1
Maktabda o’tkaziladigan tadbirlar
Mavzu: O’zbekiston – mening Vatanim!
Kirish
O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi
bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar.
Salom qismi:
1) Quyoshdek shu’la sochgan,
Bilimga keng yo’l ochgan,
Bizni erkalab quchgan
Hamma: Sizgadir ushbu kalom
Muallimlar assalom!
2) Kunday yorug’ darsxona
Biz farzandmiz, siz – ona
Bo’lib bizga parvona
Hamma: Dilda ardoqli kalom
Ona maktab assalom!
3) Tanitib yurt, jahonga,
Erk bergan har insonga
Qaytdik dinu iymonga
Hamma: Dilda ardoqli kalom
Mustaqil yurt assalom!
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etiladi
1 – boshlovchi: Istiqlol quyoshi nur sochgan zamonda bolalik gashtini surayotgan biz
baxtiyor avlodmiz
2 – boshlovchi: - Ha biz mustaqil O’zbekiston farzandlarimiz
1 – boshlovchi: - Baxtimizga bugungi osuda kunlarni bergan, mustaqilligimiz
tayanchi bo’lgan Yurtboshimiz omon bo’lsin!
2 – boshlovchi: - “O’zbekiston – mening Vatanim!” deb nomlangan tadbirimizga
xush kelibsiz!
1 – boshlovchi: - Bolalar, Vatan deganda nimani tushunasiz?
1 – o’quvchi: - Vatan bu kindik qonimiz to’kilgan tuproq
2 – o’quvchi:
- Vatan – bu beshigimiz, ko’chamiz, uyimiz, turar joyimiz!
3 – o’quvchi: - Vatan – bu muqaddas Ona tilimiz!
4 – o’quvchi: - Vatan – bu buyuk millatimiz
5 – o’quvchi - Vatan – bu maktabimiz!
6 – o’quvchi: - Vatan – bu ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar va nozu
ne’matlar!
2 – boshlovchi: - Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?
7 – o’quvchi: - Mustaqillik - o’z erkiga ega bo’lish, Vatan o’zimizniki deganidir.
1 – boshlovchi: - Mustaqillik bizga nima berdi?
8 – o’quvchi: - Mustaqillik tufayli ma’naviy qadriyatlarimiz tiklandi
2
9 – o’quvchi: - Millatimizning o’zligini, milliy g’ururini himoya qilgan Fayzulla
Xo’jayev, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, usmon Nosirlar xalqimizga qaytdi.
10 – o’quvchi: - Dinimiz, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif kabi ma’naviy boyliklarimiz,
Navro’z, Hayit bayramlarimiz, udumlarimiz, qadriyatlarimiz yana xalqimizga qaytdi.
“Humo qushim” qo’shig’i
“O’zbegim” she’ri I – II bandi
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon o’zbegim.
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tyanshon, O’zbegim
So’ylasin Afrosiyobu
So’ylasun O’rxun xati.
Ko’hna tarix shodasida
Bitta marjon, o’zbegim
O’zbekiston. Rasmiy nomi – O’zbekiston Respublikasi. Poytaxti – Toshkent.
Hududi – 448,9 ming km2 . Aholisi – 26 mln kishi.
Davlat tili – o’zbek. Dini – islom, e’tiqod erkinligi davlat qonunlari bilan belgilangan
Pul birligi – so’m
Geografik joylashuvi – Markaziy Osiyodagi davlat
Iqtisodi – agrar davlat hisoblanadi. Sanoatning deyarli barcha tarmoqlari mavjud.
O’zbekistonga qo’shni davlatlar: Shimolda Qozog’iston, Janubda Turkmaniston va
Afg’oniston, Sharqda Qirg’iziston va Tojikiston. (Xaritadan ko’rsatiladi)
Sahna ko’rinishi
“Til qudrati’
Muallif: Qadim zamonda ikki olim bo’lgan ekan. Ular ikkalasi ham bir go’zal,
farishta qizga ko’ngil qo’yishibdi. Shunda qizning toasi ulardan:
- Sizlarning farzand tarbiyasi haqidagi fikrlaringizni bilmoqchiman, - debdi
Shunda birinchi olim:
- Men farzandimga riyoziyotdan, falakiyotdan saboq bermoqchiman. Unga ajnabiy
tillarni o’rgataman, - debdi
Ikkinchi olim esa:
- Men farzandimga avloddan – avlodga meros qoladigan asosiy boylik – ona tilimizni
o’rgataman. Ona tili uchun jon fido qilishni, tilga xiyonat qilmaslikni uqtirmoqchiman. unga
o’z ona tilimizda ertak, doston, qo’shiqlar aytib beraman, - debdi
Qizning otasi oqil va dono ekan. Unga ikkinchi olimning gapi ma’qul tushibdi va unga
qarab:
- Men seni o’zimga kuyov qilaman, chunki: “Farzandga bilim o’rgatishdagi sening
fikring ma’qul”, - debdi
Ha, til katta qudratga ega.
“Ona tilim” she’ri
Buyuk Temur jahon bo’ylab
O’z dovrug’in solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan
Meros bo’lib qolgan tilim
Bobur Mirzo she’rlaridan
Rang va qiyos olgan tilim
Shunday tildan tonar bo’lsam
3
Qiyma – qiyma bo’lsin tilim
Alla bo’lib jaranglagan
Ona tilim – jonu dilim
- Bolalar, sizlar asosiy sanalarimizni bilasizmi?
Bayroq, gerb, madhiya
Davlatimiz ramzidir
Mohiyatin anglamoq
O’g’il – qizning farzidir.
O’zbeksiton Respublikasining Davlat tili – o’zbek tilidir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 4 – moddasi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 – dekabrda qabul qilingan.
Unda fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, O’zbekiston Respublikasi kelajagi o’z
aksini topgan
1991 yil 31 avgust – O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilindi.
1991 yil 1 sentabr – O’zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb hisoblanadi
1991 yil 18 noyabr – O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilindi
1992 yil 10 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.
1992 yil 2 iyul O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi
1989 yil 21 oktabrda O’zbekiston Respublikasi Davlat tili – o’zbek tili qabul qilindi.
“Barkamol avlod” qo’shig’i
Buyuk bobokalonlarimiz:
1) Mirzo Ulug’bek she’ri
2) Amir Temur she’ri
3) G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa
Bulbulga tikondek oshiyon bo’lmas emish
“Do’ppi tikdim” raqsi
Mana aziz mehmonlar, o’quvchilar shuning bilan bugungi “O’zbekiston – mening
Vatanim” nomli tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.
- Biz o’z tilak va istaklarimizni ushbu misralarda bayon etamiz:
Asragin Ollohim O’zbekistonni
Kelajagi buyuk nurli bo’stonni
Sodiq farzandlarinh duolar qilar
Tinchlik, osudalik hamrohing bo’lar (M. Yusuf)
Mavzu: O’qituvchim – nurli jahonim
1-boshlovchi: - Xush kelibsiz, davramizga 2-boshlovchi: Ayyomingiz qutlug’ bo’lsin,
Aziz do’stlar, assalom Qalbi daryo ustozlar.
Qalbimizni mamnun etib, Yosh dillarga saboq ila,
Yangrar ulug’ bir kalom. Sochgan ziyo odamlar.
1-boshlovchi: Ha, bugun ozod va obod yurtimizda ajoyib tantana, ulug’ shodiyona-
“Ustoz va murabbiylar” kuni Shu qutlug’ ayyom barchangizga muborak bo’lsin azizlar.
4
2-boshlovchi:Muallim! Ustoz! Bu so’zlar qay bir yurakka faxr iftixor tuyg’ularini
to’ldirmaydi deysiz. Ilk saboqni bergan ham, jajji bolajonlarga husni xatni, odobu axloqni,
bilimu dunyoni o’rgatgan ham siz, shu xassos qalb sohiblarisiz
O’quvchilar tabrigi
1-boshlovchi: Olamda ko’p erur muborak onlar,
Tabarruk zotlar ham garchan ko’p erur,
Sizdan boshlanadi asli tafakkur,
Munis muallimlar sizga tashakkur.
O’qituvchilik-olijanob, mo’tabar kasb. Hurmatli Prezidentimiz Islom Karimov 1997
yili o’qituvchi va murabbiylar kunini keng bayram sifatida nishonlash to’g’risidagi farmonga
imzo chekdilar. Shundan buyon oddiy ishchidan tortib vazirgacha, fuqarodan tortib mas’ul
xodimgacha bu kunni bayram qiladi
2-boshlovchi: Nodir dilning murodi ilm birla,
Jahon bastu kushodi ilm birla.
Ko’rar ko’zlarning nuri ilmdandir,
Ko’ngillarning sururi ilmdandir.
Hukumatimizning o’qituvchilarga ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rliklarini har
qadamda ko’rib, sezib turibmiz. Viloyatimizda boshlangan zo’r tashabbus –Maktablar
kunining muntazam o’tkazib kelinayotganligi e’tiboru-e’tirofning amaldagi isboti emasmi?
Rivoyat (Ustozlar haqida)- Rivoyat qilishlaricha Ibn Sinoning uyiga bir qancha
ustozlar yig’ilishibdi. Ibn Sinoning otasi unga tomdan o’tin tushirib, choy qo’yishni
buyuribdi. O’tin uchun tomga chiqayotgan Ibn Sino narvonning yarmiga kelib to’xtab
qolibdi va o’z-o’ziga debdi: Uyda ustozim o’ltirgan bo’lsa, men qanday qilib tomga
chiqay?” Uni kuta-kuta tashqariga chiqqan ota o’g’lini narvonning yarmisigacha kelib
to’xtab qolgan holda uchratibdi va undan nega o’tin olib tushmayotganligining sababini
so’rabdi. Ibn Sino shunday javob beribdi: “Otajon, uyda ustozim o’tirgan bo’lsa, men
qanday qilib tomga chiqaman?” Shundan qolgan ekanki, ustoz –otangdek ulug’dir.
She’r: Muallim va ustozlar haqida
1-boshlovchi: Muallim bamisoli yarqiroq chiroqqa o’xshaydi. Chor atrofga nur
taratib, nurga chanqoq dillarni munavvar etadi. O’qituvchilik ulug’, mo’tabar kasb.
Dunyoda bunga teng keladigan, el e’zozlaydigan, katta-yu kichik sevadigan kasblar yo’q
nazarimda.
2-boshlovchi: Haq gapni aytdingiz. Paxtakoru sohibkor, kichik rahbaru senator,
davlat arbobini ham ana shunday kamsuqum, kamtarin muallimlar o’qitganlar, o’zbek
elemizga buyuk daholar- she’riyat sultoni Alisher Navoiy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo
Ulug’bek, Imom al-Buxoriylarni yatishtirib bergan ham muallimu soniylardir.
She’r: Bayramingiz muborak
Qo’shiq: Ustozlar
1-boshlovchi: Dedilar dunyoda asli kim aziz,
Aytdilar ustozdir, ustoz begumon,
Tag’in aytdilarki aziz shubhasiz,
Ustozning qadriga yetolgan inson.
5
Dunyoni nurafshon etib, millatning ongu shuurini boyitgan, bilimlar xazinasini ochgan
siz, aziz ustozlarimizni har qancha e’zozlasak oz. Sizlarning har biringiz o’nlab, yuzlab
shogirdlarni kamolga yetkazdingiz.
Bu tantilik, bu-saxovat, bu- yurakdan chiqqan ezguligu oqibatdir.
2-boshlovchi: Ustoz sizni qutlayman bugun,
Halolligu saxovat uchun
Sizga tuhfa eturman butun
Bor mehrimni zakovat uchun
Raqs
Ustozlar haqidagi Aforizmlar
She’r: Muallimim
1-boshlovchi: Bugun qutlug’ ayyom shukuhi butun yurtimiz bo’ylab kezib yuribdi.
Bunday quvonchli onlarda quvonmay bo’ladimi? Saodat nuri, bolalarga ziyo bag’ishlash
niyati qalblaringizni hech qachon tark etmasin aziz ustozlar.
Muallim sabog’i ilmu fan odob
Qalbida istiqlol-yurt mehri oftob
Hayot kitobini o’rgatar bob-bob,
Muallim olamning quyoshi mohi
Kasblar sultoni, kasblar shohi.
2-boshlovchi: Hurmatli davra ahli!
Jahonda barcha kasb sohiblari ellarning farovon yashashi uchun barcha hayot
ne’matlarini yaratadilar. Ana shu yaratuvchanlik kalitini berguvchi ulug’ zot muallimdir.
Axir tunlari orom-halovatdan kechib kitob varaqlaydigan, bilim sandig’ini ochmoqqa
shahd aylagan kishi muallim-ku
O’qituvchilar haqidagi aforizmlar
Sahna ko’rinishi (Ushbu sahna ko’rinishida o’qituvchilarning bir soatlik dars
o’tishlari va bunda garchi o’z bolasining naqadar sho’z ekanligin bilsada o’qituvchini
aybdor qiladigan va hattoki bolalar oldida ham o’qituvchi bilan mushtlashishgada tayyor
ota-onalar ko’rsatib beriladi)
1-boshlovchi: Shoirlarga qalam tutgan, san’atkorlarga ovozu ilhom bergan, har
birimizni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalagan ma’tabar zotlar mehnatini har qancha
ko’klarga ko’tarsak arziydi.
2-boshlovchi: Aziz ziyokorlikni e’zozlayotgan ustoz muallimlar! Sizlarga baxt-
saodat, bardamlik, sihat-salomatlik, yaratish ahdi-yu, sobitqadamlik doimo hamroh bo’lsin.
Qo’shiq
Sahna ko’rinishi:Ushbu sahna ko’rinishida 45 minutlik darsning maktab rahbarlari
tomonidan buzilishi misol qilib olingan
1-boshlovchi: Ilm-asl gavhar, ilm-bir ummon,
Ilmga yechilur mushkullar oson
Ilm sohibi bo’l, ilmdir iymon,
Ilm mevasidir mukammal inson
2-boshlovchi: Bayramlar ulansin shodiyonaga
Ollohim yetkazsin to’y tantanaga.
Hamisha izzatda xursand bor bo’ling
Ulug’ tilaklarga faqat yor bo’ling
1-boshlovchi: Sizlarni yana bir bor bayramingiz bilan muborakbod etamiz
6
2-boshlovchi: shuning bilan ustoz va murabbiylarimizga bag’ishlangan badiiy kechamizni
yakunlashga ruxsat berasiz
Qo’shiq: “Hech kimga bermaymiz seni O’zbekiston”
(Qo’shiqning naqoratini hamma aytadi va qo’shiq oxirida ustoz murabbiylarga gul
ulashilib, qatnashuvchilar davrani tark etadilar. Shu bilan tadbir tugaydi.)
“Tilginam onam deya atayman seni!”
Adabiy kompazitsiya
Mansabing unutsang mayliga unit,
Martabang unutsang mayliga unut.
Lekin gar unutsang ona tilingni,
Zaharga aylansin onang bergan sut.
Shoir: Sherali Loyiqning ushbu satrlari tilga e’tibor naqadar muqaddasligini yana
bir bor e’tirof etadi. Darhaqiqat, O’zbekiston hur o’lkam deb,ozodlik deb, tinchlik tantana
qilgan o’lka deb madhiyalar o’qidik, hamdu sanolar aytdik. Lekin hayot buni isbot etmadi.
O’sha buyuk deb, buyuklangan, “o’lkada” ulig’ deb ulug’langan o’lkada o’z tarixiga
buyuklangan urf-odatiga, tiliga tahqir ko’zi bilan qaraldi. Biz uzoq vaqt milliyligimizdan,
urf-odat va qadriyatlarimizdan yuz o’girdik. Yaxshiyamki, xalq baxtiga qayta qurish,
yangilanish ijobat bo’lib, tilga munosabat tubdan o’zgardi. Ayniqsa, o’zbek tiliga davlat
maqomi berilishi ushbu boradagi g’alabalardan biri bo’ldi. Buyuk bobokalonimiz Alisher
Navoiyning “Tilga ixtiyorsiz- elga e’tiborsiz”,- degan o’giti til muammosining xalq hayoti
bilan chambarchas bog’liqligini eslatib turadi:
Ha, tili borning eli bor.
Tili tirikning – eli tirik.
Til muqaddasdir!
1-o’quvchi:
Bu dargohga ta’lim bergan
Jon ustozlar assalom,
Yuzi gulgun, labi xandon
Gulchiroylar assalom
Bizga ko’z nurin bergan, murabbiylar assalom.
Bilimning keng sirin ochgan muallimlar assalom!
2-o’quvchi: Oh, ona tilginam, muqaddas tilim,
Bir og’iz so’zinng jonim tasadduq.
Bunchalar shirinsan, bunchalar so’lim,
Bormikan, ajib so’z, sendan ham ortiq.
3-o’quvchi: Sen mening zabonimsan, azizim ona tilim
Boyligi- vijdonimsan, azizim ona tilim.
4-o’quvchi: Ona tilim-onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jonu quloqqa
Elu-yurtim xonu monim tili bu,
Qadimlikda o’xshar ona tuproqqa
5-o’quvchi: Bobolardan bizga meros ezgu til
7
Avlodlarga xazinayu, bebaho
Qalbimizda, ruhimizda ko’zgu til
Bu dunyoga bag’ishlanish ne daxo.
6-o’quvchi: Muhammad Mustafo sallallohi alayhi vassallamning aytgan hikmatli so’zlari-
hadislardan shunday fikrlar berilishi bejiz emas.
Til. Olloh Taolo o’z bandalariga bergan hisobsiz ne’matlar qatoriga kiradi.
Kishi bu ne’matning qadriga yetsa, shukronasini qilsa, saodatiga erishadi. Kimki bu
ulug’ ne’matning qadriga yetmasa, shukronasini qilmasa, ikki dunyoda xijolatlikka sabab
bo’ladi.
7-o’quvchi: Sen onam tilisan, otam tilisan.
Sen bobom tilisan asrlar oshgan
Mehrda beqiyos, nozik dilimsan,
G’azabdan quturib Amirday toshsan.
8-o’quvchi: Naqadar beqiyos, nozik gulimsan
Naqadar nafissan, ey ona tilim.
Ammo oyoq osti bo’lding og’ridi dilim.
Senga e’tibordir, elga e’tibor,
Sen orqali oldik, ta’lim va bilim.
Qo’shiq: “Ona tilim” D. Karimova she’ri
1-o’quvchi: Yorug’ dunyoga kelgan murg’akkina jon birinchi bo’lib onasining
so’zini, uning shirin orombaxsh allasini eshitadi. Ona tili uning qon-qoniga hayot ramzi
bo’lgan oq sut bilan singadi. Go’dak til chiqarib “Ona” so’zini aytadi. Shunday qilib ona
tiliga bo’lgan mehr-muhabbat, sadoqat, e’tiqod paydo bo’ladi.
Ona tiliga bo’lgan mehr, onaga bo’lgan ipsiz ulanishdek mustahkamdir. Shu til orqali
inson hayotni taniydi, oqu-qorani, yaxshi-yomonni ajratadi. Shu tilda harf taniydi, bilim
chashmasidan qoniqib, tashnaligini qondiradi:
Shu tilga o’qidim “Alifbe”ni
Shu tilga o’qidim Vatan so’zini
Shu tilda tanidim oqu-qorani
Shu tilga topoldim so’z e’tiborni
2-o’quvchi: Ona tilim! Onajonim tili! Seni kuylab madh etishga ojizman. Senga atab
so’zlar xazinasining minglab durdonalarini tanlab olishga qudratim yetmaydi. O’z-o’zimcha
shoir tabiatligim tutib, qalam tebratishga intildim.
3-o’quvchi: Tilginam onam deya atayman seni,
Onam allasida qonimga singding
Olam sirlariga yor etting meni
Xos Xojib jonimga singding
4-o’quvchi: Sening go’zalliging butun dunyoga
Bobom Alisherbek ko’z-ko’z qilgandi
Sening ko’zlaringda Mashrab nolasi
Xalqim dardi bo’lib ko’kka yetgandi.
5-o’quvchi: Diniy yozuv deb ilohiylashtirib
Xalqim “Sarvarlari” isloh etishdi
Ming yillik qadringni sun’iylashtirib
Nurga tashna xalqni gumroh etishdi
6-o’quvchi: Bu kun himoyaga muhtoj jonsan
Kamoling yo’lida kurashgum albat
8
Onam allalagan tilga she’r bitib
Xursandman xizmatim ushalsa shoyat
Qo’shiq: “O’qituvchim”
She’r: “Ona tilimga”
7-o’quvchi: Sen mening tabibim, jonimsan
Yassaviy, Beruniy kalomi
Sen mening g’ururim onamsan
Ulug’bek, Navoiy oromi
Sen menga qurolsan imkonda
Yot tilga zalvarin ortmagan
Sen Temur edingku jahonda
Tillarni tortmagan
8-o’quvchi: Senga yot suqulmoq yot tilga
Beozor malaksan jahonda
Sen baxtli olloxi bu elning
Zavolsin qolgaysan zamonda
9-o’quvchi: Tilimizning lug’at boyligini o’rmonga o’xshatish mumkin. Lekin uning
ichiga kirib brogan sari daraxtlar ko’p ekani har biri o’ziga xos qiyofaga ekanligi, daraxtlar
xilma-xilligi, ajib go’zal manzara kasb etishi sezilib boradi.
10-o’quvchi: Endi mana bu o’zbeku tojiklarga xos askiyalarni tinglab ko’ring-a
naqadar huzur qilasiz, tanangiz orom olib, umringizga umr, sihatingizga sihat, asablaringizga
darmon qo’shilganini his etasiz.
Askiya
1-o’quvchi: Feruzaxon, yaxshiyam xalqimizning askiyasi bor ekan, mana sizning ham
tilingiz chiqib qoldi.
2-o’quvchi: Dilnozaxon, men askiya qilayotganimda, luqma solmang, achchig’im chiqib
sizga qo’shma gap qilib yuborsam xafa bo’lmang.
1-o’quvchi: Jo’rttaga luqma soldim-da, qarasam gapning egasini aytasiz-u kesimiga hayron
bo’lib turibsiz
2-o’quvchi: Adashtirmay turing, yana nomingizni almashtirib, sizga ergash bo’laklar bu, deb
o’tirmayin.
1-o’quvchi: Nomimni almashtirsangiz, almashtiravering. Men ham sizga birorta aniqlovchi
toparman
2-o’quvchi: Keyin mendan xursand bo’lib, hammaga aytib yurasiz-a, nomim aniqlanish deb.
1-o’quvchi: juda soda gap qilasizda!
2-o’quvchi: Bo’lmasa siz aniq gapga ko’nasizmi?
1-o’quvchi: Keling birovning ko’chirma gapiga mojaro qilib o’tirmaylik. Yana sizning
fe’lingiz buzilib qolmasin.
2-o’quvchi: Qiziqsiz-a! Nima meni fe’lim har narsaga buzilaveradimi? Nima meni fe’lim
o’tgan zamon fe’limidi?
1-o’quvchi: Nega bo’lmasa mendan hadeb so’zimning o’zagini so’rayverasiz. Hozirgi
zamon fe’lingiz shunaqami?
2-o’quvchi: Nega menga xitop gap qilasiz? Sizga men yotig’i bilan bayon gap
qilayapmanku.
1-o’quvchi: Feruzaxon zap gaplaringiz borda, bir kelishiklikki!
2-o’quvchi: Dilnozaxon, ehtiyot bo’ling, bekordan-bekorga meni ko’rsatib: buning urg’usi
bor deb yurmang
9
1-o’quvchi: Ha, siz ham ehtiyot bo’lib yuring, xazonrezgi vaqti sizni bir nuqtalab
qo’ymayin.
2-o’quvchi: Dilnozaxon, bir hazillashdikda. Haqiqatda 3 aktiyor odamsiz, bir so’zni 5-6
ma’noda ishlatasiz. Shuning uchun ham men sizni omonim deb yuramanda hali so’zni
xijjalab gapiradigan qavs oyi emas.
1-o’quvchi: Yashang, faxrli bo’lib, kamolga yeting!
4-o’quvchi: Til millatning qalbi, uni avaylab asrash har bir inson uchun qarzdir. Kishi
doimo bir-biri bilan muloqotda bo’ladi, fikr almashadi, deyiladigani til orqali bayon etiladi.
Odam nutq ohangida alohida ahamiyat berib so’zlashmog’i zarur. Kibr-havoli ohang
kishining ixlosini qaytaradi, nafratli, dag’al ohang esa, uni darg’azab qiladi. Ko’nglini
ranjitadi.
5-o’quvchi: Donishmand xalqimizning quyidagi zinhor unutmaslik lozim: “Til jarohat
bitar, ammo dil jarohati bilmas. Yaxshi nutq chiroyli fikrdan chiroyli va tiniq fikr esa, qalb
go’zalligini tez qiladi.
Mazmun nomli mo’ljalga
So’z otilgan o’q bo’lsin
Nishonga tegmay qolgan
Bitta o’q ham yo’q bo’lsin.
6-o’quvchi: til jonli narsa. Til daraxtday yashaydi, gullaydi. Sindirsang sinadi,
kaltaklasang cho’loq, tilsang shirasi yerga to’kadi. U tirik nafas oladi
7-o’quvchi: Kelib-ketdi necha dunyolar
Kuldi hayot, yig’ladi o’lim
Sen deb qurbon bo’ldi bobolar
Ular ketdi, sen qolding tilim
8-o’quvchi: Mustaqillik olib kelgan erk, hurlik sabosi, har bir yurakning taskini
bo’ladi. Dimiqqan, siqilgan ko’ngillarga kuch bag’ishlagan ozodlik, istiqlol shabadasi
chinakkam istiqlol yo’lini ochib bergan bo’lsin. Biz ona tilimizni doimo omon bo’lishini
tilaymiz.
9-o’quvchi: O’zbek tilim qutlayman maqoming
Dillarni shod etsin har oning
Jahonda hilpirar yaloving
Mustaqillik bersin istiqboling
O’yin: Buxorocha raqs
Qasida: “O’zbegim”
She’r: “Til armoni”
1-o’quvchi: Ona tilim omon bo’l mangu
Sen borsanki men ham o’lmayman
Tildan qolsang seni Oybekday
Men ko’zlarim bilan siylayman
2-o’quvchi: Quyoshday yasha mangu
Sen birla mangu elim
Sensiz dunyo qorung’u
Azizim ona tilim
10
Mavzu: Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz
Ibodatlarning eng maqbuli odamlarga yaxshilik qilishdir. (Hadis)
Maqsadi:
– davlat tili haqidagi qonunning tarbiyaviy ahamiyatini amalga oshirish
- ma’naviy mafkuraviy ushbu mashg’ulot orqali o’quvchi – yoshlarni shirin til bilan
odamlarga yaxshilish qilish ruhida tarbiyalash
- mashg’ulot jarayoni orqali o’quvchilarga til odobi faoliyatini rivojlantirish, yaxshilik
qilish tuyg’ularini o’stirish
(O’qituvchi boshlab beradi)
Davlat madhiyasi yangraydi.
1 – o’quvchi: Odamzotning kundalik muammosi avvalo so’zi bilan boshlanadi: so’zi
bilan kishi o’z maqsad va orzularini ifodalaydi, so’z bilan inson o’z mehr – muhabbatini
ifodalaydi.
So’zdir inson aqli dalli
Siri ochilur, so’zlagach tili
So’z ichra mudom aql yashaydir
So’z chimildig’u, aql kelindir
So’z atsang, yaxshi so’z aytgil birodar
Shirin so’z aytgil birodar
Shirin so’z foydadur bekamu bezar
(Nosir Xisrav)
2 – o’quvchi: Ha pok dillardan samimiy so’zlar chiqadi. Samimiy gap bilan, shirin so’z
bilan bitmagan ish yo’q. Xalqimizda yaxshi gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan qilich
qinidan chiqadi degan gap bor.
Yaxshi niyat birla yurtni guliston ayladik
Yaxshi do’stlar bilan ishlab
Cho’lni bo’ston ayladik
Bu hayot, bu tinchligu
Yaxshi niyat mevasi
Yaxshilikni keng jahonga
Katta doston ayladik
3 – o’quvchi: Buyuk bobomiz Alisher Navoiy ham o’z ruboiylaridan birida shirin so’z
haqida keng fikr yuritgan
Har kim chuchuk so’z
Elga izhor aylagay
Har nechaki ag’yordur
Ul yerni aylar
So’z qattig’i el ko’nglini
Giriftor aylar - deb yoshlarni shirin so’zlilikka da’vat etadi
4 – o’quvchi: Shirin so’zlik faqat ayrim kishilarga xos fazilatgina emas, u umuman insoniy
xislatdir:
Xo’p el bila suhbat o’tubon xo’p o’lgil
Yaxshini talab qilgilu
Matlub o’lg’il
Shirin so’z ila xalqqa marg’ub o’lg’il
Yumshoq de hadisingni – yu
Marg’ub o’lg’il – deb ulug’ bobomiz barchani yaxshilikka undaydi.
5 – o’quvchi: Dunyoda tili eng achchiq odam ham o’z bolasi, o’z odamlariga vaqti
kelib juda muloyim gapiradi. Oilada ham shirin til samimiy muomala katta o’rin tutadi.
11
Muomala tiniqligi oilani mustahkamlaydi. Achchiq tilni shirin muomala yengish
mumkin. Achchiq tilni shirin tilga aylantira olmagan odam yo’q. Shuning uchun ham qozoq
shoiri Abay:
“Agar menga qolsa, odam bolasi tozaymaydi, deydiganlarni tildan judo qilardim” – deb
bejiz aytmagan.
Gavhari duri quloq ozori dil
So’zini quloqning duru gavhari bil
So’z kuchidan yiqilur minbar ham
So’z birla chiqar ilon murod ham (Abul Qosim Firdavsiy)
6 – o’quvchi: Biz yaxshi so’zlarning qudratini inson hayotida tutgan o’rni haqida so’z
yuritdik. Endi o’zbek xalqi yaratgan s’z haqidagi maqollarni eslatib o’tmoqchiman:
7 – o’quvchi: Til haqida maqollar aytadi
1. Boshga baloni til keltirar
2. Tilga e’tibor, elga e’tibor
3. Shirin so’z jon ozig’i
4. Tili shirinning do’sti ko’p bo’lur
8 – o’quvchi:
Ona tilim – muqaddas tilim,
Momolardan qolgan merossan
Senda so’zlab yayraydi dilim,
Jarangdoshsan, o’zbekka xossan.
Navoiyni o’qidim senda
Tariximdan so’zladi Qur’on.
Ona tilim - g’urursan menga.
Bugun seni tan oldi jahon
Ona tilim – muqaddas tilim.
Onajonimallasi quloqlarimda,
Vatanim tarixi so’roqlaringda.
Jarangdor kamoling ardoq1arimda
Ona tilim – muqaddas tilim.
9 – o’quvchi: Hayotda juda ko’p narsa unitiladi, ammo dilga otilgan sovuq so’z –
tosh, har qanday mohir jarroh san’ati bilan ham olib tashlanmaydi. Fariddidin Attor
yoshlarni yaxshilikka undab shunday deydi:
Doimo bo’lgum desang sog’u – omon,
Yaxshilik qolsun sendan butun jahon
Qo’lingdan yaxshilik kelmas ekan,
Qilma yomonlik ham.
Vujuding qilmishingdan ko’r
10 – o’quvchi: Yaxshi odam ko’ngilchan birovlarning xatosini kechirishga moyil
keng fe’lli bo’ladi
Shoir Maxtumquli:
Yaxshimning ko’nglida gina oz bo’lur
Yomonning kunda bir urushin ko’ring deb yozgan edi
Yaxshidan bog’ qolur
Yomondan dog’ qolur
11 – o’quvchi: Aziz tengdoshlar Yaxshilik haqida aytilgan xalq maqollariga quloq
tutaylik
Yomonlik tanqid qiladi
Yaxshiga taqlid qiladi
Yaxshi bilan o’rtoq bo’lsang,
Yaxshi yo’lga boshlaydi.
O’qituvchi: Shu bilan bugungi tadbirimizni o’z nihoyasi yetkazamiz
12
Mavzu: Til – millat ko’zgusi.
Tiling birla ko’nglingni bir tut. Alisher Navoiy
Asosiy g’oya
Ona tiliga e’tiborni, mehr – muhabbatni kuchaytirish. Tilimizni mukammal bilishga,
milliy o’zlikni anglashga, qadriyatlarni e’zozlashga o’rgatish. Ona tili millat
ma’naviyatining ko’zgusi ekanligini e’tirof etish.
Asosiy g’oyani keng ko’lamda yorqin va jozibali aks ettirish uchun xona bayramona
bezatiladi. Sahna to’rida “1989 yil 21 oktabr kuni, O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan”
yozuvi. Xona devorlariga til haqidagi maqollar yozilgan plakatlar tartib bilan joylashtiriladi.
O’ng burchakda “Turkiy tillarning shajara daraxti” o’z bezagi bilan sahna ko’rkiga fayz
kiritadi.
O’quvchilar sahnadan pastda doira shaklida ikki qator bo’lib joylashadilar. O’rtadagi
stol ustida buyuk allomalarimizning ma’naviy merosi bo’lmish noyob asarlar davriga qarab,
ketma – ketlikda joylashtiriladi.
Chorlov musiqasi yangraydi. Mirtemirning “Ona tili” she’ri o’qiladi.
Ona tili
Ona tilim – onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jonu quloqqa.
Elu yurtim, xonumonim tili bu,
Qadimlikdan o’xshar ona tuproqqa.
Bobolardan bizga meros ezgu til,
Avlodlarga xazinai bebaho.
Qalbimizga, ruhimizga ko’zgu til,
Bu dunyoga bag’ishlaymiz ne daho.
Yovonlarning cheksizligi,
Ham samimiy, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Ko’z yoshidan, oq sutidan,
To’qaylarning tengsizligi,
Jilg’alarning sho’x g’ovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan,
Yo’g’rilgan til – ona tilim.
Cho’ponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Go’ro’g’lining alp siymosi,
Alpomishning da’vosidan,
Tug’ulgan til – Ona tilim.
13
She’r o’qilishi mobaynida o’quvchilar sahnada ovozsiz, bir vaqtning o’zida
ikki daqiqalik “Ona allasi”, “Ustoz – Shogird” kompozitsiyasini yaratadilar.
She’r tugagach davrani olib boruvchilar sahnaga chiqishadi.
1 – boshlovchi: Ey so’z, ne balo ajab guharsan,
Guhar neki bag’ri mavjvarsan.
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz
ustozlar, bugungi “Til bayrami”ga xush kelibsizlar!
2 – boshlovchi: Bu dam madhing kuylay iftixor bilan,
Ko’ksimda barq urgan navbahor bilan.
Bayram munosabati ila barchangizning o’qish va ishlaringizda ulkan
muvaffaqiyatlar tilaymiz. Inson go’zalligi, ma’naviyati, buyuk merosi, hatto olam
barqarorligining asosi ham bu – tildir. Shu sabab, onadek aziz o’z ona tilimizni
avaylab – asrash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
1 – boshlovchi: Til – ijtimoiy – siyosiy, ruhiy hodisa. Tilni xalq yaratadi.
Dunyoda turli – tuman xalqlar yashaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo’yicha 3
mingdan ortiq til mavjud.
2 – boshlovchi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatdagi
barcha tillarning tengligi va erkinligini ta’minlaydi. vAsosiy Qonunning 4 –
moddasida O’zbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning tillarini, urf –
odatlarini hurmat qilish ta’kidlangan.
(Shundan so’ng, sahna bo’sh qolib, hazing musiqa yangraydi)
Ona siymosi paydo bo’ladi)
Ona: - Mehribon farzandlarim, jondan aziz dilbandlarim, o’z yurtiga fidoyi,
mard pahlavonlarim. Sizlar o’z ona tilimizni doimo avaylab – asranglar. O’z
tilimizning qatorida qardosh, chet tillarini ham qunt bilan o’rganib, hurmat qila
biling. Mening sizlarga murojaatim shuki, tilimizning sofligini saqlang, uning boy
ifoda vositalaridan o’rinli va unumli foydalanishga harakat qiling, go’zalligini
namoyish eting. Sizning komilligingiz avvalo, muomala madaniyatingizda namoyon
bo’ladi. “Yaxshi so’z – jon ozig’i", “Bir ko’ngil imorati – ming Makka ziyorati”
deganlaridek, shirinsuxan bo’lib, millatning faxri, g’ururi bo’lib yashanglar.
Sahnaga yana boshlovchilar chiqishadi
1 – boshlovchi - Munis onajon, har bir so’zingiz biz uchun muqaddas.Chunki
o’zingiz bu tuyg’uni, mehrni allangiz ila ko’nglimizga jo aylagansiz.
2 –boshlovchi: - Tilimizning barqarorligi o’zga tillar hamjihatligidadir. Bugun
20 dan ortiq tillar oilasi mavjud. Endi e’tiboringizni ona tilimiz tarixiga qaratsak
O’quvchilar sahnadagi “Shajara daraxti”ga bog’langan turli lentalarni
qo’llarida hilpiratadilar. Lentalarga turkiy tillar oilasiga mansub o’zbek, qozoq,
qirg’iz, uyg’ur, tatar, qoraqalpoq kabi so’zlar yozilgan
Ohang taraladi.
1 – o’quvchi: - Keling, birgalikda bugun tilimizning tarixini, qudratini,
madhini kuylaylik.
2 –o’quvchi: - Bu azim daraxtning ildizi shunchalik mustahkamki, har bir
bo’g’inida buyuk kutubxona mavjud.
3 – o’quvchi: Bunda Rabg’uziy “Qissasi Rabg’uziy” asari ila o’z hikoyatlarini
yaratdi.
14
4 – o’quvchi: Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” asari, Mahmud Koshg’ariy
“Devoni lug’otit turk” asari ila til tarixidan so’zladi.
5 – o’quvchi: - Alisher Navoiy turkiy tilda “Xazoyinul maoniy”dek bebaho va
“Xamsa”dek shoh asarini yaratib, so’z mulkining sultoni bo’ldi.
6 – o’quvchi: - Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining betakror “Boburnoma”
asari orqali xalq tarixidan so’zladi
7 – o’quvchi: - Forobiy fozillar shahrini kitobda qurdi.
8 – o’quvchi: - Darhaqiqat, ne – ne allomalarimiz tilimizning qudrati ila
ezgulikdan so’zladi, buning barobarida jamiyat yuksaldi.
Til tarixini so’zlovchilar sahnadan musiqa sadolari bilan kuzatiladi.
1 – boshlovchi: - Tilimizning buyukligi serqirra va sirli jozibasini Navoiy
bobomiz singari barcha o’zbek shoirlari va adiblari o’z asarlarida isbot qilishga
harakat qilib kelmoqdalar. O’zbek tilida yaratilgan asarlarning qaysi misralarini
o’qimang, tilimizning uchqur oti sizni faqat ezgulikka chorlaydi.
2 – boshlovchi: - Tilning buyukligi ana shundaki, kishilarning ma’naviy
dunyosini boyitish bilan birga inoqlikka, birdamlikka chorlaydi.
1 – boshlovchi: Poydevori har bir tilning
Yozuv harflardan azal.
So’z tuzadi, ular so’zga
Ma’no berar galma – gal.
2 – boshlovchi: - Keling, navbatni “Til mushoirasi”ga beramiz. Bunda biz ona
tili saboqlarfini “Fonetika”, “Morfologiya”, “Sintaksis” guruhlaridan tinglaymiz.
Nomlari alohida qayd etilgan holda, sahnada uch guruhdan 5 nafar o’quvchi
chiqadi. har bir guruh she’riy ta’rif beradi.
Fonetika” guruhi
1 – o’quvchi: Bobolardan meros ezgu til,
Yozuvi buyukdir buni bil.
Tovushlarda aks etadi,
Qalam buni bayon etadi.
2 – o’quvchi: Tovushlarni ta’rif etay,
Ular tilning gavhari.
Shu boisdan alifbodan
Joy olishgandir bari.
3 – o’quvchi: Oltovmiz biz, unutmang,
Bizda bor faqat ovoz.
O va a bizga qondosh,
I va e esa safdosh,
U va o’ ham bor yana,
Barimiz so’zda bosh – qosh.
4 – o’quvchi: Yigirma uch qarindosh,
Deyishar bizni undosh.
Ovoz – shovqin raqs tushsak,
Quvnaymiz bo’lib qardosh.
5 – o’quvchi:
Tutuq belgisi bo’lsam–da,
15
So’zda mening o’rnim bor.
Jur’at, Sur’at, Sa’dulla,
Yoddan chiqarmang zinhor.
“Morfologiya” guruhi
1 – o’quvchi: Jonivorga almashtirmang,
So’roqlarim “Kim?”, “Nima?”,
“Qayer?” ham menga tobe,
So’z turkum sardori “Ot” man.
2 – o’quvchi: So’ylang, qay so’z
turkumi
Tovlanadi rang – barang.
Zavq berar darajam ham,
Deyishar “Qanday?”.
3 – o’quvchi: Hammani bir – bir terib,
Hayron qildim hammani,
Hammani sanab “Nechta?”,
Ardoqlab “Son” der meni.
4 – o’quvchi:
Nima almashib kelar,
Ot, sifat, son o’rnida?
So’roq qilib, belgilab,
Toki ko’rsatib tursam,
Der, “Olmosh” o’z o’rnida.
5 – o’quvchi: Ovoz beramiz, ish bor joydan,
O’rtog’im belgini bildirar,
So’roqlaridir “Qanday?”, “Qaysi?”.
O’zimni hech so’ramang asli,
Doim harakatda bo’laman.
“Nima qildi?”, “Nima qiladi?”,
“Fe’l” bo’lib, ishga yuguraman.
“Sintaksis” guruhi
1 –o’quvchi: O’zim gapning egasiman, egasi,
Hech bo’lakka bo’ysunmas hokimman,
Men ne desam kesim darhol ko’najak,
“Qayer?”, “Nima?”, “Kim?” so’roqlab qolaman.
2 –o’quvchi:
Ega nima buyursa, men shunga tayyor,
Shaxs, sonda va zamonda mosligim bor.
Aksariyat fe’ldan hosil bo’lib doim,
Olmosh, otdan, sifat, sondan ifodam bor.
3 – o’quvchi: To’ldiruvchi derlar asli otimli,
Men ikkinchi darajali bo’lakman.
Kesimjonning orqasidan ergashib,
Ma’nosini to’ldirgani kerakman.
4 – o’quvchi:
16
Gapda otga bog’langanman doim,
“Qanday?”, “Qaysi?” kabi so’roqlarim
bor.
Ismimni der, erkalab “Aniqlovchi”,
Ega, kelishikda ko’p o’rtoqlarim bor.
5 – o’quvchi: Ega bilan ishim yo’q, kesimning oshnasiman,
Ish – harakatning “Qachon?”,
“Qanday?” yoki “Qayerda?”.
Menga kesim bo’lda bas, lahzada ishim bitar,
Ikkinchi darajali bo’lak, ismim “Xol” atalar.
Hamma birgalikda jo’r bo’lib, quyidagi she’r bilan kechani yakunlashadi.
Bobolardan bizga meros ezgu til!
Barcha qonuniyatin ardoqlab doim,
Ma’naviy merosni asragaymiz bil.
Qalbimizga, jonimizga ko’zgu til.
1 – boshlovchi:
Ona tilim, o’zingdirsan elni opichlab,
Shu kunlarga olib kelib taratlab ziyo.
Ona tilim, o’zingdirsanyillab asrab,
O’zbek elim Istiqlolga yo’llagan daho.
2 – boshlovchi:
“Til bayrami” barchangizga xush kayfiyat bag’ishlagan bo’lsa, minnatdormiz.
Ona tilim, buyuklikda eng baland tog’san,
Ona tilim suyuklikda Erami bog’san.
Mavzu: Qomusimiz – baxtimiz
1 – boshlovchi:
- Jahonda eng baxtlilarning biriman.
Men elimning qomusini kuylayman
Go’zal yurtim, iftixorim - Vatanim.
Baxt iqbolin, saodatin kuylayman!
Hur elimning dovrug’i bor tillarda,
O’zbekiston madhiyasi dillarda.
Ozod bayroq hilpiraydi qo’llarda,
Doston bo’lgan baxtimizni kuylayman
2 – boshlovchi:
-Assalomu alaykum, azizlar, qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugun
qomusimizning 15 yillik bayrami munosabati bilan Baxtnomamizni kuylash
sharafiga ega bo’lib turibmiz. Bayramga bag’ishlangan tadbirni, marhamat, tomosha
qiling.
17
(Sahnaga bir guruh bolalar chiqishadi va bir qatorga tizilishadi. Qo’llaridagi harflar
yordamida “Baxt”, “Qomusimiz” so’zlarini hosil qiladilar. Ular she’r o’qiydilar.
Harflar tilga kiradi.)
Baxtiyorman hur elimning
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.
Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga baxt yor,
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor.
Hamma: Zavol ko’rmas iqbolim bor!
1 – boshlovchi: - Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
(Ijrochilarning nomlari e’lon qilingan holda navbat Vatan haqidagi qo’shiq va milliy
raqsga beriladi.)
1 – boshlovchi: -O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o’z xalqining
huquqlarini himoya qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagiyuksak mas’uliyatni
anglagan holda, Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini
ta’minlashga erishish, tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlash maqsadida qabul
qilingan. Biz uni g’urur bilan “Baxtimiz Qomusi”, deya ataymiz.
2 – boshlovchi: Konstitutsiyamiz 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida qabul qilingan.
-Qani bolalar, Konstitutsiyamiz haqida siz nimalarni bilasiz?
(O’quvchilar faxr bilan Qomusimiz haqida bilganlarini bayon etishadi)
1 – o’quvchi: - O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim va 26
bobdan iboratdir.
2 – o’quvchi: - 2003 yil 24 apreldagi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga
muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va
qo’shimchalar kiritilgan.
3 – o’quvchi: - Fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari
Qomusimizning 2 – bo’lim, V , VI, VII, VIII, IX, X, XI boblarida bayon etilgan.
4 – o’quvchi: - Konstitutsiyaning 41 – moddasida “Har kim ilm olish
huquqiga egadir. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab
ishlari davlat nazoratidadir”, deb yozib qo’yilgan
5 – o’quvchi: 65 – moddada: “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza
qilinadi”, deya belgilab qo’yilgan.
1- boshlovchi: Bolalar, men juda xursand bo’ldim. Sababi, aziz Qomusimiz
haqida yetarli ma’lumotga egasiz. Bundan keyin ham o’qish, o’rganish sizning bosh
maqsadingiz bo’lsin!
2- boshlovchi: - yana sahnaga bayram qatnashchilaridan bir guruhini taklif
etamiz.
1 – o’quvchi:
Iymonli elimning baxtli farzandi,
18
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Hamma birgalikda: Baxtliman buyuk
Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
2- o’quvchi:
Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El – yurt qalbidan g’uborlar ketgan
Hamma birgalikda: Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan
3 – o’quvchi:
G’amxo’rdir Vatanim bizga mehribon
Baxtimizga baxt qo’shar erkin, farovon.
Kelajagim porloq, yo’lim nurafshon,
Hamma birgalikda:
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
4 – o’quvchi: -
Har tomon uzatsam yetar qo’llarim,
Istiqbolga yuz tutgan o’ngu so’llarim.
Nurlarga ko’milgan oydin yo’llarim,
Hamma birgalikda: - Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
(Bolalar ta’zim qilib chiqib ketadilar. Sho’x musiqa sadolari ostida o’quvchilar
raqsga tushadilar)
2 – boshlovchi: -
Huquqimiz bayon etguvchi,
Har moddasin bilib olsak bas
Bizni doimo himoya etar,
U barchaga birday muqaddas.
1 – boshlovchi: -
Bolalar bor: oq, sariq, qora,
Lekin qalbi toza beg’ubor.
Ular dili orzuga to’la,
Gard qo’nmasin, qo’nmasin zinhor!
Jajji qalblar intilar tinmay
Poyoni yo’q koinot tomon.
Yuragiga o’kinch tushmasin,
Kelajagi bo’lsin hur zamon.
(Vatan haqida qo’shiq ijro etiladi)
2 – boshlovchi: - Azizlar! Konstitutsiya kitobi bilan uning hamrohini ham
bayramimizga taklif etganmiz. Mehmonlarni kutib oling.
(Sahnaga Konstitutsiya kitobi va uning hamrohi tashrif buyurishadi)
Konstitutsiya kitobi:
- Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o’qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo’l ko’rsatib charog’on,
Sizni qilay farovon!
1 – o’quvchi: -
Sendan topdim baxtimni,
Huquqimni ahdimni.
Yo’lim nurafshon bo’ldi,
Ko’nglim zavqlarga to’ldi.
19
Sahifangni o’qisam,
Asarlar bor biz uchun.
Kelajak himoyangda,
Bundan ortiq baxt qayda?
Konstitutsiya kitobi:
-O’qib olsang kundan – kun,
Fikring bo’ladi durkun.
Huquqlaring bilib ol,
Hayotda yur bemalol!
A’lo bo’lsang har ishda,
Dono bo’lsang yumushda,
Bilginki, sen ustivor!
Gaplarimni unutma,
Vaqt o’tadi, sen kutma!
O’qi, bedor bo’lsang ham,
Hayotda bo’lmaysan kam.
2 – o’quvchi:
- Haq gaplaring muloyim,
Esdan chiqmaydi doim.
Qo’limdan hech qo’ymayman,
O’qiyverib to’ymayman!
Hamrohimsan, baxtimsan,
Ko’nglimdagi ahdimsan!
3 – o’quvchi:
-Iqbolimiz ko’zlagan,
Adolatdan so’zlagan.
Bu bizning “Baxtnomamiz”,
Yayrab undan qonamiz!
Baxtimizga yo’l ochgan,
Iqbol urug’in sochgan,
Qomusimiz bir jahon,
Dovrug’i bo’lsan doston!
O’quvchilar jo’rligida:
- Mo’tabar ona – Vatan,
Sadqa bo’lsin jonu – tan,
( Musiqa davom etadi. Milliy sho’x raqslardan biri ijro etiladi)
1 – boshlovchi: - Aziz o’quvchilar, muhtaram ustozlar, hurmatli ota – onalar,
qadrli mehmonlar! Shu bilan O’zbekiston Respublikasi Qomusining ______ yilligiga
bag’ishlangan bayram tadbirimiz ham o’z nihoyasiga yetdi. Sizlarni yana bir bor
qutlug’ ayyom bilan muborakbod etamiz.
2 – boshlovchi: - Shu go’zal Vatanda yashar ekan, barcha fuqaro o’z huquqini
bilsin, o’zligini tanisin! Vataniga munosib farzand bo’lsin, o’z yurtini ardoqlasin.
Shunda baxt – iqbilomiz but bo’lgay, azizlar!
14 –yanvar – Vatan himoyachilari kuni
“Bizni kutar nurli kelajak” mavzusidagi
tadbir
Maktab tadbiri o’tkaziladigan joy chiroyli bezatiladi. Amir Temurning “Askari
quvvatli mamlakat boy bo’lur, boy mamlakatning askari quvvatli bo’lur”, “Kuch
adolatdadir”, “Sher yigitni nomus o’ldirar” kabi o’gitmalaridan namunalar
plakatlarida aks ettiriladi. Maktab o’quvchilari tomonidan Vatan himoyachilari
kuniga bag’ishlab chiqarilgan devoriy gazetalar zal devorlariga did bilan ilib
20
qo’yiladi. Zal to’ridan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning surati va
davlat ramzlari aks ettirilgan stendlar joy oladi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo’yicha direktor o’rinbosarlari tadbirni ochiq deb
e’lon qiladi.
O’zbekiston
Respublikasining
Davlat
madhiyasi
yangraydi.
Tadbir
qatnashchilari, taklif qilingan mehmonlar o’quvchilar o’ng qo’llarini ko’ksilariga
qo’yib madhiyaga jo’r bo’ladilar.
Zamin tayanchi
Ko’zga surting Vatan tuprog’in abad,
Mangu nur taratsin ko’k cho’lponlari.
Yo’lingiz yoritsin ko’hna saodat,
Ey ozod gulshanning alp o’g’lonlari.
Mudom safda turing sadoqat bilan,
Zarra yov ko’rmaylik bo’stoningizda.
Mardlik kamarida chaqnab adolat,
Tinchlik ulug’lansin dostoningizda.
Bu zamin tayanchi faqat mehrdir,
Usiz porlamagay osmonda quyosh
Hur diyor posboni-jasur yuraklar,
Sizga hamroh bo’lsin matonat bardosh.
Maktab rahbari Vatan himoyachilari kuni haqida qisqacha ma’lumot berib,
o’quvchilarni mehmonlar bilan tanishtiradi. Kechani o’quvchilar davom ettiradi.
1 – boshlovchi Hurmatli mehmonlar, qadrli o’qituvchilar, aziz tengdoshlar,
assalomu alaykum.
2 – boshlovchi Bugun maktabimizda katta tantana. Bugun mustaqil
O’zbekistonimiz qurolli kuchlarining jasur va mag’rur askarlarining bayramlari.
1 – boshlovchi Qurolli kuchlar davlatimiz xavfsizligi va xalqimiz tinch
hayotini ta’minlaydi.
2 – boshlovchi Yurt tinchligi vatan ozodligi va mustaqilligi bilan
chambarchas bog’liqdir.
Bir guruh o’g’il bolalar harbiy kiyimda shaxdam qadamlar bilan “O’zbekiston”
marshini kuylab, sahnaga chiqadilar.
Tonglar otar, tonglar otar
Shafaqlari qirmiz ol.
Ona yurtim, barno yurtim
Keldi senga istiqlol
Naqorat:
Bir sarhading Sirga tutash,
Biri Amudaryoga,
O’zbekiston, O’zbekiston
Dunyoga chiq dunyoga.
Yillar osha, eller osha,
Kelmaganlar kelsinlar.
Egilganlar tursin qayta
Yig’laganlar kulsinlar.
Naqaror:
Ahil bo’lsak, oqil bo’lsak,
Yig’imiz ham bor bo’lgay.
Yo Vatan deb, mehtat qilsak,
Bizga zafar yor bo’lgay
21
1 – boshlovchi: Vatan–bu bizning ota–bobolarimiz, buyuk ajdodlarimiz
yashagan yurt.
2 – boshlovchi: Vatan–bu bizning tug’ilib o’sgan, kindik qonimiz to’kilgan
zamin.
1 – boshlovchi: Vatan–bu bizning quvonchimiz va qayg’umizning guvohi
bo’lgan diyor.
2 – boshlovchi: Vatan–bu bizning keyingi avlodlarimiz yashaydigan yurt
1 – boshlovchi: Vatanga muhabbat, vatanparvarlikning asl ko’rinishidir.
Vatanga munosib farzand bo’lish, qadrdon tuproq bilan chambarchas bog’liq
ekanligimizni teran idrok etish, unga chin farzandlarcha munosabatda bo’lish, undan
bir hissa narsa olinsa, yuz hissa qilib qaytarish Vatanni anglash va ardoqlashning bir
ko’rinishidir.
1 – o’quvchi: O’g’loniman Turon yurtining,
Ozod, obod, bo’ston yurtining,
O’zi beklar zurriyotiman.
Vatanimga xizmat qilaman!
2 – o’quvchi: Tinchlik uchun jonimni berib,
O’z postimda mardona turib,
Vatanimga xizmat qilaman!
Sohibqiron Amir Temurday
Jahongashta Mirzo Boburday,
Xalq yo’lida og’ishmay birday,
Vatanimga xizmat qilaman.
1 – boshlovchi: Vatan deb Shiroq, To’maris, Spitamen, Muqanna, Shox
Feruzlar o’z jonlarini fido qilganlar.
(Sahnada Dukchi Eshon qo’zg’olonidan bir lavha ko’rsatilsa, maqsadga muvofiq
bo’ladi.
2 – boshlovchi: Vatan – hayot bergan otam, ham onam,
Vatan – yuragimda yakka – yagonam,
Ajdodim merosi – O’zbekistonim,
Avlodim quyoshi – O’zbekistonim.
1 – boshlovchi: Yurtimiz mustaqilligini ko’rolmaydigan ayrim vatanfurushlar
1999 yil 16 fevral kuni Vatanimiz poytaxti Toshkentda o’z terrorchilik harakatlarini
amalga oshirib, qanchadan qancha begunoh odamalarning umriga zavol bo’ldilar.
2 – boshlovchi: Yaxshiyamki, Baxtimizga Vatan himoyachilar, posbonlari,
mard va jasur og’lonlari, huquqni muhofaza qiluvchi, ichki ishlar xodimlari bor ekan.
1 – boshlovchi: Vatan himoyachilarining say – harakatlari, vatanlariga bo’lgan
mehru muhabbatlari, sadoqatlari evaziga yurt tinvhligi asrab qolindi.
2 – boshlovchi: O’zbekiston Respubliaksini himoya qilish har bir fuqaroning
burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni
o’tashga majburdir.
(Harbiy askarlardan biriga so’z beriladi)
(O’quvchilar vatn, vatanparvarlik haqida she’r, qo’shiqlar ijro etishadi.)
22
1 – boshlovchi: Hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar va tengdoshlar, shu aziz
Vatan deb shahid ketgan marhum ota – bobolarimiz, akalarimiz xotirasi uchun sukut
saqlashingizni so’raymiz.
1 – o’quvchi:
Adolat quroli hushyorlik shior,
Po’latday mustahkam iymonlarimiz.
Yurt uchun, xalq uchun ichgaymiz qasam,,
Bag’ri keng elimning vijdonlarimiz.
(O’quvchilar jo’r bo’lishadi.)
2 – o’quvchi:
Bizda bor- halollik, mardlik – matonat
Qalblarda mujassam iroda, bardosh
Sezgirmiz, chaqqonmiz sen uchun – Vatan,
Fanimga shafqatsiz, do’stlarga yo’ldosh
1 – boshlovchi:Aziz mehmonlar, qadrli ustozlar va tengdoshlar, shuning bilan
Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab o’tkazilgan tantanali kechamizni yakunlaymiz.
2 – boshlovchi: Etiboringizga o’quvchilar tomonidan tayyorlangan konsert
dasturini havola etamiz.
Askar qo’shig’i
Mashq qilib vujuding tinmay chiniqtir,
Jisming sezgir bo’lsin, nigohing o’tkir
Olovda toblangin, muzdek suvga kir,
Yov makrin ilg’ab ol, o’zing berma sir,
Shaxdam yur, chaqqon suz, samolarni
quch,
Bir,ikki, uch!
Bir,ikki, uch!
Qadaming dadil bos hech, ikkilanmay
Mard o’zbek nomingni desang sharaflay,-
El-yurtga sodiq bo’l yurtboshimizday,
Vataning qo’riqla hushyor hamda shay.
Shaxdam yur, chaqqon suz, samolarni
quch
Bir, ikki, uch!
Bir, ikki, uch!
Kalamush bo’lsa yov, sen misoli sher,
Gar tumshuq suqsa u, sen ta’zirin ber.
Manglayingdan to’kkin Alpomishday ter,
Vataning faxr etib shunda rahmat der
Shaxdam yur, chaqqon suz, samolarni
quch
Bir, ikki, uch!
Bir, ikki, uch!
Istiqlol bergan erk-ne’matni asra,
Bobolar merosi hikmatni asra,
Jahonga tanilgan millatni asra,
O’zbekiston atalmish jannatni asra.
Shaxdam yur, chaqqon suz, samolarni
quch
Bir, ikki, uch!
Bir, ikki, uch!
Ajdodlarimiz merosini o’rganish bizning
burchimizdir
Salom qismi:
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz o’quvchilar. Bugungi “Ajdodlarimiz
merosini o’rganish bizning burchimizdir” mavzusiga atalgan tadbirga xush
kelibsizlar
1 guruh: Alisher Navoiy
2 guruh: Zahiriddin Muhammad Bobur
23
3 guruh: Al – Buxoriy
1. Guruhlar o’zlarini tanishtiradilar
I guruh
Donolar donosi – Alisher Navoiy bobomiz
Shiorimiz: Bilmaganni so’rab o’rgangan olim
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim
1. Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug’ilgan
2. Bobomiz Alisher Navoiy bolalik chog’laridanoq hammaning e’tiboriga
tushganlar
3. Eng avvalo odobli bo’lganlar
4. Ko’p kitob o’qiganlar, minglab misra g’azallarni yod bilganlar
5. Kichiklikda yozgan she’rlariga ham ustozlari qoyil qolishgan
6. Ona tilini yaxshi bilganlar
7. Fors va arab tillarini puxta o’rganganlar
II guruh
Zahiriddin Muhammad Bobur.
Shiorimiz: Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir
Har kimki jafo qilsa, jazo topqusidir
1. 1483 yilda Andijonda tug’ilgan
2. 12 yoshlaridayoq taxtga o’tirgan.
3. Zahiriddin Muhammad Bobur shoir, adolatli podshoh bo’lgan
4. Bobur shohlik bilan birga tabiat shaydosi bo’lgan
5. Bobur Hindistonda podsholik qilgan davrida uning tabiatini asrash, ardoqlash
maqsadida bog’lar yaratdi
6. Bobur o’zi barpo etgan bog’lar bilan faxrlanar, bu go’zallikdan zavqlanar edi.
7. U o’z hayoti haqida o’zining “Boburnoma” asarida yozib qoldirgan
III guruh
Al – Buxoriy
Shiorimiz: Yoshlikda olingan ilm, toshga o’yilgan naqshdir
1. Ismoil al – Buxoriy 810 yil 20 iyulda Buxoro shahrida tavallud topgan
2. U o’n yoshlar chamasida o’zida hadis ilmiga ishtiyoq sezib, eshitgan har bir
hadisini yodlab borar edi.
3. Manbalarda al – Buxoriyning 600 000 ga yaqin hadisni yod bilgani qayd etilgan
4. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin ko’p ulug’ bobolarimiz qatori
Imom al Buxoriyning nomlari ham qayta tiklandi
5. Butun dunyo musulmonlari u to’plagan hadislarni o’rganib, ularga amal qilib
kelmoqdalar.
2. Guruhlar tayyorlab kelgan bobokalonlarimiz ijodidan namunalar eshitamiz
I guruh
1. Oz – oz o’rganib dono bo’lur
Qatra – qatra yig’ilib daryo bo’lur
2. Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz
3. Orazin yopqoch ko’zimdin, sochilur har lahza yosh,
24
Bo’ylakim paydo bo’lur yukduz nihon bo’lg’och quyosh
4. Boshni fido ayla, ato qoshig’a
Jismni qil sadqa ano boshig’a
5. Yomon bilan yaxshi orasida ko’p farqdir
Ikki kemaning uchini tutgan g’arqdir
II guruh
1. Ko’ngli tilagan murodig’a yetsa kishi
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikkisi muyassar bo’lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi.
2. Raftori – yu qaddig’a ravopnim sadqa,
Bir boqishiga ikki jahonim sadqa.
Og’zi – yu belig’a bud – u nobudim sarf,
Ko’ziyu labig’a jism – u jonim sadqa.
3. Yo qahr – u g’azab bila meni tufroq qil,
Yo bahru inoyatingda mustag’roq qil.
Yo rab, sangadur yuzim qaro yo oq qil
Har nav’i sening rizong erur, andoq qil.
4. G’urbat tug’i yopqon ruxi zardimnimu dey?
Yo hajr chiqarg’on ohi sardimnimu dey?
Holing nedurur bilurmusen dardimni
Holingni so’raymi, yo’qsa dardimnimu der.
III guruh
Imom al – Buxoriy to’plagan hadislardan namunalar
1. Jahli chiqqan vaqtida ham o’zini tiya oladigan kishi kuchlidir
2. Insonlarga berilgan fazilatlarning eng yaxshisi – axloqdir.
3. Yomon odamlarga yaxshi muomala qilmoq baloning oldini olmoqdir
4. Kishi o’z ota – onasini so’kishi katta gunohdir
5. Otaga qilinadigan yaxshiliklarning eng yaxshisi otangga yaqin bo’lgan kishidan
aloqani uzmaslik
4. O’quvchilar tayyorlab kelgan sahna ko’rinishlari ijro etiladi;
I – II guruh “Hidi, ta’mi, mazasidan” Bobur hayotiga
III guruh “Navoiy va bulbul” sahna ko’rinishini ijro etadilar.
5. O’quvchilar zerikib qolmasliklari uchun o’yin taklif qilinadi. “Bahor”
Apil – tapil qaldirg’och
Savollaring olib qoch
Guruhlar stol ustidagi gullarni olib o’rinlariga o’tirishadi. Gullarni likopchadagi
suv quyib kutib o’tirishadi.
Gullar ochilgach savollar raqamlari aniqlanadi va stol ustidan savollar olinib
tayyorlanadilar.
1. Nima uchun xalq A.Navoiyning nomini mehr bilan tilga oladi.
2. Bu yil Navoiy bobomiz tavalludining necha yilligini tantanali nishonladik?
Qachon?
1. Muhammad Boburga bu ismning qo’yilish sababini ayting.
25
2. Bu yili Z.M.Boburning necha yillik tavalludini tantanali nishonladik? Qachon?
1. Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al – Buxoriy hadislarida nimalar aytiladi
2. Imom al – Buxoriy tavalludining necha yilligini nishonladik?
Guruhlar 5 daqiqa tayyorlanib, javoblarni faollik bilan to’g’ri berdilar.
Alisher Navoiy bobomiz hikmatlarini o’rganib, Z.Muhammad Bobur
g’azallaridagi Vatanga sadoqatlilikni o’rganish, Al – Buxoriy hadislaridan yaxshilik,
ahillik, odoblilik kabi sifatlarni o’rganib ularga amal qilishimiz kerak.
Mavzu: Ona ulug’ zot
O’qituvchi: - Aziz o’quvchilar. Sizning sinfingiz maktabda a’lochi sinflardan
biri bo’lgani uchun bugungi darsimizni sizning sinfingizda o’tishni lozim topdik.
Darsda o’zimizni erkin tutib, o’z bilimimizga tayangan holda javob beramiz. Bugungi
tarbiyaviy soatimizning mavzusi hammamizga tanish bo’lgan “8 – mart Xalqaro xotin
qizlar kuni” bayramiuga bag’ishlanadi.
Ona qanchalik ulug’, qanchalar mo’tabar zot. Ona! Bu avvalo rafiqa, Vatan
qadar ulkan zot. Onalardan tog’lar viqorlikni, quyosh haroratni, gullar tabassumni
o’rgangan. Ularning nafasidan chiqqan iluqlik butun jumlai jahonni isitib tantana
qilishga ham qodir, onalar bir qo’li bilan beshikni, bir qo’li bilan dunyoni tebratgan.
Ularning tuyg’ulari tafsivini keltirmoqqa til ojiz.
Ayolni ardoqla, ko’ngliga qara,
Ayama yer yuzin gavharlarini
Hofizdek tanti bo’l, xoliga baxsh et
Dunyoning eng go’zal shaharlarini
Ayol-ona, ayol-tarbiyachi, ayol-murabbiy. Ana shu ezgu xislatlar birgina inson
qiyofasida o’z irodasini topgani tufayli ayol yangi mukammal insonni tarbiyalaydi.
Uning hikmati, o’gitlari va nasihatlarida olam-olam hayot haqiqati jilolanib turadi.
Ona kelajakning yaratuvchisi
Ona eng mo’tabar, eng muqaddas zot
Butun dunyo unga ta’zim qilguvchi
Axir onalardan boshlanar hayot.
Aziz o’quvchilar kelinglar bugungi darsimiz qiziqarliroq o’tishi uchun sinfimizni
4 guruhga bo’lib, darsimizni “O’yla, izla, top” o’yini orqali davom ettiramiz.
Marhamat shartlar bilan tanishing.
1. “Jannat onalar oyog’i ostidadir” hikmatli so’zni izohlash (bunda o’quvchilar
onalarni madh etuvchi she’rlar, qo’shiqlar yoki sahna ko’rinishlari orqali
chiqishlari mumkin)
2. She’rlar bahsi. (Bunda har qaysi guruhdan bir o’quvchi chiqib onalar haqidagi
she’rlardan aytadi, qaysi harfga tugasa, keyingi guruh o’sha harf bilan boshlashi
kerak bo’ladi);
26
3. Aqlni charxlash. Bunda magnitafon orqali biror qo’shiqning kuyi qo’yiladi,
o’quvchilar uning ijrochisi va qo’shiq nomini topishlari kerak bo’ladi. Qo’shiqlar
ayollar va onalar haqida bo’lishi shart, chunki mavzuga mos keladi)
4. Farzandning onasi oldidagi burchi nimalardan iborat? (O’quvchilar kamida 7
ta burchni sanashlari kerak bo’ladi)
5. Rivoyat. (Bunda guruhlar onalar va ularning hurmatini bajo keltirish haqidagi
rivoyatlardan namuna keltiradilar)
6. Kim chaqqon. Bunda guruhlar 1 minut ichida ayol yozuvchi va shoiralarning
nomlarini qog’ozga yozishlari kerak. Har bir to’g’ri ism uchun 1 balldan to’plash
mumkin. Yoki 7 ta shoira nomini yozgan guruh “Rag’bat” undan kam yozgan
guruh “Jarima” kartochkasini oladi.
7. Vaziyatdan chiqish. Guruhlarga 4 ta kartochkada muammoli vaziyat yozilgan
varaqlar tarqatiladi. Guruhlar ma’lum vaqt davomida shu vaziyatdan chiqib
ketishning eng oson va eng maqbul yo’lini topishlari kerak.
1 shart. Jannat onalar oyog’i ostidadir.
Sharifu hadisda “Jannat onalar oyog’i ostidadir” deyilgan. Insoniyat
yaratilgandan beri uning sha’niga ko’plab she’rlar bag’ishlangan. Ulug’ shoir Alisher
Navoiy ham ayolning latofati, nazokati, ilhombaxsh yurish-turishi haqida g’oyat go’zal,
haroratli fikr qarashlarini nazm ipiga tergan. Besh dostondan tarkib topgan “Xamsa”da
ayollarning, onalarning betakror timsollarini yaratgan. Shoir Layli, Shirin,
Mehinbonu, Dilorom, Mehr, Lubatl Chiniyarning hayoti, tabiati, xulqi misolida
ayolning go’zallik nafosat, vafo-sadoqat, mehr-muruvvat kabi insoniy fazilatlari madh
qilingan. Layli va Majnunning, Farhod va Iskandarning onalari timsolida ayollarga xos
bo’lgan farzandiga nisbatan qaynoq mehr orzulariga qanot bo’lish, amallariga
hamdardlik qilish yurak-yurakdan baxtli bo’lishlarini istash kabi g’oyalarni tarannum
etadi.
Onalar farzandlariga qay darajada mehribon bo’lsalar, o’z samimiy
muammolariyu mehribonliklari, ishonchda sobitliklari-yu, sevgida sadoqatlari, yoqib va
yonib yashashga intilishlariyu, sabru bardoshlari bilan erlari tarbiyasiga ham ta’sir
ko’rsata oladi. Ona uy bekasi oilaviy an’analarning davomchisi, asrovchisi va
tashkilotchisi. To’y marakalarga bosh qosh bo’lib, oilaning nufuzini ko’taradi.
Farzandlarini oilaviy an’analarni hurmat qilib yashashga o’rgatadi. U avlodlarni
avlodlarga ulaydi
Ona qadri cheksiz, ona bebaho,
Ona yaxshi rahbar, ona rahnamo.
Ona zo’r tabibu, ona chin davo,
Ona soyabonu, ona jon fido
Ona oliyhimmat, ona sersaho
Ona sertilakdir, ona serduo
Ayol ishchan, uddaburo bo’lsa, oilada to’kinlik barqaror bo’ladi. Bunday oilada
ayol saltanatning vaziriga aylanadi. Vazir jamiyatning asosi bo’lgan oilaning
mustahkamligini ta’minlaydi, barkamol farzandlarni tarbiyalab o’stiradi.
II shart. She’rlar bahsi
Huvillab qolar dunyo
Agar ayol bo’lmasa.
Hayotda qolmas ma’no,
Agar ayol bo’lmasa.
Kun botmaydi, oy chiqmas
Sarishtali joy chiqmas,
Erkaklardan boy chiqmas,
Agar ayol bo’lmasa.
27
Bisyor bo’lsa, agar bol ham beqadr
Takror aytilganda rangsizdir kalom.
Bu yorug’ olamda Vatan bittadir,
Bittadir dunyoda ona degan nom.
Naqadar ulug’ ona degan zot.
Biz sizni unutmaymiz toki bor hayot
Ona kelajakning yaratuvchisi
Ona eng mo’tabar, eng muqaddas zot
Butun dunyo unga ta’zim qilguvchi
Axir onalardan boshlanar hayot.
Boshni fido ayla ato qoshig’a
Jismni qil sadqa ano boshig’a
Tun kunigga aylagali nurfosh
Birisin oy angla, birisin quyosh
So’zlaridan chekma qalam tashqari
Xatlaridan qo’yma qadam tashqari
Bo’ysun adab birla bari xizmating
IV shart. Farzandning onasi oldidagi burchi nimalardan iborat
Farzandning asosiy burchi ota va onasini hurmat qilish:
Ayol bo’lmaganida hayot yashashga arzimasdi.
Ota-ona bilan ochiq chehrada muomala qiling.
Ota-ona keksayib qolganda ularni himoyaga olish farzand burchi.
Ota-onaning duosini olishga shoshiling.
Kim ota-onasini rozi qilsa,unga jannat nasib bo’lib olloh taolo umrini ziyoda
qiladi.
Kimning 3 ta qizi bo’lib,ularni o’z qo’lida tarbiya qilib katta qilsa va ularga
marhamat nazari bilan qarasa,jannatga kirishi albatta muqarrar.
Bolalar ota-onalari uchun sadaqa qilsalar savobi albatta ularga tegadi.
Dunyoda hech bir gul onaning bolaga qilgan tabassumidan chiroyli emas.
Davlating ota-onang.
Ayol kulganda mamlakat yashnaydi
Ona bilan bola, gul bilan lola.
Ona kulsa-olam kular.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ona muqaddas, mo’tabar zot. Mehri daryo,
qalbi pok, farzandlari uchun hamma narsaga tayyor, kerak bo’lsa jonini ham beradi.
Shunday ekan onalarga qancha sajdalar qilsak ham oz. Ular oldida doimi ta’zimdamiz,
qo’limiz ko’ksimizda. Onajonlarimiz doimi baxtimizga sog’-salomat bo’lishsinlar.
Dunyo turguncha turishsin.
V. Rivoyat.
Rivoyat qilishlaricha bir kuni quyoshdan so’rabdilar. Sening haroratingdan zo’rroq
taft bormi? Quyosh: bor, bu ona mehri. U mening taftimdadnda kuchliroq, debdi.
O’limdan so’rabdilar. Sen bas keladigan kuch bormi?
O’lim: bor, bu ona mehri, bu meni ham chekintirishga qodir.
Hayotdagi bor go’zallik ayolga, onaga yarashadi, negaki Olloh uni go’zal qilib
yaratgan. Quyoshdan mehr, oydan nur, yordan sadoqat, yulduzlardan chiroy olib, unga
hadya etgan. Shunday ekan baxtimizga onajonlarimiz hamisha omon bo’lsinlar. Ular
borki, hayot bor, baxt quvonch bor.
VI. Kim chaqqon
1. Zulfiya
2. Uvaysiy
3. Nodira
4. Anbar otin
5. Halima Nosirova
6. Nalima
Xudoyberdiyeva
7. Oydin Hojiyeva
28
VII. Vaziyatdan chiqish.
1. Bilmay qolib onangizni xafa qilib qo’ydingiz. Nima qilasiz?
2. Sizning fikringizcha onangiz sizni emas, ukangiz yoki opa – akangizni yaxshi
ko’radi deb o’ylaysiz? Yoki shunday o’ylaydiganlar bor. Ular qanday yo’l tutishi
kerak?
3. Onangiz siz uchun zarur bo’lgan, ammo katta mablag’ talab qiladigan nimanidir
olib berolmadi, nima qilgan bo’lar edingiz?
4. Aytaylik onangiz uchun olgan sovg’angizni yo’qotib qo’ydingiz, boshqa sovg’a
olishga sharoit to’g’ri kelmaydi, qanday yo’l tutasiz?
Har bir shart bajarilgandan so’ng jarima va rag’bat kartochkalari berib boriladi va
dars oxirida kartochkalar hisoblanib g’olib guruhlar baholanadi. Aktiv qatnashgan
o’quvchilar alohida rag’batlantiriladi. Darsni o’qituvchi yakunlaydi.
ONA ULUG’ ZOT
Assalom ey davramizning
Ey aziz mehmonlari
Assalom ey ilmu – fanning
Sohibi – davronlari
Assalom ye aziz do’stlar
Ham fikrdosh o’rtoqlar
Davramizga xush kelibsiz
Barcha do’stu – qondoshlar
Dunyoda shunday ulug’ zot borki, biz undan hamisha qarzdormiz.
Xalqaro xotin – qizlar kuni 8 mart bayramini nishonlash uchun tartibot
Sahnada Davlat madhiyasi ijro etiladi. Boshlovchilar paydo bo’ladilar.
1 –boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, onajonlar! Bugun biz
sizlarni madh etishga yig’ildik. Chunki bugun sizlarning dunyodagi eng ulug’ zot –
onajonlarning bayrami. Biz sizlarni shu qutlug’ kuningiz - 8 mart bayrami bilan
muborakbod etgani keldik. Bugun gulzordagi turfa gullarni, dildan otilib turgan mehru
muhabbatni, tabiat ato etgan shafqat va muruvvatni, dildagi qaynoq haroratni sizga
armug’on etgani keldik. Qabul qiling, aziz ustozlar, sizni ta’riflash uchun dil so’ziyu
qalam kuchi ojizdir. Buyuk allomalarning beshigini tebratgan, mehribon, munis,
mag’rur buyuk jafokash, zahmatkash zot, bu – onadir. Quyosh saxiylikni, dengiz
tiniqlikni, tog’lar ulug’vorlikni, osmon kenglikni, bahor latofatni, gullar tarovatni,
chashmalar poklikni, shabnamlar pokizalikni sizdan o’rgansiz!
2 –boshlovchi: Assalomu alaykum! munis onaxonlar
Siz emasmu Navoiyning onasi
Siz emasmu Amir Temur onasi
Siz emasmu Ulug’begu Bobur onasi
Siz barcha, barcha buyuk zotlar onasi.
Sizga ta’zim, sizga ehtirom
29
Sizga olqish, sizga sharaf – shon!
Lazgi o’yini ijro etiladi.
1 – boshlovchi: Buyuk alloma Alisher Navoiy sizlar haqingizda shunday deydi:
Onalarning oyog’i ostidadur
Ravzai jannatu junon bog’i
Ravza bog’i visolin istar esang,
Bo’l onaning oyog’i tufrog’i
Onajonginam! Bir parcha etni avaylab, e’zozlab, ardoqlab katta qilgan, hayot
bergan, qanot bergan Ona! Muruvvatli, adolatli, saxovatli, eng og’ir damlarda ham
peshonamizni silab dalda bergan Ona! hayotga muhabbatni, yoshlarga, kattalarga izzat
– hurmatni, odamgarchilikni, jamiki insoniy fazilatlarni qonimizga, jonimizga oq suti
bilan singdira olgan, birgina tabassum, birgina jilmayishimizga aziz umrini qurbon
etishga tayyor turgan fidoyi, mushfiq, mehribon siz –Onalarsiz biz yashay
olarmikanmiz?
2 – boshlovchi: Oqqushlarni vafodor deb maqtashadi, bulbulllar gulning
mahliyosi deyishadi. jahondagi jamiki jonzot vafodorlikni sizdan o’rgansin, bulbulllar
xonish aylashni sizning allangizdan o’rgansiz, Onajonlar!
Axir tonggacha ko’z yummasdan bedor chiqqan siz emasmu? Belanchagimizni,
beshigimizni quchoqlab alla aytgan siz emasmi?
1 – boshlovchi: To’qqiz oy bizni avaylab qalbingiz tagida saqlab, hali
tug’ilmagan, bu jahonga kelmagan farzandga chiroyli orzu – umidlar bilan liboslar
tikkan chevar siz emasmi, Onajon!
Shuning uchun jonim sizga qurbon onajon,
Shuning uchun maqtasam, burro tilim, onajon.
Biz ona ta’rifi zaminida shu o’tirgan aziz o’qituvchilarimizning go’zal chehralarini
ham ko‘ramiz. Chunki ular ham ona!
2 – boshlovchi: Aziz ustozlar, onajonlar! Eshiting, shoirimiz Tolib Yo’ldosh
sizni shunday ta’rif etibdi.
1 –boshlovchi: Jon – dil farzand panohi, mehri daryo onasiz,
Onaizor, boshimizdan o’girilib parvonasiz
Yurasiz yo’ldosh, hamdam, joy tuzab o’ltirasiz.
Birgasiz, ko’ngiz uyida bir chiroqdek yonasiz
Vaqtida bo’lmay yoningizda hayallar bo’lsamiz,
Tunlari qush uyqusidan ming to’lg’onib uyg’onasiz
Hech zamon bo’lgan emas, bu sabr – bardosh sizdagi,
“Uh” desak, o’rtab yurakdan yonasiz, qiynolasiz
Benazir xizmatlaringiz haqqi deyman, onajon.
Onalikdan olam – olam orzunguzga qonasiz.
2 –boshlovchi: Sen borsan, saodat bog’i bexazon,
Sen borsan, g’amsizmiz, yorqin hayotim
Sen borsan, toshqindir, ilhom bulog’im,
Sen borsan, porloqdor iqbol chirog’im
Sobitsan, sodiqsan, mangu yasharsan,
Sen bilan to’lqindir ravzai bayot,
Sen bilan gulgundir shu buyuk hayot
(O’yin)
30
1 – boshlovchi: Quvonchlarim bir jahon
Bayramingiz muborak,
Aziz ona, Onajon!
2 – boshlovchi: So’zlari bol, durdona,
Mehnatda eng mardona
Olam ichra yagona
Sizsiz, ey, aziz ona
3 –boshlovchi: Ona – dongdor quruvchi,
Ona – mohir paxtakor,
Ona – lochin uchuvchi
Ona – doktor shifokor
Shundan keyin bayram tabriklari boshlanadi.
Bayram hazily o’quvchilar bilan o’yin.
A’lochi o’quvchilarga faxriy yorliqlar taqdim etiladi.
Boshlovchilar: Aziz ustozlar, hurmatli maktabdoshlar, ruxsat bering shu bilan
kechamizni yopiq deb e’lon qilamiz.
Navro’zing muborak O’zbekistonim
Assalom fasli bahor, assalom ey ahli davra
Xushu xursandlik bugun, yangraydi shodiyona
Marhabo ey azizlar, xush kelibsiz davramizga
Bahor va shodlik ayyomi – Yangi kun muborak sizga
Avval yuragingga mo’ralaydi u
So’ngra kurtaklarga o’rgatadi so’z
Zaminning ko’zidan qochadi uyqu
Demak, bahor keldi, kelmoqda Navro’z
Serquyosh yurtimiz mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida
katta o’zgarishlar yuz bera boshladi. Avvalo, bu xalqimizning tarixan uzoq yillik milliy
turmush va tafakkur mahsuli bo’lgan an’ana va urf – odatlari, ma’naviy qadriyatlari
tiklanganligida namoyon bo’lmoqda. Haqiqiy o’zbekona urf – odatlarimizning hayotdan
o’rin olayotgani, qadriyatlarimizning o’z mavqeini topayotgani ham shuning boisidir.
O’zbek o’zligiga ishona boshladi.
Quloq tutib maysa ohiga
Malham qo’ygan ko’ngil dog’iga
Hijron yoqqan o’rik shoxiga,
Oq ro’molin otgan kelinchak
Salom Navro’z!
Assalom Navro’z!
Ma’naviy boyligimiz bo’lgan Navro’z va hayitlarning tiklanganligi juda savobli
ish bo’ldi. Kattalarga hurmat, oila va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish,
ochiqko’ngillilik, odamlarga xayrixoxlik bilan munosabatda bo’lish, o’zgalar kulfatiga
hamdardlik va o’zaro yordam tuyg’usi xalqimizga xosdir
31
Ana shu yasharish, go’zallik, nafosat bayrami Navro’zi olam bilan barchangizni
chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog’lik, ishlaringizda omad,
zafarlar tilaymiz
Bu tong egnida atlasdan ko’ylak
Shafaqqa o’ralgan qizlarday gulgun
Ilk bora ko’z ochib chiqqan boychechak
Sanamlar qo’lida intizor bu kun
Bahoroy kirib keladi
Xush kelibsan bahorim
Bu diyorga marhabo
Shuhrati olamga ketgan
Gul diyorga marhabo!
Bahoroy: Assalomu – alaykum meni intiq bo’lib kutgan azizlarim,
mehribonlarim. Barchangizga qorli tog’lardan, qir – adirlardan, keng dalalaru, chaman
bog’lardan salom keltirdim. Sizlarni shodlik va mehnat bayrami, nafosat va go’zallik
ayyomi Navro’zi olam bilan chin qalbimdan tabriklayman va huzuringizga Navro’zoyni
chorlayman.
Quyosh tegrasida aylani falak
Tabiat bezanib misli kelinchak
Bugun yuz ochibdi turfa xil chechak
Assalom, Yangi kun, assalom Navro’z
Yana tenglashibdi kecha va kunduz
Ko’kda nur taratar yarqirab yulduz
Lablarda tabassum, aytib shirin so’z
Hamma: Assalom Yangi kun, assalom Navro’z
Navro’zoy: Salom mening qadrdonlarim! Ollohga shukronalar bo’lsin siz – la
diydor nasib etganiga mana 4 000 yil bo’lyapti, silzar bilan birgaman. Mustaqillik
sharofati bilan men qad rostladim, bugun esa ezgulik va poklanish bayrami bilan sizni
qutlash baxtidan mamnunman
Bahoroy:
Dimoqqa yalpizlar nafasi urar
Yurakda muattar chechaklar kular
Bir suluv kelinchak salomga kelar
Qadaming qutlug’ bo’lsin, aziz mehmonim
Navro’zing muborak O’zbekistonim
Navro’zoy:
Istiqlol tongida dillar chulg’ondi
Yuraklar to’lg’onib, dillar uyg’ondi
Navro’z navolari jonni yayratib
Ona yurt og’ushi dilga burkandi
Hurlik Navro’zida aytingiz alyor
Alyorlarga jo’r bo’lsin so’z ila ash’or
Navro’z - bahor bayrami. O’lkamizda bahor – yilimiz o’z umrini yangidan
boshlaydi. Yurt soya – salqin bo’lsin, o’tgan – ketganlar rohatlansin deb, navro’zgacha
yo’llarga ko’chat, bolalarga atab hovli va bog’larda meva nihollari ekiladi. Ko’chalar
tozalanib, ariqlar qaziladi. Hammyoq supurib sidiriladi.
32
Navro’zga atab yoshlar rang – barang kiyimlar tikadilar. Qariyalarga sarpo
tayyorlanadi. Navro’z uchun uzum, qovun, olma kabi yoz mevalari saqlangan bo’ladi.
Shinni, qiyomlardan tashqari, turli qandolatlar, sumalak pishiriladi.
Bayram urf – odatlari
1. Navro’zda uy – joyni tozalaydilar
2. Navro’zga qadar daraxtlar tanasini oqlaydilar
3. Navro’zda bug’doy undirib, sumalak pishiriladi
4. Navro’zda yaxshi niyat qiladilar
5. Navro’zda navro’z taomlari pishiradilar
6. Navro’zda araz – ginalarni unutadilar
7. Navro’zda qarindosh – urug’larga boradilar
8. Navro’z kuni ota – ona qabrini ziyorat qiladilar
9. Navro’zda g’iybat qilmaydilar
10. Navro’zda otni, itni urmaydilar
11. Navro’z kuni bemorlarga bayram taomlari jo’natadilar
Tabrik uchun so’z navbati maktab ma’muriyatiga beriladi
Qo’shiq va raqs: Bahorim mening!
Tadbirimiz tugadi, diqqat e’tiboringiz uchun rahmat xayr
Poyi qadamingdan aylanay Navro’z
O’quvchilar “Binafsha” guruhi ijro etgan “Kamolot” qo’shig’i bilan sahnaga
kirib kelishadi.
Boshlovchi:
- Assalomu alaykum qadrli bayram qatnashchilari, muhtarama mehmonlar, munis
onaxonlar! O’lkamizda bahor nafasi kezib yurgan ayni damlarda hamyurtlarimiz
kayfiyatida ham o’zgacha ko’tarinkilik. Yosh – u qari yasharish va yangilanish, fasllar
kelinchagi bo’lmish Bahoroyni allanechuk intiqlik bilan kutishadi.
Siz azizlarni bahoringiz, yangi kuningiz bo’lmish Navro’zingiz bilan
muborakbod etish maqsadida 10 – maktabning - sinf o’quvchilari “Poyi
qadamingdan aylanay, Navro’z” nomli bayram dasturini tayyorlaganlar. Marhamat
tinglab tomosha qiling!
“Bahor valsi” yangraydi, 6 ta qiz va 6 ta o’g’il bola raqs ijro etadilar.
1- o’quvchi:
Salom senga bahor ayyomi,
Salom senga Navro’zi olam.
Senga olqish, alyorlar aytar,
Bugun har bir dili pok odam.
2 – o’quvchi: Maysa boshin ko’tardi yerdan,
Gulbahordan bermoqda darak.
33
Momolar – u onaxonlar jam,
Doshqozonda qaynar sumalak.
Boshlovchi:
- Aziz bolajonlar, bayramimizga Bahoroy ham tashrif buyurganlar, qani,
birgalikda uni kutib olaylik – chi.
BAHOROY:
Men bahorman, gullarim bilan,
Iliq quyosh nurlarim bilan.
Kirib keldim, aziz bolalar,
Olib keldim gul – u lolalar.
Meni derlar go’zal bahoroy,
Yetib keldim shoshib sizlarga.
Jon kiritdim, iliqlik bilan,
Maysalar – u gul, ildizlarga.
8 nafar qizlar ijrosida “Gullar” qo’shig’iga raqs.
1 – o’quvchi: Keldi bahor, keldi ko’klam,
Bizlar bahor elchisi.
Bizni bahor boshlab keldi,
Navro’z bahor kuychisi.
2 – o’quvchi: Ye, Vatanim bahori,
Ifor ochib kulasan.
Sen pushti va zangori,
Gullar bilan to’lasan.
BAHOROY:
- Bolajonlar, hozir sizlarga bir nechata topishmoq aytaman, topasizlarmi?
Bolalar: (barabariga) - Ha!
Bahoroy:
- Qirda yoydim qizil gilam,
Ko’rinadi go’zal biram.
Hamma birgalikda:
- Lolaqizg’aldoq
1 – o’quvchi:
Dalalardir makonim,
Yomg’irdir osh – u nonim,
Bahor qandayin yaxshi,
Qizil gullarning naqshi.
2 – o’quvchi:
Kuldi lolaqizg’aldoq,
Bahor keldi yo.
Yashnab ketdi hamma yoq,
Qizlar kuldi yo.
Gullar, mening gullarim,
Gulga to’lar yo’llarim.
“Chaman – chaman bog’imda” qo’shig’ini hamma ijro etadi.
BAHOROY:
Yerdan asta unadi,
Ilk bahorda kuladi.
Hamma:
Boychechak
1 – o’quvchi: Ochildimi boychechak,
Endi har yon gul demak.
Chunki bahor elchisi,
Shu mittigul boychechak.
34
2 – o’quvchi: Binafshaxon, binafsha,
Kulishlaring chiroyli.
Bog’imizda ochilib,
Turishlaring chiroyli.
“Boychechak” qo’shig’ini hamma birga kuylaydi.
Bahordan berdi darak
Oson bo’lmadi kutmak.
Senga talpingach yurak,
Sevgan gulim boychechak.
Boychechak, boychechak,
Sevgan gulim boychechak.
Boshlab berding bahorni,
Toza kumush nahorni.
Olibsan ixtiyorni,
Seplaringni yoy chechak.
Boychechak, boychechak,
Seplaringni yoy chechak.
Boshlovchi: Shuning bilan bugungi “Poyi qadamingdan aylanay Navro’z” deb
nomlangan bayram tadbirimizni yakunlaymiz. Barchangizni yana bir bor kirib kelayotgan
Navro’zi olam bahor bayrami bilan muborakbod etamiz. Har doim labingizdan kulgi,
chehrangizdan tabassum arimasin.
Mavzu: Sohibqiron
Amir Temur
Maqsad:
a) o’quvchilarni bobokalonimiz Amir Temur hayoti bilan tanishtirish.
b) o’quvchilarning axloqiy sifatlarini tarbiyalash
d) to’g’ri va ravon so’zlash nutqini o’rgatish
Darsning borishi.
1. Tashkilyi qism
a) O’quvchilar bilan salomlashish
b) Sinf davomatini tekshirish
Yangi mavzu:
Sinf xonasini Amir Temur rasmlari va u aytgan o’gitlarini o’quvchilarga ko’rinarli
joyda osib qo’yish. Sinf xonasini bayramona bezash
1. Boshlovchi:
Assalom so’zimning kirish qismidan
Assalom musaffo yoshlik jismidan
Samimiy dillardan yo’llaymiz kalom
Ta’zim bilan deymiz assalom
35
2 – boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlarimiz va mehribon do’stlarimiz
1 – boshlovchi: Ko’ksimizda qo’limiz
Odobdir shiorimiz!
Bizlar deymiz doimo
Assalomu alaykum!
2 – boshlovchi: Bugun biz bobokalonimiz Amir Temurning tavallud kunlariga 673 yil
to’lganligi munosabati bilan yig’ildik. Hozir sizlarga tayyorlangan kechamizni namoyish
etmoqchimiz. Marhamat, she’r va qo’shiqlarimizni tinglang, dam oling.
- Xush kelibsizlar azizlar!
1 –o’quvchi: Biz kim – mulki Turon
Amiri Turkistonmiz
Biz – kim millatlarning
Eng qadimi va eng ulug’i
Turkning bosh bo’g’inimiz
2 – o’quvchi: “Qay bir joydan bir g’isht olsam, o’rniga o’n g’isht qo’ydirdim. Bir
daraxt kestirsam, o’rniga o’nta ko’chat ektirdim.
3 – o’quvchi: G’olib chiqqan ne – ne janglarda
Temur bobom botir umrbod
Tuprog’idan quvib yovlarni,
Ona yurtni qilgan u ozod.
4 –o’quvchi: Dovrug’ solgan yetti iqlimga
Bo’lgandir u el qahramoni.
Chunki Vatan, eli uchun u
Ayamagan hattoki jonni.
5 –o’quvchi: Qahramonning o’charmi nomi?
U yashaydi har bir yurakda
U yashaydi ozod Vatanda
Orzularda ezgu tilakda
6 – o’quvchi: Ulug’lagan o’zbek nomini
Zafar quchib bahodir bobom
O’tar yillar, o’tar asrlar
Amir Temur yashaydi mudom
(Sardor Raximxonning “Nazar – nazar” qo’shig’iga qizlar raqsga tushadi)
1 –o’quvchi: Amir Temur 1336 yil 9 aprelida Kesh Shahrisabzga qarashli Xoja Ilg’or
qishlog’ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag’ay o’ziga to’q, badavlat kishi edi
2 –o’quvchi: Amir Temur jahonni larzaga solgan Aleksandr Makedonskiy, Gannibal,
Atilla, Chingizxon kabi sarkardalar qatorida turadi
3 –o’quvchi: U davlat qurilishlari, fan, maorif va madaniyat taraqqiyotiga katta hissa
qo’shgan, saltanat ishlarida tort narsaga amal qilgan
1. Kengash 2. Mashvaratu maslahat 3. Ehtiyotkorlik
4. Qat’iy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik
4 –o’quvchi: Sohibqiron Amir Temur 1355 yilda Saroy Mulk xonimni o’z nikohiga
olgach, “Ko’ragon” unvoniga musharraf bo’ldi. “Ko’ragon” iborasi mo’g’ulcha so’z bo’lib,
“kuyov” degan ma’noni ifodalaydi.
5 –o’quvchi: Amir Temurning otasi Tarag’ayning 4 o’g’li va 2 qizi bor edi. Katta
farzand Amir Temur Shahrisabz hokimligini egalladi
6 –o’quvchi: Ali Yazdiyning Amir Temurga bag’ishlab yozilgan madhiyasidan:
36
Shunday Sohibqiron shuhrati bilsang,
Nasabi haqida gap surishtirsang,
Otadan – onaga to odam – ato
Bori shohlik taxti uzra qo’ymish poy
7 – o’quvchi: Ispaniyalik elchi Klavixonning yozishicha, Amir Temur davrida hech
bir kishi rasmiy ruxsati bo’lmasa, mamlakatdan chiqib keta olmagan. Bu bilan hunar
egalarining tarqalib ketishiga yo’l qo’yilmagan. Klavixo Amir Temur saroyida ming nafar
hunarmandlarning ishlagani haqida yozadi
8 – o’quvchi: Har kuni Amir Temur yuzlab odam bilan muomala qilib topshiriq
bergan, ularning bajarilishini nazorat qilishda yanglishmagan. Ibratli fazilatlaridan yana biri
kimda – kim yordam so’rab, panoh istab kelsa, gunohi bo’lsa ham kechirgan. Gunohni
kechira bilish ham fazilat.
9 – o’quvchi: “Temur yo’lg’onning dushmani bo’lib hazil uning ko’ngliga yoqmasdi.
O’zining oldida talon – taroj, qotillik, zo’rlik haqida gapirilishiga yo’l qo’ymasdi. U haqiqat
qanchalik achchiq va qattiq bo’lmasin, uni eshitishni yaxshi ko’rardi”, deb yozgandi ibn
Arabshoh
10 – o’quvchi: Ha, ulug’ bobomiz o’ta shijoatli, jasoratli, qat’iyatli, botir, dovyurak,
mard, tadbirkor, usta siyosatchi singari fazilatlarga ega bo’lgan, hamda ana shunday
odamlarni u izzat – hurmat qilgan
1 – boshlovchi: Amir Temur kitobni juda qadrlagan. Dunyoning hamma joylaridan
noyob durdonalarni Samarqandga yig’diri, boy kitobxona tashkil qilgan. Bu esa ilm fanning
rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan. 1996 yil – Temur bobomizning yili. Sohibqironning tarixdagi
asosiy xizmati barcha xalqlarning boshini qovushtirishdan iborat bo’lgan.
2 – boshlovchi: Ulug’ insonlarning fazilatlari ham ulug’ bo’ladi. Amir Temur
bobomiz bu borada tengsizdir. Mana, ulardan ayrimlari. Sohibqiron ilm fan ahllari –
ulamolari, shoiru fozillari, kosibu hunarmandlarini, hatto ular dushman bo’lsa ham, o’z
himoyasiga olib, moddiy va ma’naviy qo’llab – quvvatlagan. Ayniqsa, ustodlarni e’zozlab
va qadrlab, qulay sharoit yaratib berganlar
1 – o’quvchi: Amir Temur buyuk sarkarda bo’lgan. Amir temur umr bo’yi o’zining
“Kuch adolatda” degan hikmatiga amal qilgan. Juda ko’p mamlakatlarda adolat o’rnatgan.
Temur bobomizning ishini Mirzo Ulug’bek, Bobur mirzolar davom ettirgan
(Mansurxon Nurmatov “Davraga tushgan go’zal” qo’shig’iga qizlar raqsga tushadi)
Sahna ko’rinishi
1 – boshlovchi: - Bir kuni Amir Tarag’ay ko’p qo’ylarni o’g’liga berib…..
Ota: - O’g’lim bu qo’ylarni bozorga etib sotib keling.
Temurbek: - Xo’p bo’ladi otajon
4 – Boshlovchi: - Temurbek qo’ylarni ming oltinga sotib oltinlarni beliga bog’lab, sayr qilib
yurgan edi. O’sha yerda xushovoz bir qalandar odamlarga so’zlab turgan edi.
Qalandar: - Shul yozuvni qadriga yetib, kim ming oltinga olsa, dunyoning oxiriga yetadi
6 – boshlovchi: - Temurbekning himmati jo’shib…
Temurbek: - Mana bu ming oltinni olib menga shu hse’r bitilgan qog’ozingizni sotsangiz,
mana sizga ming oltin
Boshlovchi:
- Qalandar Temurbekka tikilib turdida nasl – nasabini so’radi. So’ng tayinladi:
Qalandar:
- Otang oldiga borgil. Buni otang oldida o’qi, borguncha ochma.
Temurbek:
37
- Otajon mana bu she’r bitilgan qog’ozni bir qalandardan ming oltinga sotib oldim
Boshlovchi:
- Otasi qog’ozni o’g’lining qo’lidan olib uni o’qiy boshladi
Ota: - Zulm bilan dunyoda nom qoldirib bo’lmaydi. Jamshid Sulaymon, Iskandarlar o’tib
ketdi. Navbat senga ham yetishi tayin. Dunyoga keldingmi, yaxshilik bilan nom qoldir
Ota: - Mazmunidagi ruboiy ekan. Ruboiyning muallifi o’sha Qalandar alloma shoir
Kamol Xo’jandiy ekan. Ul zotni man ko’p hurmat qilurman. Barakalla, o’g’lim, ko’p dono
ishga oltinlarni sarf etibsan. Endi ming oltinga olgan ushbu hikmatlarga qat’iy rioya qilmoq
lozimdir
Temurbek: Xo’p bo’ladi otajon
1 – o’quvchi: Temur –ozodlik va mustaqillik uchun kurashdi
2 – oq’uvchi: Temur – markazlashgan davlat asoschisi
3 – o’quvchi: Temur – ilm fan homiysi
4 – o’quvchi: Temur – insoniy fazilatlar egasi
5 – o’quvchi: Temur – barpo qilgan bog’lar hozir ham gullab – yashnab turibdi
6 – o’quvchi: Temur – adolatli hukmdor
7 – o’quvchi: Temur – barpo etgan yodgorliklar
8 – o’quvchi: Temurning Yevropa oldidagi xizmati
9 – o’quvchi: Temur – sarkarda
1 – boshlovchi: Bobomiz qadami tekkan yodgorliklarni ziyorat qilish, tadbirlar,
ertaliklar o’tkazish bilan Amir Temur haqidagi bilimimizni, tasavvurimizni boyitaylik
2 – boshlovchi: Chunki, Amir Temur faxrimiz. U millatning g’ururi
Tariximizning yorqin yulduzi. Biz Amir Temur bobomiz davrini qanchalik yaxshi o’rgansak,
tarix haqidagi tasavvurlarimiz shunchalik rivojlanadi. Sohibqiron bobomiz o’gitlariga
qanchalik amal qilsak, shunchalik halol yashaymiz
1 – boshlovchi: Bobokalonimiz Amir Temurga bag’ishlangan tadbirimiz sizlarga
manzur bo’ldi deb umid qilamiz
2 – boshlovchi: Endigi so’zni sinf rahbarimiz ___________________ga beramiz.
Marhamat!
Maktab ma’muriyati va rahbariyatiga so’z beriladi va kecha yakunlanadi
“SOHIBQIRON AMIR TEMUR”
BADIIY KECHA
- Odatda oftob ham
Yo’lni boshlar salomdan.
Qo’limiz ko’ksimizda
Assalomu alaykum!
-
Ko’ragoniy jadvalin tuzgan
Sirli osmon toqiga
Ilk Narvon qo’ygan
Ulug’bek bobomizga tasanno
Shoir, bobom, olim alloma sarvar
Umrini xalqiga bergan xalqsevar
Ellarga quyoshdek maqbul kitobi