Maktabgacha Ta’lim Tashkilotida bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya dan foydalanish
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
52,2 KB
Maktabgacha Ta’lim Tashkilotida bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya dan
foydalanish
Mavzu rejasi:
1. MTTda bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaning ahamiyati.
2. MTTda bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaning asosiy tamoillari.
Bizning davlatimiz o'z farzandlarini mas'uliyatni his etadigan munosib fuqarolar
boiib o'sishlari va ularni jamiyat taraqqiyotiga o'z ulushlarini qo'shishlariga katta umid
bog'lagan. O'zini shaxs sifatida to'liq anglash, odob- axloq me'yorlariga rioya qilish,
o'z haq-huquqlarini bilish va xatti-harakatlarini to'g'ri baholay olish, o'zini va kattalar,
tengdoshlarini hurmat qilish, o'z qadr-qimmatini bilish, o'z madaniy an'analari va
milliy qadriyatlariga nisbatan g'urur, hurmat, qiziqish tuyg'ularini tarbiyalash
vazifalari aynan maktabgacha yoshdan boshlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayonida O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan qonun ustuvorligini ta’minlash,
shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining ustuvorligini, huquqiy demokratik davlat
barpo etishda yoshlarni qonunga bo'ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash, ularning
huquqiy bilimi, madaniyati va ongi shakllantirib boriladi.
Ma'lumki, yer yuzidagi barcha rivojlangan davlatlar yoshlarni jamiyat va mamlakat
hayotida faol ishtirok etishini istaydi. Bolalar ulg'ayib borish jarayonida jamiyat
hayotida faol ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarning hammasiga ega bo'lib
borishlari, hamda hayotning muhim yechimlari mas'uliyatini his qilgan holda ularni
o'z zimmalariga olishga tayyor bo'lishlari lozim.
"Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"ni o'rganish - aynan mana shu masalani
hal etishdagi eng muhim va to'g'ri qadam hisoblanadi.
“Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" - bu butun jahon bolalariga xos bo'lgan
bolalar huquqi haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bitimidir.
Konvensiya - bolalar rivojlanishining turli davrlarida bolalar farovonligining
mavjud mezonlarini aniqlaydi, Konvensiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1.Yashay olish huquqi - bunda bola talablarini qondirish va hayotiy huquqlarini
o'zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalanish,
ovqatlanish, boshpanaga ega bo'lish kabi adolatli hayotiy me'yorlardir.
1. Rivojlanish huquqi - bolalarning o'z qobiliyatlarini kengroq rivojlantirishga
erishishlari uchun zarur. Ya’ni bilim olish, o'yin, hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar,
axborot olish va vijdon erkinligi qonunlaridir.
2. Bolalar zo'ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan himoyalangan bo'lishlari shart.
Bu borada qochoq bolalar masalasidagi muammolarga; adliya tizimidagi
zo'ravonliklar va qiynoqlarga; bolalarni qurolli nizolarga jalb etish; bolalar mehnati;
balog'atyoshigayetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish; o'smirlarning giyohvand
moddalarini iste'mol qilishi muammolariga alohida e'tibor qaratish.
3. Ishtirok etish huquqi: Bolani mamlakat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga
da'vat etadi. Bunda bolalarning hayotiga taalluqli muammolar bo'yicha jahonshumul
anju- manlarda va tadbirlarda ishtirok etish huquqi va o'z fikr- mulohazalarini ifoda
etishdagi huquqlarini ta’minlaydi.
Birlashgan
Millatlar
Tashkilotining
Bosh
Assambleyasi
1948-
yilda"Insonhuquqlarihaqidagiumummilliydeklaratsiya" ni qabul qildi. Bunda bolalar
huquqlari ham o'z aksini topadi va ko'p o'tmay bu huquqlar xalqaro shartnomada qayd
etilishi lozimligi belgilanadi. 1959-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan
“Bola huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilinadi. Bu hujjatning yuzaga kelish tarixi uzoq
yillarni o'z ichiga oladi.
"Bola huquqlari Deklaratsiyasi” bo'yicha asosiy sanalar:
1923-yil - Birinchi "Bola huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilindi.
1924 yil - "Bola huquqlari Jeneva Deklaratsiyasi" Millatlar ittifoqi tomonidan qabul
qilindi.
1948-yil - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi "Inson huquqlari
haqidagi umummilliy dekla- ratsiya"ni qabul qildi.
1959-yil - Birlashgan Millatlar Tashkiloti ikkinchi "Bola huquqlari Deklaratsiya"
sini qabul qildi.
1978-
yiI - Polsha hukumati "Bola huquqlari haqida Konvensiya"ning yangi
loyihasini ishlab chiqadi va uni BMT ning inson huquqlari bo'yicha hay'atga o'rganib
chiqish uchun tavsiya etadi.
1979-
yil - Xalqaro bolalar yilida "Bola huquqlari haqida Konvensiya" matnini
ishlab chiqish uchun muvofiqlashtirilgan ishchi guruh tuzildi. 10 yil davomida bu
guruh izchillik bilan mulohaza va muzokaralar ustida ish olib bordi.
1989- yil
20-noyabrda
-
Birlashgan
Millatlar
Tashkilotining
Bosh
Assambleyasi tomonidan "Bola huquqlari haqida Konvensiya" qabul qilindi.
1990-
yil
2-sentabrda - Konvensiya xalqaro qonun sifatida kuchga kirdi.
Deklaratsiya ruhini saqlab qolgan ushbu "Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"
oxirgi 30-yillar ichida kelib chiqqan zamonaviy muammolarni:
- Atrof-muhitni muhofaza qilish;
- Giyohvand moddalardan saqlanish;
-Turli xildagi bolalar zo'ravonligining oldini olish kabi muammolarni o'zida ifoda
etadi.
O'zbekiston Respublikasi 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'ldi
va “Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" bo'yicha xalqaro shartnoma tuzdi.
Maktabgacha taiim tizimida Konvensiya haqida tushuncha va bilim berish dastlabki
jiddiy qadam hisoblanib, u bolalarga nafaqat odob-axloq me’yorlariga rioya qilish
kafolatini beribgina qolmay, balki uni qonunga mos ravishda harakat qilishga undaydi.
Taiim-tarbiyaviy jarayonda "Konvensiya" dan foydalanishda tarbiyachi tomonidan
quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Bola huquqlarini o'rganish - bunda muammo bo'yicha axborot materiallarni
tanlash, ularni o'rganish, tahlil qilish;
2.
To'plangan
materiallarga e’tibor qaratish - istiqbolli yo'nalishlar
bilan tanishish, huquqiy muammolarni insonlar tomonidan qabul qilinish hissini
shakllantirish,
xayrixohlik
hissini
tarbiyalash,
mashg'ulotlarga
qiziqishini
rivojlantirish.
3. Bolalar muayyan hayotda ro'y berayotgan jarayonlarda ishtirok etishlari orqali
kichik muammolardan global muammolar kelib chikishini, ular ham dunyoda adolat
va konstruktiv o'zgarishlar bo'lishi uchun qilinayotgan harakatlarda ishtirok
etayotganlarini his qilishlari shakllantiriladi.
Bu jarayonlarda bolalar inson huquqlari bu - ulardan uzoqdagi qandaydir
kishilarning huquqlari. bo'lgan mavhum tushuncha emas, balki o'zlari yashab turgan
muayyan muhitga tegishli ekanligini tushunadilar.
"Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya”ning asosiy vazifalari:
- Yer yuzida erkinlik, adolat va tinchlikning asosi - teng huquqlilik, jamiyat
a’zolarining o'ziga xos bo'lgan qadr- qimmatini ta'minlashni ifoda etadi;
- Insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo'lgan
ishonchlarini tasdiqlaydi;
- Har bir insonning irqi, jinsi, terisining rangi, tili, dini, siyosiy va boshqa
e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chikishi, mulkiy ahvoli, tug'ilishi va boshqa
holatlar bilan bog'liq belgilariga qarab har qanday tafovutdan qat’iy nazar o'z huquq
va erkinliklariga ega ekanligini tasdiqlaydi;
- Har bir bolaning sog'lom va har tomonlama uyg'unlashgan kamoloti uchun u oila
g'amxo'rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunilish vaziyatida o'sishi zarurligini
ta'minlaydi;
- Bolani jamiyatda mustaqil hayotga to'la tayyorlashni, ularning farovonligi
masalalariga e'tibor qaratadi;
- Maxsus tarbiyaga muhtoj bolalarga tug'ilgunga qadar va tug'ilgandan keyin ham
munosib darajada g'amxo'rlik qiladi;
- Bolaning himoya qilinishi va uyg'un ravishda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
yaratadi;
- Bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun zaruriy chora-tadbirlarni
amalga oshirish Konvensiyaning asosiy mazmun-mohiyatidan iboratdir.
Konvensiyada bolalarning huquq va majburiyatlari quyidagicha aks etadi:
- "18 yoshga to'lmagan har bir inson bola hisoblanadi. Barcha huquqlar hamma
bolalarga taalluqli. Bolalar diskriminatsiyaning barcha shakllaridan himoyalangan
bo'lishlari shart” - deyiladi. Bunda voyaga yetganlik yoshi 18 yosh deb belgilanishi
ta'kidlanadi.
- Har bir bola uchun ko'zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz,
irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki
ijtimoiy kelib chikishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog'lig'i va tug'ilishi, uning ota- onasi
yoki huquqiy vasiysi yoki biron bir boshqa holatlardan qat'iy nazar hurmat qiladilar
hamda shu huquqlarni ta'minlab beradilar.
Ishtirokchi davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila
a'zolarining qarashlari yoki e'tiqodida o'z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida
kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash
uchun zarur choralarni ko'radilar.
- 3-modda - Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari
yaxshiroq ta'minlanishiga birinchi navbatda e’tibor qaratilishi. Bolaning farovonligi
uchun zarur hisoblangan himoya va g'amxo'rlik bilan ta'minlash, ota-onasi yoki
vasiysiga ularning huquq va majburiyatlarini e'tiborda tutishni oladilar, qonuniy va
ma'muriy chora-tadbirlarni ko'radilar. Bolalar haqida g'amxo'rlik ko'rsatish va ularni
himoya qilish uchun mas’ul hisoblanga vakolat organlari tomonidan belgilab qo'yilgan
me’yorlarga, xususan xavfsizlik va sog'liqni saqlash talablariga javob berish.
- 4-modda - Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar imkoniyatlaridan foydalanish.
- 5-modda - Davlat ota-onalar huquqi va burchlarini hurmat qilishi va ularning
bolalarning rivojlanish qobiliyatlariga muvofiq holda nazorat qila olishlarini
ta’minlashi lozim.
6
- 6-modda - Har bir bola hayot kechirish huquqiga ega va davlat bolaning
rivojlanishi hamda yashay olishini ta’minlashga majbur.
- 7-modda - Bola tug'ilgan zahoti ro'yxatga olinadi va tug'ilgan daqiqalaridan
boshlab ism bilan atalishi va fuqarolikga ega bo'lishi, ularning g'amxo'rliklaridan
bahramand bo'lish huquqlarini olishga haqli hisoblanadi. Davlat bunday huquqlarni
o'z milliy qonunchiliklariga muvofiq amalga oshiradi. Har bir bola o'z ismiga,
millatiga ega bo'lishi hamda o'z ota-onasini bilish va ularning vasiyligi huquqlariga
ega. Bolaning tug'ilganligi haqidagi guvohnomasi - bola shaxsini tasdiqlovchi
hujjatdir.
- 8-modda - Bolaning o'z individualligi, jumladan, fuqaroligi, ismi va oilaviy
aloqalaridan g'ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan bo'lsa, davlat bolani himoya
qilishi va zarur boisa uning shaxsini aniqlab berishi shart. Bu bolaning ismini,
millatini, oilaviy aloqalarini tiklashni o'z ichiga oladi.
- 9-modda - Davlat bola o'z ota-onasidan ularning xohishlariga zid ravishda
ayrilib qolmasligini ta’minlaydi, ota- onaning bittasida yoki har ikkisidan ham
ayrilgan bolaning ular bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar yoki
to'g'ridan-to'g'ri aloqalar bogiab turish huquqini hurmat qiladi. Bola uchun zararli
bo'lgan hollardan tashqari vaziyatda u ota-ona bilan yashash huquqiga ega.
- 10-modda - Bola yoki uning ota-onasi oilani birlashtirish maqsadida boshqa
davlatga kirish yohud undan chiqish uchun bergan arizalari shu davlat tomonidan
ijobiy, insonparvarlik ruhida va tezkorlik bilan ko'rib chiqilishi lozim. Ota-onasi turli
davlatlarda yashayotgan bola alohida holatlardan tashqari ota- onasi bilan muntazam
ravishda shaxsiy munosabatlar, aloqalar bogiab turish huquqiga egadir.
- 11-modda - Davlat bolalarning g'ayriqonuniy ravishda ko'chirilishiga va chet
eldan qaytmasligiga qarshi kurash olib borish chora-tadbirlarini ko'radi. Bolani
chegara ortida ota- onalardan biri yoki boshqa uchinchi shaxs tomonidan ushlab
turgani yoki bolalarni o'g'irlagani uchun jazo berishi va ularning oldini olishi shart.
- 12-modda - Bolaga taalluqli bo'lgan barcha masalalar bo'yicha erkin fikr
bildirishi va bu fikrlar inobatga olinishi shart.
- 13-modda - Bolalar har qanday chegaralardan qat'iy nazar ularni qiziqtiruvchi
malumotlarni olish hamda o'z nuqtayi nazarlarini aytish huquqiga egadirlar. Bular
bola shaxsi huquqlari va obro'sini hurmat qilish, davlat xavfsizligi yoki jamoat
7
tartibini, aholining sog'lig'i yoki ma'naviyatini muhofaza qilish imkoniyatini
yaratadi.
- 14-modda - Davlat bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqini hurmat
qiladi. Ota-ona yoki qonuniy vasiylarning
bolaga,uningrivojlanayotganqobiliyatlarigamuvofiqkeladigan usul orqali bola
huquqini amalga oshirishda rahbarlik qilish huquqiga egadirlar.
- 15-modda - Bolaning assotsiatsiya yig'ilishlar huquqini, ya'ni bolalar boshqalar
bilan uchrashish huquqiga, tashkilotlardan chiqish yoki ularni o'zlari tuzish
huquqiga egalar.
- 16-modda - Bolalar o'z shaxsiy hayotlariga, uy-joy daxlsiz- ligi yoki pochta
orqali yuboriladigan narsalarning maxfiyli- giga bo'lgan huquqi amalga oshirilishiga
o'zboshimchalik bilan yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning sha'ni va
obro'siga g'ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo'lishi mumkin emas. Bola qonun
yo'li bilan himoyalanish huquqiga egadir.
- 17-modda - Davlat ommaviy axborot vositalarining muhim mavqeyini e’tirof
etadi. Bola turli xil milliy va xalqaro manbalarning axborotlari hamda materiallari,
ayniqsa ijtimoiy, ma'naviy va axloqiy farovonlik, shuningdek, bolaning sog'lom,
jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ko'maklashishga qaratilgan axborotlardan
bahramand bo'lishini ta’minlaydi, salbiy ta’sir qiluvchi materiallardan himoyalanish
huquqini beradi.
- 18-modda - Bola tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun ota-onaning umumiy bir
xil javobgarligi, bolaning eng yaxshi manfaatlari ular ko'rsatadigan asosiy
g'amxo'rlikning predmeti hisoblanadi. Bunda davlat ota-onalarni qo'llab-quvvatlaydi
va bolalar muassasalari tarmog'ini rivojlanishini ta'minlaydi. Ota-onasi ishlaydigan
bolalar uchun mo'ljallangan xizmatlar hamda bola parvarish qilinadigan
muassasalardan foydalanish huquqi beriladi.
- 19-modda - Davlat bolaning jismoniy va ruhiy zo'ravonlikning, haqoratlash va
suiiste'molliklar, g'amxo'rlik ko'rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo'lish,
qo'pol muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida g'amxo'rlik
qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan ekspluatatsiya qilish, jumladan,
shahvoniy suiiste'molliklarga qarshi zaruriy qonuniy, ma'muriy, ijtimoiy va ma'rifiy
chora- tadbirlarni ko'radi.