MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA ESTETIK TARBIYA
BERISH MAZMUNI
MUNDARIJA:
KIRISH.......................................................................................................................
I BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAR TOMONLAMA
TARBIYALASHDA ESTETIK TARBIYANING AHAMIYATI .................
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda estetikaning o'rni ...............
1.2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning estetik didi rivojlanishdagi o'ziga
xos
xususiyatlar…..................................................................................
II BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING ESTETIK
TARBIYASI USTIDA ISHLASH METODI ...................................................
2.1 Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini estetik tarbiyalashda o'yinli
texnologiyalardan foydalanish usullari ...............................................
2.2 Maktabgacha yoshdagi boalalrda estetik his tuyg'ularni tarbiyalash orqali
san’atni tushunishga o'rgatish ................................................................................
2.3 Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda tasviriy faoliyat
mashg ulotlarni o'rgatish usuli ...............................................................................
XULOSA....................................................................................................................
ADABIYOTLAR Ro‘YXATI:.................................................................................
I BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAR TOMONLAMA
TARBIYALASHDA ESTETIK TARBIYANING AHAMIYATI
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda estetikaning o'rni
Insoniyat go‘zallikni butun rivojlanish tarixi jarayonida egallaydi va
yaratadi. Go‘zallik madaniy tarixiy tajribaning bir qismi hisoblanadi.Uning
ob'ektiv mavjudligi estetik tarbiya nazariyasini, estetik tajribani yosh avlodga
maqsadga muvofiq va muntazam ravishda berish va shu orqali uni estetik
rivojlantirishni ta’minlashning faol usullarini ishlab chiqishga yo‘naltiradi. Bunda
estetik tarbiya madaniyatni egallashning asosiy vositasi tarbiya va ta’limdir.
Estetik tarbiya juda keng tushuncha bo‘lib, unga tabiat, mehnat, ijtimoiy hayot,
turmush va san’atga estetik munosabatni tarbiyalash kiradi.
Estetik tarbiya (nafosat tarbiyasi) - bu bolalarga voqelikdagi, san’atdagi,
tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi
go‘zallikni idrok qilish hamda to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini
o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotga go‘zallik olib kirish
qobiliyatlarini tarbiyalashdir
Nozik didli bo‘lish, go‘zallikni fahmlay va qadrlay olish, badiiy madaniyatni
tushunish, o‘z hayotini go‘zallik qonunlari asosida qura olish — komil insonning
eng zarur fazilatidir. Estetik tarbiya – eng avvalo har bir kishida badiiy hissiyot
tuyg‘ularini, badiiy didni tarbiyalashdir. Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat,
did, his-tuyg‘ular va ko‘nikmalarning o‘sib borishi jarayonida insonning o‘zi ham
ma’naviy boyib, hayoti yanada sermazmun bo‘ladi. Yashayotgan zamoniga
nisbatan mehr-muhabbati ortib boradi. Bularning hammasi har bir insonda
go‘zallikni xunukdan, jirkanchlikdan farq qila bilish qobiliyatini shakllantiradi, uni
yanada rivojlantiradi. Estetik tarbiya bugungi kunda shunisi bilan muhimki, did-
farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda - har bir inson
uchun hayotiy shioriga aylanib qolgan. Donolardan biri go‘zallik axloq-odobning
tug‘ishgan singlisidir, degan edi.
Darhaqiqat, odob va nafosat tarbiyasi o‘zaro chambarchas bog‘liq holda
amalga oshiriladi. Chunki nafosat tarbiyasining natijasi axloq-odobda, chiroyli
2
xatti-harakat, go‘zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, tabiatga
muhabbatda ko‘rinadi. Xalqimiz «Kamtarlik ham husn» deydi. Mana shu birgina
iborada chuqur ma’no bor. Estetik tarbiya orqali yoshlarda kamtarlik hislati tarkib
topadi. Bu hislat kishilarning eng go‘zal belgisidir.Salbiy xatti-harakatlardan
nafratlana bilish tuyg‘usini ham estetik tarbiyani paydo qiladi. Bunda badiiy
asarlarning roli muhimdir. Masalan: «Zumrad va Qimmat» ertagida Qimmatning
xulq-atvori bolalar qalbida nafratni uyg‘otadi. Zumradning tevarak-atrofga
munosabati, mehnatsevarligi, kamtarligi qalblarda quvonchni paydo qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ayrim yoshlar go‘zallikni tor ma’noda
tushunadilar. Ya’ni, chiroyni ko‘pincha husn jamolda deb bilishadi. Bu bir
tomonlama tushunchadir. Har tomonlama ma’noda esa chiroy husn-jamol, qalb
go‘zalligida, ma’noli so‘zdadir. Xalqimiz bejizga «CHiroy husnu jamolda emas,
fazlu kamolda» deb aytmagan! San’at va hayot go‘zalligi bilan tanishtirib borish
bolaning aqlini, hissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayol va
tassavvurni ham rivojlantiradi.Bolalarni go‘zallikka oshno qilish, ularda hayotiy
voqeaiarni to‘g‘ri tushunish, olijanob his-tuyg‘ularni va intilishlarni
shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda go‘zallikni idrok qilishni tarbiyalash
orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta bilish, kishilarning
xursandchiliklariga sherik bo‘lish, qayg‘usini birga baham ko‘rish kabi
xususiyatlar tarkib toptiriladi.
Estetik taraqqiyot - shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik
faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan
jarayondir.
Shaxsning estetik taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy
o‘zlashtirishi natijasida yuzaga keladi. Bu har xil yo‘llar va shakllar orqali amalga
oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishida ma’lum maqsadga qaratilgan
ta’lim va tarbiya hal etuvchi rol o‘ynaydi.
Estetik ehtiyoj — kishi borliqni, badiiy faoliyatni, uninghar xil
ko‘rinishlarida estetik idrok etishga undovchi sub'ektiv omildir.
3
Estetik ehtiyoj go‘zallik to‘g‘risidagi fanning rivojlanish qonuniyatlarini
yanada chuqurroq o‘rganishga undaydi. Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini,
tevarak-atrofdagi borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga undaydi.
Estetik qiziqish estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi. «Estetik tarbiya» tushunchasi
bilan bir qatorda «badiiy tarbiya» tushunchasi ham mavjuddir. Badiiy tarbiya
san’at asarlari orqali tarbiyalashdir. U shaxsda san’at asarlarining shakl va
mazmunini estetik idrok etishni rivojlantirish, badiiy didni shakllantirish va
san’atning. ma’lum turlari bo‘yicha ijodiy faoliyatni, ijrochilik qobiliyatini
rivojlantirishga qaratilgandir.
Uning natijasi fikrning paydo bo‘lishida, uni amaliy faoliyatda qo‘llashda,
o‘z bilim va ta’surotlarini qo‘ra bilishda, histuyg‘ulari va fikrlarini samimiyat bilan
ifodalashda namoyon bo‘ladi. Estetika tabiatdagi, jamiyatdagi moddiy va ma’naviy
madaniyat buyumlarida aks etgan, shuningdek estetik ongning paydo bo‘lishi,
rivojlanishi va vazifasi to‘g‘risidagi qonuniyatlarni, ob'ektiv borliqni estetik
bilishning muhim usullaridan biri bo‘lgan san’atning rivojlanish qonuniyatlarini
o‘rganadi.
Pedagogika estetikaning «go‘zallik hayot demakdir» degan qoidasidan kelib
chiqib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotdagi, mehnatdagi, turmushdagi kishilar
munosabatidagi go‘zallikda qatnashtirish, uning hayotni, san’atni idrok eta bilish
qobiliyatini shakllantirishni o‘zining bosh vazifasi deb hisoblaydi.Go‘zallik kishini
olijanob qiladi, uning yuksak didli, poq yaxshi inson bo'lishiga xizmat qiladi.
Go‘zallik bilan uchrashish kishida estetik his, ruhiy hayajon, beg‘apaz quvonch
uyg‘otadi. Estetik hisda idrok etilavotgan voqelikka nisbatan xudbinlik ohangi,
shaxsiymanfaat nuqtai nazaridan g‘arazli qarashlar bo‘lmaydi.
Ajdodlarimiz bu to‘g‘rida shunday yozadi: «Kishidagi go‘zallik hosil qilgan
sezgi, odam eng yaqin kishisi bilan uchrashganda paydo bo‘ladigan porloq
quvonchga o‘xshaydi. Biz go‘zallikni beqiyos sevamiz, undan eng yaqin
kishimizni uchratganda quvongandek zavqlanib quvonamiz». Go‘zallik
insoniyatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida yaratiladi va madaniy-tarixiy
4
tajribaning bir qismini tashkil etadi. Uning mavjudligi, ob'ektivligi yosh avlodga
estetik tajribani tizimli ravishda singdirish va shu orqali ularning estetik tomondan
taraqqiy etishini ta’miilaydigan estetik tarbiya nazariyasinnig faol usullarini ishlab
chiqishga yo‘naltiradi.
Bunda tarbiya va ta’lim jamiyatning estetik madaniyatini o‘zlashtirishning
asosiy vositasi hisoblanadi. San’at o'zining hissiy ta’sir kuchi bilan kishiining faqat
hissini emas, fikr va irodasini ham maftun etadi, tarbiyalovchi roli ham mana
shunda namoyon bo‘ladi, shuning uchun u estetik tarbiyaning mazmuni va vositasi
hisoblanadi. Estetik tarbiya axloqiy, aqliy, mehnat va jismoniy tarbiya bilan
chambarchas bog‘liqdir. Estetik va axloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi shundaki,
kishining go‘zallikni idrok etishdan quvonishi uning boshqa kishilarga yaxshilik
qilganidan xursand bo‘lishiga o‘xshab ketadi.
Aksincha, go‘zallikni ko‘ra bilmaslik undan zavqlanmaslik yomon ishlarni
qilishga olib keladi. San’atning tarbiyaviy kuchi shundaki, u odamni hayotdagi
voqealarni, hodisalarni chuqur his-hayajon bilan idrok etishga majbur etadi. Estetik
tarbiya mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mehnat faoliyati bolalarni
quvontiradi, ular bironta foydali ishni bajarayotib, biron kerakli narsani yasayotib
o‘zlarining kuch va imkoniyatlari o‘sib borayotganini sezadilar. Agar inson estetik
jihatdan tarbiyalangan bo‘lsa, u har qanday qiyin ishda ham go‘zallikni ko‘ia oladi
va uni yaxshi, zo‘r shavq-zavq bilan bajaradi. Estetik va jismoniy tarbiya o‘rtasida
mustahkam bog‘lanish bor. Kishining mustahkam cog‘ligi, jismoniy kamolotisiz
uning go‘zalligini tasavvur etib bo‘lmaydi. Uning chiroyli gavda tuzilishi,
harakatlarni chiroyli bajarishi, musiqa ostida chiroyliharakatlar qilishi va hokazo
lar shular jumlasiga kiradi.
Ko‘pchilik pedagog va psixologlarning tadqiqot ishlari bolalarning ijodiy
faoliyatlari, hissiyotlari, estetik tasavvurlarining o‘ziga xos xususiyatini va ulardagi
estetik tasavvur va hissiyotlarning qanday rivojlanishini ochib bergan.Bu
tekshirishlar bolalardagi estetik tasavvur va hissiyotlarni rivojlantirishni ulardagi
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan birga qo‘shib olib borish keraq degan
xulosaga olib keldi. Estetik tasavvurning o‘ziga xosligi shundaki, idrokning boshqa
5
turlariga qaraganda narsalarni his qilish shakli - «ko‘rinadigan» va «eshitiladigan»
narsalar butunlay boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrok qilishda narsalarning
ko‘rinishi, ohangdorligi unchalik muhim bo‘lmay, balki uning ahamiyati
muhimdir. Estetik idrok qilishda esa eng muhimi - idrok qilayotgan narsaning
obrazi, uning ifodali tomonlarini, nozik ranglarini ko‘ra bilish talab qilinadi.
Shuning uchun estetik tarbiya yuqori darajadagi sensor madaniyatni,
kuzatuvchanlikning rivojlangan bo‘lishini talab etadi.Kishi narsa va hodisalarga
go‘zallik mezoniga asoslangan holda, alohida qadr- qimmat bilan
yondoshgandagina estetik kechinmalar paydo bo‘ladi. Estetik hislar fikrlash bilan
bevosita bog‘liqdir. Estetik kechinmalarda har doim xayol ishtirok etadi, busiz
go‘zallikni idrok etish ham, ijodiy faoliyatni rivojlantirish ham mumkin emas.
Xayol faoliyat jarayonida shakllanadi.
o‘yin, rasm chizish, ertaklarni eshitish xayolning ishlashini talab etadi.
Dastlabki vaqtlarda xayol faoliyat jarayonida narsalar bilan ta’sir etish natijasida
yuzaga keladi. Keyingi bosqichlarda esa, ijodiy faollikning tashqi shakllaridan
sekin-asta fikrlashga o‘tadi. Bola rasm chizganda yoki o‘ynaganda obrazni
tasvirlashdan yoki ifodalashdan oldin shu obrazni idealida yaratadi.
Badiiy asarlarni idrok qilganda ham xuddi shunga o‘xshash voqea yuz
beradiki, bolalar asardagi qahramonlarga xayolan qo‘shilib, ularning xatti-
harakatlarida o‘z xayollari bilan qatnasha boshlaydilar. Demak, estetik
kechinmalar murakkabhodisa bo‘lib, hissiyotlar, xayol va fikrning faol ishlashini,
o‘z fikr va hissiyotlarini ifodalashga, faoliyatga ehtiyoj tug‘ilishi kabi
xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.
6
1.2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning estetik didi rivojlanishdagi
o'ziga xos xususiyatlar
Shaxsning estetik xususiyatlari tug`ma emas, ammo ular ijtimoiy muhit va
faol pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yoshdan boshlab rivojlanib boradi. Estetik
rivojlanish jarayonida bolalarni estetik idrok, tasavvur, tushunchalar, mulohazalar,
qiziqishlar, his-tuyg`ular, badiiy va ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish amalga
oshiriladi.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo`shqin hayoti bilan
chambarchas bog`liqdir. Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, hali ularning
estetik tarbiyasi to`g`risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi
to`g`risida o`ylash kerak. Bola yaltiroq bo`yoqdan xursand bo`ladi, bir maromdagi
tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning
sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolada hissiy
kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o`ynaydi. Kattalarning ochiq
yuz bilan jo`shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu
xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo`lishlariga yordam beradi. Va, aksincha,
kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alomati yoki xo`mrayib
qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hokazolar bolalarda shu buyumga yoki
uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi. Bola hayotining ikkinchi yilida
uning idroki sekin-asta takomillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq
xususiyatlarini emas, shu bilan birga san’at asarlaridagi ayrim estetik ifoda
vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq
va g`amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob
ta’siri paydo bo`ladi va hokazo. O`rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng
rivojlanishida muhim o`zgarishlar yuz beradi.
Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bo`lib qoladi. Ammo
shunga qaramay, u qisqa-qisqa bo`lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziqishiga
bog`liq bo`ladi. Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baholay
7
oladilar, ba’zi bir estetik vositalarni to`g`ri anglaydigan, tasvir mohiyatini
tushunadigan bo`lib qoladilar.
Bolalarda go`zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta’sirli, faol
tusda bo`ladi. Bu ayniqsa, ular qo`g`irchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllarni
tomosha qilganlarida aniq namoyon bo`ladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga
bemalol qo`shilib harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda o`zini qanday
tutishni aytib turadilar, o`zlarini ular bilan birga o`ynayotgandek his etadilar. Bu
yoshdagi bolalar tanish bo`lgan san’at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar
va ba’zi bir xulosalar chiqaradilar. Bolalar she’rni nasrdan, badiiy asarning ba’zi
bir janrlarini, tasviriy faoliyat va musiqaning bir xil turlarini (ertakni hikoyadan,
marshni raqsdan, allani o`yindan va hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar.
Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat
bilan tinglaydilar, tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy
qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar.
Bolada musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa
janrlariga, adabiy va tasviriy san’at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo
bo`ladi. Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil
ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she’rlar to`qiydilar, applikatsiya va
rasmlar ishlaydilar. Endi ular o`zlarining va o`rtoqlarining ishlarini baholaydigan
bo`lib qoladilar. Kuzatayotgan san’at asariari, eshitayotgan musiqa asarlari,
o`qilayotgan she’rlarning eng nozik tomonlarini ko`ra biladilar, seza boshlaydilar.
Badiiy asarlardagi ba’zi she’riy obrazlarni eslab qoladilar va o`z nutqlarida
ishlatadilar.
Tevarak-atrofdagi go`zallikka, san’atga, badiiy va o`yin faoliyatining har xil
turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi. Shunday qilib, maktabgacha
ta’lim yoshi davri tarbiyaviy ta’sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash
maqsadlaridan va uning bola shaxsini shakllantirishda tutgan o`rnidan kelib chiqib,
estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir. Estetik tarbiyaning vazifalari
8
tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga
qarab belgilanadi. Estetik tarbiya vazifalarini hal etish bolalarda tashabbuskorlik,
ma’lum natijalarni oldindan bilish, ularga intilish, orzu qila bilish kabi sifatlarni
shakllantirish bilan uzviy bog`langandir.
Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalga
oshiriladigan bilim, malaka va ko`nikmalarni estetik hissiyot, qiziqish, estetik
ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o`z ichiga oladi. Bular quyidagi
yo`llar bilan amalga oshiriladi: O`yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda
ijtimoiy va tabiat voqealari bilan tanishtirish. Orqali tevarakatrofdagi borliqqa
nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash; san’at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida
estetik tarbiya berish.
Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy qobiliyatning
hamma turlarida ham xayolning ma’lum maqsadga yo`naltirilgan bo`lishi
ta’minlanadi. Bolalarni ijodiy maqsad qo`yishga o`rgatiladi. Bolalarning mustaqil
ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko`ngil ochish kechalarida, ekskursiya va
sayrlarda, har xil o`yinlarda amalga oshiriladi.
Bolalar o`zlarining badiiy ijodiy mahoratlarini, qobiliyatlarini bemalol, erkin
namoyish qilishlari uchun tarbiyachi kerakli shart-sharoitni yaratib berishi zarur.
Bolalarning bu xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda tarbiyachi yakka
tartibda yondoshishi lozim. Shu orqali u bolalarning o`ziga xos qobiliyat va
imkoniyatlarini o`rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga,
musiqaga havas juda erta uyg`onadi. Ammo bu hali bolaning kelajakda qanday
mutaxassis bo`lishini aniqlash huquqini bermaydi. Lekin tarbiyachilar va ota-
onalar bolalarning qiziqishlariga diqqat-e'tibor bilan qarashlari lozim. Ular bolani
diqqat bilan kuzatayotib, unda musiqa, rasm, qurish-yasash va boshqa sohalardagi
iste’dodning ilk kurtaklarini ko`rishlari mumkin. Boladagi qobiliyatlarning
shakllanishi kattalarning mana shu kurtaklarni avaylab o`stirishlariga, ularga
to`g`ri rahbarlik qilishlariga bog`liq.
9
II BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING ESTETIK
TARBIYASI USTIDA ISHLASH METODI
2.1 Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini estetik tarbiyalashda
o'yinli texnologiyalardan foydalanish usullari
Shaxsning estetik xususiyatlari tug'ma emas, ammo ular ijtimoiy muhit va
faol pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yoshdan boshlab rivojlanib boradi. Estetik
rivojlanish jarayonida bolalarni estetik idrok, tasavvur, tushunchalar, mulohazalar,
qiziqishlar, his-tuyg'ular, badiiy va ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish amalga
oshiriladi.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo'shqin hayoti bilan
chambarchas bog'liqdir. Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, hali ularning
estetik tarbiyasi to'g'risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi
to'g'risida o'ylash kerak. Bola yaltiroq bo'yoqdan xursand bo'ladi, bir maromdagi
tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning
sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi.
Bu yoshdagi bolada hissiy kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim
rol o'ynaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan jo'shqin ohangda gapirishlari bolaga
buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo'lishlariga yordam
beradi. Va, aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik
alomati yoki xo'mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hokazolar bolalarda
shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi. Bola
hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta takomillasha boradi. Bolalar endi
faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san’at asarlaridagi ayrim estetik
ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar.
Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g'amgin kuylariga, ularning
qattiq va sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta’siri paydo boladi va hokazo.
O'rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojlanishida muhim
10
o'zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bolib
qoladi. Ammo shunga qaramay, u qisqa-qisqa bo'lib, bolaning shaxsiy tajribasi va
qiziqishiga bog'liq bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik
baholay oladilar, ba’zi bir estetik vositalarni to'g'ri anglaydigan, tasvir mohiyatini
tushunadigan bo'lib qoladilar.
Bolalarda go'zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta’sirli, faol
tusda bo'ladi. Bu ayniqsa, ular qo'g‘irchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllarni
tomosha qilganlarida aniq namoyon boladi.
Bolalar asar qahramonlari harakatiga bemalol qo'shilib harakat qiladilar,
ularda muayyan vaziyatda o'zini qanday tutishni aytib turadilar, o'zlarini ular bilan
birga o'ynayotgandek his etadilar. Bu yoshdagi bolalar tanish bo'lgan san’at
asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba’zi bir xulosalar chiqaradilar.
Bolalar she'rni nasrdan, badiiy asarning ba’zi bir janrlarini, tasviriy faoliyat va
musiqaning bir xil turlarini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o'yindan va
hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar. Katta guruhning oxirlariga kelganda ular
musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san’at asarlarini
sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlaridan
quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar.
Bolada musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim
musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san’at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish
paydo bo'ladi. Bolalarda badiiyijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil
ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she'rlar to'qiydilar, applikatsiya va
rasmlar ishlaydilar. Endi ular o'zlarining va o'rtoqlarining ishlarini baholaydigan
bo'lib qoladilar. Kuzatayotgan san’at asariari, eshitayotgan musiqa asarlari,
o'qilayotgan she'rlarning eng nozik tomonlarini ko'ra biladilar, seza boshlaydilar.
Badiiy asarlardagi ba’zi she'riy obrazlarni eslab qoladilar va o'z nutqlarida
ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi go'zallikka, san’atga, badiiy va o'yin faoliyatining
har xil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim yoshi davri tarbiyaviy ta’sir orqali
bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini
11
shakllantirishda tutgan o'rnidan kelib chiqib, estetik rivojlanishlarini
takomillashtirishdir. Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy
maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
Estetik tarbiya vazifalarini hal etish bolalarda tashabbuskorlik, ma’lum
natijalarni oldindan bilish, ularga intilish, orzu qila bilish kabi sifatlarni
shakllantirish bilan uzviy bog'langandir. Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning
estetik faoliyati orqali amalga oshiriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarni estetik
hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o'z
ichiga oladi.
Bular quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi: O'yin, mehnat jarayonida,
maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari bilan tanishtirish. Orqali Hozirgi
taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil
qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar. Xalqaro miqiyosidagi ilmiy
amaliy-anjuman. 2022 yil 28-29 aprel tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan estetik
munosabatni tarbiyalash; san’at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya
berish.
Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy qobiliyatning
hamma turlarida ham xayolning ma’lum maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi
ta’minlanadi. Bolalarni ijodiy maqsad qo'yishga o'rgatiladi. Bolalarning mustaqil
ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko'ngil ochish kechalarida, ekskursiya va sayrlarda,
har xil o'yinlarda amalga oshiriladi. Bolalar o'zlarining badiiy ijodiy mahoratlarini,
qobiliyatlarini bemalol, erkin namoyish qilishlari uchun tarbiyachi kerakli shart-
sharoitni yaratib berishi zarur.
Bolalarning bu xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda tarbiyachi
yakka tartibda yondoshishi lozim. Shu orqali u bolalarning o'ziga xos qobiliyat va
imkoniyatlarini o'rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga,
musiqaga havas juda erta uyg'onadi. Ammo bu hali bolaning kelajakda qanday
mutaxassis bo'lishini aniqlash huquqini bermaydi. Lekin tarbiyachilar va ota-onalar
12
bolalarning qiziqishlariga diqqat-e'tibor bilan qarashlari lozim. Ular bolani diqqat
bilan kuzatayotib, unda musiqa, rasm, qurish-yasash va boshqa sohalardagi
iste'dodning ilk kurtaklarini ko'rishlari mumkin.
2.2 Maktabgacha yoshdagi boalalrda estetik his tuyg'ularni tarbiyalash orqali
san’atni tushunishga o'rgatish
Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan biri uning yoshiga
bog‘liq bo‘lgan xususyaitlaridir. Chunki taraqqiyotning har bir yosh bosqichida
o‘zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va o‘zgarishlariga ega
bo‘lib, ular shaxsning хarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga
bevosita ta’sirini o‘tkazadi.
Pedagogika estetikaning “go‘zallik hayot demakdir” degan qoidasidan kelib
chiqib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotdagi, mehnatdagi, turmushdagi kishilar
munosabatidagi go‘zallikda qatnashtirish, uning hayotni, san’atni idrok eta bilish
qobiliyatini shaklantirishni o‘zining bosh vazifasi deb hisoblaydi. Mamlakatimizda
ham har bir ta’lim turida beriladigan ta’lim sifati va samaradorligi masalasi muhim
hisoblanadi. Jumladan, birgina maktabgacha ta’limda Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining
ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora tadbirlari
to‘g‘risida”, “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini
tashkillashtirish to‘g‘risida”, “o‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” va shu kabi bir necha qaror va
farmoishlari qabul qilinib amaliy faoliyatga tadbiq etilishi natijasida nodavlat
maktabgacha ta’lim turlari soni kun sayin ortib bormoqda, maktabgacha ta’limga
innovatsion texnologiyalar joriy etilib, ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash
borasida tayyorlov kurslari tashkil etildi. San’atning estetik tasavvurlarni
shakllantirilishi to‘g‘risida gapirganimizda shuni aytish lozimki, u o‘zida bir
davrning o‘zida mavjud va o‘tmishdan qolgan an’analarni aks ettiruvchi va kelajak
13
uchun etkazuvchi vosita vazifasini o‘taydi. San’atni idrok etish orqali shaxsning,
jamiyatning, estetik ongi tarkib topadi.
U san’atni anglaydigan va undan estetik zavq oladigan bo‘ladi estetik ong
shaxsda estetik qadriyatlarni yaratishga undaydi. Estetik tasavvurlarning o‘ziga
xosligi shundaki, idrokning boshqa turlariga qaraganda narsalarni xis qilish shakli
–«ko‘rinadigan» va «eshtiladigan» narsalar butunlay boshqa mazmun kasb etadi.
Oddiy idrok qilishda narsalarning ko‘rinishi, ohangdorligi unchalik muhim
bo‘lmaydi, balki uning ahamiyati muhimdir.
Estetik idrok qilishda esa eng muhimi - idrok qilinayotgan narsaning obrazi,
uning ifodali tomonlarini, nozik ranglarni ko‘ra bilish talab qilinadi. Shuning
uchun estetik tarbiya yuqori darajadagi sensor madaniyatni kuzatuvchanlikning
rivojlangan bo‘lishini talab etadi.
Kishi narsa va xodisalarga go‘zallik mezoniga asoslangan xolda alohida qadr
qimmat bilan yondashgandagi estetik kechinmalar paydo bo‘ladi. Estetik hislar
fikrlash bilan bevosita bog‘liqdir. Demak, estetik kechinmalar murakkab xodisa
bo‘lib, xissiyotlar, xayol va fikrning faol ishlashini, o‘z fikr va xissiyotlarini
ifodalashga, faoliyatga ehtiyoj tug‘ilishi kabi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.
San’atning komunikativ funksiyasi ikki –uch yo‘nalishda kuzatiladi.
Birinchidan san’at orqali bir shaxs ikkinchi shaxs bilan, jamiyat bilan
muloqotga kirishadi. Shu tariqa uning ijtimoiy tajribasi ortib boradi.
Ikkinchidan san’at orqali u faqat o‘z zamonasining estetik hodisalari,
qadriyatlari bilangina emas, balki ajdodlarning umumbashariy qadriyatlarning eng
sira namunalari bilan tanishish orqali estetik qadriyatlar yaratilishining tarixiy,
taraqqiyparvar xususiyatlari bilan tanishadi.
Uchinchidan, san’at olami, uning mazmuni va funksiyasini o‘zining
shaxs sifatida shakllanish jarayoniga safarbar etadi
San’atning shaxs kamolida, ayniqsa maktabgacha yoshidagi bolalarda olam
haqidagi real tasavvurlarni shakllantirishdagi o‘rni beqiyos chunki san’at tabiatdagi
hodisa va jarayonlarni, ular orqali olam tasvirini, insonlar faoliyatini bilish
imkonini beradi. San’at ma’rifiy xarakter kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi
14
bolalar sezgilarining o‘sishida tarbiyachilarning asosiy vazifasi turli qiziqarli
mashg‘ulotlar orqali bolalar sezgi organlarining sezgirlik kuchini o‘stirishga
harakat qilishidan iborat bo‘lishi kerak. Biroq buning uchun bolalarni normal
mashq qildiraverish emas, balki bolalar sezgi organlarini rivojlantirishga
bag‘ishlangan mashqlarni aniq va mazmunli o‘yinlar bilan bog‘lab
o‘tkazish kerak. Chunki bolalarda uzoqdagi narsalarning farqini ajrata olish
sezgirligini takomillashtirish uchun har xil rangdagi va har xil kattalikdagi
qutichalar kubiklarini ma’lum uzoqlikka, qo‘yib, farqini ajrata olish o‘yinini
o‘tkazish mumkin.
Bunda masofani ayrim bolalarga nisbatan uzoqlashtirish mumkin. Shu yo‘l
bilan bolalarni uzoqni ko‘rish sezgirliklarini aniqlash va takomillashtirish mumkin.
Kichik yoshdagi bog‘cha bolalari bu davrda ko‘p narsalarni rangiga qarab
aniqlaydi. (masalan “sabzi”, sariq rangda bo‘ladi, “bodring yashil bo‘ladi” kabi )
Bog‘cha bolalari ranglarning farqini yaxshi ajrata olsalar ham, ba’zi murakkab
ranglarning nomini bilmaydilar. Masalan, “sarg‘ish, “ko‘kimtir”, “pushti”, “jigar
rang”, “to‘q qizil”, “och havo rang”, “zangori” “binafsha rang”, “oqimtir”, “tim
qora” kabi.
Bolalar ranglarning bunday murakkab nomlarini tarbiyachilaridan eshitish
orqali o‘zlashtiradilar. Ba’zi paytlarda esa o‘zlari bilganlariday ayta boshlaydilar.
Masalan, “tim qorani”, “ja qora” deb, “pushti rangni”, “sal qizil deb”, “yashil”,
“zangori”, “binafsha ranglarni, umumiy ravishda ko‘k deb ataydilar. Rangning
nomlarini to‘g‘ri ayta bilish qobiliyati bolaning turmush tajribasi o‘rta borishida
yuzaga keladigan xususiyatidir. Har bir tarbiyachi o‘z ish tajribasidan biladiki,
kichik guruh bolalariga nisbatan katta guruppa albatta mashq qilish va turmush
tajribasining ortishi natijasidir.
Bolalar yorqin ranglarni juda yoqtiradilar. Yorqin ranglar ularga zavq
bag‘ishlaydi. Har bir oilada bolalarning ranglarni to‘g‘ri idrok qilish,
qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratilishi kerak. Ma’lumki bolalarning
barcha faoliyatlari muayyan makon va zamonda amalga oshiriladi. Biroq zamon
15
ham makon kabi ob’yektiv narsa bo‘lishiga qaramay bolalar zamonni katta
odamlar kabi idrok qila olmaydilar. Buning ham asosiy sababi bolalarda turmush
tajribasining o‘zligidadir.Bolalar zamonning o‘tuvchanligini idrok qila olmaydilar,
bu narsani ularga ko‘rgazmali ravishda ko‘rsatib ham bo‘lmaydi, natijada bolalar
zamon o‘lchovlarini ma’lum narsa va hodisalar orqali idrok qilishga intiladilar.
Odatda so‘zlar bilan ifodalanadigan quyidagi asosiy vaqt o‘lchovlari bor.
“kecha”, “bugun”, “o‘rtaga”, “avval”, “keyin”, “katta”, “oy”, “yil”, “kun”,
“ertalab”, “peshin”, kechqurun”, “kechasi”, “soat”, “minut”, “sekunt” kabi. Ana
shu asosiy o‘lchovlardan bog‘cha yoshidagi bolalar erkin va to‘g‘ri foydalana
olmaydilar.
Chunki bu o‘lchovlar nisbiy va atstrakt harakterga ega. Ertaning bugunga,
bugunning kechaga, kechaning o‘tgan o‘tgan kunga o‘z –o‘zidan aylanib qolishini
bollar ayrim vaqt tasavvur eta olmaydilar. Lekin ularning kundalik hayotlaridagi
doimiy ravishda takrorlanib turadigan kun tartibi bu asosiy zamin o‘lchovlarini
birin ketin ajratib olishga yordam beradi, bundan tashqari bog‘cha yoshidagi
bolalar ayrim vaqt o‘lchovlarini asosiy belgilariga qarab tez farqlay oladilar.
Masalan “kun (quyosh) chiqqanda –ertalab bo‘ladi”, “qarong‘i bo‘lib”, “hamma
uxlaganda –kechasi bo‘ladi” deb aytadilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni oilada estetik hislarni shakllantirish
psixologiyasi muhim ekanligini ko‘rdik. Buning uchun quyidagilarga asosiy
e'tiborni qaratish maqsadga muvofiq:
1. Milliy qadriyatimizning qadimiy ildizlari qadriyatlarni rivojlantirishda
e'tiborni kuchaytirish.
2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya milliy halq
o‘yinlari, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash.
3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda estetik hislarni shakllan jarayonini
uzviy, uzliksiz va muntazam bo‘lishini ta’minlash.
4. Tabiat qo‘yniga sayohatga olib borish estetik hislarni shakllantirishini
rivojlantiradi.
16
5. Rasm chizish orqali estetik tuyg‘ularni shakllantirilishini o‘rganib chiqdik.
6. Loy va plastik materiallardan turli xil hunarmandchilik buyumlarini
yasashga o‘rgatish bolalarda estetik tuyg‘ularni shakllanishiga olib keldi.
2.3 Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda tasviriy
faoliyat mashg ulotlarni o'rgatish usuli
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi «2017-
2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ2707-sonli Qarorida bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy
ta’lim dasturlarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy,
estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar
belgilab qo‘yildi.
Maktabgacha ta’limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-
tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy
vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish
ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda
ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini
mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va
ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat. Asosiy maqsadlardan yana biri estetik
tarbiya jarayonida tasviriy san’at orqali bolalardagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni
aniqlab, ularni to‘g‘ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.
Tasviriy san’atning o‘ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik
qirralarini maktabgacha yoshdagi bolalarga ulashish galdagi vazifalaridan biridir.
Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz, sintez,
takrorlash, konkretlashtirish kabilar shakllanadi. Shuningdek, bu jarayonlarda
bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysundirishga
o‘rganadilar. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida tasviriy faoliyati
mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka, ko‘nikmalarni
shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyatning birlamchi
17