MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA GURUH
XONALARINING JIHOZLANISHIGA QO’YILADIGAN TALABLAR
MUNDARIJA:
KIRISH.......................................................................................................................
I BOB MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTILARI GURUH
XONALARINING
JIHOZLANISHIGA
QO’YILADIGAN
TALABLARNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruh xonalarining jihozlanishiga
qo’yiladigan talablarning mohiyati………………………………………….......
1.2. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida guruh xonalarining jihozlanishida
pedagog hodimlarning o'rni va ta'lim jarayoniga ta'siri…......................................
II BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING HAR
TAMONLAMA BARKAMOL SHAXS BO’LIB RIVOJLANISHIDA
GURUH XONALARI JIHOZLANISHINING AHAMIYATI
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiya olishida guruh xonalarining
jihozlanishining o'rni………………………………………………………….......
2.1
Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruh xonalarining jihozlanishiga
zamonaviy yondoshuv.................................................................................................
XULOSA....................................................................................................................
ADABIYOTLAR RO’YXATI:................................................................................
I BOB Maktabgacha ta'lim tashkilotilari guruh xonalarining jihozlanishiga
qo’yiladigan talablarning nazariy asoslari
1.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruh xonalarining
jihozlanishiga qo’yiladigan talablarning mohiyati
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining
qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 16-yanvarda 2753-son bilan
roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mebel, oʻquv
koʻrgazmali qurollar, teхnik vositalar, oʻyinchoqlar, sport anjomlari va boshqa
ashyolar bilan jihozlash me’yorlari tasdiqlandi.
Jihozlash me’yorlari 171 nomdagi jihozlarni (mebel, oʻquv koʻrgazmali qurollar,
teхnik vositalar, oʻyinchoqlar, sport anjomlari va boshqa ashyolar) oʻz ichiga oladi,
хususan: 43 nomdagi guruh jihozlari yasli guruhlari (2-3 yosh), kichik guruhlar (3-
4 yosh), oʻrta guruhlar (4-5 yosh), katta guruhlar (5-6 yosh), tayyorlov guruhlari
(6-7 yosh) va qisqa muddatli guruhlar kesimida;
maхsus maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qoʻshimcha 19 nomdagi maхsus
jihozlar kichik guruhlar (3-4 yosh), oʻrta guruhlar (4-5 yosh), katta guruhlar (5-6
yosh) va tayyorlov guruhlari (6-7 yosh) kesimida;
109 nomdagi guruhdan tashqari jihozlar (ma’muriy-metodik хonalar, musiqa zali,
jismoniy tarbiya хonasi, oshхona, oziq-ovqat saqlash хonasi, omborхona, kirхona,
tashqi oʻyin maydonchasi uchun jihozlar).
Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy va yuridik
shaхslarning homiylik mablagʻlari, byudjetdan tashqari mablagʻlar, mahalliy va
хorijiy tashkilotlarning grantlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa
manbalar hisobidan boshqa turdagi zarur jihozlar bilan ta’minlanishi mumkin.
Belgilanishicha, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jihozlanishi
ushbu Jihozlash me’yorlaridan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
2
Yuqoridagi ayrimlarinigina sanaganimiz boshi bor-u oxiri ko‘rinmay qolgan
muammolarni bartaraf etish uchun birinchi qadam sifatida O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim
tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul
qilingan Prezident qarorida keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda
tutildi. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat
siyosatini amalga oshirish, tizimni tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv
tuzilmasini tashkil etish choralari belgilandi.
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil
etish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
— Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari
davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha
ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya
jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali
bolalarni intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni
maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi, — deydi
Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin.
Metodik ko‘mak qanchalik zarur?
Har qanday ta’limning asosi — metodika, jumladan, maktabgacha
ta’limniki ham. Maktabgacha ta’limni sifat bosqichiga ko‘tarishda yangi ta’lim
metodlari, innovatsion texnologiyalarning ahamiyati katta. Sababi MTTning
moddiy-texnik bazasi yuqori bo‘lsa-yu, tarbiyachi bola bilan ishlamasa, unga har
kuni yangi ma’lumotlarni o‘rgatmasa, hamma qilingan harakatlar natijasi nolga
tenglashib qoladi. Sohadagi mutaxassislar mahoratini oshirish, ularga zaruriy
metodik ko‘mak berish maqsadida Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va
mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil
etildi.
3
Maktabgacha ta’lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga
alohida e’tibor qaratildi. Qabul qilinayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga
oshiradigan, farzandlarimizga eng zarur hayotiy tushuncha va ko‘nikmalarni
o‘rgatadigan yuqori malakali tarbiyachilarni tayyorlash masalasi kun tartibiga
chiqdi. Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik usul va
uslublarni ishlab chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini
yaratish va nashr etish ham g‘oyat dolzarb vazifa edi. O‘zbekiston
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga
qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining
Davlat o‘quv dasturi qabul qilindi. Endilikda zamonaviy maktabgacha ta’lim
tashkilotining tarbiyachilari bolalarni erkin qo‘ygan holda faollik markazlarida
o‘yin mashg‘ulotlari orqali yangi ma’lumotlarni o‘rgatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimida oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyoj esa
pedagogika universitetlarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga qabul kvotalarining
oshirilishi va nomutaxassis kadrlarni qayta tayyorlovdan o‘tkazish evaziga
to‘ldirilmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tizimidagi
pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-reja va dasturlarni
takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limlarining
“Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 2018—2023-yillar uchun kvotalar
ajratish masalasiga e’tibor qaratildi.
— Hozirgi zamon tarbiyachisi kasbiy mahoratini doimiy tarzda oshirib
borishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to‘liq
anglashi va ulardan mashg‘ulotlarida mohirona foydalanishi zarur. Ta’lim
jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini
oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim
vazifalaridan biridir, — deydi Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar xodimlarini
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi
Mavluda Rustamova. — Tarbiyalanuvchilarning ongi, dunyoqarashini o‘stirish,
ularni mashg‘ulotlarda erkin fikrlaydigan erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda
muhimdir. Tarbiyachi mashg‘ulotda boshqaruvchi, bolalar esa ishtirokchiga
4
aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p
qirrali samara keltiradi. Maktabgacha ta’limda ko‘proq bolalarning yoshi,
fiziologik holatini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Oddiy, oson va kam
vaqt sarflanadigan o‘yin mashqlaridan foydalanib, faollik markazlarida ish olib
borish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan
mashg‘ulotlar bolalar ongi, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish
qobiliyatlarini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini, ya’ni hayotiy kompetensiyasini
rivojlantiradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim: nimasi afzal?
Ochig‘i, avvallari xususiy bog‘cha degan nomning o‘zi odamlarni biroz
o‘zidan itarardi. Chunki davlat bog‘chasi bilan xususiy bog‘cha narxi o‘rtasidagi
tafovut keskin farqlanar, bunday ta’lim tashkilotiga moddiy jihatdan baquvvat
oilalar farzandlari borishi kerak degan tushuncha shakllangan edi. Bu qarash bugun
biroz bo‘lsa-da o‘zgardi. Sababi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari
tarmog‘ini kengaytirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar evaziga bugun
yurtimizda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni keskin ortdi. Bugungi
kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash, yangi bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat dasturi
qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni
shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat ta’lim
talablariga, sanitariya-gigiyena va boshqa normalarga rioya qilish, kelishuv amal
qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish,
shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxining maqbulligi va
arzonligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Bunda
investorlarga preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etilmoqda.
Nega NMTT narxida o‘zgarish ro‘y berdi?
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini
5
qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra bo‘sh turgan binolar nol qiymatda
tadbirkorlarga berildi, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartlarida tashkil etilgan
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qator soliq imtiyozlari nazarda
tutildi. Xususan, nodavlat MTM faoliyat ko‘rsatishni boshlagan paytdan boshlab
10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga
majburiy ajratmalardan, DXSh to‘g‘risida bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil
muddatga — tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan asbob-
uskunalar, inventar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘yin zonalari uchun bojxona
to‘lovlaridan ozod etildi. Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat
yuritadigan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratilishi belgilandi. Bular narx
siyosatiga ta’sir etmasdan qolmaydi, albatta.
— Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish
bo‘yicha qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlar asosida hududda 12 ta nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 115 ta davlat-
xususiy sherikchilik asosidagi bog‘cha ishga tushirildi, — deydi Surxondaryo
viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Robiya Kattayeva. —
Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan 200 dan oshiq
xonadon bog‘chalar ham bolalarni maktabga tayyorlash borasidagi
maqsadlarimizni amalga oshirishda ko‘makchi bo‘lyapti. Ayniqsa, viloyatning
chekka hududlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotida bolasi tarbiyalanishni
istagan ota-onalar orzusi amalga oshyapti. Qayerga bormang: yig‘ilishgami,
to‘ygami, ma’rakagami barcha bog‘chalar haqida gapiradi, bolalari yozish-
chizishni o‘rganayotganini aytadi...
Maktabgacha ta’limning muqobil shakllari
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari quvvati
bolalar soniga nisbatan kam bo‘lganda,
yechimni nimada ko‘rish mumkin? Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni
boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2018-2019- o‘quv yilidan boshlab
6
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va poytaxtimizning ayrim
tumanlarida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni
joriy etish tajriba loyihasi amalga oshirildi. Loyihani amalga oshirish uchun jami
494 ta guruh tashkil etildi.
Tajriba guruhlari maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan
bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun
zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etildi. Guruhlar davlat va nodavlat
maktabgacha ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim
xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning negizida ochildi.
— Tajriba guruhlarida 3-4 soat davomida bir yoki ikki smenada ta’lim-tarbiya
jarayoni tashkil etiladi. Bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak,
— deydi Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
Jamila Javlonova. — Tajriba guruhlari maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat
tomonidan belgilangan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi va maktabga
tayyorlaydi. Bunda bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari, albatta, hisobga olinadi.
Tajriba guruhlariga 5 yoshdan oshgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga
bormayotgan bolalar qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik
tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Maktabgacha ta’limning ushbu muqobil shakli bog‘chaga bormagan bolani
birinchi sinfga borganida tengdoshlaridan kam bo‘lmagan darajada faollashtirishni
ko‘zlaydigan dastur asosida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlaydi. Demak, bu
barcha ota-onalar uchun qulay va davlat tomonidan himoyalangan ta’lim shaklidir.
Iligi to‘q bola
Tizimdagi eng og‘riqli masalalardan biri bu ovqatlanish bilan bog‘liqligi
hech kimga sir emas. Bu yo‘nalishda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan
bolalar haqiga xiyonat qiladiganlarga qarshi keskin chora-tadbirlar rejasi ishlab
chiqilgani ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali kunda-kunora
tasdig‘ini topmoqda. Bunday munofiqlarni nafaqat qonun oldida jazolash, balki
aholi o‘rtasida ham obro‘sizlantirish, bunday maqsaddagi rahbarlar sonini keskin
kamaytirishga xizmat qiladi.
7
Maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli
talablarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib
berish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida
ruxsat berildi.
Mazkur eksperiment yakunlari bo‘yicha respublikaning boshqa hududlarida
davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini va maktabgacha ta’lim muassasalarida
ovqatlanishni tashkil etish tartibi joriy etildi.
— Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tadbirkorlik subyektlari bilan sifat
talablariga va sanitariya-gigiyena me’yorlariga javob beradigan oziq-ovqat
mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri
shartnomalar tuzish ishlari sinov tariqasida amalga oshirish belgilangan, — deydi
Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilfuza
Azizova. — Hududdagi MTTlarda autsorsing xizmati asosida tarbiyalanuvchilarni
ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yganimizda tadbirkor muassasa oshxonasini ijaraga olib,
sifatli va xavfsizligi ta’minlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan sanitariya-gigiyena
qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda taomlar tayyorlayotgani, yarimtayyor va
tayyor mahsulotlarni yetkazib berayotganiga guvoh bo‘ldik. Shuningdek, har bir
bolaga individual yondashuv ularning jamoat joyida ovqatlanish madaniyatini
shakllantiradi. Alohida oshxonalarni tashkil etish guruh xonalarining tozaligini
saqlaydi. Tashkilot xodimlarining e’tibori bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qaratiladi.
Maoshingiz qancha?
Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning
past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini
professional darajada hal etishga qodir malakali mutaxassislar bilan ta’minlay
olmaslik holatiga sabab bo‘lar edi. Masalan, 1993-yilga qadar maktabgacha ta’lim
muassasalarining tarbiyachisi va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lash miqdori bir xil bo‘lgan bo‘lsa, hukumatning
alohida qarorlari bilan hozirga qadar umumta’lim maktablari pedagog xodimlari
mehnatiga haq to‘lash miqdorlari bir necha marta oshirilgani holda maktabgacha
ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari o‘zgarishsiz qoldirilganligi
8
hisobiga ularning o‘rtacha ish haqi miqdori umumta’lim maktabining boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisiga nisbatan 60 foizni tashkil etgan, xolos.
Bu esa, o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari
iste’dodi, kasb mahorati va ish faoliyatida shaxsiy hissasi namoyon bo‘lmasligiga
hamda muassasaning pedagogik salohiyatini pasaytirishga olib kelgan.
Shu sabab maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,
xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning munosib shart-
sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni
jalb etish, jamiyatda maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarining nufuzini
oshirish ustida ish olib borilmoqda.
2018-yil-sentabr oyidan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tayyorlov
guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachisi mehnatiga haq to‘lashning bazaviy
tarif stavkalari miqdori umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirilishi belgilab
qo‘yildi.
Bundan tashqari, qaror bilan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha
ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida hamda qishloq joylardagi
aholi turmush darajasini inobatga olib, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod,
Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida,
Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on,
Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida
2023-yilning 1-yanvarigacha ota-onalar badal to‘lovi miqdorini 50 foizga
kamaytirish nazarda tutildi.
Hukumatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim tizimida mehnat qilayotgan
xodimlarning moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi hamda qishloq hududlarda
bog‘chalar uchun ota-onalar to‘lovining keskin pasaytirilishi maktabgacha
yoshdagi bolalarni bog‘chalarga qamrab olish darajasini oshirishga hamda
maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini
ta’minlashga xizmat qiladi.
9
Ertaga
Qaror bilan belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida,
maktabgacha ta’lim tizimi va uni rivojlantirish uchun alohida e’tibor qaratiladi,
o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllari, yangi pedagogik
va axborot texnologiyalari, ta’lim-tarbiyaning samarali shakl va usullari joriy
etiladi, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi,
5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’limga 100 foiz qamrab olish imkoniyati
yaratiladi. Ta’limning poydevor qatlamida bunday ta’lim muhitining yaratilishi
pirovardida erkin fikrlovchi SHAXS kamoli diqqat markazda turibdi.
Zero, bugungi kunda MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalarga 93 555
mingdan ziyod pedagog xodimlar ta’lim-tarbiya beradi. Bolaning dunyoqarashi,
didi shakllanadigan davr maktabgacha ta’lim yoshiga to‘g‘ri keladi. Demak, bu
yoshdagi barcha bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olinadi.
Dunyo mamlakatlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi tajribalarini
o‘rganish va ulardan milliy mentalitetimizni hisobga olgan holda foydalanish
natijasida xalqaro standartlar darajasidagi maktabgacha ta’lim tizimi yaratiladi.
Maktabgacha ta’lim tizimi oldiga qo‘yiladigan davlat talablari, ta’lim-
tarbiya dasturlari ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. Ushbu dasturlar
bolalarga o‘qish va yozishni turli o‘yinlar orqali o‘rgatish, ularning zerikmasligi,
aksincha, bog‘chaga xursand bo‘lib borishiga xizmat qiladi.
2030-yilga qadar...
Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish
yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etildi. Komissiya
tomonidan maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilik undagi bo‘shliqlar,
korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash
nuqtayi nazaridan tahlil etildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida davlat
siyosatini samarali ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni
aniqlash hamda kompleks o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, uni amalga oshirishni
10
ko‘zlovchi “Yo‘l xaritasi”da 2019—2024 va 2025—2030-yillarda maktabgacha
ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.
Konsepsiya o‘rta va uzoq muddatli istiqbol uchun maktabgacha ta’lim
tizimini rivojlantirish maqsadlari, vazifalari, ustuvorliklari va bosqichlarini
belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos
bo‘ladi. Hujjat malakali pedagog kadrlar yetishmovchiligi, davlat MTTlarining
to‘lib ketganligi, moddiy-texnik holatining nomuvofiqligi hamda davlat o‘quv-
metodik materiallari bilan past darajada ta’minlanganligi muammolarining hal
etilishini nazarda tutadi.
Xususan, 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bolalar
miqdorini joriy 38,1 foizdan 80,8 foizgacha orttirish vazifasi qo‘yilgan. Shu bilan
birga, MTV tomonidan ta’lim muassasalari quvvatlarining kuchaytirilishi davom
ettiriladi: 2021-yilga kelib o‘rinlar miqdori
yangi MTMlarni ochish hisobiga 56,8 foizga (2030-yilga kelib — 132,3
foizga) ortadi, hamda davlat-xususiy sherikligi va respublikaning chekka tumanlari
uchun dolzarb muqobil maktabgacha ta’lim shakllari rivojlantiriladi. Keyingi
yillarda pedagogik va boshqaruv kadrlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishlar
ikki yo‘nalishda olib boriladi: pedagoglar miqdorini orttirish va maktabgacha
ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va
rivojlantirishda yangi yondashuvlarni tatbiq etish. Konsepsiya bilan belgilangan
maqsadli ko‘rsatkichlar respublika miqyosidan viloyat, tuman va shahar
darajasigacha tushadi hamda ushbu natijalarga erishish uchun qay miqdorda
mablag‘larining zarurligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar bilan asoslanadi.
Demak, maktabgacha ta’limning ertangi porloq kelajagidan barchamiz
umidvor va manfaatdormiz.
11
1.2. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida guruh xonalarining jihozlanishida
pedagog hodimlarning o'rni va ta'lim jarayoniga ta'siri
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari oila va jamiyatning bolalarga g'amxo'rlik
qilish, milliy hamda mintaqa xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarni har
tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo'lgan ehtiyojni
qondirish maqsadida tashkil etiladi. Muassasalar mustaqil ravishda, o'z tashabbusi
bilano'z faoliyatiga taalluqli, agar ular qonunchilikka va pedagogik prinsip-larga
mone'lik qilmasa har qanday qaror qabul qilishga haqlidir.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyaviy-ta'limiy ishlar sifati, bolalar va
otaonalar huquqiga jamiyat hamda Davlat manfaatlariga rioya qilish uchun
mas'uldir.
Tashkilotlarning mehnat jamoasi xalqchillik asosida o'z-o'zini boshqarish
prinsipiga muvofiq jamiyat faoliyati bilan bog'liq bo'lgan masalalarni hal qiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining asosiy tiplari quyidagi-lardan iborat:
yaslilar; yasli-bog'chalar; g) bog'chalar; maktab-bog'chalar.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlar kimga bo'ysunishidan qat'iy nazar xalq
deputatlari mahalliy kengashi ro'yxatidan o'tkaziladi. Maktabgacha talim
muassasasi ro'yxatdan o'tkazilgach, unga tartib raqami beriladi va u yuridik shaxs
huquqiga ega bo'ladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qaytadan tuzish (qo'shish, olish,
birlashtirish, ajratish, bo'linish, qayta tashkil etish) xalq ta'limi bo'limlari, korxona,
muassasa, tashkilot tavsiyasiga ko'ra xalq de-putatlari mahalliy kcngashlari qarori
asosida amalga oshiriladi. U bog'cha mehnat jamoasi va xalq ta'limi kengashi bilan
kelishilgan bo'lishi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasi turlicha: tipiga,
tuzilishiga qarab shtat birliklarini, xodimlar oylik maoshlarini tas-diqlaydi.
Ota-onalar qo'mitasining asosiy vazifalari bolalar bog'chasi Nizomida
ko'rsatilib berilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'zbekiston Respublikasi Xalq
ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan ko'p variantli tax-miniy dasturlardan birini
tanlash huquqiga ega. Maktabgacha ta'lim tashkilotlar tarbiyaviy ta'lim muassasasi
12
bo'lib, ijtimoiy va-zifalar bilan bir qatorda konsepsiya, nizom hamda dasturga
muvofiq malakali tarbiya va ta'lim berishni ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlar o'z dasturi va metodikasini islilab chiqish
hamda amaliy faoliyatida qo'IIash huquqiga ega. Ularning tasdiqlangan
tartibio'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan bclgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi bolalarni tarbiyalash vao'qitish
bo'yicha qo'llanmalarni hamda metodikani erkin tanlash huquqiga ega.
Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil qilish va
rivojlantirishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun yangi tipdagi, yo'nalishdagi
maktabgacha ta'lim muassasalarini tuzish respublika xalq la'limini boshqarish va
sog'liqni saqlash organlari tomonidan belgilanadi.
Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta'lim muassasalarida ish xususiyati,
ularga qabul qilish qoidalari, bolalarga ta'lim berish va ularni tarbiyalashni tashkil
qilish tartibi o'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda o'zbekiston
Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli
yo'riqnomalar bilan aniqlanadi.
Mudira maktabgacha ta'lim tashkilotlarning tashkilotchisi, rahbari, malakali
pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib
tarbiyalash vazifalarini to'la-qonli hal etishga qaratilgan. U bolalar
muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablar muvofiq
ravishda amalga
oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlami ta'minlaydi.o'z jamoasida ishchanlik,
maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi.
Mudirao'z ishida davlatimiz va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan qabul qilingan
qaror, qonunlarga amal qiladi vao'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga
oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, prinsiplilik,o'ziga va qo'l
ostidagilarga talabchanlik, mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir.
Jamoadagi o'zaro to'g'ri munosabatlar, har bir xodimning mehnat va ishlab
chiqarish intizomiga rioya qilishini nazorat qiladi. Rahbarlik mavqeyi mudirani o'z
g'oyaviy, ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy-huquqiy saviyasini va mutaxassislik
13
mahoratini doimo ongli ravishda oshirishga, pedagogik bilimlarni, bolalarga ta'lim-
tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashiga, hozirgi bosqichda
maktabgacha ta'lim oldida turgan vazifalami bilishga, o'z bilimlaridan faoliyatida
foydalanishga majbur etadi. U dastur, metodik, instruktiv me'yoriy hujjatlarni
puxta bilishi va amalqilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur
bilishi, kam-chiliklami darhol bartaraf qilish choralarini ko'rishi lozim.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlar mudirasi xalq ta'limini bosh-qarish bo'limlari
tomonidan oliy ma'lumotga va 5 yildan kam bo'lmagan ish stajiga ega shaxslardan
tayinlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarda kadrlarni tanlash, joyjoyiga qo'yish,
tar-biyalash bo'yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta'lim muas-sasasi
kengashining faol ishtirokida amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi
rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umu-miy ta'lim mahoratini va madaniy
darajasini muntazamo'stirib borishiga g'amxo'rlik qiladi, xodimlar malakasini
hisobga olgan holda va maktabgacha ta'lim muassasasi manfaatlaridan kelib
chiqib, ularni tartibli vao'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turili-shini ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarda kadrlar rezervini shakllantirib, ular bilan
doimiy ish olib boradi. Mudira bolalar bog'chasining butun faoliyatiga, bolalar
bog'chasini obodonlashtirish, ko'kalam-zorlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi.
Smeta bo'yicha xarajatlarni to'g'ri taqsimlash, muassasani oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta'minlash tartibini to'g'ri tashkil etish, bog'chani rejadagi bolalar bilan
to'ldirish, ta'lim-tarbiya dasturining bajarilishi uchunjavobgar, yozgi
sog'lomlashtirish ishlari, pedagogik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning bilimi,
ishga nisbatan munosabati, ularning mala-kasini oshirish ishlari bo'yicha bosh
rahbardir.
Mudira bolalar hayotini saqlash, muhofaza qilish uchun bolalar muassasasida
to'g'ri kun tartibi, shart-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigiyena qoidalarining
bajarilishini nazorat qiladi, yong'inga qarshi tadbirlaro'tkazadi. Qishga vitaminga
boy oziq-ovqat mahsulotlarini g'amlaydi. Bog'cha xodimlarinio'z vaqtida
oylik maosh bilan ta'-minlaydi. Ish yuritishni qattiq riazorat qiladi. Faol xodimlarni
rag'batlantiradi. Bolalar bog'chasidao'tkaziladigan joriy va kapital ta'mirga bosh
14
rahbardir. Xo'jalik mudiri, ombor mudiri, kir yuvuvchi, bog'bon, duradgor, farrosh,
qorovul, elektrik, santexnik, haydovchi bilan yakkama-yakka suhbato'tkazadi.
Ularning ishlari ustidan qat'iy nazorat tashkil etadi.
Tashkliy-pedagogik jarayonlarga quyidagilar kiradi:
1) bayram ertaliklarinio'tkazish va rahbarlik;
2) ochiq tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq tadbirlar va
pedagogik jarayonlarni jamoa bo'lib kuzatish va tahlil qilish. Masalan, ochiq
mashg'ulot, sayrlarni kuzatish;
3) xalq ta'limi bo'limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tajtiyachi va
bolalarni ko'rik-tanlovlarga qatnashtirish, yil tarbiya-chisi, san'at bayrami, sport
bayramlarinio'tkazish.
Mudiraning talim-tarbiyaviy jarayonlarga rahbarligi quyidagi-larda namoyon
bo'ladi:
a) har bir guruhda ta'lim-tarbiyaviy reja asosidagi ishlarni kuzatish va tahlil
qilish, tarbiyachining ish hujjatlarinio'rganish va tahlil qilish: guruhning
ta'limtarbiyaviy ish rejasi, tashxis daf-tari, bular —o'tkazilgan ishlarning
hisobotidir.
b) guruhning jihozlanishini nazorat qilish, bunda guruhlarga qarab burchaklar
soni takomillashib boradi
Mudira kvartalda bir marta umumiy ota-onalar majlisini tashkil etadi.
Majlisni ota-onalar qo'mitasining raisi olib boradi yoki yor-dam beradi. Mudira 1
haftada 3 marta ota-onalarni qabul qiladi. Bunda ota-onalar tomonidan ba'zi bir
muammo, kamchiliklar, bolalar tarbiyasiga oid muammolar hal etiladi.
Mudiraning jamoatchilik va mahalla qo'mitasi bilan ish usul-lari quyidagi
tarzda amalga oshiriladi:
1. Ota-onalar va jamoatchilik uchun anjumanlaro'tkazish.
2. Ota-onalar universitetlari tashkil qilish.
Unda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, xalq ta'limi bo'limi xodimlari va
barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar universitetining asosiy maqsadi oila
va bolalar tarbiyasi masalalarinio'rganish va kamchiliklarni, muammolarni hal
15
etishdan iborat. Mudira maktab bilan aloqao'r-natib 1 yilga mo'ljallangan rcja
asosida ish ko'radi. Bunda bog'-chaning asosiy vazifalari, maktab tomonidan
amalga oshirila-digan tadbiriy choralar, bolani maktab ta'limiga tayyorlash, lotin
alifbosinio'rgatish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mudira va maktab
direktorining vazifalari belgilanadi.
Mudiraning ma'muriy xo'jalik faoliyati bu reja asosida konting bo'yicha
bolalarnijoylashtirish, «Uchinchi ming yillikning bolasi»dasturining bajarilishi
ustidan nazorat qilish, maktabgacha ta'lim tizimida belgilangan xarajatlarnio'z
vaqtida joy-joyiga qo'yib ish-latishni tashkil etish, bolalami ovqatlantirishni to'g'ri
tashkil etish, yozgi sog'lomlashtirish mavsumlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi
xodimlarni to'g'ri joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni ilmiy
asosda tashkil etishdan iborat.
Mudira bog'chani kerakli texnikaviy va xo'jalik materiallari bilan muntazam
ravishda ta'minlab turishi, binoni jihozlar bilan (qattiq va yumshoq inventarlar)
jihozlashi, binonio'z vaqtida ta'mirlashi vao'quv-ko'rgazmali qurollar bilan to'ldirib
borishi, turli yosh guruhi uchun dasturiy-mctodik hujjatlarda tavsiya etilgan (ularni
fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiyalash maqsadida) bolalar badiiy
adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan ta'minlashi, bolalar maydonchasi va yer
uchastkasini to'g'ri, rejali jihozlashi, kadrlarni joylashtirishda ulami bolalar bilan
ishlash stajiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi,
shifokor bilan birgalikda tibbiy ishlarini nazorat qilishi va bolalarni tizimli tibbiy
ko'rikdano'tkazishi kerak.
16
II BOB Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tamonlama barkamol shaxs
bo’lib rivojlanishida guruh xonalari jihozlanishining ahamiyati.
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiya olishida guruh
xonalarining jihozlanishining o'rni
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar
va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash me'yorlari tasdiqlandi.
Norma’ning Internet axborot agentligining yozishicha, quyidagilar uchun
jihozlash me'yorlari belgilangan:
• maktabgacha ta'lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda – MTT) guruhlari,
shu jumladan salomatligida nuqsoni bo‘lgan (aqli zaif va og‘ir nutq nuqsoni
bo‘lgan, tayanch-harakat a'zolarida nuqsoni bo‘lgan, kar va zaif eshituvchi, ko‘zi
ojiz va zaif ko‘ruvchi) bolalar uchun maxsus guruhlar;
• yordamchi xonalar (musiqa zali, jismoniy tarbiya zali, ma'muriy-metodik
xonalar, kir yuvish xonasi, yong‘in xavfsizligi burchagi, xo‘jalik va bino ishchilari
uchun jihozlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari, oshxona, omborxona);
• MTT hududi va tashqi o‘yin maydonchalari;
• bolalar uchun sanitariya-gigiyenik vositalar.
Ilgari amal qilgan me'yorlar bekor qilindi. Ular bilan solishtirganda, misol
uchun, majburiy o‘yin to‘plamlari ro‘yxati sezilarli darajada kengaydi: «Atele»,
«Bank», «Pochta», «Supermarket», «Ferma» va boshqalar. Sport anjomlari ham
ko‘payadi. Bolalar velosiped va samokatlarda uchishlari, gantellardan
foydalanishlari, «baliq ovi», «valiologiya» (odam tanasi bilan tanishish bo‘yicha
pazllar, kub va maketlar) va boshqa o‘yinlarni o‘ynashlari mumkin.
MTT guruhlarini jihozlash me'yorlari turli yoshdagi bolalar guruhlari
kesimida, shu jumladan 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun belgilangan
(maxsus guruhlar bundan mustasno). Davlat tasarrufidagi bolalar bog‘chalariga
bolalar 3 yoshdan qabul qilinadi, nodavlat bog‘chalarda esa bolalarni qabul qilish
yoshi ularning ustavlarida belgilanadi. 17.03.2018- yilda 2986-son bilan
ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatda me'yorlar faqat muayyan toifadagi MTTga
(masalan, davlat tasarrufidagi – tahr.) nisbatan amal qilishi ko‘rsatilmagan.
17
Binobarin, tasdiqlangan normativlar ham davlat, ham xususiy MTT uchun
majburiy.
O‘rta guruh Guruh xonasi uxlash xonasi, xojatxona va echinish xonasiga ega
bo‘lishi kerak.
Guruh xonasi bir necha bo‘limdan iborat bo‘lishi kerak. Birinchi o‘yin
bo‘Iimida qo‘g‘irchok. bilan o‘ynash uchun hamma kerakli narsalar joylashtirilgan
shkaf buladi. Ikkinchi uyin bo‘l imida kuri lish materiallari qo‘yiladigan shkaf
Shu xonani ng yana bir qismida bolalarning badi iy faoliyat bilan mustaqil
sh ug‘ullanishlari uch un kerakl i materiallar qo‘yiladi. Kitob burchagi va stol usti
bosma o‘yini bilan shug‘ul lanishlari uchun o‘yin burchagida tinchroq joyni
ajratish kera k. Tabiat burchagi ni derazalarga yaqinrokda joylashtirgan ma’kul.
Xona amal iy sa n’at asarl ari va ko‘kalarnzorlashtiruvchi o‘siml iklar bilan
bezatiladi.
Maydoncha boshqa maydonchalardan yashil, manzarali o‘simliklar bilan
to‘silib, jismoniy mashqlar va sport ermak o‘yi nlari uchun kerakli asboblar bilan ji
hozlanadi.
Katta guruh. O‘yin bo‘liml ari bolalarning yoshiga mos holda, o‘rta guruh
xonasi kabi jixozlanadi. Guruh xonasida yana mashg‘ulot o‘tkaziladigan bo‘lim
ajratiladi va u erga tarbiyachini ng stoli, ekran, shkaf, doska joylashtiriladi. Bola
larning mustaqil o‘ynashlari uchun hamma kerakli materiallar ular bemalol
foydalana oladigan qilib joylashtirilishi kerak (stollar, uyinchoqlar solingan
qutichalar, vitrina shkafi, tokchalar va boshqalar). Tabiat burchagi, qo‘l mehnati
bilan shug‘ullanadigan burchak, kitob burchagi, tasviriy faol iyat bi lan mustaqil
shug‘ullanadigan burchak, m usiqaviy faoliyat burchaklari bo‘lishi kerak. Bulardan
tashqari bolalar bemalol, erkin harakat qilishlari uchun kattagina bo‘sh joy bo‘lishi
zarur. Maydonchada sport o‘yinlari, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, irg‘itish
uchun katta joy ajratiladi. Syujetli o‘yinlar uchun o‘yinchoqlar ham bo‘ladi.
Tayyorlov guruhi. Bu erdagi mashg‘ulot o‘tkaziladigan bo‘limda katta
guruhdagi singari bolalar uchun ikki kishilik stollar qo‘yiladi. Guruh xonasidagi
jihozlar zarurat tufayli shug‘ullanganda o‘yinga joy bo‘shatish maqsadida boshqa
18