“MAKROIQTISODIYOT” FANIGA KIRISH

Yuklangan vaqt

2024-06-14

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

99,0 KB


 
 
 
 
 
“MAKROIQTISODIYOT” FANIGA KIRISH 
 
1.1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va obyekti 
 
Makroiqtisodiyot ham mikroiqtisodiyot kabi iqtisodiy nazariyaning bir boʻlimini 
ifoda etadi. Grek tilidan tarjima qilganda “makro” soʻzi “katta” degan ma’noni anglatadi 
(mos ravishda “mikro” - “kichik”), “iqtisodiyot” soʻzi esa – “xoʻjalik yuritish” 
ma’nosini anglatadi. Shunday qilib, makroiqtisodiyot – bu iqtisodiyotdagi umumiy 
xatti-harakatlarni yoki uning yirik jamlanmalarini (agregatlarini) oʻrganuvchi fandir, 
bunda iqtisodiyot murakkab yirik yagona pogʻonaviy tashkil etilgan tizim sifatida, 
iqtisodiy jarayonlar va voqeliklar hamda ularning koʻrsatkichlarining yigʻindisi sifatida 
qaraladi.  
Birinchi bor “makroiqtisodiyot” atamasini taniqli norveg olimi iqtisodchi 
matematik, ekonometrikaning asoschilaridan biri, Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan 
Ragnar Frish (Ragnar Frisch) oʻzining 1933-yildagi maqolasida qoʻllagan. Biroq 
mazmunan zamonaviy makroiqtisodiy nazariya Kembridj maktabi vakili taniqli ingliz 
iqtisodchisi lord Djon Meynard Keyns (John Maynard Keyns)ning fundamental 
mehnatlaridan boshlangan. 1936-yilda Keyns makroiqtisodiy tahlil asoslarini yoritgan 
“Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi” nomli kitobi chiqdi. Keyns ishining 
ahamiyati shunchalik buyuk ediki, natijada iqtisodiy adabiyotlarda  shu vaqtgacha 
an’anaviy ravishda yagona mavjud boʻlgan iqtisodiy voqeliklarni klassik yondashuv 
asosida oʻrganuvchi, ya’ni mikroiqtisodiy tahlil (klassik modelga) qarshi turuvchi 
“Keynscha inqilob” atamasi va keynscha makroiqtisodiy model yoki keynscha 
yondashuv yuzaga keldi. 
 Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina kiritilgan 
boʻlsada, makroiqtisodiy tahlil elementlari iqtisodiyot fani bilan deyarli  birga paydo 
boʻldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga 
turli elementlarining oʻzaro bogʻliqligi va oʻzaro ta’siri  xos boʻlgan  tizim sifatida 
“MAKROIQTISODIYOT” FANIGA KIRISH 1.1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va obyekti Makroiqtisodiyot ham mikroiqtisodiyot kabi iqtisodiy nazariyaning bir boʻlimini ifoda etadi. Grek tilidan tarjima qilganda “makro” soʻzi “katta” degan ma’noni anglatadi (mos ravishda “mikro” - “kichik”), “iqtisodiyot” soʻzi esa – “xoʻjalik yuritish” ma’nosini anglatadi. Shunday qilib, makroiqtisodiyot – bu iqtisodiyotdagi umumiy xatti-harakatlarni yoki uning yirik jamlanmalarini (agregatlarini) oʻrganuvchi fandir, bunda iqtisodiyot murakkab yirik yagona pogʻonaviy tashkil etilgan tizim sifatida, iqtisodiy jarayonlar va voqeliklar hamda ularning koʻrsatkichlarining yigʻindisi sifatida qaraladi. Birinchi bor “makroiqtisodiyot” atamasini taniqli norveg olimi iqtisodchi matematik, ekonometrikaning asoschilaridan biri, Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan Ragnar Frish (Ragnar Frisch) oʻzining 1933-yildagi maqolasida qoʻllagan. Biroq mazmunan zamonaviy makroiqtisodiy nazariya Kembridj maktabi vakili taniqli ingliz iqtisodchisi lord Djon Meynard Keyns (John Maynard Keyns)ning fundamental mehnatlaridan boshlangan. 1936-yilda Keyns makroiqtisodiy tahlil asoslarini yoritgan “Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi” nomli kitobi chiqdi. Keyns ishining ahamiyati shunchalik buyuk ediki, natijada iqtisodiy adabiyotlarda shu vaqtgacha an’anaviy ravishda yagona mavjud boʻlgan iqtisodiy voqeliklarni klassik yondashuv asosida oʻrganuvchi, ya’ni mikroiqtisodiy tahlil (klassik modelga) qarshi turuvchi “Keynscha inqilob” atamasi va keynscha makroiqtisodiy model yoki keynscha yondashuv yuzaga keldi. Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina kiritilgan boʻlsada, makroiqtisodiy tahlil elementlari iqtisodiyot fani bilan deyarli birga paydo boʻldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turli elementlarining oʻzaro bogʻliqligi va oʻzaro ta’siri xos boʻlgan tizim sifatida  
 
yondashish  dastlab F.Kene asarlarida uchraydi. Fransiya qiroli Lyudovik  XV ning 
saroy vrachi F.Kene 1758-yilda,  milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul 
oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene jadvali”ni tuzishda ilk bor 
makroiqtisodiy tahlil elementlarini qoʻlladi. 
 
Makroiqtisodiy tahlilning   tamal toshlari,   J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va 
boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qoʻyilgan edi deb ta’kidlash mumkin. 
Keyinchalik,   V.Leontev esa  oʻzining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni 
iqtisodiy nazariyaning alohida boʻlimi sifatida ajralib chiqishi  uchun mustahkam asos 
yaratishdi.     J.M. Keyns esa  oʻzining “Ish bilan bandlilik, foiz va pulning  umumiy 
nazariyasi” (1936-yil) asari bilan  bu jarayonni mantiqiy yakuniga yetkazdi.  Shu sababli  
ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida  tan olinadi.  
Shunday qilib, makroiqtisodiyot  oʻz  predmeti va tadqiqot usullariga koʻra  
mustaqil  fan sifatida  XX asrning oʻrtalariga kelib shakllanib boʻldi. 
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning boʻlimi  hisoblanib, unda milliy 
xoʻjalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.  
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki koʻrinishi oʻzaro farqlanadi: 
a)  pozitiv makroiqtisodiyot; 
b)  normativ makroiqtisoiyot. 
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini 
oʻrganadi. 
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar  yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul  
ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yoʻnalishlarini taklif etadi.  
Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki  mustaqil boʻlimi sifatida makroiqtisodiyot va 
mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini oʻzaro farqlab olishimiz zarur.  
 Mikroiqtisodiyot predmeti boʻlib “belgilangan” iqtisodiy  shart-sharoitlarda uy 
xoʻjaliklari va firmalar darajasidagi iqtisodiy qarorning qabul qilish mexanizmi 
hisoblanadi.   Mikroiqtisodiy tahlil obyekti boʻlib alohida tovarlar bozorlari,  resurslar 
bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa, makroiqtisodiyotda  milliy iqtisodiyot 
darajasidagi mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining oʻzaro munosabatlari va 
oʻzaro ta’siri tahlil qilinadi. 
yondashish dastlab F.Kene asarlarida uchraydi. Fransiya qiroli Lyudovik XV ning saroy vrachi F.Kene 1758-yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene jadvali”ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elementlarini qoʻlladi. Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qoʻyilgan edi deb ta’kidlash mumkin. Keyinchalik, V.Leontev esa oʻzining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida boʻlimi sifatida ajralib chiqishi uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa oʻzining “Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936-yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga yetkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi. Shunday qilib, makroiqtisodiyot oʻz predmeti va tadqiqot usullariga koʻra mustaqil fan sifatida XX asrning oʻrtalariga kelib shakllanib boʻldi. Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning boʻlimi hisoblanib, unda milliy xoʻjalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi. Makroiqtisodiy nazariyaning ikki koʻrinishi oʻzaro farqlanadi: a) pozitiv makroiqtisodiyot; b) normativ makroiqtisoiyot. Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini oʻrganadi. Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yoʻnalishlarini taklif etadi. Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil boʻlimi sifatida makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini oʻzaro farqlab olishimiz zarur. Mikroiqtisodiyot predmeti boʻlib “belgilangan” iqtisodiy shart-sharoitlarda uy xoʻjaliklari va firmalar darajasidagi iqtisodiy qarorning qabul qilish mexanizmi hisoblanadi. Mikroiqtisodiy tahlil obyekti boʻlib alohida tovarlar bozorlari, resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa, makroiqtisodiyotda milliy iqtisodiyot darajasidagi mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining oʻzaro munosabatlari va oʻzaro ta’siri tahlil qilinadi.  
 
 Mikroiqtisodiyotda “belgilangan” deb qabul qilingan, ya’ni mikroiqtisodiy tadqiqot 
predmeti hisoblanmaydigan koʻpgina koʻrsatkichlar, jumladan iste’molchilarning 
daromadlari, jamgʻarmalari, foiz stavkasining  dinamikasini va   uni belgilovchi omillarni  
makroitisodiyot  tadqiq qiladi.    
Makroiqtisodiyot  yalpi ishlab chiqarishining  barqaror oʻsishini, resurslarning toʻliq 
bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va toʻlov balansining muvozanatini 
ta’minlash nuqtayi nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni 
makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini  oʻrganadi. 
 Keltirilgan ta’rifdan koʻrinib turibdiki, makroiqtisodiyot predmetida  oʻzaro bogʻliq 
uch  jihatni ajratib koʻrsatish mumkin. Bular: 
1) 
milliy iqtisodiyot; 
2) 
davlat tomonidan  iqtisodiy siyosatni yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish; 
3)    jahon xoʻjaligi doirasida milliy iqtisodiyotni   boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti 
bilan oʻzaro munosabatlari masalasi.    
  1-jadvalda  keltirilgan iqtisodiy nazariyaning ikki qismida koʻriladigan masalalar 
roʻyxati  mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanlari predmetlarini yaxshiroq farqlab 
olishga yordam beradi. 
                                                                                                           1-jadval. 
Iqtisodiy nazariyaning asosiy masalalari va tarkibi1 
Iqtisodiy nazariyaning masalalari 
Iqtisodiy nazariyaning boʻlimlari 
 
Mikroiqtisodiyot 
Iste’molchilar bozordagi talab hajmi va 
tarkibini qanday belgilaydilar? 
Ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi va usullarini qanday 
aniqlashadi? 
Bozor bahosi qanday tashkil topadi? 
Iste’molchi talabi nazariyasi 
 
Mahsulot ishlab chiqarish va taklif etish 
nazariyasi 
 
Tarmoq va umumiy iqtisodiy muvozanat 
                                                           
1 Тарасевич Л.С., Гребников П.И., Лусский А.И. Макроэкономика:Учебник.- 6-е изд. , испр. и  доп. 
–М.: Высшее образование», 2006,  14-с. 
 
Mikroiqtisodiyotda “belgilangan” deb qabul qilingan, ya’ni mikroiqtisodiy tadqiqot predmeti hisoblanmaydigan koʻpgina koʻrsatkichlar, jumladan iste’molchilarning daromadlari, jamgʻarmalari, foiz stavkasining dinamikasini va uni belgilovchi omillarni makroitisodiyot tadqiq qiladi. Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror oʻsishini, resurslarning toʻliq bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va toʻlov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtayi nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini oʻrganadi. Keltirilgan ta’rifdan koʻrinib turibdiki, makroiqtisodiyot predmetida oʻzaro bogʻliq uch jihatni ajratib koʻrsatish mumkin. Bular: 1) milliy iqtisodiyot; 2) davlat tomonidan iqtisodiy siyosatni yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish; 3) jahon xoʻjaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan oʻzaro munosabatlari masalasi. 1-jadvalda keltirilgan iqtisodiy nazariyaning ikki qismida koʻriladigan masalalar roʻyxati mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanlari predmetlarini yaxshiroq farqlab olishga yordam beradi. 1-jadval. Iqtisodiy nazariyaning asosiy masalalari va tarkibi1 Iqtisodiy nazariyaning masalalari Iqtisodiy nazariyaning boʻlimlari Mikroiqtisodiyot Iste’molchilar bozordagi talab hajmi va tarkibini qanday belgilaydilar? Ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab chiqarish hajmi va usullarini qanday aniqlashadi? Bozor bahosi qanday tashkil topadi? Iste’molchi talabi nazariyasi Mahsulot ishlab chiqarish va taklif etish nazariyasi Tarmoq va umumiy iqtisodiy muvozanat 1 Тарасевич Л.С., Гребников П.И., Лусский А.И. Макроэкономика:Учебник.- 6-е изд. , испр. и доп. –М.: Высшее образование», 2006, 14-с.  
 
 
Mildliy daromad qanday taqsimlanadi? 
 
Davlat 
ishlab 
chiqarish 
omillarini 
tarmoqlararo 
taqsimlash 
va 
milliy 
daromadni 
individlararo 
taqsimlashda 
ishtirok etishi  kerakmi? 
nazariyasi  
Ishlab 
chiqarish 
omillar 
bahosini 
shakllantirish nazariyasi 
 
Ijtimoiy farovonlik nazariyasi 
 
Makroiqtisodiyot 
Milliy daromad miqdorini nima  belgilab 
beradi? 
Pul nima va uning roli qanday? 
Baholar 
darajasi 
nima 
va 
uning 
dinamikasini 
qaysi 
omillar 
belgilab 
beradi? 
Bandlik darajasini nima belgilab beradi? 
Iqtisodiy konyunktura oʻzgarishlarinni 
qaysi omillar belgilab beradi? 
Barqaror iqtisodiy oʻsishning shartlari 
qanday? 
Mamlakatning iqtisodiy konyunkturasiga 
tashqi dunyo qanday ta’sir koʻrsatadi? 
Davlat 
barqaror 
iqtisodiy 
oʻsishga 
erishishni qanday ta’minlashi mumkin?  
Statik 
makroiqtisodiy 
muvozanat 
nazariyasi 
 
Pul nazariyasi 
Inflyatsiya nazariyasi 
 
 
Ish bilan bandlilik nazariyasi. 
Iqtisodiy davrlar nazariyasi 
 
Iqtisodiy oʻsish nazariyasi 
 
Toʻlov balansi va valyuta kursi nazariyasi 
 
Davlatning 
barqarorlashtirish 
siyosati 
nazariyasi 
 
Bu subyektlar orasida davlatning roli  bahsli masala  hisoblanib kelmoqda. 
Keynschilar  bozor tizimi mexanizmlarining  iqtisodiyotni barqaror oʻsishini ta’minlashga 
doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb hisoblashsa, 
iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyandalari bunday aralashishga qarshi fikrlar 
bildirishadi.  
Mildliy daromad qanday taqsimlanadi? Davlat ishlab chiqarish omillarini tarmoqlararo taqsimlash va milliy daromadni individlararo taqsimlashda ishtirok etishi kerakmi? nazariyasi Ishlab chiqarish omillar bahosini shakllantirish nazariyasi Ijtimoiy farovonlik nazariyasi Makroiqtisodiyot Milliy daromad miqdorini nima belgilab beradi? Pul nima va uning roli qanday? Baholar darajasi nima va uning dinamikasini qaysi omillar belgilab beradi? Bandlik darajasini nima belgilab beradi? Iqtisodiy konyunktura oʻzgarishlarinni qaysi omillar belgilab beradi? Barqaror iqtisodiy oʻsishning shartlari qanday? Mamlakatning iqtisodiy konyunkturasiga tashqi dunyo qanday ta’sir koʻrsatadi? Davlat barqaror iqtisodiy oʻsishga erishishni qanday ta’minlashi mumkin? Statik makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi Pul nazariyasi Inflyatsiya nazariyasi Ish bilan bandlilik nazariyasi. Iqtisodiy davrlar nazariyasi Iqtisodiy oʻsish nazariyasi Toʻlov balansi va valyuta kursi nazariyasi Davlatning barqarorlashtirish siyosati nazariyasi Bu subyektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda. Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror oʻsishini ta’minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb hisoblashsa, iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyandalari bunday aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi.  
 
Bugungi kunga kelib  koʻpchilik  mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli 
sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish 
strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur yetkazmagan holda iqtisodiyotni 
tartibga solish muhim ekanligiga iqror boʻlamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa 
subyektlari  xatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy 
rivojlanishni ta’minlash maqsadida, oʻz tasarrufida mavjud boʻlgan vositalar orqali ularni 
yoʻnaltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir.  
Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot  fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va 
jahon xoʻjalik aloqalarini tashkil etishning  nazariy asosi hisoblanadi.  
 
1.2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari 
 
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish, analiz va 
sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish 
usullari kiradi. 
Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish oʻziga xos 
usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab koʻrsatkichlarni  
alohida-alohida oʻrganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish 
oʻta qiyin vazifadir.  Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan 
foydalanishga  asoslangan tadqiqot usullaridan foydalaniladi.  
Agregatlash, ya’ni bir qancha iqtisodiy koʻrsatkichlar va kategoriyalarni  yagona 
makroiqtisodiy 
koʻrsatkich 
yoki 
kategoriyaga 
umumlashtirish 
orqali 
milliy 
iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. 
Agregat koʻrsatkichlari yordamida minglab alohida bozorlarni  mamlakatning yagona 
bozori sifatida koʻrib chiqish mumkin boʻladi.  Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida 
tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga boʻlgan talab va ularni taklif etish hajmlari 
koʻrsatkichlari  emas,  balki agregat koʻrsatkichlar  hisoblangan baholarning oʻrtacha 
darajasi, yalpi talab va yalpi taklif koʻrsatkichlaridan foydalaniladi.  Davlat 
obligatsiyalari boʻycha foiz stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi,  tijorat 
banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun toʻlov 
Bugungi kunga kelib koʻpchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur yetkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solish muhim ekanligiga iqror boʻlamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa subyektlari xatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida, oʻz tasarrufida mavjud boʻlgan vositalar orqali ularni yoʻnaltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xoʻjalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi. 1.2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish, analiz va sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish usullari kiradi. Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish oʻziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab koʻrsatkichlarni alohida-alohida oʻrganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish oʻta qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Agregatlash, ya’ni bir qancha iqtisodiy koʻrsatkichlar va kategoriyalarni yagona makroiqtisodiy koʻrsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. Agregat koʻrsatkichlari yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona bozori sifatida koʻrib chiqish mumkin boʻladi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga boʻlgan talab va ularni taklif etish hajmlari koʻrsatkichlari emas, balki agregat koʻrsatkichlar hisoblangan baholarning oʻrtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif koʻrsatkichlaridan foydalaniladi. Davlat obligatsiyalari boʻycha foiz stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun toʻlov  
 
stavkalari umumlashtirilib ularning oʻrtacha miqdori bozor foiz stavkasi deb yuritiladi 
va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat koʻrsatkichdan foydalaniladi.  
Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot  usuli makroiqtisodiy jarayonlarni  agregat 
koʻrsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir.   
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy koʻrsatkichlar va jarayonlar oʻrtasidagi 
miqdoriy, sabab  va oqibat bogʻlanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar 
koʻrinishida ifodalaydi.  
Bunga yalpi talab  va yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri 
chizigʻini, IS-LM modelini, iqtisodiy oʻsishning Domar, Xarrod va Solou  modellarini 
keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning oʻzida ham grafik koʻrinishda, ham 
algebraik formula koʻrinishida tasvirlash mumkin. Algebraik formulalar kabi 
makroiqtisodiy modellar ham ikki, uch yoki bundan koʻp oʻzgaruvchili boʻlishi 
mumkin.  
 
AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarini umumiy 
darajasi dinamikasi ta’sirida oʻzgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish 
mexanizmi oʻrganilsa, Fillips egri chizigʻi yordamida ishsizlik va inflyatsiya 
koʻrsatkichlari oʻrtasidagi bogʻliqlik tadqiq qilinadi.   
Yuqorida sanab oʻtilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilishda 
qoʻllanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffitsiyentlar, turli iqtisodiy 
koʻrsatkichlarning oʻzaro bogʻliqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq 
qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda yoki murakkab 
boʻlmasin, ma’lum darajada mavhumlikka yoʻl qoʻyiladi.  Masalan,  makroiqtisodiy 
tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba’zan yopiq iqtisodiy tizim mavjud, ya’ni  unga 
tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud boʻlmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi.  Amalda  
esa barcha mamlakatlar tashqi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya’ni “ochiq 
iqtisodiyot”ga ega. Hech bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar oʻrtasidagi 
bogʻliqliklarni toʻla-toʻkis qamrab olmaydi.  Shunga qaramasdan makroiqtisodiy 
modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, qabul 
qilinadigan turli  iqtisodiy qarorlarning  olinishi mumkin boʻlgan koʻp variantli 
natijalarini oldindan aniqlab   olish, makroiqtisodiy siyosatning turli yoʻnalishlarini 
muvofiqlashtirish imkonini beradi.   
stavkalari umumlashtirilib ularning oʻrtacha miqdori bozor foiz stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat koʻrsatkichdan foydalaniladi. Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni agregat koʻrsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir. Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy koʻrsatkichlar va jarayonlar oʻrtasidagi miqdoriy, sabab va oqibat bogʻlanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar koʻrinishida ifodalaydi. Bunga yalpi talab va yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizigʻini, IS-LM modelini, iqtisodiy oʻsishning Domar, Xarrod va Solou modellarini keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning oʻzida ham grafik koʻrinishda, ham algebraik formula koʻrinishida tasvirlash mumkin. Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar ham ikki, uch yoki bundan koʻp oʻzgaruvchili boʻlishi mumkin. AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarini umumiy darajasi dinamikasi ta’sirida oʻzgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi oʻrganilsa, Fillips egri chizigʻi yordamida ishsizlik va inflyatsiya koʻrsatkichlari oʻrtasidagi bogʻliqlik tadqiq qilinadi. Yuqorida sanab oʻtilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilishda qoʻllanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffitsiyentlar, turli iqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzaro bogʻliqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda yoki murakkab boʻlmasin, ma’lum darajada mavhumlikka yoʻl qoʻyiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba’zan yopiq iqtisodiy tizim mavjud, ya’ni unga tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud boʻlmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. Amalda esa barcha mamlakatlar tashqi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya’ni “ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar oʻrtasidagi bogʻliqliklarni toʻla-toʻkis qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi mumkin boʻlgan koʻp variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy siyosatning turli yoʻnalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi.  
 
     
1.3. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar–xarajatlar”ning doiraviy 
oqimi modeli 
 
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarishning 
umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning 
doiraviy oqimi modeli  koʻrinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model 
makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi.  Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni davlat 
ishtiroki mavjud boʻlmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqim  firmalar va uy 
xoʻjaliklari oʻrtasida amalga oshiriladi (2-chizma). 
Uy xoʻjaliklari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan barcha iqtisodiy resurslarni 
resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil 
mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, soʻngra esa ularni tayyor mahsulotlar va 
xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar – tovarlar va xizmatlar” 
oqimiga qarama qarshi yoʻnalishda  “daromadlar – xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi 
amalga  oshiriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
   
 
Pul daromadlari (ish haqi, renta, 
foiz, foyda ) 
Resurslar bozori  
 
Uy xoʻjaligi  
Firmalar  
Tovarlar va xizmatlar bozori 
Resurslarga 
xarajatlar 
Daromadlar 
Isteʼmol  xarajatlari 
Resurslar 
yer, mehnat, 
kapital 
Tovar va 
xizmatlat 
Tovar  va 
xizmatlar 
1.3. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar–xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarishning umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli koʻrinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni davlat ishtiroki mavjud boʻlmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqim firmalar va uy xoʻjaliklari oʻrtasida amalga oshiriladi (2-chizma). Uy xoʻjaliklari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan barcha iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, soʻngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar – tovarlar va xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yoʻnalishda “daromadlar – xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Pul daromadlari (ish haqi, renta, foiz, foyda ) Resurslar bozori Uy xoʻjaligi Firmalar Tovarlar va xizmatlar bozori Resurslarga xarajatlar Daromadlar Isteʼmol xarajatlari Resurslar yer, mehnat, kapital Tovar va xizmatlat Tovar va xizmatlar  
 
1-chizma. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar – mahsulotlar” va 
“daromadlar – xarajatlar”ning doiraviy aylanishi modeli 
 
Ya’ni, uy xoʻjaliklari oʻzlari yetkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad 
oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha 
korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish 
evaziga daromad oladilar. 
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va xarajatlar 
oqimi jami talabni koʻrsatadi.  Davlat ishtiroki mavjud boʻlmagan yopiq iqtisodiyotda  
yalpi talab va yalpi taklifning oʻzaro teng boʻlishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi 
ishlab chiqarishi hajmi uy xoʻjaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga 
teng boʻlishi shaklida namoyon boʻladi. 
Bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, 
inflyatsiya va ishsizlik darajalarining koʻtarilib ketishiga sabab boʻladi. Davlat aralashuvi 
mavjud boʻlgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab  koʻrinish oladi.  
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Resurslar bozori  
 
Uy xoʻjaligi  
 
Korxonalar   
Tovarlar va xizmatlar bozori 
 
Davlat 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-chizma. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar – mahsulotlar” va “daromadlar – xarajatlar”ning doiraviy aylanishi modeli Ya’ni, uy xoʻjaliklari oʻzlari yetkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar. Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi jami talabni koʻrsatadi. Davlat ishtiroki mavjud boʻlmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning oʻzaro teng boʻlishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xoʻjaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng boʻlishi shaklida namoyon boʻladi. Bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, inflyatsiya va ishsizlik darajalarining koʻtarilib ketishiga sabab boʻladi. Davlat aralashuvi mavjud boʻlgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab koʻrinish oladi. Resurslar bozori Uy xoʻjaligi Korxonalar Tovarlar va xizmatlar bozori Davlat  
 
2-chizma. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda  “daromadlar – xarajatlar”ning 
davlat aralashuvi mavjud iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi modeli 
 
Bunday iqtisodiyotda resurslar – tovarlar va xizmatlar, daromadlar- xarajatlarning 
uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat aralashuvi bilan 
ta’minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning harakatini 
bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali ularning 
iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi. Davlat korxonalar va uy xoʻjaliklarini 
soliqqa tortish bilan birga korxonalarga subsidiyalar berish,  aholiga transfert toʻlash  
orqali ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta’sir etadi. Ayni 
paytda davlat resurslar bozorida hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi 
sifatida ishtirok etadi. Davlat oʻz ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va 
uy xoʻjaliklarining tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdorlari toʻgʻrisidagi qarorlari 
oʻzaro mos kelmagan  hollarda roʻy beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib turadi. 
Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. Endi unda 
toʻrtinchi makroiqtisodiy subyektn – tashqi dunyo ham paydo boʻladi. Chet el 
investitsiyalarining kiritilishi va xorijga investitsiya qilish,  eksport va import 
operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamgʻarmalarning investitsiyalarga 
oqib oʻtishi va moliyaviy mablagʻlarning qayta taqsimlanishini e’tiborga olsak koʻrib 
oʻtilgan model mukammal emasligiga iqror boʻlamiz. Ammo shu koʻrinishda ham bu 
model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy 
oqimlar modelidan  chiqariladigan xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xoʻjaliklari  va tashqi 
dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng boʻlishi resurslar, tovarlar 
va xizmatlar oqimlari (ya’ni real oqim)  bilan  daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya’ni 
pul oqimlari)  oʻzaro teng boʻlishining asosiy shartidir.  Yalpi xarajatlar hajmining oshishi 
ishlab chiqarish hajmlari va  ish bilan bandlilik darajasining  oʻsishiga olib keladi. Bu esa 
oʻz navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab boʻladi. Kattaroq hajmdagi yalpi 
daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi.  Sabab oqibat 
bogʻlanishlari oʻrin almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish 
koʻrinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror   rivojlanib borishi uchun yalpi  xarajatlar 
toʻxtovsiz oʻsib borishi shart. Bu  vazifa  byudjet-soliq siyosati vositalari boʻlgan 
2-chizma. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning davlat aralashuvi mavjud iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi modeli Bunday iqtisodiyotda resurslar – tovarlar va xizmatlar, daromadlar- xarajatlarning uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat aralashuvi bilan ta’minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi. Davlat korxonalar va uy xoʻjaliklarini soliqqa tortish bilan birga korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga transfert toʻlash orqali ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta’sir etadi. Ayni paytda davlat resurslar bozorida hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi. Davlat oʻz ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va uy xoʻjaliklarining tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdorlari toʻgʻrisidagi qarorlari oʻzaro mos kelmagan hollarda roʻy beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib turadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. Endi unda toʻrtinchi makroiqtisodiy subyektn – tashqi dunyo ham paydo boʻladi. Chet el investitsiyalarining kiritilishi va xorijga investitsiya qilish, eksport va import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamgʻarmalarning investitsiyalarga oqib oʻtishi va moliyaviy mablagʻlarning qayta taqsimlanishini e’tiborga olsak koʻrib oʻtilgan model mukammal emasligiga iqror boʻlamiz. Ammo shu koʻrinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan chiqariladigan xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xoʻjaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng boʻlishi resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari (ya’ni real oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya’ni pul oqimlari) oʻzaro teng boʻlishining asosiy shartidir. Yalpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining oʻsishiga olib keladi. Bu esa oʻz navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab boʻladi. Kattaroq hajmdagi yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat bogʻlanishlari oʻrin almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish koʻrinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar toʻxtovsiz oʻsib borishi shart. Bu vazifa byudjet-soliq siyosati vositalari boʻlgan  
 
soliqlarni hamda davlat xarajatlarini oʻzgartirish hamda pul-kredit siyosati vositalari 
yordamida pul massasini  oʻzgartirish  orqali bajariladi.   
 
Nazorat savollari 
 
1. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
2. Makroiqtisodiyot  fani predmetining oʻziga xos xususiyati nimada va u 
mikroiqtisodiyot predmetidan nimasi bilan farq qiladi?  
3. Pozitiv va normativ makroiqtisodiyot tushunchalariga izoh bering. 
4. Makroiqtisodiyot subyektlari orasida davlatning roʻli qanday? 
5. Agregat koʻrsatkichlar deganda nimani tushunasiz?  Makroiqtisodiy tahlilda 
agregat koʻrsatkichlardan foydalanish zaruriyati nima uchun yuzaga keladi? 
6. Makroiqtisodiy modellarning mohiyatiga izoh bering. 
7. Zaxiralarni tavsiflovchi koʻrsatkichlar va oqimlarni tavsiflovchi koʻrsatkichlar 
oʻrtasida qanday bogʻliqliklar mavjud? 
8. “Resurslar – tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning doiraviy 
oqimi modelidagi qarama-qarshi omillarga izoh bering. 
9. Doiraviy oqimlar modelini doiraviy aylanish tusini olishining shartlari qanday? 
Makroiqtisodiy siyosatning muhim  vazifalari nimalardan iborat? 
soliqlarni hamda davlat xarajatlarini oʻzgartirish hamda pul-kredit siyosati vositalari yordamida pul massasini oʻzgartirish orqali bajariladi. Nazorat savollari 1. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 2. Makroiqtisodiyot fani predmetining oʻziga xos xususiyati nimada va u mikroiqtisodiyot predmetidan nimasi bilan farq qiladi? 3. Pozitiv va normativ makroiqtisodiyot tushunchalariga izoh bering. 4. Makroiqtisodiyot subyektlari orasida davlatning roʻli qanday? 5. Agregat koʻrsatkichlar deganda nimani tushunasiz? Makroiqtisodiy tahlilda agregat koʻrsatkichlardan foydalanish zaruriyati nima uchun yuzaga keladi? 6. Makroiqtisodiy modellarning mohiyatiga izoh bering. 7. Zaxiralarni tavsiflovchi koʻrsatkichlar va oqimlarni tavsiflovchi koʻrsatkichlar oʻrtasida qanday bogʻliqliklar mavjud? 8. “Resurslar – tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning doiraviy oqimi modelidagi qarama-qarshi omillarga izoh bering. 9. Doiraviy oqimlar modelini doiraviy aylanish tusini olishining shartlari qanday? Makroiqtisodiy siyosatning muhim vazifalari nimalardan iborat?