Maktab geografiyasining mazmuni, tarkibi.
Geografiyadan Davlat ta’lim standarti
Geografiya ta’limi shakllari va bosqichlariga binoan turlicha tuzilishga ega.
Geografiya ta’limi hozirgi davrda quydagi qismlarga bo’linadi:
- umuta’lim maktablarida geografiya ta’limi;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida geografiya ta’limi;
- oliy geografiya ta’limi;
- Yordamchi maktablarda geografiya ta’limi;
- Malaka oshirish muassasalarida geografiya ta’limi.
Umumta’lim maktablari geografiyasining asosiy qoidalaridan biri tabiiy va
iqtisodiy geografiyani alohida - alohida o’rganishdir. Bu esa umumta’lim
maktablari geografiyasida tabiiy va iqtisodiy geografiyaning asoslarini to’la aks
ettirishga imkon beradi.
Umum ta’lim maktabi geografiya kurslari zinapoyasimon tuzilishga ega.
Bunda asta-sekin quyi sinfdan, yuqori sinflarga qarab murakkablashib boradi,
qaytarishlarga yo’l qo’yilmaydi, lekin yangi ma’lumotlar ilgari o’tilgan
ma’lumotlar asosida beriladi. Bu esa o’quvchilarni yangi ma’lumotlarni umuman
darsni yaxshi va to’la o’zlashtirishga imkon beradi.
Geografiya predmetining ayrim kurslarini o’rganish tartibi quyidagidan iborat:
- I-IV sinf - atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik;
- V sinf - tabiiy geografiya boshlang’ich kursi;
- VI sinf - materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi;
- VII sinf - O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiy geografiyasi;
- VIII sinf - O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi;
- IX sinf - Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi;
- X sinf - Amaliy geografiya.
Tabiatshunoslik kursi - tabiiy xodisalar, moddalar, yer haqida oddiy
ma’lumotlarni beradi. Bu kurs quydagi bo’limlardan iborat:
1. Vatanimiz tabiati: joy tomonlarini aniqlash (ufq va ufq chizig’i, kompas
bilan joy tomonlarini aniqlash: plan va masshtab: sinf, maktab, shahar plani, joy
planini o’qish: plan va geografik harita) vatanimiz xaritasi oldida
2.O’zbekiston tabiatining xilma - xilligi: cho’llar (tabiati, qumli barxan, cho’l
tabiatini inson tomonidan o’zlashtirish, o’simlik va xayvonlar, cho’lda kechasi,
cho’l aholisining yumushlari, Qizilqumda kumushsimon o’rmon, cho’l mo’jizasi):
tog’ tabiati
3.O’zbekiston tabiatini qo’riqlash:tabiat va insonni o’zaro ta’siri, tuproq, suv
va havoni qo’riqlash, Qizil kitob, qo’riqxonalar, O’zbekiston tabiati yodgorliklari.
Tabiiy geografiya kurslari o’quvchilarga geografik qobiqda sodir bo’ladigan
voqea va hodisalar, ularni kelib chiqish sabablari va rivojlanish oqibatlari, Yer
qobiqlari orasidagi aloqalar haqida har bir materik, okeanning tabiati, O’rta Osiyo
va O’zbekiston tabiati haqida ma’lumotlar beradi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslari o’quvchilarga O’zbekiston va jahon
iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari haqida bilimlar beradi.
Amaliy geografiya - umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-sinfi hamda
akademik litsey va kasb - xunar kollejlarining I-kursida o’tiladi. Mazukr kurs
geografiya fanining amaliy tomonlarini ochib beradi.
Oliy geografiya ta’limida mutaxasislik fanlari o’rganiladi.
Yordamchi maktablarda geografiya ta’limining tuzilishi quydagi qismlardan
iboart:
- VI sinf - tabiiy geografiya (boshlang’ich kurs);
-VII sinf - materiklar va okeanlar geografiyasi;
- VII sinf - O’rta Osiyo va O’zbekiston geografiyasi;
Yordamchi maktablardagi geografiya kurslarining asosiy xususiyatlaridan biri
ularning soddalashtirilganidadir.
O’zbekiston mustaqillik erishgach Davlat ta’lim standarti ta’lim tizimimg
barcha bo’g’inlari uchun ishlab chiqiladi va amaliyotga tadbiq etildi.
“Standart” so’z inglizcha bo’lib, “nusxa”, “o’lcham”, “me’yor” degan
ma’nolarni anglatadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning birinchi
bosqichida yuqorida qayd etilgan ta’lim muassasalari uchun DTS ishlab chiqildi va
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16-avgustdagi
Qaroriga binoan amaliyotga joriy etildi. Unda “Davlat ta’lim standartlarini bajarish
O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir» deb
belgilab qo’yilgan.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda quyidagi
tamoyillar asos qilib olingan:
- DTSning davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
- o’quv dasturlari mazmunining jamiyatimizda ro’y berayotgan ma’naviy-
ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liqligi;
- umumiy o’rta ta’limning uzluksiz ta’limning boshqa turlari va bosqichlari
bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
- umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
- ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitliligi;
- umumiy o’rta ta’lim mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda
innovatsiya texnologiyalariga tayanish;
- o’qituvchilarning pedagogik tafakkurida qaror topgan an’anaviy qarashlar
bilan «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ifodalangan
zamonaviy talablarning uzviyligi;
Umumiy o’rta ta’limning DTS o’quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga,
saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
DTS ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini
baholash tartibini belgilaydi.
DTS o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, Nizomlar
va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining geografiyadan DTS o’quv fani
bo’yicha o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan
ko’nikma va malakalarning hajmini (BKM-bilim, ko’nikma va malaka)
ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, u umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiya
ta’limi mazmunining negizini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda o’quvchilarning
geografik tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat
bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi.
«Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar» umumiy o’rta ta’lim
maktablarida geografiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya’ni
ta’lim mazmunining negizini ifodalaydi. Mazkur ko’rsatkichlar umumiy o’rta
ta’lim maktablari uchun geografiya o’quv fani dasturi va darsliklarini yaratishda
hamda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mo’ljal vazifasini bajaradi.
Geografiya ta’limi standartidagi «O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga
qo’yiladigan minimal talablar» o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart
bo’lgan ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi,
amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini
ta’minlash va ularning sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko’rsatkich
va talablar geografiya ta’limining asosiy sifatlarini baholashda o’lchov bo’lib
xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining geografiyadan davlat ta’lim
standartida keltirilgan ko’rsatkich va talablar maktab geografiya ta’limi
mazmunini to’liq qamrab oladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiyadan tuzilgan DTSda qayd
etilgan maksimal talablar asosida o’quv dasturi tayyorlanadi. O’quv dasturida
o’quv fani bo’yicha o’rganiladigan bob va mavzular o’quvchilarning yoshlik va
psixologik xususiyatlari, mavzular o’rtasidagi uzviylik va izchillik asosida
mantiqiy bir tizimga keltirilgan holda beriladi. O’quv dasturida o’rganiladigan
boblar ularni o’rganish uchun ajratilgan soatlar ko’rsatiladi, mazkur boblar
tarkibiga kiradigan mavzularning qisqacha mazmuni yoritiladi. Geografiyadan
tuzilgan o’quv dasturi mazkur o’quv fanining mazmunini belgilab beradigan va
bajarilishi majburiy bo’lgan me’yoriy hujjat sanaladi
Geografiya ta’lim standartining tarkibiy qismlari.
Geografiya ta’lim standarti geografiya ta’limining maqsad va vazifalarini
yoritishdan boshlanadi. Geografiya ta’limining bosh maqsadi o’quvchi shaxsini
tarbiyalashdan iborat. Geografiya ta’lim standartida geografiya ta’limining asosiy
vazifalari atroflicha yoritib berilgan.
Tabiiyot va geografiya fanidan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim
standartining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
- umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;
- umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
- umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;
- baholash tizimi.
Tayanch o’quv rejaga muvofiq Tabiiyot va geografiya fanidan o’quv sostlari
quyidagicha ajratilgan.
Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi
T/r
O‘quv fanlari
Sinflar
Haftalik
umumiy
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1.
Tabiiyot va geografiya
1
1
1
1
1
3
2
1.5
1.5
13
Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv
fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi
va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.
O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha
ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv
yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib,
u bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarlardan tashkil topadi. Ularning
mazmuni qisqacha quyidagicha:
bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
ko ‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka —
o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay
olish va yangi bilimlar hosil qilish;
kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda
qo‘llay olish qobiliyati.
Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning
malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda
umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan
mezonlar majmuidan iborat.
DTS talablariga rioya etish va uni bajarilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan nazorat qilib boriladi. DTS talablariga rioya
qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning maqsadi — davlat ta’lim standarti
talablarini bajarish darajasini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish
asosida ta’lim sifatini ta’minlashdan iborat. DTS talablariga rioya qilish ustidan
nazorat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan
malaka talablariga baho berish, tayanch o‘quv reja va o‘quv dasturlarining
bajarilishini tahlil qilish , ularni
bajarilishi va ta’lim sifatiga ta’sir
Etuvchi omillarni, foydalanilgan pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining natijaviyligini tahlili kabi ko’rinishlarda amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilish: ichki, tashqi,davlat va
jamoatchilik nazorati hamda milliy va xalqaro darajada baholash kabi turlarga
bo’linadi. Bunda:
ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi
tomonidan amalga oshiriladi;
tashqi nazorat — ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq
ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi;
davlat-jamoatchilik nazorati — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar
hamkorligida amalga oshiriladi;
milliy va xalqaro darajada baholash — Hukumatning tegishli qarori hamda
xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarining bilimi sifatini nazorat
qilishning reyting tizimi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan
tasdiqlanadi.
Davlat ta’lim standartin ishlab chiqishdagi asosiy pritsiplaridan biri “davlat
ta’lim standartini davlat, jamiyat, talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi” dir.
Geografiyadan o’quv dasturlari tahlili
Maktablarda o’qitilgan har bir o’quv fanining mazmuni o’quvchilar bilishi
lozim bo’lgan bilimlar, o’zlashtirishi kerak bo’lgan o’quv ko’nikmalar, malakalar
yig’indisini ifoda qiluvchi xujjat - o’quv dasturi hisoblanadi. Unda o’quv fanini
o’qitishdan maqsad, vazifalar, o’quvchilar o’zlashtirish kerak bo’lgan bilimlar,
ko’nikmalar kompleksi o’z ifodasini topadi.
Geografiya kursining o’quv dasturini boshida uqtirish xati berilgan. Unda
geografiya kursining qanday fan ekanligi, u qanday o’quv fanlardan tashkil
topganligi ana shu o’quv fanlar mazmunidagi o’zgarishlar qisqacha bayon etilgan.
Xususan, Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi V- sinfda, Materiklar va okeanlar
tabiiy geografiyasi VI-sinfda, O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi VII
sinfda, O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi VIII- sinfda, Jahon
mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi IX-sinfda, Amaliy geografiya o’quv
fani X- sinf va akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitilishi qayd qilingan.
Geografiya kursining o’qitishga oid metodik ko’rsatmalarda “darsda va
sinfdan tashqari mashg’ulotlarda dalillar, xodisalar bilan cheklanmay, asosiy
g’oyalar, tushunchalarning o’quvchilar tomonidan puxta va ongli o’zlashtirilishiga
e’tiborni qaratish lozimligi qayd qilingan.
O’quv dasturidan ko’zlangan yana bir maqsad ta’lim bilan tarbiyaning
uyg’unligini amalga oshirishdan iborat. Geografiya o’qitishda o’qitiladigan
mavzular mazmuni bilan uzviy bog’liq holda, o’quvchilarning axloqiy,
vatanparvarlik, estetik, ekologik, gigienik, iqtisodiy va jinsiy tarbiyasiga
ahamiyat berish lozimligi ta’kidlangan.
Geografik o’quv mavzularga o’quvchilarning qiziquvchanligini oshirish
uchun geografik harita, tabiiy-tasviriy, dinamik, jadval, sxematik ko’rgazmali va
audio, video vositalardan ta’lim berish jarayonida samarali foydalanish va
o’quvchilar faoliyatini faollashtirish hamda mustaqil bilim olishini tashkil etish
maqsadida faollashtiruvchi metodlaridan zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalardan keng foydalanish tavsiya etilgan.
O’quv dasturida Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi o’quv fani uchun 34
soat (haftasiga 1 soat), Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi o’qub fani
uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi
o’quv fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy
geografiyasi o’quv fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), Jahon mamlakatlari
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi o’quv fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat),