MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA TASHKIL ETILADIGAN
IJODIY O‘YINLAR
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan ijodiy o’yinlarning
nazariy asoslari
1.1.Maktabgacha ta’limda qo’llaniladigan o’yinlar
1.2.Maktabgacha yosh bolalarda ijodiy o’yinlar orqali tarbiya berish jarayoni
II BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan ijodiy
o’yinlarning mazmuni
2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida didaktik o’yinlardan foydalanish usullari
2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan ijodiy o’yinlarning tasnifi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
I BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan ijodiy o’yinlarning
nazariy asoslari
1.1.Maktabgacha ta’limda qo’llaniladigan o’yinlar
Ijodkorlik – faoliyatning turli holatlarida paydo bo‘ladi. Qiziqish ilhom, intilish va
boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo‘lishidan tortib, to
namoyon bo‘lishigacha jarayonni o‘z ichiga oladi. Shaxsning ijodiy faoliyat
ehtiyoji faoliyatda yangi, ilgari maqsad qilib qo‘yilmagan bunyodkorlik intilishini
bildiradi. Bolalardagi ijodiy faoliyatning har qanday kurtaklari taʼlim- tarbiya,
faoliyatdan tashqarida kamol topa olmaydi. Taʼlim-tarbiya jarayonida bolalardagi
yashirin isteʼdodlarni yuzaga chiqarish, maktabgacha yoshdan boshlab o‘z
faoliyatini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratish, ulardagi ijodkorlik
qobiliyatini rivojlantirish kelajakda yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, o‘tkir zehnli,
kashfiyotchilik qobiliyatini namoyon eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga
yetkazish garovi bo‘lib hisoblanadi. Bu davlatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan
biri – har tomonlama barkamol insonni voyaga yetkazish g‘oyasiga mos keladi.
Maktabgacha taʼlimda bolalarda ijodiy faollikni shakllantirish taʼlim-tarbiya
jarayonining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Maktabgacha taʼlimning faol va
yetakchi subʼektlari bo‘lgan bolalarning yosh va psixologik xususiyatlari,
shuningdek, tasviriy sanʼat, mehnat, musiqa va jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos
jihatlari o‘qituvchidan ijodiy yondashuvni talab qiladi. «Ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” va «Ilk qadam”
o‘quv dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz taʼlim tizimida maktabgacha taʼlimni
samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlarni o‘quv tarbiya
jarayonida qo‘llash quyidagi o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi. Birinchidan,
rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat
bo‘ladi. Ikkinchidan, o‘yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g‘ishtchalar,
2
kvadratlar, plastilin, karton qog‘ozlar, konstmktor-mexanik majmualarida turli
ornament, rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshiriladi.
Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta’minlash maqsadida ulrni
osondan qiyinga tomon, aniq vaqt oralig‘ida sifatli bajarilishini ta’minlash darkor.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol o‘yinlardan foydalanish ijobiy
natijalarga olib keladi. Bu o‘yinlar jarayonida bola passiv obyektdan faol
subyektga aylanadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o‘yinni tashkil etish, bolalar
ijodiga sharoit yaratishdan iborat. Interfaol usul: 1. Pedagogik texnologiyaning
ajralmas bir qismi sifatida ta’lim tarbiyaning umumiy mohiyatini aks ettiruvchi
yahlit jarayondir . 2. Ta’lim tarbiya jarayonini takommilashtiruvchi,
optimallashtirishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj. 3. Didaktik hamda tarbiyaviy
xarakterdagi ta’lim tarbiya jarayonini samarali mohorat tarza tashkil etishdur . 4.
Yo’naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, yani shaxsni rivojlantirish tarbiyalash
shakillantirish uchun xizmat qiladi, 5. Shaxsiylik xususiyatga ega bo’lib muayyan
ta’lim tarbiya jarayonida qo’llashga nisbatan yagona, qat’iy, me’yorlar talab
etilmaydigan jarayon. Interfaol usullar o’z navbatida maktabgacha yoshdagi
bolalarda quidagi psixologik xususiystlarini shakillantirish bilan ajralib
turadi,Ya’ni ; Fikrlash : - mantiqiy tafakkur ko’rgazmali, tasvirli jarayon asosida
rivojlanadi. Nutq:- ichki nutqning rivojlanishiga ma’lum tasir etadi. Ixtiyoriy
bilish jarayoni;- o’zlashtirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o’z fiktini jamlashga
kirishadi. Fiziologik sezgirlik: - individual ravishda aksariyat, xolda past
darajada. Bilim orttirish obyekti:- predmet va hodisalar o’rtasidagi sabab –
oqibatli bog’liqlik . Bilim ortirish usuli:- mustaqil faoliyat, kattalar va
tengdoshlar bilan bilim orttirish muloqot qilish. Muvaffaqiyatli o’zlashtirish
shartlari:- shaxsiy dunyoqarashning kengligi, xar bir ishda bilimdonlik. Muloqot
yuritish sharti:- vaziyatdan tashqari shaxsiy muloqot. Tengdoshlari bilan
munosabatlar:- hissiy ko’mak manbai. His-hayajonlar:- yuqori darajadagi his-
tuyg’ularga egalik.O‘quv
dasturida
maktabgacha
taʼlim
muassasasida
rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega
bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat
3
kasb etishi qayd etiladi. Shu bilan birga rivojlantiruvchi muhit mazmuniga
quyidagilar ko‘rsatiladi: - maktabgacha taʼlim tashkilotining ko‘rgazmali-
rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniytarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy
anʼanalar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim; -
muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning
muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim. Albatta, maktabgacha
taʼlimni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi
innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning taʼlim
olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab
etadi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish
markazlaridagi
jarayonlar
bolalarning
doimiy
ravishda
yangi
bilimlarni
o‘zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o‘z bilimini mustaqil
ravishda to‘ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib
moslashib borishga o‘rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Dastur
asosida tashkil etiladigan rivojlanish markazlari bolalarda quyidagilarni tarkib
toptiradi: - o‘zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish; - tanqidiy fikrlash; -
tanlashni amalga oshirish; - muammolarni eta olish; - ijodiy, tafakkur va
ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish; - odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-
olam to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish.
Bugunga
kelib
xorijiy
mamlakatlarda,
maktabgacha
ta’lim
muassasasi
tarbiyachilarini ingliz tiliga o‘rgatish borasida ko‘plab ta’lim dasturlari ishlab
chiqarilmoqda. Masalan, Rossiya mutaxassislari
M.N. Yevseyeva, T.V.
Zemchenkova, L.L. Likova, I.A. Shishkova va boshqalar tomonidan maktabgacha
ta’lim muassasasi bolalariga ingliz tilidan saboq beruvchi dastur ishlanmalari taklif
etildi. Ushbu dasturlar o‘zida bolalarga mo‘ljalangan ingliz tilidagi so‘z va
iboralarni, she’rlar, qo‘shiqlar va turli xil interfaol o‘yinlarni mujassamlashtirgan.
Kitobdagi mavzular ko‘proq fonetika va leksikaga qaratilgan. Dastur ishlanmasi
“Firststeps” (“Birinchi qadam”) deb nomlangan va u 2007–2010 yillari
tahrirlangan “Step by step” nomli o‘quv dasturini amalga oshirishga asoslangan.
“Step by step” o‘quv dasturi 5–7 yoshli maktabgacha ta’lim muassasasirirg
4
tarbiyachilariga mo‘ljalangan. Rossiyaning «Pchelka» nomli bog‘chasida amalda
sinovdan o‘tgan ushbu o‘quv dasturi bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda yuqori
ko‘rsatkichlarga erishish mumkinligini isbotladi. “Firststeps” (“Birinchi qadam”)
dasturining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – unga asoslangan ta’lim jarayoni
ingliz ertak qahramonlari (Winnie the Pooh, Tiger, Piglet, Donkey) bilan sirli
o‘rmoniga sayohat tarzida tashkil etilgan. Har bir mavzu qiziqarli hikoyalarga boy
bo‘lib, avvalgi darsni mantiqan davom ettiradi. Bolalarda ingliz tiliga kuchli
qiziqish uyg‘otish maqsadida, turli ko‘ngilochar o‘yinlar, qiziqarli topishmoqlar,
she’rlar, qo‘shiqlar, dialogli suhbatlar ishlatilgan. Bolalar sonining 5-8 tadan 10-12
tagacha bo‘lishi talab etiladi. Muallifning dasturi doirasida 4-5 daqiqa davomida
tanaffus e’lon qilinib, qo‘shiq kuylash, raqsga tushish majburiy hisoblanadi. Undan
tashqari xorijiy tajribadan kelib chiqib quyidagi tartibni keltirish mumkin. O‘yin
qoidasini bolalar o‘zlari o‘yin jarayonida belgilashadi. Qoidali o‘yinlarning
mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali o‘yinlarga quyidagilar
kiradi: didaktik o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, musiqaviy o‘yinlar, ermak o‘yinlar.
Bolalarga ta’lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o‘yinni tanlay bilishi, unga
to‘g‘ri rahbarlik qilish "Bolajon"da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga
oshirishni ta’minlaydi. O‘yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir.
Psixologlar o‘yinni maktabgacha yosh davrida etakchi faoliyat deb hisoblaydilar.
O‘yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta’minlovchi sifatlar
shakllanadi, uni ruhiyatida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi. O‘yinda bola shaxsi
ning hamma tomoni bir-biriga o‘zaro ta’sir etgan holda shakllanadi. O‘ynayotgan
bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarakatrof to‘g‘risidagi tasavvurini,
kattalarga va o‘rtoqlariga bo‘lgan munosabati ni bilib olish mumkin. Shaxsdagi
biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham rivojlantirish kerak.
Masalan, bolaning o‘yiniga qiziqishini, tashqilotchilik qobiliyatini rivojlantirish
uchun mazmun jihatidan boy o‘yinlar yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy
o‘yinlarini rivojlantirish uchun esa o‘z navbatida yaxshi tashkil etilgan bolalar
jamoasi zarur bo‘ladi. O‘yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida,
MTMning ta’limtarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama
5
tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. O‘yinda bola organizmiga xos bo‘lgan talab va
ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, guvnoqlik
tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o‘yin
munosib o‘rin egallaydi. O‘yin ta’lim va mashg‘ulotlar bilan, kundalik hayotdagi
kuzatishlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib juda katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Ijodiy o‘yinlarda muhim bilim egallash jarayoni yuzaga keladi. bu bolaning aqliy
kuchini ishga soladi, tafakkurini, hayolini, diqqatini, xotirani faollashtirishni talab
qiladi, bola masalalarni mustaqil hal qilishga o‘rganadi, o‘ylagan narsasini amalga
oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o‘ylab topadi, o‘z bilimlaridan
foydalanish va uni so‘z bilan ifodalashga o‘rganadi. O‘yinda aks ettirlayotgan
narsani bili bolishga qiziqish uyg‘onadi. Ko‘pincha o‘yin bolalarga yangi bilim
berish va ularning fikrini. bilim doirasini kengaytirish uchun hizmat qiladi. Ijodiy
o‘yi nni tor didaktik maqsadlarga bo‘ysindirib bo‘lmaydi, bu o‘yin yordamida juda
katta vazifalar hal qilinadi. Qoidali o‘yin bolaning sensor rivojlanishini, taffakkur
va nutqini, ixtiyorsiz diqqatini va xotirasini, har xii harakatlarini muntazam
ravishda mashq qildirib borish imkonini beradi. Har bir qoidali o‘yin ma’lum
didaktik maqsadga ega bo‘lib, bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Ta‘limning o‘yin shaklida bo‘lishi muhim ahamiyaiga ega bo‘lib bolaning umumiy
rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Ta’limning o‘yin shaklida bo‘lishi muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, bolaning yosh xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o‘yin
bolaning aqliy faolligini oshiradi, o‘yinda bola mashg‘ulotdagiga nisbatan
murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu ta’lim butunlay o‘yin shaklida
bo‘lishi kerak degan gap emas. Ta’lim turli usullar va metodlarni qo‘llashni talab
etadi. O‘yin ta’limning shakllaridan biri bo‘lib, boshqa bir metod bilan qo‘shib olib
borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat, so‘zlab berish va
hakozolar.
6
1.2.Maktabgacha yosh bolalarda ijodiy o’yinlar orqali tarbiya berish jarayoni
Bola o‘ynayotib o‘z bilimidan foydalanishni, uni har xil sharoitda ishlata bilishni
o‘rganadi. Ijodiy o‘yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba
qilishiga keng yo‘l ochiladi. O‘yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar
ham shakllanadi. O‘yin jarayonida yuz bergan kechilmalar bola ongida chuqur iz
qoldiradi, shuning uchun o‘yin bolada yaxshi hislarni, ulug‘vor orzular va
intilishlarni, qiziqishlarni tarbiyalashga yordam beradi. O‘yin mustaqil faoliyat
bo‘lib, bu jarayonda bolalar o‘z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar.
Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy kechilmalar birlashtiradi.
Shuning uchun o‘yin do‘stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa hayoti
malakalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhimdir.
Birgalikdagi o‘yin bilan birlashgau kichik bolalar jamoasida murakkab
munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o‘yinga
jalb qilish, bolalar o‘rtasida do‘stlikka, haqqoniylikka, o‘rtoqlarini javobgarligini
sezishga asoslangan munosabatlar o‘rnatishdan iborat. O‘yin mehnat tarbiyasi
vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o‘z o‘yinlarida har xil kasbdagi
qishilarni aks ettiradilar. Bu bilan ular kattalarning harakatlariga taqlid qilib
qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga mehnatiga bo‘lgan munosabatlarini
ham aks ettiradilar. O‘yin bolada ko‘pincha mehnat qilish xoxishini uyg‘otadi,
o‘yin uchun keraqli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur qiladi. Bolalar har xil
mashinalar yasaydilar va texnik o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydilar. O‘yin estetik
tarbiyaning muhim vositasidir. O‘yinda ijodiy hayol, fikrlash qobiliyati yuzaga
keladi va rivojlanadi. To’g’ri tanlangan o‘yinchoq badiiy didni tarbiyalashga
yordam beradi. Harakatli o‘yinlarda harakatning go‘zalligi va maromi bolalarni
o‘ziga maftun qiladi. O‘yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o‘z-o‘zidan amalga
oshmaydi. O‘yin befoyda, hatto zarali bo‘lishi, ba’zan yomon hislarni qo‘zg‘atishi
mumkin. Tarbiyachi o‘yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish
vazifasini amalga oshirish uchun unga muntazam ravishda ta’sir etib borishi zarur.
7
Bu vazifani hal etishda o‘yin bolalar bog‘chasidagi ta’lim-tarbiyaviy ishning
hamma tomonlari bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘yinda bolalarning
mashg‘ulotlarda olgan bilim va malakalari aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali
esa bola hayotga o‘rgatiladi. Ikkinchi tomondan, o‘yinda tarbiyalangan sifatlar
faoliyatning boshqa turlariga ko‘chi riladi. Bolalarning narsalar, ularni sifati
to‘g‘risida bilimlarni mustaxkamlash uchun har xii o‘yinchoqlar, suratlar, uy-
ro‘zg‘or buyumlaridan foydalaniladi. O‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar.
"Xaltachada nima bor?" o‘yinning maqsadi o‘yinchoqlaring nomlari bilan
tanishtirish va bu o‘yinchoqlar to‘g‘risida bilimlarni mustaxkamlash, tovushlar
talaffuzini mashq qildirishdir. "Bu nima?" o‘yinida bolalar qo‘ g‘irchoqqa har xii
narsalar va ularni ishlatilishi to‘ g‘risida gapirib beradilar. Bunday o‘yin guruhda,
bog‘cha maydonchasida, uxlash xonasida o‘tkazilishi mumkin. Didaktik o‘yinlarda
tarbiyachi bolalarni faqat narsalarning nomi va ular nimaga keraqligi bilan
tanishtiribgina qomay, balki shu narsalarning shakli, rangi, katta kichikligi, fazoda
tutgan o‘rni xaqida ham tanishtiradi. Har bir buyum va o‘yinchoq o‘zining aniq
tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi kerak, o‘yinda esa qo‘yilgan maqsad narsaning
asosiy begisini ajrata bilishga imkon tug‘dirishi lozim. Bunday talabga xalq
o‘yinlari o‘z shakliningi aniqligi, rangining tiniqligi bilan ko‘proq javob bera oladi.
Bolalarni aqliy vazifalanii bajarishga undaydigan o‘yinlar ham katta ahamiyatga
ega. Bolalarning rang xaqidagi tushunchalarini mustaxkamlash va aniqlash uchun
quyidagi o‘yinlar o‘tkaziladi: sharlarni rangiga qarab to‘plash, "Dumaloqni
dumalatish", xalqachalarni ipga o‘tkazish, "Shu rangdagi dumalaoqni dumalatish",
"Kimda mana bu rangdagi xalqacha bor", "Kim mana bu rangdagi xaltachani topa
oladi" va x.k .. Qo‘g‘irchoq bolalarning eng sevimli o‘yinchoqlaridan biri. Har bir
bolalar bog‘chasida didaktik jixozlangan o‘yinchoq bo‘lishi kerak. Qo‘g‘irchoq
jixozlariga kiyim, ichki kiyim, poyafzal, idish-tovoq, mebel o‘yinchoqlar kiradi.
Qo‘g‘irchoq bilan quyidagi o‘yinlarni o‘tkazish mumkin:"Qo‘g‘irchoqni
kiyintirarniz", "Qo‘g‘irchoqni sayrga otlantiramiz", "Qo‘g‘irchoqni mexmon qi
lamiz". "Qo‘g‘irchoqlar bayrami", Qo‘g‘irchoqning tug‘ilgan kuni",
"Qo‘g‘irchoqni uxlatamiz". O‘yinlar topishmoqlar bilan qo‘shib olib borilganda
8
qiziqarli bo‘ladi. Masalan, "Qo‘g‘irchokni uxlatamiz" o‘yinida qo‘g‘irchoqqa
karovat tayyorlayotganda tarbiyachi "Uzun , yumshoq, yo‘l-yo‘l... .." (matras),
"Oq, toza, to‘rt burchak ..." (yastiq), "Paxtali issiq ..." yoki "junli issiq"(adyol) va
boshqa topishmoqlarni aytishi mumkin. Qo‘g‘ichoqning karovati tayyor
bo‘lgandan keyin qo‘g‘irchoqni yotqizib, "alla aytadi. Mebellarning nimaga
ishlatilishi, o‘yinchoqlarning nomini mustaxkamlash uchun "Qo‘g‘irchoqqa xona
yasatamiz", "Qo‘g‘irchoqqa o‘yinchoq sovg‘a qilamiz" kabi o‘yinlarni o‘tkazish
mumkin. Tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning nomlari, belgi sifatlari, nimaga
ishlatilishi bilan tanishtiribgina qolmay, muyyan predmetlar orqali ularni oddiy
turlarga ajratishni o‘rgatib boradi; ayiq, qo‘g‘irchoq , quyon-o‘yinchoqlar;
kastryulka, tarelka, choynak-idish-tovoq. O‘yinlarni narsa va buyumlarni
tasvirlovsi rasmlar orqali ham o‘tkazish murnkin. Bo‘ larga "Bu narsa o‘zi
to‘g‘risida nirna deydi?", "Kim birinchi bo‘lib aytib beradi?" (bolalarni diqqatini
rivojlantirishga qaratilgan qo‘ g‘ irchoq, narsa va ularning shakli, rangi to‘g‘risida),
"Kim bo‘ladi?" "Qaysinisi bir xil ?" kabi o‘yinlarni ko‘rsata bo‘ladi. Bolalarning
tabiat to‘ g‘risidagi bilirnlarini mustaxkarnlash uchun "Hidiga qarab top",
"Mazasiga qarab top, "Ushlab ko‘rib top "!Kim nimani eshityapti" kabi o‘yinlarni
o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.Kichik yoshdagi bolalar bilan so‘zli o‘yinlar
o‘tkazilmaydi Katta va tayorlov guruhlarida didaktik o‘yinlar o‘zining mazmun va
g‘oyasi jixatidan ancha murakkabdir. Bu yoshdagi bolalar bilan buyum va rasmlar
bilangina didaktik o‘yinlar o‘tkaza qolmay, so‘zli didaktik o‘yinlar ham
o‘tkaziladi. Buyumlar va rasmlar bilan o‘tkaziladigan didaktik o‘yi nlarda
bolalarning narsalar sifati, xususiyati, nimadan yasalgani, qayerda qilingani, nima
uchun keraqligi va xakozolar to‘g‘risidagi bilimi aniqlanadi hamda
mustaxkamlanadi. Bunday o‘yinlaga quydagilarni misol qilib keltirish
mumkin:"Nima nimadan yasalgan?", "Guruh xonasiga sayoxat", "Ovoziga qarab
top" va boshqalar. Umumlashtirishga o‘rgatish bo‘yicha turlarga ajratishni
o‘rgatuvchi o‘yinlar katta o‘rin egallaydi. "qaysi fabrikada nima ishlar bajariladi?",
"Fabrikada nima ish qilinadi, dalada nima etishtiriladi?", "Kimga nima kerak"
"Kim nima bilan ishlaydi?", "Qayerda o‘sadi?’’, "Sayoxat"(shahar bo‘lab, dalaga
9
maktabga va hokazo), "Pochta" va boshqalar. O‘yinni tashkil etishda muhim
masalalardan biri – o‘ynovchilarni guruhlarga biriktirishdir. Guruhlarni tuzishda
quyidagi talablarga rioya qilinadi: 1) guruhlardagi bolalar soni – besh kishidan
oshmasligi; 2) har bir guruhdagi bolalarning bir-birini yaxshi tanishi, o‘zaro
munosabatlarining yaxshi bo‘lishini hisobga olish; 3) o‘ynovchilarga vazifalarni
taqsimlashda ularning qiziqish va qobiliyatini hisobga olish.
10
II BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan ijodiy
o’yinlarning mazmuni
2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida didaktik o’yinlar
“Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi
darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek,
www.pedagoglar.uz 45-son 7–to’plam Iyun 2023 Sahifa: 112 ularning ijtimoiy,
shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga
oshirilishi lozim. Bunda bolalar vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining
milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlarga hurmat, atrof-muhitga nisbatan
ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim1 ”
Maktabgacha yosh bu inson hayotining o‘ziga xos davri. Uning o‘ziga xosligi
uning maxsus sezgirligi, atrofdagi voqelikni o‘zlashtirishga juda ham sezgirdirlar.
O‘yinning ko‘ngilochar shaklida berilgan bilimlarni bolalar uzoq "ruhsiz"
mashqlar, faoliyatlar bilan bog‘liq bo‘lganlarga qaraganda tezroq, kuchliroq va
osonroq egallaydilar. Shuning uchun faoliyatlarni o‘yin orqali tashkil etish,
xususan, didaktik o‘yinlar muammosi pedagogikaning eng dolzarb
muammolaridan biridir. Bolani bilim va aqliy faoliyat usullari bilan boyitish,
kognitiv qiziqishlar va qobiliyatlarni shakllantirish kerak. O‘yin maktabgacha
ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchisining asosiy faoliyati hisoblanadi. Bolaning
xotirasi, tasavvuri, tafakkuri, hissiyotlari, irodasi, xarakterining rivojlanishi o‘yin
jarayonida sodir bo‘ladi. Didaktik o‘yinlar kognitiv xarakterning qobiliyatlari va
ehtiyojlarini, intellektual axloqiy va irodaviy fazilatlarni rivojlantirishni va
kognitiv qiziqishni shakllantirishni rag‘batlantiradi. Bolalar bilan ishlashda turli
didaktik o‘yinlarni qo‘llagan holda, bolalar materialini yaxshiroq idrok etishlari va
murakkab vazifalarni to‘g‘ri bajarish ko‘nikmalarini hosil qilish mumkin. Didaktik
o‘yinlarni qo‘llash pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi, bundan
tashqari, didaktik o‘yinlar bolalarning aqliy rivojlanishiga katta ta‘sir ko'rsatadi,
bolalarda xotirani, fikrlashni rivojlantirishni rag‘batlantiradi. Didaktik o‘yinlar juda
katta ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda faoliyat jarayonida keng
qo‘llash lozim. Tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib
11
borilayotgan o‘qitish jarayonlaridan zerikib qolmasligi kerak. O‘qitish quvonchli
bo'lishi kerak! Didaktik o‘yinlarda shaxsning to‘liq rivojlantirishni
rag‘batlantiruvchi shartlar mavjud: kognitiv va hissiy printsiplarning birligi, tashqi
va ichki harakatlar, bolalarning jamoaviy va individual faoliyati kabilardir.
Shunday qilib, har bir o‘yin bolaga yangi his-tuyg‘ular, ko‘nikmalar olib keladi,
muloqot tajribasini kengaytiradi va jamoaviy va individual faoliyatni rivojlantiradi.
Shularni hisobga olgan holda o‘yinlarni bosqichlarning zarur ketmaketligi, har bir
bola uchun eng oddiy va eng qulay o‘yinlardan tortib, murakkabroq o‘yinlargacha
bola bola hayotida o‘zining tasiri mavjudligini unutmasligimiz lozim. Shaxsning
faoliyat subyekt sifatida shakllanishi o‘yindan boshlanadi. O‘yin katta va ichki
ahamiyatga ega ekanligi shubhasiz. Deyarli barcha maktabgacha ta’lim
tashkilotlarining har bir guruhida har qanday faoliyat davomida, shu jumladan
o‘yin vaqtida o‘zini boshqacha tutadigan va shunga mos ravishda boshqacha
yondashuvni talab qiladigan kamida uch turdagi bolalar mavjud. Birinchi turdagi
bolalar juda faol, harakatchan, kuchli hayajonga moyil. Ular har qanday yangi
o‘yinni bajonidil qabul qilishadi va unda ishtiyoq bilan ishtirok etishadi. Odatda
ular tezda o‘yin maqsadini tushinishadi va faol rollarni bajarishga intilishadi.
Ammo ko‘pincha bu bolalar boshqalarga e‘tibor bermaydilar va o‘z qobiliyatlarini
namoyish etish bilan band bo‘lishadi. Bunday bolalar uchun qoidalarni bajarish
eng qiyin hisoblanadi: o‘z navbatini kutish, ma‘lum bir signalgacha harakat
qilmaslik, asosiy rol yoki jozibali obyektdan boshqalarga voz kechish kabilardir.
Bundan tashqari, ushbu qoidalarni amalga oshirish, qoidalarni bajarish ular uchun
ayniqsa foydalidir. Bunday o‘yinlarni o‘tkazishda birinchi tur tarbiyalanuvchilarga
qoidalarga rioya qilishning ahamiyatini ko'rsatish va ularga rioya qilganlaridan
so‘ng mamnun bo‘lishlarini ta‘minlashga harakat qilish lozim. Ikkinchi turdagi
bolalar ko‘proq uyatchan va ehtiyotkor bo‘lishadi. Ular odatda o‘yinning
maqsadini darhol anglamaydilar va yangi faoliyatga o‘tishga tayyor emaslar.
Avvaliga ular qiziqishsiz, boshqa bolalarning harakatlarini kuzatadilar. Bunday
bolani faoliyatga tayyor bo‘lgunga qadar faol rol o‘ynashga, faoliyatni bajarishga
majburlamaslik lozim. O‘yinni tomosha qilish va birinchi navbatda unda passiv
12
ishtirok etish, u asta-sekin kattalar va uning tengdoshlari tomonidan o‘yinga
qiziqish uyg‘otadi. So‘ngra malum vaqt o‘tgach, u tashabbusni o‘z qo‘liga olishni
boshlaydi. Albatta, bu tarbiyachining ko‘magi va roziligi bilan amalga oshadi.
Biroq, uchinchi guruh tarbiyalanuvchilar, hatto tarbiyachining www.pedagoglar.uz
45-son 7–to’plam Iyun 2023 Sahifa: 114 ko‘magi bilan ham o‘yinga kirishib keta
olmaydi. Har bir guruhda tengdoshlaridan orqada qoladigan va ular bilan teng
harakat qila olmaydigan, passiv tarbiyalanuvchilar bo‘lishi mumkin. Bunday
bolalar o‘yinni takroriy takrorlash orqali ham, faoliyatning maqsadini tushuna
olishmaydi, faol rollardan qochishadi va ularni o‘z zimmalariga olishganda ham,
noto‘g‘ri harakat qilishadi. Bu guruhda kiruvchi tarbiyalanuvchilar alohida e‘tibor
talab qiladi. Ular kattalar bilan shaxsiy aloqaga, shaxsiy e‘tiborga, tushuntirishga,
rag‘batlantirishga muhtoj bo‘lishadi. Adabiyotlarni nazariy o‘rganish, natijalarini
amaliy faoliyatga tahlil qilib, tadbiq etish orqali didaktik o‘yinlarni qadim
zamonlardan boshlab maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda har doim katta
ahamiyatga ega bo‘lgan degan xulosaga kelish mumkin. O‘yindan foydalanishning
didaktik usuli XVIII asrda I. B. Bazedov, C. G. Salzman, kabi pedagoglar
tomonidan ishlab chiqilgan. Ular bolalarning ta‘limini yanada qiziqarli, ularning
yosh xususiyatlariga mos qilish uchun turli o‘yinlardan foydalanganlar. Ushbu
o‘yinlarni qo‘llashning didaktik usuli pedagogikada 2000- yilga kelib F. Ferebl
tomonidan taqdim etilgan. U o‘yinni nutqni boyitish, fikrlash, tasavvurni
rivojlantirishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini takidlab o‘tgan. F.
Ferebl o‘yinni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalash uchun asos
deb hisoblagan. F. Ferebl bolalar uchun turli didaktik o‘yinlarni ishlab chiqgan.
Didaktik o‘yinlarning rolini ochib berish haqidagi maxsus bilimlar Tixeevaga
tegishlidir (Tixeeva, 2013). U didaktik o‘yin bolaning eng xilma-xil qobiliyatlarini,
uning idrokini, nutqini, e‘tiborini, tafakkurini rivojlantirishga imkon beradi, deb
hisoblagan. Tixeeva tomonidan ishlab chiqilgan ba’zi didaktik o‘yinlar hozirgi
kunga qadar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatlarida keng foydalaniladi.
13