«MAKTABGACHA TA`LIMGA QO`ILADIGAN DAVLAT TALABLARI» VA UNI AMALIYOTGA JORIY ETISH TEXNOLOGIYALARI
Yuklangan vaqt
2024-05-03
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
17,8 KB
«MAKTABGACHA TA`LIMGA QO`ILADIGAN DAVLAT
TALABLARI» VA UNI AMALIYOTGA JORIY ETISH
TEXNOLOGIYALARI
Reja:
1.“Maktabgacha ta`limga qo`yiladigan Davlat talablari”ning mazmun-mohiyati,
asosiy soha va yo`nalishlari.
2. Davlat talablari soha yo`nalishlari indikatorlari haqida tushuncha.
Tayanch tushunchalar: talablar, sohalar, yo’nalishlar, indikatorlar, intellektual,
integral ta`lim, kontseptsiya, ijtimoiy-kommunikativ, ijtimoiylashuv, korrektsion-
pedagogik, predmetli-rivojlantiruvchi.
1.“Maktabgacha ta`limga qo`yiladigan Davlat talablari”ning mazmun-
mohiyati, asosiy soha va yonalishlari.
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlangan,
jismonan sog`lom, aqlan etuk va ma`naviy jihatdan shakllangan etib voyaga
etkazish dolzarb vazifalardan biri bwlib kelmoqda. Bu kabi vazifalarni amalga
oshirishda albatta zamon talabiga mos keladigan Davlat talablarini yangi,
qwshimchalar kiritilgan variantini ishlab chiqish zarurati tug`ildi. Shulardan kelib
chiqqan holda, bir qator olim va tajribali amaliyotchilar ishtirokida ushbu Davlat
talablari yaratildi. Mazkur Maktabgacha ta`limga qwyiladigan davlat talablari
(bundan buyon
matnda
Davlat talablari deb yuritiladi)
O’zbekiston
Respublikasining «Ta`lim twg`risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-sonli «2017-2021 yillarda
maktabgacha
ta`lim
tizimini
yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
twg`risida»gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 372-
son «O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish
twg`risida»gi qaroriga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon
matnda bolalar deb yuritiladi) maktabgacha ta`lim muassasalarida har tomonlama
rivojlantirish, ta`lim-tarbiya berish, kwnikma va malakalarini shakllantirish
hamda maktab ta`limiga tayyorlash bwyicha davlat talablarini belgilaydi.
Yaratilgan Davlat talablari kwp jihatdan mavjud bwlgan Davlat talablaridan
keskin farq qiladi. Birinchidan, yangi turdagi Davlat talablarining vazifalari
takomillashtirilgan. Ikkinchidan, soha va yo’nalishlarida farq bor. Uchinchidan,
Davlat talablari sohayo’nalishlarining turli yosh guruhlari indikatorlariga
o’zgartirishlar kiritilgan. Maktabgacha ta`limiga qwyiladigan Davlat talablari
bolalarning psixologik xususiyatlariga asoslangan holda ta`lim-tarbiya jarayonini
belgilab beradi. Shuning uchun maktabgacha ta`lim muassasalari pedagog
xodimlaridan psixologiyaga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirish talab etiladi.
Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko’nikmasi, kattalar
va tengdosh wrtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi.
Shuning uchun bola maktabga qadam qwyayotganida qanchalik bilimga ega
ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga
moslashishi ko’nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va
mustaqil harakat qilishi muhimroq hisoblanadi. Bolani biror narsaga wrgatishgina
emas, unda wz kuchiga ishonchni orttirish, wz g`oyasini himoya qilish, mustaqil
ravishda bir qarorga kelish hamda unda “Men” kontseptsiyasini shakllantirish
ham muhimdir. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta`limiga wtishi hamisha
uning hayoti, ahloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy tub wzgarishlarni yuzaga
chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta`lim
muassasasida yoki uydayoq maktab ta`limiga tayyorlash, bolaning yosh
xususiyatiga doir bilim, kwnikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo’ladi.
Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bwlishga
yordam beradi. Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira,
tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar
haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi. Sohalar asosiy
yo’nalishlarga bwlingan va shu bilan birgalikda, ular bolaning me`yorda
rivojlanish korsatkichlarini aks ettiradi. Mazkur Davlat talablari quyidagi ta`lim
muassasalarida tatbiq etiladi:
- davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida;
- nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalarida;
- qisqa muddatli guruhlarida;
- 7 yoshgacha bolalar mavjud bwlgan mehribonlik uylari va bolalar
shaharchalarida.
Mazkur Davlat talablari asosida:
- bolalarning bilim, kwnikma va malakalari, ularning har tomonlama rivojlanishi
hamda maktab ta`limiga tayyorgarlik darajalari aniqlanadi;
- ta`lim-tarbiya dasturlarining tuzilishi belgilanadi;
- ta`lim-tarbiya, variativ, korrektsion-pedagogik hamda mualliflik dasturlari
ishlab chiqiladi;
- maktabgacha ta`lim tizimining resurs bazasi yaratiladi;
- zamonaviy wquv-uslubiy qwllanmalar, texnik vositalar, oyinchoqlar va
wyinlarning metodik talablarga mosligi belgilanadi;
- ta`lim-tarbiya dasturlarini amalga oshirishda predmetli- rivojlantiruvchi muhitga
talab qoyiladi;
-moddiy-texnika bazasining ta`minot me`yorlari ishlab chiqiladi;
- bolalarni oilada tarbiyalashning tashkiliy-pedagogik-psixologik va uslubiy
manbaalari yaratiladi.
Quyidagilar Davlat talablarining vazifalari hisoblanadi:
- bolalarni maktabda wqishga tayyorlash;
- bolalarning sog`lom va har tomonlama kamol topib shakllanishini ta`minlash
hamda unda wqishga intilish hissini uyg`otish;
- bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta`limni tashkil etish;
- shaxsga ywnaltirilgan ta`lim-tarbiyani amalga oshirish; bolalarni xalqimizning
boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma`naviy-
axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
- bolalarni maktabda wqishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan wzaro
hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan kwmaklashish;
- bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik, intellektual, jismoniy sifat va
salohiyatlarni uyg`otish hamda rivojlantirish;
- bolalarni sog`lom turmush tarzi bilan tanishtirish;
- bolalarda mustaqillik, mas`uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish;
- bolalarga dunyo haqida tushunchalar berish va tasavvurlarini kengaytirish;
- bolalarning yoshi, individual, psixologik va jismoniy xususiyatlari hamda
qobiliyatini inobatga olgan holda ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish.
Davlat talablari quyidagi sohalar bwyicha belgilanadi:
- jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigienik kwnikmalarni shakllantirish;
- ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish;
- nutq, savod, wqish va chet tillarining orgatilishiga tayyorlash;
- bilish jarayonini rivojlantirish;
- badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish.
Jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigienik kwnikmalarni
shakllantirish sohasi quyidagi yo’nalishlarga bwlinadi:
- yirik motorikani rivojlantirish
- mayda motorikani rivojlantirish
- sensomotorikani rivojlantirish
- madaniy-gigienik kwnikmalarni shakllantirish.
Ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish sohasi quyidagi
yo’nalishlarga bwlinadi:
- ijtimoiylashuv, muloqot va odob-axloq qoidalarini shakllantirish;
- bolaning oila va jamiyatda wzini tutishi
- bolada mehnat tarbiyasini shakllantirish
- xavfsizlik asoslarini shakllantirish.
Nutq, savod, wqish va chet tillarining wrgatilishiga tayyorlash
sohasi quyidagi yo’nalishlarga bwlinadi:
- nutqni rivojlantirish
- savod va wqishga tayyorlash
- chet tillarining wrgatilishiga tayyorlash.
Bilish jarayonini rivojlantirish sohasiquyidagi yo’nalishlarga
bwlinadi:
- dunyo haqida bilim va tushuncha berish
- elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish.
Badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik
rivojlantirish sohasi quyidagi yo’nalishlarga bwlinadi
- badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish
- badiiy estetik qobiliyatlarini rivojlantirish
- musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
2.Davlat talablari soha yo’nalishlari indikatorlari haqida tushuncha.
Maktabgacha ta`limga qwyiladigan Davlat talablari (ilk ta`lim berish va
rivojlanish kwrsatkichlari) bu–kichik yoshdagi bolalar rivojlanishining milliy
tamoyillarini, 2 yoshdan 7 yoshgacha bwlgan bolalarning bilim, kwnikma va
malakalari mezonlarini aks ettiruvchi, kattalarga ularning wsishlari dinamikasini,
rivojlanishlari holatini aniqlashda yordam beruvchi hujjatdir.
Maktabgacha ta`limga qwyiladigan Davlat talablari aniq bir yoshdagi bolaning
rivojlanish standarlarini, bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini baholash
imkoniyatini beruvchi indikatorlarni belgilaydi. Davlat talablarini ishlab
chiqishda bola shaxsi rivojlanishining beshta sohasi asos qilib olingan.
Bu beshta soha yo’nalishlarga bwlinib, birgalikda bola rivojlanishining
barkamolligi
va
yaxlitligini ta`minlaydi.
Davlat
talablari
jamiyatning
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi haqidagi bilimlarini yaxshilashga,
tarbiya sohasida ota-onalarning kwnikmalarini mustahkamlashga, shuningdek,
muassasalarda ta`lim dasturlari va metodikalarini baholash maqsadini ham kwzda
tutadi. Sohalar asosiy yo’nalishlarga bwlingan va shu bilan birgalikda, ular
bolaning me`yorda rivojlanish kwrsatkichlarini aks ettiradi. Maktabgacha
ta`limga qwyiladigan davlat talablarida “talab” swzining ma`nosi quyidagicha
ta`riflanadi: biror-bir aniq yoshdagi bolalar bilishi va bajara olishi shart bwlgan
talablar majmuidir. Davlat talablari soha yo’nalishlarining indikatorlariesa
bolaning kwz bilan kwrishi va wlchashi mumkin bo’ladigan kwnikma va
malakalari kwrsatkichidir, deb ta`riflanadi. Demak, har bir soha, soha
yo’nalishlari tarkibiga kiruvchi faoliyat turlarining talab va indikatorlari mavjud.
Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bwyicha:
2 yoshgacha bwlgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari
bwyicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining
1-ilovasiga muvofiq;
2 yoshdan 3 yoshgacha bwlgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining
yo’nalishlari bwyicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining
2-ilovasiga muvofiq;
3 yoshdan 4 yoshgacha bwlgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining
yo’nalishlari bwyicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining
3-ilovasiga muvofiq;
4 yoshdan 5 yoshgacha bwlgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining
yo’nalishlari bwyicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining
4-ilovasiga muvofiq;
5 yoshdan 6 yoshgacha bwlgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining
yo’nalishlari bwyicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining
5-ilovasiga muvofiq;
6 yoshdan 7 yoshgacha bwlgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining
yo’nalishlari bwyicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining
6-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Davlat talablari sohalari yo’nalishlarining bajarilish indikatorlari yosh davri
bwyicha wsib boruvchi tartibda kwrsatiladi. Bolalarning bilim, kwnikma va
malakalari, ularning har tomonlama rivojlanishi hamda maktab ta`limiga
tayyorgarlik darajalari mazkur Davlat talablarining 7-ilovasida nazarda tutilgan
mashg`ulot va faoliyatlarni wtkazish jarayonida mazkur Davlat talablarining 1-6-
ilovalarida kwrsatilgan indikatorlarning bajarilishini kuzatish, wrganish, tahlil
qilish va baholash orqali aniqlanadi. Mashg`ulotlar wquv yili hamda
sog`lomlashtirish davrida oy va hafta kesimida mazkur Davlat talablarining 8-
ilovasida kwrsatilgan davriylikda o’tkaziladi. Bunda mashg`ulotlar qisqa
muddatli guruhlarda mazkur Davlat talablarining 9-ilovasida kwrsatilgan
davriylikda o’tkaziladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Davlat talablarining mazmun-mohiyatihaqida gapirib bering.
2. Davlat talablarining soha va yo’nalishlari haqida swzlab bering.
3. Davlat talablarining vazifalari haqida gapirib bering.
4. Davlat talablarida berilgan indikatorlar haqida ma`lumot bering.
Adabiyotlar ro’yxati
1.Ozbekiston Respublikasining «Ta`lim twg`risida»gi Qonuni. T.:1997.
2.Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-sonli
«2017-2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari twg`risida»gi qarori.
3.Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 372-son «Ozbekiston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish twg`risida»gi
qarori.
4.Maktabgacha ta`limga qwyiladigan Davlat talablari. T.: 2017.
5.G`oziev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: Wqituvchi, 1990.
6.Xayrullaev M.M., Haqberdiev M. Mantiq: Tuzatilgan va twldirilgan. - 2-nashr.
– T.: Wqituvchi, 1993. – 304 b.
7. “Maktabgacha ta`lim” jurnali. 2010 yil 1-soni
8. A.Baxromov. “ Quvnoq xarflar”. T.: “Sharq”, 2008 yil.
9. W.Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. –
T.: 2006.
10. Ivashenko E.V. Professional`naya podgotovka budushego uchitelya
nachal`noy shkoli k otsenke uchebnix dostijeniy mladshix shkol`nikov
//Nachal`naya shkola/. 2007 g. № 11.
11. K.Nizomova. “6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash va maktabga
moslashuvini wrganish”. T.: 2006.
12. M. G`aybullaeva. “Bir yoshdan uch yoshgacha bwlgan bolalar tarbiyasi” T.:
2006.
13. T.S.Usmonxwjaev va boshq. “Maktabgacha ta`lim muassasalarida jismoniy
tarbiya”.T.: “Ilm Ziyo”, 2006
14. K.M.Mahkamjonov va boshq. “Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy
va kengaytirilgan jismoniy tarbiyasi”. T.: “Ilm Ziyo”, 2006
15. D.J.Sharipova. “Ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning gigienik
tarbiyasi haqida”. T.: «Ilm Ziyo», 2007.