinadilar. Yengib
boʻlmaydigan kuch taʼsirida majburiyatni bajarmaganlik uchun qarzdorni
tadbirkorlik fao liyatini amalga oshirayotganda sodir boʻlsagina qoʻllaniladi. Binoba
rin, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlma gan
majburiyatlarga
nisbatan
FKning
333-moddasining
3-qismi
nor
masi
qoʻllanilmaydi. Ayni vaqtda shuni taʼkidlab oʻtish oʻrinliki, tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatning bajarilmasligi qarzdorning
shartnoma boʻyicha she riklari tomonidan sodir etilib, bozorda majburiyatni bajarish
uchun zarur tovarlarning yoʻqligi, qarzdorda pul mablagʻlari boʻlma ganligi sababli
roʻy bergan hollarda ular yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holati sifatida
qaralmaydi va demak, qarzdorni 333-modda 3-qismi bilan javobgarlikdan ozod etish
uchun asos boʻlmaydi.
Kreditorning aybini ham aniqlash muhim ahamiyatga ega. FKning 335-moddasida
aytilganidek, agar kreditor qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli majburiyatni bajarish
mumkin boʻlmasligi yuk berishiga yoki bajarmaslik tufayli yetkazilgan zarar
miqdorining koʻpayishiga koʻmaklashgan boʻlsa, shuningdek kreditor majburiyatni
bajarmaslikdan yetkazilgan zararni kamayish choralarini qasddan yoki ehtiyotsizlik
tufayli koʻrmagan boʻlsa, sud ishning holatlariga qarab toʻlanadigan haq miqdorini
kamaytirishga yoki kreditorga haq toʻlashni batamom rad etishga haqli.
FKning qoidasida majburiyatlarning qarzdor, shuningdek kre ditor xatti-harakatlari
tufayli bajarilmasligi yoki lozim dara jada bajarilmasligi toʻgʻrisida soʻz boradi.
Bunday hollarda qarz dorning javobgarligi hajmi ham kamaytirilishi mumkin.
Ilmiybaza.uz
21
Mazkur holda sud har ikki tarafning aybi darajasini belgila shi va qarzdorning
javobgarligi miqdorini tegishlicha kamayti rishi, kreditor koʻrgan zararlarni qisman
toʻlashga majbur qilishi, kreditorga toʻlanishi lozim boʻlgan neustoyka summasini
kamayti rishi lozim.
Modomiki, majburiyatlarni bajarishda har ikki taraf oʻzi uchun foydali, tejamli
samaraga erishishni koʻzlab harakat qilar ekan, kreditor oʻz aybi bilan zarar
kamayishi uchun choralar koʻrmasa, oʻz majburiyatini bajarmagan hisoblanadi.
Majburiyatni bajarmas likdagi aybi keyinchalik majburiyatni lozim darajada bajara
olma gan qarzdorning javobgar boʻlish darajasini belgilashda eʼtiborga olinadi.
Majburiyatni bajarmaslikda har ikki taraf teng darajada aybli boʻlsa, koʻrilgan zarar
taraflar oʻrtasida bab-baravar taqsim lanishi zararning faqat yarminigina toʻlashga
majbur qilinadi. Zararning ikkinchi yarmi esa kreditorga toʻlanmay qoladi. Ammo
bunday javobgarlik barcha hollarda ham bir xil boʻlmaydi. Chunonchi, sud
qarorlarida har ikki tarafning aybini taqqoslab koʻrib, toʻla nadigan zarar summasi
birmuncha kamaytirilishi hollari koʻriladi.
Majburiyatning qarzdor va kreditor tomonidan kechiktirilishi oqibatlari.
FKning 337-339-moddalari majburiyatning bajarilishi qarz dor yoki kreditor
tomonidan kechiktirilgani uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi masalani tartibga
soladigan qoidalarni belgilaydi.
Ijroning qarzdor tomonidan kechiktirilishi deb, majburiyat ning u tomonidan
belgilangan muddatda bajarilmasligi tushuni ladi.
Majburiyatning bajarilishini kechiktirgan qarzdor bunday kechiktirishi natijasida
kreditorga yetkazilgan zararni toʻlashga majbur boʻladi. Mazkur zararning
toʻlanishini qarzdorni oʻz majbu riyatini asl holida bajarishidan ozod qilmaydi.
Qarzdorning
aybi
bilan
majburiyatning
ijro
etilishining
kechiktirilishi
majburiyatning keyinchalik ijro etilishi imko niyati boʻlmasligi uchun javobgarligini
oshiradi.
Agar majburiyatning ijro etilishi kechiktirilgan davrda mazkur majburiyat
qarzdorning aybidan qatʼi nazar, ijro etilishi mumkin boʻlmasa ham, u oʻz aybi bilan
majburiyatni ijro etmaganida qanday javobgarlikka tortiladigan boʻlsa, unga
Ilmiybaza.uz
22
nisbatan xuddi shunday javobgarlik belgilanadi. Bunday hollarda javobgarlikni
belgilash uchun qarzdor tomonidan kechiktirilishi asos qilib olinadi. Chunki qarzdor
sotilgan narsani yoki ijaraga berilgan ashyoni oʻz vaqtida topshirganida edi, ashyo
tasodifan nobud boʻlmagan boʻlur edi, deb faraz qilinadi.
Agar majburiyatning bajarilishi qarzdor tomonidan kechikti rilganligi tufayli uning
keyinchalik bajarilishiga zarurat qol magan boʻlsa, kreditor FKning 337-moddasi 2-
qismida koʻrsatilgani dek, ijroni qabul qilishdan bosh tortishga va zararni toʻlashni
talab qilishga haqli.
Kreditorning kechiktirishi ham muhim huquqiy oqibatlar tugʻdiradi. Fuqarolik
qonunchiligi yuqorida aytilganidek, majbu riyatning bajarilishida qarzdorning ham,
kreditorning ham man faatlari bir boʻlishi zarurligini belgilaydi. Modomiki, taraflar
majburiyatni bajarishda bir-biriga koʻmaklashishlari lozim ekan, kreditor oʻzining
xatti-harakati bilan majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilishiga toʻsqinlik
qilmasligi, ijroni ogʻirlash tirmasligi kerak.
Kreditorning kechiktirishi deganda, majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilishida
toʻsqinlik qilishga yoki bunday ijroning qiyinlashtirilishiga qaratilgan harakat
tushuniladi. Bunday hara katning oqibati uchun kreditor mulkiy javobgar boʻlishi,
yaʼni bun day harakatning mulkiy oqibati kreditorning zimmasiga qoʻyilishi kerak.
Kechiktirishning oqibatlari FKning 338-moddasida koʻrsatil gan. Bu moddada
kreditorning shartnoma boʻyicha oʻziga tegishli narsani qabul qilishni kechiktirib
yuborishi tufayli yetkazilgan zararni undirib olish huquqini berishi va keyinchalik
majburiyatni ijro etish mumkin boʻlmay qolsa, uni javobgarlikdan ozod qilish,
qarzdorning qasddan ish tutishi yoki qoʻpol ehtiyotsizlik qilish hollari bundan
mustasno ekanligi, pul majburiyati boʻyicha kreditor ijroni kechiktirib yuborgan
vaqt uchun qarzdor foizlar toʻlashga majbur emasligi koʻrsatilgan.
Kreditorning kechiktirishi ikki turdagi xatti-harakatdan, birinchidan, kreditor oʻziga
qarzdor tomonidan lozim darajadagi ijroni qabul qilmaslikdan, ikkinchidan,
qarzdorning oʻz majbu riyatini bajarishga qadar kreditor tomonidan lozim boʻlgan
harakat ning u tomondan qilinmaganligidan iborat boʻlishi mumkin.
Ilmiybaza.uz
23
Yuqorida koʻrsatilgan holatlarni baʼzi misollar bilan tushuntirsa boʻladi. Chunonchi,
agar mahsulot oluvchi mahsulotni topshirishga tayyor ekanligi toʻgʻrisida xabardor
qilingan boʻlsa-yu, uni belgilangan muddatda olib ketmasa majburiyatni
kechiktirishga yoʻl qoʻygan hisoblanadi.
Kreditor oʻziga yuklatilgan harakatlarni bajarmasa va bu ha rakatni bajarmasdan
turib qarzdor majburiyatini ijro eta olmay digan hollarda ham kreditor kechiktirgan
hisoblanadi. Chunonchi, mahsulot yetkazib berish shartnomasi boʻyicha mahsulot
uni oluvchiga bevosita yuborilmay, balki sotib oluvchining taqsimotiga muvofiq
ravishda shartnomada qatnashmagan boshqa tashkilotlarga joʻnatili shi lozim
boʻlganida belgilangan muddatda taqsimotning berilmas ligi kreditorning
kechiktirishini anglatadi. Boshqa bir misol: qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha
buyurtmachi pudrat shartnoma lari toʻgʻrisidagi qoidalar boʻyicha oʻz zimmasidagi
harakat larni bajarmaganida ham kreditorning kechiktirishi koʻrinadi.
Kreditor majburiyatni kechiktirishda oʻz aybi yoki oʻziga qarashli shaxslarning aybi
yoʻqligini isbotlay olmasa, majburiyatning kechiktirilishi natijasida qarzdorga
yetkazilgan zararni toʻlashga majbur boʻladi. Chunonchi, belgilangan muddatda olib
ketilmagan mahsulotlarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlashi shart. Odatda,
bunday hollarda neustoyka (penya, jarima) undiriladi. Shartnomada belgilangan
muddatda tovarlarni yetkazib berganda ularni olishni asossiz rad etilishi uchun sotib
oluvchi (kreditor) yetkazib beruvchiga ushbu oʻz muddatida olinmagan tovarlar
qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar boʻyicha esa 10 foiz
miqdorida jarima toʻlashi belgilandi.
Kreditorning kechiktirishi koʻpincha majburiyatning bajarmas ligida aybli boʻlgan
qarzdorning javobgarligi toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatilganda muhim ahamiyatga ega
boʻladi. Chunki bunday hollarda kreditorning ayblilik darajasi eʼtiborga olinib,
qarzdorning javobgarligi darajasi birmuncha kamaytirilishi mumkin.
Agar kechiktirish kreditorning oʻz aybi yoki qonunga yoxud kreditorning
topshirigʻiga binoan ijroni qabul qilish yuklatil gani shaxslarning qasdi yoki qoʻpol
ehtiyotsizligidan emasligini kreditor isbotlasa, u kechiktirish javobgarligidan ozod
boʻladi.
Ilmiybaza.uz
24
Majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilishida u tomondan berilgan tilxat yoki
hujjatini kreditor qarzdorga qaytarib berishdan bosh tortganda ham kreditor
kechiktirgan hisoblanadi.
Yuqorida aytilganidek, kreditor majburiyatning qarzdor tomo nidan bajarilishida
unga koʻmaklashishga majbur. Agar u oʻzining bunday majburiyatini bajarmasa,
oqibatlari uchun ham javobgar boʻladi. Kreditorning majburiyatni kechiktirish
oqibatlari quyida gilardan iborat boʻlishi mumkin:
birinchidan, majburiyatning kechiktirilishi natijasida qarz dorga yetkazilgan zararni
toʻlaydi; masalan, qarzdor majburiyatini bajarish yuzasidan kerakli mahsulotlarni
oʻz vaqtida yetkazgan boʻlsa-yu, kreditor boʻsh ombor binosining boʻlmasligini
bahona qilib, mahsulotni qabul qilishdan bosh tortsa, qarzdor mahsulotning
tashilishi va saqlanishi bilan bogʻliq oshiqcha xarajatlardan kelgan zararlarni
kreditordan undirishga haqli. Bu holda kreditor bunday kechiktirishning oʻz qasdi
yoki ehtiyotsizligi bilan bogʻliq boʻlmagan ligini yoki bunday kechiktirishda qonun
yoxud kreditorning topshi rigʻi boʻyicha majburiyatni bajarishni oʻz zimmasiga
olgan boshqa shaxslarning qasd yoki ehtiyotsizligidan kelmaganligini isbotlasa,
qarzdor koʻrgan zararlarni toʻlashdan ozod qilinadi;
ikkinchidan, kreditorning kechiktirish vaqti uchun qarzdor pul majburiyatlari
boʻyicha foizlar toʻlamaydi;
uchinchidan, agar kreditor qarzdorga uning bergan tilxatini yoki boshqa qarz
hujjatini qaytarishdan, yoxud tilxatda qarz hujjati ning qaytarilishi mumkin
boʻlmasligini koʻrsatishdan bosh tortsa, qarzdor ijro etishni toʻxtatishga haqli.
Bajarish mumkin boʻlmasligi tushunchasi ham maʼlum ahamiyatga ega. Bajarish
mumkin boʻlmasligi, yuqorida aytib oʻtilganidek, majburiyatning real tarzda, yaʼni
asl holatda bajarish mumkin boʻlmasligini bildiradi. Bajarish mumkin boʻlmasligi
toʻgʻrisidagi masala har bir muayyan holatda sud tomonidan mazkur ishning
xususiyatlari eʼtiborga olinib hal etiladi.
Qarzdordan majburiyatning real tarzda bajarilishini baʼzi hollarda va baʼzi asoslar
boʻyicha talab qilish mumkin boʻlmaydi. Bunga quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
Ilmiybaza.uz
25
1) majburiyatning aslicha bajarilishi mumkin boʻlmasligi, yaʼni majburiyat narsasi
xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyo boʻlib, uni aslicha topshirish mumkin
boʻlmagan holatlarning mav judligi yoki biror-bir holatning sodir boʻlishi sababli
qarzdor majburiyatini maʼlum bir joyda bajara olmasligi kabi;
2) majburiyatning huquqiy jihatdan bajarilishi mumkin boʻl masligi, yaʼni baʼzi
hollarda majburiyatning bajarilishi bunday majburiyat vujudga kelgandan soʻng
qabul qilingan qonun hujjat lariga xilof keladigan boʻlsa, majburiyat bajarilmasligi
mumkin;
3) baʼzi hollarda majburiyatning real bajarilishi nihoyatda qiyin boʻlishi mumkin.
Masalan, shartnoma boʻyicha biror-bir majburiyatni shaxsan bajarishga majbur
qarzdorning qattiq betob boʻlib qolishini koʻrsatish mumkin.
Majburiyatning bajarilishi mumkin boʻlmasligi qarzdorni kreditor oldida boʻlgan
javobgarlikdan ozod qilmaydi. Qarzdor faqat majburiyatning bajarilishi mumkin
boʻlmasligida oʻz aybi ning yoʻqligini isbot qilsagina, javobgarlikdan ozod boʻladi.
Masalan, xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar ijaraga oluvchining qoʻlida
boʻlgan vaqtda uning aybidan tashqari nobud boʻlsa, qarzdor kreditorga zarar yoki
jarimani toʻlashdan ozod boʻladi.
Agar ashyolarning nobud boʻlishi qarzdorning mazkur ashyolarga beparvolik bilan,
ehtiyotsizlik muomalasi tufayli boʻlsa, kreditor ga yetkazilgan zarar uchun javobgar
boʻladi.
3.Majburiyatlarning bekor boʻlishi tushunchasi. Har qanday huquqiy munosabat
kabi majburiyat ham muayyan asoslar, yaʼni, muayyan yuridik faktlar mavjud
boʻlgan vaqtda bekor boʻladi. Majburiyatning bekor boʻlishi deganda vujudga
kelgan yuri dik fakt tufayli majburiyat ishtirokchilari huquq va burchlarining bekor
boʻlishi tushuniladi.
Majburiyat Fuqarolik kodeksida, boshqa qonunlarda yoki shart nomada nazarda
tutilgan asoslarga koʻra toʻliq yoki qisman bekor boʻladi.
Majburiyatni taraflardan birining talabi bilan bekor qi lishga qonun hujjatlari yoki
shartnomada nazarda tutilgan hollar dagina yoʻl qoʻyiladi (FK, 340-modda).
Amaldagi qonunchilikka koʻra, majburiyat quyidagi hollarda bekor boʻladi: