MAKEDONIYALIK ALEKSANDRNING BAQTRIYA VA
SO‘G‘DIYONAGA YURISHLARI
Reja:
1. Yozma manbalar ma’lumotlari.
2. Siyosiy voqealar. Aleksandr va Spitaman. Yunon–makedonlarga qarshi
kurash.
3. Tarixiy geografiya.
1. Yozma manbalar ma’lumotlari.
Arrian, Kursiy Ruf hikoyalari. Strabon «Geografiyasi». Mil.avv. 329
yilda Makedoniyalik Aleksandrning Baqtriya va So‘g‘diyona yerlariga harbiy
yurishlari boshlangan. Bu yurishlar O‘rta Osiyo tarixida eng yaxshi o‘rganilgan
mavzulardan biri bo‘lib hisoblanadi. Aleksandrning qo‘shinida askar–jangchilar
bilan birga bo‘lajak tarixchilar Ptolemey, Aristovul, Onesikrit, Kallisfen va
Xareslar xizmat qilib, turli xil siyosiy va madaniy voqealarni yozib borganlar.
Ularning maa’lumotlari bizgacha yetib kelmagan, lekin dastlabki manbalardan
so‘nggi yunon tarixchilari va geograflari foydalanganlar.
Jumladan, Diodor (mil.avv. 90 – 21 yillar) «Tarixiy kutubxona», Strabon
(mil.avv. 61 – mil. 24 yillar) «Geografiya», Pompey Trog (mil.avv.I–mil. I asr)
«Filipp tarixi» asarlarini, Plutarx (mil. 46–127 yillar), Klavdiy Ptolemeylar (II asr)
o‘z hikoyalarini, Pliniy (I asr) «Tabiiy tarix» nomli kitobini yaratdilar. Ammo
Aleksandr yurishlari haqida keng va to‘liq ma’lumotlar rimlik Kvint Kursiy Ruf va
yunon Arrian asarlarida saqlangan.
Arrian (mil.90/95–175 yillar) “Aleksandr anabasisi” degan asarning
muallifidir. Anabasis – bu “davlat ichkarisiga dengizdan uzoqlashgan harbiy
yurish» yoki “Aleksandr yurishlari” deb tarjima qilinadi. Kursiy Ruf (mil.avv. I
asrning oxiri – mil. I asrning o‘rtalari) «Makedoniyalik Aleksandr tarixi» nomli
kitobni yaratgan. Ammo Arrianga nisbatan uning hikoyalarida badiiy to‘qimalar
ko‘p uchraydi.
Quyida Arrian va Kursiy Ruf asarlaridan olingan ayrim ma’lumotlarning
tarjimasi keltiriladi (ular rus tiliga M.Ye.Sergeenko va V.S.Sokolovlar tomonidan
tarjima qilingan).
Arrian, III kitob, 27–bob, 9. “Aleksandr yaqinlashib kelishi haqida eshitib,
Bess Oks daryosidan kechib o‘tadi va kemalarini yondirib, Nautaka – so‘g‘diylar
yeriga yo‘l oladi”. 10. «Spitaman va Oksiart bilan birga so‘g‘diylar suvorilari
hamda Tanais daylari unga ergashadilar. Baqtriya chavandozlari Bessning
qochishidan xabar topib, har tomonlarga qarab o‘z uylariga yo‘l oladilar.
Aleksandr Drapsakga yetib keladi, qo‘shinlariga dam berib, ularni
Baqtriyadagi eng yirik shaharlar – Aorn va Baqtra tomonga yurgizadi. Bu
shaharlarni hujum qilib zabt etadi va Aorn qal’asida Androkolning o‘g‘li Arxelay
boshchiligidagi qo‘riqchi qo‘shin qoldiradi. Himoyasiz taslim bo‘lgan boshqa
baqtriylarga hokim bo‘lib fors Artaboz tayinlanadi».
2. «U o‘zi Oks daryosiga qarab yo‘l oladi. Oks Kavkaz tog‘laridan boshlab
oqadi hind daryolaridan tashqari Aleksandr Osiyoda qurgan daryolar ichida bu eng
yirik daryodir: umuman eng yirik daryolar Hindistonda joylashgan. Oks
Girkaniyadagi katta bir dengizga qo‘shiladi».
III, 30,6. «Aleksandr chavandoz qo‘shinlarini mahalliy otlar bilan ta’minlab
So‘g‘diyona poytaxti Maroqandaga yo‘l oladi». 7. «Shu joydan Tanais daryosiga
qarab yuradi. Tanais ham Kavkaz tog‘laridan boshlanadi, Aristovul so‘zlariga
ko‘ra, varvarlar1 uni Orksant daryosi deydilar: bu daryo ham Girkan dengiziga
qo‘shiladi».
10. «Shu yerda oziq–ovqatlar g‘amlashga chiqqan makedonlar mahalliy
aholi tomonidan qirib tashlanadi, keyin ularning o‘zlari tik va chiqib bo‘lmaydigan
qoyaga qochib bekinadilar. Ular 30 mingga yaqin bo‘lgan».
11. “Makedonlar qoyaga chiqish uchun bir necha marta harakat qiladilar;
dastlab ular varvarlar o‘qlari ostida ortga chekinadilar; ko‘p askarlar yarador
bo‘ladi; Aleksandrning soniga o‘q tegib, suyagining bir qismini ushatib qo‘yadi.
Shunga qaramasdan tog‘ hujum bilan olinadi. Makedonlar varvarlarning bir
qismini joyida qirib tashlaydilar, ularning ko‘plari o‘zlarini qoyalardan tashlab
halok bo‘ladilar, shuning uchun ham 30000 dan 8000 kishi tirik qoladi”.
IV, 5, 2. «Spitaman o‘z jangchilarn bilan Maroqanda qal’asini
qo‘riqlayotgan makedonlarga hujum qiladi Aleksandr Maroqandaga yordamchi
qo‘shin yuborganidan xabar
topib, Spitaman qal’a qamalini to‘xtatib,
So‘g‘diyonadagi basileya – podsho shahriga otlanadi. Farnux va uning
lashkarboshlari Spitamanni davlatdan butunlay chiqarib yuborishga harakat
qiladilar va So‘g‘diyona chegaralariga yetib kelib, ko‘chmanchi skiflarga hujum
qiladilar». 4. «Spitaman yana 600 ta skif otliqlarini o‘z qo‘shiniga qo‘shib oladi va
skif ittifoqdoshligidan ko‘ngli ko‘tarilib, hujum qilayotgan makedonlarga qarshi
jang qilishga qaror qiladi. Skif dashtlarining tekisligida turib u dushmanning
hujumini ham kutmadi, dushmanga hujum ham qilmadi; faqat uning chavandozlari
piyoda makedonlarning atrofida ot qo‘yib chopib yurdilar va ularga o‘q otdilar». 5.
«Farnuhning askarlaridan ular osonlik bilan qutuldilar, chunki ularning otlari
chaqqonroq bo‘lib, o‘sha paytda hali charchamagan edi, Andromax qo‘shinlaridagi
otlar esa olis yo‘llarda charchab, yemish kamligidan zaiflashgandi. Skiflar jang
maydonida turgan va cheqinayotgan makedonlarga g‘ayrat bilan hujum qiladilar».
6. Ko‘pdan– ko‘p makedonlar yaralanadi va halok bo‘ladi; xullas askarlar
to‘rtburchak bir qator saflanib, Politimet2 daryosi tomonga chekinadilar; bu yerda
1 Юнон тилида сўзлашмаган ажнабийлар
2 Зарафшон
o‘rmon bo‘lib, o‘rmonga changalzorlar varvarlarning o‘qlariga to‘siq bo‘ladi va
piyoda askarlarning harakatlariga ko‘proq foyda keltiradi».
7. “Karan – gipparx3 Andromaxga xabar qilmasdan otliqlarni bekintirish
uchun daryodan kechib o‘ta boshlaydi; piyoda qo‘shin ham suvoriylar ortidan
buyruqsiz yo‘l oladi; umuman tartibsiz va qo‘rquv holatida bo‘lgan askarlar
daryoga jarlik qirg‘oqlaridan tushadilar”. 8. “Makedonlarning xatolarini sezib
qolgan otliq varvarlar har ikkala qirg‘oqdan otlari bilan daryoga tashlanadilar...
Ularning ba’zilari daryodan kechib o‘tganlar va uzoqlashganlarning ortidan
quvadilar, boshqa birlari daryoni kechib o‘tayotganlarga ro‘para bo‘lib, ularni
ortga, suvga uloqtiradilar yoki o‘q otadilar hamda daryoga kelayotganlar ortidan
hujum qiladilar. Og‘ir ahvolga uchragan makedonlar daryo o‘rtasidagi kichik
orolga tashlanadalar. Spitaman askarlari ularni o‘rab olib, hammasini qirib
tashlaydilar; boshqa bir kichik qismini asirlikka olib, barchasini o‘ldiradilar”.
IV, 6, 1. «Aristovulning aytishicha, ko‘pdan–ko‘p jangchilar changalzorda
yashirinib turgan skiflarning pistirmasiga qamalib halok bo‘lgan, ular o‘z
panagohlaridan jang qizigan paytida makedonlarga hujum qilganlar. Varvarlar
hovliqish va tartibsizlik vaziyatidan foydalanib, ularining hammasini qirib
tashlaganlar. 40 ta otliq va 300 ta piyodalardan tashqari hech kim qutulib
qolmagan».
6, 3. «Shu mag‘lubiyat haqida Aleksandrga xabar yetib kelganda u
askarlarning achchiq taqdirlaridan qayg‘uga tushadi va Spitamanga qarshi shiddatli
hujum qilishga qaror qiladi. U o‘zi otliqlar qo‘shinining yarmiga, qalqonchilarning
hammasiga, o‘qchilarga, agrianlarga va tez yurar piyoda askarlarga yo‘lboshchi
bo‘lib Maroqandaga yo‘l oladi, uning bilishicha, Spitaman shaharga qaytib qal’ani
yana kamal qilgan». 4. «Uch kun davomida Aleksandr 1500 stadiy masofadan
o‘tib, to‘rtinchi kunning tongida shaharga yetib keladi. Spitaman Aleksandr
shaharga yaqinlashib kelishi haqida eshitib, uni kutmasdan qochib ketdi. 5.
Aleksandr uning izidan quvadi. Jang maydoniga yetib, u halok bo‘lgan askarlarni
dafn qiladi va chekinganlar ortidan sahrogacha quvib boradi. Shu yerdan ortga
3 Отлиқ қўшиннинг йўлбошчиси
qaytish yo‘lida u davlatni xarob qiladi va unga xabar berishlaricha, makedonlarga
hujum qilishda ishtirok etib, so‘ng qal’alariga yashiringan varvarlarni qirib
tashladi. U Politimet daryosi suvlaridan foydalanuvchi butun mamlakat yerlaridan
o‘tdi».
IV, 7, 1. «Bu yerdagi ishlarni tugatib, Aleksandr Zariaspga yetib keladi. Bu
joyda u qishni o‘tkazishga qoladi...».
15, 4. «Shu paytda Aleksandrning oldiga bir yarim ming chavandozlarga
yo‘lboshchi bo‘lib xorasmiylarning podshosi Farasman yetib keladi. U kolxlar va
amazonka qabilalariga qo‘shni bo‘lib yashaganligi haqida hikoya qilib,
Aleksandrning amazonkalar, kolxlar va Eviksin dengizidagi qabilalarni istilo qilish
istagi bo‘lsa, yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishga va qo‘shinlarining yurishi uchun barcha
shart–sharoitlar yaratib berishga xayrixoh ekanligini bildiradi».
15, 5. «Aleksandr Farasmanga minnatdorlik bildiradi va do‘stlik
ittifoqchiligi haqida shartnoma tuzib, Pont dengizi tomonga yurishga hozir vaqt
yo‘q, deb javob beradi. U Farasmonni Baqtriya satrapi fors Artaboz huzuriga
yuborib, vataniga jo‘natadi».
15, 7. «U o‘zi Oks daryosiga yo‘l oladi. Juda ko‘p sug‘diylar istehkomlarida
to‘planishib, ularga tayinlangan hokimga qarshi bo‘lib chiqadilar, bundan
xabardor bo‘lgan Aleksandr So‘g‘diyona tomonga yurishni maqsad qiladi».
1. “Aleksandr askarlarining ma’lum bir qismi bilan So‘g‘diyonaga yetib
keladi, Poliperxont, Attal, Gorgiy va Meleagrlar Baqtriyada qoladi, ularga shu
davlatni nazorat qilish bilan birga varvarlarning g‘alayonlar ko‘tarishiga yo‘l
qo‘ymaslik va boshlagan qo‘zg‘olonlarni bostirish haqida buyruq beriladi». 2.
«O‘z qo‘shinlarini u beshta ayrim qismga bo‘lib oladi. Birinchisi – Gefestion
boshchiligida, ikkinchisi – Ptolemey Lag boshchiligida, uchinchisi– Perdikka
boshchiligida, to‘rtinchisi – Ken va Artaboz boshchiligida, beshinchi qism bilan u
o‘zi Maroqandaga otlanadi».
4. “Aleksandr shu ishlar bilan band bo‘lgan paytda, Spitaman skif–
massaget yerlaridan 600 ta otliq massagetlar bilan bir qal’aga yetib keladi.
Qal’a qo‘riqchilarining boshlig‘i va uning askarlari ham dushman
tomonidan hujum xavfni kutmaganlar, askarlar qiriladi. Yo‘lboshchi
asirlikka olinadi. Shu qal’ani qo‘lga kiritishgandan ko‘ngillari ko‘tarilib,
ular bir necha kundan so‘ng Zariaspga yetib keladilar, ammo shaharga
hujum qilmadilar va katta o‘ljani qo‘lga olib ortga qaytishga qaror qildilar”.
6. «Zariaspda kasal bo‘lib qolgan bir necha otliq — «do‘stlar»
skiflarning hujumi haqida eshitib, ular Zariaspni qo‘riqlash uchun yollangan
80 ta chavandozga va ba’zi bir «podsho yigitlari»ga boshliq bo‘lib
massagetlar ortidan quvadilar. Hech narsani kutmagan skiflarga hujum qilib,
birinchi jangda ulardan o‘ljasini tortib olib, juda ko‘p qaroqchilarni qirib
tashlaydilar. Tartibsiz holda ortga qaytgan vaqtda ular Spitaman va
skiflarning qo‘liga tushib, 7ta «do‘stlar» va 60 ta yollangan
chavandozlardan ajraladilar».
17, 1. «Krater bu haqda xabar olib, massagetlarga qarshi shiddatli
yurish boshladi. Ular bundan xabardor bo‘lib, cho‘lga qochadilar. Krater
Spitamanning izidan quvib, unga sahro chegaralarida yetib oladi, uning
boshchiligida yana mingta otliq massagetlar bor edi. 2. Makedonlar va
skiflar o‘rtasidagi kuchli jangda makedonlar g‘alaba qozonadilar.
Skiflarning bir yuz ellikta chavandozlari halok bo‘ladi. Boshqalari osonlik
bilan cho‘lga bekinadilar; ularning ketidan quvish makedonlar uchun og‘ir
bo‘ladi».
4. «Spitaman va uning tarafdorlari makedonlarning qo‘riqchilari
barcha joylarni to‘sib–olganliklarini ko‘rib aniq bir joyga kochishga yo‘l
topmadilar, Ken qo‘shinlariga hujum qilish va aynan shu jangda g‘alaba
qozonishga qaror qiladilar. Ular Baga4 nomli so‘g‘diylar va skif–
massagetlar chegaralaridagi joyga yetib keladilar va 3000 ko‘chmanchi
chavandozlarni So‘g‘diyona tomonga yurishga rozi qiladilar». 5.Bu skiflar
juda ham qashshoq ahvolda yashaganlar; ularning shaharlari va o‘troq
makonlari yo‘q edi; boylik mulklaridan ajrab qolish uchun qo‘rqinch
sezgilari ham yo‘q edi va shunga ko‘ra ularni har qanday urushlarga rozi
4 Тахминан Бухоро воҳаси
qilish hech narsa emasdi. Ken Spitaman yaqinlashib kelishini sezib unga
qarshi chiqadi». 6. Shiddatli jang boshlanib, u makedonlar uchun g‘alabali
yakunlanadi; bu jangda dushmanlarining 800 ta otliqlari, Ken qo‘shnidan
esa 25 ta chavandoz va 12 ta piyoda askar halok bo‘ladi. Ko‘pchilik
baqtriyaliklar Spitamandan qochib, uni yakka qoldiradilar va Ken oldiga
yetib kelib, asirga tushadilar. 7. Mag‘lubiyatga uchragan skiflar va
massagetlar yaqinda ular bilan birga jang qilgan baqtriylar va
so‘g‘diylarning ot–aravalaridagi yuklarini talab, Spitaman bilan dasht ichiga
qochadilar. Aleksandr o‘zi sahroga hujum qilishga tayyorgarlik
ko‘rayotganini eshitib va shu maqsadda uni qaytarib olish uchun ular
Spitamanning boshini kesib Aleksandrga yuboradilar».
Kursiy Ruf. VII kitob, IV bob, 26: «Baqtriyaning tabiati boy va
turli–tumandir. Ba’zi joylarda ko‘pdan– ko‘p daraxtzorlar va tok novdasi,
shirin meva serob hosil qiladi; unumdor yerlarni ko‘p sanoqli buloq–
daryolar sug‘oradilar; hosildor tuprog‘ida bug‘doy ekiladi; boshqa yerlar
o‘tloqlar uchun qoldiriladi». 27. «Davlatning katta bir kisminn hosilsiz
dashtlar egallaydi; suvsizlik tufayli tashlab qo‘yilgan viloyatlarda na
odamlar, na mevalar bor. Pontdan5 esayotgan shamollar tekisliklarga
qumlarni surib, keltiradi; olis masofadan qum uyumlari katta tepaliklarga
o‘xshab ketadi; shu yerda burungi yo‘llarning izlari yo‘qolib qoladi». 28.
«Shuning uchun ham bu tekisliklardan o‘tib yurganlar, xuddi dengizchilarga
o‘xshab, o‘z yo‘llarini tundagi yulduzlar orqali topadilar».
V. “Aleksandr baqtriylar viloyatini Artaboz idorasiga topshirib, bu
joydagi qo‘riqchilar qo‘shini bilan birga ot–arava yuklarini qoldiradi. O‘zi
esa harakatdagi qo‘shinlarga yo‘lboshchi bo‘lib, So‘g‘diyona sahrosiga yo‘l
oladi...».
V. 13. «Xullas, kechki payt u Oks daryosiga yetib keladi. Ammo uning
izidan kelayotgan ko‘pdan–ko‘p askarlar unga yetolmaydilar va orqada
qoladilar, shuning uchun ham u baland tog‘ Ustida o‘t yondirishga buyruq
5 Қораденгиз
beradi, ortda qolganlar uchun alanga nuri lagerga yaqinlashib kelishlarini
bildiradi».
V. 16, 17, 18. «Ushbu tunni Aleksandr katta ruhiy hayajon bilan
uyqusiz tugatdi. Keyingi kun ham oson bo‘lmadi; kemalar yo‘q edi va
daryoning ochiq qirg‘oqlarida ko‘prik qurish uchun daraxtzorlar yo‘q edi. Shu
vaziyatdan u yagona xulosa chiqaradi. U askarlarga somon bilan to‘ldirilgan
meshlarni tarqatishga qaror qiladi; ular meshlar ustida daryodan suzib o‘tishni
boshlaydilar: daryodan birinchi bo‘lib kechib o‘tganlari qo‘riqchilar xizmatini
bajarib, boshqalarni kutib oladilar. Shu tarzda qo‘shinlar oltinchi kuni daryoning
narigi qirg‘og‘iga o‘tib olishga muvaffaq bo‘ladilar».
VII. 6, 17.
“Aleksandr Maroqandaga yetib keladi. Uning mudofaa
devorlarining uzunligi 70 stadiy; shahar qo‘rg‘oni ikkinchi devor bilan o‘ralgan».
VII. 1, 2. “Tanais ortidagi skif davlatining podshosi makedonlar tomonidan
daryo bo‘yida asos solingan shaharni qullik bo‘yinturug‘i bo‘lishini sezib, uni
vayron qilish va makedonlarni daryo qirg‘og‘idan uzoq masofaga quvib chiqarish
uchun katta bir otliq qo‘shin bilan birga o‘z akasi Karatazis nomli yo‘lboshchini
yuboradi. Tanais baqtriylarni yevropalik skiflardan ajratadi». 4. «Ular Istr
daryosining narigi yog‘idagi boshqa bir viloyatni egallab, Osiyoning chegara
yerlarida joylashgan Baqtriyaga ham qo‘shni bo‘ladilar. Ular joylashgan shimol
yerlaridan nariroqda qalin o‘rmonzorlar va aholi yo‘q jimjit sayhon yerlar
boshlanadi; Tanais va Baqtriya bo‘ylab joylashgan yerlar, umumiy madaniy izlarga
ega”. 5. «Aleksandr tayyorgarlik ko‘rmasdan birinchi bo‘lib jang qilishga erishadi,
uning ko‘z o‘ngida dushman chavandozlari otda chopadilar, u esa yaradorlikdan
butunlay tuzalmagan... Xullas, u do‘stlarini maslahatta chaqiradi». 6. «U
dushmandan emas, noqulay vaziyatdan qo‘rqan edi. Baqtriylar isyon ko‘tardilar,
skiflar bezovta qilardilar; uning o‘zi zo‘rga oyoqda turib, otga minishga ham,
yo‘lboshchi bo‘lishga va askarlarni ruhlantirishga ham imkon topmadi...».
30. «Yetib kelayotgan xabarlar uning to‘xtovsiz g‘alabalari sha’niga mos
kelmas edi».
31. «Yuqoridagi hikoyaga ko‘ra, u baqtriylar qo‘zg‘oloniga aybdor
Spitamanga qarshi Menedemni yuboradi. U makedonlar yaqinlashib kelishi haqida
eshitib va shahar atrofida qamalib qolish vaziyatidan saqlanish uchun panagohga
bekinadi, shu yerdan o‘tishi mumkin bo‘lgan dushmanga hujum qilishga qaror
qildi».
32. «Yo‘l pistirma uchun qulay joyni kesib o‘tadi, shu yerda u daxlarni
yashintiradi. Har bir otlarida ikkita qurollangan chavandozlar bo‘ladi,
kutilmaganda ular navbat bilan yerga tushib otliqlar jangidagi dushmanlarga
to‘sqinlik qiladilar». 33. «Askarlarning epchilligi otlarning chaqqonligiga o‘xshab
ketadi. Spitaman changalzorni o‘rab olishga buyruq berib; dushmanlarga qarshi
birdaniga ortdan, ro‘para va yon tomonlardan hujum qiladi».
34. «Menedem hamma tomondan o‘rab olinadi, u notanish joyda pistirmaga
tushgan va boshqa hech iloji yo‘qligini ko‘rib, o‘z askarlariga son jihatdan ustun
bo‘lgan dushmanlarni qirib tashlashga va mag‘rur halok bo‘lishga chaqiradi». 35.
«Uning ostida kuchli ot bo‘lgan; ko‘p xollarda varvarlar safiga tashlanib, ularga
daxshatli zarar keltiradi. 36. «Dushmanlar unga ko‘pdan–ko‘p o‘q otadilar.
Sanoqsiz yaralardan zaiflanib... u jonidan judo bo‘ldi va ot ustidan yerga tushib
qoladi».
39. «Bu jangda 2000 ta piyoda askarlar va 300 ta chavandozlar halok
bo‘ladi. Jang maydonidan
kelgan askarlarni o‘lim jazosi bilan qo‘rqitib,
Aleksandr mag‘lubiyat haqidagi xabarni ehtiyotlik bilan sir saqladi».
IX.
20. «Krater bilan qo‘shinlarining katta bir qismiga ortidan yurishga
buyruq berib, Aleksandr Maroqandaga yetib keladi, uning kelishidan Spitaman
xabar topib, bu yerdan Baqtra tomonga qochishga majbur bo‘ladi».
X.
I. «So‘g‘diyona – keng hududiy masofadagi dashtli davlatdan iborat,
cho‘llarning kengligi 80 stadiyga yaqinlashadi. To‘g‘ri yo‘nalishda – bu yirik
davlatdir, mahalliy aholi tomonidan Politimet degan daryo mamlakat bo‘ylab
shiddatli oqadi. Qirg‘oqlar suv yo‘li o‘zanini toraytirgandan so‘ng daryo g‘or
ichiga oqadi va yerga singib ketadi». 4. «So‘g‘diylar asirlaridan podshoga 30 ta
kuchli erlarni olib keladilar, ular podsho buyrug‘iga binoan o‘lim jazosiga
berilishlarini eshitib, mag‘rur holatda g‘oyat xursand bo‘lib kuylaydilar....». 4.
“Podsho ularning mardligidan ajablanib, ortga qaytarishga buyruq beradi va o‘lim
oldidan ularning shodlanish sabablarini surishtiradi. Ular aytadilarki, agar o‘zlariga
boshqa birov o‘lim jazosini berganda, qayg‘ulanib o‘lardilar, ammo o‘z
ajdodlarining yoniga ularga hamma qabilalar ustidan g‘olib chiqqan ulug‘ podsho
yuborganligidan xursand bo‘lib, o‘z jonajon qo‘shiqlarini aytdilar va butun jasurlar
orzusi bo‘lgan faxrli o‘limni bayram qildilar”.
VIII. 10 “Podsho Bazaira nomli viloyatga yo‘l oladi. 11. Bu
viloyatning eng katta boyligi – keng daraxtzorlarda va qo‘riqxonalarda
saqlanib yashayotgan hamda maxsus urchitilgan turli hayvon zotlari
bo‘lganligidir. Bunga ko‘p buloqlarga ega o‘rmonzorlar ataylab ajratilgan:
shu daraxtzorlar istehkomlar bilan o‘ralgan va ovchilar uchun burjlar va
makonlar qurilgan». 13. «Ma’lum bo‘lishicha qo‘riqxonalaridan birida to‘rt
avlodlar hayoti davomida hech kim ov qilmagan. Aleksandr askarlari bilan
qo‘riqxonaning ichiga kirib hayvonlarni ov qilishga buyuradi».
14. «Kamdan–kam uchraydigan kattalikdagi sher Aleksandrning
ro‘parasiga yugurib chiqadi, uning yonida tasodifan turgan va keyinchalik
podsho bo‘ladigan Lisimax hayvonni shoxdor tayoq bilan kutib olishga
tayyor bo‘ldi. Ammo podsho o‘zni chetlashtirib va ovga xalaqit bermaslikka
buyurib yagona o‘zim ham Lisimshaxga o‘xshab sherni o‘ldirishim mumkin
deb gapiradi». 15. «Axir bir paytlar Suriyada ov qilib Lisimax yagona o‘zi
kamyob kattalikdagi hayvonni o‘ldirgan. Biroq hayvon Lisimaxning chap
yelkasini suyagigacha talab uni o‘lim xolatiga keltirgan. Shu haqida
Lisimaxga malomat bilan eslatib, podsho o‘z jasoratini so‘zlarida emas,
amalda isbotladi: u sherni yaqinlashtirib bir zarba bilan o‘ldiradi...».
19. «Shu joydan u Maroqandaga qaytadi. U Artabozni faxrli yoshiga
ko‘ra hokimligidan ozod qilib, viloyatni Klit idorasiga o‘tkazadi. Xuddi shu
Klit Granik daryosi yonida Aleksandrni o‘z qalqoni bilan bekitib, podsho
boshi ustida Rezak tomonidan ko‘tarilgan qilichli qo‘lni kesib tashlaydi».
Strabon, «Geografiya». XI – kitob, XI bob, 3: «Oldingi zamonlarda
baqtriylar, so‘g‘diylarning turmush tarzi va urf–odatlari ko‘chmanchilarning
turmushi tarzidan ko‘p farq qilmagan, ammo baqtriylarning a’analari ancha
yuqori madaniyatga ega bo‘lgan; lekin ular haqidagi Onesikritning fikri
maqtovga sazovor bo‘lmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qarilik va kasallikdan
qattiq toliqqan odamlarni ular maxsus boqilgan va o‘zlarining mahalliy
tillarida «go‘rkovlar» degan itlarga tashlaganlar, Baqtriylar poytaxti
devorlaridan tashqari joylar toza bo‘lgan, lekin davlat ichkarisidagi
hududning katta bir qismi odamlar suyaklari bilan to‘ldirilgan. Aleksandr bu
urf–odatni yo‘q qildi. Shunga o‘xshagan hikoyalarni kaspiylar haqida ham
aytib beradilar: ular 70 yoshdan oshgan o‘z ota–onalarini qamab qo‘yadilar
va och qoldiradilar”.
XI. 4. «Aytishlaricha, Aleksandr Baqtriya va So‘g‘diyonada 8ta
shaharga asos solgan va ko‘plarini vayron qilgan. Vayron qilganlari
jumlasidan Baqtriyadagi Kariata (bu yerda Kallisfen qo‘lga tushib qamoqqa
olingan), So‘g‘diyonadagi Maroqanda va Kira – Yaksart daryosidagi Kir
tomonidan qurilgan oxirgi shahar; bu fors, davlatining chekkasi bo‘lgan.
Aleksandr Kirni hurmat–izzat qilgan bo‘lsa ham, bu shahar aholisining
ko‘pdan–ko‘p qo‘zg‘olonlari sabablariga ko‘ra, uni vayron qilishga buyruq
bergan...».
XI. 5. «So‘g‘diyona ichidan oqayotgan daryoni, Aristovulning
aytishicha, makedonlar Politimet deb atashgan (xuddi shunday ular boshqa
ko‘p nomlarni almashtirganlar va qisman o‘zgartirganlar). Ariylar yeridan
oqayotgan Ariy daryosiga o‘xshab bu daryo davlat yerlarini sug‘orib dasht
va sahro viloyatiga intiladi va qumlar ichida yo‘qolib ketadi».
8.2 Siyosiy voqealar. Aleksandr va Spitaman.
Yunon–makedonlarga qarshi kurash
Mil.avv. 329 yilda Aleksandr 15 kun davomida muz– qorli Hinduqush
tog‘idan o‘tib Baqtriyaning
markazi Baqtra, Aorn
va Drapsak shaharlarini jangsiz istilo qiladi. Baqtriya va So‘g‘diyonaning
satrapi – hokimi Bess oxirgi ahamoniy podsho Doro III ni o‘ldirishda
qatnashib, o‘zini Artakserks nomida «ulug‘ podsho» deb e’lon qiladi va
So‘g‘diyonaning Nautaka viloyatiga qochishga majbur bo‘ladi.
Baqtradan Maroqanda shahrigacha yetib borish vaqti to‘g‘ri
yo‘nalishda 12 kunga teng bo‘lgan. Ahamoniylar davridan boshlab bir
kunlik yo‘l o‘lchovi, Gerodotning aytishicha 50 stadiy yoki 5 farsax (28
km). So‘g‘diyonaga yurishlar Baqtra shahridan boshlangan.Aleksandr oziq–
ovqat mahsulotolarini yetarli g‘amlab olib, Oks – Amudaryoga yo‘l oladi.
Rim tarixchisi Kursiy Rufning fikriga ko‘ra, Baqtradan Oks
daryosigacha bo‘lgan masofa 400 stadiy (75 km) bo‘lgan. Bu masofani
Aleksandr askarlari ikki yarim kun davomida bosib o‘tib, Amudaryoni
Termiz va Kalif o‘rtasida kechib o‘tadilar. Amudaryodan kechib o‘tishning
eng qadimgi joyi Termizdan g‘arbdagi Sho‘rob va Cho‘chqa Guzar bo‘lgan.
Sho‘rob o‘rnida mil. avv. VI—IV asrlarga oid qishloq xarobalari topilgan.
Makedoniyalik Aleksandr
Bu vaqtda Bess – Artakserks So‘g‘diyona ichkarisiga qarab ketadi,
ammo yangi podshoni so‘g‘diylar Spitaman, Arimaz, Avstan (Gavstan) va
Datafernlar asirlikka olib Aleksandrga topshirishga tayyor bo‘ladilar.
Aleksandr bundan xabardor bo‘lib, shoshilich ravishda lashkarboshi
Ptolemey Lagni Nautakaga yuboradi. Arrianiing aytishicha, Oksdan
Nautakagacha o‘n kunlik yo‘l bo‘lgan, ammo bu masofani Ptolemey
qo‘shinlari to‘rt kun ichida bosib o‘tganlar. Soqchilar o‘zlari qo‘riqlab
turgan Bessni maxsus joyda qoldirib, Spitaman tarafdorlari bilan birga
makedoniyaliklar uchun noma’lum bo‘lgan tomonga qarab ketadilar.
Yo‘lboshchilar va jangchilarsiz qoldirilgan Nautaka hamda Maroqanda
shaharlarini Aleksandr osonlik bilan qo‘lga kiritadi. Faqat Maroqanda
atrofida joylashgan bosqinchilarga qarshilik ko‘rsatgan so‘g‘diylar uy–
qo‘rg‘onlari podsho buyrug‘iga binoan vayron qilinadi.
Aleksandr Maroqanda shahrida o‘z harbiylaring bir qismini qoldirib,
Sirdaryo –Yaksart tomonga yo‘l oladi. Maroqanda va hozirgi Xo‘jand
o‘rtasidagi Ustrushona tog‘larida makedoniyalik qo‘shinlarga mahalliy aholi
– mamakenlar hujum qiladilar. Aleksandr yaralanadi. Kuchli jang
Aleksandrning g‘alabasi bilan yakunlanib, unda 22 ming ustrushonaliklar
halok bo‘ladi.
Sirdaryo etagidan uzoq bo‘lmagan Kiropolis shahri qamal qilinadi.
Shu davrda Yaksartning shimoliy qirg‘og‘ida saklar to‘planib makedonlarga
hujum uyushtirish hozirlanadilar. Aleksandr hozirgi Bekobod va Xo‘jand
oralig‘ida Sirdaryodan kechib o‘tadi va kattiq jangdan so‘ng saklar
chekinadilar.
Aleksandr ortga qaaytib Yaksart bo‘yida Aleksandriya Esxata (uzoq,
chekka Aleksandriya) shahriga asos soladi. Shu davrda kutilmaganda
So‘g‘diyonadan xavotirli xabar keladi – Spitaman boshchiligida yunon-
makedonlarga qarshi qo‘zg‘olon boshlanadi va Maroqandadagi
Aleksandrning harbiy qismlari qamal qlinadi.
Qo‘zg‘olonchilarni tor–mor qilish uchun Aleksandr Farnux va Karan
boshchiligidagi piyoda hamda otliq asrkarlarni Maroqandaga shoshilinch
jo‘natadi. Politimet – Zarafshon bo‘yidagi jangda Spitaman yunonlar ustidan
g‘alaba qozonadi, ikki mingdan ortiq yunon–makedonlar halok bo‘ladilar.
Aleksandr uchun bu ham katta mag‘lubiyat bo‘lib, Spitamanga qarshi jiddiy
tayyorgallik qo‘rishni talab qiladi.
Aleksandr asosiy kuchlari bilan Maroqandaga yetib keladi,
ammo,Spitaman Maroqandadan shimolga va keyinchalik Buxoro vohasiga
chekinadi. G‘azablangan Aleksandr (u hali biror marta yengilmagan
edi) Maroqanda va Quyi Zarafshon dashtlari oralig‘idagi tinch aholini qirib
tashlaydi.
Mil. avv 328 yilda Spitaman Baqtriyada va Quyi Zarafshonda yunon-
makedonlarga qarshi hujum uyushtiradi. Ammo, bu janglar qo‘zg‘olonchilar
uchun muvaffaqiyatsiz yakunlanadi va Spitaman saklar bilan cho‘lga
qochishga majbur bo‘ladi. Saklar Aleksandrning ko‘chmanchilar yerlariga
hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganida xabardor bo‘lib, Spitamanni
o‘ldiradilar.
Sug‘diyona xarobaga aylanib qoladi, juda ko‘p sug‘diylar tog‘larga
qochib yashirinadilar. Mil. avv. 327 yilda
Aleksandr
Hisor tizmasida
joylashgan Oksiart egallab turgan «So‘g‘d qal’asi»ni qo‘lga kiritib, uning
go‘zal qizi Ravshana–Ruxshanakka (Roksana) uylanadi.
Yana bir qudratli qal’a (Xorien yoki Sizimitr) Sug‘diyona va Baqtriya
chegaralaridagi tog‘larda joylashgan. Bu yerda Xorienning oila a’zolari
hamda yaqin qarindoshlari, tarafdorlari va xizmatkorlari yashiringan edi.
Xorien o‘z ixtiyori bilan Aleksandrga bo‘ysunishga rozi bo‘lgan. Albatta,
Oksiart va Xorienga o‘xshagan shaxslar o‘z hayotini, tinchligini va mol–
mulklarini himoya qilganlar. Jasur Spitaman ham o‘zini saqlashi mumkin
edi, ammo u chet el bosqinchilariga qarshi vatanning mustaqilligi uchun
kurashdi. Spitaman uchun vatanparvarlik va ona yer mudofaasi muqaddas
burch bo‘lgan.
Rus olimi V.V.Grigorev vatanparvar so‘g‘diylarga va ularning
boshlig‘i Spitamanga xurmat–izzat bilan juda yuksak baho bergan: “Agar
Doro Aleksandrdan o‘z podsholigini himoya qilolmagan bo‘lsa, Bess razil
nomard chiqqan bo‘lsa ham, ammo bu yerda, Turonda, shunday yuraklar
topildiki, ular chet elliklarga bo‘ysunish sezgisiga itoat etmadilar, shunday
qo‘llar topildiki ular chaqirilmagan begonalarga qarshi xalq qasosini
namoyon etdilar”. Shuni ta’kidlash joizki, Spitaman Zardusht singari
qadimiy Spitaman urug‘idan kelib chiqqan. Shu bois uning nomini
“Spitaman” deb atash tarixiy haqiqatga javob beradi. Biroq, adabiyotlarda
bu ism an’naviy “Spitamen” shaklida noto‘g‘ri yoritiladi.
Aleksandr Baqtriya, Sug‘diyona va Ustrushonaning bir qismini istilo
qilib, mil.avv. 327 yilda Hindistonga hujum boshlaydi. O‘rta Osiyoda
Xorazm, Choch, Farg‘ona va saklar yurti mustaqil bo‘lib qoladi.
So‘g‘diyona, Baqtriya, Marg‘iyona va Parfiya yangi davlatga qo‘shilib,
keyinchalik ularning tuprog‘ida ayrim yunon–makedon davlatlari vujudga
keladi.
Makedoniyalik Aleksandrning harbiy yurishlari
Aleksandrning tarixi jahon adabiyotlarida juda ham mashhurdir. Uning
faoliyati va yurishlari haqida yunonlar, rumiylar, forslar va arablar qadimgi
zamonlarda hamda o‘rta asrlarda ko‘p asarlar yozganlar. Bu asarlarning
mualliflari Aleksandrni tarixiy shaxs sifatida turlicha baholaganlar (jahon
xalqlarini va davlatlarni birlashtiruvchi podsho, adolatli dunyo davlatiga
asos solishni maqsad qilgan shaxs yoki bosqinchi, xalqlarni zabt etuvchi,
o‘lim va zulm keltiruvchi podsho kabi fikr – xulosalar). Plutarxning
aytishicha, “Aleksandr Osiyoga qaroqchi bo‘lib o‘tmadi, uning orzusi
kutilmagan omad bergan o‘lja–boyliklarni qo‘lga kiritish maqsadidan
tashqari bu dunyoda hammani bir qonunga tobe qilish va bir davlatga
to‘plab, insonlarni bir xalqqa birlashtirish edi”.
Sharqdagi o‘rta asrlarga oid adabiyotlarda makedoniyalik Aleksandr
jasur podsho va bahodir jangchi sifatida ham yoritilib, uning bosqinchilik
urushlari, mahalliy aholini qirib tashlash, shaharlarni vayron qilishiga
e’tibor berilmagan. Aleksandr Sharq xalqlarini ahamoniylar zulmidan ozod
qilib, ularining ustiga yunon-makedonlar zulmini o‘rnatdi. Podsholar va
hokimlar almashib, siyosat o‘zgardi, ammo xalqlar mustaqil bo‘lmadi. Bu
zulmdan qutulish uchun O‘rta Osiyo xalqlariga ko‘p vaqt kerak bo‘ldi.
Makedoniyalik Aleksandr o‘z davrining farzandi edi. Shu zamonning
siyosiy jarayonlari shunday podsho shaxsni talab etdi va so‘nggi davrlarda
ham bosqinchilik urushlarining o‘choqlari ikki tomonlama — G‘arbda va
Sharqda paydo bo‘lib, yuzlab mamlakatlarga, shaharlarga, xalqlarga azob va
o‘lim keltirdi. Bu voqealarga vaqt o‘zi to‘g‘ri baho bergan.
Aleksandrning harbiy yurishlari Sharq va G‘arb o‘rtasidagi keng
savdo–sotiq hamda madaniy aloqalarning rivojlanishiga olib keldi.
Aleksandr va uning yaqin lashkarboshilarining vafotidan so‘ng mahalliy
hamda yunon madaniyatining qo‘shilish jarayoni boshlanadi. Bu jarayonning
ta’sirini moddiy madaniyatning rivojlanishida, qurilish va me’morchilikda,
kulolchilik va tasviriy san’atda, yangi alifbo va yozuvlarning tarqalishida,
tangashunoslikda hamda diniy e’tiqodlarda ko‘rish mumkin. Yunonlar
Qadimgi Sharqning juda ko‘p madaniy yutuqlarini qabul qiladilar va
o‘zlarining madaniy ta’sirlarini ham mahalliy aholining madaniyatiga joriy
etadilar.
Makedoniyalik Aleksandrning yurishlari yozma manbalarda Qadimgi
Sharq va O‘rta Osiyodagi tarixiy–geografik ma’lumotlarning ko‘payishiga
asos solgan. Harbiy yurishlardan oldin Aleksandr Qadimgi Sharq aholisining
joylashuvi va mamlakatlarning hududiy chegaralari bilan tanishib olishda
Skilak, Gekatey, Gerodot va Ktesiylarning xabarlariga asoslanishi mumkin
edi. O‘rta Osiyo va Hindistonga yetib kelgandan so‘ng yunon–
makedonlarning tarixiy–geografik ma’lumotlari ancha kengayadi.
Dastavval, dunyo chegaralari («oykumena») Yaksart va Hind daryosidan
o‘tmaganligi ma’lum bo‘ladi. Yaksartning narigi yog‘idagi bepoyon cho‘llar,
Hind daryosining narigi yog‘ida yana bir sersuv daryo Gang dahshatli
o‘rmonzorlar va baland cho‘qqili tog‘lar Aleksandrni ajablantirib, dunyo
chegaralarining bu yerda boshlanmaganligi podshoni achchiq afsuslantiradi.
Butun dunyo xalqlarini umumiy davlatga birlashtirish, Aleksandr uchun
hech qachon yechilmaydigan muammo hayoliy orzu bo‘lib qoladi.
Aleksandrning Hindistonga yurishlari paytida So‘g‘diyona, Eron, Old
Osiyodan to Afina shahrigacha bo‘lgan hududlarda uning halok bo‘lganligi
haqidagi qayg‘uli xabar tarqaladi. Ko‘pchilik uchun, ayniqsa davlat taxtini qo‘lga
olib podsho bo‘lish maqsadini qo‘ygan shuhratparast hokimlar uchun bu xushxabar
edi. Ular Aleksandrga nisbatan qo‘rquvni yo‘qotib juda xursand bo‘ladilar,
boshqalar esa qayg‘ulanadilar. Afina shahrida motamga tayyorgarlik boshlanganda
bir so‘zlovchi paydo bo‘lib, bunday deydi: «Afinaliklar, Aleksandr halok
bo‘lmadi, bo‘lmasa uning jasadini butun dunyo birdaniga his qilar edi».
Aleksandrning ulug‘vorligi va shon–sharafligi e’tirof qilindi.
Shu davrda uzoq Hindistonda yunon–makedoniyalik askarlar harbiy
yurishlarni davom ettirishga rozi bo‘lmaydilar. To‘xtovsiz janglar va shaharlarni
qamal qilish, notanish xavfli yurtlar, yangi va yangi tog‘lar bilan bepoyon ketma-
ket cho‘llar, keng chuqur daryolar ularning joniga tegib, endi boshqa qiziqtirmasdi.
Begona o‘lkalarning yo‘llarida makedoniyaliklarni har bir qadamda o‘lim yoki
yaradorlik kutib olardi. Nayza va xanjarlarni zang bosib, ularni yaroqsiz holga
keltirib qo‘ydi. Bosqinchilarning chidamligida ham aniq bir chegara bor. Yunon–
makedonlar Sharqdagi urushlardan va qon to‘qilishidan charchagan edilar.
Hindistonda Aleksandr oykumena chegaralarida joylashgan aholini zabt
etish maqsadiga erishmaydi va o‘z orzulari bilan yakka bo‘lib qoladi. Uzoq
Hind daryosi chegaralarida Aleksandr harbiylariga ulug‘ podsho, vatan tuyg‘usi
va urushlar xudosi bo‘lgan bo‘lsa ham uning jangovar askarlari oldinga bir qadam
ham yurishni orzu qilmaydilar. Ular yurishlarni to‘xtatishni iltimos qiladilar. Agar
podsho bunga rozi bo‘lmasa, u barcha sodda jangchilarni qirib tashlab, Gang
daryosiga sharqiy otasi – misrlik xudo Amon bilan birgalikda yurish mumkin, deb
o‘ylaydilar makedonlar.
Aleksandr sharqiy yurishlar to‘xtatilishini e’lon qilib, yana bir yuksak
g‘alabani qo‘lga kiritadi – jangchilar behad xursandchilikka sazovor bo‘ladilar.
Mil.avv. 325 yilda makedonlarlar kemalardan foydalanib, Hind daryosi orqali
okeanga yetib boradilar. Shundan so‘ng Nearx boshchiligida harbiylarning bir
qismi kemalarda Fors qo‘ltig‘iga qarab suzadilar. Aleksandr va makedonlarning
boshqa bir qismi Gedrosiyo sahrolar ikchkarisiga kirib, Eronga yo‘l oladilar.
Mil.avv. 324 yilda ularning hammasi dengiz va sahro yo‘llarida juda qattiq azob
tortib, Erondagi Suza shahrida uchrashadilar.
Makedoniya, Kichik Osiyo, Misr, Sirdaryo va Hindistongacha cho‘zilgan
sayhon yerlarda yirik davlatga asos solinadi. Bu davlatning poytaxti qilib
Aleksandr Bobil shahrini e’lon qiladi. Ammo uning asoschisi vafotidan so‘ng
(mil.avv.323 yil) taxt uchun kurash boshlanib, bu davlat ayrim qismlarga bo‘linib,
parchalanadi. Jahon tarixida yangi jarayonlar boshlanadi.
Makedoniyalik Aleksandr davlatining qulashi va O‘rta Osiyoda yangi
davlatlarning tashkil topishi.
Александр давлати
мил.авв.323 йил
Македония давлати
Миср давлати
Сурия (Салавкийлар давлати)
Ўрта Осиё ҳарбий
ўлкаси
сатраплар
Антиох,
мил.авв.293-260 йй.
Сўғдиёна
Бақтрия
Марғиёна
Парфия
Парфия давлати
Юнон-Бақтрия давлати
Парфия
Мил.авв.250 йил
I-III асрлар
Кушон подшолиги
Парфия
Сурҳон воҳаси, Жанубий
Тожикистон, Афғонистон,
Шимолий Ҳиндистон, Шарқий
Туркистон
Osiyoda Aleksandrning boshqaruv faoliyati asoslari
8.3. Tarixiy geografiya.
“Avesto”ning geografik tushunchalari qadimgi fors tilida yoritilgan
ahamoniylar yozma manbalarida va yunon tarixchilari asarlarida taqror etilgan.
Mil.avv.II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida O‘rta Osiyoda
yashab o‘tgan qabilalar yangi etnomadaniy jarayonlarga asos solib, shu hududda
so‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, marg‘iyonaliklar va sak–massagetlar paydo
bo‘ladi. Ushbu elatlarning tarixi o‘zaro keng madaniy ta’sirlar va aloqalar asosida
rivojlanib, bir–biriga yaqin bo‘lgan.
Подшо
Этерия
Забт этилган ҳудудларда маҳаллий
ҳокимлар – Артабоз – Бақтрия,
Оксиарт-Сўғдиёна
Ҳарбий таянч истеҳкомлар, юнон-
македон отлиқ ва пиёда қўшинлари
Юнон-македон
саркардаларидан
подшо ҳамроҳлари,
дўстлари
Македонлар яроғ-аслаҳалари билан
қуролланган маҳаллий аҳоли
қўшинлари
Гефестион, Салавка,
Птоломей, Клит,
Кратер, Неарх
Ҳарбий
йўлбошчилар
кенгаши
Қўшинлар йиғини