Maktabgacha pedagogika asoslarining mavzu bahsi, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

19

File size

Fayl hajmi

138,5 KB


Maktabgacha pedagogika asoslarining mavzu bahsi, maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari
Mashg’ulot rejasi
1.1.  Maktabgacha  pedagogika  asoslarining  mavzu  bahsi  va ilmiy  tadqiqot
metodlari 
1.2. Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari. 
1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining  umumiy qonuniyatlari va
unga ta’sir etuvchi omillar 
1.4. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar: pedagogika, maktabgacha pedagogika, metod,
ilmiy  tadqiqot  usullari,  tushuncha,  rivojlanish,  shakllanish,  qonuniyat,
omillar, yosh davrlari.
1.1. Maktabgacha pedagogika asoslarining mavzu bahsi va ilmiy tadqiqot
metodlari
         Inson tarbiyasi insonning o’zi kabi qadimiy va keng qamrovlidir. SHu
sababli,  insonni  har  tomonlama  tarbiyalash  insoniyatning  azaliy  orzusi bo’lib,
ajdodlarimiz  ma’rifat  va  madaniyatni  yosh  avlodga  o’rgatish,  ularni komillikka
yetaklash yo’llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonning ma’rifatliligi
va  ma’naviy  komilligiga  erishish  ishlari pedagogika  fani  yetakchiligida  amalga
oshiriladi. Demak, pedagogika fani kishiga har tomonlama tarbiya berish, har bir
Logotip
Maktabgacha pedagogika asoslarining mavzu bahsi, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari Mashg’ulot rejasi 1.1. Maktabgacha pedagogika asoslarining mavzu bahsi va ilmiy tadqiqot metodlari 1.2. Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari. 1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va unga ta’sir etuvchi omillar 1.4. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Tayanch tushunchalar: pedagogika, maktabgacha pedagogika, metod, ilmiy tadqiqot usullari, tushuncha, rivojlanish, shakllanish, qonuniyat, omillar, yosh davrlari. 1.1. Maktabgacha pedagogika asoslarining mavzu bahsi va ilmiy tadqiqot metodlari Inson tarbiyasi insonning o’zi kabi qadimiy va keng qamrovlidir. SHu sababli, insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni yosh avlodga o’rgatish, ularni komillikka yetaklash yo’llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonning ma’rifatliligi va ma’naviy komilligiga erishish ishlari pedagogika fani yetakchiligida amalga oshiriladi. Demak, pedagogika fani kishiga har tomonlama tarbiya berish, har bir
shaxsni  hamma  yosh  davrlarida uyg’un  rivojlantirish  qonuniyatlari  to’g’risidagi
fandir. Shu bois, pedagogika fani insonni har tomonlama tarbiyalash haqidagi fan
bo’lib, tarbiya sohasidagi jamiyat talablarini amalga oshirish yo’lida xizmat qiladi.
Maktabgacha pedagogika esa bolaga tug’ilganidan to yetti yoshigacha har tomonlama
tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganadi va bog’cha sharoitida ta’lim- tarbiya ishini
tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini ishlab chiqadi. Inson tarbiyasiga oid
qonunlar  dastlab  xalq  og’zaki  ijodida:  ertak,  qissa,  pandnoma,  maqol  va  matal
kabilarda,  keyinroq  yozma  yodgorliklarda,  hadislarda  asoslab  berilgan.  Ta’lim-
tarbiya ishlarining takomillashib borishida SHarq va G’arbning qomusiy olim va
pedagoglarining o’rni kattadir.
        Markaziy Osiyolik mashhur allomalar: Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus,
Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, Abdulla Avloniy kabi  jahon tan olgan
mutafakkirlar  o’zlarining  qator  asarlarida  ta’lim-tarbiyaga  katta  e’tibor  bilan
qaraganlar. Faylasuf olim Forobiy o’zining «Fozil shahar kishilarining qarashlari»
asarida  tarbiya  orqali' insonga  beriladigan  12 fazilatni  sharhlab beradi.  Abdulla
Avloniy esa tarbiya haqida g’oyat ibratli fikrlarni bildiradi. «Pedagogika — Abdulla
Avloniyning yozishicha, — bola tarbiyasining fani, demakdir». «Dars ila tarbiya
ikkisi  jon  ila  tan  kabidir»,  «Dars  oluvchi—biluvchi,  tarbiya  oluvchi—amal
qiluvchidir». Bu yerda pedagogika faniga qisqa va lo’nda ta’rif berib, ta’lim bilan
tarbiyani esa jon bilan tanga o’xshatib, ularni bir-biridan ajratib tushunish mumkin
emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning ta’kidlashicha, tarbiyani yoshlikdan
berish  nihoyatda  zarur. Bolaga  avvalo,  kichik  yoshdan  boshlab,  ota-ona  tarbiya
beradi, keyin tarbiya bilan butun jamo- atchilik shug’ullanadi, chunki bunda inson
taqdiri hal etiladi deydi. Demak, pedagogikaning bosh masalasi tarbiya sanaladi.
Tarbiya  jarayonida  esa  bolaning  ongi,  his-  tuyg’ulari  shakllanadi.  Eng  muhimi
ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan va ijtimoiy munosabatlarga xizmat qiladigan
xulqiy odatlar hosil bo’ladi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bolalarning, yosh va
individual  xususiyatlarini  e’tiborga  olgan  holda  ularning  har  tomonlama
rivojlanishini  ta’minlashga  xizmat  qiladi.  Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  ham
Logotip
shaxsni hamma yosh davrlarida uyg’un rivojlantirish qonuniyatlari to’g’risidagi fandir. Shu bois, pedagogika fani insonni har tomonlama tarbiyalash haqidagi fan bo’lib, tarbiya sohasidagi jamiyat talablarini amalga oshirish yo’lida xizmat qiladi. Maktabgacha pedagogika esa bolaga tug’ilganidan to yetti yoshigacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganadi va bog’cha sharoitida ta’lim- tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini ishlab chiqadi. Inson tarbiyasiga oid qonunlar dastlab xalq og’zaki ijodida: ertak, qissa, pandnoma, maqol va matal kabilarda, keyinroq yozma yodgorliklarda, hadislarda asoslab berilgan. Ta’lim- tarbiya ishlarining takomillashib borishida SHarq va G’arbning qomusiy olim va pedagoglarining o’rni kattadir. Markaziy Osiyolik mashhur allomalar: Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan mutafakkirlar o’zlarining qator asarlarida ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor bilan qaraganlar. Faylasuf olim Forobiy o’zining «Fozil shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali' insonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab beradi. Abdulla Avloniy esa tarbiya haqida g’oyat ibratli fikrlarni bildiradi. «Pedagogika — Abdulla Avloniyning yozishicha, — bola tarbiyasining fani, demakdir». «Dars ila tarbiya ikkisi jon ila tan kabidir», «Dars oluvchi—biluvchi, tarbiya oluvchi—amal qiluvchidir». Bu yerda pedagogika faniga qisqa va lo’nda ta’rif berib, ta’lim bilan tarbiyani esa jon bilan tanga o’xshatib, ularni bir-biridan ajratib tushunish mumkin emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning ta’kidlashicha, tarbiyani yoshlikdan berish nihoyatda zarur. Bolaga avvalo, kichik yoshdan boshlab, ota-ona tarbiya beradi, keyin tarbiya bilan butun jamo- atchilik shug’ullanadi, chunki bunda inson taqdiri hal etiladi deydi. Demak, pedagogikaning bosh masalasi tarbiya sanaladi. Tarbiya jarayonida esa bolaning ongi, his- tuyg’ulari shakllanadi. Eng muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan va ijtimoiy munosabatlarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bolalarning, yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari ham
bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr
bo’lib,  xuddi  mana  shu  davrda  bolaning  jismoniy,  axloqiy,  mehnat,  estetik
rivojlanishiga poydevor bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining maqsadi va vazifasi. “Maktabgacha
pedagogikasi” fani “Pedagogika” fanining bir qismi bo’lib, o’zining nazariy, ilmiy va
amaliy asoslariga ega. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining nazariy asoslari:
yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, ta’lim-tarbiya borasida
yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, O’rta Osiyo va jahon tan
olgan  buyuk  mutafakkir  olimlarning  asarlari  va  ta’lim-tarbiyaning  umumiy
qonuniyatlariga  asoslanadi.  Maktabgacha  pedagogikasi  fanining  milliy  asoslari-
ta’lim-tarbiya  muammolarini,  muayyan  millatning  milliy  qadriyatlarini
umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lagan holda hal etish, har bir
millatning ma’naviy merosi va milliy qadriyatlariga tayangan holda milliy tarbiya
masalalarini yosh avlod ongiga yetkazish mazmuni, usul, metod va tamoyillarini
milliylashtirishdan iborat. O’sib kelayotgan yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida
har tomonlama kamol toptirish, uning ongi, dunyoqarashi, e’tiqodini o’stirish, xulq-
atvorini tarkib toptirish maktabgacha pedagogika fanining dolzarb muammolaridan
sanaladi.  Maktabgacha  ta’lim  atamasi  1997  yil  YUNESKO  xalqaro  tashkiloti
tomonidan qabul qilingan. 
     Maktabgacha ta'lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning
asosiy maqsadi  –  bu  bolalardagi  turli  ko'nikma  va  malakalarni  shakllantirish,
ulardagi  kuchlilik,  tetiklik,  chaqqonlik,  ziyraklik  kabi  jismoniy  sifatlarni
rivojlantirishdan iboratdir.   
Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning
maqsad  va vazifalari  ma’naviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni
o’zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining maqsadi tarbiyachi  murabbiylarning
o’z oldiga aniq maqsad qo’yishi, yosh avlodni har tomonlama rivojlangan yetuk
shaxs qilib tarbiyalash uchun o’z ustida ishlashi, intilishi, izlanishi, ayollarni zamon
talablari asosida tarbiyalash uchun tarbiyaning yangi  usul va vositalaridan keng
Logotip
bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo’lib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor bo’ladi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining maqsadi va vazifasi. “Maktabgacha pedagogikasi” fani “Pedagogika” fanining bir qismi bo’lib, o’zining nazariy, ilmiy va amaliy asoslariga ega. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining nazariy asoslari: yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, ta’lim-tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, O’rta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi. Maktabgacha pedagogikasi fanining milliy asoslari- ta’lim-tarbiya muammolarini, muayyan millatning milliy qadriyatlarini umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lagan holda hal etish, har bir millatning ma’naviy merosi va milliy qadriyatlariga tayangan holda milliy tarbiya masalalarini yosh avlod ongiga yetkazish mazmuni, usul, metod va tamoyillarini milliylashtirishdan iborat. O’sib kelayotgan yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama kamol toptirish, uning ongi, dunyoqarashi, e’tiqodini o’stirish, xulq- atvorini tarkib toptirish maktabgacha pedagogika fanining dolzarb muammolaridan sanaladi. Maktabgacha ta’lim atamasi 1997 yil YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan qabul qilingan. Maktabgacha ta'lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi – bu bolalardagi turli ko'nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlik, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari ma’naviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o’zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining maqsadi tarbiyachi murabbiylarning o’z oldiga aniq maqsad qo’yishi, yosh avlodni har tomonlama rivojlangan yetuk shaxs qilib tarbiyalash uchun o’z ustida ishlashi, intilishi, izlanishi, ayollarni zamon talablari asosida tarbiyalash uchun tarbiyaning yangi usul va vositalaridan keng
foydalana  olish  kabi  tarbiyachilik  mahoratini  shakllantirishga  qaratiladi.  O’sib
kelayotgan  yosh  avlodni  barkamol  inson  qilib  tarbiyalash  borasidagi  mavjud
muammolarni hal etish, ta’lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida
ta’minlash,  uni  dunyo talablari  darajasiga  olib chiqishga  erishish,  yosh  avlodga
ta’lim-tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish orqali ta’lim-
tarbiyaning mohiyati, mazmunini shakllantirish va takomillashtirish, maktabgacha
ta’lim  pedagogikasi  fanining  qoida  va  qonunlarini  xalqimizning  boy  tajribalari
asosida boyitib borish va uning yangi qirralarini izlash bugungi kunning dolzarb
muammolaridir. Shuningdek, mustaqillik sharoitida uzluksiz ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish muammolarini hal etish maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani oldiga
qator vazifalarni qo’ymoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalari
esa shaxsni tarbiyalash maqsadlari asosida ularning yoshiga va xususiyatlariga qarab
belgilanadi. Maktabgacha  tarbiya yoshidagi  bola  shaxsini  har  tomonlama kamol
toptirish jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya majmuasidan iboratdir.
Bu sohada SHarq va G’arb xalqlari yaratgan og’zaki ijodiyot, buyuk mutafakkir,
pedagog va olimlarning ta’lim-tarbiyaga doir ilg’or fikrlarini o’rganib, tahlil qilib,
barkamol insonni tarbiyalash jarayonini o’rganish biz uchun juda qimmatlidir:
- ta’lim-tarbiya to’g’risidagi qonun-qoida tamoyil, metod va usullarni bolalar
bog’chalari  amaliy  hayoti  bilan  bog’lab,  bo’lajak  tarbiyachi  —  o’qituvchilarga
o’rgatish hamda xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o’rganib,
bo’lajak tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish;
- maktabgacha tarbiya muassasalarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har
tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish. 
     Bunday vazifalarda tadqiq etish;
   -  birinchidan,  bolalar  sog’lig’ini  saqlaydi  va  mustahkamlaydi,  jismoniy
rivojlanishini ta’minlaydi;  
   - ikkinchidan, ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantiradi; 
   -  uchinchidan,  Vatanga,  tabiatga,  jonajon  o’lkaga  muhabbat,  kattalarga
hurmatni,  o’rtoqlik  va  jamoatchilik,  xayrixohlik,  xulq  madaniyati,  mustaqillik,
uyushqoqlik va intizom, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi; 
Logotip
foydalana olish kabi tarbiyachilik mahoratini shakllantirishga qaratiladi. O’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi mavjud muammolarni hal etish, ta’lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida ta’minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chiqishga erishish, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish orqali ta’lim- tarbiyaning mohiyati, mazmunini shakllantirish va takomillashtirish, maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining qoida va qonunlarini xalqimizning boy tajribalari asosida boyitib borish va uning yangi qirralarini izlash bugungi kunning dolzarb muammolaridir. Shuningdek, mustaqillik sharoitida uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal etish maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani oldiga qator vazifalarni qo’ymoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalari esa shaxsni tarbiyalash maqsadlari asosida ularning yoshiga va xususiyatlariga qarab belgilanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya majmuasidan iboratdir. Bu sohada SHarq va G’arb xalqlari yaratgan og’zaki ijodiyot, buyuk mutafakkir, pedagog va olimlarning ta’lim-tarbiyaga doir ilg’or fikrlarini o’rganib, tahlil qilib, barkamol insonni tarbiyalash jarayonini o’rganish biz uchun juda qimmatlidir: - ta’lim-tarbiya to’g’risidagi qonun-qoida tamoyil, metod va usullarni bolalar bog’chalari amaliy hayoti bilan bog’lab, bo’lajak tarbiyachi — o’qituvchilarga o’rgatish hamda xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o’rganib, bo’lajak tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish; - maktabgacha tarbiya muassasalarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish. Bunday vazifalarda tadqiq etish; - birinchidan, bolalar sog’lig’ini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy rivojlanishini ta’minlaydi; - ikkinchidan, ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantiradi; - uchinchidan, Vatanga, tabiatga, jonajon o’lkaga muhabbat, kattalarga hurmatni, o’rtoqlik va jamoatchilik, xayrixohlik, xulq madaniyati, mustaqillik, uyushqoqlik va intizom, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi;
   - to’rtinchidan, estetik tarbiyani amalga oshiradi. 
Bunda asosiy vazifa tarbiyalanuvchilarda bilim, ko’nikma, malakalarni, ya’ni
ma’lumotni shakllantirishdir.  Ma’lumot bu ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan
va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan
dunyoqarash majmui. Maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati
haqida o’zbek olimasi  Yusupova P. o’zining “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi”
nomli o’quv qo’llanmasida batafsil to’xtalib o’tgan. 
Keyingi yillarda jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya bo’yicha olib
borilgan ilmiy- pedagogik tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash
vazifalarini ularning psixik-fiziologik imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda belgilash
zarurligini ko’rsatib berdi. Ular bolalar bog’chasining “Bolajon” tayanch dasturida
o’z aksini topgan. 
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari.  Ilmiy
tadqiqot ishlari ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan bog’liq vazifalarni xalq
ta’limining  hamma  bo’g’inlaridagi  o’quv-tarbiyaviy  ishlarni  kelgusida  yanada
yaxshilash yo’llarini topish uchun amalga oshiriladi.
Ilmiy tadqiqot metodlari (metod — lotincha yo’l degan ma’noni anglatadi)orqali
amalga oshiriladi. Ilmiy tadqiqot ishida olimlar pedagogika, maktabgacha ta’lim
pedagogikasi  va  psixologiya  fanining  vakillari,  maktab  o’qituvchilari,  bolalar
bog’chalari  tarbiyachilari  va shuningdek, tarbiya berish amaliyoti  bilan bevosita
bog’liq bo’lgan kishilar qatnashadilar.
Pedagogik  voqea-hodisalarning  qonuniyatlarini  ochish  har  xil  yo’llar  bilan
amalga oshirilishi mumkin. Tadqiqotning empirik darajasida har xil faktik materiallar
yig’iladi,  ular  to’liq  yoritib  boriladi,  shuningdek  voqealar  o’rtasidagi  ob’ektiv
bog’liqliklar aniqlanadi, tadqiq etilayotgan voqea qar tomonlama puxta o’rganiladi.
Tadqiqotning  nazariy  darajasi  o’rganilayotgan  voqeaning  mohiyatini  aniqlashga
yo’naltirilgan maxsus tizimlashtirish va tahlil usulidir. Ilmiy tadqiqot ishini olib
borishda qo’llaniladigan maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining rivojlanishini
ta’minlaydigan ilmiy tadqiqot metodlariga quyidagilar kiradi.
Logotip
- to’rtinchidan, estetik tarbiyani amalga oshiradi. Bunda asosiy vazifa tarbiyalanuvchilarda bilim, ko’nikma, malakalarni, ya’ni ma’lumotni shakllantirishdir. Ma’lumot bu ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati haqida o’zbek olimasi Yusupova P. o’zining “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” nomli o’quv qo’llanmasida batafsil to’xtalib o’tgan. Keyingi yillarda jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya bo’yicha olib borilgan ilmiy- pedagogik tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalarini ularning psixik-fiziologik imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda belgilash zarurligini ko’rsatib berdi. Ular bolalar bog’chasining “Bolajon” tayanch dasturida o’z aksini topgan. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari. Ilmiy tadqiqot ishlari ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan bog’liq vazifalarni xalq ta’limining hamma bo’g’inlaridagi o’quv-tarbiyaviy ishlarni kelgusida yanada yaxshilash yo’llarini topish uchun amalga oshiriladi. Ilmiy tadqiqot metodlari (metod — lotincha yo’l degan ma’noni anglatadi)orqali amalga oshiriladi. Ilmiy tadqiqot ishida olimlar pedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiya fanining vakillari, maktab o’qituvchilari, bolalar bog’chalari tarbiyachilari va shuningdek, tarbiya berish amaliyoti bilan bevosita bog’liq bo’lgan kishilar qatnashadilar. Pedagogik voqea-hodisalarning qonuniyatlarini ochish har xil yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Tadqiqotning empirik darajasida har xil faktik materiallar yig’iladi, ular to’liq yoritib boriladi, shuningdek voqealar o’rtasidagi ob’ektiv bog’liqliklar aniqlanadi, tadqiq etilayotgan voqea qar tomonlama puxta o’rganiladi. Tadqiqotning nazariy darajasi o’rganilayotgan voqeaning mohiyatini aniqlashga yo’naltirilgan maxsus tizimlashtirish va tahlil usulidir. Ilmiy tadqiqot ishini olib borishda qo’llaniladigan maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining rivojlanishini ta’minlaydigan ilmiy tadqiqot metodlariga quyidagilar kiradi.
      
 
 A  dabiyotlarni o’rganish metodi
 
 . Adabiyotlarni o’rganish jarayonida milliy
va  umuminsoniy  qadriyatlarni  aks  ettiruvchi  buyuk  mutafakkir  pedagogik
olimlarning asarlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari ta’lim - tarbiya
borasida qabul qilingan qarorlar tadqiqot mavzusiga oid darslik, risola va maqolalar,
pedagogik. Psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o’rganiladi.
       Kuzatish metodi. Kuzatish - adabiyotlarni o’rganishdan keyin boshlanadigan
jarayon.  Kuzatishda  tadqiqotchi  ma’lum  pedagogik  hodisani,  maqsadni  ko’zlab
tashkil  etadi.  Tadqiqotchi  kuzatishga  oldindan  puxta  tayyorlanadi,  kuzatishdan
ko’zda tutilgan maqsadni aniqlaydi, uning dasturi rejalari tuziladi, kuzatish manzili,
muddati belgilanadi. Kuzatish ikki turga ajratiladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish.
Qisqa kuzatish deganda 
ob’ektning  kundalik  faoliyatidagi  o’zgarishlardan  ma’lum  xulosaga  kelish
tushuniladi. Uzoq muddatli kuzatish esa maqsad — reja va dastur asosida olib
boriladi va ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelish tushuniladi. Kuzatish  yakunlarini
qayd qilishda kino, video yozuvi, televidenie va boshqa texnikaviy vositalardan
foydalanish mumkin.
       Suhbat metodi. Suhbat aniqlanishi kerak bo’lgan masalalarni oydinlashtirib
olish maqsadida, oldindan tuzilgan reja asosida o’tkaziladi. Suhbat yakka tartibda
hamda jamoa tarzida olib boriladi. Suhbat bolalar hayotining u yoki bu voqea-
hodisalari to’g’risidagi qiziqishlari, tasavvurlari, mulohaza va muhokamalarni aniqlab
olishga bevosita yordam beradi. Suhbatdan metod sifatida foydalanishda, albatta,
uning maqsadi va rejasini aniqlab olish kerak bo’ladi. Suhbat metodi jarayonida
intervьyu olish ham muhim sanaladi. O’rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq
javoblar magnit tasmasiga yozib olinadi va tahlil etiladi.
       Hujjatlarni va bolalarning ishlarini o’rganish. Bolalar ishlarini o’rganish
ilmiy tadqiqotning asosini tashkil etadi. Tadqiqotchi pedagogik hujjatlarni o’rganish
orqali o’rganilayotgan ob’ekt to’g’risidagi har xil ma’lumotlarni bilib oladi. Bunga
maktabgacha tarbiya muassasalari mudirlari, tarbiyachilarning rejalari va hisobotlari,
bolalar  bog’chasi tarbiyalanuvchilarning  rasmlari,  loy  va  plastilindan  yasalgan
buyumlar va shu kabilar kiradi. Masalan, bolalar ancha ilgari chizgan rasmlarini
Logotip
A dabiyotlarni o’rganish metodi . Adabiyotlarni o’rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi buyuk mutafakkir pedagogik olimlarning asarlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari ta’lim - tarbiya borasida qabul qilingan qarorlar tadqiqot mavzusiga oid darslik, risola va maqolalar, pedagogik. Psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o’rganiladi. Kuzatish metodi. Kuzatish - adabiyotlarni o’rganishdan keyin boshlanadigan jarayon. Kuzatishda tadqiqotchi ma’lum pedagogik hodisani, maqsadni ko’zlab tashkil etadi. Tadqiqotchi kuzatishga oldindan puxta tayyorlanadi, kuzatishdan ko’zda tutilgan maqsadni aniqlaydi, uning dasturi rejalari tuziladi, kuzatish manzili, muddati belgilanadi. Kuzatish ikki turga ajratiladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish. Qisqa kuzatish deganda ob’ektning kundalik faoliyatidagi o’zgarishlardan ma’lum xulosaga kelish tushuniladi. Uzoq muddatli kuzatish esa maqsad — reja va dastur asosida olib boriladi va ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelish tushuniladi. Kuzatish yakunlarini qayd qilishda kino, video yozuvi, televidenie va boshqa texnikaviy vositalardan foydalanish mumkin. Suhbat metodi. Suhbat aniqlanishi kerak bo’lgan masalalarni oydinlashtirib olish maqsadida, oldindan tuzilgan reja asosida o’tkaziladi. Suhbat yakka tartibda hamda jamoa tarzida olib boriladi. Suhbat bolalar hayotining u yoki bu voqea- hodisalari to’g’risidagi qiziqishlari, tasavvurlari, mulohaza va muhokamalarni aniqlab olishga bevosita yordam beradi. Suhbatdan metod sifatida foydalanishda, albatta, uning maqsadi va rejasini aniqlab olish kerak bo’ladi. Suhbat metodi jarayonida intervьyu olish ham muhim sanaladi. O’rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit tasmasiga yozib olinadi va tahlil etiladi. Hujjatlarni va bolalarning ishlarini o’rganish. Bolalar ishlarini o’rganish ilmiy tadqiqotning asosini tashkil etadi. Tadqiqotchi pedagogik hujjatlarni o’rganish orqali o’rganilayotgan ob’ekt to’g’risidagi har xil ma’lumotlarni bilib oladi. Bunga maktabgacha tarbiya muassasalari mudirlari, tarbiyachilarning rejalari va hisobotlari, bolalar bog’chasi tarbiyalanuvchilarning rasmlari, loy va plastilindan yasalgan buyumlar va shu kabilar kiradi. Masalan, bolalar ancha ilgari chizgan rasmlarini
qarab chiqish,  tahlil  qilish,  bolalarga  berilgan  topshiriqlarning  qay  darajada
murakkablashib borganini aniqlash hamda ular bilan keyingi olib boriladigan ishlarni
belgilashga yordam beradi.
     Pedagogik eksperiment ta’lim jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritishdir.
Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi. 
      
 
 Tabiiy eksperiment va laboratoriya
 
    eksperimenti 
 
 pedagogik eksperimentning
asosiy turlari bo’lib, ular ko’pgina ishlarni o’z ichiga oladi. Tabiiy eksperiment
sharoitida yangi ish rejalari, dasturlari, darsliklar adabiyotlar va odatdagi ish rejalarini
buzmay  turib  tekshiriladi.  Pedagogik  eksperiment  —  bu  ham  kuzatish,  lekin  u
pedagogik jarayonning o’tish sharoitlarini muntazam o’zgartirish munosabati bilan
maxsus tashkil etiladi. Laboratoriya ishi ham ilmiy tadqiqotning ancha qat’iy shakli
hisoblanadi.  Quyidagilar  pedagogik  eksperimentning  bosqichlari  hisoblanadi:
Eksperimentni  rejalashtirish  —  eksperiment  o’tkazish  va  natijalarni  sharhlash.
Eksperimentni tashkil etish va o’tkazish tartibi belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan
holda olib borilishi  kerak. SHarhlash bosqichida ma’lumotlar  yig’iladi va qayta
ishlanadi.
      
 
 Tajriba o’rganish va umumlashtirish metodi
 
 . Pedagogik tajriba tushunchasi
ko’p qirralidir. Pedagogik tajribaning keng ma’nosi ta’lim va tarbiya amaliyotidir.
Pedagogik tajribaning asosiy maqsadi  maktabgacha muassasalarda olib boriladigan
ta’lim-tarbiya  ishlari  qay  darajada  amalga
 oshirilayotganini  o’rganishdir.
Pedagogikadagi  mavjud  muammolarni  hal  etish  uchun  ta’lim-tarbiya  jarayonini
o’rganish, amaliy xodimlarning ijodiy nashrlarini nazariy asosda idrok etish va qayta
ishlab chiqish, ya’ni ilg’or tajribani umumlashtirish, yoyish katga ahamiyatga egadir.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining yosh avlodni barkamol inson qilib
tarbiyalashdagi o’rni.
         Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanida bir-biri bilan uzviy bog’langan
quyidagi  tushunchalar  mavjud:  tarbiya,  ta’lim,  ma’lumot.  Tarbiya—kishilik
jamiyatining  barcha  bosqichlarida  shakllanib,  rivojlanib,  o’sib,  avloddan-avlodga
vorislik vazifasini bajarib kelgan bo’lsa-da, ammo har bir jamiyatda tarbiyaning
mazmuni maqsadi, vazifalari, o’ziga xosligi bilan farqlanadi. Tarbiya ijtimoiy hayot
Logotip
qarab chiqish, tahlil qilish, bolalarga berilgan topshiriqlarning qay darajada murakkablashib borganini aniqlash hamda ular bilan keyingi olib boriladigan ishlarni belgilashga yordam beradi. Pedagogik eksperiment ta’lim jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritishdir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti pedagogik eksperimentning asosiy turlari bo’lib, ular ko’pgina ishlarni o’z ichiga oladi. Tabiiy eksperiment sharoitida yangi ish rejalari, dasturlari, darsliklar adabiyotlar va odatdagi ish rejalarini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik eksperiment — bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning o’tish sharoitlarini muntazam o’zgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etiladi. Laboratoriya ishi ham ilmiy tadqiqotning ancha qat’iy shakli hisoblanadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: Eksperimentni rejalashtirish — eksperiment o’tkazish va natijalarni sharhlash. Eksperimentni tashkil etish va o’tkazish tartibi belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilishi kerak. SHarhlash bosqichida ma’lumotlar yig’iladi va qayta ishlanadi. Tajriba o’rganish va umumlashtirish metodi . Pedagogik tajriba tushunchasi ko’p qirralidir. Pedagogik tajribaning keng ma’nosi ta’lim va tarbiya amaliyotidir. Pedagogik tajribaning asosiy maqsadi maktabgacha muassasalarda olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari qay darajada amalga oshirilayotganini o’rganishdir. Pedagogikadagi mavjud muammolarni hal etish uchun ta’lim-tarbiya jarayonini o’rganish, amaliy xodimlarning ijodiy nashrlarini nazariy asosda idrok etish va qayta ishlab chiqish, ya’ni ilg’or tajribani umumlashtirish, yoyish katga ahamiyatga egadir. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashdagi o’rni. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanida bir-biri bilan uzviy bog’langan quyidagi tushunchalar mavjud: tarbiya, ta’lim, ma’lumot. Tarbiya—kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib, o’sib, avloddan-avlodga vorislik vazifasini bajarib kelgan bo’lsa-da, ammo har bir jamiyatda tarbiyaning mazmuni maqsadi, vazifalari, o’ziga xosligi bilan farqlanadi. Tarbiya ijtimoiy hayot
uchun  zarur  hodisa  bo’lib,  yosh  avlodga  ilmiy  bilimlar  tizimini,  malaka  va
ko’nikmalarini maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib berish
hamda yosh avlodni har tomonlama shakllangan yetuk inson qilib tarbiyalashni
maqsad  qilib  qo’yadi.  Yosh  avlodni  komil  inson  qilib  tarbiyalash  muammolari
dastlab  xalq  og’zaki  ijodi,  pedagogikasi,  yozma  yodgorliklarda,  pandnomalarda
mutafakkir  hamda ma’rifatparvarlar  asarlarining  bosh  mavzusini  tashkil  etgan.
Abdulla Avloniy  tarbiya  haqida  gapirar  ekan,  haqli  ravishda  shunday  degan
edi:“Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot-yo halokat, yo sadoqat - yo
falokat masalasidir”. Demak, tarbiya va odob Vatanga cheksiz muhabbat, imon-
e’tiqod, mehr-muruvvat, rostgo’ylik, adolatgo’ylik, samimiylik, mehnatsevarlik va
bilimdonlik kabi g’oyalar vositasida shakllanib boradi. Ta’lim – bolalarga bilimni
tartibli bayon qilish jarayoni bo’lib, muayyan ko’nikma va malakalarni singdirish,
ularning  ongi  va  xulqiga  ta’sir  etish,  aqlini,  ongini,  idrokini,  dunyoqarishini,
e’tiqodini va bilish faolligini rivojlantirishdir. Ta’lim berish jarayonida tarbiya va
ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi. Ta’lim ikki tomonlama jarayon bo’lib va
o’qitishni  o’z  ichiga  oladi.  O’qitish  –pedagogik  faoliyat  bo’lib,  bilim  malaka,
ko’nikmalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik
qilishdir. O’qish - o’quvchining bilim, malaka, ko’nikmalarini egallashdagi amaliy
faoliyatidir.  U  o’quvchilarning  har  tomonlama  rivojlanishshsh  ta’minlaydi.
Ma’lumot - asosiy pedagogik tushuncha bo’lib, u ijtimoiy hayot voqealarni ob’ektiv
aks ettiradi.  Bu jarayon kishining  tabiat, jamiyat  va kishi  tafakkuri  to’grisidagi
umumlashtirgan ijtimoiy zarur bilim, malaka, ko’nikmalar tizimining egallab olinishi
natijasidir.  Ma’lumot  kishining  bilishga  bo’lgan  talabini  ta’minlab,  undagi
qobiliyatlarni  ma’lum  darajaga  ko’taradi  va  amaliy  faoliyatgatayyorlaydi.
Maktabgacha  ta’lim  pedagogikasi  fanining  yosh  avlodni  barkamol  inson  qilib
tarbiyalashdagi o’rni biqiyosdir.
Maktabgacha ta’lim turli yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash bilan birga,
ularni sog’lom, har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy
psixologik,  pedagogik  shart-sharoitlar  yaratadi,  bolalarni  maktabda  muntazam
ravishda  ta’lim  olishga  tayyorlashda  ota-onalarga  yordam  beradi, unda o’qishga
Logotip
uchun zarur hodisa bo’lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar tizimini, malaka va ko’nikmalarini maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib berish hamda yosh avlodni har tomonlama shakllangan yetuk inson qilib tarbiyalashni maqsad qilib qo’yadi. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash muammolari dastlab xalq og’zaki ijodi, pedagogikasi, yozma yodgorliklarda, pandnomalarda mutafakkir hamda ma’rifatparvarlar asarlarining bosh mavzusini tashkil etgan. Abdulla Avloniy tarbiya haqida gapirar ekan, haqli ravishda shunday degan edi:“Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot-yo halokat, yo sadoqat - yo falokat masalasidir”. Demak, tarbiya va odob Vatanga cheksiz muhabbat, imon- e’tiqod, mehr-muruvvat, rostgo’ylik, adolatgo’ylik, samimiylik, mehnatsevarlik va bilimdonlik kabi g’oyalar vositasida shakllanib boradi. Ta’lim – bolalarga bilimni tartibli bayon qilish jarayoni bo’lib, muayyan ko’nikma va malakalarni singdirish, ularning ongi va xulqiga ta’sir etish, aqlini, ongini, idrokini, dunyoqarishini, e’tiqodini va bilish faolligini rivojlantirishdir. Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi. Ta’lim ikki tomonlama jarayon bo’lib va o’qitishni o’z ichiga oladi. O’qitish –pedagogik faoliyat bo’lib, bilim malaka, ko’nikmalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir. O’qish - o’quvchining bilim, malaka, ko’nikmalarini egallashdagi amaliy faoliyatidir. U o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishshsh ta’minlaydi. Ma’lumot - asosiy pedagogik tushuncha bo’lib, u ijtimoiy hayot voqealarni ob’ektiv aks ettiradi. Bu jarayon kishining tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri to’grisidagi umumlashtirgan ijtimoiy zarur bilim, malaka, ko’nikmalar tizimining egallab olinishi natijasidir. Ma’lumot kishining bilishga bo’lgan talabini ta’minlab, undagi qobiliyatlarni ma’lum darajaga ko’taradi va amaliy faoliyatgatayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashdagi o’rni biqiyosdir. Maktabgacha ta’lim turli yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash bilan birga, ularni sog’lom, har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi, unda o’qishga
intilish hissini uyg’otadi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada
hamda davlat va davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha bolalar muassasatarida
amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha bolalar ta’lim-
tarbiyasiga  qo’yiladigan  davlat  talablariga  muvofiq  sog’lom,  yetuk,  maktabda
o’qishga tayyor tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.
Maktabgacha ta’limning vazifalari:
Bolalarni  xalqning  boy  milliy  madaniy-tarixiy  merosi  va  umumbashariy
qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash.

Bolalarda milliy g’urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim olish ehtiyojini, o’qishga
intilishini  shakllantirish,  ularni  muntazam  ravishdagi  ta’lim  jarayoniga
tayyorlash.

Bolalar tafakkurini rivojlantirish o’zining fikrini mustaqil va erkin
ifodalash malakalarini shakllantirish.

Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini ta’minlash.
Maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy
va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish qonunga muvofiq
ravishda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari ularning yo’nalishlariga
ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

bolalar yaslisi, bolalar bog’chasi, bolalar yasli bog’chasi, xonadon
bolalar
bog’chasi, (ham mustaqil muassasa sifatida, ham filial sifatida);

bog’cha maktab majmuasi;

tarbiyalanuvchilarni  bir  yoki  bir  necha  ustuvor  yo’nalishlarda
rivojlantiradigan (til o’rganish, badiiy-estetik, sport va boshqa yo’nalishlar bo’yicha)
maktabgacha ta’lim muassasasi.
Tarbiyalanuvchilarning  jismoniy  va  ruhiy  rivojlanishidagi kamchiliklarini
bartaraf  etishni  ustuvor  ravishda  amalga  oshiruvchi  maxsus maktabgacha  ta’lim
muassasasi. 
Logotip
intilish hissini uyg’otadi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha bolalar muassasatarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha bolalar ta’lim- tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq sog’lom, yetuk, maktabda o’qishga tayyor tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Maktabgacha ta’limning vazifalari: Bolalarni xalqning boy milliy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash.  Bolalarda milliy g’urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish.  Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim olish ehtiyojini, o’qishga intilishini shakllantirish, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash.  Bolalar tafakkurini rivojlantirish o’zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish.  Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini ta’minlash. Maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari ularning yo’nalishlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:  bolalar yaslisi, bolalar bog’chasi, bolalar yasli bog’chasi, xonadon bolalar bog’chasi, (ham mustaqil muassasa sifatida, ham filial sifatida);  bog’cha maktab majmuasi;  tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir necha ustuvor yo’nalishlarda rivojlantiradigan (til o’rganish, badiiy-estetik, sport va boshqa yo’nalishlar bo’yicha) maktabgacha ta’lim muassasasi. Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarini bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi.
Sanitariya-gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish tadbirlari va muolajalari
ustuvor ravishda amalga oshiriladigan sog’lomlashtiruvchi bolalar bog’chasi.
Aralash  turdagi  maktabgacha  ta’lim  muassasi  (aralash  turdagi  muassasa
tarkibiga sog’lomlashtiruvchi guruhlar turlicha miqdorda bo’lishi mumkin).
Maktabgacha ta’limning turlari ota -onalar (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar)
tomonidan tanlanadi.
1.2. Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Bizga  yaxshi  ma’lumki,  har  bir  fan  o’zining  tayanch  tushunchalari,
qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan
sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim,
asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Maktabgacha pedagogika fanining asosiy
kategoriyalari  shaxs  kamolotini  ta’minlash,  ta’lim  va  tarbiya  samaradorligiga
erishishga  haratilgan  jarayonlarning  umumiy  mohiyatini  yoritadi.  Eng  muhim
kategoriyalar  sirasiga  quyidagilar  kiradi:  shaxs,  tarbiya,  ta’lim  (o’qitish,o’qish),
bilim, ko’nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
Shaxs  –  psixologik  jihatdan  taraqqiy  etgan,  shaxsiy  xususiyatlari  va  xatti-
harakatlari  bilan  boshqalardan  ajralib  turuvchi,  muayyan  xulq-atvor  va
dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya  -  muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh
avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni.
Ta’lim  –bolalarni  nazariy  bilim,  amaliy  ko’nikma  va  malakalar  bilan
qurollantirish,  ularning  bilish  qobiliyatlarini  o’stirish  va  dunyoqarashlarini
shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida
aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka  –muayyan  harakat  yoki  faoliyatni  bajarishning  avtomatlashtirilgan
shakli.
Logotip
Sanitariya-gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish tadbirlari va muolajalari ustuvor ravishda amalga oshiriladigan sog’lomlashtiruvchi bolalar bog’chasi. Aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasi (aralash turdagi muassasa tarkibiga sog’lomlashtiruvchi guruhlar turlicha miqdorda bo’lishi mumkin). Maktabgacha ta’limning turlari ota -onalar (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan tanlanadi. 1.2. Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Maktabgacha pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish,o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish. Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi. Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Ta’lim –bolalarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon. Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot  – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim,
hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan
miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab
jarayon.
1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari
va unga ta’sir etuvchi omillar
“Shaxs” tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan,
shaxsiy  xususiyatlari  va  xatti-  harakatlari  bilan  boshqalardan  ajralib  turuvchi,
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga
xizmat kiladi. Individ shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit
inson sifatida xis etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i
kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh
sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga
oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati shaxsni intellektual va
ma’naviy-axloqiy  jihatdan  tarbiyalash,  uning  har  tomonlama  rivojlangan  shaxs
sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi.
Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish,
ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan
kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi.
Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit
sharoitlari  va  tarbiya  kerak  bo’ladi.  Ana  shular  ta’sirida  individ  inson  sifatida
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan
miqdor  va  sifat  o’zgarishlar  mohiyatini  ifoda  etuvchi  murakkab  jarayondir.
Mohiyatan  rivojlanish  oddiydan  murakkabga,  quyidan  yuqoriga,  eski  sifatlardan
yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib
borishi, mikdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi. Rivojlanishining
Logotip
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. 1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va unga ta’sir etuvchi omillar “Shaxs” tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat kiladi. Individ shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida xis etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati shaxsni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi. Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida individ inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Mohiyatan rivojlanish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, mikdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi. Rivojlanishining
manbai  qarama-qarshiliklarni  o’rtasidagi kurashdan  iboratdir. Bola  shaxsining
rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni
vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat
rivojlanishining qonuniyaglari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir
butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy
qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan
birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida
o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga
berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib,
murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida uziga munosib o’rin egallaydi. CHunki
rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. SHaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va
bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak,
shaxsni rivojlantirishi vazifasini to’g’ri xal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi
omillar, shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi
uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish hamda hisobga olish maqsadga
muvofiq.  SHunday  qilib,  rivojlanish  va  tarbiya  o’rtasida  ikki  tomonlama  aloqa
mavjud.
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi  omillar.
Fanda, individning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning
ta’siri  o’rtasidagi  munosabatni  belgilashga  oid munozara ko’pdan buyon davom
etmoqda: insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy xodisalarning ta’siri kuchli
bo’ladimi,  yoki  tabiiy  omillar  yetakchi  o’rin  tutadimi?  Balki  tarbiyaning  ta’siri
yuqoridir? Ular o’rtasidagi o’zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo’nalish deb
nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotelь,
Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir,
tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, degan g’oyani ilgari suradi. XVI
asr  falsafasida  vujudga  kelgan  preformizm  oqimi  namoyondalari  esa  shaxs
rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyanint rolini
inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim - bixeviorizm XX asr boshlarida
Logotip
manbai qarama-qarshiliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyaglari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida uziga munosib o’rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. SHaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirishi vazifasini to’g’ri xal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar, shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish hamda hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda, individning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda: insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy xodisalarning ta’siri kuchli bo’ladimi, yoki tabiiy omillar yetakchi o’rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o’rtasidagi o’zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotelь, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, degan g’oyani ilgari suradi. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyondalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyanint rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim - bixeviorizm XX asr boshlarida
yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyondalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga
o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi.
Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm  oqimi va
uning vakillari   D.Dьyui, A.Kombelar  ham  shaxs  rivojlanishini  biologik nuqtai
nazardan  asoslaydi.  Ular  rivojlanishni  faqat  miqdoriy  o’zgarishdan  iborat,  deb
qaraydi. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga
ega deb biladi. Demak, bir  guruh xorijiy olimlar rivojlanishni  biologik (nasliy)
omilga bog’laydi.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy
omil  bilan  belgilaydi.  Bu  oqim  vakillari  bola  shaxsining  jismoniy,  psixik
rivojlanishi u yashaydigan muhitta bog’lik deb ko’rsatadi. Muhit deganda inson
yashaydigan sharoitdagi barcha tashki ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya
tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga
moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chikadi. Ular ijtimoiy muhitning
rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydi. Demak, odam bolasining shaxs sifatida
rivojlanib, tarakkiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nael (biologik
omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq
amalga  oshadigan  tarbiya  ham  birdek  ahamiyatga ega.  Bu  omillarning  ta’sirini
aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik
deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb
xisoblaydi. Xakikatdan ham, shaxs mehnat faoliyati ta’sirida rivojlanadi, kamolga
yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy hayot maxsulidir.
Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi yoki
yo’q qilishi mumkin. SHaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhit ham ta’sir ko’rsatadi.
Ijtimoiy muhitning shaxsning shakllanishiga ta’siri tarbiya asosida kechadi. Zero,
birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat
va texnik faoliyat bilan bog’lik ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. Ikkinchidan,
tarbiya  tufayli  tug’ma  kamchiliklar ham  bartaraf  etilib,  shaxs  kamolga  yetadi.
Logotip
yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyondalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dьyui, A.Kombelar ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asoslaydi. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydi. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladi. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog’laydi. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil bilan belgilaydi. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitta bog’lik deb ko’rsatadi. Muhit deganda inson yashaydigan sharoitdagi barcha tashki ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chikadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydi. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, tarakkiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nael (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb xisoblaydi. Xakikatdan ham, shaxs mehnat faoliyati ta’sirida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy hayot maxsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin. SHaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhit ham ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy muhitning shaxsning shakllanishiga ta’siri tarbiya asosida kechadi. Zero, birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’lik ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham bartaraf etilib, shaxs kamolga yetadi.