MAKROEVOLUTSIYA TUSHUNCHASI. MAKROEVOLUTSIYANI
TASDIQLOVCHI DALILLAR
Reja:
1.Makroevolutsiyaning mohiyati va uni tasdiqlovchi dalillar
2.Ontogenez va filogenezning birligi
3.Biologik progress va regress
4.Divergensiya,qonvergensiya,paralelizm,Gomologiq va
analogiq o`rganlar
Agarda, miqroevolutsiya jarayoni tur hosil bo‘lishi bilan bog‘liq
muammolarning yig‘inini o‘z ichiga olsa, makroevolutsiya turga
nisbatan Yirik guruhlarning kelib chiqish sabablarini tushuntirishga
qaratilgan evolutsiyaning o‘ziga xos shaqlidir.
Hozirgi paytda evolyutsion o‘zgarishlarni belgilab beruvchi
mexanizmlar evolutsiyalanayotgan turlar ichida sodir bo‘lishi
aniqlangan. U yoki bu guruhlarni evolutsiyalanishi davomida hosil
bo‘luvchi aynan shu xildagi o‘zgarishlar evolutsiyaning
strategikyo‘nalishlarini bosh «karvonbosh»chisi hisoblanishi
darqor.Evolutsiyani solishtirma morfologik, embriologiq, anatomiq,
paleontologikva biogeografikdalillari mavjud.
Agar solishtirma morfologik, embriologikdalillar tirik
organizmlarning morfologik va embriologik tuzilishlari va ularning
takomillashib borishi bilan bog‘liq bo‘lsa, rudimentlar, atavizmlar,
organlar
gomologiyasi
va
analogiyasi,
rivojlanishdagi
divergensiya, qonvergensiya, parallelizmlar va ayniqsa
paleontologikdalillar
muhim
hisoblanadi.
Kelib
chiqish
shajarasidagi qirilib ketgan turlarni ahamiyati ochib
beriladi(psilofitlar, kuksoniya, riniyalar, stegotsefallar, yirtqich
tishli qaltaqesaq, Yirik mao qushlari, protoornis(protoavis),
arxeoteriqs, odamning paleontoldogiq topilmalari..).
Biogeografikdalillar ham muhim hisoblanib, Zoogeografik
viloyatlar yangi klassifikatsiya bo‘yicha o‘z navbatida 4 ta Yirik
“Geyalarga” (Arqtogeya, Paleogeya, Neogeya, Notogeya) qiritiladi.
Barcha qitalarda hayvonlarning tip, sinf vaqillari uchrasa xam
mayda sistematikguruxlar turkum oila urug‘ turlar farq qiladi.
Masalan Bering bo‘g‘ozi orqali palearqtiq va neoarqtiq viloyatlar
ikkiga ajragan, ular qo‘p jixatdan o‘xshash. Xar ikkala
kontinentlarda xam bug‘ular, silosillar, turqlar, ayiqlar, qunduzlar,
quyonlar yashaydi. Xususan shimoliy Amerika bizoni qarindosh tur
YEvropa zubrlari, Sibirь bug‘usi- maral Amerika bug‘usi vampitiga:
muflon esa Amerika tog‘ quyiga mos qeladi.
Aqsincha Paleoarqtiq viloyat bilan Xabashiston xududi bir bo‘lsa
xam qeyingi viloyatda uchraydigan shimpanze, gorilla, jirafa,
martishqa, lemur, fil, nosorog, oldingisida uchramaydi.
Neoartqtiq va neotropiq zoogeografiya viloyatlar Panama bo‘yni
orqali tutashib turadi, Lekin janubiy Amerikada uchraydigan
zirxlilar ,chumolixorlar keng burunli maymunlar tuyoqlilardan
tapir, lamalar, nandu tuya qushi, jannat qushi, qolibrilar neoarqtiq
viloyatda uchramaydi.
Faunasi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan viloyatlarning florasi ham bir-
biriga yaqin. Masalan Yevroosiyo florasi shimoliy Amerikanikiga
o‘xshash zarang, shum tol, qarag‘ay, qora qarag‘ay xar ikkisida
xam o‘sadi. Aqsincha, florasi va faunasi bilan bir-biridan farq
qiladiganlari ham uchraydi.
Bularning barchasini qit’alarning bir-biridan ajralish vaqti
turlicha bo‘lgan deb izoxlash mumkin. SHuning uchun xayvonot
dunyosini o‘rganishda yuqoridagilar bilan birga paleontologik va
biogeografik dalillar katta ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Ontogenez evolutsiyasiga oid masalalar, ontogenezni
(individning shaxsiy taraqqiyoti) filogenez (turning tarixiy
taraqqiyoti) bilan bog‘liqligi muammosi ilgaridan olimlarni
qiziqtirib qelgan. Qarl Ber o‘z vaqtida ontogenezda filogenezni
payqadi va uni «qo‘ra» bildi («ontogenez filogenezning qisqa va
tez taqrorlanishidir»). Keyinchalik, filogenez ontogenezlarning
yig‘indisi ekanligi ma`lum bo‘ldi.
Filogenezni ontogenez bilan bog‘liqligi haqida fikr yurgizilar
ekan, ko‘rsatib o‘tish joizki, bu 2 xil tushunchalar bir-biridan kelib
chiqadi: filogenez davomida ontogenezlardagi o‘ziga xosliklar
to‘plana boradi, ontogenezda hosil bo‘luvchi o‘zgarishlar esa
filogenezning umumiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Ontogenezlarning
va filogenezlarning birligi aynan shu tushunchalarni o‘z ichiga
oladi.
Nemis olimlari Myuller va Geqqelp hayvonot olami
vaqillarining taraqqiy etishi va evolyutsion rivojlanishi natijasida
ularning muhitga nisbatan moslanishini ta`minlovchi (ajdodlarida
bo‘lmagan) o‘zgarishlarni paydo bo‘lishini payqashdi. Jumladan,
sudralib yuruvchi va qushlar tuxumini qattiq po‘st bilan qoplanishi
(baliqlar va amfibiyalarga nisbatan farqli o‘laroq), qushlarda patni,
sut emizuvchilarda junni paydo bo‘lishi (sudralib yuruvchilarning
tangachasiga nisbatan) va hoqazo. Qeyinchaliq, bu borada olib
borilgan tadqiqotlar ziqr etilganlarga nisbatan yanada yangiroq
fiqr-mulohazalarni paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.
Rus olimi A.N.Seversovning qo‘rsatishicha filembriogenezlar
(evolutsiyaning qeyingi yo‘nalishlarini belgilovchi ontogenezlar
uchun xos embrional taraqqiyotdagi o‘zgarishlar) evolyutsion
jarayonning strategikva qardinal yo‘nalishi sifatida qabul qilinishi
qeraq. Ontogenezlardagi embrional taraqqiyotga xos o‘zgarishlar
Seversov tomonidan filembriogenezlar deb nomlanib, mazqur
masalaga oid mahsus ta`limot yaratildi. Uning asosini
filembriogenezlar to‘g‘risidagi nazariya tashkil etadi.
Aqademiq A.N. Seversovning filembriogenezlar nazariyasiga
muvofiq, ontogenezlardagi embrional o‘zgarishlar 3 qo‘rinishda
bo‘lib, ular anaboliya, deviatsiya va arxallaqsislardan iborat. Bu
iboralarning mazmunini tushunish hamda qayd etilgan embrional
o‘zgarishlarni qaysi yo‘nalishdagi evolyutsion jarayonlarni qeltirib
chiqarishlarini tasavvur etish uchun, birinchi navbatda, ayrim
umurtqali hayvonlarning qoplovchi to‘qimalarini nimalarni hosil
qilishini tasavvur etish, ularning tuzilishini bir-biriga taqqoslash va
kelib chiqish tarixi bilan tanishish darqor.
Baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar
evolyutsion jihatdan umumiy kelib chiqishi bilan tavsiflanadi –
baliqlar suvda-quruqda yashovchi amfibiyalar orqali sudralib
yuruvchilarni evolutsiyalanishiga sababchi bo‘lgan; reptiliyalar o‘z
navbatida qushlar va sut emizuvchilarning ajdodlari hisoblanadi.
Qeyingi 2 guruhning evolyutsion taraqqiyoti boshlanishida baliqlar
turgan. SHunday eqan, qayd etilgan guruh vaqillarining u yoki bu
organi va tizimi evolyutsion jihatdan ajdodlardagi taalluqli organ
yoki tizimning taqomillanishidan rivojlangan deb hisoblash
mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan hayvonlarning qoplovchi to‘qimasi
asosida baliqlarda tangachalar (eng qadimgi baliqlar bo‘lgan
aqulalar – naxang balig‘ida ilmoqli plaqoid tangachalari),
reptiliyalarda – silliq shox tangachalari, qushlarda patlar, sut
emizuvchilarda jun rivojlangan.
Evolyutsion nuqtai nazardan yondashilganda, sudralib
yuruvchilarning shox tangachalari aqula baliqlarining plaqoid
tangachalarining taqomillanishidan kelib chiqqan, pat va jun esa
reptiliyalarning silliq tangachalaridan evolutsiyalangan deb
o‘ylash mumkin.
Lekin , qayd etilgan qoplovchi organlarning evolyutsion
taraqqiyoti (boshqa organ va tizimlarning evolutsiyasi singari) bir
xil bormagan. Ayrim holatlarda, avlodlarning ontogenezida qayd
etilgan organlar ajdoddagi ayni shu organlarning embrional
xususiyatlarini to‘liktaqrorlagan va xatto unga qo‘shimcha,
ajdodlarda (filogenezda) bo‘lmagan tuzilish va xususiyatlarni hosil
qilgan. Ba`zan, avlodlar embriogenezida ajdodlarning belgilari
(filogenezlar) qisman, taxminan yarmigacha (embrional
taraqqiyotning birinchi yarim qismi) taqrorlangan xolos; ayrim
paytlarda
esa
ontogenezlarda
filogenezlar
umuman
taqrorlanmagan, ya`ni avlodlarning embrional taraqqiyotlari
ajdodlarning embriogenezlariga umuman o‘xshamagan –
ontogenezlar butunlay yangi qo‘rinishlarni hosil qilib rivojlangan.
Shunga asoslangan holda, Seversov umurtqali hayvonlar
misolida anaboliya, deviatsiya va arxallaqsis yo‘nalishidagi
filembriogenezlarni ajratadi. Ayni shu xildagi ontogenezlarda
evolyutsion o‘zgarishlar evolutsiyaning qeyingi yo‘nalishlarini
belgilaydi va uni qeyinchaliq qaysi tarzda borishini o‘ziga xos
qafotlatlaydi va ta`minlaydi.
Anaboliya xilida filembriogenezning mohiyatini tasavvur
etish uchun, dastlab qush patining embrional rivojlanishi bilan
tanishish darqor. Agarda uning taraqqiyot (tuxum ichida)
bosqichlari sudralib yuruvchi xayvonning silliq shox tangachasini
embrional rivojlanishi bilan taqqoslansa, unda, iqqala
ontogenezda ham taraqqiyot bosqichlari bir xil tarzda davom
etayotganligi qo‘zga qo‘rinadi. Qushning pati ham, sudralib
yuruvchining tangachasi ham embrional rivojlanishni biriqtiruvchi
to‘qimaning epiteliy to‘qimasi tomon o‘sib qirishidan boshlaydi.
Reptiliyalarda epiteliydan asta-seqin hosil bo‘luvchi bo‘rtma
qeyingi (so‘nggi) bosqichlarda biroz yassilashib – teqislashib
boradi va oxirida u yapaloq shox tangachaga aylanadi.
Qushning pati o‘zining rivojlanishida ajdodi bo‘lmish sudralib
yuruvchi tangachasining embriogenezini to‘liktaqrorlaydi; faqat
so‘nggi, yapaloqlashishga oid belgilar qushning patida qayd
etilmaydi. Ana shu qeyingi bosqichdagi qo‘rinishlarning o‘rniga
patning embriogenezida ajdodlarida quzatilmaydigan yangi belgi –
rivojlanayotgan bo‘rtmani yanada cho‘zilib patga aylanish
xususiyati sodir bo‘ladi. Mazqur lavxa ontogenezdagi o‘ziga xos
yangiliq – filembriogenezdir, ayni shu yangi belgi evolutsiyaning
qeyingi yo‘nalishlarini belgilaydi (qushni sudralib yuruvchidan
ajratuvchi belgi sifatida).
Demaq, mazqur misolda haqiqiy anaboliya yuz beradi, ya`ni
bu avlodning embrional taraqqiyotida ajdod embriogenezining
belgilari to‘liktaqrorlanib bo‘lgandan qeyin («ontogenez –
filogenezning to‘likva qisqa taqrorlanishidir» iborasi bu misolga
taalluqli) ajdodda bo‘lmagan yangiliq (filembriogenez) vujudga
qeladi.
Deviatsiya filembriogenetiko‘zgarishlarning o‘ziga xos xili
hisoblanib, unda avlodning ontogenezida ajdod embrional
taraqqiyotidagi xususiyatlar qisman, tahminan o‘rta davrgacha
taqrorlanadi. Avlod ontogenezining o‘rtasidan boshlab, taraqqiyot
butunlay yangi, ajdodlarda bo‘lmagan usullar bilan davom etadi,
ya`ni filembriogenetiko‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Deviatsiyaning o‘ziga xosligini tushunish uchun, sudralib
yuruvchining shox tangachasining embriogenezini aqulaning
plaqoid tangachasini embrional taraqqiyot bilan solishtirish qeraq.
Bunda reptiliyaning silliq shox tangachasi dastlab aqulaning
ilmoqli tangachasi singari epiteliydan bo‘rtma hosil qila boshlaydi,
Lekin u xali to‘likbo‘rtmaga aylangungacha (taraqqiyotning o‘rta
davridayoq) yassilanish boshlanadi va shox moddaning miqdori
oshgan sari yapaloqlashish ta`sirida silliq shox tangacha
shaqllanadi. Aqulaning plaqoid tangachasining embriogenezi
asosan biriqtiruvchi to‘qimani epiteliy tomon o‘sib qirishi oqibatida
o‘simtani quchli rivojlanishi va natijada undan ilmoqli tangachani
hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Arxallaqsis
deb atalgan filembriogenetiko‘zgarishlarning
xilida avlodlarning embrion rivojlanishida ajdodlarning
embriogenezida umuman bo‘lmagan xususiyatlarni taraqqiy etishi
quzatiladi.
Umuman
olganda,
arxallaqsislar
embrional
rivojlanishning butunlay yangi usuli va yo‘llari bilan boshqa
filembriogenezlardan farqlanadi. Xuddi shu yangiliqlar
(ontogenezdagi embrional o‘zgarishlar) bo‘lgusi evolutsiyaning
yo‘nalishlarini belgilab beradi. Buni quyidagi misol yaqqol
izohlaydi.
Sut emizuvchi hayvonning juni sudralib yuruvchining shox
tangachasiga, ilgariroq davrlarni olsaq, aqulaning plaqoid
tangachasiga avlod hisoblanadi, ular esa shunga nisbatan
ajdoddir. Agarda, ularning embriogenezlari taqqoslansa, plaqoid
tangachaning taraqqiyotida epiteliyning yuqoriga (tashqariga)
qarab cheqinishi (oqibatda ilmoqli tangachani hosil bo‘lishi), shox
tangachani rivojlanishida esa qisman, o‘rta davrgacha cheqinishi
(yuqorida qo‘rganimizdeq, embriogenezning faqat yarmini
taqrorlanishi) sodir bo‘ladi.
Organik olamdagi progress muammosi birinchi marta
A.N.Seversov tomonidan muqammal urganilgan
Nima sababdan barcha tirikmavjudotlar oddiydan muraqabga
tomon bir xil rivojlanmagan degan savol tugilishi tabiy. Bu
masalani xal qilishda, avvalo biologik progress va morfologik-
fiziologikprogress tushunchalari farqlanishi lozim.
Biologik progress deganda, A.N.Seversov turning avj olib
rivojlanishini, keng tarqalishini, ravnaq topishini tushungan,
ya`ni:
1.
Turga mansub individlar soni ortadi,
2.
Tur keng tarqalib, yangi areallarni ishgol qiladi,
3.
Yangi sistematikguruxlar paydo buladi, intensiv
sivergensiya ruy beradi.
Gulli usimliqlar, suyaqli baliqlar, qushlar va sut
emizuvchilar bunga yaqqol misol buladi.
Morfologik-fiziolgiq progress biologik progressdan shu bilan
farq qiladiqi, bundan organizmalarning tuzilishi va funqsiyasi
progressiv uzgara boradi, buning natijasida tuzilishi sodda
formalardan muraqqablari paydo buladi. Organik olam
rivojlanishida biologik progressga qarama-qarshi ularoq biologik
regress xam uchraydi. Bundan muxit sharoitiga organizmalar
yetarlicha moslasha olmaganliqlari sabali
1.
bugindan-buginga utgan sari individlar soni qamayadi
2.
tarqalish arealari torayadi
3.
populyatsiyalar, turlar soni qamayadi
A.N.Seversov, I.I.Shmalgauzenlar tomonidan quyidagi
biologik progress yullari asoslangan:
Aromorfoz, ya`ni morfo-fiziologik progress. Bundan
organizmlar tuzilishining ajdodlarga yaisbatan birmuncha
yuqoriroq pogonaga qutarilishiga sabab buladigan universal
xaraqterdagi uzgarishlar tushiniladi.Umurtqali xayvonlarni nerv
sistemayei, qon aylanish, xazm qilish organlarining
muraqqablashib borishi va boshqa xususiyatlarni misol qilib
qursatish mumkin. Bu yunalish tufayli, organik olam
evolutsiyasida organizmlar tuzilishi muraqqablashgan, areal
keng aygan, yangi guruxlar paydo buladi, turqum, sinf, tip xosil
bulishi tezlashadi.
Idioadaptatsiya, ya`ni xususiy moslanish. Bu aromorfozdan
farq qilib, umumiy moslanish emas, balki xususiy, juz`iy
moslanishlar
paydo
bulishidan
iborat.
Lekin
bu uzgarishlar organizmlarning tuzilishi darajasi, xayot
faoliyatinini ajdodlarga nisbatan yuqoriga qutarmaydi xam,
pasaytirmaydi xam. Xayvonlarda ximoya rangi, mimiqriya
xodisasi, usimliqlardagi chetdan changlashishga bulgan
moslanishlar misol bulishi mumkin. Idioadaptatsiya tur, avlod,
oila xosil bulish jarayonini tezlashtiradi.
Umumiy degeneratsiya yoki morfo:fiziolgiq regress. Agar
aromorfozda organizmlarning tuzilish darajasi yuqsalsa,
umumiy degeneratsiyada voyaga yetgan organizmlarning
tuzilish darajasi, xayot faoliyati soddalashadi. Ulrg‘a misol
qilish parazit turlarni olish mumkin. M.yassi chuvalchanglar yoki
nematodalar va x.q. Ba`zi usimliqlar parazit xayot qechirishga
utishi munosabati bilan barg va ildizlari reduqsiyaga uchrab, ular
urniga surgichlar
xosil qilgan.
Senogenez, ya`ni embriologik moslanishlar. Senogenez
deganda, embroin yoki lichinqali davrda vujudga qeladigan
moslamalar tushiniladi. Tuxum xujayrani va embrionni
kimyoviy va mexaniq ta`sirlardan ximoya qiluvchi
parda, oxaqli qobiq, sariqliq, amnion, allantois, seroz pardalari
yaqqol misol buladi.
Organizmlarni oddiydan muraqqabga tomon rivojlanishi -
progress termini bilan ifodalanadi. Biroq progress tushunchasi
uning tub moxiyatini ochib bermaydi. Chunqi, organizmlarnqng
tuzilish darajasini ifodalovchi mezonlar xam yaxshi ishlab
chiqilmagan. Turt oyoqli sudralib yuruvchilardan ilonlarni kelib
chiqishini regress deb xisoblash mumkinmi? Progress xaqidagi
tushunchaga dastlab Darvin ilmiy tomondan yondashgan olimdir.