MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI PEDAGOGIK HODIMLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI (Maktabgacha ta’lim tizimiga malakali kadrlarni tayyorlash)
Yuklangan vaqt
2024-04-26
Yuklab olishlar soni
6
Sahifalar soni
34
Faytl hajmi
75,2 KB
Ilmiybaza.uz
MAVZU:
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI PEDAGOGIK
HODIMLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
KURS ISHI
1
Ilmiybaza.uz
REJA:
KIRISH .................................................................................................................... 3
I- BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIGA MALAKALI KADRLARNI
TAYYORLASH VA ULARNI JAMOA FAOLIYATIDAGI O’RNI ................. 7
1.1. Maktabgacha ta’lim tizimiga malakali kadrlarni tayyorlash ............................... 7
1.2. Maktabgacha ta`lim tashkiloti pedagog-xodimlarining jamoa faoliyatidagi
o’rni ........................................................................................................................ 13
2- BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI PEDAGOGIK
HODIMLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI ................................... 19
2.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik hodimlarning huquq va
majburiyatlari .......................................................................................................... 19
2.3 Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik hodimlar tomonidan ta`lim -
tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish ............................................................................. 23
XULOSA ............................................................................................................... 31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ............................................................. 33
2
Ilmiybaza.uz
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari
chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi
hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji
yo'q. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini
zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi
bosqichga kirdi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib
chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez
rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan,
Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun
xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”.
Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta,
oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida
oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil
fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi
bosqichga
ko'tarish,
oliy
ta'limni
modernizatsiya
qilish,
ilg'or
ta'lim
texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni
bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini
bajarib bermoqda.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro
hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish
integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.
Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor
yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini
kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim
platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion
3
Ilmiybaza.uz
tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro
e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berilgan.
Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat
qiladi.
Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari ilm-fanning yirik
o'choqlari hisoblanishi hech kimga sir emas. Hozirda yangi-yangi oliy o'quv yurtlari,
dunyodagi etakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun,
so'nggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta'lim muassasasi, jumladan, xorijiy
universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o'quv yurtlarining soni 125 taga yetdi.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyati
yo'lga qo'yilmoqda. Aholi fikrini o'rgangan holda, sirtqi va kechki ta'lim shakllari
qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy ta'limga
qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga etdi.
Professor-o'qituvchilarning xorijdagi oliy ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot
maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o'tashini ta'minlaydigan mexanizm
yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori 2018 yilga nisbatan o'rtacha 2,5 barobar
oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy ta'lim muassasasi o'zini-o'zi moliyalashtirish
tizimiga o'tkazildi.
Oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy
o'quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2
barobarga ko'paytirib, 2 mingtaga etkazilishi oliy ta'limga qamrab olish ko'lamini
yanada kengaytirdi.
Xususan, ta'lim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu – “Ta'lim
to'g'risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo'ldi. Mazkur qonunga
asosan ta'lim sohasidagi asosiy printsiplar, ta'lim tizimi, turlari va shakllari aniq
belgilab qo'yildi.
Shuningdek, qonunga ko'ra, davlat oliy ta'lim, o'rta maxsus, professional ta'lim
muassasalari va ularning filiallari, davlat ishtirokidagi oliy, o'rta maxsus,
professional ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat
4
Ilmiybaza.uz
qarorlari bilan tashkil etiladigan bo'ldi. Nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish
ularning ta'sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta'lim
tashkilotlariga litsenziya Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi
tomonidan beriladigan bo'ldi.
Shunga ko'ra, mazkur Qonunning qabul qilinishi hamda amaliyotga joriy
etilishi ham ta'lim sohasida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bo'ldi
deyishimiz mumkin.
So'nggi yillarda O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar
Prezidentimiz tashabbusi bilan oliy ta'lim tashkilotlari uchun akademik va tashkiliy,
shuningdek, moliyaviy mustaqillikning berilishi hamda Kengashlar vakolatlarining
kengayotgani ta'lim sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, sifatli ta'lim
xizmatlarini ta'minlash va bu borada hukumatimiz tomonidan berilgan vazifalarni
to'la-to'kis ado etish orqali mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi salohiyatli
kadrlar tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi. Shu sababli bugungi kunda
ta`limga oid qonunchilik hujjatlarini o`rganish, pedagog va xodimlarning huquqiy
savodxonligini oshirish ayni paytda zarur va dolzarbligini hisobga olib, kurs ishimiz
mavzusini “ Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik hodimlarning huquq va
majburiyatlari ” deb tanlab oldik.
Kurs ishining obyekti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik
hodimlarning huquq va majburiyatlarini o`rganish deb belgilandi.
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik
hodimlarning huquq va majburiyatlari bilan bog’liq hujjatlar.
Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik
hodimlarning huquq va majburiyatlarining ahamiyatini oʻrganish.
Kurs ishining vazifalari:
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik hodimlarning huquq va
majburiyatlarini o’rganish va tatbiq qilish;
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik hodimlarning huquq va
majburiyatlarining ahamiyatini o’rganish;
5
Ilmiybaza.uz
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik hodimlarning huquq va
majburiyatlari talablariga rioya etilishini o’rganish
Kurs ishining metodlari: Kuzatish, suhbat va taqqoslash.
Kurs ishining nazariy ahamiyati. Izlanishlar doirasida o’rganilgan
pedagogik psixologik, ilmiy-nazariy adabiyotlar tahlili, mazkur muammoning
o’rganilganlik holati, bu boradagi amalga oshirilgan ishlarning tahlili va tadqiqot
natijasida ilgari surilgan nazariy g’oyalar hamda xulosalar. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning har tomonlama ham ahloqiy, ham jismoniy barkamolligini
rivojlantirishga oid nazariy bilimlarni boyitishga hizmat qiladi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqotdan olingan natijaga asoslanib ishlab
chiqilgan
ma’lumotlardan
maktabgacha
yoshdagi
bolalarning
o‘zaro
munosabatlarini o’rganish borasidagi ishlarni amalga oshirishda bo’lg’usi
tarbiyachilar pedagogik faoliyatida foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, 3 paragraf, xulosa va
tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
6
Ilmiybaza.uz
I- BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIGA MALAKALI KADRLARNI
TAYYORLASH VA ULARNI JAMOA FAOLIYATIDAGI O’RNI.
1.1. Maktabgacha ta’lim tizimiga malakali kadrlarni tayyorlash .
Mamlakatda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, turli shakldagi
maktabgacha ta'lim tashkilotlarini barpo etish, ularni yuqori malakali, zamonaviy
fikrlaydigan tarbiyachilar va mutaxassislar bilan ta'minlash, ta'lim va tarbiya
jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etishga qaratilgan loyihalar amalga
oshirilmoqda. Bugungi kunga kelib maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan soha
uchun ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashga ham katta e'tibor qaratildi. 2018 yili
Oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar ixtisosliklar ro‘yxatiga yangi
13.00.08. “Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi
kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya
Komissiyasining qarori bilan Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va
mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzurida
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy
kengashi tashkil etildi. Ushbu ilmiy kengash 13.00.08. “Maktabgacha ta'lim va
tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha mamlakatimiz tarixidagi
birinchi tashkil tashkil etilgan ilmiy kengash hisoblanadi. 2019 yil 22 avgust kuni
ilmiy kengashning dissertatsiyasi himoyasi bo‘yicha ilk (birinchi) yig‘ilishi bo‘lib
o‘tdi. Unda tadqiqotchi Nilufar Rejamatovaning
“O‘zbek xalq cholg‘ulari
vositasida bolalar ijodkorligini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish”
mavzusidagi, Go‘zal Nazirovaning “Maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagogik
jarayonlarni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash raisi, professor Qahramon Olimov mavzu yuzasidan shunday
dedi:“Hozirgi kunda ilmiy kengashga mazkur ixtisoslik bo‘yicha 1 ta fan doktorlik
hamda 5 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoyaga qabul qilingan. Shuni
ta'kidlash joizki, Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzurida doktorantura
tashkil qilindi hamda
Maktabgacha ta'lim va tarbiya muammolariga qaratilgan 100dan ortiq muhim
7
Ilmiybaza.uz
mavzular shakllantirildi. Bundan keyingi tadqiqotchilarga ushbu mavzular bo‘yicha
ilmiy izlanishlar olib borishlari tavsiya qilinadi. Ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun
hududlarda innovatsion va eksperimental maydonchalar tashkil qilingan. Bundan
keyin eng muhim e'tibor dissertatsiya tadqiqoti natijasida ishlab chiqilgan yangi
metodikalar, innovatsion ta'lim texnologiyalari va metodik ishlanmalarni
amaliyotga joriy qilinishiga qaratiladi”.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olib
ishlab chiqilgan “Ilk Qadam” davlat o‘quv dasturining joriy qilinishi tadqiqotchilar
uchun keng yo‘nalishdagi izlanishlar olib borish va natijalarini ta'lim va tarbiya
jarayoniga tatbiq qilish imkonini beradi. O’zbekiston bugungi kunda rivojlangan
davlatlar qatori raqamli davrga o’tmoqda va bu bilan bog’liq o’zgarishlar aksariyat
hollarda, ishlab chiqarish sohalarida, uy-joy kommunal xo’jaligida, savdo va boshqa
sohalarda aniq ko’rinmoqda. Hozirgi kunda biz o’z hayotimizning asosiy qismini
virtual dunyoga o’tkazayapmiz: kompyuterlar, noutbuklar, planshetlar, smartfonlar
va boshqa moslamalar. Biz u yerda suhbatlashamiz, do’stlar orttiramiz, ishlaymiz,
fotosuratlar almashamiz, taassurotlar, fikrlarimizni bo’lishamiz, o’yinlardan
foydalanamiz, tomoshabop filmlar ko’ramiz, “like”lar bosamiz, ma’lumotlar
joylashtiramiz. Axborot resurslarining barcha toifadagi fuqarolar hayotiga - yosh
bolalardan tortib, nafaqaxo’rlargacha kirib borganligi - axborot texnologiyalari
zamonaviy jamiyatni qiziqtirgan barcha muammolarni hal qilishga qodir degan
fikrni shakllantiradi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar butun dunyo bo’ylab barcha
ta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun yangi vositalarni taqdim etadi.
Raqamlashtirish, o’rganilgan saboq va bilimlarni almashish uchun imkoniyatlar
yaratib, odamlarga ko’proq ma’lumot olish va kundalik hayotlarida yaxshi qarorlar
qabul qilish imkoniyatini beradi. Yaqin kelajakda ta’lim muhitida raqamlashtirish
bilan bog’liq katta o’zgarishlar yuz beradi. Kadrlar tayyorlashda elektron ta’lim
tizimi yangi imkoniyatlar va yangi vazifalarni yaratmoqda [8-30]. Asosiy
imkoniyatlar qatoriga ta’limga oid muammolarni hal qilish, ta’lim shaklini tanlashni
kengaytirish, bilimlarni uzatish vositalarini ko’paytirish kiradi. Raqamli
texnologiyalarning zamonaviy ta’limdagi o’rni va rolini anglash zarurati
8
Ilmiybaza.uz
maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi va didaktikasi sohalaridagi
zamonaviy tadqiqotlarda o’z aksini topishi kerak. Elektron ta’lim tizimining
muammolarini ikkita sinfga bo’lish mumkin: hozirgi (o’tish davri) va immanent.
Bugungi kunda ta’lim tizimining raqamli texnologiyalarga tez kirib borishi axborot
makonida taqdim etilayotgan ko’p narsalarni jiddiy tahlil qilish va pedagogik
asoslash uchun asos yaratmoqda. Ushbu maqolaning maqsadi ta’lim jarayonini
raqamli rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini, ularning afzalliklari va
tahdidlariga asoslangan holda aniqlashdir, raqamli texnologiyalarni maktabgacha va
boshlang’ich ta’lim tizimida ilmiy asoslangan holda amalga oshirish zarurati
gipotezasi asosida tahlil qilish. Ta’lim muhitini raqamlashtirish turli shakllarda
amalga oshirilishi mumkin: - mavjud o’quv materiallarini, shu jumladan ma’ruzalar,
prezentatsiyalar, darsliklar, mustaqil ish uchun topshiriqlarni va bilimlarni
boshqarish vositalarini elektron muhitni tarjima qilish; - o’qituvchi va bola-o’quvchi
o’rtasidagi o’zaro aloqalar uchun interaktiv elektron muhitni shakllantirish, shu
jumladan o’qituvchilar uchun elektron sinflar yaratish, veb- seminarlar, munozarali
forumlar o’tkazish va hk.; - yangi turdagi o’quv vositalarini yaratish: elektron
darsliklar, elektron muammoli kitoblar, video ma’ruzalar, elektron topshiriqlar
bazasi, kompyuter o’yinlari; - elektron muhit imkoniyatlaridan foydalangan holda
ta’limning tubdan yangi shakllarini yaratish - axborotni xayoliy uzatish spektrini
kengaytirish,
rolli
o’yinlar
jarayonida
turli
vaziyatlarni
modellashtirish,
raqobatbardosh o’yinlarga taqlid qilish va hk.; - sun’iy intellekt imkoniyatlarini
o’quv jarayoniga tadbiq qilish. Bugungi kunda ta’lim tashkilotlarining aksariyat
qismida ta’limni raqamlashtirish jarayoning dastlabki shakli amalga oshirilmoqda.
Bu o’quvchilarning o’quv materiallariga kirishini engillashtirish, ijtimoiy
ahamiyatga ega bo’lmagan o’quv yuklamasini kamaytirish, o’quv intizomi va o’quv
jarayoni mazmuni ustidan nazoratni osonlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari,
ushbu jarayon masofadan boshqarish pultini sezilarli darajada kengaytirishga
imkon yaratmoqda. Biroq,
9
Ilmiybaza.uz
ushbu tendentsiya ortidan, kimdir ertami-kechmi ta’lim tizimidagi (ta’lim xizmatlari
bozorida) o’z o’rnini yo’qotishi mumkin. 1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19- oktabr
kuni
maktabgacha
ta’lim
tizimini
tubdan takomillashtirish
masalalariga
bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Prezidentning Davlat maslahatchilari,
tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda milliy genofondni mustahkamlash, yosh avlodni yetuk kadrlar etib
tarbiyalash masalalariga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda. 2017-yil 16- avgust
kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta’lim tizimini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlari
belgilab berildi. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh
qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar
qo‘yilgan edi.
Prezidentimizning 2017- yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab
chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat
tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali
pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni
qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim
dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama
intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi.
Yig‘ilishda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
1Qodirova F.R, Toshpo‘latova SH.Q, Qayumova N.M., Agzamova M.N. “Maktabgacha pedagogika” T.:
Tafakkur, T- 2019. Darslik.
10
Ilmiybaza.uz
Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida
gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga
to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir, dedi
Prezidentimiz.
Qaysi sohani olmaylik,
biz
zamonaviy
yetuk kadrlarni
tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz.
Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha
ta’lim tizimidan boshlanadi.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini
hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri
davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan
davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib
voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol
ko‘rsatib turibdi.
Bunga qo‘shimcha isbоt qidirib uzoqqa borishning hojati yo‘q. Bog‘cha tarbiyasini
olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash
darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas.
Shuning uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish
masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik.
Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim
tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz
qiyin bo‘ladi, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat
dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga
olinib, nodavlat ta’lim muassasalari, jumladan, nodavlat bog‘chalar tarmog‘ini
kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni
shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida
e’tibor qaratildi. Biz qabul qilayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga
11
Ilmiybaza.uz
oshiradigan, farzandlarimizga bilim asoslarini, eng zarur hayotiy tushuncha va
ko‘nikmalarni o‘rgatadiganlar yuqori malakali tarbiyachi va murabbiylardir, deya
ta’kidlandi yig‘ilishda.
Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik usul va uslublarni
ishlab chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va
nashr etish ham g‘oyat dolzarb vazifadir.
Yana bir muhim masala – bu maktabgacha ta’lim muassasalarida malakali tibbiy
xizmatni tashkil etish, sanitariya me’yorlari va gigiyena qoidalariga to‘la javob
beradigan sog‘lom ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish zarur.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha ta’lim
vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa tegishli
idoralarga har bir masala yuzasidan aniq muddatlari ko‘rsatilgan holda muhim
topshiriq va vazifalar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar,
viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar)
maktabgacha ta’lim bo‘limlarini binolar va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash
zarurligi qayd etildi.
12
Ilmiybaza.uz
1.2. Maktabgacha ta`lim tashkiloti pedagog-xodimlarining jamoa faoliyatidagi
o’rni
Ta`lim sohasida yagona davlat tizimini amalga oshirish Davlat boshqaruv
organlariga rahbarlik qilish ta`limni rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqish va
amalga oshirish har bir rahbarning bosh vazifalaridan biridir. Maktabgacha ta`lim
to’g’risidagi Nizomda ham maktabgacha ta`lim muassasalarini boshqarish va
kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshirish, rahbarning huquq doirasi kafolatlari
belgilab berilgan. Maktabgacha ta`lim muassasasi ustavida har bir bolalar
muassasasi tomonidan qabul qilingan ustaviga binoan uslubchining ish jarayonida
huquq va vazifalari aniqlab belgilab beriladi, ya`ni uslubchi, birinchidan, oliy yoki
o’rta maxsus ma`lumotiga bo’lgan etakchi metodik jihatdan kuchli ma`naviy,
siyosiy ongi, dunyoqarashi keng tadbirkor, kamida bitta xorijiy tilni biluvchi
pedagoglardan tayinlanadi. Shuningdek, uslubchi quyidagilarni bilishi lozim:
maktabgacha bolalar muassasasidagi ta`lim - tarbiyaviy ishga metodik
rahbarlikni amalga oshiradi;
«Ilk qadam» davlat ta`lim Dasturining bajarilishini ta`minlaydi va
nazorat qiladi, ta`lim - tarbiyaviy ishning to’g’ri uyushtirilishi uchun javobgar;
ilg’or pedagogik tajribani o’rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi,
pedagogik kengashda ko’rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi;
maktabgacha bolalar muassasasidagi metodik kabinetning ishini
tashkil qiladi; bolalarnnng yoshlariga muvofiq pedagogik qo’llanmalar va
o’yinchoqlarni tanlaydi;
ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni tashviqot qilish, turli guruh
tarbiyachilari, shuningdek, maktabgacha bolalar muassasasi va maktab ishida
ketma ketlilikni ta`minlash bo’yicha ishni uyushtiradi.
Uslubchi oliy pedagogik ma`lumotga (maktabgacha ta`lim bo’limi) ega bo’lgan
yoki o’rta pedagogik (maktabgacha bo’limi) ma`lumotiga va kamida 3 yil
pedagogik stajiga ega bo’lgan eng yaxshi tarbiyachilardan tayinlanadi.
13
Ilmiybaza.uz
O’z hamkasblarining hurmatini qozonishi va ularga o’z vazifalarini muvaffaqiyatli
bajarishlarida yordam berish uchun uslubchi qanday rahbarlik sifatlariga ega
bo’lishi kerak?
Uslubchi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni amalda
qo’llash ko’nikmasiga ham ega bo’lishi zarur.
Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi:
g’oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining
imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishiga qarab farqlanadi.
Uslubchi talablarni qo’yishda talabchan va qatiy bo’lishi kerak. Rahbarning o’ziga
buysinuvchilar bilan muloqotning emotsional - irodaviy tomonini ifodolovchi bu
sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislatini, talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak
talabchanlikni sezgirlik, xayrixoxlik, odamlarga hurmat bilan birga olib borish
zarur. Talabchanlik - bu qattiqqo’llik degan gap emas. Buyruqldar, qattiq tanbehlar,
xayfsanlarning foydasidan ko’ra zarari ko’proq va bu odatda rahbarning
kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining ta`lim - tarbiyaviy faoliyatining
samaradorligi uning obro’si ko’p jihatdan pedagoglar jamoaning jipslashganligiga,
eng avvalo butun maktabgacha ta`lim muassasa rahbar yadrosida birlik va o’zaro
tushunishning mavjudligiga bog’liq bo’ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta`minlash; jamoada
jamoatchilik fikrini, tarbiyachilarning bir - birlarining kamchiliklariga tanqidiy
munosabatini shakllantirish, mehnat faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini
rag’batlantirish; qabul qilingan qarorlar echimini ta`minlash kabi ijtimoiy
psixologik masalalarini hal qilish uslubchi uchun birmuncha murakkablik qiladi.
Har bir yosh mutaxassis ishini endi boshlayotgan yosh tarbiyachi maslahatlar olib
turishi uchun unga tajribaliroq murabbiy va obro’liroq tarbiyachini biriktirish
lozim. 2
2 Djuraeva.D.R. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy tendentsiyalari T.:
2015 y. O‘zPFITI. Uslubiy ko‘llanma.
14
Ilmiybaza.uz
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan bo’lmaydi. Mana
shuning uchun ham yosh pedagog ishining ilg’or metodlari va usullarini
egallashga, o’z bilimlarini doimo to’ldirib borishga, erishilganlar bilan
cheklanmay, tarbiya asoslarini egallash ishtiyokini singdirishga yo’llash
uslubchining vazifasi hisoblanadi.
Uslubchining doimiy hujjatlari qatoriga guruhlardagi ta`lim - tarbiyaviy va
sog’lomlashtirish ishlarini nazorat qilish daftari (jurnali) ham kiradi. Unda uslubchi
o’zining guruhlarda bolalarning o’quv, o’yin, mehnat faoliyatlarini o’rganishga
doir ishini; tarbiyachilar ishining sifatini; bolalarning dasto’rining turli bo’limlari
bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarining tahlili; bolalarning xulq -
atvor madaniyati, ma`naviy- irodaviy sifatlarini, jamoada yashash ko’nikmalarini
egallaganlik darajalari va shu kabilarni aks ettiradi. Uslubchi tarbiyachilar ishidagi
ijobiy jarayonlarni va kamchiliklarni qayd etadi, ularning qiyinchiliklari va
muvaffaqiyatsizliklari sabablarini tahlil qiladi hamda ishni yaxshilashning aniq
yo’llarini ko’rsatadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasisi (yasli - maktabgacha ta`lim muassasasi)
tarbiyachi – uslubiyotchisi lavozimining malaka tavsiflari
Maktabgacha ta`lim muassasasisi (yasli - maktabgacha ta`lim muassasasi)
tarbiyachi – uslubiyotchisi lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a)
maktabgacha ta`lim muassasasisi (yasli - maktabgacha ta`lim
muassasasi) jamoasi o’quv - tarbiyaviy faoliyatiga metodik uslubchilik qiladi,
barcha yosh guruxlarida bolalarni tarbiyalash va o’qitish dasturlarining
bajarilishini ta`minlaydi va nazorat qiladi, bevosita bolalar bilan ishlovchi
tarbiyachilarga va tibbiy xamshiralarga zarur metodik yordam ko’rsatadi.
b)
maktabgacha ta`lim muassasasisida metodik kabinet ishini tashkil
qiladi, bolalarni tarbiyalash va o’qitish bo’yicha yo’riqnoma - metodik
materiallarni umumlashtiradi, ilg’or tarbiyani o’rganadi va umumlashtiradi,
tarbiyachilar va tibbiy xamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qiladi
tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordam berish maqsadida maslahatlar o’tkazadi;
15
Ilmiybaza.uz
v) bolalar tarbiyachisining
dolzarb masalalarini pedagogik kengashning
muhokamasiga qo’yadi, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda
tarbiyachilarning faol ishtirokini ta`minlaydi, qabul qilingan qarorlarning
bajarilishini nazorat qiladi, ota - onalar orasida pedagogik bilimlarning tashviqoti
bo’yicha, maktabgacha ta`lim muassasasilar va maktablardagi turli yosh guruxlari
bo’yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta`minlash bo’yicha ishni tashkil qiladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasisi (yasli
- maktabgacha ta`lim muassasasi)
tarbiyachi - uslubiyotchisi quyidagilarni bilishi kerak:
a)
Ta`lim to’g’risida‖gi qonunlarini, maktabgacha ta`limga qo’yilgan
davlat talablarining mazmunini, xukumatning tegishli qarorlari, Xalq ta`limi
vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, buyruqnomalari, metodik va me`yoriy
xujjatlarini, bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar
kontseptsiyasini;
b)
maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi
bolalarni o’qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini, maktabgacha ta`limga davlat
talablarini nazorat qilish shakllari va metodlarini, bolalar hayoti va sog’lig’ini
muhofaza qilish qoidalarini;
v) pedagogik fan va aialiyotda ishlab chiqilgan me`yoriy - metodik xujjatlarni,
o’quv va tarbiya jarayonida o’qitish texnikaviy vositalardan foydalanish
amaliyotini.
Maktabgacha ta`lim muassasasisi (yasli - maktabgacha ta`lim muassasasi)
tarbiyachi - uslubiyotchisi lavozimiga quyidagi malaka talalari qo’yiladi:
a)
Oliy yoki o’rta maxsus pedagogik (maktabgacha) ma`lumot;
b)
uch yildan kam bo’lmagan pedagogik ish staji.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o’rnini
bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta`lim jarayonining qatnashchilari
hisoblanadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni
saylash tartibi va ularning vakolatlari maktabgacha ta`lim muassasasining
ustavlarida belgilanadi. Vasiylik kengashlarining faoliyati belgilangan tartibda
16
Ilmiybaza.uz
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan
kengashi to’g’risidagi namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.
Bolalarni qabul qilishda maktabgacha ta`lim muassasasi ota-onalari yoki
ularning o’rnini bosuvchi shaxslarni muassasaning ustavi va uning faoliyatini
tartibga soladigan boshqa hujjatlar bilan tanishtirilishi shart.
Maktabgacha ta`lim muassasasi bilan ota-onalar yoki ularning o’rnini
bosuvchi shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga
solinadi. Shartnoma o’qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish
jarayonida paydo bo’ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va
javobgarligini o’z ichiga oladi.
Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar:
O’z
bolalar
uchun
o’qitish
va
tarbiyalashning
shakllarini,
maktabgacha ta`lim muassasalari tipini va ta`lim berish tilini tanlash;
Maktabgacha ta`lim muassasasi ma`muriyatidan maktabgacha ta`lim
muassasasining ustaviga muvofiq bo’lgan zarur shart-sharoitlar ta`minlanishini
talab qilish;
qilish;
Bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishni talab
Bolalarning bolalar maktabgacha ta`lim muassasasidagi hayot
kechirishini tashkil etishda faol ishtirok etish;
Rejim doirasida ular uchun qulay bo’lgan istalgan vaqtda bolalarni
maktabgacha ta`lim muassasasiga olib kelish va undan olib ketish huquqiga ega;
Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar qonun hujjatlariga
va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin.
Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar quyidagilarga majbur:
Bolalarning jismoniy va psixik sog’lig’i uchun g’amxo’rlik qilish;
17
Ilmiybaza.uz
Bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo’lish, unda
mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shavqat fazilatlarini, o’zidan kata yoshdagilarga
hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini tarbiyalash;
Belgilangan me`yorlarga muvofiq bolalar bog’chasida bolaning
ta`minotiga to’lovni o’z vaqtida to’lash;
Bolalarni oilada tarbiyalash uchun zarur shartsharoitlarni ta`minlash;
Bolalarning to’laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena
ko’nikmalarini shakllantirilishini qat`iy kuzatib borish, bolani maktabgacha ta`lim
muassasasiga ozoda kiyingan xolda olib kelish.
Ota-onalar
yoki
ularning
o’rnini
bosuvichi
shaxslar
qonun
hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
Maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o’rtasidagi
munosabatlar o’zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy
xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi jamoasini butlashtartibi namunaviy shtat
jadvaliga muvofiq belgilanadi.
Tegishli pedagogik ma`lumotiga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy
sifatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyati bilan shugullanish huquqiga
ega.
Sud xukmi yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan
shug’ullanishi taqiqlangan shaxslarni ushbu faoliyat bilan shug’ullanishiga yo’l
qo’yilmaydi.
18
Ilmiybaza.uz
2- BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI PEDAGOGIK
HODIMLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik hodimlarning huquq va
majburiyatlari
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquq va
majburiyatlari Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risidagi Qonunning 39-
moddasida bayon etilgan. Bular quyidagilardan iborat:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari:
kasbiy sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
ijodiy tashabbus ko‘rsatish, ta’lim va tarbiya uslubiyotlarini, o‘quv
qo‘llanmalari hamda ta’lim vositalarini erkin tanlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda ishtirok etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda
ishtirok etish;
pedagogik faoliyatidagi muvaffaqiyatlar uchun ma’naviy va moddiy
rag‘batlantirilish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy, innovatsion, xalqaro
faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari qonunchilikka
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini o‘z kasbiy
majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan ish turlariga jalb etishga yo‘l
qo‘yilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari:
bolalarga professional darajada ta’lim va tarbiya berishi;
pedagogik etikaga rioya etishi, bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya
qilishi, bolalarni zo‘ravonlik ko‘rinishlaridan himoya qilishi, ularni vatanparvarlik,
mehnatga, qonuniy vakillariga hurmat bilan va atrof-muhitga ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashi;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini bajarishi;
19
Ilmiybaza.uz
o‘z malakasini oshirishi;
o‘z kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini takomillashtirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari zimmasida
qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Ta’lim-tarbiya
jarayonidan
siyosiy
maqsadlarda
yoki
bolalarni
qonunchilikka zid bo‘lgan harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish
taqiqlanadi.
40- modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog
xodimlarining haftalik ish yuklamasi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun
haftalik ish yuklamasining miqdorlari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarining haftalik
ish yuklamasi ushbu ish turi bo‘yicha ish vaqti normalangan davomiyligining bir
yarim baravari miqdoridan oshmasligi kerak.
Qonunchilikda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog
xodimlarining ayrim toifalari uchun haftalik ish yuklamasining boshqacha
davomiyligi belgilanishi mumkin.
41- modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining mehnatiga
haq to‘lash va dam olishi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash
miqdori va tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari
quyidagilar asosida shakllantiriladi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimining lavozimi va malaka
toifasiga muvofiq belgilangan bazaviy tarif stavkalari;
lavozim maoshlariga ustamalar va qo‘shimcha haqlar.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlari uchun quyidagi
malaka toifalari belgilanadi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega mutaxassis;
20
Ilmiybaza.uz
bakalavr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik darajalar
joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik
darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega ikkinchi toifali
mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik
darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega birinchi toifali
mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik
darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega oliy toifali mutaxassis.
Maktabgacha
ta’lim
tashkilotlarining
xodimlariga
ish
vaqtining
qisqartirilgan muddati belgilanadi, har yilgi uzaytirilgan haq to‘lanadigan ta’til va
qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
42- modda. Pedagogning kasbiy standarti
Ish beruvchilar tomonidan pedagogning kasbiy standarti:
kadrlar siyosatini shakllantirish;
pedagog kadrlarni ishga qabul qilish;
mehnat shartnomalarini tuzish;
lavozim yo‘riqnomasini ishlab chiqish;
mehnatga haq to‘lash;
pedagoglar o‘qishini tashkil etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish
chog‘ida qo‘llaniladi.
Pedagogning kasbiy standarti hududlarning madaniy, demografik va
boshqa xususiyatlari inobatga olingan holda talablar bilan to‘ldirilishi mumkin.
Pedagogning kasbiy standarti pedagogning shaxsiy sifatlariga nisbatan
uning bilimlari, mahorati va ko‘nikmalaridan ajralmas bo‘lgan talablar qo‘yadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
21
Ilmiybaza.uz
Pedagogning malaka toifasi pedagogning kasbiy standartiga muvofiq
beriladi.
43- modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini
attestatsiyadan o‘tkazish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan
o‘tkazish besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan
o‘tkazish Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog xodimlarini attestatsiyadan
o‘tkazish natijalariga ko‘ra pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga
muvofiqligi aniqlanadi va uning malaka toifasi belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan
o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
44- modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga doir cheklovlar
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan,
pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki
jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi
uchun ilgari hukm qilingan shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik
faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli
mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan,
sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga
nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar, qasddan sodir
etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi
to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik
lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiya
tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir boshqa cheklovlar ham
belgilanishi mumkin.
22
Ilmiybaza.uz
2.3 Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik hodimlar tomonidan
ta`lim - tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish.
Ta`lim - tarbiyaviy ish holatini nazorat qilishning asosiy maqsadi barcha
yosh guruxlaridagi pedagogik jarayonni takomillashtirish va har bir tarbiyachiga
mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishda aniq yordam ko’rsatishdan iboratdir.
Uslubchi gurux hayotining barcha tomonlarini ko’rishi, tarbiyachi ishining, bolalar
xulq - atvorining mohiyatini chuqur bilishi, asosiysini, muhimini farqlay olishi,
faktlarni qayd etish bilan cheklanmay, ularning sabab va oqibatlarini aniqlashi
lozim.
Nazorat agarda uslubchi pedagoglarning ishlarini chuqur tahlil qilsa, uning
kuchli va zaif tomonlarini ko’rsatsa, mavjud kamchiliklarni yo’qotishning aniq
yo’llarini aniqlashda yordam bergan hollardagina tarbiyaviy ishni yaxshilashning
amaliy vositasi bo’lishi mumkin.
Uslubchi ta`lim - tarbiyaviy ishni nazorat qilishni tarbiyachi ishini bevosita
kuzatish va tahlil qilish yo’li bilan amalga oshiradi. Eng yaxshi maktabgacha ta`lim
muassasalar tajribasi nazorat qilishning tematik, frontal, ogohlantiruvchi va
solishtirish turlari samaraliroq ekanligini ko’rsatdi.
Tematik nazorat nazoratning maktabgacha ta`lim muassasalarda eng keng
tarqalgan turidir. Tematik nazorat tarbiyachining ish tizimini dasturda ko’rsatilgan
ma`lum tema doirasida o’rganishni nazarda tutadi..
Masalan, uslubchi
ma`lum
bo’lim bo’yicha
dastur
qanday
bajarilayotganligini;
tarbiyachi
mashg’ulotlar o’tkazish
metodikasini
egallaganegallamaganligini
bolalarda
madaniy - gigienik
va
mehnat
malakalarining darajasi qandayligini; bolalar o’yinida tarbiyachining roli
qandayligini; sayrlardan jismoniy tarbiya va tevarak - atrof bilan tanishtirish
maqsadlarida foydalanilayotganligi yoki yo’qligini; bolalarni maktabda o’qishga
psixologik tayyorlash sifati qandayligini va shu kabilarni tekshiradi.