Makroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari

Yuklangan vaqt

2024-10-19

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

34,4 KB


 
 
 
 
 
 
Makroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari 
 
 
                   Reja: 
1.1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti. 
 
1.2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari. 
1.3. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning doiraviy 
oqimi modeli. 
 
Tayanch iboralar: mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, “Keyne jadvali”, 
agregatlash, iqtisodiy-matematik modellashtirish, makroiqtisodiy modellar, doiraviy 
oqim modeli  
 
 
1.1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti. 
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va 
boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo‘yilgan edi. J.M. Keyns esa o‘zining “Ish 
bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 yil) asari bilan bu 
jarayonni mantiqiy yakuniga etkazdi. SHu sababli ham J.M.Keyns makroiqtisodiyot 
fanining asoschisi sifatida tan olinadi.  
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo‘limi hisoblanib, unda 
milliy xo‘jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi. 
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko‘rinishi o‘zaro farqlanadi: 
a) pozitiv makroiqtisodiyot; 
b) normativ makroiqtisoiyot.  
Makroiqtisodiyot – yalpi ishlab chiqarishining barqaror o‘sishini, 
resurslarning to‘liq bandliligini, inflyasiyaning past sur’atlarini va to‘lov balansining 
Makroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari Reja: 1.1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti. 1.2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari. 1.3. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli. Tayanch iboralar: mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, “Keyne jadvali”, agregatlash, iqtisodiy-matematik modellashtirish, makroiqtisodiy modellar, doiraviy oqim modeli 1.1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti. Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo‘yilgan edi. J.M. Keyns esa o‘zining “Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga etkazdi. SHu sababli ham J.M.Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi. Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo‘limi hisoblanib, unda milliy xo‘jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi. Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko‘rinishi o‘zaro farqlanadi: a) pozitiv makroiqtisodiyot; b) normativ makroiqtisoiyot. Makroiqtisodiyot – yalpi ishlab chiqarishining barqaror o‘sishini, resurslarning to‘liq bandliligini, inflyasiyaning past sur’atlarini va to‘lov balansining
 
 
muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda 
tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini 
o‘rganadi.  
Makroiqtisodiyot predmetida o‘zaro bog‘liq uch jihatni ajratib ko‘rsatish 
mumkin. Bular: 
1) milliy iqtisodiyot; 
2) davlat tomnidan iqtisodiy siyosat yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish; 
3) jahon xo‘jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti 
bilan o‘zaro munosabatlari masalasi.  
 
1.2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari.  
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy abstraksiya, analiz va sintez, 
deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish usullari 
va boshqalar kiradi.  
Makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan 
tadqiqot usullaridan foydalaniladi.  
Agregatlash, ya’ni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kategoriyalarni yagona 
makroiqtisodiy ko‘rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy 
iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi.. 
Agregat ko‘rsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona 
bozori sifatida ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida 
alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga bo‘lgan talab va ularni taklif etish 
hajmlari ko‘rsatkichlari emas, balki agregat ko‘rsatkichlar hisoblangan baholarning 
o‘rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.  
 Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni agregat 
ko‘rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy-matematik modellashtirishdir. 
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlar o‘rtasidagi 
miqdoriy, sabab-oqibat bog‘lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar 
ko‘rinishida ifodalaydi.  
muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o‘rganadi. Makroiqtisodiyot predmetida o‘zaro bog‘liq uch jihatni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: 1) milliy iqtisodiyot; 2) davlat tomnidan iqtisodiy siyosat yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish; 3) jahon xo‘jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan o‘zaro munosabatlari masalasi. 1.2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy abstraksiya, analiz va sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish usullari va boshqalar kiradi. Makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Agregatlash, ya’ni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kategoriyalarni yagona makroiqtisodiy ko‘rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi.. Agregat ko‘rsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona bozori sifatida ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga bo‘lgan talab va ularni taklif etish hajmlari ko‘rsatkichlari emas, balki agregat ko‘rsatkichlar hisoblangan baholarning o‘rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni agregat ko‘rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy-matematik modellashtirishdir. Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlar o‘rtasidagi miqdoriy, sabab-oqibat bog‘lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar ko‘rinishida ifodalaydi.
 
 
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri 
chizig‘ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‘sishning Domar, Xarrod va Solou 
modellarini i keltirish mumkin.  
Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya’ni modelda tayyor 
kattalik sifatida qabul qilinadigan ekzogen o‘zgaruvchilar hamda modelni echish 
natijasida topiladigan ichki-endogen o‘zgaruvchilar farqlanadi. Bir modelda 
ekzogen hisoblangan o‘zgaruvchi (ko‘rsatkich) ikkinchi model uchun endogen 
hisoblanishi mumkin.  
 
1.3. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar-
xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli 
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish 
umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning 
doiraviy oqimi modeli ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin.  
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va 
xarajatlar oqimi jami talabni ko‘rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan yopiq 
iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro teng bo‘lishi firmalarning yalpi 
sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo‘jaliklarining yalpi daromadlari yoki 
yalpi daromadlariga teng bo‘lishi shaklida namoyon bo‘ladi.  
Bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, 
inflyasiya va ishsizlik darajalarining ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘ladi. Davlat 
aralauvi mavjud bo‘lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko‘rinish oladi 
(1.1-chizma). 
 
 
  
  
 
 
 
Ресурслар бозори 
Уй хўжалиги 
Корхоналар  
Давлат 
1 
2 
5 
6 
7 
8 
11 
12 
13 
14 
15 
16 
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizig‘ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‘sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini i keltirish mumkin. Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya’ni modelda tayyor kattalik sifatida qabul qilinadigan ekzogen o‘zgaruvchilar hamda modelni echish natijasida topiladigan ichki-endogen o‘zgaruvchilar farqlanadi. Bir modelda ekzogen hisoblangan o‘zgaruvchi (ko‘rsatkich) ikkinchi model uchun endogen hisoblanishi mumkin. 1.3. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar- xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi jami talabni ko‘rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro teng bo‘lishi firmalarning yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo‘jaliklarining yalpi daromadlari yoki yalpi daromadlariga teng bo‘lishi shaklida namoyon bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, inflyasiya va ishsizlik darajalarining ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘ladi. Davlat aralauvi mavjud bo‘lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko‘rinish oladi (1.1-chizma). Ресурслар бозори Уй хўжалиги Корхоналар Давлат 1 2 5 6 7 8 11 12 13 14 15 16