MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA O‘YINLARNI
TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI
MUNDARIJA:
KIRISH.......................................................................................................................
I BOB MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA O‘YINLAR
TEXNOLOGIYASI O‘RNI VA AHAMYATI …………………………………
1.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yinli texnologiyalar va uning
funksiyalarti ……………………………………………………………………….
1.2. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida didaktik o'yinlar ahamyati …..................
1.3. Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishida syujetli-rolli va
sahnalashtirilgan o'yinlarning ahamyati ................................................................
II BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA O‘YINLARNI
TASHKIL ETISH METODI ..............................................................................
2.1. Kichik va o'rta guruh yoshidagi bolalarda qurilish o'tkazish usullari ……….
2.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida didaktik o‘yinlarni tashkil etish metodikasi
……………………………………………………………………………………
XULOSA....................................................................................................................
I BOB MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA O‘YINLAR
TEXNOLOGIYASI O‘RNI VA AHAMYATI
1.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yinli texnologiyalar va uning
funksiyalarti
........ Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim maqsadiga erishish quroli, ya’ni
oldindan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-
bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va
vositalari tizimini, ta’lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik
texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim
maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari
quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning samaradorligi, qaytuvchan
aloqaning mavjudligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanganligi. O‘yin
texnologiyasi ham o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak
bo’lgan jarayonlarning mantiqiy ketma- ketligi va o‘zaro bog’liqligi, oldindan
belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
.................... L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy
buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi. Har qanday o‘yin muayyan
vazifalarni bajaradi:
maftunkorlik;
kommunikativlik;
o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish;
tashxis;
o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqot;
ijtimoiylashuvlik.
.................... Ma’lumki, o‘yinlar quyidagi to‘rt asosiy xususiyatga ega: - erkin
rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o‘yinni o‘zi tanlaydi, unda faol ishtirok etadi.
Bunda birinchi navbatda yakuniy natija emas, balki o‘yin jarayoni muhim
ahamiyatga ega;
- ijodiy xarakter, ya’ni o‘yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta
imkoniyatlar mavjud;
2
- emotsional ta’sir — bola o‘yinda markaziy o‘rin egallashni xohlaydi, g‘olib
bo‘lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
- asosiy va qo‘shimcha qoidalar o‘yin mazmuni, uning mantiqiy ketma-ketligini
belgilaydi.
........ O‘yin tuzilishiga- maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni
tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O‘yinning eng asosiy xususiyati uning
ijodiyligidadir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon
bo‘ladi. Ilmiy tadqiqod ishlari natijasi shuni ko’rsatadiki, nazariy jihatdan o‘yinga
faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qarash mumkin. O‘yin faoliyat sifatida
maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni
qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga
oshiradi. O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish
shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish
ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi. Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi
quyidagilarni qamrab oladi:
o‘ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;
haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari;
o‘yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
Har qanday texnologiyada, jumladan, o‘yin texnologiyalarida ham, o‘quv
maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir. Maqsad
to‘g‘ri qo‘yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o‘rgatmoqchi bo‘lganligini bilishi
kerak. Bitta mashg‘ulotda bitta maqsad qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Masalan,
bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.
O‘yin texnologiyalari (ayniqsa, bog‘cha bolalari uchun) rivojlantiruvchi
maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafakkurini rivojlantirish) amalga
oshirishi ham mumkin. Bunda o‘yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo‘ladi.
Pedagogik ijrochilik o’yinlarini bola uch yoshdan boshlab o‘zlashtira boshlaydi.
Shu yoshga kelib bola odamlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi,
3
hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o‘zida ichki
kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi. Maktabgacha yoshda
bolalar o‘yin faoliyatini o‘zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi
faoliyatga tayyorlana boshlaydilar.
Maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llaniladigan pedagogik o‘yinlarning
quyidagi turlari mavjud:
1. Bolalar kayfiyatini ko‘taruvchi.
2. Hamkorlikka chorlovchi.
3. Bolalarni o‘zligini namoyon etishga chorlovchi.
4. Bolalarda o‘ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual
muammolarni yo‘qotishga qaratilgan.
5. Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni tavsiflovchi
(diagnostika).
6. Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi.
7. Millatlararo bag‘rikenglikni shakllantiruvchi.
8. Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o‘yinla Pedagogik
o‘yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik
o‘yinlar. Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta’lim-tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi, mahsuldor, ijodiy, psixotexnik o‘yinlar. O‘yinlar metodlariga
qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli, hodisalarni tasavvur etuvchi va
drammalashtiruvchi o‘yinlar.
Predmetlar asosidagi o‘yinlar: matematik, biologik, ekologik, musiqali,
texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi, iqtisodiy tejamkorlik va ishbilarmonlik,
tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o‘yinlar. O‘yin vositalari bo‘yicha: o‘yin vositalari
(koptok, piramida, kub va boshq.) bilan amalga oshiriladigan o'yinlar va o‘yin
vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar xontaxta ustida, xonada va dalada
o‘ynaladigan o‘yinlar, kompyuter va televizor o‘yinlari kabi texnik vositalar.
Maktabgacha ta’limda yoshi kattalarning to‘plagan tajribasini kichik yoshdagilarga
singdirish jarayonida o‘yinlar ta’lim metodi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘yin
4
metodlariga qarab maktabgacha ta’lim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, sujetli
ishchan, drammalashtirilgan o‘yinlardan keng foydalaniladi.
..... Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlarni o‘quv tarbiya
jarayonida qo‘llash quyidagi o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi.
Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlar maxsus topshiriqlar
majmuasidan iborat bo‘ladi.
Ikkinchidan, o‘yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g‘ishtchalar,
kvadratlar, plastilin, karton qog‘ozlar, konstmktor-mexanik majmualarida turli
ornament, rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshiriladi.
Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta’minlash maqsadida ulrni
osondan qiyinga tomon, aniq vaqt oralig‘ida sifatli bajarilishini ta’minlash darkor.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol o‘yinlardan foydalanish ijobiy
natijalarga olib keladi. Bu o‘yinlar jarayonida bola passiv obyektdan faol
subyektga aylanadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o‘yinni tashkil etish,
bolalar ijodiga sharoit yaratishdan iborat.
Interfaol usul:
1. Pedagogik texnologiyaning ajralmas bir qismi sifatida ta’lim tarbiyaning
umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yahlit jarayondir.
2. Ta’lim tarbiya jarayonini takommilashtiruvchi, optimallashtirishga bo’lgan
ijtimoiy ehtiyoj.
3. Didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi ta’lim tarbiya jarayonini samarali
mohorat tarza tashkil etishdur.
4. Yo’naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, yani shaxsni rivojlantirish tarbiyalash
shakillantirish uchun xizmat qiladi,
5. Shaxsiylik xususiyatga ega bo’lib muayyan ta’lim tarbiya jarayonida qo’llashga
nisbatan yagona, qat’iy, me’yorlar talab etilmaydigan jarayon. Interfaol usullar o’z
navbatida maktabgacha yoshdagi bolalarda quidagi psixologik xususiystlarini
shakillantirish bilan ajralib turadi,ya’ni ;
Fikrlash : - mantiqiy tafakkur ko’rgazmali, tasvirli jarayon asosida rivojlanadi.
Nutq:- ichki nutqning rivojlanishiga ma’lum tasir etadi.
5
Ixtiyoriy bilish jarayoni;- o’zlashtirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o’z fiktini
jamlashga kirishadi.
Fiziologik sezgirlik: - individual ravishda aksariyat, xolda past darajada.
Bilim orttirish obyekti:- predmet va hodisalar o’rtasidagi sabab – oqibatli
bog’liqlik .
Bilim ortirish usuli:- mustaqil faoliyat, kattalar va tengdoshlar bilan bilim
orttirish muloqot qilish.
Muvaffaqiyatli o’zlashtirish shartlari:- shaxsiy dunyoqarashning kengligi, xar bir
ishda bilimdonlik.
Muloqot yuritish sharti:- vaziyatdan tashqari shaxsiy muloqot.
Tengdoshlari bilan munosabatlar:- hissiy ko’mak manbai.
His-hayajonlar:- yuqori darajadagi his- tuyg’ularga egalik.
O’yin faoliyati:- o’zini zimmasiga olgan ro’lga muofiq tutish shakillanadi
Interfaol o‘yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to‘g‘ri bayon etishga,
boshqalarni tinglashga o‘rganadi, boshqacha qilib aytganda interfaol o‘yinlar orqali
kelajakda har bir bola uchun zamir bo‘lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi.
Interfaol o‘yinlarni samarali o‘tkazish uchun quyidagi qoidalarga e’tibor
berish lozim:
1. Mashg‘ulot oldidan bolalar o‘yin qoidalari va mazmunini qay darajada
tushunganliklarini aniqlash.
2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini hisobga
olish.
3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish.
4. O‘yin jarayonida bolalarga qiziq bo‘lgan materiallardan foydalanish.
5. Diqqat va e’tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish.
6. Bolalarga rohami to‘g‘ri taqsimlash.
7. O‘yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish.
8. O‘yinning asosiy bosqichlari haqida tasavvurga ega bo‘lish va natijalarini
prognoz qilish.
6
Pedagogik nuqtayi nazardan to‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin bolaning axloqiy,
irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi
olam sirlarini ochishga qiziqish uyg‘otadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim
muassasalarida o‘yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.
O‘yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy
qismidir. O‘yin texnologiyasi an’anaviy tahimdagi o‘yin metodidan o‘zining aniq
maqsadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va
o‘zaro bog’liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq
qiladi.
7
1.2. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida didaktik o'yinlar ahamyati
“Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi
darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek,
ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash
asosida amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalar vatanga muhabbat hissini, oilaga,
o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlarga hurmat, atrof-muhitga nisbatan
ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim”
Maktabgacha yosh bu inson hayotining o‘ziga xos davri.
Uning o‘ziga xosligi uning maxsus sezgirligi, atrofdagi voqelikni
o‘zlashtirishga juda ham sezgirdirlar. O‘yinning ko‘ngilochar shaklida berilgan
bilimlarni bolalar uzoq "ruhsiz" mashqlar, faoliyatlar bilan bog‘liq bo‘lganlarga
qaraganda tezroq, kuchliroq va osonroq egallaydilar. Shuning uchun faoliyatlarni
o‘yin orqali tashkil etish, xususan, didaktik o‘yinlar muammosi pedagogikaning
eng dolzarb muammolaridan biridir. Bolani bilim va aqliy faoliyat usullari bilan
boyitish, kognitiv qiziqishlar va qobiliyatlarni shakllantirish kerak.
O‘yin maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchisining asosiy faoliyati
hisoblanadi. Bolaning xotirasi, tasavvuri, tafakkuri, hissiyotlari, irodasi,
xarakterining rivojlanishi o‘yin jarayonida sodir bo‘ladi. Didaktik o‘yinlar kognitiv
xarakterning qobiliyatlari va ehtiyojlarini, intellektual axloqiy va irodaviy
fazilatlarni rivojlantirishni va kognitiv qiziqishni shakllantirishni rag‘batlantiradi.
Bolalar bilan ishlashda turli didaktik o‘yinlarni qo‘llagan holda, bolalar materialini
yaxshiroq idrok etishlari va murakkab vazifalarni to‘g‘ri bajarish ko‘nikmalarini
hosil qilish mumkin.
Didaktik o‘yinlarni qo‘llash pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi,
bundan tashqari, didaktik o‘yinlar bolalarning aqliy rivojlanishiga katta ta‘sir
ko'rsatadi, bolalarda xotirani, fikrlashni rivojlantirishni rag‘batlantiradi. Didaktik
o‘yinlar juda katta ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda faoliyat
jarayonida keng qo‘llash lozim.
Tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan
o‘qitish jarayonlaridan zerikib qolmasligi kerak. O‘qitish quvonchli bo'lishi kerak!
8
Didaktik o‘yinlarda shaxsning to‘liq rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi shartlar
mavjud: kognitiv va hissiy printsiplarning birligi, tashqi va ichki harakatlar,
bolalarning jamoaviy va individual faoliyati kabilardir. Shunday qilib, har bir o‘yin
bolaga yangi his-tuyg‘ular, ko‘nikmalar olib keladi, muloqot tajribasini
kengaytiradi va jamoaviy va individual faoliyatni rivojlantiradi. Shularni hisobga
olgan holda o‘yinlarni bosqichlarning zarur ketma-ketligi, har bir bola uchun eng
oddiy va eng qulay o‘yinlardan tortib, murakkabroq o‘yinlargacha bola bola
hayotida o‘zining tasiri mavjudligini unutmasligimiz lozim. Shaxsning faoliyat
subyekt sifatida shakllanishi o‘yindan boshlanadi.
O‘yin katta va ichki ahamiyatga ega ekanligi shubhasiz. Deyarli barcha
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining har bir guruhida har qanday faoliyat
davomida, shu jumladan o‘yin vaqtida o‘zini boshqacha tutadigan va shunga mos
ravishda boshqacha yondashuvni talab qiladigan kamida uch turdagi bolalar
mavjud. Birinchi turdagi bolalar juda faol, harakatchan, kuchli hayajonga moyil.
Ular har qanday yangi o‘yinni bajonidil qabul qilishadi va unda ishtiyoq bilan
ishtirok etishadi. Odatda ular tezda o‘yin maqsadini tushinishadi va faol rollarni
bajarishga intilishadi. Ammo ko‘pincha bu bolalar boshqalarga e‘tibor bermaydilar
va o‘z qobiliyatlarini namoyish etish bilan band bo‘lishadi. Bunday bolalar uchun
qoidalarni bajarish eng qiyin hisoblanadi: o‘z navbatini kutish, ma‘lum bir
signalgacha harakat qilmaslik, asosiy rol yoki jozibali obyektdan boshqalarga voz
kechish kabilardir.
Bundan tashqari, ushbu qoidalarni amalga oshirish, qoidalarni bajarish ular
uchun ayniqsa foydalidir. Bunday o‘yinlarni o‘tkazishda birinchi tur
tarbiyalanuvchilarga qoidalarga rioya qilishning ahamiyatini ko'rsatish va ularga
rioya qilganlaridan so‘ng mamnun bo‘lishlarini ta‘minlashga harakat qilish lozim.
Ikkinchi turdagi bolalar ko‘proq uyatchan va ehtiyotkor bo‘lishadi. Ular odatda
o‘yinning maqsadini darhol anglamaydilar va yangi faoliyatga o‘tishga tayyor
emaslar. Avvaliga ular qiziqishsiz, boshqa bolalarning harakatlarini kuzatadilar.
Bunday bolani faoliyatga tayyor bo‘lgunga qadar faol rol o‘ynashga, faoliyatni
bajarishga majburlamaslik lozim.
9
O‘yinni tomosha qilish va birinchi navbatda unda passiv ishtirok etish, u asta-
sekin kattalar va uning tengdoshlari tomonidan o‘yinga qiziqish uyg‘otadi. So‘ngra
malum vaqt o‘tgach, u tashabbusni o‘z qo‘liga olishni boshlaydi. Albatta, bu
tarbiyachining ko‘magi va roziligi bilan amalga oshadi. Biroq, uchinchi guruh
tarbiyalanuvchilar, hatto tarbiyachining ko‘magi bilan ham o‘yinga kirishib keta
olmaydi. Har bir guruhda tengdoshlaridan orqada qoladigan va ular bilan teng
harakat qila olmaydigan, passiv tarbiyalanuvchilar bo‘lishi mumkin.
Bunday bolalar o‘yinni takroriy takrorlash orqali ham, faoliyatning maqsadini
tushuna olishmaydi, faol rollardan qochishadi va ularni o‘z zimmalariga
olishganda ham, noto‘g‘ri harakat qilishadi. Bu guruhda kiruvchi
tarbiyalanuvchilar alohida e‘tibor talab qiladi. Ular kattalar bilan shaxsiy aloqaga,
shaxsiy e‘tiborga, tushuntirishga, rag‘batlantirishga muhtoj bo‘lishadi.
Adabiyotlarni nazariy o‘rganish, natijalarini amaliy faoliyatga tahlil qilib, tadbiq
etish orqali didaktik o‘yinlarni qadim zamonlardan boshlab maktabgacha yoshdagi
bolalarni tarbiyalashda har doim katta ahamiyatga ega bo‘lgan degan xulosaga
kelish mumkin.
O‘yindan foydalanishning didaktik usuli XVIII asrda I. B. Bazedov, C. G.
Salzman, kabi pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan. Ular bolalarning ta‘limini
yanada qiziqarli, ularning yosh xususiyatlariga mos qilish uchun turli o‘yinlardan
foydalanganlar.
Ushbu o‘yinlarni qo‘llashning didaktik usuli pedagogikada 2000- yilga kelib
F. Ferebl tomonidan taqdim etilgan. U o‘yinni nutqni boyitish, fikrlash, tasavvurni
rivojlantirishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini takidlab o‘tgan. F.
Ferebl o‘yinni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalash uchun asos
deb hisoblagan. F. Ferebl bolalar uchun turli didaktik o‘yinlarni ishlab chiqgan.
Didaktik o‘yinlarning rolini ochib berish haqidagi maxsus bilimlar Tixeevaga
tegishlidir (Tixeeva, 2013). U didaktik o‘yin bolaning eng xilma-xil qobiliyatlarini,
uning idrokini, nutqini, e‘tiborini, tafakkurini rivojlantirishga imkon beradi, deb
hisoblagan. Tixeeva tomonidan ishlab chiqilgan ba’zi didaktik o‘yinlar hozirgi
kunga qadar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatlarida keng foydalaniladi.
10
1.3. Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishida syujetli-rolli va
sahnalashtirilgan o'yinlarning ahamyati
Bolaning o`sishi va har tomonlama rivojlanib borishi uzluksiz davom
etadigan jarayondir. Uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni atrofidagi
ashy ova buyumlar orqali anglab, undan o`zicha ma`no topishiga intilishi, qiziqishi
va hissiyotlarining rivojlanishini ular o`ynayotgan o`yinlari orqali kuzatish
mumkin. Maktabgacha yoshdagi bola uchun bu - hissiy boyitilgan va idrok etilgan
tarzda o`rganish uchun ideal sahnadir. Sahna o`yini bolani har jihatdan
rivojlantiradi. Zero, maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar hayotda ko`rgan voqea-
hodisalarni kishilarga taqlid qilib o`ynaydilar.Bolalar kishilarga taqlid qilish orqali
real hayotiy muammolarni hal etishga o’rinadilar. O`z kechinmalarini
takrorlaydilar, qayta o`ynaydilar va jonlantiradilar.Shu tariqa, sahna o`yini
bolaning boshqalar bilan o`zaro hamkorlik qilishga qobil bo`lgan shaxs darajasiga
o`sib rivojlanishiga ko`mak beradi.
Sahnalashtirilgan o`yinlarning ahamiyatli tomonlaridan biri shundaki, ular
orqali bola badiiy obrazni idrok qila bilishni o`rganadi, personajlar hatti-harakatini
kuzatish qobiliyatini rivojlanib boradi. Musiqiy, so`z, ko`rish obrazlaridan
foydalangan holda zarur bo`lgan ruhiy sifatlarini (idrok qilish, tassavur qilish,
diqqat, tafakkur), ijrochilik ko`nikmalarini (rolga kirish, tasavvurdagi muhitda
harakatlanish ko`nikmasi) va sezgilari (mushak va hissiy) rivojlanish iuchun sahna
mashqlari o`tkaziladi. Badiiy asarlar bo`yicha oddiy parchalarni sahnalashtirishda
bola obrazni aks ettirish uchun unga ma`lum ifoda vositalari (ohang,yuz-
harakati,imo-ishora)o`rgatiladi. Har bir bola rol o`ynayotganda avvalo asar
qahramoning his tuyg`u holatini sezishi va tushunishi, boshqa personajlar bilan
rolni munosabatga kirishishida o`zini tutishi qobiliyatilari shakllantirishi lozim.
Teatrlashtirilgan o`yinlarda obrazli o`yinchoqlardan, loydan, papemashe,
plastilindan mustaqil yasalgan o`yinchoqlardan foydalanish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Sahnalashtirilgan har qanday o`yin asosida bolaning bilish jarayonida
irodaviy – hissiy xususiyati badiiy asardagi go`zallikni his qilishi ko`nikmasini
to`g`ri shakllantirib borishga alohida e`tabor qaratish kerak. Masalan,tarbiyachi
11
bolalarga o`qib ertak kitobcha syujetinini o`z so`zlarini bilan hikoya qilgan
holda,sahna ssenariysini tuzadilar,unga mos qo`g`irchoqlarni tanlab,ishtirokchilar
o`rtasida muhokama qilib,rollarni bo`lib olishadi. Syujetni rollarga kirib,ravon va
ifodali qilib aytishi kerak. Syujetdagi qo`g`irchoqlar hatti-harakatini o`zlashtirishi-
har bir imo-ishora va mimikasini ko`rsata bilishi kerak. Rollarni ketma-ketlikda
bajarish; qo`irchoqlarning birin-ketin chiqishini namoyish etish. Sahna o`yini
jarayonida bola bir xodisa bilan boshqasini bog`lashi, g`oyalarni sinab ko`rishi,
xatolarini tuzatishi, rejalar tuzishi, uni amalga oshirish ularning aqliy rivojlanishiga
olib keladi.
Syujеtli – rolli o`yinlar va sahnalashtirish markazi uchun ko’rgazmalar
tayyorlash. Guruhlarda xonalarni syujеtli rolli o`yinlar va sahnalashtirish
markaziga mos holda jihozlash yo’riqnomasi: 1. Shirma 2. Marionetka-
qo‘g‘irchoqlar (ipda o‘ynatadigan) 3. Qo‘lqopli, barmoqli, tayoqchali, soya teatr
ertak kaxramonlari 4. Ertak qaxramonlari liboslari 5. Niqoblari 6. Uycha maketi 7.
Mazmunli o‘yinchoqlar 8. Rejissyorlik o‘yinlari uchun qaxramonlar (odamchalar,
askarlar, multfilm personajlari) 9. Sahna uchun jixozlar (turli daraxtlar, tandir
maketi va xokazo) Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazlari bolalar
iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir.
Bu markazni - bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin.
Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin
jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish
imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va
ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish)
imkoni yaratiladi. Syujetli-rolli o‘yinlar mazmunining o‘ziga xosligi uning eng
muhim xususiyatlaridan xisoblanadi. Mashhur pedagog va psixologlardan
D.B.Elkonin, D.V. Mendjeritskiy, P.E.Samorukova va boshqalarning fikricha,
syujetli–rolli o‘yinlar kattalarning ijtimoiy hayotidagi rangbarang xatti-harakatlari,
ko‘rinishlari – bolalar o‘yinlarining asosiy mazmuni bo‘lib xizmat qilib, kattalar
ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir.
12
Syujetli-rolli o‘yinlarga rahbarlik qilish quyidagi asosiy bosqichlarda amalga
oshiriladi.
1 - bosqich. Bolalarning qiziqishlarini, ulardagi syujetli o‘yinlar rivojlanishi
darajasini o‘rganishning asosiy vositasi quyidagilar:
- bolalar o‘yinlarini kuzatish,
- o‘yin rivojining asosiy yo‘nalishlari, o‘yin mavzusi, o‘yin mazmuni, bola
o‘yin faoliyatining rivoji, o‘yinda o‘zaro munosabatlarning rivojlanishi bo‘yicha
tavsifnoma tuzish;
- o‘yinga rahbarlik maqsadini aniqlash.
2 – bosqich. Kattalarning o‘yin mavzui va mazmuniga ta’sir etishi:
- o‘yin mavzui bo‘yicha sayohat va maqsadli sayrlar;
- suhbatlar;
- badiiy asarlar va hikoyalar o‘qib berish;
- illyusrativ rasmlar ko‘rsatish;
- mavzu bo‘yicha turli mashg‘ulotlar;
- tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari
3 – bosqich. o‘yinga tayyorgarlik (o‘yin o‘ynash uchun maxsus joy,
o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari):
- tayyor o‘yinchoqlarni tanlash;
- qo‘lda yasalgan o‘yinchoqlar.
Bunda bolalarning mustaqil shug‘ullanishlari uchun o‘yin zonasini tashkil
etish.
4 – bosqich. Bolalarni o‘ynashga o‘rgatish (o‘yin jarayoni va boshqa
narsalarni o‘yinda aks ettirish):
- o‘yinchoq va uning o‘rnini bosuvchi buyumlar ta’sirini o‘rganish;
- o‘yinda xayoliy tasavvurlarni aks ettirishga o‘rgatish;
- o‘yinda so‘zlardan foydalanishga o‘rgatish;
- o‘yinda harakatlarni hisobga olish malakalarini shakllantirish;
- so‘z va harakat;
- harakat va o‘yin materiali,
13
- so‘z, harakat va o‘yin materiali o‘yinning tili xisoblanadi.
5 – bosqich. o‘yinda ahloqiy munosabatlarga ta’sir etish, bolalar jamoasi,
xulq-atvor, madaniyat, o‘yin faoliyatida o‘yin madaniyatini shakllantirish:
- ma’lum o‘yin mavzuiga nisbatan bolalarning his-tuyg‘ularini uyg‘otish;
- bolalarga o‘yinni avvaldan rejalashtirish elementlarini o‘rgatish;
- o‘yinda rol va o‘yinchoqlarni oqilona tag‘simlashga o‘rgatish;
- tengdoshlari bilan ahil o‘ynay olish madaniyatini tarbiyalash;
- ahil jamoani shakllantirish: mustaqil o‘ynash va o‘yinni oxiriga yetkazish,
o‘yin jarayonidagi kelishmovchilik, bahslarni oqilona hal eta olish malakalarini
tarbiyalash;
- kattalarning o‘yinga ta’sir etishi – maslahat berishi, tushunchalarini
to‘ldirish, o‘yinga to‘lag‘onli yordam berish;
- bolalarning o‘yin faoliyatlarini, ahloqiy munosabatlarni baholash.
Syujet - o‘yin faoliyatida asosiy komponent bo‘lib, u personajni, hayotiy
vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini o‘z ichiga oladi. Syujetli-rolli
o‘yinlar o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra jamoa o‘yini bo‘lib hisoblansada, yakka
holda o‘ynalmaydi, degan fikrni keltirib chig‘armasligi kerak. Syujetli-rolli
o‘yinlar bolaning aqliy, ahloqiy, jismoniy rivojlanishlarida muhim ahamiyat kasb
etib, bunda bola ehtiyoji va malakasi tarbiyalanib, shakllanib boradi.
14
II BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA O‘YINLARNI
TASHKIL ETISH METODI
2.1. Kichik va o'rta guruh yoshidagi bolalarda qurilish o'tkazish
usullari
Harakatli o‘yinlar aslini olganda qadimgi xalq pedagogikasining mahsulidir.
Qadim vaqtlarda ham oilalarda bolalarni ilk yoshidan boshlab topqirlikka,
zukkolikka, chaqqonlikka o‘rgatadigan topishmoqlar, o‘yinlar, maqol-masallar
asosida tarbiyalab kelingan, kichkintoylarga dastlabki harakat malakalari bilan
bog‘liq bo‘lgan harakatli o‘yinlar o‘rgatilgan.
Tez aytish, hisoblash, sanoq o‘yinlari, chori-chambar singari o‘yinlar kichik
yoshdagi bolalarni o‘ziga jalb qilgan. Bolalar katta bo‘lgan sayin ularga turli xil
harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan xalq o‘yinlari o‘rgatilgan. Xalq og‘zaki ijodidan
olingan o‘yin folklori bugungi kunda ham o‘zining badiiy go‘zalligini, tarbiyaviy
ahamiyatini yo‘qotmay kelayotganligi uchun ham eng qimmatli vosita sifatida
amalda qo‘llanmoqda. Har qanday o‘yin – u xoh ijodiy.
Xoh didaktik ,xoh musiqiy, xoh harakatli o‘yin bo‘lmasin, baribir tevarak
atrofidagi olamni bilish vositasi sifatida bolaning hayotiy o‘ziga hos, muhim rol
o‘ynaydi. Harakatli o‘yinlar mazmunida bolaga bilim beradigan bir talay material
bo‘ladi. Bu material uning bilim darajasini kengaytiradi va uning olam haqidagi
tasavvurlarini boyitib, unga aniqlik kiritib boradi. Odamlar, tabiat hodisalari,
hayvonlarning hatti-harakatlari tasvirlangan ba’zi bir epizodlar syujetli o‘yinlar
tematikasini tashkil etadi.
Bular bari bolalar tomonidan shartli o‘yinlar shaklida: “Sayohatchilar”,
“O‘quvchilar”, “G‘ozlar-oq qushlar”, “Inida yotgan aymq” va boshqa o‘yinlar
o‘ziga hos tarzda ifodalab beriladi. Biroq tevarak atrofidagi olamni bola to‘g‘ri
idrok etishi uchuno‘yinchi barcha shartlikka qaramay, obrazxning haqqoniy
harakteristikasi hayajonli tarzda pedagog tomonidan o‘yin shartlarini tushuntirish
vaqtida ifodalab berilishi kerak. Bunda xalq o‘yinlarini misol qilib olish mumkin.
Ulardagi o‘yin vaziyati bolani o‘ziga jalb etadi va uni tarbiya qiladi. Ba’zi bir
15
o‘yinlarda uchrab turadigan dialog tarzidagi suhbatlar esa personajlar va ularning
harakatlarini bevosita ko‘rsatib beradi.
Syujetsiz va muayyan o‘yin topshiriqlarigagina asoslangan o‘yinlarda ham
juda ko‘p qiziqarli material bo‘ladi. Bu material bolaning umumiy bilimi,
tafakkurini rivojlantiradi, uning mo‘ljal olish qobiliyatini o‘stiradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida harakatli o‘yinlar o‘tkazishda bolalarning
yosh darajasini, jismoniy va fiziologik rivojlanishi va bolalarning qiziqishlarini
hisobga olgan holda tanlanishi kerak. Kichik guruhlarda harakatli o‘yinlar har kuni
o‘tkaziladi. Mashg‘ulot davomiyligi 10-15 minut atrofida davom etishi kerak.
Harakatli o‘yinlar kunning turli paytlarida o‘tkaziladi. Ertalabki nonushtaga qadar
tarbiyachi barcha bolalarda yaxshi kayfiyat yaratish uchun individual yoki kichik
guruh bilan o‘tkaziladigan sokin harakatlardagi o‘yinlarni o‘tkazgani ma’qul.
Sayrlar, jismoniy tarbiya, musiqa mashg‘ulotlaridan keyin sayr paytida tarbiyachi
xilma-xil harakat faoliyatini uyg‘otuvchi mazmunli, harakatli o‘yinlarni ularning
butun qonun-qoidalari bilan hamda o‘yin mashqlarni faol harakatlar bilan birga
qo‘shib o‘tkazish kerak.
Katta va tayyorlov guruhlarida mashg‘ulot davomiyligi 20 minutgacha davom
etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish,
ilgari hosil qilingan tasavvur, tushunchalar, mo‘ljal olish singari xususiyatlarni
yana ham aniqlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi; o‘yinlar ijodiy
tasavvurni, xotirani, fikrlashni, tafakkur faoliyatini yana ham rivojlantirishga
yordam beradi.Shunday qilib harakatli o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga
xizmat qiladi. Bolalarda psixik jarayonlarni takomillashtirishda obrazli fikrlash
katta ahamiyat kasb etadi.
Bunday metod tasavvurni boyitib, o‘yin harakatlarini ijodiy tarzda bajarishga
undaydi. Psixologlar olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola o‘yin faoliyati
tufayli amalda fazo tushunchasini hamda predmetli faoliyatni o‘zlashtiradi va shu
bilan birga fazo to‘g‘risidagi ilgari hosil qilingan tasavvurlar yana ham
takomillashib boradi. O‘yinlarda fazoni idrok etish asosiy shakllar orqali: bavosita
bilish, sensor histuyg‘u va obrazlar orqali bilishhamda bilvosita mantiqiy fikrlash,
16
tushunchalar shakllarda zuhr etiladi. Masalan, bola tomonidan harakat yo‘nalishini
mustaqil ravishda tanlanishi yoki o‘yin qoidasiga muvofiq muayyan yo‘l tanlanish,
bir tomondan, o‘yin vaziyatini darhol baxolay olish va unga reaksiya berish o‘yin
harakatlarini bajarish talab qilinsa, ikkinchi tomondan, mazkur o‘yin muhitida o‘zi
bajarayotgan harakatlarni anglab etishi va tasavvur qilishi talab qilinadi. Harakatli
o‘yinlarda mana shu ikki komponent bir-biri bilan bohliq holda keladi. Pedagog
tomonidan o‘yin qoidalarining tushuntirib berilishi bolada tahminiy tasavvur hosil
qiladi; ayni mahalda o‘yin vaziyatining o‘zgarib qolishi boshlovchining harakati
yoki signallar berilishi munosabati bilan harakat rejasini buzib yuboradi va
bolalardan yana ham murakkabroq harakatni – bir zumda reaksiya berish va shu
zahoti harakat qilishni taqazo etadi,o‘yinlar: “ Ikki qorbobo”, “Sehrli tayoqcha”,
“Botir bolalar”, “Maymunlar va ovchilar” va hokazo. Bunday reaksiya bolalarni
mazkur muhitdagi g‘arakatda moslashish uchun qay darajada tayyor ekanliklarini
ko‘rsatib beradi. Bu ishda trener bolaga yordam berishi kerak. U vaziyatni hisobga
olib harakat usulini tanlash va qo‘yilgan vazifani bajarishga asta-sekin o‘rgatib
borish kerak.
Masalan, bitta o‘yinni o‘rganish vaqtida bolaga ikki xil sharoit taklif qilinishi
mumkin. Birida katta va cheklangan fazo taklif qilinsa, boshqa bir safar quvlab
kelayotgan boladan tez va uzoqqa qochib ketish yoki yaqin masofada uni chalg‘itib
chaqqonlik ko‘rsatib qochish talab qilinadi, “ Quvlashmachoq”, “Ayyor tulki”
singari o‘yinlar. Atrofdagi sharoitda mo‘ljal ola bilish mahorati “ Chambar ichidan
o‘ib bayroqqa etish”, “Bo‘ri qopqonda”, “Jasur bolalar” va hokazo o‘yinlarda
qo‘yilgan vazifalardagi to‘siqlarni engib shtishga yordam beradi. Bunda bolalar
o‘zlari orttirgan qobiliyat asosida masofani mo‘ljalga oladilar hamda muayyan
sharoitda harakat qilish yo‘lini o‘zlari belgilaydilar.
Har tomonga tarqalib ketayotgan bolalar orasida mo‘ljal olish, ayniqsa
muhimdir. O‘yin vaziyati muttasil o‘zgarib turadigan va birdan reaksiya talab
qiladigan bunday sharoitdagi harakat bolaga g‘oyat murakkab tuyuladi. Biroq ko‘p
marta takrorlash jarayonida katta gruppa bolalari bunday mahoratni egallab
oladilar. Harakatli o‘yinlarda bolalar predmetlardan muayyan yaqinlikda yoki
17
uzoqlikda bo‘ladilar. Shu tufayli ularda ko‘z bilan ko‘rib mo‘ljal olish,
shuningdek, fazoda tovushni tinglash mo‘ljal olish qobiliyati rivojlanadi. “Uzoqda-
yaqinda”, “Gox bu erda,gox u erda”, “Qo‘ng‘iroqchalar bilan berkinish”va hokazo.
Harakatli o‘yinlar bolalarni vaqtga qarab mo‘ljal olishining eng oddiy usuliga
o‘rgatadi: Ular o‘yin vaqtida aytilgan, navbatma-navbat bajariladigan dastlab,
so‘ngra, bundan keyin, bundan oldin, hamma baravar degan so‘zlarga oid
harakatlarni to‘g‘ri bajaradilar. Bolalarga ko‘rsatib berilgan muddat ichida signal
bo‘yicha o‘yin topshirig‘ini bajarishga o‘rganadilar.
Masalan: “Men beshgacha sanayman, sizlar shu vaqt ichida qo‘lingizdagi
bayroqchalardan gul yasaysiz” , “Qani, men chirmandaga uch marta urgunimcha
kim oldin safga turib olarkin”,-degan so‘zlarga bolalar tez harakat bilan javob
beradilar. Bunday o‘yinlarda kichkintoylar mo‘ljal olishni, izchil harakat qilishni
va muayyan vaqt davomida ish bajarishni o‘rganadilar.
O‘yinlar mazmuni ularda yuz beradigan vaziyat hamda o‘yin qoidalarini
mustaqil so‘zlab berish, personajlar harakatini bajarib ko‘rsatish; bolalar turgan
joyni, o‘yin belgilarini va harakat yo‘nalishini atamalar yordamida tushuntirish;
o‘tkazilgan o‘yinni tahlil qilib berish-bular bari bolalarning intellektual
rivojlanishiga yordam beradi.
Tarbiyachi bolalarning harakat qilish tajribasini o‘zining obrazli so‘zlari bilan
bolalar tasavvuriga ta’sir ko‘rsatish orqali amalga oshiradi, har bir bolaning ijodiy
ijrochilikdan iborat o‘yin faoliyatini rag‘batlantirib, to‘g‘ri yo‘lga solib turadi.
18